1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Ko‘chmas mulkni sotish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar bo‘yicha va elektron to‘lov tizimlari orqali hisob-kitob;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
5.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
6.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 16-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3790]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Ko‘chmas mulkni sotish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
5.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
1. Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi bilan kelishilgan.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
3. Mazkur qaror 2026-yil 1-apreldan e’tiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-mart,
1-son
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-mart,
7/1-son
Kelishildi:
Notarial palata raisi D. ASHUROV
2026-yil 11-fevral
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2026-yil 13-martdagi 1-son, Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 12-martdagi 7/1-son qaroriga ILOVA
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga o‘n yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarining (bundan buyon matnda transport vositasi deb yuritiladi) oldi-sotdi shartnomalari (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
1. Ushbu Nizom talablari shartnomani amalga oshirish jarayonida bank, notarius hamda xaridor, sotuvchi yoki ularning vakiliga (bundan buyon matnda taraflar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.01 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya bo‘yicha boshqa masalalar]
Mazkur Nizom uy-joy qurilishiga investitsiya kiritish shartnomalari asosida rasmiylashtiriladigan oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Ko‘chmas mulkni sotish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.04 Kasb siri;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
2. Bank, notarius va uning xodimlari hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar to‘g‘risida xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning maxfiy saqlanishini ta’minlashi kerak.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Markaziy banki ushbu Nizom talablari ijrosi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
2-bob. Taraflar bilan bank o‘rtasidagi munosabatlarni amalga oshirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.07 Ko‘chmas mulkni sotish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
4. Taraflar o‘zaro kelishuvga erishgandan so‘ng, xaridor yoki uning vakili bankka yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
5. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
taraflarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
taraflarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami va seriyasi;
taraflarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), agar taraflar yoki ulardan biri yuridik shaxs bo‘lsa, uning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
shartnoma obyektining ma’lumotlari;
shartnoma summasi;
taraflarning bank rekvizitlari (bundan xaridor yoki uning vakili xizmat ko‘rsatuvchi bankda yangi eskrou hisobvarag‘i ochish holatlari mustasno).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
6. Bank tomonidan ariza asosida xaridor yoki uning vakili bilan eskrou hisobvarag‘i shartnomasi tuziladi va eskrou hisobvarag‘i ochiladi.
Xaridor yoki uning vakili bir nechta bo‘lishidan qat’i nazar bitta shartnoma uchun bitta eskrou hisobvarag‘i ochiladi.
Eskrou hisobvaraqlarini ochish va yuritish banklarning mobil ilovalarida amalga oshirilishi mumkin.
Xaridor yoki uning vakilining bankdagi (bank kartasi, talab qilib olinguncha, elektron hamyon) hisobvaraqlaridan eskrou hisobvaraq sifatida foydalanilishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
4.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
7. Eskrou hisobvarag‘i shartnomasida notarius tomonidan bankka shartnoma tasdiqlanganligi bo‘yicha “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) orqali ma’lumot taqdim etilganda, bank tomonidan eskrou hisobvarag‘iga qo‘yilgan pul mablag‘lari sotuvchining yoki uning vakilining hisobvarag‘iga (hisobvaraqlariga) avtomatik o‘tkazilishi nazarda tutilishi mumkin.
Bunda sotuvchilar yoki ularning vakillari ikki yoki undan ko‘p bo‘lganda ularning har biri uchun pul mablag‘larining tegishli miqdori aniq ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
8. Eskrou hisobvarag‘i shartnomasi tuzilgandan so‘ng, xaridor yoki uning vakili tomonidan taraflar o‘rtasida shartnoma obyekti bo‘yicha kelishilgan pul mablag‘lari naqd yoki naqdsiz shaklda eskrou hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Shartnoma to‘lov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan amalga oshirilsa, xaridor yoki uning vakili tomonidan tegishli eskrou hisobvarag‘iga taraflar o‘rtasida kelishilgan (boshlang‘ich) pul mablag‘lari kirim qilinadi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
Shartnoma to‘liq yoki qisman kredit mablag‘lari asosida moliyalashtirilganda, bu haqda kredit ajratayotgan bank tomonidan notariusga elektron ma’lumot taqdim etiladi va kredit mablag‘lari shartnoma tasdiqlanganligi bo‘yicha ma’lumot olingandan so‘ng, dasturiy ravishda shu bank ish kunida (agar ma’lumot ish kuni tugagandan keyin kelib tushsa, keyingi ish kunida) sotuvchining yoki uning vakilining hisobvarag‘iga (hisobvaraqlariga) o‘tkaziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
9. Bank tomonidan pul mablag‘lari eskrou hisobvarag‘iga kirim qilingandan so‘ng bu haqida ushbu bankning avtomatlashtirilgan bank tizimida mazkur Nizomning 2-ilovasidagi elektron ma’lumotlar shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
10. Eskrou hisobvarag‘i shartnomasini tuzgan bank Tizimdan shartnoma tasdiqlanganligi bo‘yicha ma’lumotni olgandan so‘ng, dasturiy ravishda memorial order bilan xaridorning yoki uning vakilining eskrou hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini shu bank ish kunida (agar ma’lumot ish kuni tugagandan keyin kelib tushsa, keyingi ish kunida) sotuvchining yoki uning vakilining hisobvarag‘iga (hisobvaraqlariga) o‘tkazadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.08 Naqd pul bilan hisob-kitob]
Bunda sotuvchining yoki uning vakilining hisobvarag‘iga (hisobvaraqlariga) kirim qilingan pul mablag‘lari uning so‘roviga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan naqd shaklda taqdim etiladi.
3-bob. Shartnomaning hisob-kitoblari bo‘yicha notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
11. Eskrou hisobvarag‘iga taraflar o‘rtasida kelishilgan mablag‘lar kirim qilingandan so‘ng, taraflar qonunchilikda belgilangan tartibda notariusga murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
12. Notarius shartnomani tasdiqlashdan oldin Tizim orqali xaridorning yoki uning vakilining eskrou hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjudligi bo‘yicha mazkur Nizomning 2-ilovasidagi ma’lumotlarni dastlabki tarzda tekshirib olish uchun eskrou hisobvarag‘i ochilgan bankka elektron so‘rov yuboradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
13. Bank tomonidan notariusning elektron so‘roviga mazkur Nizomning 2-ilovasidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida taqdim etiladi.
Agar notarius tomonidan elektron so‘rov yuborilgunga qadar tegishli eskrou hisobvarag‘i yopilgan bo‘lsa, bank tomonidan tegishli eskrou hisobvarag‘i yopilganligi haqida Tizimga elektron ma’lumot yuboriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
14. Bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar notarius tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda ularga nisbatan taraflarda e’tiroz mavjud bo‘lmagan taqdirda shartnoma tasdiqlanadi.
Bunda tegishli eskrou hisobvarag‘i yopilganligi yoki eskrou hisobvarag‘ida shartnoma summasida nazarda tutilgan pul mablag‘larining mavjud emasligi (yetarli emasligi) notarius tomonidan shartnomaning tasdiqlanishini rad etish uchun asos hisoblanadi, bundan mazkur Nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisi mustasno.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
15. Shartnoma tasdiqlangandan so‘ng, notarius tomonidan Tizim orqali eskrou hisobvarag‘i ochilgan bankka shartnoma tasdiqlanganligi bo‘yicha mazkur Nizomning 3-ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar elektron shaklda yuboriladi.
Shartnoma tasdiqlanmagan hamda bankka mazkur Nizomning 3-ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar yuborilmagan bo‘lsa, xaridor yoki uning vakilining so‘roviga asosan tegishli eskrou hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari qaytarib beriladi.
4-bob. Yakuniy qoida
16. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xaridor yoki uning vakili
Bankka yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi
O‘z xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Bank
1. Eskrou hisobvarag‘i shartnomasi asosida eskrou hisobvarag‘ini ochadi.
Eskrou hisobvarag‘i shartnomasi tuzilgan kunda
2. Taraflar o‘rtasida kelishilgan pul mablag‘lari kirim qilinadi.
Tegishli pul mablag‘lari kirim qilingan vaqtda
3-bosqich
Xaridor va sotuvchi yoki ularning vakili
Oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun notariusga murojaat qiladi.
Tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qiladi.
O‘z xohishiga ko‘ra
4-bosqich
Notarius
Tegishli bankka eskrou hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjudligi bo‘yicha elektron so‘rov yuboradi.
Shartnomani tasdiqlashdan oldin
Mazkur Nizomning 2-ilovasidagi ma’lumotlarni oladi.
Real vaqt rejimida
Oldi-sotdi shartnoma tasdiqlanganligi bo‘yicha Tizim orqali bankka ma’lumot taqdim etadi.
Real vaqt rejimida
5-bosqich
Bank
Eskrou hisobvarag‘idagi mablag‘larni sotuvchi yoki uning vakilining hisobvarag‘iga o‘tkazadi hamda uning so‘roviga ko‘ra hisobvarag‘iga kirim qilingan pul mablag‘larini naqd shaklda taqdim etadi.
Bankka shartnoma tasdiqlanganligi bo‘yicha ma’lumot kelib tushgan bank ish kunida (ma’lumot ish kuni tugagandan keyin kelib tushsa, keyingi ish kunida)
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Banklar tomonidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga taqdim etiladigan ma’lumotlar
RO‘YXATI
1. Taraflarning familiyasi, ismi va otasining ismi.
2. Taraflarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami va seriyasi.
3. Taraflarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), agar taraflar yoki ulardan biri yuridik shaxs bo‘lsa, uning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR).
4. Shartnoma obyektining ma’lumotlari.
5. Shartnoma summasi.
6. Eskrou hisobvarag‘i ochilgan bank kodi.
7. Eskrou hisobvarag‘i raqami.
8. Eskrou hisobvarag‘iga kirim qilingan pul mablag‘lari miqdori.
9. O‘tkazib beriladigan kredit mablag‘lari miqdori (oldi-sotdi shartnomasi kredit mablag‘lari asosida moliyalashtirilganda).
10. Sotuvchiga yoki uning vakiliga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari miqdori.
11. Sotuvchi yoki uning vakilining bank hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank kodi.
12. Sotuvchi yoki uning vakilining bank hisobvarag‘i (hisobvaraqlari).
13. Sotuvchi yoki uning vakilining tranzit hisobvarag‘i (hisobvaraqlari) (bank kartasiga o‘tkazilganda).
14. Sotuvchi yoki uning vakilining bank kartasi raqami (bank kartasiga o‘tkazilganda).
Izoh: Agar mablag‘lar bir nechta sotuvchilarga yoki ularning vakillariga o‘tkaziladigan bo‘lsa, har bir sotuvchi yoki ularning vakillari bo‘yicha ma’lumotlar yuboriladi.
Ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Notariuslar tomonidan banklarning elektron tizimlariga taqdim etiladigan ma’lumotlar
RO‘YXATI
1. Tizimda ro‘yxatga olingan shartnomaning reyestr raqami.
2. Shartnomaning Tizimda ro‘yxatga olingan sanasi (vaqti).
3. Shartnoma tuzilganligini yoki tuzilmaganligini tasdiqlovchi belgi.
4. Taraflarning familiyasi, ismi va otasining ismi.
5. Taraflarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami va seriyasi.
6. Taraflarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), agar taraflar yoki ulardan biri yuridik shaxs bo‘lsa, uning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR).
7. Shartnoma obyektining ma’lumotlari.
8. Shartnoma summasi.
9. Sotuvchiga yoki uning vakiliga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari miqdori.
10. Sotuvchi yoki uning vakilining bank hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank kodi.
11. Sotuvchi yoki uning vakilining bank hisobvarag‘i (hisobvaraqlari).
12. Sotuvchi yoki uning vakilining tranzit hisobvarag‘i (hisobvaraqlari) (bank kartasiga o‘tkazilganda).
13. Sotuvchi yoki uning vakilining bank kartasi raqami (bank kartasiga o‘tkazilganda).
Izoh: Agar mablag‘lar bir nechta sotuvchilarga yoki ularning vakillariga o‘tkaziladigan bo‘lsa, har bir sotuvchi yoki ularning vakillari bo‘yicha ma’lumotlar yuboriladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/3790/0247-son)