1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2984]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-dekabr,
33-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-dekabr,
24-2017-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 5-dekabrdagi 33, 24-2017-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi, “Mudofaa toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy taʼlim fakultetlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalariga (bundan buyon matnda HTOʻB deb yuritiladi) talabalar tanlov asosida OTMda ikkinchi kurs (toʻrtinchi semestr) oxirida kvota doirasida tanlab olinadi.
3. Tanlovning asosiy maqsadi suhbatlashish va tushuntirish ishlarini olib borish orqali talabalarning harbiy kafedrada oʻqish salohiyati va keyinchalik harbiy mutaxassislik boʻyicha xizmat qilishi mumkinligini belgilaydigan chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi asosida jismoniy rivojlanishi hamda bilim darajasini baholashdan iborat.
4. HTOʻBda taʼlim olish uchun talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tegishli oʻrinbosarining buyrugʻi bilan tanlovni tashkil qilish va oʻtkazish uchun qabul komissiyasi tuziladi (bundan buyon matnda tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya deb yuritiladi) va quyidagi tarkibda uning aʼzolari tasdiqlanadi:
tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati masʼul xodimi;
tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaning kotibi — HTOʻB boshligʻi;
tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya aʼzolari:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati masʼul xodimlari;
tegishli OTMning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektorlari;
HTOʻBning oʻqituvchilari.
Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya qabul yilining yanvar oyidan sentabr oyiga qadar faoliyat yuritadi.
6. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya tanlov oʻtkazish jarayonida kerakli sharoitlar yaratilishi, joylarda tanlovlarni oʻtkazish talablariga qatʼiy rioya etgan holda tegishli ravishda tashkil etilishi va adolatli oʻtkazilishi, shuningdek ularning natijalari xolisligi uchun javobgar boʻladi.
7. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi:
tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaning ishini tashkil etadi;
tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaning vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
8. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tegishli oʻrinbosarining buyrugʻi bilan quyidagi kichik komissiyalar tuziladi:
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya;
talabalarning chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash boʻyicha kichik komissiya.
2-bob. Tanlovni oʻtkazish
9. Tanlov oʻtkazilishidan oldin OTMning turdosh taʼlim yoʻnalishlariga ega fakultetlarida talabalar bilan tushuntirish ishlari tashkil etiladi. Bunda talabalarga tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlar, shu jumladan tanlovni oʻtkazish muddatlari, talab etiladigan hujjatlar, tanlovning asosiy mezonlari tushuntiriladi.
Tushuntirish ishlari yanvar-fevral oylarida oʻtkaziladi.
10. HTOʻBda taʼlim olish uchun arizalar qabul yilining yanvar-fevral oylarida qabul qilinadi.
11. Talabalar tomonidan HTOʻBda taʼlim olish uchun HTOʻBga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza;
reyting daftarchasi nusxasi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
12. Quyidagilar HTOʻBda taʼlim olish uchun oʻtkaziladigan tanlovning asosiy mezonlari hisoblanadi:
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
OTMda taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasi natijalari;
umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash.
Har bir mezonlarni oʻtkazish vaqti va joyi talabalarga ular oʻtkazilishidan kamida 20 kun oldin yetkaziladi.
13. Tanlov oʻtkazish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida umumjismoniy tayyorgarlikni baholash hamda chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
14. Talabalarning harbiy xizmatga yaroqliligini tekshirish boʻyicha tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) muvofiq fevral-mart oylarida oʻtkaziladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
Salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan talabalar keyingi bosqichga qoʻyilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
16. Talabaning OTMda taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijasi OTMdagi HTOʻBga qabul qilishdan oldingi oʻqish davrida toʻplangan ballar yigʻindisidan tashkil topadi.
Bunda talabaning uch semestr davomidagi umumiy oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi (oʻzlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha boʻlgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.
17. Talabaning OTMda taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirishlgan bilim darajasini baholash natijalari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda OTM tomonidan rasmiylashtiriladi va tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaga yuboriladi.
18. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligini baholash komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan joylarda talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq aprel-may oylarida oʻtkaziladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi talablariga javob bermagan talabalar tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
19. Talabalarning chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha bilim darajasini baholash test oʻtkazish usuli yordamida test oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq may-iyun oylarida oʻtkaziladi.
20. Talabaning tanlov natijalari boʻyicha umumiy bali uning OTMda taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijasida aniqlangan balini va test sinovlarida toʻplagan balini qoʻshish orqali aniqlanadi.
21. Talabalarni HTOʻBga qabul qilish tanlovda toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Tanlov natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan talabalar tegishli kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
22. Bir xil minimal kirish balini toʻplagan bir nechta talabalardan OTMda taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijalari boʻyicha koʻp ball toʻplagan talaba qabul qilinadi.
23. Tanlov natijalari boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma tuziladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
OTMda taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijalari;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari;
chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha bilim darajasini baholash natijalari;
talabaning tanlovdagi umumiy bali.
24. Tanlov natijalari oxirgi test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga eʼlon qilinishi shart.
25. Tanlov natijalari boʻyicha bayonnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya raisi, kotibi va aʼzolari tomonidan imzolanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tegishli oʻrinbosari va tegishli OTM rektorining imzosi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Bayonnomaning bir nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga, ikkinchi nusxasi OTM HTOʻBga yuboriladi.
26. Tanlov natijalari boʻyicha tuzilgan bayonnomaga asosan avgust oyining uchinchi oʻn kunligida OTM rektorining buyrugʻiga binoan talabalar harbiy tayyorgarlikni oʻtish uchun qabul qilinadi.
27. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan talaba OTMda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tegishli oʻrinbosarining buyrugʻi bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
28. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya va kichik komissiyalar faoliyatida ishtirok etmagan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati masʼul xodimlari hamda OTM xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar, qoida tariqasida, xar bir tanlov yoʻnalishi boʻyicha bittadan aʼzo kiritiladi.
Talaba tanlov natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, tanlov natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya apellyatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat ichida koʻrib chiqilishi lozim.
29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” ______________________________________ ______________________________________ ______________________________________ (oliy taʼlim muassasasi nomi, oliy taʼlim muassasasi rektorining F.I.O., imzosi) 20___ yil “____” ____________________
Talabaning oliy taʼlim muassasasida taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash NATIJALARI
T/r
Talabaning F.I.O.
Semestr davomidagi umumiy oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi
Uch semestr davomidagi umumiy oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi
1-semestr
2-semestr
3-semestr
1
2
3
4
5
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Talabalarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiyasi (bundan buyon matnda kichik komissiya deb yuritiladi) tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga talabalar sport kiyimida hamda biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi bilan kelishlari lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
4. Talabalar quyidagi mashqlarni bajaradi:
a) erkak talabalar uchun:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish;
a) ayol talabalar uchun:
kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
5. Mashqlar oraligʻida talabalarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra topshirmagan yoxud topshirishdan bosh tortgan talabalar qoniqarsiz baholanadi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
7. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha bukishga ruxsat beriladi.
8. Talabalarning turnikda tortilish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
11 marotaba va undan koʻp tortilganda — “aʼlo”;
9-10 marotaba tortilganda — “yaxshi”;
7-8 marotaba tortilganda — “qoniqarli”;
1 — 6 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
9. Kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi (tibbiyot OTM ayol talabalari uchun) 1 daqiqa mobaynida bajariladi:
“Diqqat”, “Mashqni bajarishga kirishilsin” komandasiga asosan birinchi 30 soniyada belda yetgan holda maksimal oldinga egilib qoʻl bilan oyoq uchiga tegish, qoʻllar belda, oyoqlar biriktirilgan (oyoqlarni bilinmas darajada egish, dastlabki holatga qaytguncha bel kuragi bilan yerga tegish);
“Vaqt” komandasiga asosan “yerda qoʻlga tayangan holda yotish” holatga qabul qilib va dam olmasdan 30 soniya ichida maksimal miqdorda yerda qoʻlga tayangan holda qoʻlni egish va tiklash (gavda tik holatda, qoʻlni koʻkrak yerga tekkuncha egish).
10. Kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
32 marotaba va undan koʻp bajargan taqdirda — “aʼlo”;
29 — 31 marotaba bajargan taqdirda — “yaxshi”;
26 — 28 marotaba bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
25 marotaba va undan kamroq bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
11. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
12. Talabalarning 100 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
15,5 soniyada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
(12-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
b) ayol talabalari (tibbiyot OTM) uchun:
16,8 soniya ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
16,9 dan 17,4 soniyagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
17,5 dan 18,0 soniyagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
18,1 soniyada va undan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
13. 3000 (1000) metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
14. Erkak talabalarning 3000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
13,20 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
13,20 daqiqadan koʻp, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,0 daqiqadan koʻp, biroq 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
14,30 daqiqadan koʻp vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
15. Ayol talabalarning 1000 metrga yugurish mashqi toʻrt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
4,25 daqiqa va undan kamroq vaqt ichida bajargan taqdirda — “aʼlo”;
16. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ikkita “qoniqarsiz” baho olgan boʻlsa, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “oʻtmagan” deb hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
17. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan oʻtmagan talabalarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
18. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan talabalarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Mazkur qaydnomada talabalar tomonidan bajarilgan mashqlar va ular uchun qoʻyilgan baholar koʻrsatiladi.
19. Qaydnoma talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik koʻrganligini baholash boʻyicha kichik komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
20. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash natijalari tanlovni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha qabul komissiyasiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha bilim darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Talabalarning chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha bilim darajasi test oʻtkazish usuli orqali aniqlanadi.
2. Testga jalb qilingan talabalar roʻyxati tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan tasdiqlanib, test oʻtkazish boʻyicha kichik komissiyaga (bundan buyon matnda kichik komissiya deb yuritiladi) taqdim etiladi.
3. Testni oʻtkazish uchun kichik komissiya tomonidan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik dasturidan test savollari ishlab chiqiladi.
4. Test savollari tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya majlisi bayoni bilan tasdiqlanadi.
5. Test savollari va ularning javoblari tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya raisida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
6. Test OTMning harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida oʻtkaziladi. Bunda test oʻtkazish uchun oliy taʼlim muassasalari tomonidan alohida auditoriyalar ajratiladi va har bir auditoriyaga oliy taʼlim muassasalari xodimlari orasidan auditoriya rahbari tayinlanadi.
2-bob. Test sinovlarini oʻtkazish
7. Test sinovlari tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya tomonidan belgilangan kunda soat 9:30 da boshlanadi. Nomzodlar soat 9:00 dan 9:20 gacha test oʻtkaziladigan auditoriyaga kiritiladi.
Test sinovlariga kelmagan (soat 9:20 dan keyin test oʻtkaziladigan auditoriyada boʻlmagan) talabalar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.
8. Test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyaga mikrokalkulyator, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
9. Talabaga test topshiriqlarini bajarish uchun 40 ta test savoli beriladi.
10. Test savollarini yechish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
11. Talabalarga beriladigan test savollari kitob shaklida boʻladi va uning titul varagʻida test savollari kitobining maxsus kodi qoʻyiladi.
12. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti beriladi. Talabalar test savollarini yechishda faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
Toʻgʻri javob javoblar varagʻiga belgilanadi. Bunda test savolida berilgan variantlardan (A, B, C, D) biri havorang pastali sharikli ruchkadan foydalanilgan holda doiraga olish orqali belgilanadi.
Test savolida faqat bitta toʻgʻri javob belgilanishi lozim.
Javoblarni belgilashda oʻchirish va tuzatishlarga hamda bir nechta javobni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun talaba shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan talabalarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
Javoblar varagʻiga test sinovlari oʻtkazilgan kun va auditoriya raqami, test savollari kitobining maxsus kodi, auditoriya rahbarining F.I.O., test savollariga berilgan javoblarni tekshirish natijalari va tekshirgan shaxsning (shaxslarning) F.I.O. va imzosi koʻrsatiladi.
13. Test sinovlari vaqtida talabaning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, talabaning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
14. Talabaga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
15. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyada talabalar, auditoriya rahbari, tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya va kichik komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
16. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval auditoriya rahbari talabalarga test sinovlari oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.
17. Test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, talabalar test materiallarini auditoriya rahbariga topshiradi.
18. Kichik komissiya aʼzolari test oʻtkazilgan kunning oʻzida test savollariga berilgan javoblarni tekshirib, natijalarni (toʻgʻri va notoʻgʻri javoblar soni) shu kunning oʻzida soat 15:00 gacha tegishlicha, har bir talabaning javoblar varagʻiga yozib qoʻyishi shart.
19. Test savollariga berilgan har bir toʻgʻri javob uchun 1,5 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
20. Test sinovlari natijalarni (toʻgʻri va notoʻgʻri javoblar soni hamda umumiy bali) kichik komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan, kichik komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan holda shu kunning oʻzida soat 16:00 gacha eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi.
21. Test sinovlari natijalar (toʻgʻri va notoʻgʻri javoblar soni hamda umumiy bali) kichik komissiya tomonidan shu kunning oʻzida tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiyaga taqdim etiladi.
22. Test sinovi natijalaridan norozi boʻlgan talaba, unga nisbatan berilgan qoʻyilgan ballarni asoslantiruvchi maʼlumot bilan tanishish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari boʻyicha oʻqitish uchun talabalarni saralash tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
OTMda taʼlim olish jarayonida oʻzlashtirilgan bilim darajasini baholash natijalari
Chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash natijalari
Talabaning umumiy bali
1
2
3
4
5
6
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (roʻyxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2984/0913-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)