O‘zbekiston Respublikasining qonuni
UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatni bajarishi va harbiy xizmatni o‘tashi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Umumiy harbiy majburiyat va Vatanga qasamyod
(3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) safini to‘ldirishni va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi.
Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz bo‘lgan taqdirda aholini muhofaza etish tadbir-choralarini qamrab oladi.
Ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan:
harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar — chaqiriluvchilar;
haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar — harbiy xizmatchilar;
Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar — harbiy xizmatga majburlar;
turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, shu jumladan iste’fodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar deb ataladi.
Haqiqiy harbiy xizmat chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.
Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i oldida quyidagi mazmunda Vatanga qasamyod qabul qiladilar:
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, davlatim timsoli bo‘lmish muqaddas bayroqni o‘pib, buyuk ajdodlarimning pok ruhlari oldida, vatanim oldidagi burchimni halol bajarishga bel bog‘lab, vijdonim, or-nomus va sha’nimni o‘rtaga qo‘yib:
O‘zbekiston Respublikasiga, xalqimga va Prezidentimga bir umr sodiq bo‘lishga,
Oldingi tahrirga qarang.
Vatanimning mustaqilligini, uning sarhadlari daxlsizligini va hududiy yaxlitligini, ona xalqimning tinchligi va osoyishtaligini, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini hamda demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat tuzumini so‘nggi nafasimgacha himoya qilishga;
(3-modda oltinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi O‘RQ-1008-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz va g‘arazli harakatlarga qarshi ayovsiz kurashishga,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlari va umumharbiy nizomlarga qat’iy amal qilishga, davlat va harbiy sirlarni saqlashga,
Quruqlikda, suvda, havoda — har qanday sharoitda ham o‘z burchimni vijdonan bajarishga,
Har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtimning yuksak ishonchini oqlashga tantanali ravishda qasamyod qilaman!”.
(3-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muqaddam Vatanga qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik bo‘yicha chaqirilganlarida Vatanga qasamyod qabul qiladilar.
(3-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vatanga qasamyod qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi bilan belgilanadi.
(3-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shu kabi boshqa organlariga xizmatga kirish taqiqlanadi.
(3-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
4-modda. Harbiy xizmat turlari
Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.
Harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etiladi:
muddatli harbiy xizmat;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.
Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.
5-modda. Muddatli harbiy xizmat
Oldingi tahrirga qarang.
Muddatli harbiy xizmat chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlarning qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n ikki oy etib belgilanadi.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
6-modda. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yig‘inlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus hisobvarag‘iga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar yigirma yetti yoshga to‘lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig‘inlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yig‘inni o‘tagan fuqarolar Qurolli Kuchlar rezerviga o‘tkaziladilar.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar to‘laydigan pul badallari miqdori va ularni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi. Bu mablag‘lar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilar bilan yig‘inlarni o‘tkazishga bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashga, qaysi tegishli vazirliklar va idoralarda muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilari harbiy xizmatdan bo‘shatilganida xizmatdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashga, yig‘inlar ma’muriyatining ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlashga, shu jumladan binolarni ta’mirlash va qurishga, mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilarni hisobga oluvchi xodimlarning ta’minotiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘, harbiy-texnika mol-mulki va o‘q-dorilarni xarid qilishga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi.
(6-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
(6-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqami to‘g‘risida”gi nizom.
7-modda. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘taydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Bunda haqiqiy harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kirayotgan shaxslar bilan dastlabki kontrakt besh yilga tuziladi; kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar (rezervdagi harbiy xizmatga majburlar) bilan yangi kontrakt besh yilga yoki agar harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga yetishiga besh yildan kam qolgan bo‘lsa, kamroq muddatga tuziladi.
(7-moddasining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan o‘qish davri uchun kelgusida ularning ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy o‘tashi sharti bilan kontraktlar tuziladi.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
8-modda. Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati
Rezervchilar xizmati haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir.
Rezervchilar sifatida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatga majburlar tinchlik davrida, qoida tariqasida, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, rezervchilarning harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha majburiyatlarni tinchlik va urush davrida bajarishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida hududiy prinsip asosida tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik bo‘yicha harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishlari mumkin.
Harbiy yig‘inlarni o‘tash muddatlari ushbu Qonunning 32-moddasida belgilanadi.
Rezervchilardan urush davrida ham, tinchlik davrida ham O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi va mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘ilganida, tabiiy ofatlar hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan qo‘shilmalar va qismlar tarkibida jangovar maqsadlar bo‘yicha foydalanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurolli Kuchlar rezervchilarining xizmatni o‘tash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(8-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni.
9-modda. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar tarkibi. Harbiy unvonlar
Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga bo‘linadi.
Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga bo‘linadi.
Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo‘shin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi:
|
Qo‘shin unvonlari |
Kema tarkibidagi unvonlar |
|
I.Oddiy askarlar tarkibi | |
|
oddiy askar |
matros |
|
II.Serjantlar tarkibi | |
|
kichik serjant III darajali serjant II darajali serjant I darajali serjant katta serjant |
starshina III darajali starshina II darajali starshina I darajali starshina bosh starshina |
|
III.Ofitserlar tarkibi | |
|
Kichik ofitserlar tarkibi | |
|
leytenant katta leytenant kapitan |
leytenant katta leytenant kapitan-leytenant |
|
Katta ofitserlar tarkibi | |
|
mayor podpolkovnik polkovnik |
III rang kapitani II rang kapitani I rang kapitani |
|
Generallar tarkibi | |
|
general-mayor general-leytenant general-polkovnik armiya generali |
|
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali bo‘lib, bu unvon (urush davrida) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoniga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega bo‘lgan ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so‘zlari qo‘shiladi.
(9-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha “rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(9-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol qilganlik, qonunlar va umumharbiy nizomlar bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan pasaytirilishi mumkin.
(9-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi shaxslarni harbiy unvondan ular og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganida faqat sudning qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkin.
(9-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan harbiy xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda, sudning yoki vazirliklar va idoralar rahbarlarining qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkin.
(9-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
10-modda. Harbiy lavozimlar
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy lavozimlar (harbiy xizmatchilar egallashi lozim bo‘lgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar harbiy qismlarning, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqaruv organlarining vazirliklar va idoralar muassasalarining shtatlarida nazarda tutiladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Harbiy lavozimlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga bo‘linadi.
Qurolli Kuchlarda oliy qo‘mondonlik lavozimlariga tayinlash va lavozimidan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek harbiy xizmatchilarning xizmat joyini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy xizmatda qoldirilgan, shuningdek harbiy xizmatchilar uchun belgilangan ta’minotning barcha turlari, kafolatlar va imtiyozlar saqlangan holda davlat-huquq hamda mudofaa yo‘nalishidagi ishlarni bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga yuborilishi mumkin.
(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
11-modda. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari
Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonni va qo‘shin turini farqlovchi nishonlari bo‘lgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarning harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechagini kiyib va farqlovchi nishonlarini taqib yurishi taqiqlanadi.
II. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASH
12-modda. Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash
Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan harbiy xizmatga tayyorgarlik ishlari quyidagilarni qamrab oladi:
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik;
chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi;
Oldingi tahrirga qarang.
oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga tayyorgarlik;
(12-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
jismoniy tayyorgarlik, davolash-sog‘lomlashtirish ishlari;
umumta’lim tayyorgarligi;
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlari moliyalashtirilishi hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlanishini amalga oshiradilar, o‘quv-moddiy bazasini barpo etadilar, bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi uchun javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashning tashkil etilishini, amalga oshirilishini va natijalarini nazorat qilib borish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni uslubiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
13-modda. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim asoslari bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik o‘qituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab o‘tiladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Chaqiruvga qadar tayyorgarlik darajasi past bo‘lgan chaqiriluvchilar chaqirilishdan oldin qo‘shimcha ravishda bunday tayyorgarlikdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan mudofaa-sport sog‘lomlashtirish lagerlarida o‘tishlari mumkin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-sonli “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
14-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarligi mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlarida (bundan buyon matnda mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlar deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yo‘nalishi bo‘yicha harbiy hisobdagi ixtisosliklarga turdosh o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan chaqiriluvchilar harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha bevosita shu muassasalarda tayyorgarlikdan o‘tadilar.
(14-moddaning ikkinchi qism O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka o‘n yetti yoshga to‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli hamda tayyorgarlik tugaganidan keyin harbiy xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishga jalb etilgan fuqarolarning mashg‘ulotlarda ishtirok etishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilarning soni, shuningdek ularning tayyorgarlik dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlanadi.
(14-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chaqiriluvchilarning mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlardagi tayyorgarligini moliyalashtirish Mudofaa vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va moliyalashtirishning qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
(14-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga va harbiy xizmatga tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik. Davolash-sog‘lomlashtirish ishlari. Umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish. Chaqiriluvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
(15-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida, mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan o‘tadilar.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari doirasida, shuningdek sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari, mudofaa-sport sog‘lomlashtirish lagerlarida amalga oshiriladi.
Chaqiriluvchilar bilan olib boriladigan davolash-sog‘lomlashtirish ishlari ularning turar joylarida, o‘qish yoki ish joylarida sog‘liqni saqlash organlari tomonidan davolash, davolash-profilaktika va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarida o‘smirlar xonalarini tashkil etgan holda uyushtiriladi hamda o‘tkaziladi.
O‘n besh va o‘n olti yoshdagi o‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga mudofaa ishlari organlari tomonidan jalb etiladigan mutaxassis vrachlar tomonidan har yili amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi organlari chaqiriluvchilarning umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.
(15-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
16-modda. Oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalarining talabalari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash mazkur muassasalarda tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida (harbiy ta’lim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda) amalga oshiriladi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan erkak talabalari, shuningdek tibbiy oliy ta’lim muassasalarining talabalari jinsidan qat’iy nazar harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar.
Harbiy tayyorgarlikka yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli talabalar jalb qilinadilar.
Talabalarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tishga qabul qilish ularning shaxsiy arizalariga binoan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Harbiy xizmatni o‘tab kelgan talabalar ham rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar ta’limi dasturi bo‘yicha harbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, ta’lim dasturini o‘zlashtirgan va belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan talabalar ularga leytenant unvoni berilganidan keyin haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar yoki rezerv yoxud zaxiraga o‘tkaziladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv bo‘linmalarida harbiy tayyorgarlik ta’limidan o‘tmagan talabalar ta’lim muassasasini tamomlaganlaridan keyin ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqiriladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ofitserlarni tayyorlash dasturlarini oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
(16-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalari yo‘nalishi, rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlashda asoslaniladigan ixtisosliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, agar bu ta’lim muassasalari bazasida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalari tashkil etilgan bo‘lsa, mazkur ta’lim muassasalarining aniq maqsadli moliyalashtirilishini amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ko‘magida zarur o‘quv-moddiy bazasini yaratadi.
(16-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga ofitserlarni oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda tanlash va tayinlashni amalga oshiradi. Harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining o‘qituvchiligiga va boshqa lavozimlarga harbiy xizmatchilarni tayinlash oliy ta’lim muassasalarining rektorlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(16-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Harbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv bo‘linmalarining harbiy lavozimlariga tayinlangan harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kafolatlar va imtiyozlardan foydalanadilar.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 5-dekabrdagi 33, 24-2017-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
(16-moddaning oltinchi – o‘n birinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
17-modda. Chaqiriluvchilarning harbiy xizmatga tayyorgarlik ko‘rishdagi kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda ishlab chiqarishdan ajralgan holda harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tayotgan chaqiriluvchilarning ish joyi va egallagan lavozimi, shuningdek o‘rtacha ish haqi ularning butun tayyorgarlik davrida, shu jumladan o‘qish (yig‘inlar) o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida saqlanib qoladi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chaqiriluvchilarga ularning ta’lim olish (yig‘inlar) davrida uy-joy ijarasiga ketgan xarajatlari qoplanishi, o‘qish o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish (agar bu boshqa aholi punktiga borish bilan bog‘liq bo‘lsa) yo‘l kirasi hamda o‘rtacha ish haqi to‘lanishi ularning asosiy ish joyida amalga oshiriladi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday xarajatlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdoridagi nafaqa tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi (to‘lanadi).
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
III. FUQAROLARNI CHAQIRUV UCHASTKALARIDA QAYD ETISH, HARBIY XIZMATGA CHAQIRILISH VA KIRISH
18-modda. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish
Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ularni harbiy ro‘yxatga olish, ularning sonini, harbiy xizmatga qay darajada yaroqli ekanligini, umumta’lim va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Fuqarolarni qayd etish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari huzurida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida amalga oshiriladi va ro‘yxatga olinayotganlarning turar joylarida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘quv yilining oktabr-noyabr oylarida amalga oshiriladi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Chaqiruv uchastkasida qayd etilish uchun fuqarolar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda mudofaa ishlari organlariga kelishlari va zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarni tumanlardagi (shaharlardagi) chaqiruv uchastkalarida qayd etish uchun tarkibiga mudofaa ishlari organlari vakillari, mutaxassis vrachlar kiritiladigan fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari tuziladi.
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Chaqiruv uchastkalarida qayd etiladigan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan turli yo‘nalishdagi vrachlar, shu jumladan jarroh, terapevt, nevropatolog, psixiatr, ko‘z kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaxassislari, zarurat bo‘lganda esa, boshqa ixtisosdagi vrachlar o‘tkazadi.
Zimmasiga harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning ro‘yxatini yuritish vazifasi yuklatilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi lozim bo‘lgan fuqarolarning ro‘yxatini beradilar.
Chaqiriluvchilarga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi, huquq va majburiyatlari, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmatga tayyorgarlik tartibi tushuntiriladi. Qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy ro‘yxatga kiritiladilar.
19-modda. Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yiliga bir marta — mart — aprel oylarida o‘tkaziladi.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar, shu jumladan vaqtincha ro‘yxatda turgan, chaqiriluvchilar chaqiruv qog‘ozida ko‘rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo‘lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tamagan va harbiy ro‘yxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy turar joyidan vaqtincha boshqa joyga jo‘nab ketgan va o‘sha yerda harbiy ro‘yxatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari organlarida hozir bo‘lishi shart.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va ta’lim muassasalarining rahbarlari xizmat safarida bo‘lgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiruv uchastkasida o‘z vaqtida hozir bo‘lishini ta’minlashlari shart.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va yoshi o‘n sakkizdan oshgan chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi chaqiruv to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatda turish joyini faqat quyidagi hollarda o‘zgartirishi mumkin:
boshqa joydagi ishga o‘tkazilgan bo‘lsa;
yangi turar joyga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa;
ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotgan bo‘lsa.
(19-moddaning birinchi – oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarning mavjudligi mudofaa ishlari organiga taqdim etiladigan tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan belgilangan muddatlarda chaqiruv uchastkalarida hozir bo‘lmaganda quyidagilar uzrli sabab hisoblanadi:
fuqaroning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan kasalligi;
yaqin qarindoshining (otasi, onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, xotini, bolasi) vafot etganligi yoki og‘ir kasalligi;
fuqaroga bog‘liq bo‘lmagan holda, uning chaqiruv uchastkasiga kelishiga imkon bermagan tabiiy ofat yoki boshqa holatlar.
Hozir bo‘lmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.
Tinchlik davrida quyidagilar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi:
ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq chaqirilish muddati kechiktirilgan va chaqirilishdan ozod etilgan shaxslar;
ishi yuzasidan surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan shaxslar.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar
Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish uchun quyidagi komissiyalar tashkil etiladi:
1) muddatli harbiy xizmatga chaqirish uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi (bundan buyon matnda Rahbariyat kengashi deb yuritiladi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida — harbiy-tibbiy komissiya (bundan buyon matnda harbiy-tibbiy komissiya deb yuritiladi);
tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi (bundan buyon matnda butlash komissiyasi deb yuritiladi);
2) muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy komissiya deb yuritiladi);
3) chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘ining darajasini aniqlash va davolanishga yuborish uchun — mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy tibbiy komissiya deb yuritiladi).
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 339-son “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning tuzilishi va faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida nizom.
Harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi tahrirga qarang.
201-modda. Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy komissiyaning, hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari
Rahbariyat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
chaqiruv tadbirlarini sifatli tashkil etish;
chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi, fikrlash qobiliyati, fidoyiligi, qiziqishlari va boshqa xususiyatlari inobatga olingan holda, ularning butlash komissiyasi tomonidan qo‘shin turlariga to‘g‘ri tayinlanganligiga baho berish;
harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
chaqiriluvchilarni yig‘ish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash ishlarini tashkil etish hamda butlash komissiyalari, harbiy-tibbiy komissiyalar, hududiy tibbiy komissiyalar faoliyat olib borishi uchun joylarda zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni dori vositalari, tibbiy inventarlar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash;
muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligini, shuningdek chaqiruvga oid tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash;
harbiy-tibbiy komissiyalarning, butlash komissiyalarining va hududiy tibbiy komissiyalarning qarorlaridan norozi bo‘lgan chaqiriluvchilarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek ularni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish;
muddatli harbiy xizmatchilarning Qurolli Kuchlar safidan muddatidan avval qaytarilganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish, uning sabablarini aniqlash va yakunlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish.
Harbiy-tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
butlash komissiyasi tomonidan qo‘shin turlariga tayinlangan chaqiriluvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
chaqiriluvchilarning hisob kartalariga shifokor-mutaxassislar tomonidan kiritilgan yozuvlar va xulosalarning to‘g‘riligini tekshirish;
Rahbariyat kengashi raisi bilan birgalikda chaqiriluvchilarni qo‘shimcha tekshiruv va davolashga yuborish, shuningdek ularning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishni davom ettirish uchun harbiy-tibbiy komissiyaga qaytib kelishlari ustidan nazorat o‘rnatish;
chaqiriluvchilar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida yakuniy tibbiy xulosa chiqarish;
tibbiy komissiyalar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish;
Qurolli Kuchlarni butlash yakunlariga ko‘ra tibbiy komissiyalar ishi natijalarini umumlashtirish, tegishli hisobotni tayyorlash va belgilangan tartibda Rahbariyat kengashi raisiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etish.
Butlash komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilar bilan suhbat o‘tkazish, shuningdek ular sog‘lig‘ining holatini, jismoniy tayyorgarligini, fikrlash qobiliyatini va boshqa sifatlarini inobatga olgan holda, qo‘shin turlariga tayinlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
tegishli toifa va cheklanish darajasi bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida qabul qilingan qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va chaqiriluvchilarning yig‘ma jildlarida saqlash;
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligi va xolisligini ta’minlash;
chaqiriluvchilarni yig‘ish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni o‘tkazishda joylardagi tegishli idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish;
chaqiriluvchilarning, ular ota-onalarining chaqiruvga oid murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, shuningdek tegishli qarorlar qabul qilish.
Hududiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
chaqiriluvchilarni muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish;
chaqiriluvchilarni yig‘ish, muqobil xizmatga yuborish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni doimiy yashash joylariga qaytarilishiga oid tadbirlarni tantanali ravishda o‘tkazishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etish;
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni doimiy yashash joylariga qaytarilishi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
chaqiruvning va komissiya faoliyatining oshkoraligini ta’minlash.
Hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
chaqiriluvchilarni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
psixiatriya, narkologiya, teri-tanosil dispanserlarida, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida, ftiziatriya va pulmonologiya markazida hisobda turadigan chaqiriluvchilar to‘g‘risida axborot yig‘ish;
chaqiriluvchilarni qo‘shimcha tekshiruvga va davolanishga yuborish, shuningdek ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tishni davom ettirish uchun hududiy tibbiy komissiyaga qaytib kelishi ustidan nazoratni o‘rnatish;
chaqiriluvchilar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa berish;
hududiy tibbiy komissiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish;
chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash va mazkur hisobotni harbiy-tibbiy komissiyaga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmasiga (organiga) hamda mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etish.
202-modda. Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya, hududiy tibbiy komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar (xulosalar)
Rahbariyat kengashi quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik to‘g‘risida;
muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqida.
Harbiy-tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi:
harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;
harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida;
tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Butlash komissiyasi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni qo‘shin turlariga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hududiy komissiya quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
harbiy xizmatga yaroqlilik va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish to‘g‘risida;
harbiy xizmatga yaroqlilik va muqobil xizmatga chaqirish haqida;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik to‘g‘risida;
ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq harbiy xizmatga chaqirishini kechiktirish to‘g‘risida yoki harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilish haqida;
yigirma yetti yoshga to‘lganligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish to‘g‘risida;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davridagi harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik va zaxiraga o‘tkazish haqida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Hududiy komissiya qaror qabul qilishda chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xulosasi, ularning ma’naviy yetukligi va kasbiy tayyorgarligi, oilaviy va moddiy holatini o‘rganish natijalariga asoslanadi.
Hududiy tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi:
harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;
harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida;
tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Harbiy xizmatga chaqirilgan va qo‘shinlar safiga yuborilgan shaxslarni, shuningdek tibbiy ko‘rik natijalaridan va chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning qarorlaridan noroziligini bildirgan shaxslarni nazorat tartibida tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy tibbiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy komissiyaning va hududiy-tibbiy komissiyaning qarorlari (xulosalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(201 va 202-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
21-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish
Oldingi tahrirga qarang.
Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish hududiy komissiyaning qarori asosida ularning oilaviy sharoitiga ko‘ra, salomatligiga ko‘ra, o‘qishni davom ettirishi uchun amalga oshiriladi.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-son “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini oilaviy sharoitga ko‘ra kechiktirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) chaqiriluvchining ota-onasi mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib, ularni boqishi shart bo‘lgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa. Ota-onaning mehnatga qobiliyatsizligi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi;
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 327-moddasining uchinchi qismi.
(21-modda ikkinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli yolg‘iz onasi yoki otasi bo‘lib, ularning qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa;
3) chaqiruv kunida chaqiriluvchining tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa;
4) chaqiriluvchining onasiz tarbiyalanayotgan voyaga yetmagan bir farzandi bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
5) chaqiriluvchining birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan xotini va voyaga yetmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa.
(21-modda ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Chaqiriluvchini uning ota-onasi vafot etganligi, ular uzoq muddat betobligi munosabati bilan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra kamida besh yildan beri o‘z qaramog‘ida saqlayotgan shaxslar uning ota-onasiga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda ikkinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan chaqiriluvchilar o‘z roziligi va ota-onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) roziligi bilan harbiy xizmatga chaqirilish muddati kechiktirilmagan holda chaqirilishi mumkin.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chaqiriluvchilar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi.
(21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Ta’lim muassasalaridan o‘qishdan chiqarilgan shaxslar chaqirilish muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladilar.
Chaqirilish muddatini kechiktirish asoslarini yo‘qotgan chaqiriluvchilar, shuningdek ushbu Qonunga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga yoxud chaqirilishdan ozod etish uchun asoslarga ega bo‘lmagan va turli sabablarga ko‘ra muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilmagan shaxslar chaqirilish kuni yigirma yetti yoshga to‘lguniga qadar Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi chaqiruv paytida chaqiriladilar.
22-modda. Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan ozod etish
Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:
1) salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;
2) yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
3) ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.
Ushbu moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z roziliklari bilan harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.
23-modda. Zaxiradagi ofitserlarning harbiy xizmatga chaqirilishi
Qirq yoshgacha bo‘lgan, muddatli harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tamagan va ushbu Qonunning 21-moddasiga muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish asoslariga ega bo‘lmagan ofitserlar tinchlik davrida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrug‘iga binoan ofitserlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirilishlari mumkin.
24-modda. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish
Oldingi tahrirga qarang.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga quyidagi talablarga javob beruvchi fuqarolar kiradi:
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar va ayollar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga;
muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga;
muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy ma’lumotga ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga;
o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, o‘qishga qabul qilingan yili mazkur yoshga to‘lgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari — oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari lavozimlariga;
qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqori professional tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega fuqarolar ham kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetguniga qadar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar.
(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kontraktlar tuzish, shu jumladan oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan kontraktlar tuzish, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralab olish va uni o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
(24-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Harbiy xizmatga chaqirilish yoki kirish munosabati bilan beriladigan kafolatlar
(25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan fuqarolarga ishdan bo‘shatish nafaqasi qonunchilikka muvofiq ish joyida to‘lanadi.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolar harbiy ro‘yxatdan o‘tish, harbiy xizmatga chaqirilishi yoki kirish bilan bog‘liq vazifalarni bajarish uchun zarur vaqt davomida ishdan (o‘qishdan) ozod etiladi, ularning ish (o‘qish) joyidagi o‘rtacha ish haqi (stipendiyasi) saqlanib qoladi.
Harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan fuqarolar kirish imtihonlarini topshirish uchun zarur vaqt davomida ishdan ozod etiladi, ish joyidagi lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruviga yuborilgan fuqarolarning tibbiy muassasada bo‘lgan butun davri mobaynida ish joyi, egallagan lavozimi, o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi hamda tekshiruv joyiga borish va u yerdan qaytib kelishga ketgan xarajatlari ish (o‘qish) joyida qoplanadi. Statsionar davolanishga yuborilganda ularga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish joyida qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi.
(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 291-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, shuningdek kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan fuqarolarga qonunchilikka muvofiq boshqa imtiyozlar va kafolatlar ham belgilanishi mumkin.
(25-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
IV. HARBIY XIZMATNI O‘TASH
26-modda. Harbiy xizmatni o‘tash tartibi. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi:
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) va kichik ofitserlar uchun — qirq besh yosh;
Oldingi tahrirga qarang.
katta ofitserlar uchun — ellik yosh, polkovniklar (I rang kapitanlari) uchun — ellik besh yosh;
(26-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
general-mayor, general-leytenant va general-polkovnik harbiy unvonidagi ofitserlar uchun — oltmish yosh etib belgilanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, shuningdek egallab turgan lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarligi, katta amaliy ish tajribasi bo‘lgan, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli harbiy xizmatchilarning xizmat muddati harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari yoki shunday vakolatlar berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasidan besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
261-modda. Harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish
Harbiy xizmat davomida sodir bo‘lgan muayyan hodisa, qonunchilik hujjatlari yoki harbiy xizmat (ijro) intizomining buzilishi holatlari yuzasidan haqiqatni, harbiy xizmatchining hodisaga aloqadorligi va aybdorlik masalasini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
Harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi vazirliklar va idoralarning ichki idoraviy hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
(261-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi O‘RQ-1008-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
27-modda. Harbiy xizmatning boshlanishi va tugashi
Oldingi tahrirga qarang.
Haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning boshlanishi deb:
muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan chaqiriluvchilar hamda zaxiradagi ofitserlar uchun — harbiy qismga jo‘nash maqsadida mudofaa ishlari organida hozir bo‘lgan kun;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan shaxslar uchun — harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt kuchga kirgan kun;
Oldingi tahrirga qarang.
oliy harbiy ta’lim muassasalariga, shuningdek vazirliklar va idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan chaqiriluvchilar, harbiy xizmatga majburlar uchun — tegishli ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kun;
(27-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan harbiy lavozimga tayinlangan shaxslar uchun — tegishli farmon, qaror yoki farmoyish imzolangan kun hisoblanadi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilishi yoki iste’foga chiqarilishi munosabati bilan harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilgan kun harbiy xizmatchi uchun harbiy xizmatda bo‘lishning tugashi hisoblanadi.
Harbiy xizmatchi uning harbiy xizmat muddati tugagan kuni shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno, agar harbiy xizmatchi:
statsionar davolanishda bo‘lsa;
homiladorlik va tug‘ish ta’tilida (harbiy xizmatchi ayollar) yoki bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lsa;
asirda bo‘lsa, garovda ushlab turilgan bo‘lsa;
bedarak yo‘qolgan bo‘lsa — qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan boshqa hollarda.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
28-modda. Oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilarining harbiy xizmati
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida, shuningdek vazirliklar va idoralarning o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan fuqarolar kursant (tinglovchi) tariqasida harbiy xizmatda bo‘ladilar hamda ular, agar ofitserlik tarkibi unvonlariga ega bo‘lmasalar, kursant va bunday unvonlarga ega bo‘lsalar, tinglovchi deb yuritiladilar.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgunga qadar harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolar o‘qishga qabul qilinganda ularga oddiy askar harbiy unvoni beriladi. Harbiy-ta’lim muassasisiga o‘qishga kirgunga qadar berilgan harbiy unvonlar saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kursantlarning (tinglovchilarning) harbiy xizmatni o‘tash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oliy harbiy ta’lim muassasasidan, shuningdek o‘qish harbiy xizmatga tenglashtirilgan ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilgan kursantlar rezervga bo‘shatiladi yoki iste’foga chiqariladi yoxud ular, agar muddatli harbiy xizmat uchun belgilangan muddatlarni o‘tamagan bo‘lsalar, muddatli harbiy xizmatni o‘tashni davom ettirish uchun qo‘shin qismlariga yuboriladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasasidan o‘qishdan chiqarilgan kunda chaqirilish yoshiga yetmagan kursantlar harbiy ro‘yxatda turish uchun turar joylaridagi mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.
O‘qishning ikkinchi yilida oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan kursantlar (bundan intizomsizligi tufayli va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra chetlashtirilganlar mustasno) oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishi mumkin.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
29-modda. Harbiy xizmatdan bo‘shatish
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
1) yosh bo‘yicha — u harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetganida, shu jumladan unga belgilangan tartibda uzaytirilgan harbiy xizmat muddati tugaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
2) muddatli harbiy xizmat muddati tugaganda — chaqiruv bo‘yicha muddatli harbiy xizmatning qonunchilikda belgilangan muddati tugaganda (bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda);
(29-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) kontrakt muddati tugaganda — bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda, agar amaldagi kontraktning tugashi paytiga kelib harbiy xizmatchi yoki vazirlik va idora tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;
(29-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
4) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan — harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanish mumkin bo‘lmagan taqdirda, uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda;
5) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligi munosabati bilan;
6) taraflardan birining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan;
7) intizomsizligi sababli oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi munosabati bilan — uni bo‘shatish uchun boshqa asoslar mavjud bo‘lmaganda;
8) harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘ya xatti-harakat sodir etganda;
Oldingi tahrirga qarang.
81) harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etmaganda;
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi O‘RQ-1008-sonli Qonuniga asosan 81-band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
9) davlat sirlaridan foydalanishdan mahrum qilinganda;
10) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralari tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Oldingi tahrirga qarang.
11) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotganligi yoxud boshqa davlatning fuqaroligi mavjudligi munosabati bilan.
(29-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-bobi.
Harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo‘shatish ularni tegishli lavozimlarga tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga, harbiy hisobdan chiqarilgan hollarda esa iste’foga bo‘shatiladi.
Rezervda bo‘lish yoshi chegarasiga yetgan yoki sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
V. REZERVDAGI XIZMAT
30-modda. Rezervda bo‘lish yoshining chegarasi. Rezerv darajalari
Oldingi tahrirga qarang.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab ikki darajaga bo‘linadi.
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ikkinchi daraja rezervida bo‘lish yoshining chegarasi rezervdagi harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga ko‘ra belgilangan tartibda harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan iste’foga chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan chiqariladi.
(30-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
31-modda. Rezerv toifalari
Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlar birinchi va ikkinchi toifaga bo‘linadi.
Birinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan hamda xizmatni o‘tash davrida harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallagan birinchi darajadagi harbiy xizmatga majburlar orasidan umumiy harbiy majburiyat asosida to‘ldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Birinchi toifali rezerv Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari, qismlari va jangovar ta’minot bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
(31-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-avgustdagi O‘RQ-634-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son)
Ikkinchi toifali rezerv chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan ikkinchi darajadagi harbiy xizmatga majburlar orasidan umumiy harbiy majburiyat asosida to‘ldiriladi.
Ikkinchi toifani rezerv Qurolli Kuchlarning qismlari hamda ichki va texnik ta’minot bo‘linmalarini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuzaga kelgan taqdirda urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.
Rezervga o‘tkazilgan shaxslar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yuborilishi mumkin.
32-modda. Harbiy yig‘ilishlarda qatnashish
Harbiy xizmatga majburlar rezervda bo‘lish vaqtida safarbarlik tadbir-choralari rejalari bo‘yicha harbiy yig‘inlarga jalb etiladi.
Harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning harbiy xizmat shartlaridan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun bilan belgilanadi.
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga mo‘ljallangan harbiy yig‘inlarning muddati har yili birinchi toifali rezervdagilar uchun o‘ttiz sutkaga qadar, ikkinchi toifali rezervdagilar uchun o‘n besh sutkaga qadar bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasining normal hayotiy faoliyatiga tahdid solayotgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida ikki oyga qadar muddatga harbiy yig‘inlarga jalb etilishi mumkin.
Harbiy yig‘inlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda boshqa turdagi ta’minot oladilar. Harbiy yig‘inlar davrida, shu jumladan ular o‘tkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida harbiy xizmatga majburlarning ish joyi (lavozimi) va ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qog‘ozi olingan kundan harbiy yig‘inlardan qaytilgunga qadar bo‘lgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot tugatilgan hollar bundan mustasno.
(32-moddaning to‘rtinchi – beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar harbiy xizmatga majbur harbiy yig‘inlar vaqtida kasal bo‘lib qolsa va harbiy yig‘inlar tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy yig‘inlar tugagan kundan boshlab ish haqi o‘rniga qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi.
(32-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 291-moddasi.
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega:
harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l va avtomobil transportida (taksidan tashqari) bepul borish va qaytib kelish;
harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni bepul yuborish;
harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanish.
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashayotgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urtalanadi. Harbiy xizmatga majburlarni davlat tomonidan majburiy sug‘urtalash tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi 38-son “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qaroriga.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy yig‘inlarni o‘tkazish tartibi va muddati, ularga chaqiriladigan harbiy xizmatga majburlar soni qonunchilik bilan belgilanadi.
(32-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 10 va 12-moddalari.
33-modda. Harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod qilish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatda belgilanadigan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarda qatnashishdan ozod etiladi.
(33-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
34-modda. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlar berish
O‘quv-mashq harbiy yig‘inlarida qatnashgan va ta’lim dasturi bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan harbiy xizmatga majburlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda navbatdagi harbiy unvonlar rezervdagi podpolkovniklikka qadar bo‘lgan va podpolkovnik unvonlari berilishi mumkin.
35-modda. Harbiy xizmatni o‘tamagan harbiy xizmatga majburlar
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan (salomatligiga ko‘ra harbiy ro‘yxatdan chiqarilganlardan tashqari) va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatdan ozod etilgan harbiy xizmatga majburlar, harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlar, harbiy hisobdagi ixtisosligi bo‘lgan ayollar, shuningdek muqobil xizmatni o‘tagan fuqarolar zaxiradagilar harbiy ro‘yxatiga qo‘yiladi.
Zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar, zarurat bo‘lgan taqdirda safarbarlik bo‘yicha va Qurolli Kuchlarni kuchaytirish tadbir-choralariga favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda aholini muhofaza qilishga jalb etiladi.
Harbiy xizmatga majburlarning zaxirada bo‘lish yoshi chegarasi ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq belgilanadi.
36-modda. Harbiy xizmatga majburlarni iste’foga chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Rezervda va zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga ko‘ra belgilangan tartibda harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan iste’foga chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan chiqariladi.
(36-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
VI. MUQOBIL XIZMAT
37-modda. Muqobil xizmat tushunchasi
Muqobil xizmat fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatni bajarishining chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmat o‘rniga iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida kam malaka talab etiladigan (yordamchi) ishlarni, shuningdek falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida turidir.
O‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, harbiy ro‘yxatda turuvchi va xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan fuqarolar, agar ular diniy ta’limoti qurol-yarog‘dan foydalanish va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yo‘l qo‘ymaydigan, ro‘yxatga olingan diniy tashkilotlar hisobida tursalar, muqobil xizmat huquqiga ega.
Muqobil xizmatning muddati yigirma to‘rt oyni, oliy ma’lumotli fuqarolar uchun esa o‘n sakkiz oyni tashkil etadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son qarori bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi nizom.
38-modda. Muqobil xizmatga chaqirilish, uni o‘tash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning muqobil xizmatga chaqirilishi muddatli harbiy xizmatga chaqiriladiganlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, chaqiruvni tashkil etish va o‘tkazish esa hududiy komissiyalar va tuman (shahar) hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Fuqarolar muqobil xizmatni turar joylaridagi yoki mamlakatning boshqa mintaqalaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda o‘taydilar. Bunday korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxati, shuningdek muqobil xizmatdagi xizmatchilar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan ishlar va kasblarning turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga ish haqining sakson foizi to‘lanadi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolinayotgan summalar respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi muqobil xizmat tuzilmalariga rahbarlikni mudofaa ishlari organlari amalga oshiradi.
Muqobil xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son “Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
39-modda. Muqobil xizmatdagi xizmatchilarning harbiy tayyorgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Muqobil xizmatdagi xizmatchilar harbiy tayyorgarlik yig‘inlariga (mashg‘ulotlariga) jalb etiladilar, ular shu asosda qurol-yarog‘dan foydalanish, ularni qo‘llanish bilan bog‘liq bo‘lmagan harbiy hisobdagi ixtisoslikli egallaydilar va Vatanga qasamyod qabul qiladilar. Harbiy tayyorgarlik dasturi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
(39-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-sentabrdagi O‘RQ-564-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son)
Muqobil xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkaziladi.
40-modda. Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik tatbiq etiladi. Muqobil xizmat muddati mehnat stajiga qo‘shiladi.
Muqobil xizmatni o‘tayotganda mehnat qobiliyatini yo‘qotgan fuqarolar va halok bo‘lgan fuqarolarning oilalari, shuningdek ularning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan nafaqalar va pensiya ta’minoti olish huquqiga ega.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son qarori bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro uni belgilangan joyda o‘tashi, qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga, ish joyida amal qiladigan ichki mehnat tartibi qoidalariga, shuningdek mehnat shartnomasi (kontrakti) shartlariga rioya etishi shart.
(40-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro rahbarlik va saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi mumkin emas.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar falokatlar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish ishlariga jalb etilgan taqdirda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan hamda ana shu oqibatlarni bartaraf etish komissiyalari yoki shtablarining joylardagi rahbarlari tomonidan belgilanadigan maxsus vazifalarni bajaradilar.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqaro ushbu xizmatdan bo‘shatilganidan keyin ilgarigi ishiga yoki unga teng ishga (lavozimga), shuningdek chaqirilishga qadar o‘zi o‘qigan ta’lim muassasasiga qaytish huquqiga ega.
41-modda. Muqobil xizmatdan bo‘shatish
Oldingi tahrirga qarang.
Muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni xizmatdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida amalga oshiriladi.
(41-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaro oilaviy ahvoli o‘zgarganligi munosabati bilan, agar bu hol unga qonunchilikka muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod etilish huquqini beradigan bo‘lsa, muqobil xizmatdan muddatidan oldin bo‘shatilishi mumkin.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muqobil xizmatdan muddatidan oldin bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qabul qiladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son qarori bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi nizomning IV bobi.
VII. HARBIY RO‘YXAT
42-modda. Harbiy ro‘yxatning umumiy qoidalari
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan o‘tkazish davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini hisobga olish hamda tahlil qilishning umumdavlat tizimi hisoblanadi. Ro‘yxatga olish tizimining faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy tayyorgarlikka yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan ro‘yxatdagi tegishli harbiy ixtisoslikka turdosh kasb bo‘yicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan ayollar harbiy ro‘yxatga kiritiladi. Ular tuman, shahar mudofaa ishlari organlarining chaqiruviga binoan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va harbiy ro‘yxat qoidalarini bajarish uchun hozir bo‘lishlari shart.
Harbiy ro‘yxatga olish tartibi va uni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
(42-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Nizom.
43-modda. Harbiy ro‘yxat turlari
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxati ularning turar joylari bo‘yicha olib boriladi hamda umumiy va maxsus ro‘yxatga bo‘linadi.
Umumiy harbiy ro‘yxatda chaqiriluvchilar, shuningdek safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qo‘yilmagan harbiy xizmatga majburlar turadilar.
Maxsus harbiy ro‘yxatda safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar turadilar.
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy ro‘yxatga olish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ishlaydigan yoki o‘qiydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
44-modda. Harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish
Harbiy xizmatga majburlar va harbiy xizmatdan bo‘shatilganidan keyin turar joyiga yetib borgan shaxslar uch kunlik muddat ichida tegishli mudofaa ishlari organlariga kelishlari shart.
Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar turar joyi bir yarim oydan ko‘proq muddatga o‘zgargan, uch oydan ko‘proq muddatga xizmat safariga, o‘qish, ta’til yoki davolanishga borgan taqdirda turar joylaridagi harbiy ro‘yxatdan chiqishlari, yangi turar joyga (doimiy yoki vaqtinchalik) kelganlaridan keyin uch kunlik muddat ichida harbiy ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Urush davrida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organi boshlig‘ining ruxsatisiz doimiy turar joyidan boshqa joyga ketishi man etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan hollarda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan chiqish va harbiy ro‘yxatda turish uchun harbiy-hisob hujjatlarini mudofaa ishlari organiga topshirishlari lozim. Qishloq joylarga borgan yoki u yerlardan jo‘nab ketayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy-hisob hujjatlarini tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga topshirishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan shaxslar, shuningdek vazirliklar va idoralarga xizmatga maxsus unvonlar berilgan holda, xodimlar lavozimlariga kirgan shaxslar rezervdagilar va zaxiradagilarning harbiy ro‘yxatidan chiqarilishi lozim.
(44-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Harbiy ro‘yxatdan quyidagilar chiqarilishi shart:
1) tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan fuqarolar;
2) rezervda yoki zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan fuqarolar;
3) chet elga doimiy yashash uchun jo‘nab ketayotgan fuqarolar;
4) vafot etgan yoki qonunda belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqarolar.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 33 va 36-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi.
45-modda. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etish borasidagi majburiyatlari
Zimmasiga harbiy ro‘yxatni yuritish yuklatilgan joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar va ta’lim muassasalarining rahbarlari mudofaa ishlari organlari talabi bilan harbiy ro‘yxatda turgan shaxslar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni chaqirilayotganliklaridan xabardor etishlari hamda ularning chaqiruv bo‘yicha o‘z vaqtida hozir bo‘lishlarini ta’minlashlari shart.
Ichki ishlar organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
chaqiriluvchilarga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki xorijga chiqish uchun biometrik pasportlarni berish, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi axborotni tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga real vaqt rejimida elektron tizim orqali yuborishi;
(45-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
o‘smirlarni harbiy ro‘yxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga (yig‘inlarga) chaqiruvini o‘tkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar orasidan harbiy ro‘yxatning belgilangan qoidalarini buzayotgan shaxslarni aniqlashda mudofaa ishlari organlariga yordam ko‘rsatishlari va ko‘maklashishlari;
umumiy harbiy majburiyatni bajarishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari organlariga olib borishni tashkil etishlari shart.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirganligi to‘g‘risida, fuqarolik holatini qayd etish hujjatlariga ularning tug‘ilgan sanasi va joyiga oid o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida, shuningdek harbiy xizmatga majbur yoki chaqiriluvchining vafoti qayd etilgan hollar to‘g‘risida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.
Surishtiruv va dastlabki tergov organlari surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan ishga daxldor chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risida, sudlar esa chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga daxldor o‘zlari ko‘rayotgan jinoyat ishlari va qonuniy kuchga kirgan hukmlar to‘g‘risida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan (shu jumladan shartli hukm qilingan) harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari va chaqiriluvchilarning qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalari sudlar tomonidan tegishli mudofaa ishlari organlariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar to‘g‘risida, ularning nogironlik guruhidan qat’i nazar, tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishi shart.
(45-moddaning oltichi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Chaqiruv o‘tkazilayotgan vaqtda davolash muassasalari statsionar davolanish uchun qabul qilingan chaqirilish yoshidagi fuqarolar to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga uch kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.
Uy-joydan foydalanish organlari rahbarlari hamda uy egalari harbiy ro‘yxatni yuritish vazifasi yuklatilgan tegishli mudofaa ishlari organi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi talabiga binoan uy daftarlari, qayd etish varaqalari, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga doir harbiy-hisob va boshqa hujjatlarni taqdim etishlari, shuningdek harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari organlariga chaqirtirilganliklaridan xabardor etishlari shart.
Harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar oilaviy ahvoli, salomatligi, turar joyi, ma’lumoti, ish joyi va lavozimi o‘zgargan taqdirda o‘zlari harbiy ro‘yxatda turgan joydagi organlarga bu haqda yetti kunlik muddat ichida shaxsan ma’lum qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
VII1. Harbiy xizmatdagi cheklovlar
451-modda. Harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar
Harbiy xizmatchilar quyidagilarga haqli emas:
o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta harbiy qismda (aynan bitta boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasi) birga xizmat qilishga, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga olib kelsa;
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga;
o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqeyi bilan bog‘liq holda foydalanishga;
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;
xizmatni o‘tash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy qismi, boshqaruv organi, muassasasining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq hollar bundan mustasno;
Internet jahon axborot tarmog‘iga harbiy xizmatga oid ma’lumot va materiallarni, shuningdek harbiy qism, boshqaruv organi, harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik yoki idoraning harbiy tuzilmasiga mansubligini oshkor etuvchi axborotni (foto, video, matn va boshqalar) joylashtirishga, matbuot xizmatlari tomonidan chop etilgan materiallar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik harbiy xizmatchilarni qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
452-modda. Nomzodni rad etish uchun asoslar
Nomzodni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan, shuningdek, boshqa davlatning fuqaroligi mavjud bo‘lganda;
b) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatda bo‘lish yoshi chegarasiga yetganida;
v) agarda shaxs harbiy xizmatga majbur bo‘lmasa;
g) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq kontrakt tuzish huquqi bo‘lmasa;
d) fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa (bu holatlarda fuqaro nomzodini qayta ko‘rib chiqish tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi);
e) qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan bo‘lsa;
j) agar fuqaro muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy xizmatchining nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatni sodir etgani yoki xizmat vazifasiga noloyiq bo‘lib qolganligi sababli bo‘shatilgan bo‘lsa;
z) harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki belgilangan maxsus talablarga javob bermasa;
i) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilsa.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro qonunchilik hujjatlarida va harbiy xizmat shartlarida nazarda tutilgan harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar va maxsus talablar bilan yozma shaklda tanishtiriladi, bunda ushbu cheklovlarga rioya etishga rozi bo‘lmaganda fuqaroga harbiy xizmatga chaqirish (kirish) rad etilishi mumkin.
453-modda. Muddatli harbiy xizmat harbiy hizmatchilarini kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishga rad etish asoslari
Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari orasidan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan nomzodga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishga quyidagi holatlarda rad javobi beriladi:
a) unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan, dastlabki tergov yoki surishtiruv olib borilayotgan, jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan bo‘lsa, tergovga qadar tekshiruv yoki jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar;
b) qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan bo‘lsa;
v) harbiy xizmatchini keyingi saralash tadbirlariga taqdim etish maqsadga muvofiq emasligi haqida harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan qaror qabul qilingan bo‘lsa;
g) harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki vazirlikning maxsus talablariga javob bermasa.
454-modda. Harbiy xizmatchilar bilan kontrakt tuzish imkoniyatini inkor etuvchi holatlar
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish kontrakti quyidagi harbiy xizmatchilar bilan tuzilishi mumkin emas:
haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning chegara yoshidan o‘tgan, shu jumladan xizmat muddatini uzaytirishni hisobga olgan holatlarda;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan hollarda;
qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar sodir etgan o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyati uchun ilgari hukm qilingan holatlarda;
attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra.
(VII1 bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi O‘RQ-1008-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
VIII. SAFARBARLIK BO‘YICHA CHAQIRILISH TO‘G‘RISIDA VA HARBIY XIZMATDAN BO‘SHATISH
46-modda. Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish
Fuqarolarning safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari asosida o‘tkaziladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasining 18 bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Safarbarlik e’lon qilingan taqdirda bu vaqtda harbiy xizmatda va harbiy yig‘inlarda bo‘lgan barcha fuqarolar alohida farmoyish berilguniga qadar xizmatni davom ettirib turadi, harbiy xizmatga majburlar esa harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy xizmatchilarning ta’tillari bekor qilinadi. Harbiy xizmatga majburlar o‘zlari doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydagi tuman (shahar) mudofaa ishlari organida, harbiy xizmatchilar esa xizmatni o‘tayotgan joyda hozir bo‘lishi shart. Safarbarlik e’lon qilinishi bilan hududiy komissiyalarning chaqirilish yoshidagi fuqarolarning chaqirilish muddatini kechiktirish va ularni chaqirilishdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlari bekor qilinadi. Chaqirilish muddatini kechiktirish hamda chaqirilishdan ozod etish bundan keyin faqat salomatligi holatiga ko‘ra va maxsus hisobda turganligiga qarab qo‘llanilishi mumkin.
(46-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Safarbarlik e’lon qilinganida va urush davrida harbiy xizmatga o‘n sakkiz yoshdan boshlab ushbu Qonunda belgilangan rezerv va zaxirada bo‘lish yoshi chegarasiga qadar yoshdagi harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hamda harbiy ro‘yxatda turmagan o‘n sakkiz yoshdan qirq besh yoshgacha bo‘lgan ayollar (o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalari bor ayollar bundan mustasno) chaqirilishlari mumkin.
Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish faqat mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.
47-modda. Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish munosabati bilan fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash
Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar bilan ish (xizmat) joyida to‘la hisob-kitob qilinadi. Ularga amalda ishlagan vaqtlari uchun ish haqi, ishdan bo‘shatish nafaqasi va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilganlarning egallab turgan turar joy maydoni saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning oilalarini davlat tomonidan ta’minlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(47-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
48-modda. Safarbarlikdan bo‘shatish
Safarbarlikdan bo‘shatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan amalga oshiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasining 18 bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchilarni safarbarlikdan bo‘shatish bilan bog‘liq xarajatlar qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
VIII1. Harbiy xizmatchilarning, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining (tinglovchilarining), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi
481-modda. Harbiy xizmatchilarni, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini (tinglovchilarini), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarni va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslarni moddiy javobgarlikka tortish shartlari
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida harbiy mol-mulkka (Qurolli Kuchlar tasarrufidagi harbiy obyektlarga, binolar va inshootlarga, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, jangovar va boshqa texnika, o‘zga moddiy-texnik vositalar va pul mablag‘lariga (qimmatliklarga) yetkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortiladi.
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar, agar zarar komandirning (boshliqning) buyrug‘ini bajarish yoxud asosli xizmat yoki xo‘jalik tavakkalchiligi yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida yetkazilganda moddiy javobgar bo‘lmaydi.
Harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarmayotgan paytda moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar fuqarolik qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 213-bandi.
482-modda. To‘liq moddiy javobgarlik
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar o‘z aybi bilan harbiy mol-mulkni talon-toroj qilgan, kamomadga yo‘l qo‘ygan, behuda sarflagan, yo‘qotgan, qasddan yo‘q qilgan, shikastlagan, ishdan chiqargan, qonunga xilof ravishda sarflagan hollarda yetkazilgan zarar uchun yoki qasddan sodir etilgan boshqa xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan zarar uchun, ularda jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi alomatlari borligidan qat’i nazar, moddiy javobgar bo‘ladi.
Valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa maishiy-ro‘zg‘or buyumlarining va bunday buyumlar parchalarining talon-toroj qilinishida, kamomadida hamda normativlardagidan ortiq yo‘qotishlarida aybdor bo‘lgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq moddiy javobgar bo‘ladi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘z aybi bilan vagonlarning, avtomobillarning va boshqa transport vositalarining bekor turib qolishi tufayli yetkazilgan zarar uchun yetkazilgan zararga teng miqdorda moddiy javobgar bo‘ladi.
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar o‘z aybi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga zarar yetkazgan taqdirda, agar zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq Qurolli Kuchlar tomonidan qoplangan bo‘lsa, Qurolli Kuchlar tomonidan qilingan xarajatlarning o‘rnini davlatga qoplashi shart.
Xizmatchilarni (ishchilarni) qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatishda yoki boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan komandirlar (boshliqlar) majburiy progul vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarish vaqti uchun ortiqcha haq to‘lanishi munosabati bilan, shuningdek qonunchilikni buzganlik yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi komandirning (boshliqning) yoki sudning xizmatchini (ishchini) ishga tiklash to‘g‘risidagi qarorini bajarishni asossiz ravishda kechiktirganlik uchun yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini davlatga qoplaydi.
483-modda. Cheklangan moddiy javobgarlik
Quyidagi hollarda komandirlar (boshliqlar) yetkazilgan zarar miqdorida, biroq bir oylik pul ta’minoti maoshidan ortiq bo‘lmagan miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladi:
harbiy mol-mulkni hisobga olishning, saqlashning, undan foydalanishning, uni sarflash va tashishning belgilangan tartibini buzadigan farmoyish berganda;
harbiy mol-mulkning talon-toroj qilinishi, kamomadi, yo‘q qilinishi, shikastlanishining va buzilishining oldini olishga doir zarur choralar ko‘rmaganlik zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganda;
aybdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash choralarini ko‘rmaganda.
484-modda. Zararning miqdorini aniqlash va zararni undirish tartibi
Moddiy zarar (moddiy va pul mablag‘larining (qimmatliklarning) talon-toroj qilinganligi, kamomadi, behuda sarflanganligi, yo‘qotilganligi, yo‘q qilinganligi, shikastlanganligi, ishdan chiqarilganligi, ulardan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi hamda ular qonunga xilof ravishda hisobdan chiqarilganligi faktlari) aniqlaganida komandirlar (boshliqlar) zararning kelib chiqishi sabablarini, miqdorini va aybdor shaxslarni aniqlash uchun belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruvni yoki xizmat tekshiruvini o‘tkazadi.
Agar moddiy zararning sabablari, miqdori va aybdor shaxslar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan aniqlangan bo‘lsa, komandir (boshliq) tomonidan tergovga qadar tekshiruv yoki xizmat tekshiruvi o‘tkazilmasligi mumkin.
O‘z aybi bilan moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar moddiy zararning o‘rnini harbiy xizmatni (yig‘inlarni) o‘tash davrida yoki rezervga (zaxiraga) bo‘shatilgan yoxud iste’foga chiqarilgandan keyin ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki qisman qoplashi mumkin.
485-modda. Moddiy javobgarlikka tortish muddatlari
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar, rezervga (zaxiraga) bo‘shatilganligidan yoki iste’foga chiqarilganligidan qat’i nazar, yetkazilgan zarar aniqlangan kundan e’tiboran uch yil ichida moddiy javobgarlikka tortiladi.
(VIII1 bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
IX. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
49-modda. Fuqarolarning harbiy tajovuz yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berish hollariga mo‘ljallangan harbiy tayyorgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berish hollariga mo‘ljallangan harbiy tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan tashkil etiladi va ularning ish, o‘qish yoki turar joylarida ishlab chiqarishdan yoki o‘qishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi.
(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Fuqarolarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va unga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda harbiy tayyorgarlikning zarur o‘quv-moddiy bazasini yaratadilar, harbiy tayyorgarlik rahbarlarini tanlash va tayyorlashni ta’minlaydilar.
(49-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi va bunday tayyorgarlikdan ozod etiladigan shaxslar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(49-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
50-modda. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyaviy va moddiy jihatdan ta’minlash
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy jihatdan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikka muvofiq moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
(50-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini, ularning harbiy xizmatga chaqirilishi hamda chaqirilganlarning harbiy qismlarga jo‘natilishini amalga oshirish uchun mudofaa ishlari organlarini uskunalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yig‘in) punktlari, dori vositalari, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlashlari, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashlari shart.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Urush davrida o‘tkaziladigan safarbarlik rejalari to‘liq va sifatli bajarilishi uchun vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda ta’lim muassasalari joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaroriga binoan tinchlik davrida mudofaa ishlari organlari bilan birgalikda harbiy xizmatga majburlarni xabardor etish va harbiy xizmatga majburlarni hamda texnikani yig‘ish uchastkalarini tashkil etadilar, ana shu uchastkalarning shaxsiy tarkibini harbiy xizmatga majburlar bilan ularni asosiy ish (xizmat) joyidagi vazifalaridan ozod etmagan holda to‘ldiradilar.
(50-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari va chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar a’zolarining, chaqiruv uchastkalari va yig‘in punktlarida ishlovchi vrachlar, o‘rta tibbiyot xodimlarining, yordamchi xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish joyi, lavozimi va o‘rtacha ish haqi ular belgilangan vazifalarni bajarishining butun davrida saqlanib qoladi. Bu komissiyalardagi ishga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining ta’minoti xarajatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(50-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni doimiy turar joyidan chetga chiqish bilan bajarsalar, ularning turar joyidan ish joyiga borish va u yerdan qaytib kelish, turar joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlari mudofaa ishlari organlarining taqdimiga ko‘ra tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi, ularga xizmat safarlari uchun belgilangan normalar asosida kundalik xarajatlari puli to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda. Mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan taqdirda amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Davlat organlarining, shuningdek mulk shaklidan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslari, fuqarolar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 232 — 238-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalari.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 12-dekabr,
436-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 217-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2008-y., 37-38-son, 362-modda, 50-son, 491-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 26.08.2020-y., 03/20/634/1218-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son)