O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli xizmatlarni joriy qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga muvofiq agrar sohada xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi subyektlari faoliyatiga ko‘maklashish, yetishtirilgan mahsulotlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga asosan:
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat ko‘rsatishning “yagona nuqtasi” sifatida e’tirof etilgani, bunda Agroportal orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ham ko‘rsatilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish yo‘nalishida axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona operator etib belgilangani;
yagona operator ta’sischiligida “Drone service” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgani hamda unga qishloq xo‘jaligi tashkilotlariga robototexnika, uchuvchisiz uchadigan apparatlar va boshqa “aqlli” qurilmalar yordamida xizmatlar ko‘rsatish, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini xarid qilish, olib kirish, olib chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash, o‘quv va malaka oshirish kurslarini tashkil etishga ruxsat berilgani;
qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar o‘zlariga tegishli yer uchastkalariga ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan (asosiy, takroriy, to‘qsonbosti usulida) ekinlarni joylashtirishga oid ma’lumotlarni Agroportalga kiritib borishlari belgilangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida agrotexnika tadbirlarining bajarilishini va mahsulot yetishtirishda imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanishni “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi orqali monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda paxta, g‘alla va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun kredit buyurtmanomalarini elektron tarzda shakllantirish, imtiyozli kreditlarning sarflanishini monitoring qilish, shuningdek, agrotexnika tadbirlari prognozini yuritish maqsadida “d-xarid.uz” axborot tizimining Agroportalga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda uch oy muddatda Agroportal va uning tarkibiga kiruvchi tizimlar orqali ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish va hisobini yuritishga mo‘ljallangan “Agrobilling” axborot tizimini ishga tushirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-iyul,
381-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi subyektlariga agrosanoat yo‘nalishida elektron xizmatlarni “yagona nuqta” orqali ko‘rsatishga mo‘ljallangan Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasidan (keyingi o‘rinlarda — Agroportal) foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Agrobilling” axborot tizimi — Agroportal va uning tarkibiga kiruvchi tizimlar orqali ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish va hisobini yuritishga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi yagona billing tizimi;
Agroportal operatori — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
agrosanoat majmuiga taalluqli elektron xizmat (keyingi o‘rinlarda — elektron xizmat) — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat va xususiy sektor xizmati;
idoralararo elektron hamkorlik — davlat idoralari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali elektron ma’lumotlar almashinuvi;
foydalanuvchilar — Agroportalda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, Agroportaldan foydalangan holda ariza beruvchi qishloq xo‘jaligi subyektlari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi davlat organlari hamda xususiy sektor vakillari;
qishloq xo‘jaligi subyektlari — qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi barcha toifadagi yuridik yoki jismoniy shaxslar, jumladan, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa subyektlar;
shaxsiy kabinet — avtorizatsiya jarayonidan o‘tgan foydalanuvchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatilishida ishtirok etishini hamda zarur axborotni joylashtirish, undan foydalanish, shuningdek, hisob-kitoblarni amalga oshirishini ta’minlaydigan individual sahifa;
elektron hujjatlar repozitoriysi — elektron hujjatlarni qayta ishlash va saqlashni ta’minlovchi, shuningdek, Agroportalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etuvchi axborot resursi;
Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) — “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona axborot tizimi;
QR-kod — tasdiqlangan elektron hujjatlarga biriktiriladigan va hujjat qog‘oz shaklida chop etilganda ko‘rsatiladigan, mobil ilovalar va dasturiy mahsulotlar orqali o‘qish (skanerlash) vaqtida elektron shartnoma haqida barcha ma’lumotlarga havola bo‘ladigan matrik shtrixli kod.
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agroportalning buyurtmachisi hisoblanadi hamda Agroportalni yaratish va unda yangi elektron xizmatlar ko‘rsatish turlarini joriy etish bo‘yicha mexanizmlar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish orqali xizmatlar ko‘rsatish turlarini kengaytirish, Agroportaldan foydalangan holda davlat organlari hamda xususiy sektor vakillari tomonidan ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar sifatini va belgilangan muddatlarda bajarilishini raqamli monitoring qilib borish ishlarini amalga oshiradi va mazkur tizim bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtiradi.
4. Agroportal operatori bevosita Agroportalga va foydalanuvchilarga texnik jihatdan elektron xizmat ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan hamda qishloq xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish yo‘nalishida axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona operator hisoblanadi.
5. Quyidagilar Agroportal operatorining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Agroportalga texnik xizmat ko‘rsatish hamda tizimning samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari orqali elektron ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish;
Agroportalni takomillashtirib borish;
qo‘shimcha elektron xizmatlar ko‘rsatish imkonini yaratish;
foydalanuvchilarni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda Agroportaldan foydalanish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berish;
Agroportalda yuzaga keladigan texnik muammolarni hamda funksional imkoniyatlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatadigan xatoliklarni qisqa vaqt ichida bartaraf qilish;
Agroportalga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha foydalanuvchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish;
Agroportalda belgilangan tartibda axborot xavfsizligini ta’minlash.
2-bob. Agroportalning maqsadlari va asosiy vazifalari
6. Quyidagilar Agroportalning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
foydalanuvchilarga davlat va xususiy sektor xizmatlarini elektron ko‘rinishda, yagona axborot maydoni sifatida tizimli, sifatli va uzluksiz tarzda ko‘rsatish;
elektron xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta’minlash;
ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarni tashkil etishga mas’ul bo‘lgan davlat organlarining axborot tizimlari bilan uzviy hamkorlik orqali ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish.
7. Quyidagilar Agroportalning asosiy vazifalari hisoblanadi:
foydalanuvchilarga elektron xizmatlardan kafolatlangan va xavfsiz foydalana olish imkoniyatini yaratish;
ariza va boshqa hujjatlarni yo‘llash uchun davlat va xususiy sektorning elektron xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
davlat organlari tomonidan elektron xizmatlardan foydalanish yuzasidan so‘rovlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va natijasi yuzasidan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga yuborish imkoniyatini yaratish;
pulli xizmatlardan foydalanganda, to‘lov tizimlari orqali onlayn to‘lov imkoniyatlarini yaratish;
elektron hujjatlarni shakllantirish va saqlash;
elektron xizmatlardan foydalanish uchun kelib tushadigan arizalarni avtomatlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqishda inson omilini kamaytirish, skoring qilish, xulosa berish va natijasi bo‘yicha foydalanuvchilarga elektron xabarnoma yuborish.
3-bob. Agroportalda davlat va xususiy sektorning elektron xizmatlarini ko‘rsatish
8. Agroportalda elektron xizmatlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
9. Foydalanuvchi Agroportal imkoniyatlaridan foydalanish uchun “agro.gov.uz” manziliga Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kiradi. Bunda foydalanuvchi Yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Agroportal operatori foydalanuvchilarning ma’lumotlarini, shu jumladan, yer maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va boshqa zarur ma’lumotlarni idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali oladi.
10. Agroportalda ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchi shaxsiy kabinetga ega bo‘ladi.
11. Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirgan harakati uchun o‘zi mas’ul hisoblanadi.
12. Foydalanuvchilar elektron xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni bevosita Agroportaldagi shaxsiy kabineti yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborishi mumkin.
Bunda arizaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi foydalanuvchi tomonidan elektron raqamli imzo, “Mobil-ID” yoki “Face-ID” bilan tasdiqlanadi.
13. Agroportalda foydalanuvchilarga o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali elektron xizmatlardan foydalanish, xizmatlarning holatini kuzatib borish va xizmatlar ko‘rsatish sifatini baholash imkoniyati yaratiladi.
14. Foydalanuvchilarning arizalarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va ularga javob yuborish tartibi Agroportal yoki elektron xizmatlar ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va xususiy sektorning axborot tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bunda elektron xizmat ko‘rsatish natijasi to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani Agroportal orqali foydalanuvchilarning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida Agroportal orqali tomonlar (vazirlik va idoralar) kelishuviga muvofiq boshqa elektron xizmatlar ko‘rsatish turlari kengaytirilishi mumkin.
Xususiy sektor o‘z elektron xizmatlarini Agroportalda shartnoma asosida axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda joriy qilishi mumkin. Bunda xususiy sektor Agroportal operatoriga murojaat qiladi hamda Agroportal operatori tomonidan berilgan takliflarga asosan Agroportalda elektron xizmatlarni joriy qilish haqini shartnomaga asosan o‘zi mustaqil belgilaydi.
15. Agroportal orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish natijalari bo‘yicha QR-kod qo‘yilgan ma’lumotlar yoki hujjatlar belgilangan shaklda, elektron holda foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
16. Agroportal orqali elektron xizmatlar xizmat turiga qarab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lov asosida yoki bepul ko‘rsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-sonli “Qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
17. Agroportal orqali pulli elektron xizmatlardan foydalanilganda, xizmatlar ko‘rsatish uchun to‘lovlar to‘langani elektron tarzda tasdiqlanadi. Bunda to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritish “Agrobilling” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
4-bob. Elektron hujjatlarning repozitoriysi
18. Elektron hujjatlar repozitoriysi Agroportalda foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali elektron xizmatlardan foydalanish jarayonida shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasini yuklab olish imkonini beradi.
19. Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi davlat organlari va xususiy sektorlar Agroportal orqali shakllantirilgan elektron hujjatlar nusxalarini qabul qilishni rad eta olmaydi hamda ularning haqiqiyligi elektron hujjatlar repozitoriysi yordamida tasdiqlanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Agroportal operatori har yil yakuni bilan (kelgusi yilning 15-fevraliga qadar) amalga oshirilgan ishlar natijalari, daromad va xarajatlar, moliyaviy hisobotlarni hamda boshqa zarur bo‘lgan ma’lumotlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.
21. Agroportal orqali elektron xizmatlar ko‘rsatishda yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Agroportalda elektron xizmatlarni ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qishloq xo‘jaligi subyektlari

(foydalanuvchilar)

Agroportal imkoniyatlaridan foydalanish uchun “agro.gov.uz” manzili orqali belgilangan tartibda murojaat qiladi.

Yil davomida

2-bosqich

Agroportal operatori

Qishloq xo‘jaligi subyektlaridan tushgan arizalarni belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatuvchi (vakolatli) organlarga yuboradi.

1 ish kunida

3-bosqich

Mas’ul vazirlik va idora

Kelib tushgan arizalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

Xizmat ko‘rsatish natijasi to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani Agroportal orqali qishloq xo‘jaligi subyektining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

Agroportal orqali elektron xizmatlar mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rsatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-son qaroriga
2-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ma’muriy reglament (keyingi o‘rinlarda — Reglament) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan foydalanish shartlari o‘zgarganda, yer ijara shartnomalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Reglament talablari yer uchastkalarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish bilan bog‘liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Agroportal — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi;
Agroportal va “E-ijara” axborot tizimi operatori (keyingi o‘rinlarda — Agroportal operatori) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
yer ijarachisi — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan ijara huquqi asosida foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
yer uchastkasining ijara shartnomasini o‘zgartirish — yer uchastkasidan foydalanish shartlarining o‘zgarishi (kamayishi yoki ko‘payishi) natijasida ijara shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish;
ijrochi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining (keyingi o‘rinlarda — “O‘zdaverloyiha” DILI) hududiy bo‘linmalari.
3. Yer uchastkasining ijara shartnomasiga o‘zgartirishlar ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxema asosida kiritiladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish
4. Yer ijarachisi ariza bilan quyidagilardan birini tanlagan holda davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin:
Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qilish;
Agroportaldan ro‘yxatdan o‘tish orqali elektron shaklda murojaat qilish.
Bunda murojaat ijrochiga (Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali) avtomatik tarzda yuboriladi.
5. Davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha ariza ushbu Reglament talablariga muvofiq YIDXP va Agroportal orqali dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridan qat’i nazar, to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng 24 soat ichida “O‘zdaverloyiha” DILIga yuboriladi.
Bunda ariza ish vaqtidan keyin yoki dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida kelib tushganda, navbatdagi ish kuni arizaning “O‘zdaverloyiha” DILIga kelib tushgan va qabul qilingan kuni hisoblanadi.
6. Yer ijarachisi bevosita Davlat xizmatlari markaziga murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi mas’ul xodimi yer ijarachisi nomidan, YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etganda — yer ijarachisi mustaqil ravishda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq arizani elektron tarzda to‘ldiradi. Bunda yer ijara shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish maqsadi aniq ko‘rsatiladi.
7. Arizaga amaldagi yer ijara shartnomasi nusxasi ilova qilinadi. Agar yer uchastkasi ochiq elektron tanlov yoki auksion savdolarida yutib olingan bo‘lsa, yer uchastkasi bo‘yicha “E-auksion” elektron savdo platformasi yoki “E-ijara” axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “E-ijara” AT) mavjud bayonnoma Agroportalda avtomatik tarzda shakllanadi.
Yer ijarachisidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Yer ijarachisi arizada so‘ralgan ma’lumotlarni kiritganidan so‘ng, ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalaridan biri (elektron raqamli imzo, Mobil-ID va Face-ID) bilan tasdiqlaydi.
9. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, yuridik shaxslardan besh baravari miqdorida to‘lovlar undiriladi.
Ushbu to‘lovlar Agroportal operatorining tijorat bankidagi hisobvarag‘iga to‘lanadi.
10. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP va Agroportal orqali murojaat etilganda, ushbu Nizomning 9-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan to‘lovlar miqdorining 90 foizi undiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ushbu davlat xizmatlaridan foydalanishda belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llanadi.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun to‘lovlar to‘langani elektron tarzda tasdiqlanadi.
11. To‘lovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga bevosita (shaxsan kelib) murojaat etilganda:
18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
11,25 foizi — Agroportal operatorining tijorat bankidagi hisobvarag‘iga;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablag‘lar (pul o‘tkazmalari bo‘yicha xarajatlar chegirilgan holda) teng ulushda — “O‘zdaverloyiha” DILIning bank hisobvarag‘iga va Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
11,25 foizi — Agroportal operatorining bank hisobvarag‘iga;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablag‘lar (pul o‘tkazmalari bo‘yicha xarajatlar chegirilgan holda) teng ulushda — “O‘zdaverloyiha” DILIning tijorat banki hisobvarag‘iga va Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga;
v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — Agroportal operatorining tijorat banki hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — operatorning “Agrobilling” axborot tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablag‘lar (pul o‘tkazmalari bo‘yicha xarajatlar chegirilgan holda) teng ulushda — “O‘zdaverloyiha” DILIning tijorat bank hisobvarag‘iga va Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga.
12. Ariza ijroga yo‘naltirilgandan so‘ng, yer ijarachisi davlat xizmatlaridan foydalanishning har qanday bosqichida undan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega.
Bunda ariza ko‘rilmasdan qoldiriladi va to‘langan to‘lovlar qaytarilmaydi.
13. Ariza ijroga yo‘naltirilmaganda, pul o‘tkazmalari bo‘yicha bank xarajatlari chegirilgan holda to‘langan to‘lovlar “Agrobilling” axborot tizimi orqali yer ijarachisiga qaytariladi.
14. Ijrochiga ariza kelib tushgandan so‘ng, besh ish kuni ichida Agroportalda tegishli shartnoma loyihasini tayyorlaydi.
Bunda ijrochi tomonidan:
yer uchastkasining amaldagi holati bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi o‘rganiladi;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida yer ijarachisining chegarasi va foydalanish holati joyiga chiqqan holda o‘rganiladi;
yer uchastkasi maydoni o‘zgarishining asoslangani ko‘rib chiqiladi va yer tuzish loyihasi ishlab chiqiladi.
15. Ijrochi yer ijara shartnomasi loyihasini imzolash uchun yer ijarachisi va tuman (Quvasoy shahar) hokimligiga elektron shaklda yuboradi.
16. Yer ijarachisi ikki ish kuni ichida yer ijara shartnomasi loyihasini elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) yoki Mobil-ID yoxud face-ID bilan tasdiqlaydi.
17. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi yer ijara shartnomasi loyihasini yer ijarachisi tomonidan imzolanganidan so‘ng, ikki ish kuni ichida ERI bilan tasdiqlaydi.
18. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi tomonidan yer ijara shartnomasi loyihasi quyidagi hollarda ijrochiga qaytariladi:
yer uchastkasi bo‘yicha cheklovlar (sud va vakolatli organlar tomonidan taqiq qo‘yilgan bo‘lsa) va foydalanishning alohida shartlari mavjud bo‘lganda;
normativ-huquqiy hujjatlarga asosan yer uchastkasidan foydalanish tartibi o‘zgargan yoki mavjud rejalarga o‘zgartirishlar kiritilganda.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa sabablar bilan shartnoma loyihasini qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
19. Ijrochiga shartnoma loyihasi qaytarilganda, yer ijarachisini bu haqda bir ish kuni ichida ariza kelib tushgan platforma orqali xabardor qiladi.
Yer ijarachisi xabarnoma yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida shartnoma loyihasi bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega. Bunda arizani takroran ko‘rib chiqish uchun to‘lovlar undirilmaydi.
Agar yer ijarachisi besh ish kuni ichida qayta murojaat qilmasa, ijrochi tomonidan bir ish kuni ichida Agroportal orqali yer ijarachisiga ariza ijrosi to‘xtatilgani to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi hamda to‘langan to‘lovlar qaytarilmaydi.
20. Ikki tomonlama imzolangan yer ijara shartnomasi Agroportal orqali Kadastr agentligiga yerga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuboriladi.
21. Kadastr agentligi o‘n ish kuni ichida yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirmani Agroportal orqali yer ijarachisiga yuboradi.
22. Ijrochi uch ish kuni ichida yer ijarachisiga yer uchastkasining chegarasini joyida ko‘rsatib beradi hamda bu haqidagi ma’lumotlarni Agroportal orqali Davlat xizmatlari markaziga va YIDXPga yuboradi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari bajarilishi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP va Agroportal orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
24. Yer ijarachisi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
25. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Yer ijarachisi

1. Amaldagi yer ijara shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali ariza bilan murojaat qiladi.

2. Belgilangan to‘lovni amalga oshirish.

O‘z xohishiga ko‘ra murojaat qilganda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi.

2. YIDXP.

3. Agroportal.

Arizani “O‘zdaverloyiha” DILIga yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

“O‘zdaverloyiha” DILI

1. Arizadagi murojaatni o‘rganadi.

2. Yer ijara shartnomasini o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tegishli shartnoma loyihasini tayyorlaydi.

3. Tayyorlangan shartnoma loyihasini imzolash uchun yer ijarachisi va tuman (Quvasoy shahar) hokimligiga elektron shaklda yuboradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Yer ijarachisi

Yer ijara shartnomasi loyihasini ERI yoki Mobil-ID yohud face-ID orqali imzolaydi.

2 ish kuni ichida

5-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi

Yer ijara shartnomasi loyihasini imzolaydi yoki asoslarni ko‘rsatgan holda imzolashni rad etadi.

Yer ijarachisi imzolagandan keyin
2 ish kuni ichida

6-bosqich

Kadastr agentligi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi hamda natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirmani Agroportal orqali yer ijarachisiga yuboradi.

10 ish kuni ichida

7-bosqich

“O‘zdaverloyiha” DILI

Yer ijarachisiga yer uchastkasining chegarasini joyida ko‘rsatib beradi va bu haqidagi ma’lumotlarni Agroportal orqali Davlat xizmatlari markaziga yuboradi va YIDXPga joylashtiradi.

3 ish kuni ichida

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha

ARIZA

____________ viloyati _________ tumani (Quvasoy shahri) __________ hududida faoliyat yurituvchi

_______________________________________________________

(yer ijarachisi, yuridik shaxs nomi)

STIR ___________________

rahbari _________________________

(F.I.O.)

__________________________________________________________________________

(jismoniy shaxs bo‘lganda F.I.O. ko‘rsatiladi)

(telefon raqami — _________________) dan.

Men rahbarlik qilayotgan xo‘jalik (yoki) Menga tegishli kadastr raqami — ________-son, ________-son kontur(lar)dagi umumiy yer maydoni ________ (ga) bo‘lgan yer uchastkasining ___________ (yer maydoni hajmi kamayishi/ko‘payishi, amaldagi yer uchastkasining ijara shartnomasi muddatini uzaytirish/kamaytirish)da amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

Arizamga amaldagi yer ijara shartnomasi nusxasini ilova qilaman.*

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yer uchastkalaridan foydalanish shartlarini o‘zgartirishda shartnomalarni qayta rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish yuzasidan belgilangan tartib-qoidalar bilan tanishib chiqdim va ularga to‘liq amal qilishimni ma’lum qilaman hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda, menga yuklangan majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmamga olaman.

Ariza beruvchi:

F.I.O.

yil, kun, oy

* Agar yer uchastkasi ochiq elektron tanlov yoki auksion savdolarida yutib olingan bo‘lsa, yer uchastkasi bo‘yicha “E-auksion” elektron savdo platformasi yoki “E-ijara” axborot tizimida mavjud bayonnoma Agroportalda avtomatik tarzda shakllanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-son qaroriga
3-ILOVA
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida agrotexnika tadbirlarining bajarilishini va mahsulot yetishtirishda imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanishni “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi orqali monitoring qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida agrotexnika tadbirlarining bajarilishini va mahsulot yetishtirish uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni monitoring qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Agromonitoring” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Agromonitoring” AT) — agrotexnika tadbirlari monitoringini veb-sahifa va mobil ilova orqali amalga oshirish imkonini beruvchi tizim;
Agroportal — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi;
agrotexnika tadbirlari monitoringi — qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlariga asosan yetishtirishning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qismi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlarni o‘lchash, shuningdek, ekin maydonlarida yerga ishlov berishdan boshlab hosilni yig‘ib olgunga qadar o‘tkaziladigan agrotexnika tadbirlarining o‘z muddatlarida bajarilishi ustidan “Agromonitoring” AT orqali monitoring qilish;
kredit beruvchi — Agroportal orqali tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq kredit taqdim etuvchi tijorat banki;
kredit oluvchi — qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar olgan yuridik yoki jismoniy shaxs (agroklaster, kooperatsiya, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari);
qishloq xo‘jaligi ekinlari — paxta xomashyosi, bug‘doy, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, don uchun makkajo‘xori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlar.
2-bob. Agrotexnika tadbirlarining bajarilishini monitoring qilish
3. Agrotexnika tadbirlari bajarilishini monitoring qilish Qishloq xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha yer turlari, maydoni, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
4. Agrotexnika tadbirlari monitoringi “Agromonitoring” AT va uning mobil ilovasi yordamida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining hududiy bosh boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) inspeksiyalari, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi (urug‘chilik yetishtiruvchi xo‘jaliklar uchun), shuningdek, kredit beruvchi, lizing, sug‘urta kompaniyalari va boshqa tashkilotlar tomonidan olib boriladi.
5. Agrotexnika tadbirlari monitoringi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlariga asosan ekin maydonlarida yerga ishlov berishdan boshlab hosilni yig‘ib olgunga qadar yer konturlari yoki ularning ekin ekilgan qismi bo‘yicha monitoring yuritish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiya va imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishini tahlil qilish.
6. Agrotexnika tadbirlari monitoringi paxta va boshoqli don ekinlari, shuningdek, boshqa ekin turlarida amalga oshiriladi.
7. Kredit oluvchi agrotexnika tadbirlari bajarilishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bevosita o‘zi shaxsiy kabineti orqali Agroportalga kiritishi mumkin.
8. Agrotexnika tadbirlari monitoringi natijalari Agroportalda kredit oluvchining shaxsiy kabinetida va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari uchun “Agromonitoring” ATda onlayn vaqt rejimida aks ettiriladi.
9. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun kredit oluvchilarga, ular tomonidan Agroportalda shakllantiriladigan to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratib boriladi.
Bunda avvalgi agrotexnika tadbirining bajarilganlik holati “Agromonitoring” ATda tasdiqlanganidan keyin joriy agrotexnika tadbiri uchun moliyaviy resurslar ajratiladi.
10. Agrotexnika tadbirlarini monitoring qilish va ushbu tadbirlarning bajarilishiga muvofiq kredit ajratish ushbu Nizomga ilovadagi sxema asosida amalga oshiriladi.
11. Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanishda kredit oluvchilar Agroportal tarkibiga kiruvchi “Reagro” axborot tizimiga kiritilgan ta’minotchi korxonalar bilan yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar, to‘lov topshiriqnomalari, hisob-fakturalar va boshqa moliyaviy hujjatlar tuziladi.
12. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrotexnika tadbirlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish holati bosqichma-bosqich monitoring qilib boriladi. Bunda:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda har yili mart — oktabr oylarida har bir hudud bo‘yicha kosmik suratlar va uchuvchisiz uchadigan apparatlar (dronlar) yordamida olingan ma’lumotlarni Agroportalga joylashtirib boradi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi kosmik suratlar va uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida olingan ma’lumotlarga asosan har bir hududdagi kredit oluvchi qishloq xo‘jaligi ekinlarining holati to‘g‘risidagi xulosalarni Agroportalga joylashtiradi;
kredit beruvchi qishloq xo‘jaligi ekinlarining holati to‘g‘risidagi xulosalardan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekin turiga qarab moliyalashtirishni tashkil etadi. Bunda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish shartlari kredit shartnomasiga ko‘ra buzilish holati aniqlansa, ushbu kredit oluvchiga imtiyozli kreditlar ajratish vaqtincha to‘xtatiladi.
3-bob. Imtiyozli kreditlar va mablag‘lar aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlarni Agroportalda onlayn taqdim etish
13. Kredit oluvchi o‘zining imtiyozli kreditlari va mablag‘lar aylanmalari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni Agroportal orqali olishi mumkin. Buning uchun:
kredit oluvchi kelgusi yil hosili uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini har yili 1-avgustga qadar Agroportalga mustaqil joylashtirgan bo‘lishi;
kredit oluvchi kredit beruvchi bilan kredit ajratish shartnomasini belgilangan tartibda tuzgan bo‘lishi lozim.
14. Kredit oluvchiga Agroportal orqali har kuni (dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridan qat’i nazar) 24 soat davomida agrotexnika tadbirlari uchun kredit ajratish shartnomasining holati va ushbu shartnomaga asosan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumotlar olish, ajratilgan mablag‘larni sarflash uchun to‘lov topshiriqnomalarini yaratish, mablag‘larni sarflash uchun shartnoma tuzish yoki tuzilgan shartnomalarni yuklab olish, to‘lov topshiriqnomalarining bajarilish holatini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Bunda ushbu xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan kredit oluvchiga Agroportal operatori oferta shartnomasi asosida xizmat ko‘rsatadi.
15. To‘lov topshiriqnomalari ish vaqtidan keyingi yoki dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida tijorat banklariga kelib tushganda, navbatdagi ish kunida to‘lov topshiriqnomalari tijorat bankiga kelib tushgan va qabul qilingan kun deb hisoblanadi hamda ijrosi ta’minlanadi.
16. Kredit oluvchi to‘lov topshiriqnomasini kredit beruvchiga yuborishi uchun tegishli ma’lumotlarni Agroportalga kiritganidan so‘ng, ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilish vositalaridan biri (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID yoki “face-ID”) orqali tasdiqlaydi.
17. Kredit beruvchi kredit oluvchidan kelib tushgan to‘lov topshiriqnomasiga asosan ajratiladigan kreditlar doirasida to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazadi.
Bunda kredit beruvchi kredit oluvchi tomonidan kreditlarning maqsadli sarflanishi ustidan “Agromonitoring” AT orqali monitoring yuritishi mumkin.
18. Kredit oluvchi tomonidan kredit ajratish shartnomasida ko‘rsatilgan ekindan boshqa ekin turi ekilganda yoki kreditning qaytmaslik xavfi aniqlanganda, kredit beruvchi kreditlar ajratishni to‘xtatishi yoki shartnomada ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra kredit ajratish shartnomasini bekor qilishi mumkin.
Bu haqidagi ma’lumotlar kredit oluvchiga Agroportaldagi shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida agrotexnika tadbirlarining bajarilishini va mahsulot yetishtirishda imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanishni “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi orqali monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Agrotexnika tadbirlarini monitoring qilish va tadbirlarning bajarilishiga muvofiq kredit ajratish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

 

 

 

1-bosqich

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar

Ekiladigan ekinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Agroportalga mustaqil joylashtiradi.

Har yili 1-avgustga qadar

 

 

 

2-bosqich

Tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari

Ekiladigan ekinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida agrotexnika tadbirlarini “Agromonitoring” AT orqali monitoring qilib boradi.

Ekin turi bo‘yicha har oyda

 

 

 

3-bosqich

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar

1. Kredit shartnomasini ekin turlari bo‘yicha belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.

2. To‘lov topshiriqnomalarini shakllantiradi, elektron imzo bilan imzolaydi va tegishli tijorat banklariga yuboradi.

Zaruratga ko‘ra

 

 

 

4-bosqich

Kredit beruvchi

Kredit shartnomasi doirasida mablag‘larni to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq ajratadi.

Agrotexnika tadbirini bajarish muddati bo‘yicha

 

5-bosqich

Kredit beruvchi

Ajratilgan kredit mablag‘larining tegishliligi bo‘yicha maqsadli sarflanishini monitoring qiladi.

Kredit shartnomasiga muvofiq

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 3 noyabrdagi 311-son qarorining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini yanada rivojlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 9-iyuldagi 569-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga muvofiq Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) ixtiyoriga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”;
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Institut:
o‘z faoliyati bo‘yicha Akademiya va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hisobot beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlarining natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, shuningdek, xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, Institut tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalarining yillik daromadining 15 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobidan tushadigan tushumlar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari va texnik ko‘mak mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi”;
“b” va “v” kichik bandlardagi tegishli kelishikdagi “Agentlik direktori” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Akademiya raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-avgustdagi 505-son qarorida:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar mustaqil ravishda ekinlarini joylashtirishi uchun har yili 1-avgustga qadar ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash ishlarini “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida tashkil etsin”;
b) 4-band ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
CropAgro AT — qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ekinlarni joylashtirish bo‘yicha ma’lumotlarini qabul qilish, kelishish, ma’lumot va hisobotlarni shakllantirish uchun foydalaniladigan axborot tizimi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Agroportal — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi;
operator — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati”;
uchinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini hisobga olgan holda Agroportalda yerdan foydalanuvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish imkoniyatini yaratadi”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda yerdan foydalanuvchilarning barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ma’lumotlari bilan iste’molchilar talabini tahlil qiladi va muvofiqlashtirish choralarini ko‘radi”;
oltinchi xatboshi “qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga” so‘zlaridan keyin “Agroportal orqali” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
har bir hudud bo‘yicha ekin maydonlarining meliorativ holati va suv bilan ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi obyektiv ma’lumotlar (suv yetkazib berishning minimal va maksimal limitlari)ni yer uchastkalarining konturlari kesimida shakllantiradi hamda Agroportalga joylashtiradi;
Agroportalda shakllantirilgan yer uchastkalarining konturlar kesimidagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishga oid zarur ma’lumotlarni “Suv hisobi” axborot tizimi bilan integratsiya qiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“o‘z vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun operator bilan, u bilan tuziladigan shartnoma asosida Agroportaldagi bajaradigan funksiyalarini ishlab chiqadi, ushbu tizimga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati va hududiy bo‘linmalarining ulanishi va foydalanishini tashkil etadi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Yerdan foydalanuvchilar har yili 1-iyulga (2026-yil hosili uchun 1-sentabrga) qadar yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yer uchastkalari kesimida Agroportalda mustaqil joylashtiradi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 141-142-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“141. Yerdan foydalanuvchilarga operator tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlari yordamida qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirishga ko‘maklashish, shartnomaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va boshqa yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish uchun xususiy sektor vakillarining ko‘magidan foydalanish imkoniyatlari joriy qilinishi mumkin.
142. Yerdan foydalanuvchilar tomonidan suv ta’minoti mavjud bo‘lmagan yoki yerning normativ qiymati aniqlanmaydigan yaylov yerlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari ushbu yerdan foydalanuvchilarning o‘z hisobidan yetishtirilishi mumkin”;
15, 16 va 17-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha birinchi va ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “CropAgro” axborot tizimidan” so‘zlari “Agroportal” so‘zi bilan almashtirilsin;
20-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
21, 22 va 23-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning qishloq xo‘jaligi geoportallarida onlayn tarzda aks ettiriladi”;
26-bandning birinchi xatboshisi “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish natijalari monitoringi” so‘zlaridan keyin “qishloq xo‘jaligi tuman bo‘limlari va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi kadastr raqami, foydalanuvchisi, kontur raqami, chegaralari, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda) va boshqa ma’lumotlarni integratsiya orqali taqdim etadi.

 

Doimiy

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ

 

Agroportalda ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, ishlov berish, foydalanuvchilarni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, hisobotlarni avtomatik shakllantirish, inson omilini qisqartirish bo‘yicha dasturiy yechimlarni joriy etadi va takomillashtirib boradi.

 

Doimiy

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3-bosqich

 

Suv xo‘jaligi vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

 

Ekin maydonlarining meliorativ holati va suv bilan ta’minlash imkoniyati to‘g‘risida;

ichki va tashqi bozordagi talablarni inobatga olgan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini turlari bo‘yicha ishlab chiqarishning yillik prognoz hajmlari to‘g‘risida ma’lumotlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.

 

Har yili 1-mayga qadar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-bosqich

 

Yerdan foydalanuvchilar

 

Agroportal orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtiradi.

 

Har yili 1-iyulga qadar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

5-bosqich

 

Irrigatsiya bo‘limi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti,

“Tuproq tahlil markazi” DM

 

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining konturlar kesimida joylashtirilishini ko‘rib chiqadi, zarur hollarda qo‘shimcha va to‘ldirishlar kiritadi hamda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

 

2 ish kunida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

6-bosqich

 

Qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, “O‘zdaverloyiha” instituti va uning hududiy bo‘linmalari

 

Ekinlarning ekilishi va holati monitoringini yuritadi.

 

Doimiy

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

7-bosqich

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

 

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ma’lumotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning qishloq xo‘jaligi geoportallarida onlayn tarzda aks ettiriladi.

 

Doimiy

 

 

 

 

 

 

 

 

 

”.

4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovaning 1-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Dala chetlari, kanallar, kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlari atrofidagi maydonlar, aholi tomorqasi, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar oldi va mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish faoliyati”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 96-son qarori bilan tasdiqlangan Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 23-band quyidagi mazmundagi beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Inspeksiya nazoratini amalga oshirgan ayni bir inspektor tomonidan takroran rejadan tashqari inspeksiya nazoratining amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Inspeksiya nazoratini tashkil etish va inspektorlarni tayinlash vakolati organik mahsulot muvofiqligini baholash organi rahbariga yuklanadi.
Dastlabki inspeksiya nazorati uchun inspektor organik mahsulot muvofiqligini baholash organi rahbari tomonidan inspektorlar reyestridan tanlab olinadi. Bunda malakali, manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lmagan va ushbu obyekt bilan oxirgi uch yil davomida xizmat munosabatlariga ega bo‘lmagan inspektor tanlanishi shart.
Takroran, rejadan tashqari inspeksiya nazoratini amalga oshirish uchun dastlabki inspeksiyani o‘tkazgan inspektor tayinlanmaydi. Ushbu holda organik mahsulot muvofiqligini baholash organi rahbari reyestrdan boshqa mustaqil inspektorni tayinlaydi.
Inspektorni tayinlash to‘g‘risidagi buyruq elektron shaklda rasmiylashtiriladi va unda inspektorning shaxsiy ma’lumotlari, malakasi, tekshiruv turi va obyekti, tekshiruv asosi, muddati va vazifalari ko‘rsatiladi. Buyruq nusxasi inspektor hamda tekshirilayotgan subyektga yuboriladi.
Inspektorni tayinlashda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xolislik va mustaqillik mezonlari majburiy tarzda tekshiriladi. Manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan shaxsning inspektor sifatida tayinlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Organik mahsulot muvofiqligini baholash organi inspektorni tayinlashga oid barcha ma’lumotlarni elektron reyestrda saqlaydi va zarurat bo‘lganda nazorat qiluvchi organlarga taqdim etadi”;
b) quyidagi mazmundagi 231-band bilan to‘ldirilsin:
“231. Quyidagi hollarda taqdim etilgan ma’lumot ishonchsiz deb topiladi:
soxtalashtirilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;
boshqa manbalardan tekshirib ko‘rilgan ma’lumotlar bilan solishtirilganda, shuningdek, sanalar va ko‘rsatkichlarda nomuvofiqliklar aniqlansa;
taqdim etilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnomalar, sertifikatlar va xulosalar) bo‘lmasa.
Ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa asoslarga ko‘ra taqdim etilgan ma’lumotni ishonchsiz deb topishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 9-bandida:
oltinchi xatboshidagi “5 foizi” so‘zlari “11,25 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “70 foizi” so‘zlari “63,75 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “5 foizi” so‘zlari “11,25 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “70 foizi” so‘zlari “63,75 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 9-bandda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 11-band, 12-bandning birinchi xatboshisi va 21-bandning ikkinchi xatboshisi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” so‘zlaridan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) ilovaning 1, 2 va 3-bosqichlari “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” so‘zlaridan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 19-yanvardagi 33-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoxud “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
3-bandda “YIDXPda” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportalda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
4-bandda “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi “Yagona billing” so‘zlaridan keyin “yoki “Agrobilling” axborot” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda vakolatli organning bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
13-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
14-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-ilovaning 1-bosqichi “Tadbirlar” ustuni “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoxud “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 306-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Dala chetlari, kanallar, kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlari atrofidagi maydonlar, aholi tomorqasi, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar oldi va mahallaning ichki ko‘chalaridan samarali foydalangan mahsulot yetishtiruvchilarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 100 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar saralash, saqlash, quritish va qadoqlash sexlari hamda sovitkichli omborxonalarni xarid qilish uchun 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.
Bunda kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida saralash, saqlash, quritish va qadoqlash sexlari hamda sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi bilan ajratiladi”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) parvoz vaqtida maksimal og‘irligi 25 kg dan oshmasligi, qishloq xo‘jaligida agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar bundan mustasno, bunda ularning maksimal uchish og‘irligi 250 kg dan oshmasligi kerak va tur sertifikati, GPS Tracker yoki ID moduli (Remote ID masofadan identifikatsiyalash) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish axborot tizimi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 9-bandning uchinchi xatboshisi “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki” so‘zlaridan keyin “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal) yoxud” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 10-bandning uchinchi xatboshisi “YIDXP yoki” so‘zlaridan keyin “Agroportal yoxud” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urug‘lar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
a) 4-bandning birinchi xatboshi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “, “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 9-bandda “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 11-bandda “YIDXPda” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportalda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
g) 12-bandda “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi “Yagona billing” so‘zlaridan keyin “yoki “Agrobilling” axborot” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
e) 16-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — O‘zagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
j) 18-bandning oltinchi xatboshisi, 21-bandning ikkinchi xatboshisi, 33 va 42-bandlarda “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
z) 32-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Ariza beruvchi O‘zagroinspeksiyaga mahsulotni yetishtirish va ishlab chiqarishni tashkil etishda o‘tkazilgan sinov natijalarini yoki akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan sinovlar to‘g‘risidagi hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
Sinov natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda, O‘zagroinspeksiya ikki ish kunida ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP yoki Agroportal orqali ariza beruvchiga qonunchilik hujjatlaridagi normalarni ko‘rsatgan holda mahsulotning muvofiqlik sertifikatini berishni rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani yuboradi.
Agar sinov natijalari orasidagi tafovutlar ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lganda yoki normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda, O‘zagroinspeksiya tomonidan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari qayta sinovdan o‘tkaziladi va sinov jarayonlari davomiyligi belgilangan tartibda uzaytiriladi hamda bu haqda ikki ish kunida ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi”.
ilovaning nomi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustunida:
1-band “YIDXPda” qisqartmasidan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
3-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
6-bosqich “Tadbirlar” ustuni “YIDXPga” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportalga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7-bosqich “Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarorida:
4-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
16-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
19-band, 20 va 25-bandlarning ikkinchi xatboshilari “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
26-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablag‘lar — O‘zagroinspeksiyaning rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi”;
31-band, 32 va 35-bandlarning ikkinchi xatboshilari “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustunida:
1-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni quyidagi mazmundagi 3-band bilan to‘ldirilsin:
“3. Agroportal”;
3-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
4-bandda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
15-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
18-bandning birinchi xatboshisi, 19 va 23-bandlarning ikkinchi xatboshilari “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
24-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablag‘lar — O‘zagroinspeksiyaning rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi”;
1-bosqich “Tadbirlar” ustunida:
1-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni quyidagi mazmundagi 3-band bilan to‘ldirilsin:
“3. Agroportal”;
3-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
4-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
11-bandning birinchi xatboshisi, 12-bandning ikkinchi xatboshisi va 13-bandning uchinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
14-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablag‘lar — O‘zagroinspeksiyaning rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi”;
20-bandning birinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustunida:
1-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni quyidagi mazmundagi 3-band bilan to‘ldirilsin:
“3. Agroportal”;
3-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
4-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
24-bandning ikkinchi xatboshisi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
25 va 28-bandlarning ikkinchi xatboshilari “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
29-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablag‘lar — O‘zagroinspeksiyaning rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi”;
33-bandning ikkinchi xatboshisi, 56-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari va 61-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
62-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablag‘lar — O‘zagroinspeksiyaning rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi”;
68-bandning birinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustunida:
1-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
3-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2 va 3-bandlar “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 24-avgustdagi 420-son qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 449-son qarori bilan tasdiqlangan Naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Talabgorga naslchilik xo‘jaligi maqomini berish davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markaz) va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal) orqali tushgan murojaatga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan mazkur Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi”;
b) 10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 13-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 14-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — (shundan 0,5 foizi — Agrobilling tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatning shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
g) 18-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
d) 29-band “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga” so‘zlari “Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqich “Tadbirlar” ustunida “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga” so‘zlari “Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
j) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA

DALOLATNOMA _____-son

____________ tumani (shahri)‎‎

‎‎20__ yil “___”___________

Hududiy chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i ____________________________________________________, hududiy chorvachilik va yaylov xo‘jaligini

______________________ (F.I.O.)

rivojlantirish bo‘limining naslchilik bo‘limi mutaxassisi _________________________________‎‎_____________ chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish

______________________ ‎(F.I.O.)

bo‘yicha tumanlar (shaharlar)ga biriktirilgan mas’ullar _____________________________ ishtirokida

_____________________________________________________________ (F.I.O.)

_______________________________________________________________________________________ni

(xo‘jalik nomi)‎

naslchilik xo‘jaligi toifasiga o‘tkazish uchun:

naslchilik xo‘jaligi hisob-kitobini va hujjatlarini yuritish;

naslchilik xo‘jaligi resurslarining yaxshilanishi, saqlanishi, takror ko‘paytirilishi va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;

hayvonlar mahsuldorligi hisob-kitobini yuritish, tipi bo‘yicha tasniflash, kelib chiqishini genetik ekspertiza qilish (immunogenetik nazorat laboratoriyasi bo‘lmagan hududlarda ularning genetik kelib chiqishini (genotipini) tahlil qilish) va hayvonlarni mahsuldorligi hamda avlodining sifati bo‘yicha baholash talablarini bajarish;

urug‘ olish uchun faqat takror ko‘paytiriladigan nasldor hayvonlardan foydalanish, urug‘ va embrionlarni texnologik va veterinariya-sanitariya talabnomalarida belgilangan sharoitda tayyorlash, identifikatsiyalash va saqlash;

naslli mahsulotlarning (materiallar) sifati kafolatlanishiga oid masalalar ko‘rib chiqildi hamda talabgorning naslchilik xo‘jaligi sifatida doimiy faoliyat olib borish imkoniyatlari tahlil qilinib:

__________________________________________________________________________________ga

(yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

_____________________________________________________________________________ bo‘yicha

(nasldor hayvon turi)‎

____________________________________________ maqomini berish tavsiya qilindi/qilinmadi.

____________ (naslchilik xo‘jaligi toifasi) ________________________ (keraklisining tagiga chizilsin)

Hududiy chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

_______________

______________________

(imzosi)

(F.I.O.)

Naslchilik bo‘limi mutaxassisi

_______________

______________________

(imzosi)

(F.I.O.)

.

16. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 674-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning ma’muriy reglamentining 34-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Elektron onlayn — auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushadigan mablag‘lar ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin operatorning ikki foiz xizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq kadastr pasportini tayyorlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun 5 foiz — Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga;
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga;
10 foizi — ijrochining hisobvarag‘iga;
5 foizi — “O‘rmon xo‘jaligini raqamlashtirish markazi” DMga;
qolgan mablag‘lar — o‘rmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari hamda Ekologiya jamg‘armasiga teng ulushlarda”.
17. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 115-son qarori bilan tasdiqlangan Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandi “avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — ATT)” so‘zlaridan keyin “yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoxud “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamentiga 13 va 17-ilovalar quyidagi mazmundagi izoh qismi bilan to‘ldirilsin:
“Izoh. 1. Ariza beruvchilar ushbu pasportni olish uchun “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal) orqali murojaat qilishi mumkin.
2. Agroportal orqali davlat xizmatlaridan foydalanishda ushbu Reglamentning YIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatish qoidalari qo‘llaniladi (ushbu Reglamentning 10-bandi “b” kichik bandi bundan mustasno).
3. Agroportal orqali murojaat etilganda undirilgan yig‘imlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi”.
19. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qarorida:
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Tuman (shahar) hokimligi ro‘yxatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida “E-ijara” ATda yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari hamda kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlarini belgilaydi.
Bunda Yagona klassifikatorga muvofiq ko‘rsatilgan kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlari va yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini tegishli ro‘yxati ilova qilinadi”;
13-banddagi “tuman (shahar) hokimining qarorini” so‘zlari “ma’lumotlarni “E-ijara” AT orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovaning IV bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “E-qaror” tizimida” so‘zlari “E-ijara” ATda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)da” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXPda” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
9-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning:
50 foizi — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari shaxsiy hisobvaraqlariga;
50 foizi — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha — “O‘zdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkaziladi”;
18-bandning uchinchi xatboshisi “YIDXPga” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportalga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportalda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7-bosqich “Tadbirlar” ustunining 2-bandi “YIDXPga” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportalga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
8-bosqichda:
“Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Muddatlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, Agroportal” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
birinchi xatboshi “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)da” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
9-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning:
50 foizi — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari shaxsiy hisobvaraqlariga;
50 foizi — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha — “O‘zdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkaziladi”;
12-bandning ikkinchi xatboshisi, 14-bandning to‘rtinchi xatboshisi, 18-bandning birinchi xatboshisi, 20-bandning to‘rtinchi xatboshisi va 21-bandning uchinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportalda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqichda:
“Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Muddatlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
6-bosqich “Tadbirlar” ustuni uchinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7-bosqichda:
“Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Muddatlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7-band “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)da” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
10-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
11-bandning oltinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
12-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning:
30 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga;
70 foizi — “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvarag‘iga”;
23-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustuni “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)da” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqichda:
“Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Muddatlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7-bosqich “Tadbirlar” ustunining 1-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
birinchi xatboshi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
9-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganda) — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘larning:
50 foizi — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari shaxsiy hisobvaraqlariga;
50 foizi — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha — “O‘zdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkaziladi”;
12-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
14 va 18-bandlarning to‘rtinchi xatboshilari, 20-bandning ikkinchi xatboshisi, 27 va 30-bandlarning birinchi xatboshilari, 32-bandning ikkinchi xatboshisi, 33-bandning uchinchi xatboshisi va 34-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportalda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-bosqichda:
“Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Muddatlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
7-bosqich “Tadbirlar” ustunining 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
13-bosqich “Tadbirlar” ustunining 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
14-bosqich “Tadbirlar” ustunining 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportalga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
15-bosqichda:
“Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Muddatlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2025-yil 27-maydagi 331-son qarorida:
1-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” so‘zlari “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi o‘rinlarda — Agroportal)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning uchinchi xatboshisidagi “CropAgro” axborot tizimida” so‘zlari “Agroportalda” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” so‘zlari “Agroportal” so‘zi bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2025-yil 18-sentabrdagi 594-son qaroriga 41-ilovaning 12-bandida:
oltinchi xatboshidagi “5 foizi” so‘zlari “11,25 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “70 foizi” so‘zlari “63,75 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “5 foizi” so‘zlari “11,25 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “70 foizi” so‘zlari “63,75 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)