1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Energiya servis xizmatlari bozorini shakllantirish hamda aholi uy-joylarining energiya samaradorligi oshirilishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 27-martdagi PF-63-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash;
3.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar);
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.09.00 Ekologik audit]
Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish, energiya samarador qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatishda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
Energiya auditorlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Energiya servis xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
“Yashil taʼmir” krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va boshqa energiya samarador uskunalarning savdolarini oʻtkazish, shartnomalarni tuzish, yetkazib berish hamda oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik sanoati korxonalarining oʻz ehtiyojlari uchun quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatishga ajratiladigan kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bir oy muddatda “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ tomonidan “yashil taʼmir” kreditlariga resurs mablagʻlarini ajratish boʻyicha hamkorlik oʻrnatgan tijorat banklari bilan ushbu kredit foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish yuzasidan bosh kelishuvlarga erishish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
3. Belgilansinki, davlat xizmatlarini koʻrsatishda raqamlashtirish koʻlamini kengaytirish hamda davlat va fuqaro (G2C) oʻrtasidagi munosabatlarda aholi uchun yengilliklar yaratish maqsadida 2025-yil noyabr oyidan boshlab Agentlikning Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) orqali aholiga energiya samarador texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilishda subsidiyalar ajratish tizimi joriy qilinadi.
Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi platformani:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Energetika vazirligi va Bojxona qoʻmitasining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatilgan obyektlar boʻyicha “Yashil energiya” tizimiga;
yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmlari boʻyicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “ASKUE” dasturiga;
yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmlari boʻyicha “Hududgaztaʼminot” AJning “ASKUG” dasturiga;
yetkazib berilgan issiqlik energiyasi boʻyicha “Issiqliktaʼminoti” AJning “Billing” tizimiga;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
energiya samarador qurilma va uskunalarning muvofiqlik sertifikati mavjudligi boʻyicha Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimiga;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining “UZKAD” axborot tizimiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali integratsiya qilinishini taʼminlasin.
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda Agentlikka “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Bino va inshootlarning energiya auditi” elektron platformasidan toʻliq foydalanish imkoniyatini taqdim etsin.
5. Agentlik Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-dekabrga qadar energiya samaradorligini oshirish sohasida professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini baholab borish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Sohaviy qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingi” platformasida qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlarini energiya samaradorligi yoʻnalishida baholash amaliyotini joriy qilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
Bunda qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlarini energiya samaradorligi yoʻnalishida baholashda Agentlik tomonidan berilgan sertifikatlar inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.12.00 Ekologik meʼyorlash;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.03 Qurilish faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Agentlik bilan birgalikda xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, 2025-yil yakuniga qadar foydalanish maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarning energiya samaradorligini “A”, “B”, “C”, “D”, “E”, “F” va “G” belgilari orqali toifalash tartibini ishlab chiqsin.
8. Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda ikki hafta muddatda Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasiga tegishli boʻlgan barcha aktivlarning belgilangan tartibda Agentlikka topshirilishini yakunlasin.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi va Agentlikning:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobidan neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarining sof foydasidan 5 foiz miqdoridagi oʻtkazmalar hamda energiyani meʼyordan ortiqcha isteʼmol qilganlik uchun korxonalarga qoʻllanadigan oshirilgan tariflardan tushumlardan 2025-yil 1-yanvarga qadar toʻlanishi lozim boʻlgan debitor qarzdorliklarni hamda yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha undirilgan iqtisodiy sanksiyalar summasining 20 foizini Energetika vazirligining budjetdan tashqari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
Bunda energiyani meʼyordan ortiqcha isteʼmol qilganlik uchun korxonalarga qoʻllanadigan oshirilgan tariflardan tushumlar va davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobidan neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarining sof foydasidan 5 foiz miqdoridagi oʻtkazmalar boʻyicha 2025-yil 1-yanvardan keyin toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar Agentlik huzuridagi Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
10. Aholi uy-joylarining energiya samaradorligini oshirishda qoʻshimcha ragʻbatlantirish va yengilliklar yaratish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.04 Isteʼmol krediti]
a) 2025-yil noyabrdan boshlab aholiga tijorat banklari orqali ajratiladigan “yashil taʼmir” krediti hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan “Yashil” isteʼmol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan “yashil” isteʼmol krediti boʻyicha energiya samarador qurilma va uskunalarni (geliokollektor, quyosh panellari, issiqlik nasoslari, qurilish izolyatsiya materiallari, energiya samarador gaz yondirgichli qozonlar va boshqalar) xarid qilish va oʻrnatish uchun kompensatsiya berish hamda aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar ajratish faqat Agentlik tomonidan ajratiladi.
Bunda “yashil taʼmir” va “yashil” isteʼmol kreditlari foiz stavkasining 19 foizidan oshgan qismiga, biroq 4 foizlik banddan oshmagan miqdorda Agentlikning yagona reyestriga kiritilgan energiya auditorlarining tegishli xulosalari asosida platforma orqali Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
b) “yashil taʼmir” hamda “yashil” isteʼmol kreditlari va (yoki) aholining oʻz mablagʻlari hisobidan energiya samarador qurilma va uskunalar sotib olinganda, xarajatlarining bir qismini qoplash uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish xarajatlarining 100 foizi miqdorida;
aholi uy-joylariga quyosh panellari, geliokollektorlar hamda boshqa maishiy isitish qozonlari, qurilma va uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining 20 foizi miqdorida;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
aholi uy-joylariga issiqlik nasoslarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining 40 foizi miqdorida, bunda ushbu yoʻnalishda ajratiladigan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim.
11. Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ har chorakda, chorak yakunidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar hududlardagi tarmoqlarning quvvatlari va kuchlanishlaridan kelib chiqib, quyosh panellarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qabul qilish imkoniyatlari boʻyicha mahallalar kesimida energiya balanslarini Agentlikka taqdim qilib borsin hamda ular platformada eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-oktabr,
673-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son qaroriga 1-ILOVA
Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish, energiya samarador qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatishda subsidiya ajratish toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish xarajatlarini toʻliq qoplash, quyosh panellari, geliokollektorlar, issiqlik nasoslari hamda boshqa maishiy isitish qozonlari, qurilma va uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
boshlangʻich toifadagi energiya auditori — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Energiya samaradorligini oshirish sohasidagi auditorlarning yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda — yagona reyestr) kiritilgan, energiya auditini oʻtkazish va energiya samaradorligini oshirish yoʻnalishida energiya auditorlarini tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslarini tamomlagan hamda faqat aholi uy-joylarida energiya auditini oʻtkazish huquqiga ega energiya auditorlari toifasi;
geliokollektor — quyosh nurining issiqlik energiyasini qabul qilib, uni issiqlik tashuvchi manbaga (suv, antifriz, havo) oʻtkazadigan, quyosh energiyasini umumiy tarmoqqa ulanmasdan yoki minimal elektr energiyasi sarfi bilan (nasos, avtomatika) foydalaniladigan issiqlikka aylantirish qurilmasi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
yetkazib beruvchi — Agentlikning Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) orqali quyosh panellari, geliokollektorlar, issiqlik nasoslari hamda boshqa maishiy isitish qozonlari, qurilma va uskunalarni xarid qilish va oʻrnatishni taklif etuvchi yuridik shaxs;
issiqlik nasosi — atrof-muhitdan (havo, suv yoki geotermal manbalardan) energiya olib, uni issiqlik yoki sovitish energiyasiga aylantirish va yetkazib berish qurilmasi;
Insofsiz yetkazib beruvchilar reyestri — ushbu Nizomning 4-bobida belgilangan talablar asosida platformaning marketpleys tizimidan chetlatilgan yetkazib beruvchilar roʻyxati;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
mablagʻlarni band qilish — platformada shartnoma boʻyicha energiya auditori va yetkazib beruvchilar majburiyatlarining toʻliq bajarilishini taʼminlovchi mablagʻlar harakatini shartnoma yopilgunga qadar toʻxtatib qoʻyish;
platformaning marketpleys tizimi — platformada energiya auditi xizmatlarini, energiya samarador qurilma va uskunalarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish xizmatlarini taklif qiluvchi, talabgor tomonidan yetkazib beruvchi va energiya auditorlarini mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;
professional toifadagi energiya auditori — ustav kapitalida 50 foiz va undan yuqori davlat ulushi mavjud korxonalarni, uy-joylarni, davlat muassasalarini, ijtimoiy soha obyektlarini, xususiy korxonalarni energiya auditidan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi, yetarli tajriba va tegishli malaka sertifikatiga ega boʻlgan energiya auditorlari toifasi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
subsidiya — aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish xarajatlarini toʻliq hamda aholining oʻz mablagʻi yoki tijorat banklari kreditlari hisobidan quyosh panellari, geliokollektorlar, issiqlik nasoslari hamda boshqa maishiy isitish qozonlari, qurilma va uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarning bir qismini qoplash uchun Agentlik huzuridagi Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
talabgor — uy-joyni energiya auditidan oʻtkazish hamda quyosh panellari, geliokollektorlar, issiqlik nasoslarini hamda boshqa maishiy isitish qozonlari, qurilma va uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha platforma orqali murojaat qilgan jismoniy shaxs;
energiya auditori — energiya isteʼmolchilarini energiya auditidan oʻtkazish sohasida yetarli bilim, tajriba va malaka sertifikatiga ega (bundan boshlangʻich toifadagi energiya auditori mustasno) hamda belgilangan minimal talablarga javob beruvchi jismoniy shaxs;
energiya samarador qurilma va uskunalar — quyosh panellari, geliokollektorlar, issiqlik nasoslari hamda boshqa maishiy isitish qozonlari, qurilma va uskunalari;
quyosh panellari — quyosh nurlaridan elektr energiyasi ishlab chiqarishga moʻljallangan qurilma.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
3. Subsidiya talabgorga aholi uy-joylariga energiya samarador qurilma va uskunalar energiya auditori xulosasi asosida oʻrnatilganda beriladi.
Bunda oʻrnatilgan qurilma va uskunalar xarajatlarining bir qismi boʻyicha subsidiya ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan miqdorlar asosida Agentlik tomonidan ajratiladi.
Talabgor tomonidan qurilma va uskunalar xarajatlari uchun toʻlovlar subsidiya ajratiladigan qism chegirib tashlangan holda amalga oshiriladi. Qurilma va uskunalar xarajatlarining subsidiya qilinadigan qismi Agentlik tomonidan yetkazib beruvchiga toʻlab beriladi.
Energiya auditori xizmatlari va energiya samarador qurilma va uskunalarni xarid qilish boʻyicha shartnomalar bozor tamoyillari asosida platformaning marketpleys tizimida shakllantiriladi.
Energiya auditori xulosasining amal qilish muddati 3 yil etib belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
4. Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish xarajatlarining 100 foizi miqdorida;
aholi uy-joylariga quyosh panellari, geliokollektorlar hamda boshqa maishiy isitish qozonlari, qurilma va uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining 20 foizi miqdorida;
aholi uy-joylariga issiqlik nasoslarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining 40 foizi miqdorida, bunda ushbu yoʻnalishda ajratiladigan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim.
Bunda energiya samarador boʻlgan boshqa qurilma va uskunalar turlari Agentlik tomonidan belgilanishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
5. Subsidiya ajratiladigan talabgorlarga quyidagi kreditlar boʻyicha kredit foiz stavkasining 19 foizidan oshgan qismi, biroq 4 foizlik banddan oshmagan miqdorda Agentlik mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga qoʻshimcha ravishda qoplab beriladi:
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabrdagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan “Yashil” isteʼmol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida olingan “yashil” isteʼmol kreditlari;
“Yashil taʼmir” krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan “yashil taʼmir” kreditlari;
oyiga 1000 kub metrdan ortiq tabiiy gaz sarflaydigan aholi xonadonlariga energiya samarador qurilmalar va uskunalarni (gaz gorelkali qurilmalarni) oʻrnatish uchun ajratiladigan “yashil kreditlar”.
Bunda Agentlik yagona reyestriga kiritilgan energiya auditorlarining platforma orqali qabul qilingan xulosalari mavjud boʻlgandagina “yashil” isteʼmol hamda “yashil taʼmir” kreditlari foiz toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi.
6. “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ platforma operatori hisoblanadi.
2-bob. Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasidan roʻyxatdan oʻtish tartibi
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.18.00 Elektron va elektrotexnika sanoati. Maishiy asbob-uskunalar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
7. Platformada foydalanuvchilarga yetkazib beruvchilar hamda energiya auditorlari tomonidan aholi uy-joylarining energiya samaradorligini oshirish uchun energiya auditidan oʻtkazish, energiya samarador qurilma va uskunalar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berish hamda xarid qilish uchun soʻrovlar yuborish imkoniyati yaratiladi.
8. Talabgorlar platformada JSHSHIR maʼlumotlari va (yoki) elektron raqamli imzo orqali roʻyxatdan oʻtadi.
9. Platformada roʻyxatdan oʻtish uchun yetkazib beruvchilar va energiya auditorlari Agentlikka quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda platforma orqali ariza yuboradilar:
a) yetkazib beruvchilar:
yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), uning roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi, STIR raqami;
energiya samarador qurilma va uskunalarning muvofiqlik sertifikatlari nusxalari;
kafolat muddati davomida doimiy asosda xizmat koʻrsatish imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
Bunda platformada roʻyxatdan oʻtish istagidagi quyosh paneli yetkazib beruvchilar ariza berilgan sanadan oldingi bir yil mobaynida kamida 1 MVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasini muvaffaqiyatli oʻrnatgan boʻlishi shart. 1 MVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasini muvaffaqiyatli oʻrnatganlik yetkazib beruvchi bilan imzolangan shartnomalar va ular boʻyicha hisobvaraq fakturalar asosida aniqlanadi;
b) energiya auditorlari:
boshlangʻich toifadagi energiya auditorlari:
JSHSHIR;
energiya auditorlarini tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tamomlagani toʻgʻrisidagi sertifikat nusxasi;
professional toifadagi energiya auditorlari:
JSHSHIR;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
Energiya auditorlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan malaka toifasi berilganini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi yoki ushbu qaror kuchga kirgunga qadar olingan professional toifadagi energiya auditorlari ega boʻlgan malakani tasdiqlovchi hujjatning (sertifikat, guvohnoma) nusxasi;
kamida bitta energiya auditini oʻtkazish shartnomasi boʻyicha qonunchilikda belgilangan minimal talablar asosida tayyorlangan energiya auditi hisoboti nusxasi;
professional toifadagi energiya auditori faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsning nomi va STIR raqami.
10. Taqdim etilgan hujjatlar 7 ish kuni ichida Agentlik tomonidan oʻrganib chiqilib, energiya auditorlari yagona reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
11. Subsidiya olish uchun platformada energiya auditidan oʻtkazish buyurtmanomasi (keyingi oʻrinlarda — buyurtmanoma) bepul qoldiriladi (toʻldiriladi).
12. Platforma doimiy yangilab boriladi va foydalanuvchilarga real vaqt rejimida maʼlumot taqdim etiladi.
13. Platforma orqali amalga oshirilgan har bir operatsiya va murojaat tegishli raqamli identifikatsiya bilan qayd etiladi.
3-bob. Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish va yetkazib beruvchi xizmatlaridan foydalanish jarayoni
14. Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish, energiya samarador qurilma va uskunalarni xarid qilish va oʻrnatishda subsidiya ajratish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
15. Talabgor tomonidan energiya auditorlari xizmatidan foydalanish, energiya samarador qurilma va uskunalarni oʻrnatish uchun xarid qilish platformadan roʻyxatda oʻtgan holda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) energiya auditidan oʻtkazish bosqichida:
talabgor platformaga energiya auditidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan uy-joyga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni (manzili, yashash maydoni, yillik elektr, gaz isteʼmoli hajmi) kiritadi va energiya auditi buyurtmanomasi varagʻi shakllantiriladi;
talabgor platformada buyurtmanomani shakllantirgandan soʻng Agentlik ikki ish kunida taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganib, buyurtmanomani qabul qiladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi]
Agentlik tomonidan tasdiqlangan energiya auditori tomonidan aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar hisob-kitobi asosida energiya auditini oʻtkazishning boshlangʻich narxi avtomatik belgilanadi. Energiya auditori tomonidan aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq hisob-kitob qilinadi;
talabgor uy-joyga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning toʻgʻri va aniqligi uchun javobgar hisoblanib, energiya auditini oʻtkazish jarayonida maʼlumotlar talabgor tomonidan notoʻgʻri kiritilgani aniqlansa, shartnoma qiymatiga qoʻshiladigan qoʻshimcha mablagʻni talabgor toʻlaydi;
b) energiya samarador qurilma va uskunalarni oʻrnatish bosqichida:
talabgor energiya auditorining ijobiy xulosasi asosida energiya samarador qurilma va uskunalarni xarid qilish uchun platforma orqali yetkazib beruvchilarga narx taklifini yuboradi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
platformaga narx taklifi berilgan kundan boshlab bir ish kunida yetkazib beruvchi va talabgor oʻrtasida elektron oldi-sotdi shartnomasi platforma orqali rasmiylashtiriladi;
yetkazib beruvchi va talabgor oʻrtasidagi elektron tarzda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq talabgor besh ish kunida shartnoma boʻyicha toʻlovlarning 80 foizini platformaga oʻtkazadi va platformada ushbu mablagʻlar band qilinadi;
yetkazib beruvchi elektron tarzda rasmiylashtirilgan shartnoma boʻyicha xaridor toʻlovlarni oʻtkazganidan soʻng yetti kalendar kunda talabgorga ushbu uskuna va qurilmalarning oʻrnatilishini taʼminlaydi;
yetkazib beruvchi tomonidan uy-joyning shart-sharoitlarini oʻrganish natijasiga koʻra energiya auditori xulosasidagi tavsiyalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligi aniqlansa (qurilmani oʻrnatish uchun shart-sharoit mavjud boʻlmaganda, qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan boshqa holatlar aniqlanganda), talabgorga qurilmani oʻrnatishni rad etishi mumkin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
yetkazib beruvchi tomonidan oʻrnatilgan uskuna va qurilmalar toʻgʻrisida foto hamda videohisobotlar, toʻlov cheklari, oʻrnatilgan uskunalarning quvvatlari, oʻziga xos seriya raqamlari, xonadonning kadastr hujjatlari yoki yer ajratish toʻgʻrisidagi qarorlar va boshqa zarur maʼlumotlar platformaga yuklanadi;
tegishli maʼlumotlar yetkazib beruvchi tomonidan platformaga yuklanganidan soʻng platformada avtomatik tarzda bajarilgan ishlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasi shakllantiriladi;
talabgor yetkazib beruvchi tomonidan koʻrsatilgan xizmatdan qanoat hosil qilgan taqdirda, qabul qilish va topshirish dalolatnomasini tasdiqlaydi;
energiya auditori tomonidan oʻrnatilgan qurilmalar sozligi tekshiriladi va shundan soʻng ularning sozligini platformadagi shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda tasdiqlaydi;
bir moliya yilidagi chorak davomida ikki va undan ortiq marotaba uskuna va qurilmalar oʻrnatilganini joyiga chiqqan holda tasdiqlashda ishtirok etmagan energiya auditorlari yagona reyestridan chiqariladi;
talabgor qabul qilish va topshirish dalolatnomasini tasdiqlab, energiya auditori tomonidan oʻrnatilgan qurilmalar sozligi tasdiqlanganidan soʻng talabgor yashash manzilidagi hokim yordamchisining “Onlayn mahalla” platformasiga joyiga chiqib oʻrganishni oʻtkazishi boʻyicha xabarnoma yuboriladi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
hokim yordamchisi oʻz hududidagi fuqarolar xonadonlarida energiya samarador qurilma va uskunalar oʻrnatilganini “Onlayn mahalla” platformasi orqali xabarnoma kelganidan soʻng ikki ish kunida manzilga borib tekshiradi va holatni “Onlayn mahalla” platformasi orqali tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.02.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish borasida davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari]
oʻrganish natijasida hokim yordamchisi tomonidan kamchiliklar (uskuna va qurilmalarning toʻliq yoki qisman oʻrnatilmagani, shuningdek, yetkazib beruvchi va talabgor oʻrtasida qabul qilish va topshirish dalolatnomasi tasdiqlanmagani) aniqlanganda, “Onlayn mahalla” platformasi orqali qurilma va uskunalar ishchi holatida emasligini tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.11.00 Tabiiy resurslaridan maxsus foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun toʻlovlar. Tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari]
qabul qilish va topshirish dalolatnomasining talabgor tomonidan tasdiqlanishi hamda hokim yordamchisining “Onlayn mahalla” platformasi orqali qurilma va uskunalarning haqiqatda oʻrnatilib, ishchi holatidaligining tasdiqlanishi talabgor va yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha quyosh panellari, geliokollektorlar hamda boshqa maishiy isitish qozonlari, qurilma va uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining qiymatining 20 foizi, issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining 40 foizi Agentlik tomonidan yetkazib beruvchining bank hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻi ajratishni koʻrib chiqishga asos boʻladi;
Agentlik tomonidan platformada joylashtirilgan qabul qilish va topshirish dalolatnomasi, foto va videohisobotga asosan energiya samarador qurilma va uskunalarning bahosi, miqdori, quvvati, sifati, qurilmaning seriya raqamlari va boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha platformaning marketpleys tizimida koʻrsatilgan talablarga mos kelishi yoki kelmasligi toʻgʻrisida 3 ish kuni davomida dastlabki oʻrganish oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
16. Energiya auditori va talabgor oʻrtasidagi shartnoma quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi:
talabgorning platformaga kiritgan maʼlumotlari lot tarzida shakllantiriladi va platformada roʻyxatdan oʻtgan barcha energiya auditorlariga platforma tomonidan xabarnoma yuboriladi;
bunda talabgor kiritgan maʼlumotlar asosida 24 soat ichida eng past narxlarda oʻz xizmatini taklif qilgan energiya auditori bilan talabgor oʻrtasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha elektron shartnoma rasmiylashtiriladi;
energiya auditorlari tomonidan takliflar kiritilmagan hollarda elektron tizim narx kiritilguniga qadar taklif kiritish jarayonini keyingi 24 soatga uzaytirib boradi;
keyingi 24 soatga uzaytirilgan taqdirda, boshlangʻich narxga nisbatan 10 foizgacha yuqori narxni ham qabul qilish imkoniyati yaratiladi;
talabgor va energiya auditori oʻrtasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha elektron shartnomaga asosan talabgor tomonidan energiya auditorining platformada ochilgan hisobvaragʻiga shartnoma mablagʻining 70 foizi besh ish kunida oʻtkaziladi va mablagʻlar platformada vaqtincha band qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
17. Energiya auditori xizmatlari uchun toʻlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
energiya auditori xulosasi rasmiylashtirilganidan soʻng talabgor hisobvaragʻidagi mablagʻlarning 70 foiziga qoʻyilgan band bekor qilinadi va mablagʻlar energiya auditorining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
shartnoma mablagʻining 70 foizi oʻtkazilganidan soʻng energiya auditori oʻn besh kalendar kun muddatda koʻrsatilgan uy-joyning energiya auditidan oʻtkazilishini taʼminlaydi va xulosani platformaga yuklaydi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.03 Tovarlarni yetkazib berish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi]
shartnoma qiymatining qolgan 30 foizi oʻrnatilgan qurilmalarning qabul qilish va topshirish dalolatnomasi talabgor tomonidan tasdiqlanib, yetkazib beruvchi va talabgor oʻrtasidagi shartnoma shartlariga muvofiq oʻrnatilgani va qurilmalarning ishga tushirilgani energiya auditori tomonidan elektron tarzda platformada tasdiqlanganidan soʻng energiya auditori hisobvaragʻiga Agentlik tomonidan besh ish kunida oʻtkazib beriladi;
talabgor energiya auditori xulosasi olingandan soʻng energiya samarador qurilma va uskunalarni oʻrnatishdan bosh tortgan taqdirda, audit oʻtkazish uchun sarflangan xarajatlar Agentlik tomonidan talabgorga qoplab berilmaydi;
energiya auditori tomonidan platformaga joylashtiriladigan xulosada obyektning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha aniq taklif va tavsiyalar, shu jumladan, oʻrnatilishi lozim boʻlgan energiya samarador qurilma va uskunalarning quvvatlari koʻrsatilishi lozim.
18. Energiya auditori tomonidan qurilma va uskunalarning ishga tushgani va toʻgʻri oʻrnatilgani tasdiqlanishi energiya auditorining talabgor bilan oʻzaro shartnoma majburiyatlari yakuniga yetganini anglatadi.
19. Bir vaqtning oʻzida yakuniga yetkazilmagan 10 ta shartnomalar mavjud boʻlgan taqdirda, platforma energiya auditoriga talabgor bilan yangi shartnomalar tuzishga ruxsat bermaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
20. Hokim yordamchisi “Onlayn mahalla” platformasi orqali oʻrnatilgan qurilmalar sozligi va ishchi holatda ekanligini tasdiqlaganidan soʻng besh ish kuni ichida Agentlik tomonidan xarajatlar belgilangan tartibda moliyalashtirib beriladi.
Oʻrnatilgan qurilmalarning qabul qilish va topshirish dalolatnomasi talabgor tomonidan tasdiqlanib, energiya auditori tomonidan oʻrnatilgan qurilmalar sozligi tekshirilganidan soʻng, talabgor tomonidan energiya auditori xizmatlar koʻrsatish shartnomasiga asosan 70 foiz oʻtkazilgan mablagʻlar Agentlik tomonidan subsidiya koʻrinishida talabgorning shaxsiy bank plastik kartasiga besh ish kunida tushirib berish orqali qoplab beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
21. Agar talabgor tijorat banklaridan “yashil” kreditlarni olish maqsadida uy-joylarni energiya auditidan oʻtkazish soʻrovini yuborish orqali shartnoma rasmiylashtirganda, shartnoma mablagʻi 100 foiz miqdorda oldindan oʻtkaziladi va platformada vaqtincha band qilinadi.
Bunda energiya auditori xulosasi rasmiylashtirilganidan soʻng talabgor hisobvaragʻidagi mablagʻlarga band bekor qilinadi va mablagʻlar energiya auditorining bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Mazkur qarorga “Yashil taʼmir” krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga muvofiq “yashil” kreditlarni tijorat banklari tomonidan ajratish maʼqullangandan soʻng talabgor tomonidan energiya auditidan oʻtkazish uchun mablagʻlar Agentlik tomonidan 100 foiz miqdorda talabgorning shaxsiy bank plastik kartasiga besh ish kunida tushirib berish orqali qoplab beriladi.
211. Quyidagi hollarda energiya auditorlarining Platformada ishtirok etishlariga 10 kungacha muddatga cheklov oʻrnatilishi mumkin:
aholiga koʻrsatilgan energiya auditi xizmati va (yoki) belgilangan tartibda imzolangan shartnomalar boʻyicha Agentlikka talabgorlar tomonidan kamida 3 marotaba rasmiy yozma murojaat (shikoyat) kelib tushganda;
Platformada tuzilgan energiya auditi shartnomasiga koʻra energiya auditini oʻtkazish va xulosani Platformaga yuklash muddati bir oy davomida 3 va undan koʻp marotaba kechiktirilganda.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
4-bob. Yetkazib beruvchini platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
22. Agentlik quyidagi hollarda yetkazib beruvchini platformaning marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatadi va Insofsiz yetkazib beruvchilar reyestriga kiritadi:
yetkazib beruvchi va talabgor oʻzaro kelishgan holda mablagʻlarni maqsadsiz ishlatgani aniqlanganda;
yetkazib beruvchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy etilganda;
yetkazib beruvchi malakaviy, texnik va tijorat talablariga javob bermaydigan qurilmalar taklif etganda;
yetkazib beruvchi raqobatga qarshi harakatlarni sodir etganda yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarganda;
talabgorlar tomonidan yetkazib beruvchi ustidan uch va undan ortiq holatda kelib tushgan yozma shikoyatlar asosli deb topilganda. Bunda mazkur holatlar sud tomonidan aniqlanadi.
23. Yetkazib beruvchilar Insofsiz yetkazib beruvchilar reyestriga bir yil muddatga kiritiladi hamda ushbu davr mobaynida platformaning marketpleys tizimida qayta roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
5-bob. Energiya samarador qurilma va uskunalardan samarali foydalanishni nazorat qilish
24. Aholining oʻrnatilgan energiya samarador qurilma va uskunalardan doimiy hamda samarali foydalanishini monitoring qilib borish tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari hamda hokim yordamchilarining zimmasiga yuklanadi.
25. Agentlik ajratilgan subsidiya maqsadli ishlatilishini oʻrganish maqsadida yetkazib beruvchi tomonidan talabgorga oʻrnatilgan energiya samarador qurilma va uskunalarni tanlov asosida joyiga chiqqan holda monitoring qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
26. Oʻrnatilgan quyosh panellarining muntazam ishlashi platforma orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining “ASKUE” tizimiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformaga integratsiya qilish orqali monitoring qilinadi.
Bunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “ASKUE” tizimi orqali subsidiya ajratilgan talabgorlarga oʻrnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi tarmoqqa uzatilmay qolish holatlari oʻrganiladi.
27. Oʻrnatilgan energiya samarador qurilma va uskunalarni bir yil mobaynida boshqa xonadonlarga qayta oʻrnatish, olib tashlash yoki sotib yuborish taqiqlanadi. Monitoring natijasida shunday holat aniqlanganda, ajratilgan subsidiya talabgor tomonidan Agentlikka toʻliq miqdorda qaytariladi, yer uchastkalarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buziladigan va koʻchiriladigan uy-joylar bundan mustasno.
Subsidiyani qaytarish majburiyati yuzaga kelgan hollarda, Agentlik talabgorga rasmiy ogohlantirish yuboradi, bunda talabgor oʻn ish kuni davomida vujudga kelgan holatni bartaraf etishi yoki ajratilgan subsidiyani toʻliq qaytarishi talab qilinadi.
Talabgor subsidiyani qaytarishdan bosh tortgan taqdirda, mablagʻlar talabgordan sud tartibida undiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish, energiya samarador qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatishda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish, energiya samarador qurilma va uskunalarni xarid qilish va oʻrnatishda subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Talabgor
Platformaga energiya auditidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan uy-joyga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni (manzili, yillik elektr, gaz isteʼmoli hajmi) kiritadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Agentlik
Platformada buyurtmanomani shakllantirgandan soʻng taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganib, buyurtmanomani qabul qiladi.
2 ish kuni
3-bosqich
Platforma
1. Talabgor kiritgan maʼlumotlar lot tarzida shakllantiriladi va platformada roʻyxatdan oʻtgan barcha energiya auditorlariga xabarnoma shaklida yuboriladi.
2. Keyingi 24 soat ichida talabgor kiritgan maʼlumotlarga muvofiq eng past narxda oʻz xizmatini taklif qilgan energiya auditori bilan shartnoma tuziladi.
24 soat ichida
4-bosqich
Talabgor
Talabgor va energiya auditori oʻrtasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha elektron shartnomaga asosan energiya auditorining platformada ochilgan hisobvaragʻiga shartnoma mablagʻining 70 foizi oʻtkaziladi va mablagʻlar platformada vaqtincha band qilinadi.
5 ish kuni
5-bosqich
Energiya auditori
1. Shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda uy-joyni energiya auditidan oʻtkazadi.
2. Energiya auditori xulosasi va undagi maʼlumotlar — obyektning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha aniq taklif va tavsiyalarni platformaga yuklaydi.
15 kalendar kun ichida
6-bosqich
Talabgor
Talabgor energiya auditori xulosasi asosida energiya samarador qurilma va uskunalar qurilmalari sotib olish boʻyicha platforma orqali narx soʻrovi yuboradi.
1 kun
7-bosqich
Platforma
24 soat ichida talabgor kiritgan narx soʻrovi boʻyicha eng past narxda oʻz xizmatini taklif qilgan yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuzilishini taʼminlaydi.
24 soat ichida
8-bosqich
Yetkazib beruvchi
1. Shartnoma boʻyicha xaridor toʻlovlarni oʻtkazganidan soʻng talabgorga ushbu uskuna va qurilmalarning oʻrnatilishini taʼminlaydi.
2. Oʻrnatilgan uskuna va qurilmalar toʻgʻrisida foto hamda videohisobotlar, oʻrnatilgan uskunalarning quvvatlari, oʻziga xos seriya raqamlari, xonadonning kadastr hujjatlari yoki yer ajratish toʻgʻrisida maʼlumotlarni platformaga yuklaydi.
7 kun
9-bosqich
Platforma
1. Avtomatik tarzda bajarilgan ishlarning qabul qilish-topshirish dalolatnomasini shakllantiradi.
2. Talabgor, energiya auditori va yetkazib beruvchi tomonidan SMS-xabarnoma yoki platformadagi shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda dalolatnoma tasdiqlanadi.
3. Dalolatnoma tasdiqlanganidan soʻng mahallalardagi hokim yordamchilari “Onlayn mahalla” platformasiga avtomatik xabarnoma yuboriladi.
2 kun
10-bosqich
Hokim yordamchisi
Hokim yordamchilari joyiga chiqqan holda qabul qilish va topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan ishlar haqiqatda bajarilganini tasdiqlaydi.
Xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab 2 kun muddatda
11-bosqich
Agentlik
1. Subsidiya ajratish asoslarini koʻrib chiqib, Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga subsidiyani moliyalashtirish boʻyicha tegishli buyurtmanomani yuboradi.
5 ish kuni ichida
2. Buyurtmanomaga asosan Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidan ajratilgan subsidiyani yetkazib beruvchi va energiya auditorining hisobraqamiga hamda talabgorning bank plastik kartasiga oʻtkazib beradi.
1 kun muddatda
Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish, energiya samarador qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatishda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Energiya auditori tomonidan aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni hisob-kitob qilish
TARTIBI
1. Ushbu tartib aholi uy-joylarida oʻtkaziladigan energiya auditi xizmati narxini shakllantirish mezonlari va hisob-kitob usullarini belgilaydi.
2. Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish xizmati narxi energiya auditi oʻtkazishda amalga oshiriladigan ishlarga sarflanadigan vaqt, hisobot tayyorlash, energiya pasportini shakllantirish, transport xarajatlari, hisobga olinmagan xarajatlar va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
3. Energiya auditi xizmatining umumiy narxi ishchi kuchi (auditor) tomonidan sarflangan vaqt asosida shakllantiriladi. Binoning umumiy foydalanish maydoni (m²) — xizmat koʻrsatish davomiyligiga bevosita taʼsir qiluvchi asosiy mezon hisoblanadi.
4. Shu asosda quyidagi yondashuv qabul qilinadi:
aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish xizmati narxi bazaviy 100 m2 maydonga ega aholi uy-joylariga nisbatan 1-jadvalda keltirilgan qiymatlarga mutanosib tarzda hisoblanadi.
Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazishda amalga oshiriladigan ishlar
ROʻYXATI
1-jadval
Bosqich
Ishlarning batafsil roʻyxati
Sarflanadigan vaqt/ soat
1. Maʼlumotlarni tayyorlash va yigʻish.
1. Uy-joylar uchun texnik hujjatlar toʻplamini yigʻish.
2. Uy-joylar sxemasi, maydoni, qurilgan yilini tahlil qilish.
3. Izolyatsiyani baholash (pasport boʻyicha yoki vizual).
1,00
3. Muhandislik tizimlarini tahlil qilish.
1. Isitish, shamollatish, issiq suv taʼminoti tizimlarini tekshirish.
2. Qozonlarning, nasoslarning, quvurlarning holatini tekshirish.
3. Yoritish, elektr taʼminoti, konditsionerlarni tahlil qilish.
2,00
4. Instrumental oʻlchovlar.
1. Bino ichidagi va tashqarisidagi haroratni oʻlchash.
2. Termal tasvirni tekshirish.
3. Namlik, izolyatsiyaga chidamlilik va boshqalarni oʻlchash.
1,00
5. Issiqlik yoʻqotilishini hisoblash.
1. Toʻsuvchi konstruksiyalar orqali issiqlik yoʻqotilishini hisoblash.
2. Ventilyatsiya va infiltratsiya orqali issiqlik yoʻqotilishini baholash.
3. Issiqlik talabini hisoblash va haqiqiy isteʼmol bilan taqqoslash.
3,00
6. Energiya sarfini tahlil qilish.
1. Elektr, gaz, suv sarfini tahlil qilish.
2. Standartlar va koʻrsatkichlar bilan taqqoslash.
3. Samarasiz isteʼmol zonalarini aniqlash.
2,00
7. Hisobot va tavsiyalarni tayyorlash.
1. Uy-joy uchun energiya pasportini tayyorlash.
2. Energiyani tejash boʻyicha chora-tadbirlar roʻyxatini ishlab chiqish.
3. Jamgʻarma va toʻlov muddatini hisoblash.
3,00
Jami:
14
5. Energiya auditidan oʻtkazish xizmati narxi quyidagicha hisoblanadi:
a) 1-pozitsiya:
energiya auditini oʻtkazishda amalga oshiriladigan ishlarga (1-jadval) har bir bosqich boʻyicha sarflanadigan vaqt (T) bazaviy 100 m2 maydonga nisbatan oʻrtacha hisoblangan vaqtga (to) nisbatan quyidagi formula asosida hisoblanadi.
T
=
to
x
(
A
)
0.8
100
bunda:
A – binoning maydoni (m2)
b) 2-pozitsiya:
jami bosqich boʻyicha sarflanadigan vaqt (Tu) quyidagicha hisoblanadi:
T1, T2, T3, T4, T5, T6, T7 — mos ravishda 1-jadval boʻyicha har bir bosqich uchun sarflanadigan vaqt (soat).
6. Aholi uy-joylarining energetik pasportini shakllantirishda 2-jadvalga muvofiq ishlar belgilangan vaqtlarda amalga oshiriladi. Bunda ajratilgan vaqt oʻzgarmas boʻlib, jami 6 soatni tashkil etadi.
Aholi uy-joylarining energetik pasportini shakllantirishda amalga oshiriladigan ishlar
ROʻYXATI
2-jadval
T/r
Boʻlim nomi
Tavsif
Ajratiladigan vaqt
(soat)
1.
Umumiy maʼlumotlar
obyektning manzili;
foydalanish maqsadi (turar joy binosi);
qurilgan yili;
egasining F.I.O.
0,2
2.
Qurilish parametrlari
umumiy maydoni (m²);
qavatlar soni;
devor, tom, pol qismi materiallari;
oynali maydoni.
0,3
3.
Muhandislik tizimlari haqida maʼlumot
isitish tizimi (turi, quvvati);
issiq suv manbai;
elektr taʼminoti (bir fazali/uch fazali);
ventilyatsiya va konditsioner.
1
4.
Energiya isteʼmoli
yillik elektr energiyasi isteʼmoli (kVt soat);
yillik gaz isteʼmoli (m³);
suv isteʼmoli (m³);
1 m² uchun energiya ulushi.
0,5
5.
Issiqlik balansi
devor, tom, pol qismi, derazalar orqali yoʻqotishlar;
ventilyatsiya tufayli yoʻqotishlar;
ichki issiqlikning oshishi;
standartlar bilan taqqoslash.
1
6.
Energiya samaradorligi
energiya samaradorligi tasnifi;
har bir m² uchun yillik energiya ulushi (kVt / m² yil);
A-G shkalasi boʻyicha baholash.
1,5
7.
Energiyani tejash boʻyicha tavsiyalar
tuzilmalarni izolyatsiyalash;
derazalarni almashtirish;
isitish tizimlarini avtomatlashtirish;
energiyani tejovchi qurilmalardan foydalanish.
1,5
Jami:
6
7. Xodimlarga ish haqi toʻlash uchun xarajatlar quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻladi (3-pozitsiya):
a) toʻgʻridan-toʻgʻri ish haqi xarajatlari:
bevosita bajaruvchi mutaxassislarga (energiya auditori, texnik mutaxassis, oʻlchovchilarga) toʻlanadigan ish haqi. Ushbu qiymat statistika boʻyicha 2025-yil uchinchi chorak holatiga koʻra mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM)ning oʻrtacha 5,9 baravariga teng. Xodim uchun toʻlanadigan bir soatlik ish haqi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Bir soatlik ish haqi = (MHTEKM×5.9)/168
Bunda 168 soat — oʻrtacha bir oyda xodimning ish vaqti;
b) foyda marjasi (rentabellik) tashkilot tomonidan xizmatdan olinadigan foyda miqdori sifatida belgilanadi. Bu qiymat xodimlarga toʻlanadigan jami ish haqiga foiz tarzida quyidagi formulada hisoblanadi:
foyda marjasi = ish haqi jami×foyda stavkasi;
v) yakuniy xizmat narxini hisoblash quyidagi formula asosida shakllantiriladi:
jami narx (QQSsiz) = toʻgʻridan-toʻgʻri ish haqi + foyda;
d) yakuniy toʻlanadigan summa (QQS bilan) quyidagi formula asosida kelib chiqadi:
toʻlanadigan jami summa = jami narx+QQS.
3-jadval
T/r
Xodimlarga ish haqini toʻlash uchun xarajatlar
Bir soatlik ish haqi (kishi/soat)
(soʻm)
1.
Toʻgʻridan-toʻgʻri ish haqi xarajatlari
40 562,5
2.
Foyda marjasi
4 056,25
3.
Jami narx (QQS siz)
44 618,75
4.
QQS
5 354,25
5.
QQS bilan birga toʻlanadigan jami
49 973
8. Energiya auditi xizmatining narxi (C) energiya auditini oʻtkazish uchun sarflanadigan jami vaqt va energiya pasporti uchun sarflanadigan vaqtlar yigʻindisi (Tu+6 soat) va xodimlarga ish haqini toʻlash uchun xarajatlar (49 973 soʻm) koʻpaytirish orqali hisoblanadi (4-pozitsiya):
C= (Tu+6 soat) × 49 973
9. Obyektni tekshirishning umumiy narxi energiya auditi xizmatining narxi (C), transport xarajatlari, hisobga olinmagan qiymatlar va QQS yigʻindilariga teng boʻladi (5-pozitsiya). Bunda transport xarajatlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM)ning 20 foiz miqdorini, hisobga olinmagan qiymatlar 10 foizini tashkil etadi.
10. Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish xizmati narxi 4-jadvalga muvofiq namunaviy kalkulyatsiya asosida hisoblanadi.
Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish xizmati narxini hisoblash boʻyicha namunaviy
KALKULYATSIYA
4-jadval
T/r
Xizmatlar
Birligi
Miqdor
Soʻm
1.
Binoning maydoni
m2
100
2.
Bir kishi uchun ish haqi / soat
soʻm
49973
4.
Energiya pasporti
soat
6,00
299 838,00
5.
Energiya auditi jarayoni
soat
13,00
649 649,00
3.
Umumiy miqdor
soat
19,00
949 487,00
6.
Transport xarajatlari
20%
231 000,00
7.
Hisobga olinmagan qiymatlar
10,00%
115 500,00
8.
Jami:
1 295 987,00
9.
QQS
12,00%
155 518,44
10.
Jami, QQS bilan
1 451 505,44
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM), soʻm
1 155 000
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son qaroriga 2-ILOVA
Energiya auditorlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom energiya auditorlarini sertifikatlash tartibini belgilaydi.
2. Sertifikatlash majburiy va ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
Davlat muassasalari, shu jumladan, ijtimoiy soha obyektlari, davlat ishtirokidagi korxonalar, Davlat energetika reyestriga kiritilgan yoqilgʻi energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditini oʻtkazadigan energiya auditorlari uchun sertifikatlash majburiy boʻlib, qolgan barcha yoqilgʻi energetika resurslari isteʼmolchilarida energiya auditini oʻtkazadigan energiya auditorlari uchun ixtiyoriydir.
Xalqaro grantlar va boshqa xorijiy mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan energiya auditini oʻtkazadigan energiya auditorlarini sertifikatlash talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
boshlangʻich toifadagi energiya auditori — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Energiya samaradorligini oshirish sohasidagi auditorlarning yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda — yagona reyestr) kiritilgan, energiya auditini oʻtkazish va energiya samaradorligini oshirish yoʻnalishida energiya auditorlarini tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslarini tamomlagan hamda faqat aholi uy-joylarida energiya auditini oʻtkazish huquqiga ega energiya auditorlari toifasi;
professional toifadagi energiya auditori — ustav kapitalida 50 foiz va undan yuqori davlat ulushi mavjud korxonalarni, uy-joylarni, davlat muassasalarini, ijtimoiy soha obyektlarini, xususiy korxonalarni energiya auditidan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi, yetarli tajriba va tegishli malaka sertifikatiga ega boʻlgan energiya auditorlari toifasi;
talabgor — sertifikat olish uchun ariza bergan jismoniy shaxslar;
energiya auditori — energiya isteʼmolchilarini energiya auditidan oʻtkazish sohasida yetarli bilim, tajriba va malaka sertifikatiga ega (bundan boshlangʻich toifadagi energiya auditori mustasno) hamda belgilangan minimal talablarga javob beruvchi jismoniy shaxs;
energiya auditorlik tashkiloti — energiya auditorlik faoliyatini yuritish uchun boshlangʻich va professional toifadagi energiya auditorlarini mehnat qonunchiligi hamda fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etgan tijorat shaklidagi yuridik shaxs.
4. Energiya auditorlarini sertifikatlash ishlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzenergoinspeksiya) tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi bilan kelishilgan holda (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
5. Sertifikatlash ishlarini amalga oshirishda:
a) Agentlik:
Oʻzenergoinspeksiya bilan birgalikda sertifikatlash imtihonlari oʻtkazilishini elektron shaklda Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) orqali tashkil qiladi va nazorat qiladi;
platformada yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
energiya auditorlarini sertifikatlash tartibini takomillashtiradi;
b) Oʻzenergoinspeksiya:
sertifikatlash jarayonini nazorat qiladi va muvofiqlikni taʼminlaydi;
sertifikatlash talablari va imtihon natijalari asosida mazkur Nizom talablariga muvofiq energiya auditorlariga sertifikat beradi.
2-bob. Sertifikatlash ishlarini amalga oshirish tartibi
6. Sertifikat olish uchun talabgorlar quyidagi malaka talablariga javob berishi shart:
oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
energiya auditi, energetika menejmenti (ISO 50001 va ISO 50002 xalqaro standartlari) talablari boʻyicha nazariy bilim hamda amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi;
bino va inshootlar hamda yakka tartibdagi aholi uy-joylari uchun 48 soat, sanoat korxonalari talabgorlari uchun 144 soatlik oʻquv-modul asosida shakllantirilgan maxsus oʻquv dasturini toʻliq oʻzlashtirgan hamda imtihondan oʻtgan boʻlishi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
7. Energiya auditorlariga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq sertifikat beriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan eʼlon qilingan roʻyxatdagi “Energetika, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish texnologiyasi, elektronika” yoʻnalishlarida ilmiy unvonga (fan nomzodi yoki fan doktori), shuningdek, energiya auditi sohasida bakalavr va magistr darajasiga ega boʻlgan shaxslar sertifikatlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri imtihon bosqichiga oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
9. Sertifikatlash boʻyicha arizalar quyidagi hujjatlarni elektron shaklda ilova qilgan holda talabgor tomonidan platforma orqali elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida pochta orqali Agentlik va Oʻzenergoinspeksiyaga yuboriladi:
energiya auditi sohasida akkreditatsiyadan oʻtgan, oʻquv dasturi va uslubiy materiallarini Oʻzenergoinspeksiya va Agentlik bilan kelishgan oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlaganini tasdiqlovchi guvohnoma (sertifikat)ning nusxasi;
ilmiy darajaga ega ekanligini tasdiqlovchi guvohnoma hujjat (agar mavjud boʻlsa);
zarur hollarda pochta xizmati orqali xabar yuborish uchun talabgorning doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan toʻliq pochta manzili.
Hujjat topshirgan nomzodlardan ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
10. Arizalar Komissiya tomonidan 15 kun muddatda koʻrib chiqiladi hamda nomzodning shaxsiy kabinetiga sertifikatlash boʻyicha imtihonga kiritilishi toʻgʻrisida yoki rad etish boʻyicha asoslar koʻrsatilgan holda platforma yoki pochta orqali xabar yuboriladi.
Bunda nomzodning quyidagi hollarda sertifikatlash boʻyicha imtihonga kiritilishi rad etilishi mumkin:
hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
malaka talablariga javob bermaganda.
Nomzodlar mazkur kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran sertifikat olish uchun belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.03 Sertifikatlashtirish faoliyatiga talablar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang)]
11. Sertifikatlash imtihoni savollari Oʻzenergoinspeksiya va Agentlik bilan kelishilgan oʻquv dasturi asosida shakllantiriladi hamda tegishli mavzular Oʻzenergoinspeksiya hamda Agentlikning rasmiy sahifasida, shuningdek, Agentlik tomonidan platformada eʼlon qilinadi (joylashtiriladi).
12. Ushbu Nizomning 6-bandi beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan oʻquv dasturlari majburiy tartibda Oʻzenergoinspeksiya va Agentlik bilan kelishilgan holda oʻquv markazlari tomonidan shakllantiriladi hamda oʻquv dasturi mavzulari Oʻzenergoinspeksiyaning hamda Agentlikning rasmiy sahifasida, shuningdek, Agentlik tomonidan platformada eʼlon qilinadi (joylashtiriladi).
13. Sertifikatlash imtihonlari har chorakda kamida bir marotaba, talabgorlar mavjud boʻlganda oʻtkazib boriladi.
14. Energiya auditorlarini sertifikatlash boʻyicha imtihonlar Oʻzenergoinspeksiya hamda Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan 1 nafar rais, 4 nafar malakali mutaxassis va 1 nafar kotibdan iborat tarkibdagi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
15. Sertifikatlash imtihonlari test shaklida oʻtkazilib, imtihon savollari bino va inshootlar, yakka tartibdagi aholi uy-joylari uchun alohida hamda sanoat korxonalarini energiya auditidan oʻtkazuvchilar uchun alohida Komissiya tomonidan shakllantiriladi va doimiy ravishda yangilanib boriladi.
Bunda Komissiya kotibi talabgorlarga platforma orqali sertifikatlash imtihonlarini oʻtkazish vaqti va joyi toʻgʻrisida maʼlumotlarni talabgorning shaxsiy kabineti va (yoki) SMS-xabarnoma yuborish orqali sertifikatlash imtihoni oʻtkazish sanasiga kamida 7 kun qolganda maʼlum qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
16. Komissiya aʼzolari tarkibi imtihon yoʻnalishiga qarab quyidagicha shakllantiriladi:
bino va inshootlar hamda yakka tartibdagi aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish boʻyicha sertifikatlash imtihoni uchun Agentlik va Oʻzenergoinspeksiyadan ikki nafardan vakil, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligidan bir nafar vakil;
sanoat korxonalarini energiya auditidan oʻtkazish boʻyicha sertifikatlash oʻtkaziladigan imtihonlar uchun Oʻzenergoinspeksiyadan uch nafar vakil, Agentlikdan ikki nafar vakil.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
17. Bino va inshootlar hamda yakka tartibdagi aholi uy-joylarini va sanoat korxonalarini energiya auditidan oʻtkazish boʻyicha sertifikatlash imtihoni quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
imtihon platforma orqali test sinovlari shaklida oʻtkaziladi;
imtihon test savollari Komissiya tomonidan ishlab chiqiladi va doimiy ravishda test savollari bazasi boyitib boriladi;
30 ta test savollariga javob berish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi, har bir toʻgʻri javob 2 balldan avtomatik baholanadi;
umumiy natijalarga koʻra jami 40 — 60 ball toʻplaganlar imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.
Test natijasidan norozi boʻlgan talabgorlar besh ish kuni ichida Komissiyaga yozma ravishda yoki belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
18. Test jarayonlari videotasvirga olingan holda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
19. Sertifikatlash imtihonidan oʻtish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
qonunchilik hujjatlari, axborotnomalar va boshqa turdagi barcha adabiyotlardan foydalanish;
mobil aloqa vositasi va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
boshqa nomzodlar bilan suhbatlashish;
imtihon oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Ushbu talablarni buzgan nomzodlar chetlashtiriladi va imtihondan oʻtmagan hisoblanadi.
Begona shaxslarga imtihonda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
3-bob. Sertifikatning amal qilish muddati, qayta sertifikatlash va sertifikat berish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
20. Sertifikatning amal qilish muddati — uch yil.
Sertifikatning amal qilish muddati tugaganidan keyin energiya auditorlari qayta sertifikatlash imtihonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
21. Imtihon natijalari imtihon oʻtkazilgan kunda platforma orqali talabgor elektron shaklda maʼlum qilinadi.
Sertifikatlash imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan namunadagi maxsus QR-kodli energiya auditorlari sertifikatlashdan oʻtgani toʻgʻrisidagi sertifikat 3 ish kunida platformada elektron shaklda yuklab olish uchun tayyor boʻladi.
Sertifikatda uning mutaxassislikning qaysi yoʻnalishi boʻyicha berilgani qayd etiladi.
4-bob. Energiya samaradorligini oshirish sohasidagi energiya auditorlarining yagona reyestrini yuritish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
22. Agentlik Reyestrni yuritadi, yangilab boradi va muvofiqlashtiradi.
Reyestr platformada onlayn rejimda yuritib boriladi va Reyestr quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
energiya auditori toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili);
energiya auditori sertifikati (sertifikat raqami, berilgan sana, amal qilish muddati, sertifikat bergan organ);
auditorlik faoliyatini yurituvchi tadbirkorlik subyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (STIR, manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili);
Reyestrga kiritish va undan chiqarish sanasi va roʻyxatga olish raqami.
23. Auditorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritish uchun toʻlov undirilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
24. Reyestr energiya auditorlarini ikki toifaga ajratilgan holda yuritiladi:
Bunda ustav kapitalida 50 foiz va undan yuqori davlat ulushi mavjud korxonalar, davlat muassasalari va ijtimoiy soha obyektlarining va davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlarning energiya auditi uch nafar va undan ortiq professional toifadagi energiya auditorlariga ega xoʻjalik subyektlari tomonidan oʻtkaziladi.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
25. Talabgor Reyestrga kiritish uchun oʻzlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
Bunda Reyestrga kiritilgan energiya auditorlari belgilangan tartibda energiya auditorlariga qoʻyiladigan minimal talablar doirasida oʻtkazilgan energiya auditi natijasi boʻyicha hisobotni tayyorlashi majburiy hisoblanadi.
26. Quyidagi hollarda energiya auditorlari Reyestrdan chiqarilishi mumkin:
tegishli davlat nazorati organlari tomonidan energiya auditori faoliyatida qonunchilik buzilishi holatlari aniqlanib, ularning faoliyati belgilangan tartibda toʻxtatilganda (tugatilganda);
energiya auditi xulosalarida ketma-ket (kamida 3-marta) soxta maʼlumotlar aniqlanganda yoki koʻrsatilgan energiya auditi xizmati ustidan ikki martadan ortiq shikoyat kelib tushib, energiya auditori sud tomonidan aybli deb topilganda;
sertifikatning amal qilish muddati tugaganda va bekor qilinganda yoki sertifikat haqiqiy emas deb topilganda.
261. Reyestrga kiritilgan energiya auditorlarining faoliyati samaradorligini oshirish hamda ularning energiya auditi sohasida tajriba va kasbiy koʻnikmalarini, shartnomaviy majburiyatlar lozim darajada va belgilangan muddatlarda bajarilishini inobatga olgan holda, platformada ballar asosida avtomatik ravishda baholanadi va reytingi yuritiladi.
262. Quyidagi mezonlar asosida energiya auditorlarining reytingi yuritiladi:
bino va inshootlarni energiya auditidan oʻtkazish uchun energiya auditorlik malaka sertifikati mavjudligi: mavjud boʻlsa 10 ball, boʻlmasa 0 ball;
sanoat korxonalarini energiya auditidan oʻtkazish uchun energiya auditorlik sertifikati mavjudligi: mavjud boʻlsa 10 ball, boʻlmasa 0 ball;
energiya auditi va energiya menejmenti sohasida olingan boshqa sertifikatlar (ISO 50001, ISO 50002 va ISO 14001 xalqaro standartlari va boshqalar): har bir sertifikat uchun 1 ball, agar mavjud boʻlmasa 0 ball;
energiya auditi sohasida olingan xorijiy sertifikatlar: har bir sertifikat uchun 1 ball, agar mavjud boʻlmasa 0 ball;
qonunchilikda belgilangan minimal talablar asosida tayyorlangan energiya auditi hisobotning mavjudligi: mavjud boʻlsa 10 ball, boʻlmasa 0 ball;
energiya auditorning qurilish, muhandislik yoki energetika sohasida oliy maʼlumotga va ilmiy darajaga egaligi:
bakalavr — 1 ball;
magistr — 2 ball;
PhD (falsafa doktori) yoki DSc (fan doktori) — 3 ball.
Bunda energiya auditori tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning lozim darajada va belgilangan muddatlarda bajarilishini bir oyda kamida 3 marotaba kechiktirish yoki bajarmaslik umumiy toʻplangan ballarning 10 ballga tushishiga olib keladi hamda ushbu pastlatilgan reyting 3 oy davomida saqlanib qolinadi.
263. Energiya auditorlarining reyting maʼlumotlari Platformada ochiq tarzda aks ettiriladi va doimiy yangilab turiladi.
264. Energiya auditorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar reyting ballari korxonadagi mavjud energiya auditorlari ballarining oʻrtacha qiymati bilan shakllantiriladi.
265. Energiya auditorlarining reyting natijalari energiya auditi xizmatlarini talabgorlar (buyurtmachilar) tomonidan tanlashda axborot sifatida foydalaniladi.
(261 — 265-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)
5-bob. Sertifikatning amal qilishini muddatidan oldin toʻxtatish va bekor qilish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
27. Quyidagi hollarda sertifikatning amal qilinishi muddatidan oldin Komissiya tomonidan toʻxtatilishi mumkin:
davlat nazorati organlari tomonidan energiya auditori faoliyatida jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanganda;
hisobot, energetika pasporti hamda tashkiliy-texnik chora-tadbirlarda soxta maʼlumotlar koʻrsatilgani sud tomonidan aniqlanganda;
hisobotda energiya oʻlchov asboblari orqali aniqlangan koʻrsatkichlar keltirilmaganda;
sud qarori bilan auditorning kasbiy faoliyat yuritishi maʼlum muddatga toʻxtatilganda.
Sertifikatning amal qilish muddati energiya auditorining oʻz ixtiyoriga koʻra muddatidan avval toʻxtatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
28. Quyidagi hollarda sertifikatning amal qilishi muddatidan oldin Komissiya tomonidan bekor qilinishi mumkin:
sertifikat egasi vafot etganda;
energiya auditi xulosalariga soxta maʼlumotlar kiritilganligi sud tomonidan tasdiqlanganda;
sertifikat olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqiy emas, deb topilganda;
sud qarori bilan auditorning kasbiy faoliyat yuritish huquqi bekor qilinganda.
Sertifikatning amal qilish muddati energiya auditorining oʻz ixtiyoriga koʻra muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Mazkur bandning beshinchi va oltinchi xatboshilariga muvofiq sertifikat muddatidan oldin toʻxtatilgan hollarda, nomzod platforma orqali 3 ish kunida xabar berish majburiyatini oladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
29. Sertifikatning amal qilishi muddatidan oldin bekor qilingan va (yoki) sertifikat muddati tugagan energiya auditorlari Agentlik tomonidan bu haqda yozma yoki elektron shaklda platforma orqali sertifikat bekor qilingan yoki muddati tugagan kundan boshlab 3 ish kunida xabardor qilinadi va ushbu maʼlumot tegishli Reyestrda aks ettiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Energiya auditorlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Energiya auditorlarini sertifikatlash tartibi boʻyicha
SXEMA
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Talabgor
Talabgor sertifikat olish uchun platforma orqali elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida pochta orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Komissiya
Arizalar koʻrib chiqiladi hamda nomzodning shaxsiy kabinetiga sertifikatlash boʻyicha imtihonga kiritilishi toʻgʻrisida yoki rad etish boʻyicha asoslar koʻrsatilgan holda platforma yoki pochta orqali xabar yuboriladi.
15 kun muddatda
3-bosqich
Komissiya
Talabgorlarga platforma orqali sertifikatlash imtihonlarini oʻtkazish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar beradi.
Imtihon oʻtkazish sanasiga kamida 7 kun qolganda
4-bosqich
Platforma
1. Imtihon test sinovlari shaklida oʻtkaziladi.
Har chorakda kamida bir marotaba
2. Imtihon natijalari imtihon oʻtkazilgan kunda platforma orqali talabgor elektron shaklda maʼlum qilinadi.
1 kun ichida
3. Sertifikatlash imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga sertifikatlarni platforma orqali yuklab olish imkoni yaratiladi.
3 ish kunida
Energiya auditorlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Energiya auditorlari sertifikatlashdan oʻtganligi toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son qaroriga 3-ILOVA
Energiya servis xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Ushbu Nizom energiya servis xizmatlarini koʻrsatish va energiya servis shartnomasini tuzish tartibi, shartlari, energiya servis xizmatlarini moliyalashtirish, energiya servis xizmatlari boʻyicha loyiha va pudrat tashkilotlarini tanlash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
Ushbu Nizom talablari davlat organlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning energiya servis kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda — ESKO) bilan tuzilgan energiya servis xizmatlariga oid shartnomaviy munosabatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Ushbu Nizom doirasidagi barcha xizmatlar, shartnomalar va loyihalar boʻyicha munosabatlar ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
buyurtmachi — energiya samaradorligini oshirish xizmatlariga ehtiyoj mavjud boʻlgan, loyihaga buyurtma berayotgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar;
FIDIC shartlari — xalqaro qurilish va muhandislik loyihalari boʻyicha shartnomaviy munosabatlarni tartibga soluvchi standart shartlar toʻplami;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari]
energiya servis xizmatlari — energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oshirish maqsadida qurilish, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajarish, energiya qurilmalarini ishga tushirish hamda bunday qurilmalar mavjud boʻlgan obyektlarda energiya auditini oʻtkazish, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq kompleks xizmatlar (ishlar, tadbirlar);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
energiya servis kompaniyasi (ESKO) — energiya servis xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga muvofiq energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oshirish maqsadida qurilish, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajarish, energiya qurilmalarini ishga tushirish hamda bunday qurilmalar mavjud boʻlgan obyektlarda energiya auditini oʻtkazish, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish bilan kompleks ravishda shugʻullanadigan yuridik shaxs;
energiya servis shartnomasi — energiya servis kompaniyasi va buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnoma boʻlib, energiya servis kompaniyasining energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan xizmatlari (ishlari, tadbirlari) yuzasidan taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi;
ESKO loyihalari — shartnoma asosida energiya servis xizmatlarini koʻrsatishga qaratilgan loyihalar;
oʻlchash va tasdiqlash — energiya samaradorligi loyihalari natijasida erishilgan energiya samaradorligi koʻrsatgichlarini aniqlash.
2-bob. Energiya servis shartnomasini tuzish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
4. Energiya servis shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) korxonalar, tashkilotlarning bino va inshootlari, yakka tartibdagi uy-joylar yoki boshqa obyektlarda energiya samaradorligi tadbirlari hamda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali energiya resurslaridan foydalanish samarasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
5. Shartnomani tuzishda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy asoslari toʻgʻrisida”gi Qonuniga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladilar.
6. Shartnomada asosiy shartlar bilan bir qatorda quyidagi shartlar koʻrsatilishi kerak:
energiya samaradorligi tadbirlarining texnik vazifasi va loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
loyiha predmeti va moliyalashtirish shartlari hamda loyiha davridagi tavakkalchiliklarni kafolatlash mexanizmlari;
loyihadan talab qilinadigan natija hamda loyiha natijasida tejaladigan energiya resurslarini oʻlchash va tasdiqlash;
shartnoma muddati, shu jumladan, shartnoma boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar va ishlarning bajarilish muddatlari, moliyaviy shartlar, loyihaning natijalarini taqsimlash shakli, qabul va topshirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
nazorat va hisobot mexanizmlari.
Shartnomaga qoʻshimcha ravishda quyidagilar kiritilishi mumkin:
shartnomaning amal qilish davrida energiya resurslaridan foydalanishning boshqa shartlari;
foydalaniladigan energiya resurslarini oʻlchash vositalarini oʻrnatish va ishga tushirish yuzasidan energiya servis kompaniyasining majburiyatlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
shartnomani amalga oshirish natijasida tejalgan (iqtisod qilingan) energiya resurslari qiymatidan kelib chiqib, energiya servis xizmati uchun mukofot pullarini toʻlash va boshqalar.
Xalqaro ESKOlari jalb etilganda shartnomalar FIDIC shartlari asosida tuzilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot]
7. Shartnomalar roʻyxati (shartnoma nomi, tuzilgan sanasi va shartnoma tomonlarining nomini koʻrsatgan holda) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasida (keyingi oʻrinlarda — platforma) yuritiladi.
3-bob. ESKO loyihalarini moliyalashtirish tartibi
8. Quyidagilar ESKO loyihalarini moliyalashtirish manbalari boʻlishi mumkin:
ESKOlarining oʻz mablagʻlari;
buyurtmachi mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
tijorat banklari kreditlari;
xalqaro moliya institutlari, xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning kreditlari va grantlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa manbalar mablagʻlari.
9. ESKO loyihasini amalga oshirish natijasida ushbu loyiha obyektining xarajatlar smetasida energiya resurslari xarajatlari uchun rejalashtirilgan mablagʻlarning iqtisod qilinishi natijasida boʻshagan mablagʻlar hisobidan shartnomalarda nazarda tutilgan tartib va muddatlarda ESKO loyihasi uchun sarflangan xarajatlar qoplab borilishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
Shartnomalarning amal qilish davrida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarni moliyalashtirishda kommunal xizmatlar uchun, shu jumladan, tariflar oʻsishini hisobga olib, ilgari nazarda tutilgan budjet ajratmalari miqdori saqlab qolinadi hamda kelgusi moliya yillari uchun xarajatlar smetasini rejalashtirishda oʻtgan yilda ushbu xarajatlar hisobidan iqtisod qilingan (kamaytirilgan) mablagʻlarning qisqartirilishi taqiqlanadi.
4-bob. ESKO loyihalari boʻyicha loyiha va pudrat tashkilotlarini tanlash, ulardan maʼlumotlar olish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
10. Davlat buyurtmasi asosida davlat tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning obyektlari uchun ESKO loyihalari boʻyicha loyiha va pudrat tashkilotlari amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda tanlanadi.
11. Loyihaning amalga oshirilishi buyurtmachi tomonidan monitoring qilib boriladi.
Bunda buyurtmachilar shartnoma imzolangan kundan boshlab shartnomada belgilangan muddat va shartlarga asosan monitoring yuritadi.
12. ESKOlari har yarim yilda ESKO loyihalari doirasida Agentlikka quyidagi maʼlumotlarni taqdim etib boradi:
energiya servis loyihasi boʻyicha natijalar;
har bir obyekt boʻyicha oʻlchash va tasdiqlash natijalari;
muammolar va ularni bartaraf etish choralari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
13. Agentlik bir yilda kamida ikki marta bajarilgan ESKO loyihalari doirasida erishilgan energiya samaradorligi koʻrsatkichlari boʻyicha tahlil qiladi, zaruratga koʻra, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, buyurtmachiga taqdim etadi.
14. Agentlik ESKOlar taqdim etgan hisobotlar asosida ESKOlarning faoliyati boʻyicha baholash reytingini tuzadi va baholash natijalarini platformada eʼlon qilib boradi.
5-bob. ESKOlarini yagona reyestrga kiritish va reyestrni yuritish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
15. Agentlik platformada ESKOlarining yagona reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantiradi, doimiy ravishda har bir ESKO natijalari yangilanishini taʼminlaydi.
16. ESKO Reyestrga Agentlik tomonidan quyidagi hollarda kiritiladi:
kamida bitta energiya auditori sertifikatiga ega boʻlgan xodimi boʻlsa;
kamida bitta shartnomani muvaffaqiyatli yakunlagan boʻlsa.
17. Reyestr platformada onlayn rejimda yuritib boriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
Reyestrda ESKOning nomi, yuridik manzili, STIR, ESKO tomonidan amalga oshirilgan loyihalarning umumiy soni va muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
18. ESKO quyidagi hollarda Agentlik tomonidan Reyestrdan chiqariladi:
ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq taqdim etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi aniqlanganda;
buyurtmachining ESKO tomonidan bajarilgan ishlar natijasida aniqlangan hamda toʻgʻrilab boʻlmaydigan nuqsonlar boʻyicha oʻz tasdigʻini topgan murojaatlari asosida.
6-bob. Yakunlovchi qoida
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son qaroriga 4-ILOVA
“Yashil taʼmir” krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.10.00 Ekologik sertifikatlashtirish]
1. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning “Yashil taʼmir” platformasida shakllantirilgan “Yashil loyiha” sertifikati asosida aholiga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan “yashil taʼmir” kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish (keyingi oʻrinlarda — kompensatsiya) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
jismoniy shaxs (qarz oluvchi) — tijorat bankiga “yashil taʼmir” kreditini olish uchun ariza taqdim etgan fuqarolar;
kompensatsiya — ajratilgan “yashil taʼmir” krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish uchun Agentlik tomonidan tijorat bankining tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan mablagʻ;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
“yashil taʼmir” krediti — tijorat banklari tomonidan aholiga turar joy binolarining energiya xarajatlarini kamaytirish maqsadida, shu jumladan, quyosh panellari, geliokollektorlar va issiqlik nasoslari (havo, suv va geotermal) oʻrnatish, devor va tomni izolyatsiya qilish, deraza va eshiklarning issiqlik yoʻqotishlari va oʻtkazuvchanligini kamaytiruvchi turlariga almashtirish hamda oʻrnatilgan qozon va havo sovitish-isitish (konditsioner) tizimlarini energiya tejamkor turlariga almashtirish uchun “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning “Yashil loyiha” sertifikati asosida ajratiladigan kreditlar.
3. Ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya ajratish uchun Agentlik va tijorat banki oʻrtasida Bosh kelishuv (keyingi oʻrinlarda — kelishuv) tuziladi va kelishuv shartlari tijorat banklari tomonidan ushbu kelishuv tuzilgan sanadan keyin ajratilgan “yashil taʼmir” kreditlari uchun tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
4. Tijorat banki kelishuvni tuzish uchun bankning tegishli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan bitimni tuzish toʻgʻrisidagi qaror yoki kelishuv tuzish vakolatini beruvchi boshqa hujjatning nusxasini ilova qilgan holda Agentlikka murojaat qiladi.
2-bob. Kompensatsiya ajratish tartibi
5. Agentlik kompensatsiyani tijorat bankiga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
6. Kompensatsiya tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga “yashil taʼmir” kreditlari boʻyicha toʻlab beriladi. Bunda kompensatsiya “yashil taʼmir” kreditlari foiz stavkasining 19 foizidan oshgan qismiga, biroq 4 foizlik banddan oshmagan miqdorda kreditning dastlabki 5 yil muddati davomida toʻlab beriladi.
Bunda qarz oluvchi Aholi uy-joylarini energiya auditidan oʻtkazish, energiya samarador qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatishda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasida belgilangan tartibda Agentlik yagona reyestriga kiritilgan energiya auditorlari tomonidan energiya auditidan oʻtkazilgan va xulosa olingan holda ajratiladi.
7. Bir jismoniy shaxs tomonidan bir vaqtning oʻzida ikkita “yashil taʼmir” kreditlari boʻyicha kompensatsiya olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda kompensatsiya birinchi olingan “yashil taʼmir” krediti boʻyicha beriladi.
8. Kompensatsiya oladigan jismoniy shaxslar Agentlikning buyurtmanomasida qarz oluvchi sifatida koʻrsatilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) boʻyicha aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
9. Agentlik tomonidan “yashil taʼmir” kreditlari boʻyicha beriladigan kompensatsiya belgilangan tartibda Agentlik mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Bunda Agentlik tomonidan ajratiladigan kompensatsiya miqdorlari har yili moliya yili davomida choraklar kesimida taqsimlangan holda prognoz qilinadi.
10. Moliya yili davomida samaradorlik koʻrsatkichlari va tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib, kompensatsiya ajratish toʻxtatilishi, shuningdek, kompensatsiya ajratish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
11. “Yashil taʼmir” krediti shartnomalari boʻyicha kreditni qaytarish jadvaliga oʻzgartirish kiritilganda, amaldagi kredit shartnomasi shartlari mutanosib ravishda oʻzgartiriladi.
Bunda kompensatsiya miqdorlari qayta hisob-kitob qilinib, kredit muddatiga mos ravishda tijorat bankiga toʻlab boriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
12. Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning tijorat banklariga kredit berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻplami hamda “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning “Yashil loyiha” sertifikatini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishi kompensatsiya tashabbusiga asos hisoblanadi.
13. Tijorat banki tomonidan jismoniy shaxsga “yashil taʼmir” krediti va kompensatsiya ajratish shartlari boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinib, qarz oluvchi va tijorat banki oʻrtasidagi kredit shartnomasiga muvofiq ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishini monitoring qilgandan soʻng ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan shartlarda kompensatsiya ajratiladi.
14. Tijorat banki kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan jismoniy shaxslarga kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi buyurtmanoma bilan har oyda keyingi oyning 10-sanasiga qadar Agentlikka murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda kompensatsiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma;
“yashil taʼmir” kreditlari ajratilgan jismoniy shaxslarning roʻyxati (kredit oluvchining F.I.O., JSHSHIR, kredit summasi, kredit muddati, foiz stavkasi, kredit maqsadi, qaytarish jadvali shakli, kredit berilgan sana, kreditni qaytarish sanasi, 16325-hisobvaragʻidagi hisoblangan foizlar, energiya auditi shartnomasi raqami va sanasi hamda boshqa maʼlumotlar).
15. Buyurtmanoma hamda jismoniy shaxslar boʻyicha koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi boʻyicha tijorat bankining buyurtmanomani imzolagan mansabdor shaxsi javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
16. Agentlikka notoʻgʻri va/yoki haqiqiy boʻlmagan maʼlumotlarning taqdim qilinishi, ushbu maʼlumotlar asosida kompensatsiya olganlik, shuningdek, tijorat banki va qarz oluvchi tomonidan majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmagani uchun Agentlik javobgar hisoblanmaydi.
17. Ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka kelib tushgan sanadan boshlab uch ish kuni ichida Agentlik tomonidan koʻrib chiqiladi hamda ushbu Nizomda belgilangan talablardan kelib chiqib, kompensatsiya ajratishni maʼqullash yoki kompensatsiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida maʼlum qilinadi.
Rad etilgan buyurtmanoma tijorat bankiga bir ish kunida kompensatsiya ajratishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda qaytariladi.
Bunda kompensatsiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:
muddati oʻtgan qarzdorlik 90 kundan oshib ketganda.
Agentlik tomonidan kompensatsiya ajratilishi rad etilgani toʻgʻrisida buyurtmanoma olgan tijorat banki bir ish kuni ichida bu haqida hududiy filialini va qarz oluvchini xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar]
18. Kompensatsiya ajratish maʼqullangan buyurtmanoma koʻrib chiqilgandan soʻng, uch ish kuni ichida tijorat banki ushbu buyurtmanoma boʻyicha kompensatsiyani alohida ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.
19. Agentlik tomonidan kompensatsiya ajratilishi shartlari tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida imzolanadigan “yashil taʼmir” krediti shartnomasida alohida band bilan koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
20. “Yashil taʼmir” krediti shartnomasida Agentlik tomonidan ajratiladigan kompensatsiyaning miqdori va shartlari koʻrsatiladi.
21. Agentlik mablagʻlardan foydalanish yuzasidan monitoring yuritadi hamda monitoring natijasida aniqlangan holatlarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Agentlik tomonidan ajratilgan kompensatsiya mablagʻlarining maqsadli ishlatilishini oʻrganish maqsadida tijorat banklaridan kompensatsiya mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari, qarz oluvchilarning 16325-hisobvaraqlari hamda kompensatsiyaga tegishli boshqa hisobvaraqlari aylanmalari soʻralishi mumkin.
Agentlik tomonidan kompensatsiyaning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring yuritish davrida tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasi va kreditni qaytarish jadvali talab qilib olinishi mumkin.
3-bob. Kompensatsiya hisobini yuritish
22. Tijorat banki kompensatsiya shartnomalariga asosan hisoblangan va Agentlik tomonidan kompensatsiya ajratilgan foiz toʻlovlarining hisobini alohida 16325 balans hisobvaraqlarida yuritadi.
23. Agentlik tomonidan kompensatsiya bank roʻyxati asosida bir qancha kredit shartnomalari boʻyicha bankning 29801 tranzit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda 29801 tranzit hisobvaragʻiga tushadigan mablagʻlar bankning Agentlik kompensatsiyalari hisobidan qoplanadigan hisoblangan foizlar 16325-hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
24. Qarz oluvchilar kreditni muddati oʻtganidan soʻng qaytargan holatlarda, ajratiladigan kompensatsiya miqdori tasdiqlangan qaytarish jadvalida qayd etilgan miqdordan oshmasligi lozim.
25. Agentlik tijorat banklarining xabariga asosan kreditlar boʻyicha kompensatsiya ajratishni quyidagi holatlarda toʻxtatadi:
foiz toʻlovlari kompensatsiya qilinadigan kreditdan maqsadsiz foydalanilganda;
qarz oluvchi toʻlovlar jadvaliga muvofiq bankka toʻlovlarni toʻlash majburiyatlarini uch oy ichida ketma-ket bajarmaganda;
qarz oluvchi tomonidan kredit miqdori muddatidan oldin soʻndirilganda;
tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
qarz oluvchining bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari xatlovga olinganda;
qarz oluvchining tijorat bankiga taqdim etgan hujjatlarida ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgani aniqlanganda.
26. Tijorat banki belgilangan tartibda qarz oluvchi bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq qarz oluvchining “yashil taʼmir” krediti hisobidan olingan uskunalarning holatini oʻrganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring yuritadi.
27. Tijorat banki ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, Agentlikni kompensatsiya ajratishni toʻxtatish uchun uch ish kuni ichida xabardor qiladi.
28. Agentlik tijorat bankidan xabarnomani olgandan soʻng uch ish kuni ichida kompensatsiya ajratish toʻxtatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va toʻxtatish sabablari koʻrsatilgan yozma xabarnomani tijorat bankiga yuboradi.
29. Agentlik qarorini olgandan soʻng tijorat banki bir ish kunida qarz oluvchini foiz toʻlovlarining bir qismini kompensatsiya qilish toʻxtatilgani toʻgʻrisida xat orqali xabardor qiladi.
30. Qarz oluvchining krediti boʻyicha kompensatsiya ajratishni qayta tiklashga faqatgina ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
31. Tijorat banki har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Agentlikka uning kompensatsiya mablagʻlarining sarflanishi mijozlar kesimida soʻndirish sanasi va boshqa maʼlumotlar toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etib boradi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
32. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Yashil taʼmir” krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Agentlik hisobidan “yashil taʼmir” krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish uchun kompensatsiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Qarz oluvchi
Qarz oluvchi tijorat banki yoki uning hududiy filialiga “yashil taʼmir” kreditini ajratish toʻgʻrisida murojaat qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Tijorat banki
“Yashil taʼmir” krediti foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya ajratish boʻyicha buyurtmanoma, “yashil taʼmir” kreditlari ajratilgan jismoniy shaxslarning roʻyxatini Agentlikka taqdim etadi.
Har oyning 10-sanasiga qadar
3-bosqich
Agentlik, tijorat banki
1. Agentlik tijorat banki tomonidan yuborilgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi hamda belgilangan talablardan kelib chiqib, kompensatsiya ajratishni maʼqullaydi yoki kompensatsiya ajratishni rad etadi.
3 ish kuni ichida
2. Agentlik rad etilgan buyurtmanomani tijorat bankiga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda xat orqali yuboradi.
1 ish kuni ichida
3. Tijorat banki qarz oluvchini kompensatsiya ajratilishi toʻgʻrisida xat orqali xabardor qiladi.
1 ish kuni ichida
4-bosqich
Agentlik
Kompensatsiya ajratish maʼqullangan buyurtmanomalar boʻyicha kompensatsiyani tijorat bankining alohida ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
3 ish kuni ichida
“Yashil taʼmir” krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Buyurtmanoma beruvchi: _______________________________ banki
Buyurtmanomani qabul qiluvchi:Energiya samaradorligi milliy agentligi
Kompensatsiya summasi: _________________________
Hisobvaraq: _______________________
“yashil taʼmir” krediti ajratilgan mijozlar roʻyxati ilova qilinmoqda.
Buyurtmanoma beruvchi:
_______________________________ banki
Boshqaruvi raisi
_________________________ F.I.O.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son qaroriga 5-ILOVA
Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va boshqa energiya samarador uskunalarning savdolarini oʻtkazish, shartnomalarni tuzish, yetkazib berish hamda oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va boshqa energiya samarador uskunalarning savdolarni oʻtkazish va shartnomalarni tuzish, yetkazib berish hamda oʻrnatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yetkazib beruvchi — platforma orqali mahsulot yetkazib beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar;
mahsulot — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va boshqa energiya samarador uskunalar;
platforma operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ;
platforma ishtirokchisi — yetkazib beruvchi, energiya servis kompaniyalari, talabgor va energiya auditorlari;
talabgor — platforma orqali mahsulot sotib oluvchi jismoniy shaxslar;
shaxsiy kabinet — platforma ishtirokchilarining savdolarda ishtirok etishini hamda zarur axborotni joylashtirishni va undan foydalanishni, shuningdek, hisob-kitoblarni amalga oshirishini taʼminlaydigan alohida sahifa;
oʻxshash mahsulotlar — funksional maqsadi, kiritilgan parametrlari, qoʻllanishi, sifati va texnik xususiyatlari bir xil boʻlgan mahsulotlar;
zakalat — talabgor tomonidan tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlar toʻliq hajmda toʻlanishini hamda yetkazib beruvchi tomonidan oʻzining takliflarini taʼminlash usuli;
Hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKKP) — boʻnak toʻlovlarini deponentlash va hisobga olish orqali shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajara oladigan platforma ishtirokchilarining savdolarga kirishini taʼminlovchi platforma operatorining tarkibiy boʻlinmasi.
2-bob. Platformada ishtirokchilarni roʻyxatga olish
3. Jismoniy va yuridik shaxslar platformada ishtirokchi sifatida “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
4. Platformada roʻyxatga olish yakunlari bilan bir ish kuni davomida platforma ishtirokchilariga foydalanuvchining individual raqamini beriladi hamda tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni va talab qilish huquqini hisobga olish uchun zarur boʻlgan tegishli shaxsiy hisobvaraq ochiladi.
3-bob. Platforma operatorining huquq va majburiyatlari
5. Platforma operatori quyidagi huquqlarga ega:
platformada joylashtirilgan maʼlumotlarga texnologik va axborot xavfsizligini taʼminlash talablarini belgilash;
platforma ishtirokchilariga xizmatlar koʻrsatish shartlarini belgilash (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
platforma ishtirokchilari uchun talablarni belgilash;
platforma ishtirokchilarining belgilangan qoidalarga rioya etmaslik holatlari aniqlanganda, shuningdek, platforma operatori yoki platforma ishtirokchilari oldida toʻlanmagan qarzlari mavjud boʻlganda, platformada tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmaganda, ularga xizmat koʻrsatishni toʻxtatib turish;
platforma ishtirokchilariga elektron tijorat bilan bogʻliq axborotlarni yetkazish, maʼlumot va maslahat berish hamda boshqa qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish;
boshqa axborot vositachilari bilan hamkorlikda maʼlumotlar bazasini yaratish;
platforma operatori qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
6. Platforma operatori platformaning barqaror, uzluksiz va ishonchli ishlashini taʼminlaydi, uning barcha funksional jarayonlari belgilangan tartib va talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishiga masʼul hisoblanadi.
7. Platforma operatori quyidagilarga majbur:
elektron tizimning uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan axborotlarning toʻliq saqlanishini, oʻz elektron resursi belgilangan tartibda tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari bilan uygʻunlashgan holda ishlashini taʼminlash;
texnik xizmat koʻrsatish, maʼlumotlar xavfsizligi, foydalanuvchilar uchun shaffoflikni taʼminlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq platformada mavjud boʻlgan axborotlardan bepul va erkin foydalanishini taʼminlash;
amalga oshirilgan xaridlar natijalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish va doimiy yangilab borish;
platformada tuzilgan shartnomalar reyestrini shakllantirish va yuritish;
respublika ijro etuvchi hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalariga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda axborotlardan foydalanish imkonini yaratish;
platformaga axborot joylashtirilgan vaqtdan boshlab uning maʼlumotlar bazasida oʻn yil mobaynida saqlanishini taʼminlash;
HKKP platforma ishtirokchilarining shaxsiy hisobvaraqlari ochilishini taʼminlash;
platformada maʼlumotlari yetarli boʻlmagan oferta takliflarining joylashtirilishi boʻyicha monitoring yuritish;
platforma operatori qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
8. Platforma operatori:
savdolarni amalga oshirish va mahsulot narxlarini belgilash jarayonlariga aralashishga, kontragentlarni tanlash va shartnomalar tuzishda platforma ishtirokchilarining erkinligini cheklashga, shuningdek, platforma ishtirokchilarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga;
uzatiladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning ishonchliligini, shuningdek, agar qonunchilik hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga;
platforma ishtirokchilari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning mazmunini oʻzgartirishga haqli emas.
9. Platforma operatori ishtirokchilar tomonidan taqdim etiladigan elektron hujjat va xabarlarning, shuningdek, oʻtkaziladigan savdolar boʻyicha platformaga joylashtiriladigan axborotlarning mazmuni bilan bogʻliq huquqiy oqibatlar uchun javobgar hisoblanmaydi.
4-bob. Platforma ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
10. Platforma ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
tomonlar oʻrtasida tuzilgan bitimning ijrosida yuzaga keladigan kelishmovchilik va nizolar boʻyicha sud tartibida shikoyat qilish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq takliflarga oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni qaytarib olish (takliflar akseptlangunga qadar).
Platforma ishtirokchisi qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
11. Platforma ishtirokchisi:
ushbu Nizom talablariga rioya etishi;
taqdim etilgan axborotning ishonchliligini taʼminlashi;
savdolarda gʻolib deb topilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda shartnoma tuzishi shart.
Platforma ishtirokchisi qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
12. Platforma ishtirokchisi oʻzi tomonidan taqdim etilgan elektron hujjat va xabarlarning, shuningdek, oʻtkaziladigan savdolar boʻyicha platformaga joylashtirgan axborotlarning mazmuni uchun javobgar hisoblanadi.
13. Davlat buyurtmachilari tomonidan energiya samarador qurilma va uskunalarni sotib olish hamda bino va inshootlarni energiya samaradorligi boʻyicha taʼmirlash va (yoki) qayta jihozlash xizmatlari bilan bogʻliq xaridlar ustuvor ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda Platforma orqali raqobatli shaklda (elektron doʻkon, eng yaxshi takliflarni tanlash va tender mexanizmi asosida) oʻtkaziladi.
5-bob. Platformada eʼlonlarni joylashtirish tartibi
14. Yetkazib beruvchining platformaga mahsulotni yetkazib va oʻrnatib berish boʻyicha joylashtirgan taklifi talabgorlarga yuborilgan ommaviy oferta hisoblanadi.
15. Yetkazib beruvchi tomonidan platformaga joylashtiriladigan taklifda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
savdoga qoʻyilayotgan mahsulotning nomi;
mahsulotning markasi;
soni;
ishlab chiqaruvchi nomi;
texnik xususiyatlari;
quvvat oʻlchov birligi;
mahsulotning sotish narxi;
mahsulot ishlab chiqarilgan yil;
yaroqlilik muddati;
kafolat muddati;
yetkazib berish muddati;
yetkazib va oʻrnatib berish hududlari (viloyat, tuman);
tovar fotosurati.
16. Yetkazib beruvchining ofertasi u Platformaga joylashtirilib, savdolar uchun faollashtirilgan paytdan eʼtiboran oʻn besh ish kuni mobaynida amal qiladi. Ushbu muddat tugagandan soʻng yetkazib beruvchi uni yana oʻn besh ish kuniga aktivlashtirishga haqli.
17. Oferta talabgor tomonidan akseptlangunga qadar yetkazib beruvchi ofertani har qanday muddatda qaytarib olishga yoki unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga haqli hisoblanadi.
18. Platformada qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (quyosh panellari, geliokollektor, issiqlik nasoslari) sotishni tashkil etish bilan bogʻliq xizmatlar uchun bitim summasidan 0,15 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda yetkazib beruvchidan komissiya undiriladi.
Bunda ushbu yigʻimdan tushadigan mablagʻning 60 foizi platforma operatori va 40 foizi Agentlik huzuridagi Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
6-bob. Savdolarni oʻtkazish tartibi
19. Platformada savdolar mahsulot narxi soʻrovidan foydalangan holda oʻtkaziladi.
20. Talabgor savdoning mahsulot narxi soʻrovi shaklida yetkazib beruvchi ofertasini oʻrganib chiqadi hamda oʻzi xohlagan mahsulotni tanlaydi va mahsulot narxi soʻrovi mexanizmidan foydalanadi.
21. Talabgorning mahsulot narxi soʻrovi offerentga va shunga oʻxshash mahsulotlarni taklif etayotgan barcha yetkazib beruvchiga mahsulot narxi talabida ishtirok etish uchun yuboriladi.
22. Yetkazib beruvchi mahsulot narxi soʻrovida ishtirok etish uchun taklif yuborilgan paytdan boshlab 24 soat ichida oʻz taklifini faqat bir marta taqdim etish huquqiga ega.
23. Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan mahsulot narxi taklifi avtomatik ravishda platforma tomonidan taqqoslanadi.
24. Platforma bitimni talabgor tomonidan tanlangan yetkazib beruvchining ofertasida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq va yetkazib beruvchi tomonidan taklif qilingan eng past narxda tuzadi.
25. Agar boshqa yetkazib beruvchi mahsulotning boshlangʻich narxidan past narxni taklif qilmasa, elektron tizim talabgor va u tanlagan oferta yetkazib beruvchisi oʻrtasidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazadi.
26. Bitim boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlari shartnoma elektron tizimda roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
27. Platformaning raqobatli shakllaridan foydalangan holda tuzilgan shartnomadagi mahsulot narxi oferta joylashtirilgan paytdan eʼtiboran 24 soatdan kam boʻlmagan vaqt mobaynida ikki va undan ortiq salohiyatli platforma ishtirokchilariga raqobatli takliflarni erkin ravishda topshirish imkoni berilgan taqdirda, bozor narxi deb eʼtirof etiladi.
7-bob. Hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
28. Platformada bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar HKKP orqali amalga oshiriladi. Bunda taraflar shartnoma taʼminoti sifatida zakalatdan foydalanadi.
29. Zakalat miqdori eʼlon joylashtirilgan vaqtda yetkazib beruvchi va talabgor uchun shartnoma qiymatining 3 foizi miqdorida belgilanadi.
30. Platforma ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtgandan soʻng HKKPning “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga xizmat koʻrsatuvchi bankda ochilgan ikkilamchi hisobvaragʻiga savdolarda ishtirok etish hamda oʻz majburiyatini bajarish uchun mablagʻni oʻtkazadi. Jismoniy shaxslar savdolarda bank kartalaridan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.
31. Elektron kliring tizimi har bir savdodan oldin buyurtmalarning taʼminlangani boʻyicha nazoratni amalga oshiradi. Buyurtmalarning taʼminlangani savdolar doirasida tuziladigan bitimlarga muvofiq buyurtmalar boʻyicha nazorat qilinadi.
32. Talabgor savdolar doirasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻliq hajmda amalga oshirish uchun ushbu shartnoma elektron tizimda roʻyxatga olingan paytdan boshlab 5 ish kunida oʻzining HKKPdagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazadi. Bunda zakalat shartnoma boʻyicha toʻlov summasiga qoʻshib hisoblanishi mumkin.
33. Agar talabgor shartnomada belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirmasa, uning zakalati bir ish kuni mobaynida yetkazib beruvchining HKKPdagi tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
34. HKKP tuzilgan shartnoma boʻyicha talabgordan tushadigan toʻlov summasini band qilib qoʻyadi va mablagʻlar tushadigan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan bu toʻgʻrisida yetkazib beruvchiga xabarnoma yuboradi.
Ushbu xabarnoma yetkazib beruvchiga mahsulotni talabgorga yetkazib berish va oʻrnatish uchun asos boʻladi.
35. Yetkazib beruvchi HKKPdan mablagʻ tushgani toʻgʻrisidagi xabarnoma kelishidan oldin mahsulotni talabgorga yetkazib bergan taqdirda, talabgor tomonidan qabul qilingan mahsulot boʻyicha toʻlov amalga oshirilmasligi bilan bogʻliq xatarlar yetkazib beruvchining zimmasida boʻladi.
36. Yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib va oʻrnatib berilgandan soʻng yetkazib beruvchi bu toʻgʻrisidagi axborotni mahsulot yetkazib va oʻrnatib berilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida, lekin bitim shartlaridagi mahsulotni oxirgi yetkazib berish kunidan kechiktirmasdan, oʻzining shaxsiy kabineti orqali HKKP va talabgorga taqdim etadi.
37. Talabgor bitim boʻyicha mahsulot yetkazib va oʻrnatib berilgani toʻgʻrisidagi axborotni olgandan keyin ikki ish kuni mobaynida uni tasdiqlashi yoki rad etishi toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining shaxsiy kabineti orqali platformaga joylashtirishga majbur hisoblanadi.
Mahsulot yetkazib va oʻrnatib berilgani toʻgʻrisidagi axborot talabgor tomonidan belgilangan muddatda tasdiqlanmaganda yoki rad etilmaganda, mahsulot yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
38. Platforma tuzilgan shartnomaga muvofiq mahsulot toʻliq hajmda yetkazilgan va oʻrnatilgani haqidagi maʼlumotni olgandan soʻng bir ish kuni mobaynida:
elektron toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi va platforma operatoriga xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboradi, bank esa toʻlov topshiriqnomasini olgandan soʻng bir ish kuni mobaynida talabgorning mablagʻini yetkazib beruvchiga yuboradi;
yetkazib beruvchining zakalatiga qoʻyilgan bandni bekor qiladi va zakalatni yetkazib beruvchining shaxsiy hisobvaragʻiga qaytaradi (zakalat shartnoma boʻyicha toʻlash summasiga qoʻshib hisoblangan hollar bundan mustasno).
39. Tuzilgan shartnoma boʻyicha mahsulot yetkazib va oʻrnatib berilgani toʻgʻrisidagi axborot yetkazib beruvchi tomonidan taqdim qilinmaganda, HKKP ushbu shartnoma boʻyicha mahsulotni yetkazib va oʻrnatib berish muddati tugagandan soʻng uch ish kuni mobaynida talabgorning bitim boʻyicha mablagʻiga qoʻyilgan bandni bekor qiladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Tomonlar oʻrtasida yuzaga kelgan nizolar “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning Arbitraj komissiyasi yoki sud tartibida hal etiladi.
41. Platforma operatori ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etmagan platforma ishtirokchisini savdolarda ishtirok etishdan chetlatishga haqli.
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son qaroriga 6-ILOVA
Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik sanoati korxonalarining oʻz ehtiyojlari uchun quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatishga ajratiladigan kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik sanoati korxonalari (keyingi oʻrinlarda — korxonalar)da oʻz ehtiyojlari uchun quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatishga ajratiladigan kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan kompensatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yetkazib beruvchilar — platforma orqali quyosh panellarini yetkazib berish va oʻrnatishni taklif etuvchi yuridik shaxslar;
kompensatsiya — korxonalarning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatishga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish uchun Agentlik tomonidan tijorat banklarining tegishli hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan mablagʻ;
korxonalar — toʻqimachilik sanoati korxonalari;
platforma — Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi.
quyosh panellari — quyosh nurlaridan elektr energiyasi ishlab chiqarishga moʻljallangan qurilma;
3. Ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya ajratish uchun Agentlik va tijorat banki oʻrtasida Bosh kelishuv (keyingi oʻrinlarda — kelishuv) tuziladi va kelishuv shartlari tijorat banklari tomonidan kelishuv tuzilgan sanadan keyin ajratiladigan kreditlar uchun tatbiq etiladi.
2-bob. Kompensatsiya ajratish tartibi
4. Kompensatsiyalar tijorat banklariga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq Agentlik tomonidan ajratiladi.
5. Kompensatsiya Agentlikning yagona reyestriga kiritilgan energiya auditorlari tomonidan belgilangan tartibda energiya auditidan oʻtgan hamda quyosh panellarini platforma orqali xarid qilgan va oʻrnatgan korxonalarga ajratiladi.
Energiya auditidan oʻtkazishdan oldin auditor energiya auditidan oʻtkazish dasturini shakllantiradi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan kelishilgan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlariga ulash yuzasidan tegishli xulosasini oladi.
6. Energiya auditini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar korxonalarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
7. Kompensatsiya korxonalarga Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori va 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 2 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlarning 10 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga Agentlik mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
8. Kompensatsiyalar 3 yillik davr uchun:
dastlabki 12 oylik muddat uchun toʻliq;
keyingi ikki yil uchun, har yili korxonada oldingi yildagi kompensatsiya hisobidan boʻshagan (iqtisod qilingan) mablagʻlarni toʻliq energiya samaradorligini oshirish tadbirlariga yoʻnaltirilgani tasdiqlanganida ajratiladi.
Bunda korxonadagi energiya samaradorligini oshirish tadbirlari natijalari energiya auditorlari tomonidan oʻtkazilgan verifikatsiya asosida aniqlanadi va xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
9. Bir korxona tomonidan bir vaqtning oʻzida quyosh panelini xarid qilish va oʻrnatish bilan bogʻliq ikkita kredit boʻyicha kompensatsiya olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda kompensatsiya birinchi olingan kredit boʻyicha ajratiladi.
10. Korxona energiya auditori xulosasi asosida quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatish uchun platforma orqali ariza yuboradi.
11. Ariza berilgan kundan boshlab uch ish kunida platforma orqali eng arzon narxlarni taklif qilgan yetkazib beruvchilar va korxona oʻrtasida elektron shartnoma rasmiylashtiriladi.
12. Korxona kredit va kompensatsiya olish uchun platforma orqali korxonaning energiya auditori hamda yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomasi va boshqa zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qilgan holda tijorat bankiga murojaat qiladi.
13. Tijorat banki bosh ofisi har oyda, keyingi oyning 10-sanasiga qadar korxonalar tomonidan oʻziga tegishli foiz toʻlovi toʻlagandan soʻng, kredit berilgan korxonalar uchun kompensatsiya ajratish yuzasidan Agentlikka quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda platforma orqali murojaat qiladi:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda kompensatsiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma;
quyosh panellarni xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha kredit shartnomalari nusxasi, kreditlar ajratilgan korxonalarning roʻyxati (kredit oluvchining STIR, kredit summasi, kredit muddati, foiz stavkasi, kredit maqsadi, qaytarish jadvali shakli, kredit berilgan sana, kreditni qaytarish sanasi, 16325-hisobvaragʻidagi hisoblangan foizlar, energiya auditi shartnomasi raqami va sanasi hamda boshqa maʼlumotlar).
14. Buyurtmanoma hamda korxonalar boʻyicha koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi boʻyicha tijorat bankining buyurtmanomani imzolagan mansabdor shaxsi javobgar hisoblanadi.
15. Ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlikka kelib tushgan sanadan boshlab uch ish kuni ichida Agentlik tomonidan koʻrib chiqiladi hamda ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, kompensatsiya ajratishni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida platforma orqali maʼlum qilinadi.
Rad etilgan buyurtmanoma tijorat bankiga bir ish kunida kompensatsiya ajratishni rad etish asoslarini koʻrsatgan holda qaytariladi.
Bunda kompensatsiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:
qarz oluvchi korxona tomonidan oʻziga tegishli foiz toʻlovi toʻlanmaganda;
quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha kreditlar maqsadsiz ishlatilgani holati aniqlanganda;
buyurtmanomada koʻrsatilgan kompensatsiya miqdorlari ushbu Nizomga mos kelmaganda yoki kredit muddati uzaytirilganda;
ajratilgan kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik 90 kundan oshib ketganda;
kredit avvalgi yillarda xarid qilingan quyosh panellari uchun ajratilganda;
hujjatlardagi maʼlumotlar haqiqatda oʻrnatilgan quyosh paneli maʼlumotlariga mos boʻlmaganda;
buyurtmanomada koʻrsatilgan kreditlar kelishuv rasmiylashtirishdan oldin berilganda.
16. Agentlik tomonidan kompensatsiya ajratilishi rad etilganda tijorat banki bir ish kuni ichida bu haqida hududiy filialini va qarz oluvchi korxonani xabardor qiladi.
17. Kompensatsiya ajratish maʼqullangan buyurtmanoma boʻyicha kompensatsiya mablagʻlari Agentlik tomonidan uch ish kuni ichida tijorat bankining alohida ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Bunda kompensatsiya toʻlovlari Agentlik huzuridagi Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Qarz oluvchi korxonalarning kredit toʻlovlarini qaytarish grafiklaridagi oʻzgarishlar inobatga olinmasligi natijasida ortiqcha kompensatsiya toʻlovlari yuzaga kelganda, ushbu mablagʻlar tijorat bankining oʻz mablagʻlari hisobidan Agentlikka qaytarib toʻlab beriladi.
18. Kompensatsiya berilishi hisobidan korxonalarda boʻshagan (iqtisod qilingan) mablagʻlar maqsadli ravishda toʻliq mazkur korxonalarda energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq tadbirlarga yoʻnaltirilishi shart.
3-bob. Kompensatsiya hisobini yuritish
19. Tijorat banki kompensatsiya shartnomalariga asosan hisoblangan va Agentlik tomonidan kompensatsiya ajratilgan foiz toʻlovlarining hisobini alohida 16325 balans hisobvaraqlarida yuritadi.
20. Agentlik kompensatsiyasi bank roʻyxati asosida bir qancha kredit shartnomalari boʻyicha bankning 29801 tranzit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Bunda 29801 tranzit hisobvaragʻiga tushadigan mablagʻlar bankning 16325 hisobvaragʻiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi.
Korxona va bank oʻrtasidagi tuzilgan kredit shartnomasi shartlari oʻzgarganda, ilgari tasdiqlangan va hisoblangan kompensatsiya miqdori oshirilmaydi.
21. Korxonalar kreditni kechiktirib, muddati oʻtganidan soʻng qaytargan hollarda, ajratiladigan kompensatsiya summasi tasdiqlangan qaytarish jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
Qarz oluvchi korxona shartnomaning toʻlov jadvaliga muvofiq oʻziga tegishli boʻlgan kredit foiz toʻlovlarini (kompensatsiyadan tashqari) toʻliq toʻlagan boʻlishi shart.
22. Tijorat banklari korxona bilan tuzilgan kredit shartnomalari asosida belgilangan tartibda kreditlardan maqsadli foydalanilishini oʻrganish yuzasidan joyiga chiqqan holda monitoring qilib boradi.
23. Quyidagi holatlar aniqlanganda, tijorat banklari tomonidan platforma orqali ikki ish kunida kompensatsiya ajratishni toʻxtatish boʻyicha Agentlikka xabarnoma yuborilishi shart:
foiz toʻlovlari kompensatsiya qilinadigan kreditdan maqsadsiz foydalanilganlik holati aniqlanganda;
korxona toʻlovlar jadvaliga muvofiq toʻlovlarni toʻlash majburiyatlarini uch oy ketma-ket bajarmaganda;
korxona tomonidan kredit summasi muddatidan oldin soʻndirilganda;
tijorat banki va korxona oʻrtasida kredit shartnomasi bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
korxonaning bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari xatlovga olinganda;
korxona tomonidan kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarida ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda;
qarz oluvchining kompensatsiyani toʻxtatish toʻgʻrisidagi murojaati mavjud boʻlganda;
kredit shartnomasi toʻliq bekor qilinganda yoki qarz majburiyatlari boshqa shaxsga oʻtkazilganda;
korxona oʻz faoliyatini toʻxtatganda.
24. Ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangani toʻgʻrisidagi tijorat banklarining tegishli xabarnomasi olingan sanadan boshlab ikki ish kunida Agentlik kompensatsiya ajratishni toʻxtatish boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi va platforma orqali tijorat bankiga xabarnoma yuboradi.
25. Agentlikning tegishli xabarnomasi olinganidan soʻng tijorat banki bir ish kunida foiz toʻlovlarining bir qismini kompensatsiya qilish toʻxtatilgani boʻyicha korxonani xabardor qiladi.
26. Kompensatsiya ajratishni qayta tiklashga ushbu Nizomning 23-bandi uchinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarda koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng ruxsat beriladi.
27. Tijorat banki har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Agentlikka kompensatsiya mablagʻlarining korxonalar kesimida sarflanishi, kreditlarning soʻndirilish sanasi va boshqa maʼlumotlar boʻyicha hisobot taqdim etib boradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Taraflar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik sanoati korxonalarining oʻz ehtiyojlari uchun quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatishga ajratiladigan kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik sanoati korxonalarining oʻz ehtiyojlari quyosh panellarini oʻrnatishga ajratiladigan kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini kompensatsiya qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Toʻqimachilik sanoati korxonasi
Toʻqimachilik sanoati korxonasi tijorat banki yoki uning hududiy filialiga oʻz ehtiyojlari uchun quyosh panellari xarid qilish uchun kredit ajratish toʻgʻrisida murojaat qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Tijorat banki
Quyosh panellari xarid qilish uchun kredit foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya ajratish boʻyicha buyurtmanoma, kreditlar ajratilgan korxonalarning roʻyxatini Agentlikka taqdim etadi.
Har oyning 10-sanasiga qadar
3-bosqich
Agentlik, tijorat banki
1. Agentlik tijorat banki tomonidan yuborilgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi hamda belgilangan talablardan kelib chiqib, kompensatsiya ajratishni maʼqullaydi yoki kompensatsiya ajratishni rad etadi.
3 ish kuni ichida
2. Agentlik tomonidan rad etilgan buyurtmanoma tijorat bankiga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda xat orqali yuboriladi.
1 ish kuni ichida
3. Tijorat banki qarz oluvchi korxonani kompensatsiya ajratilishi toʻgʻrisida xat orqali xabardor qiladi.
1 ish kuni ichida
4-bosqich
Agentlik
Kompensatsiya ajratish maʼqullangan buyurtmanomalar boʻyicha mablagʻlarni tijorat bankining alohida ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
3 ish kuni ichida
Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik sanoati korxonalarining oʻz ehtiyojlari uchun quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatishga ajratiladigan kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Toʻqimachilik sanoati korxonalarining oʻz ehtiyojlari uchun quyosh panellarini oʻrnatish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish toʻgʻrisida
BUYURTMANOMA
20___ yil __________
Buyurtmanoma beruvchi: _______________________________ banki
Buyurtmanomani qabul qiluvchi:Energiya samaradorligi milliy agentligi
Kompensatsiya summasi: _________________________
Hisobvaraq: _______________________
Quyosh panellarini xarid qilish va oʻrnatish uchun kredit ajratilgan korxonalar roʻyxati ilova qilinmoqda.
Buyurtmanoma beruvchi:
_______________________________ banki
Boshqaruv raisi
_________________________ F.I.O.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 92-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
92.
Energiya auditorlik xizmatlari
”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-fevraldagi 108-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
uchinchi xatboshidagi “va ijtimoiy sohada” soʻzlari “jumladan, neft-gaz va elektr energetika sohasida (tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, koʻmir, elektr energiyasi va boshqalar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “va ijtimoiy sohaning” soʻzlari “jumladan, neft-gaz va elektr energetika sohasida (tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, koʻmir, elektr energiyasi va boshqalar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi “Respublika komissiyasining” soʻzlaridan soʻng “neft-gaz va elektr energetika sohasi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga oid masalalari boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, neft-gaz va elektr energetika sohasida (tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, koʻmir, elektr energiyasi va boshqalar) energiya samaradorligini oshirish, ushbu yoʻnalishlarda energiya sarfi hajmini pasaytirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shuningdek, sohada energiya tejovchi ilgʻor texnologiyalar faol joriy etilishini ragʻbatlantirish;
“iqtisodiyot tarmoqlari, jumladan, neft-gaz va elektr energetika sohasida (tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, koʻmir, elektr energiyasi va boshqalar) energiya samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish orqali investitsiya loyihalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yashil isteʼmol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 29-sentabrdagi 517-son qarorida:
“qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan oshmagan “yashil” isteʼmol kreditlari boʻyicha kredit foiz stavkasining 19 foizidan oshgan qismi, biroq 4 foizlik banddan oshmagan miqdorda tijorat banklariga 5 yil muddat davomida toʻlab beriladi”;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligining Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“6. Jamgʻarma tomonidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan oshmagan “yashil” isteʼmol kreditlari boʻyicha kredit foiz stavkasining 19 foizidan oshgan qismi, biroq 4 foizlik banddan oshmagan miqdorda tijorat banklariga 5 yil muddat davomida toʻlab beriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya taʼminotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 8-yanvardagi 13-son qarorida:
3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi “Yashil energiya” axborot tizimidan oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha erkin foydalanish huquqiga ega”;
5. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-oktabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini majburiy energiya auditidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Energetika vazirligi” soʻzlari “ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-band “isteʼmolchi mablagʻlari” soʻzlaridan keyin “va (yoki) energiya servis kompaniyalari mablagʻlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 14-band “Energetika vazirligi” soʻzlaridan keyin “ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 2-maydagi 292-son qarorida:
21-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hayʼat faoliyatining tartibi Hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi”;
33-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xodimlarning mehnatiga haq toʻlash fondi lavozim maoshi, koʻp yillik xizmati uchun ustama, mukofotlar, shu jumladan, bayram kunlari uchun mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, ragʻbatlantirish toʻlovlaridan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat”;
“34. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan:
Agentlik xodimlari uchun Yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi, bunda lavozim maoshini hisoblashda tasdiqlangan tarif razryadlari tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllanadi.
Davlat tashkilotida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarida koʻp yillik xizmat uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haqlar (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan oshirilgan tarif koeffitsiyenti hisobida):
3-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“energiyani meʼyordan ortiqcha isteʼmol qilganlik uchun korxonalarga qoʻllanadigan oshirilgan tariflardan tushumlar;
Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning platformada xizmatlarni koʻrsatish uchun olinadigan komissiyaning 40 foizi;
energiya samaradorligi loyihalarini amalga oshirishda buyurtmachini saqlash xarajatlari uchun ajratiladigan mablagʻlar;”;
“6. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlarini quyidagi shakllarda moddiy ragʻbatlantirish ustamalari va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash (moddiy yordam) toʻlovlari amalga oshiriladi:
a) Agentlik rahbar va xodimlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Agentlik direktori tomonidan xodimlarga lavozim maoshiga (lavozim maoshiga nisbatan ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan 200 foizgacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar;
b) Agentlik direktori tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining alohida topshiriqlarini sidqidildan bajarayotgan, samarali faoliyat koʻrsatayotgan Agentlik xodimlari sonining 30 foizidan oshmagan qismiga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha (ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) shaxsiy ustamalar;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 208-moddasida keltirilgan bayramlar munosabati bilan lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan bir baravari miqdorida bir martalik mukofot puli;
g) har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yoʻl-transport xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha hamda xodimning ovqatlanishi xarajatlariga koʻmaklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda toʻlovlar;
d) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta (sentabr — noyabr oylarida) bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorida moddiy yordam puli;
e) zarur hollarda (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) bir oylik lavozim maoshi miqdorida (kam taʼminlangan oilalar, xodimning davolanishi, 50, 55, 60 yubiley yoshi munosabati bilan, shuningdek, pensiyaga chiqqanda, toʻy, dafn marosimi va boshqalar uchun) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishilgan moddiy yordam puli beriladi”;
10-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlariga oʻzgartirishlarni kiritadi”;
quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Kengashga rais rahbarlik qiladi va Kengashning vazifalari, vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish tartibi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq belgilanadi”.
7. Vazirlar Mahkamasining “Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 7-maydagi 300-son qarorida:
2-banddagi “va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan” soʻzlari “va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan hamda toʻgʻridan-toʻgʻri tanlab olish natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portaliga joylashtirilmasdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;.
3-banddagi “geliokollektorlar bilan jihozlash” soʻzlaridan keyin “, nostandart, issiqlik energiyasi yoʻqotishlari mavjud hamda tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlgan isitish qozonlarini yaxshilash” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari quyidagi mazmundagi 49-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
49.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi
davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobidan neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarining sof foydasidan oʻtkazmalar
5
energiyani meʼyordan ortiqcha isteʼmol qilganlik uchun korxonalarga qoʻllanadigan oshirilgan tariflardan tushumlar
100
Energiya samaradorligini oshirish raqamli platformasi operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning platformada xizmatlarni koʻrsatish uchun olinadigan komissiya
40
”.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 673-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Energiya servis xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 18-iyuldagi 551-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 9-oktabrdagi 640-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 14-apreldagi 217-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni) 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 919-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 5-oktabrdagi 568-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 21-iyuldagi 304-son qaroriga ilovaning 57-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Yashil” isteʼmol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 29-sentabrdagi 517-son qarorining 1 va 4-bandlari hamda qarorga 2-ilova.
8. Vazirlar Mahkamasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda tarif islohotlarining tizimli amalga oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 27-dekabrdagi 894-son qaroriga ilovaning 2 va 3-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 1-martdagi 135-son qaroriga 1-ilovaning 87-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son; 04.06.2026-y., 09/26/277/0562-son)