1-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi | Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Viloyatlar va Toshkent shahri qishloq xoʻjaligi boshqarmalari | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Toshkent davlat agrar universiteti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tumanlar (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari | Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi | Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi | Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi | Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi | Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Urugʻchilikni rivojlantirish markazi | Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Biosifat” respublika markazi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6-ILOVA
|
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi |
|||||||||||||||||||||||||||
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻlimlari |
“Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” DUK |
||||||||||||||||||||||||||
|
Tumanlar (Quvasoy shahri) loyiha ofislari |
Koʻchat yetishtirishga ixtisoslashgan va koʻrgazmali dala maydonlarini tashkil etadigan korxona |
||||||||||||||||||||||||||
8-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish muddati | Masʼul vazirlik va idoralar | Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi |
I. Vazirlik va idoralarning aniq asosiy faoliyat yoʻnalishlarini belgilash, qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish | ||||
1. | Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida erishilgan koʻrsatkichlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tahlil qilgan holda sohadagi islohotlarni yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2030-yilgacha har yili IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan har bir ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar, indikatorlarga erishish hamda vazifalar ijrosi taʼminlanadi. |
2. | Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va “yoʻl xaritalari”ni qayta koʻrib chiqib, tahlil qilish va ularni Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda maʼmuriy islohotlariga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan konsepsiya, strategiya va “yoʻl xaritalari” qayta koʻrib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda ular Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va maʼmuriy islohotlariga muvofiqlashtiriladi. |
II. Sohalarda hal qilinishi lozim boʻlgan masalalarga yechim topishga yoʻnaltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish | ||||
3. | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomlari roʻyxatini xatlovdan oʻtkazish va Oziq-ovqat mahsulotlari reyestrini shakllantirish. Bunda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning milliy brendlarini rivojlantirish va isteʼmolchilarni mamlakat isteʼmol bozorida muomalada boʻlgan tovarlar toʻgʻrisida shaffof maʼlumotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Mamlakatda sifatli va roʻyxatdan oʻtgan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmolchilarga yetkazib berish imkoniyati yaratiladi. |
4. | Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining “Product info” elektron tizimiga Oziq-ovqat mahsulotlari reyestrini integratsiya qilishni taʼminlash. | 2024-yil I chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Raqobat qoʻmitasi | Respublikamizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarining eksport hajmi oshiriladi hamda oziq-ovqat mahsulotlari reyestrini shakllantirish raqamlashtiriladi. |
5. | Sirdaryo viloyatida eksperiment tariqasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida namunaviy oziq-ovqat sanoati parkini tashkil etish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: sanoat parkining tashkiliy choralari, moliyalashtirish manbalarini belgilash; sanoat parkida amalga oshiriladigan asosiy faoliyat dasturlarini belgilash; tadbirkorlik subyektlari uchun sanoat parkida bevosita va raqamli xizmatlar koʻrsatish tizimini joriy etish. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | Sirdaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlariga yengillik yaratiladi va ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanadi hamda eksperiment natijalariga asosan keyinchalik mazkur tizim butun respublikada joriy etiladi. |
6. | Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “A. Yassaviy” MFY hududida joylashgan Dala ekinlari urugʻchiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi hududida Qishloq xoʻjaligi fundamental tadqiqotlari markazi (Centre Of Excellence)ni tashkil etish. Bunda, qurilish ishlarini Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan mablagʻlar hisobidan jahon standartlari va ilgʻor xorijiy davlatlarning ilmiy markazlari andozasida amalga oshirish. | 2023 — 2026-yillar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy markazlar moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. |
7. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan yaylovlarni ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish (yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish) uchun ajratishda quyidagi tartibni joriy etish: qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarini eng koʻp toʻlashni taklif etgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga ustunlik berish; yaylovlardan boshqa maqsadlarda foydalanish (yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish) natijasida har yili ushbu yerlarda yoʻlga qoʻyilgan faoliyatni amalga oshirishdan tushgan daromadning 2 foizini Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga yoʻnaltirish majburiyatini yuklash. Bunda, barcha mablagʻlarning 50 foizini yaylovlar degradatsiyasining oldini olish va degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash tadbirlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirishni nazarda tutish. | 2023-yil II chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ipakchilik qoʻmitasi | Yaylov yerlaridan samarali foydalanish, shu jumladan yaylovlarni qayta tiklash, mahsuldorligini oshirish va degradatsiya jarayonlariga qarshi kurashish tadbirlarini moliyalashtirish manbalari mustahkamlanadi. Natijada mavjud yaylovlar bioxilma-xilligi yaxshilanadi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshadi. |
8. | Hududlardagi ozuqa-yem ishlab chiqarish quvvatlarini tahlil qilgan holda chorva mol bosh sonidan kelib chiqib, ozuqa ekinlarini ekishga ruxsat berish hamda omuxta yem ishlab chiqaruvchi ilgʻor xorijiy korporatsiyalar (Cargill, Alltech, PSM) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali xalqaro standartlarga mos boʻlgan omuxta yem ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari manzilli roʻyxatini shakllantirib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil 1-dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya qoʻmitasi | Chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlashga va omuxta yem mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi. |
9. | Aholiga dehqon xoʻjaligi uchun ajratilayotgan yer maydonlarida “Bir hudud — bir mahsulot” tamoyili asosida faoliyat yuritishni ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi | Ishlab chiqarish — saqlash — qayta ishlash — sotish zanjirli tizimi rivojlantiriladi. Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi koʻpaytiriladi va aholi daromadi ortadi. Ishlab chiqaruvchilar bilan boshqa tadbirkorlik subyektlarining kooperatsiya aloqalari rivojlanadi. |
III. Budjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish | ||||
10. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari zimmasiga yuklatilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, ekinlar navlarini sinash, urugʻlarini yetishtirish va qayta ishlash, qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan barcha nazorat va monitoring funksiyalarini Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga oʻtkazish. Bunda, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzagroinspeksiya | Sanab oʻtilgan funksiyalar boʻyicha monitoring va nazoratni amalga oshirish Inspeksiyaga oʻtkaziladi va shu orqali mazkur yoʻnalishlarda korrupsiyaviy holatlar kelib chiqishining oldi olinadi. Monitoring va nazorat qilish sohasida vakolatli organ va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati toʻgʻri yoʻlga qoʻyiladi. |
11. | Qishloq xoʻjaligi sohasiga ajratilayotgan subsidiya mablagʻlarining samaradorligini tahlil qilish hamda ularning natijadorligini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Davlat budjetidan ajratilayotgan subsidiya mablagʻlari samaradorligi oshiriladi. |
12. | Qishloq xoʻjaligida sugʻurta tizimini isloh qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda: “Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish; Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligini sugʻurtalash jamgʻarmasini tashkil etish; Qishloq xoʻjaligida sugʻurta tizimini toʻliq raqamlashtirish kabi tadbirlarni inobatga olish. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy barqarorligi taʼminlanadi. |
13. | 2023-yil gʻalla hosilidan davlat resurslariga sotib olinadigan bugʻdoy hajmlari va xarid qilish mexanizmlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2023-yil II chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Ichki gʻalla bozori tartibga solinadi va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanadi. |
14. | Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonida qishloq xoʻjaligi sohasidagi masalalar yuzasidan muhokamalarda ishtirok etish va soha boʻyicha aʼzo davlatlarning savollariga asoslangan javoblar tayyorlash. | Doimiy | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Jahon savdo tashkilotida mamlakat qishloq xoʻjaligi manfaatlari himoya qilinadi. |
IV. Tegishli sohalarda davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, 2023-yildan boshlab vazirlik va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish | ||||
15. | Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, isteʼmol va zaxiraga saqlash boʻyicha tomorqa xoʻjaliklarida tanlanma kuzatuv soʻrovnomasi oʻtkazilishini joriy etish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Statistika agentligi | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan talabni aniqlash va ushbu mahsulotlar balansini hisoblash uchun maʼlumotlar manbasi yaratiladi. Keyingi yil isteʼmoli uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ekishga talab etiladigan yer maydonlari hajmi aniqlanadi. |
16. | Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va isteʼmoli balansini hududlar va tumanlar kesimida ishlab chiqish metodologiyasini yaratish va joriy etish. | 2024-yil I chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi | Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va unga boʻlgan talabni aniqlash, yetishmayotgan qismini import qilish, prognozlarni shakllantirish imkonini beradi. |
17. | Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining dehqon bozorlarida va ushbu mahsulotlarni yetishtiruvchilar tomonidan belgilangan narxlarini tanlanma kuzatuv soʻrovnomasini oʻtkazish, ichki va tashqi bozordagi narxlarni, eksport va import mahsulotlari logistikasidagi mavjud muammolarni oʻrganish va tahlil qilish boʻyicha autsorsing tizimini joriy etish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi | Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini dehqon bozorlari, yirik savdo komplekslari va ijtimoiy tarmoqlar savdo maydonlaridagi ulgurji va chakana narxlari monitoring qilinib, ishonchli, xolis maʼlumotlar olinadi. Shu orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari taʼminoti va zaxiralar holatini oʻrganish, uzluksiz savdo shoxobchalariga yetkazilishi yuzasidan tegishli choralar koʻrish uchun asos boʻladi. |
18. | Bunda eksport qilinadigan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) tadbirlarini amalga oshirilishi uchun litsenziyalarni olish talab qilinadigan faoliyat turlariga kiritish. | 2024-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Karantin agentligi | Eksport qilinadigan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) tadbirlarini oʻtkazishning raqobat muhiti shakllanadi va xususiy sektor talabiga mos xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. |
V. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat koʻrsatish, davlat tomonidan subsidiya taqdim etish, imtiyoz berish va boshqacha tartibda qoʻllab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish | ||||
19. | Mahalliy urugʻlik kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish hamda super elita va elita urugʻlik yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Kafolatlangan yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish orqali, import hajmini kamaytirishga hamda fermer, dehqon xoʻjaliklar?ni mahalliy sifatli va arzon urugʻliklar bilan taʼminlashga erishiladi. |
20. | Fermer xoʻjaliklarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi vakolatli organ — Davlat xizmatlari markazlari maʼlumotlar bazasiga Kadastr agentligining maʼlumotlar bazasini integratsiya qilish orqali, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarda yer ijara shartnomasining mavjudligi hamda faollik holatini hisobga olishni avtomatlashtirish. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi | 3 mingdan ortiq yer ijara shartnomasi boʻlgan va 20 mingga yaqin yer ijara shartnomasi bekor qilingan fermer xoʻjaliklarining faollik holatiga aniqlik kiritish orqali yer egalarining roʻyxatini toʻgʻri shakllantirishga erishiladi. |
VI. Vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan nazorat funksiyalarini “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirish tartibini takomillashtirish, shuningdek, ularni muvofiqlashtirish va nazorat funksiyalarini maqbullashtirish | ||||
21. | Qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashuvning oldini olish hamda davlat organlarining takrorlanuvchi vazifalarini maqbullashtirish maqsadida mahalliy ijro hokimiyati organlarining qishloq xoʻjaligiga oid vazifa va funksiyalarini qisqartirish yuzasidan takliflar tayyorlash. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, mahalliy hokimliklar | Fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish faoliyatiga aralashuvning oldi olinadi. |
VII. Vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning modelini takomillashtirish | ||||
22. | Qishloq xoʻjaligida ilm va amaliyot integratsiyasini taʼminlash, mahsulot ishlab chiqaruvchilar faoliyatida zamonaviy innovatsion agrotexnologiyalarni keng joriy etish, bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida respublikaning barcha hududlari va tumanlarida agroxizmat markazlarini tashkil etish. Bunda, agroxizmat markazlari: qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalar bilan shartnoma asosida faoliyat yuritib, korxonalarga agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida sifatli tashkil etish hamda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifati va hajmini oshirishda; yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishda; qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalarga oʻz faoliyatida xarajatlari va daromadlari tahlilini amalga oshirishda hamda yil yakuni bilan korxonaning moliyaviy holati yuzasidan aniq hisob-kitoblarni shakllantirishda koʻmaklashadi. | 2023-2024-yillarda | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, mahalliy hokimliklar | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning bilim, koʻnikma va malakalari oshiriladi, ular faoliyatida ilm-fan natijalarini keng joriy etish imkoniyati yaratiladi. |
23. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Maʼmuriy xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi faoliyatiga xususiy investorlarni jalb qilgan holda, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, tizimdagi istiqbolsiz ishlayotgan obyektlardan samarali foydalanish, yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, mahsulotlar eksporti va importini tashkil etish yoʻnalishlarida ish olib borib, oʻz-oʻzini moliyalashtirishga oʻtkazish orqali aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish boʻyicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyati ustav fondiga mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan kiritiladigan mablagʻlari dolzarb investitsion loyihalarga maqsadli yoʻnaltiriladi. Vazirlik tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilishda ulardagi davlat ulushini kamaytirishga erishiladi. |
VIII. Vazirlik va idoralarda hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini oʻrganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qoʻyish” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish | ||||
24. | Fermer xoʻjaliklarining ishlab chiqarish ixtisoslashuvini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi: fermer xoʻjaliklari tomonidan ixtisoslashuvini oʻzgartirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish; fermer xoʻjaliklarining ixtisosligini oʻzgartirishda ixtiyoriylik tamoyillariga asoslanish. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Fermer xoʻjaliklarining tadbirkorlik subyekti sifatidagi ixtisosligini oʻzgartirish boʻyicha huquqlarini amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqiladi, fermer xoʻjaligi tomonidan ixtisosligini oʻzgartirishda qonun buzilishi holatlarining oldi olinadi. |
IX. Sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish shu jumladan vazirlik va idoralarning ish jarayonini raqamlashtirish | ||||
25. | Vazirlik va uning tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlari, hududiy boʻlinmalarining ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish. Bunda, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi: “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasining tegishli axborot resurslari bazalarini Vazirlikning axborot tizimlariga integratsiya qilish; yagona integratsiyalashgan “Agrar va oziq-ovqat sohasidagi vaziyatni baholash” elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) yaratish va elektron raqamli imzoga asoslangan keng qamrovli va kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash; | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Raqamlashtirish vazirligi, vazirlik va idoralar | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq ishonchli va yagona maʼlumotlarni shakllantirishga hamda ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirishga erishiladi. |
elektron platformada yerdan foydalanish, dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish agrotexnologik tadbirlar amalga oshirilishini monitoring qilish, tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar turlari, hajmi, saqlash, logistika va sotish zanjiri haqidagi, chorva mollari bosh soni, ularning harakati, naslli qoramollar va parrandalar bosh soni haqidagi, asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va isteʼmol balansini umumlashtirilganligi haqidagi axborotlarni avtomatlashtirilgan holda shakllantirish. | 2023-yil IV chorak | |||
26. | Agrosanoat majmuida yagona “Agroplatforma” axborot tizimini joriy etish. Bunda: “Agroplatforma” axborot tizimini Kadastr agentligining yer turi, konturi, chegarasi va foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalari bilan oʻzaro integratsiya qilish; qishloq xoʻjaligi yerlarining unumdorligi (bonitet bali), shoʻrlanish, ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasi va normativ qiymati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini turlari boʻyicha yetishtirishning prognoz hajmlari va joylashuvi (geolokatsiyasi) hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari monitoringi koʻrsatkichlarini aks ettirish; qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish boʻyicha qonun buzilish holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etib borish; “Agroplatforma” AT orqali tijorat banklaridan imtiyozli kredit olishda hujjatlarni avtomatlashtirilgan holda elektron taqdim etishni yoʻlga qoʻyish; Vazirlik huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan qishloq xoʻjaligi subyektlariga subsidiyalarni “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali ajratish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar | “Agroplatforma” ATni joriy etish orqali ekin ekishdan tortib hosil yigʻib terib olingungacha boʻlgan zanjirdagi amalga oshiriladigan barcha agrotexnik tadbirlar jarayonlarini raqamlashtirish, elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish, bunda qogʻoz koʻrinishidagi hujjat almashuvidan voz kechish, qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilar uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonini avtomatlashtirish va u orqali moliyalashtirish jarayonining shaffofligini oshirish, qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilar hamda tizim foydalanuvchilari uchun hosil vegetatsiyasi monitoringi maʼlumotlarini onlayn taqdim etish taʼminlanadi. |
27. | Barcha turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlari va duragaylarini davlat nav sinovidan oʻtkazishda elektron identifikatsiyalash hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav va duragaylarini majburiy tartibda sinovdan oʻtkazish tizimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, nav sinovidan oʻtkazish jarayonlarining har bir bosqichi maxsus onlayn axborot tizimi orqali yuritilishini joriy qilish. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Mazkur tizim orqali quyidagilarga erishiladi: qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlarini sinovdan oʻtkazish xalqaro ilgʻor tajribaga muvofiqlashtiriladi; qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav va duragaylari genetik sofligi saqlanib, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarida samarali qoʻllanadi; ishonchlilik (sifat) koʻrsatkichlari tekshiriladi hamda oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanadi. Shuningdek, davlat nav sinoviga taqdim etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlari va duragaylariga maxfiy identifikatsiya kodlarini biriktirish va elektron reyestr shakllantirish orqali shaffof tizim joriy qilinadi. |
28. | Aholiga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun 2022-2023-yillarda ajratilgan yer maydonlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarning turlari va hajmlarining shaffof hisobi yuritilishini raqamlashtirish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Statistika agentligi | Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun aholiga ajratilgan ekin yerlarida yetishtiriladigan mahsulot turlari va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. |
29. | Fermerlar va klasterlarga geoaxborot texnologiyalari va yerni masofadan zondlash texnologiyalariga asoslangan xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan platformani ishlab chiqish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi | Fermer va klasterlar foydalanadigan qishloq xoʻjaligi yerlari va ekinlarini mustaqil ravishda monitoring qilish, muammolarni erta aniqlash va tadbirlar boʻyicha tavsiyalarni berish tizimi yaratiladi. Bunda geoaxborot va yerni masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyiladi, multispektral indekslar yordamida tahlillar avtomatik tarzda amalga oshiriladi, davlat idoralarining maʼlumotlar bazalaridan fermer va klasterlarning manfaatlarida foydalaniladi. |
30. | Vazirlik huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tashkiliy-huquqiy shaklini davlat unitar korxonasiga oʻzgartirib, IT-Park rezidenti sifatida faoliyat yuritishini taʼminlash. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Raqamlashtirish vazirligi | Markaz faoliyatiga investitsiyalar jalb etiladi, davlat-xususiy sheriklik rivojlantiriladi, xizmatlarni tijoratlashtirish orqali sohani raqamlashtirish jadallashtiriladi hamda xalqaro toifadagi IT mutaxassislar jalb etiladi. |
X. Sohada faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va masʼuliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, oʻz ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish | ||||
31. | Qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibini ishlab chiqish. Bunda, qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarni ilgʻor xorijiy davlatlarda malaka oshirishga yuborishni nazarda tutish. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Rivojlangan davlatlar tajribasi va yangi nou-xaular bilan tanishib boriladi. Bu oʻz oʻrnida zamonaviy boshqaruv tizimiga oʻtishga yordam beradi. |
33. | Xodimlar hisobini yuritishni raqamlashtirish va “hrm.argos” dasturini amaliyotga qoʻllash. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Inson omili kamaytirilib, xodimlar hisobi markazlashtirilgan holda raqamlashtirilishi taʼminlanadi. Shtatlar soni maqbullashtiriladi. |
34. | Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Vazirlik tizimidagi xodimlarning kasbiy bilimi va malakasini oshirish, qayta tayyorlashni oʻquv reja dasturlari asosida tashkil etish. Oʻquv qamrovini kengaytirish maqsadida masofaviy “hr.agro” platformasini takomillashtirish, mavjud ehtiyojga asosan oʻquv kontentlari bilan boyitish. | Doimiy | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Vazirlik tizimidagi xodimlarning bilim va kasbiy mahoratlari doimiy ravishda oshirib boriladi. Sohani rivojlantirish, belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun kadrlar salohiyati oshirilishiga erishiladi, xalqaro tajriba va innovatsion yutuqlar amaliyotga qoʻllaniladi. |
XI. Vazirlik va idoralarning tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash, ular tarkibiga kiritilgan muassasalarning faoliyatini takomillashtirish | ||||
35. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiya faoliyatini transformatsiya qilish. Bunda: Vazirlik huzuridagi qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiya faoliyatini funksional baholash orqali sohada xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish; oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarida qoʻshilgan qiymat zanjirining barcha bosqichlarini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirishni tartibga solishda Vazirlikni masʼul organ sifatida belgilash; Vazirlik huzurida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash va nazorat qilishning yangi zamonaviy tizimini joriy qilish; ilgʻor xalqaro tajribalar va davlat organlari faoliyatini baholash asosida qishloq xoʻjaligi subsidiyalari va qoʻllab-quvvatlash toʻlovlarini boshqarish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat toʻlovlarini boshqarishning yagona tizimini yaratish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Agrar va oziq-ovqat sohalarida boshqaruv tizimining yangi mexanizmlarini joriy qilish taʼminlanadi. |
36. | Toshkent viloyati, Universitet koʻchasi, 2-uyni Toshkent davlat agrar universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazish. | 2023-yil II chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davaktiv agentligi | Toshkent davlat agrar universitetining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi taʼminlanadi. |
XII. Qonunchilik hujjatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish | ||||
37. | Qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil II chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | Normativ huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi, bunda: Vazirlik va uning hududiy tuzilmalari nomlari bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi; bir-birini takrorlovchi vazifa va funksiyalar chiqarib tashlanadi; nomuvofiqliklar bartaraf etiladi; oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi. |
38. | Qishloq xoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari yoki boshqa xodimlari tomonidan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakolati doirasidagi qonunchilik talablarini buzish holatlari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazolarni qoʻllash huquqi bilan bogʻliq vazifa va funksiyalar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga oʻtkazilishi munosabati bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzagroinspeksiya | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarlik ishlarini yuritish vakolatli organ sifatida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi taʼminlanadi. |
39. | Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun har besh yilda va davlat nav sinash uchastkalari va tajriba xoʻjaliklari uchun har uch yilda tuproqning agrokimyoviy tahlili oʻtkazilmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Karantin agentligi, Oʻzagroinspeksiya | Sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarini va davlat nav sinash uchastkalari va tajriba xoʻjaliklarida tuproqning agrokimyoviy tahlili oʻtkazilishi va sifatli mahsulot hamda urugʻlik yetishtirish taʼminlanadi. |
40. | Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonuniga barcha qishloq xoʻjaligi ekinlari nav va duragaylarini Davlat reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi talabni joriy qilish boʻyicha oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Qishloq xoʻjaligi ekinlari nav va duragaylarining sinovi xalqaro ilgʻor tajribaga tenglashtiriladi, ekinlarning nav va duragaylarini genetik sofligi saqlanadi, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos va yuqori hosildor va sifatlilari tanlanadi. |
41. | Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasining vazifa va funksiyalari oʻzgarganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritish. | 2023-yil avgust | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Davlat budjeti parametrlarining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi taʼminlanadi. |
42. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasining manbalarini shakllantirish va foydalanish tartibi boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil iyul | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi faoliyati tartibga solinadi. |
9-ILOVA
10-ILOVA
MAQSADLI PARAMETRLARI”.
1-ILOVA
|
Sh.M. Gʻaniyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Vasiylik kengashi raisi |
|
A.A. Xaitov |
— |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Vasiylik kyengashi raisining oʻrinbosari |
|
E.M. Muxitdinov |
— |
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari |
|
A.R. Karimov |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari |
|
A.A. Raximov |
— |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari |
|
I. Amanov |
— |
ATB “Agrobank” raisi oʻrinbosari |
|
R. Sulaymonov |
— |
ATB “Mikrokreditbank” raisining oʻrinbosari |
|
G.A. Rashidova |
— |
AT “Xalq banki” raisining oʻrinbosari |
|
T.A. Sattarov |
— |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining ijrochi direktori, Vasiylik kyengashi aʼzosi va masʼul kotibi. |
|
“ |
||
|
1421. |
8424821000 |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlaridan Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etilgan mablagʻlar hisobidan olib kiriladigan qishloq xoʻjaligi yoki bogʻdorchilik uchun yomgʻirlatib sugʻorish qurilmalari (statsionar va mobil yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari) |
|
”; |
|
“ |
||
|
1431. |
8424900000 |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlaridan Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida jalb etilgan mablagʻlar hisobidan olib kiriladigan qishloq xoʻjaligi yoki bogʻdorchilik uchun sugʻorish qurilmalari (statsionar va mobil yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari) butlovchi va ehtiyot qismlari |
|
”. |
11-ILOVA