1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.09.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.02.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvini tashkil etish, aholiga xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishi ustidan samarali nazorat tizimini joriy etish, masʼuliyat va javobgarlikka asoslangan tadbirkorlik muhitini shakllantirish hamda sohaga ilgʻor xalqaro amaliyotlarni joriy etish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar mazkur Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashga masʼul boʻlgan idoralarning bir-birini takrorlovchi funksiyalarini bartaraf etish va maqbullashtirish orqali yagona davlat boshqaruvini tashkil etish;
(b) “daladan dasturxongacha” tamoyili asosida oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish zanjiridagi barcha ishtirokchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashning xavf tahliliga asoslangan nazorat tizimini joriy etish;
(v) amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini, fitosanitariya talablari va choralarini Alimentarius kodeksi standartlari, Butunjahon hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish tashkiloti (WOAN), Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha xalqaro konvensiya (IPPC) talablariga muvofiqlashtirish;
(g) oziq-ovqat biznesi operatorlari faoliyatiga xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (HACCP) tamoyillari keng joriy etilishini taʼminlash hamda ularning isteʼmolchilarga xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdagi masʼuliyatini oshirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
(d) sohada xususiy sektor bilan maslahatlashuvlarning tizimli va shaffof mexanizmlarini yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalaridagi davlat funksiyalarini xalqaro tajriba asosida bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish;
(j) mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini hamda nufuzini mustahkamlashga qaratilgan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.
II. Yagona davlat boshqaruvini tashkil etish
2. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi negizida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita);
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
(b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Chorvachilik agentligi) tashkil etilsin.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuzilmasiga qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritilsin.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi zimmasiga oziq-ovqat sanoati korxonalari (alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan tashqari) va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash quvvatlarini rivojlantirish vazifalari yuklansin.
5. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 1 — 3-ilovalarga muvofiq vazifalari, tizim tashkilotlari va shtat birliklari tegishliligi boʻyicha Qoʻmita, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning huzuridagi tashkilotlar oʻrtasida qayta taqsimlansin.
6. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
(a) Qoʻmita oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya (keyingi oʻrinlarda — oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi) sohasidagi davlat boshqaruvi hamda nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ sifatida faoliyat olib boradi;
(b) quyidagilar:
(i) Qoʻmita Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash qismida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining;
(ii) Chorvachilik agentligi chorvachilik, shu jumladan, naslchilikni rivojlantirish, yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qismida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari, shartnomalari va xalqaro bitimlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
7. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq;
(b) 2027-yil 1-yanvardan boshlab xususiy sektorga xalqaro tajriba asosida bosqichma-bosqich oʻtkaziladigan (turlari kengaytiriladigan) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash sohasidagi funksiyalar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashda ilmiy-amaliy yondashuvni keng qoʻllash
8. Qoʻmita huzurida davlat muassasasi shaklidagi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
9. Belgilansinki:
(a) Institut mazkur Farmonga 6-ilovada nazarda tutilgan vazifalarni bajaradi;
(b) Institut xodimlarining umumiy cheklangan soni Qoʻmita raisi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi va mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq Qoʻmitaga qayta taqsimlanayotgan shtat birliklari doirasida shakllantiriladi;
(v) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizlik talablariga muvofiqligi boʻyicha sinovdan oʻtkazuvchi tibbiy jihozlari hamda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizlik talablariga muvofiqligi boʻyicha sinovdan oʻtkazuvchi laboratoriyalari, uskunalari va jihozlari Institutga oʻtkaziladi.
IV. Sohada manfaatdor taraflar ishtirokini taʼminlash
10. Qoʻmita huzurida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalalari boʻyicha maslahat kengashi (keyingi oʻrinlarda — Maslahat kengashi) tashkil etilsin hamda uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Belgilansinki:
(a) Maslahat kengashi tarkibiga davlat idoralari va boshqa barcha manfaatdor taraflar vakillari oʻz ixtiyoriga koʻra quyidagi guruhlarga taqsimlangan holda kiritiladi va har bir guruh bitta ovozga ega boʻladi:
(i) masʼul davlat boshqaruvi va nazorati organlari;
(ii) oziq-ovqat biznesi operatorlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari va ularning birlashmalari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.02.00 Umumiy ovqatlanish sohasini boshqarish va nazorat qilish.Isteʼmolchi huquqini himoya qilish.]
(iii) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari;
(iv) ilmiy va akademik muassasalar hamda muvofiqlikni baholash organlari;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
(v) ommaviy axborot vositalari va blogerlar;
(b) Maslahat kengashi faoliyatini tashkil etish va yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
(v) Maslahat kengashi takliflari Qoʻmita tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasiga oid davlat siyosatini ishlab chiqishda inobatga olinadi.
V. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimini isloh qilish boʻyicha keyingi chora-tadbirlar
12. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimini isloh qilish davrida institutsional barqarorlikni taʼminlash uchun quyidagilar amalga oshirilsin:
(a) vakolatlarni uygʻunlashtirish va ularning takrorlanishini bartaraf etish, institutsional majburiyatlarni belgilash;
(b) mavjud malakali xodimlarni saqlab qolish va ularning safini kengaytirish;
(v) davlat nazorati va laboratoriya xizmatlarini koʻrsatishning operatsion uzluksizligini taʼminlash.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
13. Qoʻmita 2026-yil 1-dekabrga qadar quyidagilarni nazarda tutgan holda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi milliy strategiyasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin:
(a) Alimentarius kodeksi standartlariga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoidalari va normalarini qabul qilish hamda amaliyotga joriy etish;
(b) oziq-ovqat biznesi operatorlari bilan maslahatlashuvlarni olib borish va ular uchun uzluksiz treninglar tashkil etish;
(v) xavflarni baholash, boshqarish, xavf toʻgʻrisida xabardor qilish, shuningdek, xavfga asoslangan tekshiruv tartibini joriy etish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(g) xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan inspeksiya, roʻyxatga olish, monitoring qilish, kuzatish va xavf tahlilini oʻtkazish tartib-taomillarini joriy etish hamda ularning integratsiyalashgan raqamli platformasini yaratish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
(d) inspektorlar, laboratoriya va soha mutaxassislari uchun uzluksiz professional tayyorlash hamda qayta tayyorlash tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
(j) Qoʻmita faoliyati samaradorligining eng muhim koʻrsatkichlari (KPI) sifatida ichki bozorning xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganligi darajasi hamda muammolari hal etilgan oziq-ovqat biznesi operatorlari sonining oshib borishini belgilash.
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
14. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Qoʻmita va Chorvachilik agentligi faoliyatini tashkil qilish boʻyicha qarorlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Adliya vazirligi Qoʻmita, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisi belgilansin.
18. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-may,
PF-84-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-son Farmoniga 1-ILOVA
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining qayta taqsimlanayotgan vazifalari
T/r
Vazifalar qayta taqsimlanadigan davlat organi nomi
Vazifalar
I. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi vazifalarini taqsimlash
1.1. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilish, oziq-ovqat xomashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish bilan shugʻullanuvchi subyektlar faoliyati, shuningdek, zarur xalqaro amaliyotlarni qoʻllash tajribasiga asoslangan standartlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish uslubiyatini ishlab chiqish va joriy qilishda ishtirok etish.
1.2. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenasiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
1.3. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, shu jumladan, umumiy ovqatlanish sohasida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi boʻyicha belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish va qonun buzilishlari boʻyicha belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qoʻllash.
1.4. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenasi sohasidagi majburiy talablarga taalluqliligi boʻyicha maxsus ekspertizalar tayinlash va oʻtkazish, oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli ruxsatnoma va sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish.
1.5. Oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmoli bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklar yuzaga kelishi sabablarini tahlil qilish, oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tegishli axborot tizimlarini yuritish.
1.6. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenasi boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
1.7. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish jarayonida ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi siyosatni amalga oshirish.
1.8. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenasi masalalari boʻyicha istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash hamda fundamental, amaliy va ilmiy tadqiqotlar olib borish.
1.9. Oziq-ovqat gigiyenasi va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi sohasida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida kadrlarning malakasini oshirish.
1.10. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenasi sohasining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor usullarini tizimli asosda joriy etish.
1.11. Oʻzbekiston Respublikasida sanitariya va fitosanitariya choralari boʻyicha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlarni xabardor qilish va ularning asoslangan soʻrovlariga javob berish tartib-taomillarini joriy etish.
1.12. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va respublika hududida ishlab chiqariladigan biologik faol qoʻshimchalar muomalasini tartibga solish.
II. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi vazifalarini taqsimlash
2.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiga
2.1. Veterinariya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish.
2.2. Mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni taʼminlash, hayvonlar kasalliklari profilaktikasining va ularni davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etishda ishtirok etish.
2.3. Epizootik osoyishtalikni taʼminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va ularning tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish.
2.4. Chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish.
2.5. Veterinariya va naslchilik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.
2.6. Chorvachilik mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirishni taʼminlash, shuningdek, standartlashtirishni taʼminlash va sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishda ishtirok etish.
2.7. Mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish.
2.8. Veterinariya va qishloq xoʻjaligi sohalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
2.9. Veterinariya va chorvachilik sohalaridagi rahbar, mutaxassislar, oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini taʼminlash.
3.
Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga
3.1. Chorvachilik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, standartlashtirishni taʼminlash va sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, ushbu sohada davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
3.2. Chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
3.3. Chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona mexanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik xoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish.
3.4. Chorvachilik va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalari veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish.
3.5. Chorvachilik tarmogʻiga xorijiy investitsiyalar va grant mablagʻlarini jalb qilish.
3.6. Yaylov yerlaridan samarali va maqsadli foydalanish, ularni muhofaza qilish, degradatsiyasining oldini olish, oʻsimliklar tabiiy plantatsiyalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
3.7. Yaylovlarda oʻsimliklar urugʻchiligini rivojlantirish, yaylov yerlarini ijaraga berishni tashkil etish, shartnomaviy munosabatlarni monitoring qilish.
3.8. Qorakoʻl zotining genofondini saqlash, takror koʻpaytirish, seleksiya-naslchilik rejalarini amaliyotga tatbiq etish hamda infratuzilmalarni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
4.
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga
Barcha turdagi chorva hayvonlari, parranda, baliq va asalarilar boʻyicha tizimli ilmiy asoslangan yechimlar ishlab chiqish va ushbu yoʻnalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.
III. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi vazifalarini taqsimlash
5.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiga
5.1. Oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshirish.
5.2. Tuproq agrokimyoviy tahlillarini oʻtkazish va qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik oʻgʻitlar sifatini nazorat qilish, tuproq va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarini dala sharoitida radiologik-toksikologik tahlillardan oʻtkazish.
5.3. Oʻsimliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillashtirish, zararli organizmlarga qarshi kurashishning uygʻunlashgan samarali usullarini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda yoʻq qilish.
5.4. Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari hamda mineral va mikrobiologik oʻgʻitlarning biologik samaradorligi boʻyicha sinovlarni tashkil qilish va roʻyxatdan oʻtkazish, qishloq xoʻjaligida kimyolashtirish va biologik vositalardan foydalanish sohasida normativ, reglament va standartlar ishlab chiqish hamda kimyolashtirish va biologik vositalar realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
5.5. Fitosanitar xavfsizlikni taʼminlashda ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy innovatsion yechimlar, rejalashtirish va boshqarish usullarini joriy etish, ilgʻor texnologiyalar hamda ish usullarini joriy etishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sohada kadrlarni tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
5.6. Dala chetlarida hamda aholi tomorqasi, xonadonlar va koʻp qavatli uylar oldi, mahallaning ichki koʻchalarida mahsulotlar yetishtirish, qishloq xoʻjaligi subyektlariga urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yoʻnaltirishni tashkil qilish.
5.7. Kimyolashtirish vositalarini va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, yangi texnikani va texnologik jarayonlarni hamda qishloq xoʻjaligida ularning qoʻllanish usullarini yaratishga, sinashga va joriy etishga doir ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik hamda loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish, oʻsimliklarni himoya qilish sohasida mutaxassislar tayyorlanishini, qayta tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini taʼminlash.
6.
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga
Oʻsimliklar klinikalari va biolaboratoriyalar tizimini rivojlantirish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
* Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining mazkur ilovada keltirilmagan amaldagi boshqa vazifalari oʻz vakolatida saqlab qolinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-son Farmoniga 2-ILOVA
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining qayta taqsimlanayotgan tizim tashkilotlari roʻyxati
I. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
1.1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiga:
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari;
(b) Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tuman (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari;
(v) Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarni sinovdan oʻtkazish davlat ilmiy nazorat markazi;
(g) Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi;
(d) Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi;
(j) Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, filiallari hamda akademik litseyi;
(z) Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti;
(i) Veterinariya va chorvachilik sohasida pedagog hamda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
1.2. Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga:
(a) Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi;
(b) Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xoʻjaliklari;
2.1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiga:
(a) Respublika agrokimyoviy tahlil markazi va uning hududiy boʻlinmalari;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlari;
(v) Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari.
2.2. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga — “Biosifat” respublika markazi.
* Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi oʻz faoliyatini mazkur uyushmalar bilan hamkorlikda olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning huzuridagi tashkilotlar oʻrtasida qayta taqsimlanayotgan shtat birliklari
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
1 372
9
9
-
1 363
849
514
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
2.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
6 880
1 281
1 281
-
5 599
5 599
-
234
234
-
737
157
157
-
580
580
-
2.1
shu jumladan, boshqaruv organi boʻlmagan tizim tashkilotlari
2 463
503
503
-
1 960
1 960
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
3.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
3 155
552
534
18
2 603
2 595
8
13
13
-
-
-
-
-
-
-
-
3.1
shu jumladan, tizim tashkilotlari
443
202
202
-
241
241
-
13
13
-
-
-
-
-
-
-
-
* Ishlab chiqarish shtat birliklari soni tashkilot uchun tasdiqlanadigan normativ asosida qayta belgilanishi mumkin.
** 10 ta shtat birligi Agrar sohada toʻlovlar agentligiga beriladi.
*** Xodimlarning umumiy cheklangan soni tarkibida Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo yaylov xoʻjaliklarining 18 ta boshqaruv hamda 32 ta ishlab chiqarish shtat birliklari inobatga olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va fitosanitariya sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshirish, xususan:
(a) qonunchilik hujjatlari, milliy standartlar, qoidalar va normalar, maqbul ishlab chiqarish amaliyotlari, shuningdek, ulardan foydalanish qoʻllanmalarini xalqaro talablarga muvofiq holda ishlab chiqish va ularning amaliyotga joriy etilishini taʼminlash;
(b) oziq-ovqat biznesi operatorlari, yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qoʻshimchalari, kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatga olish;
(v) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;
(g) xatar omillari aniqlanganda, xavflarni baholash asosida oziq-ovqat mahsulotlari savdosi va (yoki) importini cheklovchi vaqtinchalik choralarni qoʻllash, xavfli deb topilgan mahsulotlarni muomaladan qaytarib olish choralarini koʻrish.
2. Respublika hududidagi oʻsimliklar va hayvonlar kasalliklarining hamda zararkunandalarining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, ularga qarshi kurashishning samarali usullarini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish.
3. “Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida xavf tahliliga asoslangan davlat nazoratini amalga oshirish, xususan:
(a) oziq-ovqat biznesi operatorlari tomonidan xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (NACCP) tamoyillariga rioya etilishini inspeksiya qilish;
(b) oziq-ovqat mahsulotlari ustidan bozor nazoratini amalga oshirish, isteʼmolchilarni xavfsizligi kafolatlanmagan va qalbaki mahsulotlardan himoyalash.
4. Oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmoli bilan bogʻliq kasalliklarning sabablarini tahlil qilish, jamoat salomatligi va isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.
5. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, sohaga raqamli texnologiyalarning joriy etilishini taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-son Farmoniga 5-ILOVA
2027-yil 1-yanvardan boshlab xususiy sektorga xalqaro tajriba asosida bosqichma-bosqich oʻtkaziladigan (turlari kengaytiriladigan) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash sohasidagi funksiyalar
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va gigiyenasi sohasidagi majburiy talablarga taalluqliligi boʻyicha maxsus ekspertizalarni oʻtkazish
2.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va gigiyenasi boʻyicha laboratoriya tekshiruvlarini oʻtkazish
3.
Veterinariya-laboratoriya xizmatlarini koʻrsatish
4.
Hayvonlarni emlash va davolash
5.
Dezinfeksiya va dezinseksiya tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish
6.
Chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish
* Mazkur funksiyalarni xususiy sektorga oʻtkazish shakllari (ularni toʻliq xususiy sektorga oʻtkazish, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish, xususiy sektorga amalga oshirish huquqini berish) ushbu funksiyalarni xususiy sektor tomonidan amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-son Farmoniga 6-ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi huzuridagi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi institutining vazifalari
1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish hamda xavf tahliliga asoslangan innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish.
2. Tizimli ravishda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi holatini monitoring qilish, ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjiridagi mikrobiologik patogenlar va kimyoviy ifloslantiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va baholash.
3. Yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qoʻshimchalari, kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalar boʻyicha milliy va xalqaro tajribani oʻrganib borish, ularni roʻyxatga olish maqsadidagi tadqiqotlarni olib borish va hisobotlar rasmiylashtirish.
4. Oziq-ovqat mahsulotlarining muvofiqligini baholash hamda ilmiy sinov jarayonlariga innovatsion va zamonaviy sinov uslubiyotlarini joriy etish.
Izohlar:
1. Institut tomonidan roʻyxatga olish maqsadida oʻtkaziladigan tadqiqotlar belgilangan uslubiyatlar, akkreditatsiya talablari, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, natijalarni qayta koʻrib chiqish va mustaqil apellyatsiya mexanizmi asosida amalga oshiriladi.
2. Institut tadqiqotlari va xulosalari Qoʻmita tomonidan ruxsat berish yoki roʻyxatga olish boʻyicha qaror qabul qilishda yagona va majburiy manba sifatida qoʻllanilmaydi, qaror qabul qilishda boshqa akkreditatsiyalangan laboratoriya yoki ekspert tashkiloti xulosalari teng kuchga ega asos sifatida inobatga olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-son Farmoniga 7-ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi huzuridagi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalalari boʻyicha maslahat kengashining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
I. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini takomillashtirish borasida
1. Sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini xalqaro talablar hamda savdo majburiyatlariga muvofiqlashtirishga koʻmaklashish.
2. Xavflarni boshqarish, inspeksiya amaliyoti va tartibga solish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.
3. Yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qoʻshimchalari, kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarni roʻyxatga olish masalalarini oʻrganib borish va Qoʻmitaga taklif kiritish.
II. Manfaatdor taraflar bilan maslahatlashuv borasida
4. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash sohasida mavjud muammolarning idoralararo muhokamasini tashkil etish.
5. Davlat organlari va oziq-ovqat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi konstruktiv va natijaviy muloqotni yoʻlga qoʻyish.
Izohlar:
1. Maslahat kengashi xulosalari va takliflari Qoʻmita tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.
2. Qoʻmita Maslahat kengashi takliflarini qabul qilish yoki rad etish sabablarini yozma ravishda asoslantiradi.
3. Maslahat kengashi xulosalari, takliflari va ularni koʻrib chiqish natijalari Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, bundan konfidensial maʼlumotlar mustasno.
4. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalariga oid yangi majburiy talablarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy va normativ hujjatlar loyihalari Maslahat kengashida oldindan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PF-84-son Farmoniga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
(i) “4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
2 323
2 022
301
shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni
6
6
1.
Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi
157
157
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni
2
2
2.
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
287
272
15
shu jumladan, direktor oʻrinbosarlari soni
3
2
1
”;
(ii) “12. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimida 1-pozitsiyaning “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “68” raqami “59” raqami bilan almashtirilsin;
(iii) quyidagi mazmundagi “40. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi” boʻlimi bilan toʻldirilsin:
(i) 4.1 — 4.4-pozitsiyalar quyidagi mazmundagi 4.1-4.2-pozitsiyalar bilan almashtirilsin:
“
4.1
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligi
Chorvachilik agentligi
Agentstvo po jivotnovodstvu
4.2
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi
Agentstvo razvitiya agropromishlennosti
”;
(ii) quyidagi mazmundagi 43-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
43.
Oʻzbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi
Komitet pishevoy bezopasnosti
”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-son Farmonida:
(b) 2-ilova “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” blokidan keyin “Biosifat” respublika markazi” bloki bilan toʻldirilsin;
(v) 3 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-77-son Farmonida:
(a) 3-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
“(j) ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni bajarish uchun shtat birliklarini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish maqsadida, istisno tariqasida, Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparatiga 2026-yil yakuniga qadar xodimlarni tanlovsiz ishga qabul qilish”;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-431-son qarori 4-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidan “va foydalanish darajasi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan motoresursning 50 foizidan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-465-son qarorida:
(i) ikkinchi xatboshidagi “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“9. Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar faoliyati yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish, chora-tadbirlar va tegishli takliflar ishlab chiqish uchun masʼul boʻlgan Qoʻmita markaziy apparatida 8 ta shtat birligidan iborat boshqarma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmalarida 2 ta shtatdan iborat boʻlimlar tashkil qilinsin.
Belgilansinki, mazkur shtat birliklari, istisno tariqasida, 2025-2026-yillar uchun joriy etiladi hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan saqlanadi”;
(i) “I. Ergashev — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori, ishchi guruh rahbari” soʻzlari “Lavozimi boʻyicha — Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) “B. Xamrayev — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “Lavozimi boʻyicha — Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) “D. Anarbayev — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi boshqarma boshligʻi, ishchi guruh kotibi” soʻzlari “Lavozimi boʻyicha — Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi boshqarma boshligʻi, ishchi guruh kotibi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2026-y., 06/26/84/0518-son)