Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratish orqali ularni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddimaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar tomonidan arizalar berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
arizalarni ko‘rib chiqish va skoring baholash hamda ular bo‘yicha xulosa berish tartibi;
tijorat banklari tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kredit ajratish va ularning monitoringini yuritish tartibi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
noutbuk va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun garovsiz kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi — “Oilakredit.uz” orqali ajratiladi;
tijorat banklari tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida foiz to‘lovlari hisoblanadi va ushbu foiz to‘lovlari Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan tijorat banklariga qoplab boriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish uchun Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning so‘ndirilishi hisobidan 2025-yilda jami 250 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
3. Markaziy bank Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda axborot tizimlari integratsiyasi va ma’lumot almashinuvini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.10.00 Jurnalistlik faoliyat]
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda tijorat banklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida va aholi orasida keng yoritilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 30-sentabr,
612-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi 612-son qaroriga ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
1. Ushbu Nizom “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi (keyingi o‘rinlarda — dastur) doirasida AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB (keyingi o‘rinlarda — tijorat banklari) tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga noutbuk sotib olish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
biriktirilgan rahbarlar — eng og‘ir ahvoldagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga biriktirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) tashkilotlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
mahsulot yetkazib beruvchi — marketpleys tizimida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, qarz oluvchi tomonidan tanlangan tovarlarni yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari;
marketpleys tizimi — platformada ajratiladigan kreditlar hisobidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish xizmatlarini taklif qilish hamda qarz oluvchilar tomonidan mahsulot yetkazib beruvchilarni mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;
platforma — dastur doirasidagi kreditlarning to‘liq raqamlashgan holda ajratilishini ta’minlaydigan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining Yagona elektron platformasi (Oilakredit.uz);
xulosa — biriktirilgan rahbarlar qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, uning imkoniyatlari, sharoitlari hamda yetarli bilim va tajribasini o‘rganish orqali kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi;
qarz oluvchi — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash orqali o‘zini o‘zi band qilish istagidagi jismoniy shaxslar.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
3. Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar uchun hisoblangan foizlar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
4. Dastur doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar faqat platforma orqali ajratiladi.
Dastur doirasidagi kreditlar yuzasidan arizalarni platforma orqali belgilangan tartibda ko‘rib chiqmasdan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zosiga tovarlarni markazlashgan tartibda olib kelish va tarqatish taqiqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
5. Platforma faoliyati davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy ma’lumotlar bazalari va identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida tashkil etiladi.
2-bob. Platforma orqali arizalarni ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.07 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00, 02.05.00.00larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.01.00 Konsolidatsiyalangan budjet. Tashabbusli budjet. Budjetning boshqa turlari]
6. Dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki, zarur hollarda, “mahalla yettiligi” ko‘magi asosida platforma orqali taqdim etiladi. Bunda arizalar oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida tijorat banklariga taqsimlangan mahallalar bo‘yicha yuboriladi.
7. Qarz oluvchining tegishliligi bo‘yicha talablarga javob berishi (Ijtimoiy reyestrga kiritilgani, individual reja tuzilgani) “Online-mahalla.uz” elektron platformasi orqali tekshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
8. Kredit ajratish to‘g‘risidagi arizalar barcha bosqichlarda platformada onlayn ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida platforma orqali (telegram bot, SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) ma’lumot berib boriladi.
9. Qarz oluvchiga dastur doirasida kredit hujjatlari rasmiylashtirilishida biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asos hisoblanadi.
Bunda tijorat banklari tomonidan kredit qaytmaslik xatari sug‘urta polisi uchun to‘lanadigan mablag‘lar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mazkur kreditlar foizi uchun kelib tushadigan mablag‘lardan qoplab boriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug‘urtalanganda, sug‘urta to‘lovi yillik 0,5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblanadi.
10. Dastur doirasida ajratiladigan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va o‘z vaqtida so‘ndirilishi yuzasidan biriktirilgan rahbarlar “mahalla yettiligi” va tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini o‘rnatadi.
3-bob. Skoring baholash
11. Platforma orqali arizalar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra bir ish kunida avtomatlashtirilgan holda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
12. Quyidagi hollarda qarz oluvchining arizasi platforma tomonidan skoring ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
Ijtimoiy reyestrga kiritilmagan fuqarolar tomonidan ariza berilganda;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
qarz oluvchining platformada avval berilgan arizasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda;
18 yoshga to‘lmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar]
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ariza berilganda;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan yoxud mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;
qarz oluvchining dastur doirasida to‘liq qaytarilmagan krediti mavjud bo‘lganda;
qarz oluvchining bank yoki mikrokredit tashkilotlaridan olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda;
avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga ko‘mak choralari bo‘yicha ijtimoiy shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarmayotgan fuqarolar tomonidan ariza berilganda;
(12-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda (oxirgi 2 yil davomidagi kredit tarixi inobatga olinadi).
13. Skoring natijasiga ko‘ra qarz oluvchining ijobiy baholangan arizasi ko‘rib chiqish uchun biriktirilgan rahbarlarga platforma orqali kelib tushadi.
14. Skoring hisoblash metodikasi bo‘yicha ma’lumotlar platformada e’lon qilinadi hamda zaruratga ko‘ra kiritilgan o‘zgartirishlar asosida doimiy ravishda yangilab boriladi.
4-bob. Biriktirilgan rahbar tomonidan xulosa berish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.06.00 Kredit operatsiyalari (shuningdek, 07.22.00.00 larga qarang)]
15. Biriktirilgan rahbar qarz oluvchining arizasiga asosan besh ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda, uning faoliyat turi bo‘yicha shart-sharoitlari, imkoniyati va yetarli ko‘nikmasi mavjudligini o‘rganadi, o‘rganish natijasi bo‘yicha fotohisobot va kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani platformaga joylashtiradi.
16. Biriktirilgan rahbar xulosani berishdan avval amalga oshirilayotgan loyihaning o‘ziga xos xususiyatlari va mavsumiyligini inobatga olgan holda qaror qabul qilish vakolatiga ega.
17. Quyidagi hollarda ijobiy xulosa berilmaydi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit mavjud bo‘lmaganda;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.02.00 Pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar va ularni amalga oshirayotgan tashkilotlar]
ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilgani aniqlanganda;
21-bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun ariza berilganda;
qonunchilikka zid bo‘lgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda.
18. Biriktirilgan rahbar tomonidan kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosada uning sabablari ko‘rsatilishi zarur.
Ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan sabablardan tashqari boshqa asoslarga ko‘ra kredit ajratishni rad etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
Biriktirilgan rahbarning ijobiy xulosasi asosida qarz oluvchining arizasi ko‘rib chiqish uchun platforma orqali tijorat bankiga taqdim etiladi.
19. Tijorat bankida yetarli resurs mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, biriktirilgan rahbar tomonidan arizalar avval berilgan kreditlarning so‘ndirilishi hamda qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi hisobidan resurs shakllantirilgunga qadar platformada elektron navbat asosida yuritiladi va bu borada qarz oluvchiga tegishli ma’lumotlar beriladi.
20. Biriktirilgan rahbar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zolariga ajratiladigan kredit mablag‘lari hisobidan noutbuk yoki asosiy vositalar olib berilishini ta’minlaydi hamda uning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash maqsadida ushbu rahbar yoki tashkilotning ishonchli vakili har chorakda loyiha amalga oshirilayotgan hududga borib o‘rganib, natijalari to‘g‘risida platformada elektron dalolatnoma tuzib boradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
5-bob. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish
21. Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq to‘lash sharti bilan:
15 million so‘mgacha bo‘lgan qiymatdagi bir dona noutbuk sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 million so‘mgacha bo‘lgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan ajratiladi.
Bunda hisoblangan foizlar Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi.
22. Tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar uchun oshirilgan va (yoki) qo‘shimcha foizlar hamda neustoyka (jarima, penya) hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.01 Neustoyka;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
Qarz oluvchilar asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqlidir. Bunda tijorat banki qarz oluvchidan kredit bo‘yicha asosiy qarzni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan oldin qaytargani uchun komissiya yoki neustoyka olishi taqiqlanadi.
23. Tijorat banklariga kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda ushbu Nizom talablari bo‘yicha nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda, kredit ajratilishi rad etiladi va bu to‘g‘risida biriktirilgan rahbar hamda qarz oluvchi platforma orqali xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
24. Qarz oluvchi 10 kun muddat ichida hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, ularni tijorat bankiga qaytadan taqdim etishi mumkin.
Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos bo‘lgan kamchiliklar qarz oluvchi tomonidan belgilangan muddat ichida bartaraf etilib, tijorat bankiga taqdim qilinganda, hujjatlarni ko‘rib chiqish qarz oluvchining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.
25. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish to‘g‘risidagi qaror uch ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi, hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va imzolanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.06.00 Kredit operatsiyalari (shuningdek, 07.22.00.00 larga qarang)]
Qarz oluvchi, bank tomonidan imzolangan holda taqdim etilgan kredit shartnomasini 10 kun mobaynida imzolamasa, uning kredit olish to‘g‘risidagi arizasi rad etiladi.
Tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilganda, bu haqidagi qaror rad etilishi sabablari ko‘rsatilgan holda platformaga joylashtiriladi.
26. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, qarz oluvchiga kredit hisobidan sotib olinadigan mahsulotlarni marketpleys tizimidan tanlash haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.
27. Tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi imzolangandan so‘ng kredit ta’minotchi hisobvarag‘iga pul ko‘chirish orqali o‘tkazilganda, marketpleys tizimi bilan ishlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar bo‘yicha va elektron to‘lov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
Qarz oluvchiga kredit naqd pulda yoki alohida ochilgan bank kartasi orqali ajratilganda, tijorat banklari ushbu Nizomda belgilangan tartib va dastur doirasida qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlardan kelib chiqqan holda platforma xizmatlari uchun ommaviy oferta talablari asosida haq to‘lanishini ta’minlaydi.
28. Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar va ularga hisoblangan foiz miqdori platformada onlayn shakllanib boradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
Bunda kredit bo‘yicha foizlar qarz oluvchi tomonidan mahsulot qabul qilinib, kredit shartnomasiga asosan haqiqatda to‘lab beriladigan mablag‘ uchun hisoblanadi.
6-bob. Mahsulot yetkazib berish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.03 Tovarlarni yetkazib berish]
29. Mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng ularni topshirish-qabul qilish maqsadida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan platformaning o‘zida elektron hisob-faktura rasmiylashtiriladi. Qarz oluvchi mahsulotni qabul qilib olib, undan qanoat hosil qilganidan so‘ng elektron hisob-fakturani imzolaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.07.00 Aholi bilan pullik hisob-kitoblar ko‘rsatishda kassa apparatini va terminalni qo‘llash]
Bunda qarz oluvchiga tovarlar fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib beriladi.
30. Hisob-faktura imzolangani to‘g‘risida biriktirilgan rahbarga platforma orqali xabar beriladi. Biriktirilgan rahbar uch ish kunida joyiga chiqqan holda, tovarlar haqiqatan yetkazib berilgani yoki berilmagani to‘g‘risida platformada fotohisobot shaklida elektron dalolatnoma tuzadi.
31. Tijorat banklariga to‘liq imzolangan elektron hisob-faktura hamda biriktirilgan rahbar tomonidan tasdiqlangan elektron dalolatnoma ushbu mahsulotlar uchun to‘lovni amalga oshirishga asos bo‘ladi.
Qarz oluvchi talabiga ko‘ra sotib olinadigan mahsulot bo‘yicha to‘lovlar mahsulot yetkazib berish shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.06 Zakalat;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.02 Elektron tijorat]
32. Yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovlar bank tomonidan uch bank ish kunida mahsulot yetkazib beruvchiga pul o‘tkazish orqali bilan amalga oshiriladi. Shundan so‘ng mahsulot yetkazib beruvchining zakalat summasidan marketpleys tizimining xizmati uchun belgilangan to‘lov ommaviy ofertaga asosan avtomatik tarzda undiriladi va zakalat summasining qoldiq qismi mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib beriladi.
33. Biriktirilgan rahbar tomonidan mahsulot yetkazib berilmagani to‘g‘risida elektron dalolatnoma rasmiylashtirilganda, qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari to‘liq bajarilishi yoki shartnoma bekor qilinishi bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.03 Tovarlarni yetkazib berish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang)]
34. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlari to‘liq bajarilganda, biriktirilgan rahbar uch ish kunida joyiga chiqqan holda takroran o‘rganish o‘tkazadi va platformada fotohisobot shaklida takroran elektron dalolatnoma tuzadi.
Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotlar yetkazib berilmaganlik holati takrorlansa, biriktirilgan rahbar xulosani bekor qilish bo‘yicha elektron dalolatnoma rasmiylashtiradi va platforma orqali kredit shartnomasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Mahsulot yetkazib beruvchilarni marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish va Nohalol ta’minotchilar reyestriga kiritish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
7-bob. Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga hisoblangan foizlarni qoplab berish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
35. Qarz oluvchilarga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida ustama haq hisoblanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.03.00 Kam ta’minlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.03.00 Investitsiya (xususiylashtirish) jamg‘armalari]
36. Hisoblangan foiz bo‘yicha ustama haqi miqdori har oyning yakuni bilan, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit va unga hisoblanadigan foizlar bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etilgan ro‘yxat asosida 10-sanasiga qadar esa Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi (ushbu Nizomning 22-bandiga muvofiq muddati o‘tgan qarzdorliklar yuzasidan oshirilgan va (yoki) qo‘shimcha foizlar hamda neustoyka (jarima va penyalar) hisoblanmaydi, shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasidan qoplab berilmaydi).
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
37. Dastur doirasida ajratiladigan kreditlardan boshqa maqsadda foydalanilganlik holatlari aniqlangan taqdirda, tijorat banklari belgilangan tartibda kreditlarni muddatidan oldin undirish huquqiga ega.
38. Qarz oluvchi tomonidan tijorat bankidan olingan kredit qarzdorlikni qaytarish jadvaliga muvofiq 90 kundan ortiq muddat to‘lanmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Qarz oluvchi
“Oilakredituz” Yagona elektron platformasi orqali ariza qoldiradi
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Platforma
Arizalar belgilangan tartibda avtomatik skoring baholashdan o‘tkaziladi
1 ish kunida
3-bosqich
Biriktirilgan rahbar
Joyiga chiqqan holda kreditni ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi
5 ish kunida
4-bosqich
Tijorat banki
Kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi
3 ish kunida
5-bosqich
Mahsulot yetkazib beruvchi va qarz oluvchi
Mahsulot sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzadi
15 ish kunida
6-bosqich
Mahsulot yetkazib beruvchi
Qarz oluvchiga mahsulot yetkazib beradi
10 kunda
7-bosqich
Biriktirilgan rahbar
Mahsulot yetkazilgani to‘g‘risida elektron dalolatnoma tuzadi
3 ish kunida
8-bosqich
Tijorat banki
Yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovni amalga oshiradi
3 ish kunida
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2025-y., 09/25/612/0888-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)