Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga asosan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasidan foydalanish, shu jumladan, kreditlarni ajratish, rasmiylashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining oʻzaro elektron hamkorligini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga muvofiq “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB (keyingi oʻrinlarda — tijorat banklari) tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar toʻliq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron platforma) orqali ajratilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat dasturlari doirasida kredit olish uchun arizalarni barcha bosqichlarda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali onlayn tarzda koʻrib chiqish;
kredit ajratish boʻyicha hujjatlarni elektron koʻrinishda shakllantirish;
kreditlarni Yagona elektron platforma orqali, belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga koʻra avtomatlashtirilgan holda ajratish;
hokim yordamchilari tomonidan kredit ajratish uchun tavsiyanoma yoki kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalarni taqdim etish;
ajratilgan kreditlar hisobidan tovar va xizmatlarni Yagona elektron platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida erkin sotib olish yoki sotish;
mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan qarz oluvchilarga marketpleys tizimida tanlagan tovar va xizmatlarni yetkazib berish va ushbu tizim orqali elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Yagona elektron platformani takomillashtirib borish;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, aholi oʻrtasida keng yoritilishini taʼminlash;
mahsulot yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlarini Yagona elektron platformada ishtirok etishga jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar va loyihalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga oid maxsus koʻrsatuvlar, ijtimoiy reklamalar va roliklarning muntazam namoyishini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari hokim yordamchilari bilan birgalikda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib borish hamda kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishi boʻyicha tegishli choralarni koʻrishga masʼul etib belgilansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-iyul,
373-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qaroriga
ILOVA
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi oʻrinlarda — dasturlar) doirasida tijorat banklari tomonidan kreditlarni Yagona elektron platforma orqali ajratish tartibini belgilaydi.
2. Dasturlar doirasida kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish, hunarmandchilikni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, aholiga qoʻshimcha daromad manbai yaratish va ularning bandligini taʼminlash maqsadlari uchun ajratiladi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy markazlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida viloyat kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, iqtisodiyot va moliya, investitsiyalar, sanoat va savdo, soliq, oila va xotin-qizlar, statistika boʻlinmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boʻlinmalarining rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) markazlari — tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, iqtisodiyot va moliya, investitsiyalar, sanoat va savdo, soliq, oila va xotin-qizlar, statistika boʻlinmalari, tuman Savdo-sanoat palatasi boʻlimi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlinmalarining rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
hokim yordamchisi — har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi lavozimiga tayinlangan shaxs;
qarz oluvchi — tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan va oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar, kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari hamda hunarmandlar;
tavsiyanoma — hokim yordamchisi tomonidan oʻziga biriktirilgan mahallada qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, dasturlar doirasida kreditlar hisobidan oʻzini oʻzi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan aholi va tadbirkorlik subyektlarining imkoniyatlari, sharoitlari hamda yetarli bilim va tajribasini puxta oʻrganish orqali kredit ajratish toʻgʻrisidagi xulosa asosida beriladigan tavsiya;
Yagona elektron platforma — dasturlar doirasidagi kreditlarning toʻliq raqamlashgan holda ajratilishini taʼminlaydigan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (oilakredit.uz);
mahsulot yetkazib beruvchi — marketpleys tizimida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, qarz oluvchi tomonidan tanlangan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi tadbirkorlik subyektlari;
marketpleys tizimi — Yagona elektron platformada ajratiladigan kreditlar hisobidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish xizmatlarini taklif qilish hamda qarz oluvchilar tomonidan mahsulot yetkazib beruvchilarni mustaqil tanlash imkoniyatini beradigan elektron savdo maydoni;
Nohalol taʼminotchilar reyestri — mazkur Nizomning 8-bobida belgilangan talablar asosida marketpleys tizimidan chetlatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati.
4. Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar faqat Yagona elektron platforma orqali ajratiladi.
Dasturlar doirasida arizalarni Yagona elektron platforma orqali belgilangan tartibda koʻrib chiqmasdan aholiga tovarlarni markazlashgan tartibda olib kelib, oldindan tarqatish va tavsiyanomalar berish masalasida hokim yordamchilariga tazyiq oʻtkazish man etiladi.
5. Dasturlar doirasida kreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilikni amalga oshirish;
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni (mebel, uyali telefon, maishiy texnika va boshqalar) sotib olish;
yengil avtotransport vositalari (ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda ishtirok etuvchi kichik mototransport vositalari bundan mustasno), jumladan, yoʻlovchi tashuvchi avtomobillar sotib olish;
maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, jumladan, xizmat avtomobillari taʼminoti;
Oldingi tahrirga qarang.
bino va inshootlar sotib olish va qurish (Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi, Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan dala doʻkoni, urugʻlik, mineral oʻgʻit va koʻchat doʻkonlari tashkil qilish hamda yengil konstruksiyali bino va inshootlar qurish, kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida qurilishi 25 — 30 foiz yakuniga yetkazilmagan binolar qurilishini yakuniga yetkazish, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq binolarni taʼmirlash bundan mustasno) uchun ajratilmaydi.
(5-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
6. Yagona elektron platforma faoliyati davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy maʼlumotlar bazalari va identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuvi asosida tashkil etiladi.
7. Chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishida kreditlar ajratishda asosiy eʼtibor sut yoʻnalishidagi qoramol hamda sovliq qoʻy va echki sotib olishga qaratiladi.
Sotiladigan chorva mollarining har biri boʻyicha veterinariya xizmatining veterinariya pasporti boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishidagi kreditlar chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan) va veterinariya boʻlimi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) boqish uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga ajratiladi.
Bunda, kreditlar tomorqasida biznesni yoʻlga qoʻyish uchun oʻzlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan aholiga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun beriladigan kreditlar biriktirilgan bank va hokim yordamchisining ushbu tadbirlar amalga oshirilishi borasidagi kafilligi asosida naqd pulda berilishi mumkin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
8. Issiqxonalarni tashkil etish yoʻnalishida kredit ajratishda ustuvorlik hududlardagi oʻzlashtirilmagan adir yerlardan foydalanilayotgan loyihalarga beriladi.
9. Ichki turizmni rivojlantirish yoʻnalishida kredit ajratishda ustuvorlik oilaviy mehmon uylar, xostellar va ekouylar majmuasini tashkil etish va ularni taʼmirlash boʻyicha loyihalarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki turizmni rivojlantirish yoʻnalishida aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar 18 oy muddatgacha ajratiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
2-bob. Yagona elektron platforma orqali arizalarni koʻrib chiqish
10. Dasturlar doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki hokim yordamchilarining koʻmagi bilan Yagona elektron platforma orqali taqdim etiladi.
11. Kredit ajratish toʻgʻrisidagi arizalar barcha bosqichlarda Yagona elektron platformada onlayn koʻrib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida platforma orqali (telegram bot, SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) maʼlumot berib boriladi.
12. Qarz oluvchi ariza bilan birgalikda kreditdan samarali foydalanish boʻyicha oʻzining dastlabki hisob-kitoblarini elektron koʻrinishda Yagona elektron platforma orqali taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kredit ajratilishida hokim yordamchisining tavsiyanomasi asos hisoblanadi. Bunda tijorat banklari oʻz mablagʻlari hisobidan kreditning qaytmaslik xatarini sugʻurtalaydi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bir yildan soʻng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qoʻshimcha 50 mln soʻmgacha revolver asosida kredit ajratiladi.
(13-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Hokim yordamchisining tavsiyalari asosida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kafilligi va qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari inobatga olingan holda, 300 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda imtiyozli kredit ajratiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdilanqgan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
14. Kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlari hamda hunarmandlar kredit olish uchun Yagona elektron platforma orqali biznes-reja va qonunchilikda belgilangan tartibda garov taʼminoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron koʻrinishda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. “Tomorqa xizmati” MCHJlarga urugʻlik va koʻchat, motokultivator va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablagʻ uchun ajratiladigan garovsiz kreditlar 3 yilgacha muddatga parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) va bir oylik oziqa uchun yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda Kambagʻalchilikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari “Tomorqa xizmati” MCHJlarga beriladigan kreditlar boʻyicha garov taʼminoti sifatida qabul qilinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur garovsiz kreditlarning qaytarilmaslik xavfi tashabbuskor hisobidan kredit olishdan oldin sugʻurtalanadi, tashabbuskor tomonidan kredit evaziga olingan asosiy vositalarga tijorat banki tomonidan taqiq qoʻyiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151. “Temir daftar”, “Ayollar” daftari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning kredit olish yuzasidan arizalari alohida navbat asosida koʻrib chiqiladi.
Bunda Dasturlar doirasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va oʻz vaqtida soʻndirilishi yuzasidan mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini oʻrnatadi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
3-bob. Skoring baholash
16. Yagona elektron platforma orqali arizalar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga koʻra bir kun muddatda avtomatlashtirilgan holda koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Quyidagi hollarda qarz oluvchining arizasi Yagona elektron platforma tomonidan skoring maʼlumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
qarz oluvchining Yagona elektron platformada koʻrib chiqish jarayonida arizasi mavjud boʻlganda;
18 yoshga toʻlmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarga;
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan yoxud mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qarz oluvchining dastur doirasida toʻliq qaytarilmagan krediti mavjud boʻlganda (Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan kreditlar bundan mustasno);
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
qarz oluvchining bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlganda;
avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;
salbiy kredit tarixiga ega boʻlganda;
qarz oluvchining soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa toʻlovlardan qarzdorligi mavjud boʻlganda.
18. Skoring natijasiga koʻra qarz oluvchining ijobiy baholangan arizasi koʻrib chiqish uchun hokim yordamchisiga kelib tushadi.
4-bob. Hokim yordamchisi tomonidan tavsiyanoma berish
19. Hokim yordamchisi qarz oluvchining arizasiga asosan joyiga chiqqan holda, uning faoliyat turi boʻyicha shart-sharoitlari, imkoniyati hamda yetarli koʻnikmasi mavjudligini oʻrganib, oʻrganish natijasi boʻyicha fotohisobot va qarz oluvchining xaritadagi joylashuvini ilova qilgan holda kredit ajratish uchun tavsiyanoma yoki kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani besh ish kuni mobaynida Yagona elektron platformaga joylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hokim yordamchilari tomonidan kredit ajratish uchun tavsiyanomalar ustuvor ravishda, kreditlardan avval foydalanmagan aholi va tadbirkorlik subyektlariga beriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Hokim yordamchisi tavsiyanoma berishdan avval amalga oshirilayotgan loyihaning oʻziga xos xususiyatlari va mavsumiyligini inobatga olgan holda “Hunarmand” uyushmasi, Bandlikka koʻmaklashish va mahalliy hokimliklar huzuridagi jamgʻarmalar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda sohaga masʼul uyushma va tashkilotlarning xulosalarini olish, ular orqali tegishli qaror qabul qilish vakolatiga ega.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Hokim yordamchisining Yagona elektron platforma orqali yuborgan soʻroviga tegishli tashkilotlar tomonidan uch ish kuni mobaynida javob berilishi lozim.
Kredit ajratish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha tavsiyanoma berish uchun hokim yordamchisi tomonidan tegishli tashkilotlarning xulosasini olish zarur boʻlganda, qaror qabul qilish tegishli muddatga uzaytiriladi.
Hokim yordamchisi qarz oluvchining loyihasini oʻrganish jarayonida loyihani amalga oshirish imkoniyatlari va mavsumiyligidan kelib chiqib, loyihaga qarz oluvchi bilan kelishgan holda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kreditlar hududiy fermerlar kengashlari tavsiyanomasiga koʻra ajratiladi.
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Tadbirkorlik subyektlarining mahallalarda, shu jumladan, tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish sohasi, hunarmandchilik hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida kredit ajratiladigan loyihalarda tashabbuskor kamida oʻttiz foiz ulush bilan ishtirok etishiga eʼtibor qaratilishi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
21. Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:
loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit mavjud boʻlmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
yil mavsumiyligidan kelib chiqib, mavsumga xos boʻlmagan holda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga;
ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilganligi aniqlanganda;
qonunchilikka zid boʻlgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Dasturlar doirasida avval berilgan kreditlarning oʻz vaqtida soʻndirilmasligi natijasida resurslar yetarli boʻlmaganda.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
22. Hokim yordamchisi tomonidan kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosada uning sabablari koʻrsatilishi zarur.
Hokim yordamchisining ijobiy tavsiyanomasi asosida qarz oluvchining arizasi koʻrib chiqish uchun Yagona elektron platforma orqali tijorat bankiga taqdim etiladi.
23. Tijorat bankida yetarli resurs mablagʻlari mavjud boʻlmagan taqdirda, hokim yordamchisi tomonidan arizalar avval berilgan kreditlarning soʻndirilishi hamda qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi hisobidan resurs shakllantirilgunga qadar Yagona elektron platformada elektron navbat asosida yuritiladi va bu borada qarz oluvchiga tegishli maʼlumotlar berib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan kreditlar tashabbuskorlarga loyihabay shakllantirilgan buyurtmanomalar asosida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarida nazarda tutilgan mablagʻlardan tashqari va navbatsiz rasmiylashtirib beriladi.
Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Jamgʻarma resurslarini tashabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan Yagona elektron platforma orqali rasmiylashtirish jarayonlarini toʻliq muvofiqlashtirish vakolati beriladi.
(23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
5-bob. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish
24. Yagona elektron platformaga garov taʼminoti bilan bogʻliq maʼlumotlar qarz oluvchi tomonidan elektron shaklda taqdim etiladi.
25. Moliyalashtiriladigan loyihalarning xususiyatidan kelib chiqib, bankning ichki kredit siyosati talablarini inobatga olgan holda, qarz oluvchidan qoʻshimcha hujjatlar soʻrab olinishi mumkin.
26. Tijorat banklariga taqdim etilgan hujjatlarda nomutanosiblik, xato va kamchilik aniqlanganda hamda zarur garov taʼminotlari taqdim etilmaganda, kredit ajratilishi rad etiladi va bu toʻgʻrisida hokim yordamchisi va qarz oluvchi Yagona elektron platforma orqali xabardor qilinadi.
27. Qarz oluvchi bir oy ichida hujjatlardagi nomutanosiblik, xato va kamchiliklarni bartaraf etib, ularni tijorat bankiga qaytadan taqdim etishi mumkin.
Taqdim etilgan hujjatlarning rad etilishi uchun asos boʻlgan kamchiliklar qarz oluvchi tomonidan belgilangan muddat ichida bartaraf etilib, tijorat bankiga taqdim qilinganda, hujjatlarni koʻrib chiqish qarz oluvchining dastlab taqdim etgan arizasi asosida davom ettiriladi.
28. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish toʻgʻrisidagi qaror uch ish kunidan kech boʻlmagan muddatda qabul qilinadi, hujjatlar elektron koʻrinishda shakllantiriladi va imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarz oluvchi bank tomonidan imzolangan holda taqdim etilgan kredit shartnomasini 10 kun mobaynida imzolamasa, fuqaroning kredit olish toʻgʻrisidagi arizasi rad etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Agar, tijorat banki tomonidan kredit ajratish rad etilganda, bu haqidagi qaror Yagona elektron platformaga joylashtiriladi.
29. Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda, qarz oluvchiga kredit hisobidan sotib olinadigan mahsulot va xizmatlarni elektron savdo maydonidan tanlash haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.
30. Kredit boʻyicha foizlar qarz oluvchi tomonidan mahsulot qabul qilinib, kredit shartnomasiga asosan haqiqatda toʻlab berilgan mablagʻ uchun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
301. Maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan jihozlar va asbob uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun 50 mln soʻmgacha garovsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Bunda maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mos ravishda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumotlar bazasidan avtomatik tarzda olinadi.
302. Agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.
Bunda uzoq muddatga ijaraga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlarining kredit olish boʻyicha arizalariga avtomatik tarzda “E-auksion” platformasi orqali biriktiriladi.
303. Dasturlar doirasida ilgari olingan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan va kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlagan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini yanada kengaytirish uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
304. Hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 million soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million soʻmgacha) bank kartalariga oʻtkazib beriladi.
(304-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Bunda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit olish yuzasidan platformaga ariza qoldirish vaqtida kreditni qisman (10 million soʻmgacha, “hunarmandlar uchun 20 million soʻmgacha”) bank kartasiga oʻtkazib berish toʻgʻrisida qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolatli tijorat banklari tomonidan alohida bank kartasi ochilib, arizada koʻrsatilgan mablagʻlar qarz oluvchilarga oʻtkazib beriladi.
(304-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Hokim yordamchisi mijozlarning bank kartasiga oʻtkazib berilgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishini taʼminlash maqsadida loyiha amalga oshirilayotgan hududga borib, haqiqatda mahsulot olinganligini doimiy ravishda oʻrganib boradi.
305. Ajratilgan kreditlarni oʻz muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
306. Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Fermer xoʻjaliklari bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xoʻjaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish yoʻnalishida dehqon xoʻjaliklariga 3 million soʻmgacha mikrokreditlar beriladi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratiladi;
bitta konturda joylashgan kamida uchta dehqon xoʻjaligiga qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida bitta katta hajmdagi vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish uchun tijorat banklaridan kredit olishga ruxsat beriladi.
(306-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dala chetlari, kanallar, kollektor-drenaj va sugʻorish tarmoqlari atrofidagi maydonlar, aholi tomorqasi, xonadonlar, koʻp qavatli uylar oldi va mahallaning ichki koʻchalaridan samarali foydalangan mahsulot yetishtiruvchilarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 100 million soʻmgacha boʻlgan kreditlar saralash, saqlash, quritish va qadoqlash sexlari hamda sovitkichli omborxonalarni xarid qilish uchun 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.
Bunda kredit summasining 60 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida saralash, saqlash, quritish va qadoqlash sexlari hamda sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi bilan ajratiladi.
(306-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
307. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jalb qilingan har bir kasanachi uchun 2 million soʻmgacha, biroq jami 300 million soʻmgacha yillik 14 foiz stavkada, 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga revolver kreditlar ajratiladi.
Mazkur kreditlar tadbirkorlik subyektlarining talabiga binoan kasanachilarning bank kartalariga oʻtkazib beriladi.
(301 — 307-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
308. Aholiga ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yoʻnalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishga ruxsat etiladi.
309. Yer maydoni 10 sotixdan ortiq boʻlgan tomorqa yer egalariga 50 mln soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
3010. 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga 100 mln soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi.
3011. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotga tegishli zarur maʼlumotlar (motoroller, motokultivator, tikuv mashinalarining motor, dvigatel yoki kuzov seriya raqami) shartnomaga kiritilmasa, marketpleys tizimida shartnoma rasmiylashtirish imkoniyati avtomatik tarzda cheklanadi.
(308 — 3011-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3012. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida 25 — 30 foizi qurib bitkazilmagan binolar qurilishini yakuniga yetkazish uchun belgilangan tartibda kreditlar ajratiladi.
Bunda loyiha tashkilotlari tomonidan loyiha-smeta hujjatida belgilangan ishlar 70 foiz va undan ortiq bajarilganligi toʻgʻrisida berilgan maʼlumot hokim yordamchisiga Yagona elektron platformaga kiritish uchun qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladi.
(3012-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3013. Dasturlar doirasida “davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oilalar uchun tijorat banklari orqali 4 yilgacha muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha miqdorda kredit oilaning mehnatga layoqatli aʼzolarining bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish, shu jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yoki issiqxona qurish uchun ajratiladi. Bunda:
kredit bir yillik imtiyozli davr bilan “davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oila aʼzosining ijtimoiy kartasiga oʻtkaziladi;
tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zarur boʻlgan chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va boshqa asosiy vositalarni kredit hisobidan olishda hokim yordamchisi va mahalla bankiri koʻmaklashadi hamda loyiha daromadga kirguncha ushbu oilaga hamrohlik qiladi;
kredit foiz stavkasi dasturlar doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi;
tijorat banklari tomonidan qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar uchun oshirilgan va (yoki) qoʻshimcha foizlar hamda neustoyka (jarima, penya) hisoblanmaydi;
hisoblangan foiz boʻyicha ustama haqi miqdori har oyning yakuni bilan, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit va unga hisoblanadigan foizlar boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga roʻyxat taqdim etiladi;
hisoblangan foizlar taqdim etilgan roʻyxat asosida hisobot oyining 10-sanasiga qadar Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga (ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisiga muvofiq muddati oʻtgan qarzdorliklar yuzasidan oshirilgan va (yoki) qoʻshimcha foizlar hamda neustoyka (jarima va penyalar) hisoblanmaydi, shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasidan qoplab berilmaydi) qoplab beriladi.
(3013-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
6-bob. Marketpleys tizimining ishlash tartibi
31. Marketpleys tizimi mahsulot va xizmatlarni sotish istagi boʻlgan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun ochiq elektron savdo maydoni hisoblanadi.
32. Barcha tadbirkorlik subyektlari oʻzlarining elektron raqamli imzolari yordamida marketpleys tizimiga kirib, oʻz tovar va xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mustaqil ravishda joylashtirishi hamda tizimning imkoniyatlaridan erkin foydalanishi mumkin.
33. Marketpleys tizimida tadbirkorlik subyektlari undan foydalanish tartibi va shartlari bilan tanishganligi hamda ushbu shartlarga rozi ekanligi toʻgʻrisida elektron shakldagi ommaviy ofertani imzolash orqali ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy ofertaga asosan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha xizmatlar taqdim etilishi mumkin.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Tadbirkorlik subyektlaridan oʻz tovar va xizmatlarini marketpleys tizimiga joylashtirganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy taʼminotchilarga Oʻzbekiston rezidentlariga belgilangan talablar doirasida ortiqcha hujjatlarsiz Marketpleys tizimiga kirish huquqi beriladi.
(33-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
34. Tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuzilgandan soʻng oʻn besh ish kuni mobaynida marketpleys tizimida qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi oʻrtasida mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanishi lozim.
Mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma belgilangan muddatlarda imzolanmagan taqdirda, Yagona elektron platforma orqali kredit shartnomasi va tavsiyanoma avtomatik tarzda bekor qilinadi.
35. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan majburiyatlarning toʻliq bajarilishini kafolatlash maqsadida shartnoma belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar shartnoma qiymatining 3 foizi miqdoridagi zakalat summasi tizim tomonidan band qilib qoʻyiladi.
36. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan qarz oluvchiga marketpleys tizimida tanlagan tovar(lar) shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda yetkazib berilishi, xizmatlar esa yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrsatilishi lozim.
7-bob. Mahsulot yetkazib berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
37. Mahsulot yetkazib berilgan yoki xizmatlar koʻrsatilgandan soʻng ularni topshirish-qabul qilish maqsadida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan Yagona elektron platformaning oʻzida elektron hisob-faktura rasmiylashtiriladi. Qarz oluvchi mahsulot va xizmatlarni qabul qilib olib, qoniqish hosil qilganidan soʻng elektron hisob-fakturani imzolaydi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilganligiga (xizmatlar koʻrsatilganligiga) eʼtibor qaratiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
38. Hisob-faktura imzolanganligi toʻgʻrisida hokim yordamchisiga Yagona elektron platforma orqali xabar beriladi. Hokim yordamchisi uch ish kunida joyiga chiqqan holda, tovarlar haqiqatdan yetkazib berilganligi yoki berilmaganligi (xizmatlar koʻrsatilganligi yoki koʻrsatilmaganligi) toʻgʻrisida fotohisobot shaklida elektron dalolatnoma tuzadi. Bunda hokim yordamchisi qarz oluvchining shaxsini tasdiqlash uchun biometrik identifikatsiyalashdan foydalanadi (Touch ID va Face ID).
39. Tijorat banklariga toʻliq imzolangan elektron hisob-faktura hamda hokim yordamchisi tomonidan tasdiqlangan elektron dalolatnoma ushbu mahsulotlar (xizmatlar) uchun toʻlovni amalga oshirishga asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarz oluvchi tadbirkorlik subyektlarining talabiga koʻra sotib olinadigan mahsulot yoki koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha toʻlovlar (avans) mahsulot yetkazib berish shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Yetkazib berilgan mahsulot va xizmatlar uchun toʻlovlar bank tomonidan uch bank ish kunida mahsulot yetkazib beruvchiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shundan soʻng mahsulot yetkazib beruvchining zakalat summasidan marketpleys tizimining xizmati uchun belgilangan toʻlov ommaviy ofertaga asosan avtomatik tarzda undiriladi va zakalat summasining qoldiq qismi mahsulot yetkazib beruvchiga qaytarib beriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
41. Hokim yordamchisi tomonidan mahsulot yetkazib berilmaganligi yoki xizmatlar koʻrsatilmaganligi toʻgʻrisida elektron dalolatnoma rasmiylashtirilganda, qarz oluvchi va mahsulot yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlari toʻliq bajarilishi yoki shartnoma bekor qilinishi lozim.
42. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etilgan holda mahsulot yetkazib berilib, shartnoma shartlari toʻliq bajarilganda, hokim yordamchisi uch ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda takroran oʻrganish oʻtkazadi va fotohisobot shaklida qaytadan elektron dalolatnoma tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Takroriy oʻrganishlarda mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulotlar yetkazib berilmaganligi yoki xizmatlar koʻrsatilmaganligi aniqlangan taqdirda, hokim yordamchisi tomonidan tavsiyanomani bekor qilish boʻyicha elektron dalolatnoma rasmiylashtiriladi va Yagona elektron platforma orqali kredit shartnomasi avtomatik tarzda bekor qilinadi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
43. Mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilgan mahsulot (xizmat) sifati taʼminlanganligi va belgilangan talablarga rioya etilganligi fuqarolar tomonidan baholanadi va ushbu baholash natijalari jamoatchilik uchun eʼlon qilinadi.
8-bob. Mahsulot yetkazib beruvchilarni marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tuman (shahar) markazlari quyidagi hollarda mahsulot yetkazib beruvchini marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatadi va Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritadi:
mahsulot yetkazib beruvchi va qarz oluvchi oʻzaro kelishgan holda kredit mablagʻini naqdlashtirish orqali maqsadsiz ishlatganligi aniqlanganda;
oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy etilgan boʻlsa;
mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar malaka, texnik va tijorat talablariga javob bermasa;
mahsulot yetkazib beruvchi kreditni ajratish va (yoki) mahsulotlarni tanlash (yetkazib berish) jarayonida qarz oluvchilar tomonidan biror-bir xatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qoʻllanilishiga taʼsir oʻtkazish maqsadida qarz oluvchining, tijorat banklarining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash toʻgʻrisidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
mahsulot yetkazib beruvchi raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarsa.
Mahsulot yetkazib beruvchilar quyidagi hollarda marketpleys tizimida avtomatlashtirilgan holda Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritiladi:
soliq hisobotida tegishli mahsulot kirim boʻlmaganda;
unda soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
mahsulot yetkazib beruvchi 5 va undan ortiq shartnoma boʻyicha mahsulotlar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida hisob-faktura rasmiylashtirilgan, biroq hokim yordamchisi tomonidan haqiqatda mahsulot yetkazib berilmaganligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtirilganda;
ushbu Nizomning 43-bandiga muvofiq xizmat koʻrsatilgan fuqarolarning 30 foizidan koʻpi tomonidan salbiy baholanganda”.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
45. Tuman (shahar) markazlarining mahsulot yetkazib beruvchini marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng avtomatik ravishda marketpleys tizimidan chetlatiladi hamda Nohalol taʼminotchilar reyestri marketpleys tizimida jamoatchilik uchun eʼlon qilinadi.
46. Nohalol taʼminotchilar reyestriga kiritilgan taʼminotchining bir yil davomida marketpleys tizimida ishtirok etishi mumkin emas, ushbu muddat tugaganidan keyin taʼminotchi Nohalol taʼminotchilar reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.
Taʼminotchi tuman (shahar) markazlarining mahsulot yetkazib beruvchini marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
9-bob. Hududiy va tuman (shahar) markazlarining vazifalari
47. Hududiy va tuman (shahar) markazlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
hududda faoliyat yuritayotgan mahsulot yetkazib beruvchi va xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni shakllantirish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari talablarini toʻliq qondirish imkoniyatlarini oʻrganib borish;
zarur hollarda tuman (shahar)dagi mavjud talabdan kelib chiqib yangi mahsulot yetkazib beruvchi korxonalarni jalb qilish va mavjud korxonalar quvvatlarini oshirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulotlar hamda koʻrsatilayotgan xizmatlar narxlarining hududdagi ichki bozorga mutanosib boʻlishini taʼminlash hamda narxlar sunʼiy oshirilishining oldini olish boʻyicha qatʼiy nazorat oʻrnatish;
yetkazib berilayotgan mahsulotlar hamda koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati kafolatlanishini hamda oʻz vaqtida yetkazib berilishini (koʻrsatilishini) nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
hokim yordamchisi bilan birgalikda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib borish hamda kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishi boʻyicha tijorat banklari bilan birgalikda tegishli choralar koʻrish;
(47-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning maqsadsiz ishlatilishi aniqlangan taqdirda, bu haqda hokim yordamchisi bilan birgalikda tijorat bankiga xabar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
chorvachilik yoʻnalishlaridagi arizalar boʻyicha xulosalar chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan) chorva mollarini yetkazib beruvchining mavjud chorva mollari soniga mutanosib tarzda taqdim etilishini hamda chorva mollarining sogʻlomligi toʻgʻrisida veterinariya pasporti boʻlishini taʼminlash.
(47-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
48. Mahsulot yetkazib beruvchining majburiyatlari oʻz vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan monitoring tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga koʻra mahsulot yetkazib beruvchining marketpleys tizimidagi oʻz xizmatlarini taklif etish imkoniyati davriy ravishda oʻrganib chiqiladi.
49. Tuman (shahar) markazlari har oy yakuni bilan hokim yordamchisi tomonidan tavsiyanomalar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida va ushbu Nizom talablariga muvofiq hududning ixtisoslashuvi, drayver yoʻnalishi va doimiy ish oʻrinlari yaratilishiga eʼtibor qaratilgan holda berilganligini oʻrganadi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Soliq qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan marketpleys tizimidagi savdo maydoni orqali maʼlum bir davr mobaynida katta miqdorda tovar aylanmasini amalga oshirgan korxonalarda haqiqatda tovarlarning mavjudligi doimiy tahlil qilib boriladi.
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda har oyda ushbu korxonalar boʻyicha Markaziy bank va Soliq qoʻmitasi oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
Oldingi tahrirga qarang.
511. Hokim yordamchisi tomonidan vakolatli banklarning xodimlari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda, tavsiyanoma asosida ajratilgan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanilishi monitoring qilinadi hamda monitoring natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, platformaga yuklab boriladi.
512. Hokim yordamchisi tijorat banklari bilan birgalikda samaradorligi past boʻlgan, pul aylanmasi amalga oshirilmayotgan (biznes-reja koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan) loyihalarni monitoring qilgan holda, mavjud muammolarni hal etishda loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatib boradi.
513. Hunarmandlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanilishi va ularning tijorat banklariga oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan “Hunarmand” uyushmasi tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini oʻrnatadi.
(511 — 513-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi 161-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son)
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
51. Tijorat banklari dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi monitoringini oʻtkazishda ulardan boshqa maqsadda foydalanilgan holatlarni aniqlagan taqdirda, belgilangan tartibda kreditlarni muddatidan oldin undirish huquqiga ega.
52. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga asosan belgilangan dastur koordinatorlari marketpleys tizimida ishtirok etadigan mahsulot yetkazib beruvchilarga qoʻyiladigan talablarni belgilash hamda ularga oʻzgartirish kiritish vakolatiga ega hisoblanadi.
53. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/373/0612-son; 20.04.2023-y., 09/23/161/0222-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son, 27.09.2024-y., 09/24/602/0756-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)