1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish hamda biznes yuritishda raqobat muhitini yanada rivojlantirish, mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishning samarali mexanizmlarini joriy etish hamda biznesni soyadan chiqarishni ragʻbatlantirish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob]
1. Quyidagilar 2030-yilga qadar yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga qisqartirish;
(b) savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida aholi tomonidan toʻlovlarni naqd pulsiz amalga oshirish ulushini 75 foizga yetkazish;
(v) iqtisodiyotning rasmiy sektorida band aholining jami iqtisodiy faol aholiga nisbatan ulushini 64 foizga yetkazish;
(g) Iqtisodiy erkinlik indeksi va Korrupsiyani idrok qilish indeksida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrni kamida 30 pogʻonaga koʻtarilishiga erishish.
II. Naqdsiz toʻlovlarni ommalashtirish choralari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob]
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-apreldan boshlab quyidagilar uchun toʻlovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi:
(a) davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]
(b) elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun toʻlovlar (bundan bank kassalari orqali amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
(v) alkogol va tamaki mahsulotlari;
(g) transport vositalariga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transport vositalarini zaryadlash boʻyicha xizmatlar;
(d) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan oshadigan tovar va xizmatlar (bundan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari mustasno);
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
(j) koʻchmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga oʻn yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish. Bunda:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
(i) oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi hisob-kitoblar bank va notarial organlarning axborot tizimlari oʻrtasidagi maʼlumot almashinuvi orqali amalga oshiriladi (bundan bank kassalari orqali amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno);
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
(ii) shartnomalarni notarial tartibda rasmiylashtirish uchun tijorat banklari va toʻlov tashkilotlari tomonidan elektron axborot almashinuvi vositasida toʻlovni tasdiqlovchi maʼlumotlar asos boʻladi.
3. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob]
(a) Markaziy bank 2026-yil 1-yanvarga qadar barcha savdo va xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan elektron toʻlovlarni qabul qilish uchun yagona QR kodni joriy qilsin;
(b) Soliq qoʻmitasi Markaziy bank bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslar tomonidan banklarda generatsiya qilingan yagona QR kod orqali elektron toʻlovlarni qabul qilishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin. Bunda 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
(i) barcha savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslarda yagona QR kodli toʻlov tizimi orqali toʻlovlarni qabul qilish ham majburiy etib belgilanadi;
(ii) yagona QR kodlardan foydalanilmayotganligi savdo qoidalarini buzish deb hisoblanadi.
III. Tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni bartaraf etish
4. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich nazorat qiluvchi organlar tomonidan 1-ilovada koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni bodi-kameradan foydalangan holda amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
IV. Soliq va bojxona maʼmuriyatchiligi
5. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv]
(a) import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining toʻqqiz oy (goʻsht va hoʻl meva-sabzavotlarning uch oy) davomida sotilmaganligi va qiymati bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan ortiq boʻlgan ushbu mahsulotlar qoldiqda turganligi holati sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun asos hisoblanadi;
(b) koʻchmas mulk obyektlari va qurilish materiallari boʻyicha soliq bazasi ushbu tovarlarning bozor bahosidan kelib chiqib aniqlanadi;
(v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi va tovarlar sotuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organida roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgani aniqlanib, roʻyxatdan oʻtish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgandan keyin 30 kun ichida roʻyxatdan oʻtmagan taqdirda, ushbu yuridik shaxslarning Oʻzbekistondagi faoliyati cheklanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv]
(g) qurilish va savdo sohalaridagi yuridik shaxslar tomonidan oʻzlarining ustav kapitali va undagi oʻzgarishlar, shu jumladan, ustav kapitaliga kiritilgan tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning (elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat kassa texnikasi cheki, bojxona yuk deklaratsiyasi, notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi va boshqa hujjatlar) hisobi yuritiladi va mazkur turdagi operatsiyalar amalga oshirilgandan soʻng 15 kun muddatda shaxsiy kabinet orqali soliq organlari maʼlumotlar bazasida majburiy aks ettiriladi;
(d) qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini tekshiruvlarsiz tezlashtirilgan tarzda qaytarish tartibi taʼsischisi yoki rahbari soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek, bunday tadbirkorlik subyektlarining taʼsischisi yoki rahbari tomonidan oxirgi 12 oyda yangi yoki qayta tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv]
(j) kameral soliq tekshiruvini oʻtkazishda soliq organlari aniqlagan tafovutni asoslash uchun soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilganda soliq organlari tomonidan ularning koʻrib chiqilishi majburiy hisoblanadi. Bunda kameral soliq tekshiruvi natijasi boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan hamda soliqlar va yigʻimlar, shu jumladan, penyalar toʻliq toʻlanganda yuridik shaxsning mansabdor shaxslari jinoiy yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod qilinadi;
(z) sotuvchi tomonidan litsenziyalanadigan yoki ruxsat etish yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari boʻyicha tovarlar realizatsiya qilinganda, ushbu sotuvchining litsenziyasi (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat yoki xabarnoma) mavjudligi avtomatlashtirilgan tarzda tekshirilib, hisobvaraq-faktura rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
6. Belgilab qoʻyilsinki, sertifikatlash va bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil turdagi tovarlarga muvofiqlik va ekologik sertifikat bir kalendar yildan oshmagan muddatga bir marotaba beriladi.
7. Transport vazirligi tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda 2026-yil 1-aprelga qadar yuk tashish va maxsus avtotransport vositalari xizmatlari hisobini onlayn yuritishni nazarda tutuvchi elektron platformaning ishlab chiqilishini taʼminlasin. Bunda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
(a) mazkur platformani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirishga ruxsat etiladi;
(b) platformada quyidagi asosiy imkoniyatlar boʻlishi nazarda tutiladi:
(i) jismoniy va yuridik shaxslarda mavjud yuk tashish va maxsus avtotransport vositalari hisobini olib borish;
(ii) aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan onlayn buyurtmalar berish va shartnomalar tuzish hamda toʻlovlarni amalga oshirish;
(iii) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xizmat koʻrsatish turlari va toʻlov miqdorini mustaqil belgilash;
(iv) koʻrsatilgan xizmatlar sifatini baholab borish.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, Soliq qoʻmitasi hamda Navoiy va Toshkent viloyatlari hokimliklarining 2026-yil 1-martdan boshlab soliq organlari xodimlari hamda Navoiy va Chirchiq shaharlarida hisobga qoʻyilgan jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish amaliyotini tajriba-sinov tariqasida (keyingi oʻrinlarda — tajriba-sinov) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
9. Belgilansinki, tajriba-sinov doirasida:
(a) jismoniy shaxslarning xarajatlari vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar hamda soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan tovarlar (xizmatlar) xaridi boʻyicha fiskal belgili cheklar va elektron hisobvaraq-fakturalar asosida hisoblanadi;
(b) maxsus elektron platforma orqali soddalashtirilgan tarzda deklaratsiya taqdim etish tartibi belgilanadi;
(v) yillik daromadlar va xarajatlarning raqamli maʼlumotlari asosida soliq bazasi aniqlashtiriladi. Bunda:
(i) daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yetarli boʻlmagan taqdirda, jismoniy shaxslarga soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritish imkoniyati yaratiladi;
(ii) aniqlashtirilgan soliq bazasi yuzasidan qoʻshimcha soliq hisoblanmaydi va huquqiy taʼsir choralari qoʻllanmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
10. Soliq qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Hisob palatasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tajriba-sinov tizimini joriy etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
V. Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish samaradorligini oshirish
11. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob]
(a) quyidagilar yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, biznesni soyadan chiqarish, naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirishga shaxsan masʼul hisoblanadi:
(i) vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlari — ushbu organlar tomonidan tartibga solinadigan yoki nazorat qilinadigan tarmoq va sohalarda;
(ii) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari — tegishli hududdagi barcha tarmoq va sohalarda;
(b) quyidagilar:
(i) Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning hududiy tuzilmalari boshliqlari yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va unga qarshi kurashish, biznesni soyadan chiqarish, naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish hamda ularning kompleks yechimlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorakda Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha hududiy komissiya oldida;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
(ii) Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha hududiy komissiya raisi komissiya faoliyati yuzasidan har yarim yilda tegishli Xalq deputatlari kengashi oldida hisobot beradi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
(v) vazirlik va idoralar tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida axborot berib boriladi;
(g) Milliy statistika qoʻmitasiga mamlakatdagi yashirin iqtisodiyot ulushini baholash vazifasi yuklanadi;
(d) hududlar va sohalar kesimida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish borasida koʻrilayotgan choralar samaradorligiga qarab hokimlar va rahbarlar faoliyati baholab boriladi.
12. Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari (I. Norqulov) masʼul etib belgilansin va unga:
(a) yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, biznesni soyadan chiqarish, naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish yoʻnalishida vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
(b) ushbu yoʻnalishda natijadorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkillashtirish va ularning ijrosini nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
13. Milliy statistika qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Bosh prokuratura bilan birgalikda 2026-yil 1-aprelga qadar xalqaro konsultantlarni jalb qilib, yashirin iqtisodiyotni baholash metodologiyasini hamda hududlar va sohalar kesimida yashirin iqtisodiyot darajasini belgilovchi indikatorlarni ishlab chiqsin, shuningdek ushbu indikatorlarni doimiy ravishda eʼlon qilib borsin.
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
14. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
15. Mazkur Farmon ijrosini monitoring qilib borish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Farmon ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida Farmon ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Bosh prokuror oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi J.J. Xatamov belgilansin.
19. Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-dekabr,
PF-246-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son Farmoniga 1-ILOVA
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarida bodi-kameradan foydalangan holda oʻtkaziladigan tekshiruvlar
Bodi-kameradan foydalanish joriy etiladigan muddat
1.
Soliq qoʻmitasi
Sayyor soliq tekshiruvi
2026-yil 1-iyul — 2027-yil 1-yanvar
2.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat
2026-yil 1-iyul — 2027-yil 1-yanvar
3.
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida nazorat
2026-yil 1-iyul — 2027-yil 1-yanvar
4.
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi
Yer qaʼrini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazorat
2026-yil 1-iyul — 2027-yil 1-yanvar
5.
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat
2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul
6.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi
Qurilish obyektlarida, koʻp kvartirali uylarni boshqarish, ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarish sohasida nazorat
2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul
7.
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat ustidan nazorat
2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul
8.
Transport nazorati inspeksiyasi
Avtomobil, temir yoʻl, suv transporti, metropoliten va yoʻl xoʻjaligi sohalarida nazorat
2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul
9.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati
2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul
10.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
Veterinariya qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat
2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar
11.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, tovar-xomashyo birjalari faoliyati, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat
2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar
12.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari ustidan nazorat
2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar
13.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat
2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar
14.
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
Oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalari ustidan nazorat
2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar
15.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat
2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar
16.
Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Yer usti suvidan oqilona foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat
2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar
17.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish hamda ularning realizatsiya qilinishini tartibga solish sohasida nazorat
2027-yil 1-iyul — 2028-yil 1-yanvar
18.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Intellektual mulk sohasidagi nazorat
2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul
19.
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishda davlat nazorati
2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul
Izoh: tadbirkorlik subyektlari bilan joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarida bodi-kameradan foydalaniladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-iyundagi PF-110-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son Farmoniga 2-ILOVA
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan birinchi navbatda amalga oshiriladigan
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r
Chora-tadbirning nomlanishi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Notarif nazoratni va chegara bojxona postlarida importga rasmiylashtirishni soddalashtirish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-mart
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Bojxona qoʻmitasi,
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
2.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish va yigʻim miqdorini kamaytirish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-fevral
Sogʻliqni saqlash vazirligi
3.
Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning TIF TN kodlari bilan roʻyxatlarini tasdiqlash hamda ularning turi boʻyicha mansubligini aniqlash tartibi va bu borada vakolatli organni belgilash.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-aprel
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Bojxona qoʻmitasi
4.
Yengil avtotransportlar importida yuridik shaxslar uchun belgilangan notarif choralarni soddalashtirish orqali jismoniy shaxslar nomiga olib kirish hajmini kamaytirish.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2026-yil 1-mart
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Bojxona qoʻmitasi
5.
Dori vositasi sifatida (TIF TNning 3004 pozitsiyasi asosida) oʻtgan biologik faol moddalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini va ruxsatnoma beruvchi organni belgilash.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2026-yil 1-fevral
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,
Bojxona qoʻmitasi
6.
Mobil qurilmaning IMEI kodlarini roʻyxatga olishda Bojxona qoʻmitasi va UZIMEI markazi bilan yoʻnalishlar kesimida maʼlumot almashishni yoʻlga qoʻyish.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2026-yil 1-fevral
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Bojxona qoʻmitasi
7.
Bojxona organlari tomonidan bojxona auditi yakuni boʻyicha ijobiy baholangan TIF ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash, salbiy baholanganlar yuzasidan nazoratni kuchaytirish.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2026-yil 1-may
Bojxona qoʻmitasi
8.
Bozorlar atrofidagi avtoturargohlarning faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-fevral
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,
Soliq qoʻmitasi,
Transport vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
9.
Umumiy ovqatlanish korxonalarini buyurtmalar hisobini yuritish axborot tizimi bilan toʻliq taʼminlash hamda tizimda shakllangan har bir buyurtma uchun avtomat tarzda fiskal chek shakllantirish tartibini joriy qilish.
Vazirlar Mahkamasi qarori
2026-yil 1-fevral
Soliq qoʻmitasi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
10.
Statistik hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimini joriy etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-fevral
Milliy statistika qoʻmitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
11.
Hududlar, shu jumladan, koʻchmas mulk obyektlarining joylashgan joyidan kelib chiqib, ularning bozor narxini belgilash mexanizmini joriy qilish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-fevral
Kadastr agentligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Soliq qoʻmitasi
12.
Chet el yuridik shaxslariga nisbatan soliqlarni toʻgʻri hisoblash uchun ularga jismoniy shaxslar tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi egasizlantirilgan maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish tartibini belgilash.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-mart
Soliq qoʻmitasi,
Markaziy bank,
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
13.
Istirohat bogʻlari va bolalar oʻyingohlarida naqd pulsiz toʻlov tizimlarini ragʻbatlantirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-yanvar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
Markaziy bank
14.
Qurilish sohasida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish choralarini koʻrish. Bunda:
soliqlar toʻgʻri hisoblanishini taʼminlash maqsadida sohada bozor narxlaridan kelib chiqib soliq bazasini aniqlash;
soliq toʻlamagan, takroran qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan korxonalarning davlat xaridlari va tenderlarida ishtirokini cheklash;
yashirilgan ish oʻrinlari uchun javobgarlikni oshirishni nazarda tutish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-yanvar
Soliq qoʻmitasi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
15.
Dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo majmualari)da hisobning toʻliq va toʻgʻri yuritilishini taʼminlash maqsadida axborot tizimini ishlab chiqish. Bunda:
bozorlar va savdo majmualari, ulardagi savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlariga oid maʼlumotlar;
bir martalik toʻlovlar va ijara toʻlovlari;
avtoturargoh va hojatxona uchun toʻlovlar;
mahsulotlarga onlayn toʻlov qilish imkoniyatlarini nazarda tutish.
Shuningdek, Toshkent shahri va Samarqand tajribasi asosida respublikaning barcha hududlarida bozor va savdo markazlarini “aqlli” kameralar bilan jihozlash.
Amaliy chora-tadbirlar
Reja-jadvalga asosan
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Soliq qoʻmitasi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
16.
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish jarayonini raqamlashtirish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-fevral
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
17.
Qurilish tashkilotidan yangi koʻp qavatli uydagi turar va noturar joy uchun toʻlovni tijorat banklari orqali amalga oshirib, sotib olgan fuqarolarga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining bir qismini “keshbek” sifatida qaytarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-fevral
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Soliq qoʻmitasi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
18.
Qurilish pudrat va subpudrat shartnomalarini soliq organlarida (my3.soliq.uz) hisobga olish. Bunda:
budjet hisobidan bajarilgan qurilish obyektlari boʻyicha subpudratchi tomonidan bosh pudratchiga ish topshirilganda, elektron hisobvaraq-fakturalarda loyihaning “kapital.imv.uz”dagi ID raqamini koʻrsatish;
boshqa (budjetdan moliyalashtirilmaydigan) qurilish ishlari uchun bosh pudratchi hamda subpudratchilar tomonidan rasmiylashtiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarda obyektning kadastr raqami yoki roʻyxatga olingan (my3.soliq.uz) shartnoma ID raqamini aks ettirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-fevral
Soliq qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
19.
Turar va noturar obyekt oldi-sotdi shartnomalarini notarial idoradan roʻyxatdan oʻtkazishda hisobvaraq-fakturalar hamda toʻlovlarni bank orqali elektron ravishda amalga oshirish tartibini joriy etish choralarini koʻrish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-fevral
Soliq qoʻmitasi,
Markaziy bank,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Adliya vazirligi
20.
“Shaffof qurilish” axborot tizimini takomillashtirish. Bunda:
loyiha-smeta hujjatlarini raqamlashtirilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish hamda soliq organlari axborot tizimiga integratsiya qilish;
loyiha-smeta hujjatlarini qurilish resurslari milliy katalogi asosida ishlab chiqish va ushbu katalog axborot tizimini soliq organlari axborot tizimiga integratsiya qilish;
qurilishda pudratchi va subpudratchi tomonidan tuziladigan shartnoma va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnomani raqamlashtirib (2-shakl), unda haqiqatdagi ish haqi fondini alohida aks ettirish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-may
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Soliq qoʻmitasi
21.
Tovarlarni elektron yuk xati bilan tashish mexanizmini takomillashtirish. Bunda:
axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali noqonuniy yuk tashish faoliyati bilan shugʻullanishning oldini olish;
yuklarni tashish uchun maxsus ruxsatnoma berishda uning egasi soliq organida tadbirkor sifatida roʻyxatga olinganligi yoki avtotransport boshqa tadbirkorga ijaraga berilganligi talabini joriy qilish;
yuridik shaxslarga tegishli yuk transporti soni bilan ularning transportini boshqarish huquqiga ega ishchilar sonini solishtirish orqali norasmiy ishlayotgan xodimlarni aniqlash tartibini yoʻlga qoʻyish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-mart
Transport vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Soliq qoʻmitasi,
Adliya vazirligi
22.
Kosmik monitoringda aniqlangan holatlar yuzasidan Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining nazorat tadbirlari natijalarini xatlovdan oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-mart
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,
Bosh prokuratura
23.
Kosmik monitoringda aniqlangan qazib olingan qazilmalar hajmi hamda yer qaʼridan foydalanuvchilarning qazib olingan foydali qazilmalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiya qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-mart
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,
Soliq qoʻmitasi
24.
Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali qazilmalar hajmini hisobotda toʻliq aks ettirmaslik yuzasidan birgalikda tekshiruvlar oʻtkazish mexanizmi va tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-mart
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,
Soliq qoʻmitasi
25.
Qurilish va savdo sohasidagi tadbirkorlar tomonidan tovar-moddiy boyliklarni ustav fondiga kirim qilish faqat ularning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng sotilishi yoki ishlab chiqarishga sarflanishini belgilovchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-fevral
Soliq qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Adliya vazirligi
26.
Hayvon goʻshtining isteʼmolga yaroqliligi boʻyicha berilgan xulosa elektron axborot tizimida yuritilishini taʼminlash orqali qassobchilik faoliyatidagi yashirin aylanma hajmini qisqartirish. Bunda:
hududiy hokimliklar bilan birga hayvon soʻyish korxonalarini elektron axborot tizimiga toʻliq ulash;
Soliq qoʻmitasi axborot tizimiga elektron axborot tizimini integratsiya qilishni nazarda tutish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-iyul
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,
Soliq qoʻmitasi
27.
Neft mahsulotlarini saqlash omborlarini ijaraga berish (olish) yoki tekinga foydalanish shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish.
Neft mahsulotlari ulgurji savdosi uchun litsenziyalar berishda ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoʻyish.
Birja savdolari boʻyicha oferta shartnomalarini elektron hisobvaraq-faktura tizimiga integratsiya qilgan holda haqiqatda sotib olingan mahsulot hajmini nazorat qilish mexanizmini yaratish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-aprel
Soliq qoʻmitasi,
Adliya vazirligi,
Oʻzenergoinspeksiya
28.
Respublika hududi boʻylab avtomobil transportida ichki yuk tashishdagi yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish. Bunda:
respublika hududi boʻylab avtomobil transportida ichki yuk tashishlarni chuqur tahlil qilish, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish;
oʻrganish natijalari boʻyicha tijorat asosida respublika hududi boʻylab avtomobil transportida ichki yuk tashishni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritishni nazarda tutish;
tijorat asosida avtomobil transportida ichki yuk tashishni faqatgina elektron platformalar orqali amalga oshirish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil 1-avgust
Transport vazirligi,
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Soliq qoʻmitasi
29.
Yoʻllarda tovar-transport yuk xati rasmiylashtirmasdan harakatlanayotgan yuk tashish transportlarini nazorat qilish maqsadida oʻrnatilgan kameralar orqali postlardan oʻtgan yuk tashish transporti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda Soliq qoʻmitasi axborot tizimlariga yuborishni yoʻlga qoʻyish.
Amaliy chora-tadbirlar
2026-yil 1-mart
Ichki ishlar vazirligi,
Soliq qoʻmitasi
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmetidan kelib chiqib, ijro muddatidan qatʼi nazar yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini monitoring qilib borish
REJASI
T/r
Indikator (subindikator) nomi
Oʻlchov birligi
Joriy holat
(yillik)
Maqsadli koʻrsatkichlar
Maʼlumot berishga masʼul idoralar
2025
2026
2027
2028
2029
2030
MAQSAD: YASHIRIN IQTISODIYOT ULUSHINI QISQARTIRISH
I. Resurs koʻrsatkichlari
1.1.
Farmonning 1-ilovasi asosida bodi-kamera bilan taʼminlanadigan nazorat qiluvchi organlar
son
-
-
4
13
-
Biznes-ombudsman
1.2.
Savdo va xizmat koʻrsatuvchi YTTlarga elektron toʻlovlarni qabul qiluvchi maxsus QR kodlar oʻrnatish darajasi
foiz
66
68
70
71
72
73
75
Markaziy bank
1.3.
Yuk tashish boʻyicha elektron platformani ishga tushirish
-
-
-
2026-yil 1-aprel
-
Transport vazirligi
1.4.
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlarini deklaratsiyalashning tajriba-sinov tizimini joriy etish
-
-
-
2026-yil 1-mart
-
Soliq qoʻmitasi
1.5.
Farmonga 2-ilovaga muvofiq normativ-huquqiy bazani yaratish
son
-
-
19
-
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
II. Amaliyot koʻrsatkichlari
Naqd pulsiz toʻlovlarni ommalashtirish
2.1.1.
Savdo va xizmat koʻrsatishda toʻlovlarni naqd pulsiz hisob-kitob qilish ulushi
foiz
66
68
70
71
72
73
75
Markaziy bank
2.1.2.
Yuk tashish boʻyicha elektron platformadan foydalanuvchi tashkilotlar ulushi
foiz
-
1
10
10
20
40
50
Transport vazirligi
Bojxona maʼmuriyatchiligi
2.2.1.
Inson omilisiz avtomatlashtirilgan tarzda bojxona rasmiylashtiruvi ulushi
foiz
14
18
22
24
28
30
32
Bojxona qoʻmitasi
2.2.2.
Bojxona organlariga taqdim etilgan dastlabki bojxona yuk deklaratsiyalari soni
son
1 279
2 000
5 000
7 000
10 000
12 000
15 000
Bojxona qoʻmitasi
Sertifikatlash jarayonlari
2.3.
Bitta tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil turdagi tovarlarga berilgan muvofiqlik va ekologik sertifikatlar soni
son
2 800
3 000
5 000
2 000
10 000
15 000
20 000
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
III. Natijadorlik koʻrsatkichlari
3.
Yalpi ichki mahsulotda kuzatilmaydigan (norasmiy va yashirin) iqtisodiyot ulushi
foiz
34,8
33,5
32
30,5
28,5
26
23
Milliy statistika qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son Farmoniga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5721-son Farmonining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6098-son Farmonining 15-bandida:
(b) “b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-104-son Farmoniga 6-ilova 4-bandining “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmonida:
“tezkor-qidiruv tadbirlari tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda, taftish esa jinoyat-protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
(i) quyidagi mazmundagi 17-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
17.
Yer osti boyliklari va texnogen mineral hosilalardan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek, yer qaʼridan foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan oʻzboshimchalik bilan foydali qazilmalarni qazib olish holatlari boʻyicha nazorat tadbirlarini oʻtkazish.
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi
”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-95-son Farmonida:
(i) quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
3-toifa (ayrim maxsus xizmatlar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar) tarkibidagi idoralar)*
761
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi
762
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi
”;
(ii) Izohlar qismining 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“*Ayrim maxsus xizmatlar tarkibidagi idoralarda xizmatni oʻtash tartibi ular boʻysunuvida boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. Ularning maxsus unvon va martaba darajasi tatbiq etilmaydigan boshqaruv xodimlariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining malaka darajalari beriladi hamda malaka darajalari uchun qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi, shuningdek, ularning xizmatni oʻtashi bilan bogʻliq ayrim maʼlumotlar va hujjatlar Boshqaruv samaradorligi agentligiga yuboriladi”;
(i) “2. Boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” soʻzlaridan keyin “hamda ayrim maxsus xizmatlar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar) tarkibidagi idoralar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(ii) “2-toifa” soʻzi “2-3-toifalar “ soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) quyidagi mazmundagi 421 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
421.
Bosh taftishchi
Yordamchi
Mutaxassislar
4-darajali xizmatchi
”;
(iv) quyidagi mazmundagi 431 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
431.
Katta taftishchi
Yordamchi
Mutaxassislar
4-darajali xizmatchi
”;
(v) “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari” soʻzlari “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ayrim maxsus xizmatlar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar) tarkibidagi idoralarning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(vi) quyidagi mazmundagi 701 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
701.
Bosh taftishchi
Yordamchi
Mutaxassislar
5-darajali xizmatchi
”;
(vii) quyidagi mazmundagi 711 pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
711.
Katta taftishchi
Yordamchi
Mutaxassislar
5-darajali xizmatchi
”.
(v) Davlat fuqarolik xizmatchilariga malaka darajalarini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ilova quyidagi mazmundagi pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
6-, 5-, 4-, 3-, 2-darajali xizmatchi
Ayrim maxsus xizmatlar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar) tarkibidagi idoralarda lavozim boʻyicha xizmat oʻtayotgan boshqaruv xodimlari
Ayrim maxsus xizmatlar (huquqni muhofaza qiluvchi organlar) tarkibidagi idoralar rahbarlari
”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha idoralararo komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3947-son qarorida:
“7. Komissiya raisi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholashni har 3 yilda bir marotaba tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul etib belgilansin”;
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni baholash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar koʻrish”;
beshinchi xatboshidagi “legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga” soʻzlari “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni baholash boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish choralar koʻrish sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholashni tashkil etishga oid choralar koʻradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha kompleks tashkiliy choralar ishlab chiqadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar koʻrishni tashkillashtiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini kamaytirishga doir choralar koʻradi”;
“b” kichik bandning birinchi — uchinchi xatboshilaridagi “legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga” soʻzlari “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga” soʻzlari “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga” soʻzlari “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirilishning” soʻzlari “legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish” soʻzlari “legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Komissiyaning majlislarida koʻrib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi”;
(v) 16-banddagi “apparatiga” soʻzi “kotibiyatiga” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son; 17.04.2026-y., 06/26/63/0373-son; 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)