1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
1. Statistik kuzatuvlarni o‘tkazish va ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, sohada islohotlarni jadallashtirish hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi (keyingi o‘rinlarda — Transformatsiya ofisi) tashkil etilsin.
2. Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul etib belgilansin:
(a) ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;
(b) mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
(v) Milliy statistika qo‘mitasi bilan rasmiy statistikani tayyorlovchi boshqa davlat organlari o‘rtasida samarali hamkorlik va uslubiy muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish;
(g) statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo‘naltirilganlikni) joriy etish;
(d) xalqaro tashkilotlar ishtirokida statistika organlari xodimlarining salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish;
(e) sohada faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasalar, tadqiqotchilar hamda nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlari bilan statistika ishlarini tashkil etish va yuritish bo‘yicha samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
(j) statistika sohasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
(a) Transformatsiya ofisi shtat birliklari Milliy statistika qo‘mitasi tizimi tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida shakllantiriladi;
(b) Transformatsiya ofisi faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Milliy statistika qo‘mitasi raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi;
(v) hududiy statistika organlari balansidagi binolarni belgilangan tartibda sotishdan tushgan mablag‘lar statistika organlari hisobida qoldiriladi hamda sohaning strategik yo‘nalishlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 07/26/103/0226-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
4. Quyidagilar:
(a) O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(b) O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(v) Respublika statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Milliy statistika qo‘mitasi tizimining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan jami tuzilmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 1 425 ta, shu jumladan, Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari soni 3 ta etib belgilansin. Bunda:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
(a) Milliy statistika qo‘mitasining markaziy apparati hamda hududiy bo‘linmalarining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan jami 470 ta, shundan 330 ta boshqaruv xodimlari, 140 ta ishlab chiqarish xodimlari shtat birliklari maqbullashtirilayotganligi inobatga olinsin;
(b) maqbullashtirilayotgan shtat birliklari hisobidan bo‘shaydigan mablag‘lar Milliy statistika qo‘mitasi tizimidagi xodimlarning asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) natijadorligidan kelib chiqib, ularni rag‘batlantirishga yo‘naltirilsin hamda keyingi yildan boshlab rag‘batlantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar Milliy statistika qo‘mitasi xarajatlarida alohida satrda aks ettirilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
6. Milliy statistika qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda tizimdagi barcha bo‘linmalarning faoliyatini to‘liq qamrab oluvchi 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy oylik samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) tasdiqlasin.
7. Milliy statistika qo‘mitasi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlari 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
8. Rasmiy statistika sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Milliy statistika qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Milliy statistika qo‘mitasi raisi belgilansin.
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-fevral,
PQ-75-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining
TASHKILIY TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Milliy statistika qo‘mitasi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
2. Milliy statistika qo‘mitasi rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda statistika dasturlari ijro etilishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi va davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlarining bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib boradi.
3. Milliy statistika qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Milliy statistika qo‘mitasi o‘z faoliyatini Respublika statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturi asosida amalga oshiradi.
5. Statistika organlari faoliyatiga, shu jumladan, statistika hisobotlarini yig‘ish, statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish hamda ularni tarqatish va e’lon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Milliy statistika qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qaror va buyruqlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvarag‘i;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 G‘aznachilik;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari]
7. Milliy statistika qo‘mitasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhr va blanklarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
8. Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
9. Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy nomlanishi:
(a) davlat tilida to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, qisqartirilgan nomi — Milliy statistika qo‘mitasi;
(b) ingliz tilida to‘liq nomi — National Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — National Statistics Committee;
(v) rus tilida to‘liq nomi — Natsionalniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike, qisqartirilgan nomi — Natsionalniy komitet po statistike.
10. Milliy statistika qo‘mitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100170, Toshkent shahri Mustaqillik shohko‘chasi 63-uy.
2-bob. Milliy statistika qo‘mitasining tuzilmasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
11. Milliy statistika qo‘mitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
(a) Milliy statistika qo‘mitasining markaziy apparati;
(b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy statistika boshqarmalari);
(v) tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari;
(g) Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
12. Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) statistika organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining statistika sohasida kasbiy darajasi va malakasini oshiradi, statistika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi va innovatsion ishlanmalarni amalga oshiradi.
3-bob. Milliy statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Milliy statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
(a) rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish;
(b) foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etish;
(v) xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika ma’lumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(g) statistika ma’lumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, o‘z axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
(d) Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlarni o‘z vaqtida aks ettirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda faoliyatga oid xalqaro reyting va indekslardagi ma’lumotlarni yangilab borish;
(e) ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlash;
(j) milliy statistika tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish borasida faol siyosatni yuritish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
14. Milliy statistika qo‘mitasi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(a) rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish sohasida:
(i) rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish natijalarini hisobga olgan holda rasmiy statistika sohasi rivojlanishining istiqbolli maqsadlari va yo‘nalishlarini belgilaydi;
(ii) milliy statistika tizimiga statistika faoliyatini tashkil etishning xalqaro darajada tavsiya etilgan ilg‘or uslubiyotlari va tavsiyalarini joriy etish yuzasidan zarur choralarni amalga oshiradi;
(iii) ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda amalga oshirilishini monitoring qiladi;
(iv) rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda amalga oshiradi va statistika dasturlari doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(v) rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika uslubiyotlari bir xilligini ta’minlaydi, rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari statistika uslubiyotlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
(vi) milliy statistika tizimi faoliyatini tashkil etish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi, rasmiy statistika sohasi masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
(vii) rasmiy statistika sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda xalqaro tavsiyalar asosida normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan, statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubiyotlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi, joriy etadi va takomillashtiradi;
(viii) vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha tavsiya, qo‘llanma va ko‘rsatmalar ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amaliyotga joriy etadi;
(ix) rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini o‘rganish asosida statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amaliyotga joriy etadi, statistika kuzatuvlarini o‘tkazish usullarini belgilaydi;
(x) milliy statistika tizimiga statistika faoliyatini tashkil etishning xalqaro darajada tavsiya etilgan ilg‘or uslubiyotlari va tavsiyalarini joriy etish yuzasidan zarur choralar ko‘radi;
(xi) statistika ishlari va kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda “mahalla yettiligi” a’zolarini shartnoma asosida jalb qiladi;
(xii) ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarning o‘zlari yig‘adigan statistika kuzatuvlari shakllarini kelishadi;
(b) foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etish sohasida:
(i) iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega statistika ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, saqlash, tarqatish va e’lon qilish ishlarini amalga oshiradi;
(ii) makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy darajalarda o‘rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qamrovini kengaytirishga qaratilgan statistik kuzatuvlarni amalga oshirish tizimini umume’tirof etilgan xalqaro amaliyotga muvofiq takomillashtirib boradi;
(iii) milliy statistika tizimiga kiruvchi rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda statistika dasturlarining bajarilishini ta’minlaydi;
(iv) tarmoqlar va sohalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini bajarish jarayonlari yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
(v) statistika ma’lumotlarini yig‘ishni, uy xo‘jaliklarining statistika kuzatuvlarini, ro‘yxatga olishlarni, bir marotabalik hisobga olishlarni, tanlanma so‘rovlarni va boshqa statistika kuzatuvlarini o‘tkazishni tashkil etadi;
(vi) iqlim o‘zgarishi va “yashil iqtisodiyot” bo‘yicha shakllanadigan ko‘rsatkichlarni xalqaro standart hamda me’yorlarga muvofiqlashtirib boradi;
(vii) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda mamlakatdagi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning dastlabki statistik tahlilini olib boradi;
(viii) respondentlarga elektron shakldagi statistika hisobotlarini to‘ldirish va taqdim etish uchun maxsus axborot tizimidan bepul foydalanish imkonini yaratadi;
(ix) respondentlarga ishonchli statistika ma’lumotlarini taqdim etishda har tomonlama ko‘maklashadi, statistika ma’lumotlarini taqdim etish sohasida huquqiy madaniyatni oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqadi;
(x) statistika hisobotlarini yig‘ish, statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish hamda ularni tarqatish va e’lon qilish jarayonlariga davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslarining har qanday aralashuvini istisno qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;
(xi) ma’lumotlar bazasini, statistika registrlarini, veb-saytlarni shakllantiradi, yuritadi va yangilab boradi, foydalanuvchilarga ulardan foydalanishga doir zarur tushuntirishlar beradi;
(xii) rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan statistika ma’lumotlari va metama’lumotlar almashinuvini keng yo‘lga qo‘yadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
(xiii) olingan statistika ma’lumotlarining maxfiyligini, birlamchi hisobot va individual ma’lumotlardan yuridik shaxslarning faoliyatini, boshqa xususiyatlarini yoki miqdor ko‘rsatkichlarini rasmiy tasdiqlash maqsadida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikni, davlat sirlariga ega bo‘lgan statistika ma’lumotlarining himoya qilinishini ta’minlaydi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
(xiv) o‘z vakolatlari doirasida statistika organlari faoliyati jarayonlarida olingan xizmat, bank, tijorat sirlarini va boshqa maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborotlarni saqlash va himoyalashni ta’minlaydi;
(xv) qo‘shimcha ravishda ishlov berilgan statistika ma’lumotlarini, bosma nashrlarni va boshqa materiallarni rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning so‘roviga ko‘ra pulli asosda taqdim etishni amalga oshiradi;
(xvi) statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilar talablaridan kelib chiqqan holda dolzarb statistik ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda yangi statistik mahsulot va xizmatlar ko‘lamini kengaytirib boradi;
(xvii) shartnoma asosida rasmiy statistika masalalari bo‘yicha pulli xizmatlar, shuningdek, Statistika dasturidan tashqari boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi hamda ishlarni bajaradi;
(xviii) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq statistika organlari faoliyati jarayonlarida arxiv hujjatlarini jamlash, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshiradi;
(v) xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika ma’lumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlarni amaliyotda qo‘llash sohasida:
(i) rasmiy statistika ma’lumotlari rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etgan holda tayyorlanishi va tarqatilishini tashkil etadi;
(ii) sifatli va ishonchli statistika ma’lumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganadi va ularni rasmiy statistika sohasiga joriy etish choralarini ko‘radi;
(iii) rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan statistika kuzatuvlari tizimini maqbullashtirish yo‘li bilan xolisona, sifatli va talab yuqori bo‘lgan hisobot ma’lumotlari tayyorlanishini, tanlanma statistika kuzatuvlari sonini va natijalarining ishonchliligi bosqichma-bosqich oshirilishini muvofiqlashtiradi;
(iv) rasmiy statistika uchun zarur bo‘lgan statistik tasniflagichlarni ishlab chiqadi va yuritadi, xalqaro standart tasniflagichlar asosida ularning muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqilishini amalga oshiradi;
(v) ochiq statistika ma’lumotlarini statistika organlari, rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari, boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlarning internet resurslari hamda nashrlarida joylashtirish yo‘li bilan tarqatadi va barcha foydalanuvchilarga rasmiy statistika ma’lumotlaridan keng foydalanish uchun teng imkoniyatlarni yaratadi;
(vi) boshqa mamlakatlarning rasmiy statistikani tayyorlovchilari va xalqaro tashkilotlar bilan ochiq statistika ma’lumotlarini o‘zaro almashadi;
(vii) milliy va xorijiy foydalanuvchilar uchun rasmiy statistika ma’lumotlarining maksimal darajada ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib borish ko‘rsatkichlari xalqaro statistik to‘plamlarda chop etilishini ta’minlash maqsadida xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirishni ta’minlaydi;
(viii) statistik ma’lumotlarni sof oylar va sof choraklar ko‘rinishida yuritish, yuqori chastotali iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlarini shakllantiradi va e’lon qiladi;
(ix) rasmiy statistika sohasida xalqaro tashkilotlar, statistika institutlari va boshqa mamlakatlarning rasmiy statistikani tayyorlovchilari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda bitimlar tuzadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi.
(x) rasmiy statistika sohasiga xalqaro darajada tavsiya etilgan ilg‘or tizimlar va tavsiyalarni joriy etish uchun xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va boshqa chet ellik donorlarning mablag‘lari hamda grantlari (texnik ko‘magi)ni jalb etish ishlarini amalga oshiradi;
(xi) aholi, tadbirkorlik subyektlari, ilmiy tadqiqot institutlari, xalqaro ekspertlar va davlat idoralarini raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda ishonchli statistik ma’lumotlar bilan ta’minlaydi;
(xii) rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, statistika ma’lumotlarining mazmuni va sifatini yanada yaxshilash maqsadida foydalanuvchilar o‘rtasida taqdim etilayotgan statistika ma’lumotlaridan qoniqish darajasini baholash bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazadi;
(xiii) mahalliy va xorijiy axborot makonlarini rasmiy statistik ko‘rsatkichlar asosida tayyorlangan materiallar va ular bo‘yicha tushuntirishlar bilan ta’minlaydi;
(xiv) rasmiy statistika ma’lumotlarining manbalari, ularni tayyorlash usullari, ishonchliligi, shaffofligi, oshkoraligi va sifati to‘g‘risida foydalanuvchilarni metama’lumotlar yordamida xabardor qilib boradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(g) statistika ma’lumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, o‘z axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash sohasida:
(i) statistika axborotlarining tezkorlik bilan uzatilishi va ularni qayta ishlashni ta’minlovchi raqamli texnologiyalarni statistika organlari faoliyatiga joriy etadi;
(ii) statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish va tahlil qilish maqsadida, zaruratga ko‘ra, mavjud axborot tizimlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiyasini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yadi;
(iii) statistika ma’lumotlari bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish, statistika organlarida foydalaniladigan axborot tizimlarini doimiy takomillashtirish, statistika ma’lumotlarining yagona bankini shakllantirish, ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar tarkibini kengaytirish va sifatini yaxshilashni ta’minlaydi;
(iv) rasmiy statistikadan foydalanuvchilarga real vaqt rejimida statistik ko‘rsatkichlarning kengaytirilgan ro‘yxatidan erkin foydalanish imkonini beruvchi statistika ma’lumotlari bazasini ishlab chiqadi va yuritadi;
(v) axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot almashinuvining himoyalangan elektron shakliga bosqichma-bosqich o‘tish, xavflarga qarshi tizimning samarali ishlashini ta’minlash uchun normativ-huquqiy va tashkiliy-texnik bazani takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
(vi) milliy axborot makoni yaxlitligini saqlash, statistika organlari axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;
(vii) yagona tasniflash tizimi asosida yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiyalashni, Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri samarali faoliyat ko‘rsatishini hamda yangilab borilishini ta’minlaydi;
(viii) o‘zaro mos axborot tizimlari va resurslarini yaratish uchun asos sifatida statistik tasniflagichlardan foydalanishni ta’minlaydi;
(ix) internet resurslariga joylashtirish yo‘li bilan statistik tasniflagichlar va ularga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida foydalanuvchilarni xabardor qiladi;
(x) davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartiradi va biznesga “hisobot yuki”ni kamaytirib boradi;
(xi) “mahalladan — respublikagacha” tamoyili asosida statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlaydi hamda tuman (shahar)lar kesimida tahliliy ma’lumotlarni e’lon qilish ishlarini tashkil qiladi;
(xii) ma’muriy ma’lumotlarni shakllantirish uslubiyotini takomillashtirish hamda ko‘lamini kengaytirish orqali statistik ma’lumotlar sifati va samaradorligini oshirib boradi;
(d) Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlarni o‘z vaqtida aks ettirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda faoliyatga oid xalqaro reyting va indekslardagi ma’lumotlarni yangilab borish sohasida:
(i) davlat organlari va tashkilotlarining Portalda e’lon qilinadigan ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini umumlashtirish hamda yangilashning aniq muddatlari va davriyligini belgilagan holda tasdiqlanishini hamda muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;
(ii) Portalni yanada rivojlantirish va uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xarita”larining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil etadi;
(iii) ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchi davlat organlari va tashkilotlariga hamda foydalanuvchilarga Portaldan samarali foydalanish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi;
(iv) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ro‘yxat asosida ma’lumotlarning to‘liq joylashtirilishi hamda ularning o‘z vaqtida Portalda aks ettirilishi bo‘yicha faoliyatni baholashda ishtirok etadi va muvofiqlashtiradi;
(v) Portalda e’lon qilingan ochiq ma’lumotlar to‘plamlari dolzarbligini doimiy monitoring qiladi;
(vi) ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchi davlat organlari va tashkilotlari mas’ul xodimlarining ochiq ma’lumotlar sohasida malakalarini oshirib borishni amalga oshiradi;
(vii) Portalning funksional imkoniyatlari o‘zgarganligi to‘g‘risida undan foydalanuvchilarning xabardor qilinishini tashkil etadi;
(viii) mamlakatda ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
(ix) faoliyatga oid xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha ko‘rsatkichlarning yangilab borilishini ta’minlaydi;
(e) ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlash sohasida:
(i) ro‘yxatga olish hujjatlari shakllarini, ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(ii) ro‘yxatga olish dasturlarini va ro‘yxatga olish varaqalari shakllarini ishlab chiqadi va ularning hududlarga yetkazilishini ta’minlaydi;
(iii) ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
(iv) ro‘yxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni tanlab olish va o‘qitish tartibini belgilaydi va o‘qitishni tashkil etadi;
(v) ro‘yxatga olish natijalari milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun e’lon qilinishini ta’minlaydi;
(vi) ro‘yxatga olish varaqlari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan vaqtincha saqlanishi), yo‘q qilinishi tartibini belgilaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
(j) milliy statistika tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish borasida faol siyosatni yuritish sohasida:
(i) Milliy statistika qo‘mitasi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturini tasdiqlaydi hamda uning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
(ii) statistika sohasida kadrlar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish ishlarini tashkil etishda respublika ilmiy va ta’lim muassasalari hamda xalqaro statistika institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
(iii) vazirlik va idoralar xodimlarining statistika sohasidagi bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini tasdiqlaydi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi;
(iv) statistika sohasida kadrlar tayyorlash jarayonida respublika ilmiy va ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlaydi;
(v) kadrlar malakasini oshirish jarayonlariga videokonferensaloqa tizimi va raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda masofaviy o‘qitish tizimini samarali tashkil etadi;
(vi) xalqaro tashkilotlar va xorijiy yetakchi statistika idoralari ko‘magida statistika organlarining kadrlari salohiyatini mustahkamlaydi, shu jumladan, ularning tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
(vii) boshqaruv xodimlarini ishga qabul qilishda lavozimlarga nomzodlarni ochiq tanlov asosida qabul qilishni amalga oshiradi;
(viii) statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, xodimlarning samarali mehnat qilishlari, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy muhofaza qilish uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘radi;
(ix) statistika organlari xodimlari uchun lavozim va malaka darajalariga ko‘tarilishda ularning mehnat faoliyati, irodaviy va axloqiy sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini xolisona baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratadi;
(x) statistika organlari xodimlarida yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘radi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
(xi) rasmiy statistika sohasida amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy va statistik tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
(xii) statistika organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida ilg‘or statistik usullar va vositalar asosida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va amalga oshirish choralarini ko‘radi;
(xiii) xalqaro tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganib borish maqsadida statistikaga doir turli xalqaro tadbirlar, seminar, treninglar va boshqa tadbirlarda tizim vakillarining ishtirokini ta’minlaydi;
(xiv) davlat organlari va tashkilotlarining idoraviy statistikaga mas’ul bo‘linmalar va xodimlarning malakasini oshirib boradi;
(xv) Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Milliy statistika qo‘mitasining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
15. Milliy statistika qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
(a) rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
(b) statistika kuzatuvlari shakllarini, ularni taqdim etish tartibini tasdiqlash, statistika kuzatuvlarini olib borish usullarini belgilash hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarning o‘zlari yig‘adigan ma’lumotlari mazmuni, uslubiyoti va ro‘yxatini kelishish;
(v) statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslar (shu jumladan ularning alohida bo‘linmalari, filiallari va vakolatxonalari) va boshqa respondentlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan statistika sohasidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
(g) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, banklardan hamda boshqa yuridik shaxslardan (shu jumladan ularning alohida bo‘linmalari, filiallari va vakolatxonalaridan) statistika kuzatuvi shakllarini olish va statistika kuzatuvi ma’lumotlaridan statistika maqsadlarida foydalanish;
(d) kuzatuvlarni, tahlillarni o‘tkazish va rasmiy statistikani shakllantirish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ma’muriy ma’lumotlar bazalaridan, jumladan, ularni o‘zaro integratsiyalash orqali to‘siqlarsiz foydalanish;
(e) jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi registrlar va ma’lumotlar bazalarini yaratadigan hamda yuritadigan davlat organlari va ularning tasarrufidagi tashkilotlardan statistika registrlarini shakllantirish hamda o‘z vaqtida yangilash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni bepul olish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
(j) davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslarida ma’lumotlarni elektron tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita integratsiya qilish;
(z) rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari statistika uslubiyotlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazish, nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda ijro etilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
(i) rasmiy statistika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ularni ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi ilmiy muassasalari, boshqa tashkilotlari va xorijiy tashkilotlarni, shuningdek, respublikaning yetakchi olimlari va xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
(y) rasmiy statistikani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan statistika ma’lumotlarini yig‘ishga jismoniy va yuridik shaxslarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida jalb etish, jismoniy shaxs bo‘lgan respondentlarni statistika kuzatuvlarida ishtirok etganligi uchun moddiy rag‘batlantirishni mustaqil ravishda amalga oshirishni tashkil etish;
(k) yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida statistik, konsalting, tahliliy, axborot, noshirlik va statistika dasturidagidan tashqari boshqa xizmatlarni ko‘rsatish hamda ekspertlar, konsultantlar va tashkilotlarni (shu jumladan xorijiy) jalb etish;
(l) statistika kuzatuvlarida ishtirok etgan respondentlarni moddiy rag‘batlantirish qiymatlari va shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarini mustaqil ravishda belgilash;
(m) statistika hisobotlarini taqdim etish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar berish va qonunga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
(n) Milliy statistika qo‘mitasining maxsus jamg‘armasini statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qo‘llanadigan ma’muriy jarimalar va boshqa tushumlar hisobiga shakllantirish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
(o) hududning ehtiyoj va sharoitlarini inobatga olgan holda Milliy statistika qo‘mitasi tizimiga kiruvchi viloyat yoki tuman (shahar) yoxud tumanlararo (hududlararo) shaklda bo‘linmalar tashkil etish, alohida vazifalarni amalga oshirish uchun funksional bo‘linmalarni shakllantirish;
(p) xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, rasmiy statistika masalalari bo‘yicha, shu jumladan, xalqaro seminarlar va anjumanlar o‘tkazish;
(r) zarur hollarda, vazirlik va idoralar bilan birga qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish.
16. Milliy statistika qo‘mitasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
17. Milliy statistika qo‘mitasi:
(a) o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
(b) rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq bo‘lgan statistika uslubiyotlarining bir xilligini ta’minlash;
(v) mamlakatni, hududlarni, tarmoqlar va sohalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarining bajarilishi jarayonlari yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etish;
(g) statistika ma’lumotlarini yig‘ishni, uy xo‘jaliklarining statistika kuzatuvlarini, ro‘yxatga olishlarni, bir marotabalik hisobga olishlarni, tanlanma so‘rovlarni va boshqa statistika kuzatuvlarini o‘tkazishni tashkil etish;
(d) rasmiy statistika sohasini rivojlantirish bo‘yicha strategiyalar, dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
(e) barcha darajadagi foydalanuvchilarni belgilangan tartibda rasmiy statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash;
(j) xalqaro va mintaqalararo statistik qiyoslashlarni amalga oshirish;
(z) statistika maqsadlarida foydalanish uchun statistika registrlari va tasniflash tizimini yuritish;
(i) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining statistika sohasidagi huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi.
5-bob. Milliy statistika qo‘mitasi rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
18. Milliy statistika qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq uning rahbarlari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradilar:
a) Milliy statistika qo‘mitasi raisi:
(i) Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi;
(ii) o‘z o‘rinbosarlari va Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va idoraviy tashkilotlari mansabdor shaxslarining vakolatlari hamda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;
(iii) o‘z vakolati doirasida Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va idoraviy tashkilotlarining barcha xodimlari tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan qaror va buyruqlarni qabul qiladi;
(iv) o‘z vakolati doirasida Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparatining xarajatlar smetasini va belgilangan shtatlar soni doirasida shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
(v) belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘z vakolati doirasida Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va idoraviy tashkilotlarining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
(vi) statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni mustaqil taqsimlaydi;
(vii) Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalarining nizomlari va Institut ustavini tasdiqlaydi;
(viii) ijro intizomiga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqish muddatlari va tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi;
(ix) Milliy statistika qo‘mitasi tizimi xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi;
(x) davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
(xi) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
b) Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari:
(i) rasmiy statistika sohasini rivojlantirish, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va sifatli tayyorlashni tashkil etishda ishtirok etadi;
(ii) Milliy statistika qo‘mitasi raisining topshiriqlariga binoan rasmiy statistikani rivojlantirishga oid dasturiy hujjatlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
(iii) Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq tegishli bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(iv) o‘zlari mutasaddilik qilayotgan markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda tashkillashtiradi;
(v) Milliy statistika qo‘mitasi raisi vaqtincha ish faoliyatida bo‘lmaganida tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajaradi;
(vi) davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
(vii) qonunchilik hujjatlari va Milliy statistika qo‘mitasi raisining qaror va buyruqlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
v) Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari:
(i) tarkibiy bo‘linma to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq aniq yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
(ii) o‘zlari muvofiqlashtirayotgan sohalarning rivojlanish holatini baholaydi va amalga oshirishning samarali mexanizmlari bilan ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflarni Milliy statistika qo‘mitasi rahbariyatiga kiritadi;
(iii) Milliy statistika qo‘mitasi hay’ati qarorlari, Milliy statistika qo‘mitasi raisining qaror, buyruq, ko‘rsatmalari, uning o‘rinbosarlari ko‘rsatma hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlaydi;
(iv) davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
(v) qonunchilik hujjatlari va Milliy statistika qo‘mitasi raisining qaror va buyruqlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
g) Milliy statistika qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari va idoraviy tashkilotlari rahbarlari:
(i) yuklatilgan vazifalarga, shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqarmalarning faoliyatini tashkil etadi;
(ii) Milliy statistika qo‘mitasi hay’ati qarorlari, Milliy statistika qo‘mitasi qaror va buyruqlari, ko‘rsatmalari hamda topshiriqlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
(iii) davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
(iv) qonunchilik hujjatlari va Milliy statistika qo‘mitasi raisining qaror va buyruqlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi.
6-bob. Milliy statistika qo‘mitasi rahbarlarining javobgarligi
19. Milliy statistika qo‘mitasi raisi:
(a) Milliy statistika qo‘mitasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
(b) ushbu Nizomda belgilangan Milliy statistika qo‘mitasining javobgarlik sohalari hamda o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi bo‘yicha shaxsan javob beradi.
20. Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari:
(a) Milliy statistika qo‘mitasining o‘zi nazorat qiladigan tarkibiy bo‘linmalarida Milliy statistika qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
(b) ushbu Nizomda belgilangan Milliy statistika qo‘mitasi mutasaddilik qiladigan masalalarga doir javobgarlik sohalari hamda o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi bo‘yicha shaxsan javob beradi.
7-bob. Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish
1-§. Milliy statistika qo‘mitasi rahbariyati
21. Milliy statistika qo‘mitasiga Milliy statistika qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi.
22. Milliy statistika qo‘mitasi raisi uch nafar o‘rinbosarga ega.
23. Milliy statistika qo‘mitasi raisi ish faoliyatida vaqtincha bo‘lmaganda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq rais o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish bo‘yicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan bo‘shatish bo‘yicha qarorlar]
24. Milliy statistika qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, rais o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
25. Milliy statistika qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
26. Milliy statistika qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish bo‘yicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan bo‘shatish bo‘yicha qarorlar]
27. Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari Milliy statistika qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
28. Hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari va o‘rinbosarlari, Institut direktori va o‘rinbosarlari Milliy statistika qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
29. Tuman (shahar) statistika bo‘limlari boshliqlari Milliy statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
30. Hududiy statistika boshqarmalari va tuman (shahar) statistika bo‘limlarining xodimlari — hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari tomonidan, Institut xodimlari — Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
2-§. Milliy statistika qo‘mitasi hay’ati, boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari
31. Milliy statistika qo‘mitasida Milliy statistika qo‘mitasi raisi (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
32. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:
(a) Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
(b) qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Milliy statistika qo‘mitasi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rgan holda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
(v) Milliy statistika qo‘mitasining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari tomonidan statistika dasturlarining bajarilishi natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqish;
(g) Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan, shu jumladan joylarda sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
(d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun statistika organlari rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish.
33. Hay’at Milliy statistika qo‘mitasi vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishi mumkin.
34. Hay’at majlisiga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
35. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
36. Hay’at qarorlari hay’at raisi tomonidan imzolanadi va Milliy statistika qo‘mitasi raisining buyrug‘i (qarori) bilan amalga oshiriladi.
37. Hay’at faoliyatining tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
38. Rasmiy statistikaning rivojlantirilishi, faoliyat ko‘rsatishi va muvofiqlashtirilishi masalalari bo‘yicha kollegial maslahat organi hisoblanuvchi Respublika statistika kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati bilan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat yuritadi.
39. Respublika statistika kengashi faoliyatining tashkiliy-texnik ta’minoti Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
40. Milliy statistika qo‘mitasi huzurida o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadigan Jamoatchilik kengashi faoliyat yuritadi.
41. Jamoatchilik kengashi tarkibiga statistika sohasida namunali xizmat ko‘rsatgan mehnat faxriylari, jamoatchilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajriba va obro‘-e’tiborga ega fuqarolar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari jalb etiladi.
42. Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi, shuningdek, uning nizomi Milliy statistika qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
43. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(a) qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda jamoatchilik manfaatlarining hisobga olinishi, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablari ijrosini ta’minlash, Milliy statistika qo‘mitasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Milliy statistika qo‘mitasi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
(b) mamlakatda milliy iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ishonchliligi va to‘liqligini inobatga olgan holda statistika dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va kelishish;
(v) Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(g) Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini hamda foydalanuvchilarning rasmiy statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(d) statistika ma’lumotlarining shaffofligi, oshkoraligi va qulayligini yanada oshirishni ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
(e) Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan dolzarb, sifatli va ishonchli statistikaning shakllantirilishiga ko‘maklashish;
(j) mavjud statistika ma’lumotlari haqida jamoatchilik xabardorligini hamda ularning statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish uchun foydalanuvchilar bilan bevosita aloqa o‘rnatish.
44. Milliy statistika qo‘mitasida rasmiy statistika sohasidagi tashkiliy va uslubiyotga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida boshqa kengash, maslahatlashuv, ishchi guruhlar, hay’at va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar Milliy statistika qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.
8-bob. Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
45. Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarma va bo‘limlari boshliqlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi — Milliy statistika qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
9-bob. Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
46. Milliy statistika qo‘mitasining mol-mulkini asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar, shuningdek, qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil etadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
47. Milliy statistika qo‘mitasini moliyalashtirish va uning moddiy-texnika ta’minoti statistika dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
48. Milliy statistika qo‘mitasi budjet mablag‘lari oluvchisi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga zarur moliyalashtirish hajmini belgilashda budjet qonunchiligiga amal qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
49. Statistika dasturida belgilangan va amalga oshirilgan statistika ishlari uchun haq to‘lash statistika ishlarini bajarishga shartnoma va Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan har oyda taqdim etiladigan bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga ta’minlanadi.
50. Statistika dasturiga kiritilmagan va ularni ishlab chiqishga qo‘shimcha xarajatlar talab qilinadigan qo‘shimcha statistika ishlariga haq to‘lash buyurtmachilar mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
51. Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan olingan foyda, amortizatsiya ajratmalari, statistika ishlari uchun ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, boshqa tushumlar uning ixtiyorida qoladi hamda ulardan statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, xodimlarning kasb mahoratini, o‘z lavozim vazifalarini sifatli bajarganligini, ijodiy faolligini va tashabbuskorligini rag‘batlantirish uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.
52. Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.
53. Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari xodimlariga quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 1 yildan 3 yilgacha — 0,3, 3 yildan 5 yilgacha — 0,6, 5 yildan 10 yilgacha — 0,8, 10 yildan 15 yilgacha — 1,0, 15 yildan 20 yilgacha — 1,2, 20 yildan yuqori — 1,5.
54. Ko‘p yillik xizmatlari uchun mukofot pulini olish huquqini beradigan ish staji Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni rag‘batlantirish. Turlari va qo‘llash tartibi]
55. Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari uchun xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi 15 foiz etib belgilanadi.
56. Milliy statistika qo‘mitasi raisi statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni mustaqil taqsimlaydi.
57. Milliy statistika qo‘mitasi Statistika dasturini bajarish doirasida ajratilgan mablag‘larning va o‘z ishlari boshqa natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
58. Milliy statistika qo‘mitasi o‘z rasmiy veb-saytida har chorak yakunlariga ko‘ra tegishli hisobot davrida respublikada rasmiy statistikani rivojlantirish holati to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlarni e’lon qilib boradi.
59. Milliy statistika qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 3-ILOVA
Respublika statistika kengashi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Respublika statistika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Statistika kengashi) rasmiy statistikani yuritish tizimini rivojlantirish, muvofiqlashtirish va faoliyat ko‘rsatishiga oid masalalar bo‘yicha kollegial maslahat organidir.
2. Statistika kengashining tarkibi davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, shuningdek statistika bo‘yicha milliy ekspertlar orasidan shakllantiriladi.
2-bob. Statistika kengashining vazifalari
3. Statistika kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(a) rasmiy statistika sohasidagi amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash va ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda milliy statistika tizimini samarali tashkil etishga ko‘maklashish;
(b) mamlakat milliy statistika tizimida umumiy tushunchalar, ta’riflar va tasniflar izchil qo‘llab borilishini ta’minlash;
(v) davlat statistika organlari, statistika ma’lumotlarini yuritish vakolatiga ega bo‘lgan davlat tashkilotlari hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy statistika sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
(g) milliy statistika tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, innovatsion yondashuv va texnologiyalarni joriy qilish, statistika uslubiyotlarini takomillashtirish va statistika faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berish;
(d) rasmiy statistikaning eng muhim tamoyillariga, birinchi navbatda, statistika ma’lumotlarining ishonchliligi, xolisligi, tushunarliligi va shaffofligiga rioya etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, statistik hisobotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashuvni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratishga ko‘maklashish;
(e) statistika ma’lumotlari sifatini oshirish, xususan, milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini va ularni hisoblash uslubiyotini xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq takomillashtirishda ishtirok etish;
(j) rasmiy statistika ma’lumotlarini tayyorlash jarayonlarining milliy modelini va GSBPM xalqaro standart modeliga muvofiq sifatni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishni muvofiqlashtirish;
(z) statistik ma’lumotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash orqali statistika faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichi reytingini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
(i) xalqaro statistika tashkilotlarining elektron ma’lumotlar bazalari va maxsus nashrlarida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni joylashtirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvini rivojlantirishga ko‘maklashish;
(y) davlat statistika organlari, shuningdek, ma’muriy ma’lumotlarni yuritish bo‘yicha vakolatli davlat organlari faoliyatining natijalarini har yili ko‘rib chiqish, statistika kuzatuvlarining respondentlarga bo‘lgan yukini kamaytirish, ularni unifikatsiya qilish, soddalashtirish va optimallashtirish maqsadida statistika hisobotlari va kuzatuv shakllarini, shuningdek, uslubiyotlar va tasniflarning qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
(k) mamlakatda milliy iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarini hisobga olishda ishonchlilik va to‘liqlikni ta’minlashni inobatga olgan holda bir yillik Statistika dasturini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
(l) statistik to‘plamlar va byulletenlar nashrini tashkil etish, ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish orqali statistika ma’lumotlarining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash.
3-bob. Statistika kengashining funksiyalari
4. Statistika kengashi asosiy vazifalaridan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(a) Hukumat, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga statistika siyosatining barcha jihatlari bo‘yicha maslahat berish;
(b) milliy statistika tizimi faoliyatining ishonchlilik, xolislik, beg‘arazlik, tushunarlilik va shaffoflik kabi asosiy tamoyillarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
(v) statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashuvni istisno qilishni ta’minlash;
(g) ko‘p yillik va bir yillik statistika dasturlarini ko‘rib chiqish, bir yillik statistika dasturini tasdiqlash hamda uni amalga oshirish masalalarini monitoring qilish va hal qilishda ko‘maklashish;
(d) statistika uslubiyotlarini takomillashtirish va ma’lumotlarni shakllantirishda foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga olish masalalarini ko‘rib chiqish;
(e) statistik va iqtisodiy tahlilning zamonaviy uslublarini, xalqaro standartlarga mos va bozor iqtisodiyoti tamoyillariga javob beradigan ko‘rsatkichlar tizimini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
(j) davlat statistika organlari faoliyatiga innovatsion yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalarni samarali joriy etish;
(z) sifatni boshqarishning zamonaviy xalqaro usullarini hisobga olgan holda rasmiy statistika ma’lumotlarini tayyorlash jarayonlarining milliy modelini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘maklashish;
(i) Milliy statistika qo‘mitasiga yuklatilgan vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirishga ko‘maklashish.
4-bob. Statistika kengashining vakolatlari
5. Statistika kengashi yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
(a) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan rasmiy statistikani takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda ma’lumot so‘rash va olish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
(b) davlat idoralari vakillarining axborot yig‘ish jarayonlarini tashkil etish masalalari, shuningdek, so‘ralayotgan axborotlar bilan rasmiy statistika va (yoki) ma’muriy ma’lumotlarda mavjud ma’lumotlar o‘rtasida takrorlanish holatlarini aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni va hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda boshqa tashkilotlar vakillarining axborotlarini eshitish;
(v) Statistika kengashi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘z yig‘ilishlarida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha rasmiy statistikani tayyorlovchilar hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
(g) rasmiy statistikaning ayrim masalalarini ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyalarini tayinlash.
5-bob. Statistika kengashi faoliyatini tashkil etish
6. Statistika kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
7. Statistika kengashi a’zolari ularning kasbiy malakasi va statistika sohasidagi salohiyati kelib chiqqan holda tayinlanadi.
8. Statistika kengashini Statistika kengashi raisi boshqaradi. Rais bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini uning o‘rinbosari yoki Statistika kengashi a’zolaridan biri raisning farmoyishiga muvofiq amalga oshiradi.
9. Statistika kengashi majlislari uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi miqdorida kvorum mavjud bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
10. Statistika kengashining qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Statistika kengashi a’zolarining ko‘pchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.
11. Statistika kengashining qarorlari Statistika kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Qarorlarning ijrosini nazorat qilish Statistika kengashi kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Statistika kengashining faoliyati va uning qarorlari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.
13. Milliy statistika qo‘mitasining tegishli bo‘linmasi Statistika kengashining ishchi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 4-ILOVA
Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
T/r
Lavozim nomi
Razryadlar
1.
Rais
20
2.
Rais o‘rinbosari
18
3.
Matbuot kotibi
18
4.
Rais maslahatchisi
17
5.
Boshqarma boshlig‘i
16
6.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari,
bosh hisobchi
16-5%
7.
Bo‘lim boshlig‘i, rais yordamchisi,
xizmat boshlig‘i
15
8.
Mudir
15
9.
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
15-5%
10.
Bosh mutaxassis, bosh yuriskonsult,
bosh auditor
13
11.
Yetakchi mutaxassis, yuriskonsult, muhandis
12
12.
1-toifali mutaxassis
10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 5-ILOVA
Milliy statistika qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
T/r
Lavozim nomi
Viloyat bo‘yicha guruhlar
guruhdan tashqari
1-guruh
2-guruh
3-guruh
1.
Boshqarma boshlig‘i
16
16
15
14
2.
Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
16 -3%
15 -3%
14 -3%
13 -3%
3.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
15-5%
15-5%
14-5%
13 -3%
4.
Bo‘lim boshlig‘i
14
13
12
11
5.
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
14-5%
13-5%
12-5%
11-5%
6.
Bosh mutaxassis
12
12
11
10
7.
Bosh yuriskonsult
12
12
11
10
8.
Yetakchi mutaxassis
11
11
10
9
9.
1-toifali mutaxassis
11-3%
11-3%
10-3%
9-3%
10.
Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi 2-toifali muhandisi
11-5%
11-5%
10-5%
9-5%
11.
Mutaxassis
10
10
9
8
12.
Mutaxassis (intervyuyer)
10
10
9
8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 6-ILOVA
Milliy statistika qo‘mitasi tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
RAZRYADLARI
T/r
Lavozim nomi
Razryadlar
ma’muriy markazlar va Toshkent shahri tumanlari
viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar
qishloq tumanlari
1.
Bo‘lim boshlig‘i
14
13
13
2.
Bosh mutaxassis
12
11
10
3.
Yetakchi mutaxassis
11
10
9
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 7-ILOVA
Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha
Raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish yo‘nalishida
1.
Statistik hisobotlarni to‘ldirish jarayonida real vaqt rejimida maslahatlar beruvchi beradigan sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan chat-bot AI ishlab chiqish.
1. Sun’iy intellekt texnologiyalarini statistik hisobotlarni qabul qilish jarayonlariga joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.
2025-yil sentabr
Milliy statistika qo‘mitasi
2. Statistika hisobotlarini onlayn tarzda taqdim etishning e-Stat 4.0 axborot tizimi uchun sun’iy intellekt (artificial intelligence) texnologiyasi asosida “Maslahatchi” interaktiv xizmati (chat-bot) modulini ishlab chiqish.
2026-yil yanvar
Milliy statistika qo‘mitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
2.
“Hududlar statistikasi” axborot tizimini joriy etish.
1. Statistika integrallashgan axborot tizimi negizida “Hududlar statistikasi” axborot tahlil modulining konsepsiyasini ishlab chiqish hamda unda joylashtiriladigan statistik ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini shakllantirish.
2025-yil iyun
Milliy statistika qo‘mitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. “Hududlar statistikasi” axborot tahlil modulini ishga tushirish va unda ro‘yxatga muvofiq statistik ko‘rsatkichlarning e’lon qilib borilishini ta’minlash.
2025-yil dekabr
3.
Tadbirkorlarga “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini tashkil etish.
1. Tadbirkorlik subyektlari uchun maslahat va axborot-tahliliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha joriy etiladigan “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatining konsepsiyasi va mazkur xizmatni ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish.
2025-yil iyul
Milliy statistika qo‘mitasi
2. “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha barcha darajadagi statistika organlari uchun o‘quv seminarlarini o‘tkazish.
2025-yil avgust — oktabr
3. “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini ko‘rsatishni boshlash va uni tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ommalashtirish.
2025-yil noyabr
4.
Statistik ma’lumotlarning yangi manbalarini aniqlash va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish.
1. “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi integratsiyalar (vazirlik va idoralardan olingan integratsiya servislari) ro‘yxatini Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etib borish.
Doimiy
Raqamli texnologiyalar vazirligi
2. “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi mavjud integratsiyalardan (vazirlik va idoralardan olingan integratsiya servislari) to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini yaratish.
2025-yil dekabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
5.
Milliy statistika qo‘mitasi tizimida mavjud “fayervol” (firewall) qurilmalarining litsenziya muddatini uzaytirish.
“Fayervol” (firewall) qurilmalarining litsenziya muddatini uzaytirish choralarini ko‘rish va “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida xarid qilish ishlarini amalga oshirish.
2025-yil aprel
Milliy statistika qo‘mitasi
6.
Hududiy boshqarmalarni zamonaviy server qurilmalari bilan ta’minlash.
1. Qo‘shimcha server qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.
2. “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida xarid qilish ishlarini amalga oshirish.
3. Milliy statistika qo‘mitasi tizimida server qurilmalarini foydalanishga joriy etish.
2025-yil dekabr
Milliy statistika qo‘mitasi
7.
Statistik kuzatuvlarni o‘tkazish jarayonlariga telefon aloqasi yordamida intervyu o‘tkazish (CATI — Computer Assisted Telephone Interviewing) imkonini beruvchi call-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
1. Call-markaz faoliyatini autsorsing xizmatidan foydalangan holda tashkil qilish hamda unga oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalarini jalb etish.
2026-yil 1-sentabrdan boshlab
Milliy statistika qo‘mitasi
2. Milliy statistika qo‘mitasiga uning so‘roviga asosan taqdim etiladigan telefon raqamlar bazalaridan foydalanishga ruxsat berish.
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Tarmoqlar statistikasini takomillashtirish yo‘nalishida
8.
Statistik ko‘rsatkichlar hisob-kitoblariga iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha institutsional birliklar tasniflagichini joriy etish.
1. Xalqaro tavsiyalarga muvofiq iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha institutsional birliklar tasniflagichini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb etish.
2025-yil iyun
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
Markaziy bank,
Adliya vazirligi,
Soliq qo‘mitasi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Raqobat qo‘mitasi
2. Korxona va tashkilotlarga iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha institutsional birliklar tasniflagichini joriy etish va unga asosan davlat moliyasi, bank, nomoliyaviy korxonalar statistikasi ko‘rsatkichlarini yuritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
2025-yil dekabr
9.
Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash natijalari asosida yalpi ichki mahsulotning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini shakllantirish.
1. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash bo‘yicha metodik yondashuvlardagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda 2010 — 2017-yillar uchun YAIMning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini shakllantirish.
2. Amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijalarini Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti bilan muhokama qilish.
3. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash natijalarini hisobga olgan holda yalpi ichki mahsulotning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini e’lon qilish.
2025-yil sentabr
Milliy statistika qo‘mitasi
10.
“Resurslar va ulardan foydalanish” jadvallarini tuzish amaliyotini takomillashtirish.
1. Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti tavsiyalari asosida korxonalar va tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini kuzatish bo‘yicha so‘rovnoma shaklini ishlab chiqish.
2025-yil aprel
Milliy statistika qo‘mitasi
2. Korxona va tashkilotlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga yo‘naltirilgan xarajatlar tarkibining bir martalik tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.
2025-yil may
3. 2024-yil ma’lumotlari asosida 30 mingdan ortiq korxonalar va tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini 143 ta iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha kuzatish.
2025-yil may — iyul
4. O‘tkazilgan kuzatuv natijalari asosida “Xarajatlar-ishlab chiqarish” koeffitsiyentlarini yangilash orqali “Resurslar va ulardan foydalanish” jadvallarini tuzish amaliyotini takomillashtirish.
2026-yil dekabr
11.
Narxlar statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish amaliyotini raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yanada takomillashtirish.
1. Iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichlarini shakllantirish jarayonlarida yangi axborot manbalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish.
2025-2026-yillar
Milliy statistika qo‘mitasi
2. Xalqaro tajriba va tavsiyalar asosida narxlar statistikasida muqobil axborot manbalari ma’lumotlaridan foydalanish uslublarini takomillashtirish.
2025-2026-yillar
Milliy statistika qo‘mitasi
12.
Ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni baholab borishni joriy qilish.
1. Xalqaro ekspertlar ishtirokida turli toifadagi aholi qatlami qamrovini ta’minlash maqsadida ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni baholab borish uslubiyotini ishlab chiqish.
2025-yil dekabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
2. Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlari asosida ko‘p o‘lchovli kambag‘allik darajasini tajriba-sinov tariqasida hisoblashni yo‘lga qo‘yish.
2026-yil iyun
13.
Ishchi kuchi ko‘rsatkichlarini shakllantirish metodikasini eng so‘nggi xalqaro tavsiyalarga moslashtirish.
Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarida aholining mehnat bilan bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.
2025-yil dekabr
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
Soliq qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
14.
Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat zonalari tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari haqidagi ma’lumotlarning yuritilishini ta’minlash.
1. Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat zonalari tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari haqidagi ma’lumotlarni (a’zolik haqidagi guvohnoma raqami, iqtisodiy zona nomi va undagi korxonalar ro‘yxati, STIR raqami, loyiha qiymati, ish o‘rinlari va boshqalar) yuritishga ixtisoslashgan elektron platformani ishlab chiqish.
2025-yil sentabr
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
2. Mazkur platformani Milliy statistika qo‘mitasining axborot tizimiga integratsiya qilish.
2025-yil dekabr
15.
Statistik registrlarni xalqaro amaliyotga muvofiq takomillashtirish.
1. Milliy statistika qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan integratsiyalar asosida “Statistik registrlarning raqamli bazasi” axborot tizimini kengaytirish, jumladan:
Milliy statistika qo‘mitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
tegishli vazirlik va idoralar
respondentlar ro‘yxatini shakllantirishda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish maqsadida “Litsenziya” raqamli statistika registrini;
2025-yil may
avtotransport vositalari soni (transport turlari, yonilg‘i turlari, rusumlari, texnik ko‘rik natijalariga ko‘ra soz yoki nosozligi to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida “Transport” raqamli statistika registrini joriy etish.
2025-yil iyun
16.
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashganligi va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ish haqi miqdorlari tabaqalanishiga doir ma’lumotlarni shakllantirish.
1. Har bir oliy ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan “Karyera markazlari”da bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish.
2025-yil avgust
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Soliq qo‘mitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar haqidagi Soliq qo‘mitasidagi individual ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olishni yo‘lga qo‘yish.
2025-yil sentabr
3. Yig‘ilgan ma’lumotlarni o‘zaro solishtirish orqali bitiruvchilarning ishga joylashganligi va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ish haqi miqdorlari tabaqalanishiga doir ma’lumotlarni shakllantirish.
2025-yil noyabr
4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda e’lon qilib borish.
Bunda tegishli ma’lumotlardan shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalaniladi.
2025-yil dekabr
17.
Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va ta’limga individual yondashuv darajasini baholash maqsadida (Faculty-to-Student Ratio) professor-o‘qituvchi xodimlar sonining tahsil olayotgan talabalar soniga nisbati bo‘yicha indikator ishlab chiqish va e’lon qilish.
1. Har bir oliy ta’lim tashkiloti kesimida ilmiy darajalar (fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori), ilmiy unvon (professor, dotsent) bo‘yicha professor-o‘qituvchi xodimlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish.
2025-yil oktabr
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
2. Barcha mulkchilik shaklidagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni va jinsi bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish.
2025-yil noyabr
3. Shakllantirilgan ma’lumotlar asosida oliy ta’lim tashkilotlari kesimida (Faculty-to-Student Ratio) professor-o‘qituvchi xodimlar sonining tahsil olayotgan talabalar soniga nisbati bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish va belgilangan tartibda e’lon qilib borish.
2025-yil dekabr
18.
Xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli dasturi parametrlarini iqtisodiy faoliyat turlariga moslashtirish.
Xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlarini xalqaro standartlarga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi (2-tahrir) bilan muvofiqlashtirish.
2025-yil aprel
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
19.
Faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining IFUT xos raqamini axborot tizimlarida qayd etish.
1. Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining asosiy va qo‘shimcha faoliyat turi hamda tegishli IFUT xos raqamini belgilagan holda ma’lumotlarni Adliya vazirligiga taqdim etish.
2025-yil aprel
Milliy statistika qo‘mitasi
2. Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari hamda Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshirish.
2025-yil iyun
Adliya vazirligi
20.
Yillik statistika hisobotini taqdim etishdan ozod etiladigan korxonalar ro‘yxatini shakllantirish.
1. Kichik tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini, shu jumladan, xodimlar soni va yillik mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi, aksiz solig‘ini to‘lovchilar ro‘yxati haqidagi ma’lumotlarni statistika organlariga taqdim etib borish.
11 oylik ma’lumotlar
kelgusi yilning 1-fevraliga qadar,
yillik ma’lumotlar
kelgusi yilning 5-martiga qadar
Soliq qo‘mitasi
2. Davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini statistika organlariga taqdim etish.
1-fevraliga qadar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
21.
Samaradorlik ko‘rsatkichlarining uslubiyotini ishlab chiqish.
1. Energiya samaradorligi ko‘rsatkichlarini, ularning uslubiyotini xalqaro tavsiya va qo‘llanmalar asosida qayta ko‘rib chiqish hamda rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot resurslarida e’lon qilish.
2025-2026-yillar
Energetika vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Xalqaro tavsiya va qo‘llanmalar asosida investitsiya samaradorlik ko‘rsatkichini hisoblash uslubiyotini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.
2025-2026-yillar
22.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ma’lumotlar manbasini shakllantirish.
Bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganish natijalarini iqtisodiy faoliyat turlari (ikki xonali raqamli kodlar), hududlar (viloyat, tuman/shahar) va jins bo‘yicha Milliy statistika qo‘mitasiga tizimli ravishda taqdim etib borish.
Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 30 sanasiga qadar
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
23.
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish.
Qo‘shimcha tarmoq va hududiy loyihalar ro‘yxatini quyidagi tartibda shakllantirish:
1. Qo‘shimcha hududiy va tarmoq loyihalar ro‘yxatini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etish.
Hisobot davridan oldingi oyning 28-sanasiga qadar
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
tegishli vazirlik va idoralar
2. Quyidagi ma’lumotlarni Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etish:
Investitsiya dasturiga kiritilgan hamda qo‘shimcha hududiy va tarmoq loyihalari ro‘yxatini har bir loyihaga biriktirilgan xos raqam (ID kod) bilan birga;
Hisobot davridan oldingi oyning 30-sanasiga qadar
xorijiy investitsiya va kreditlar, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha ishga tushirilgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni.
Hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar
24.
Markazlashgan mablag‘lar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish.
Respublika budjeti, Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etib borish:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
- loyihalar kesimida loyiha nomi va xos raqamni (ID kod) hamda tashabbuskor nomi va STIR raqamini;
Hisobot davridan oldingi oyning 30-sanasiga qadar
- loyihalar kesimida ishga tushirilgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni.
Hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar
25.
Tayyorlangan paxta xomashyosi va boshoqli don to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’muriy ma’lumotlar asosida shakllantirish.
1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot tizimidagi ma’lumotlarni ko‘lamini qayta ko‘rib chiqish hamda paxta xomashyosini tayyorlash to‘g‘risidagi (3-paxta) va don ekinlarini tayyorlash to‘g‘risidagi (3-don) statistik hisobot shakllaridagi ko‘rsatkichlarga to‘liq moslashtirish.
2025-yil aprel
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
2. Paxta xomashyosi va boshoqli don to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimi orqali Milliy statistika qo‘mitasiga quyidagi muddatlarda taqdim etish:
paxta xomashyosi bo‘yicha — 1-oktabr, 1-noyabr hamda 1-dekabrdan kechiktirmagan holda;
boshoqli don bo‘yicha — 1-iyul, 1-avgust hamda 1-dekabrdan kechiktirmagan holda.
Har yili
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlangan paxta xomashyosi va boshoqli don bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish.
Statistika dasturida belgilangan muddatlarda
Milliy statistika qo‘mitasi
26.
Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining faoliyatiga oid statistik ma’lumotlarni shakllantirish.
1. “Onlayn mahalla” axborot tizimidagi ma’lumotlarni dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risidagi (4-dx) statistik hisobotidagi ko‘rsatkichlarga to‘liq moslashtirish.
2025-yil aprel
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
2. Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining yer maydonlari haqidagi ma’lumotlarni “Uzkad” hamda Milliy geoaxborot tizimlari orqali “Onlayn mahalla” axborot tizimiga taqdim etib borish.
Doimiy
Kadastr agentligi,
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
3. Hokim yordamchilari dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining ekinlar ekilgan maydoni, yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini xatlovdan o‘tkazish hamda ma’lumotlarni “Onlayn mahalla” axborot tizimiga kiritib borish.
Har chorakda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
4. Hokim yordamchilari tomonidan “Onlayn mahalla” axborot tizimidagi ko‘rsatkichlar asosida dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risidagi statistik hisobotni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda statistika organlariga e-Stat axborot tizimi orqali taqdim etish.
Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmagan holda
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash yo‘nalishida
27.
Koreya statistika idorasi (Statistics Korea) bilan grant loyihani amalga oshirish.
Koreya statistika idorasi (Statistics Korea) bilan Milliy statistika qo‘mitasining statistik salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha 2025 — 2028-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan Koreya hukumati granti loyihasini boshlash uchun tegishli choralar ko‘rish.
2025-yil dekabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
28.
Xalqaro qo‘llanma, tavsiya va standartlar elektron bazasini yaratish.
Xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro statistika qo‘llanmalari, tavsiyalari va standartlari elektron bazasini yaratish va uslubiy materiallar kutubxonasiga (https://lib.stat.uz) joylashtirish.
2025-yil oktabr
Milliy statistika qo‘mitasi
29.
Milliy statistika qo‘mitasining xalqaro tashkilotlardagi faolligini kengaytirish.
Milliy statistika qo‘mitasining xalqaro tashkilotlarda, xususan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika byurosida, Yevropa statistiklar konferensiyasi Byurosida va Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qo‘mitasi Byurosida samarali ishtirok etishini ta’minlash.
2025-2026-yillar
Milliy statistika qo‘mitasi,
Tashqi ishlar vazirligi
30.
Xalqaro mehnat tashkilotiga (XMT) ma’lumotlarni taqdim etish.
Xalqaro mehnat tashkiloti talablari asosida “Xalqaro mehnat statistikasi” axborot tizimiga O‘zbekistonda ishchi kuchi kuzatuvlari ma’lumotlarini o‘z muddatida va to‘liq taqdim etib borish.
Yilda bir marotaba
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi
31.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) axborot tizimlarida mamlakatning asosiy makroiqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarini aks ettirishni ta’minlash.
1. Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT)dan Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus tizimi (MTMT)ga o‘tish.
2025-yil dekabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
Markaziy bank
2. Xalqaro valyuta jamg‘armasining Xalqaro moliya statistikasi sahifasida talab etiladigan asosiy makroiqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistika ko‘rsatkichlarining e’lon qilib borilishini ta’minlash.
Doimiy
32.
Iqtisodiy, investitsiya va energetika komplekslarida amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini baholash ko‘rsatkichlarini shakllantirish.
Iqtisodiy, investitsiya va energetika komplekslarida amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini baholash ko‘rsatkichlari va ularni shakllantirish tartibi loyihasini ishlab chiqish.
2025-yil iyun
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
tegishli vazirlik va idoralar
Ochiq ma’lumotlar portalini takomillashtirish yo‘nalishida
33.
Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatida geofazoviy ma’lumotlarni joylashtirish.
1. Ochiq ma’lumotlar portalida geofazoviy ma’lumotlarni joylashtirish funksiyasini xalqaro tajribani o‘rgangan holda yanada takomillashtirish.
2025-yil sentabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Milliy statistika qo‘mitasi,
tegishli vazirlik va idoralar
2. Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlarni joylashtiruvchi davlat organlari va tashkilotlari mas’ul xodimlarining xalqaro tajriba asosida geofazoviy ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha malakasini oshirish.
2025-yil noyabr
3. Ochiq ma’lumotlar portalida geofazoviy ma’lumotlar sonini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rish.
2025-yil dekabr
34.
Ochiq ma’lumotlar sohasidagi “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash.
1. Ochiq ma’lumotlar sohasidagi “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarining yangilangan baholash tizimini o‘rganish.
2025-yil may
Milliy statistika qo‘mitasi,
tegishli vazirlik va idoralar
2. “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarining yangilangan baholash tizimi asosida Ochiq ma’lumotlar portalida va Milliy statistika qo‘mitasining “SIAT” axborot tizimida ma’lumotlarni joylashtirish.
2025-yil noyabr
3. Ochiq ma’lumotlar portalida va Milliy statistika qo‘mitasining “SIAT” axborot tizimida joylashtirilgan ma’lumotlarni “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” reytinglarini yuritadigan “Open Data Watch” xalqaro tashkilotiga taqdim etish.
2025-yil dekabr
Boshqa yo‘nalishlarda
35.
Tizim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.
1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga statistika ma’lumotlariga yoki statistika faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan (hisobot taqdim etish majburiyati, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash bilan bog‘liq) normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlayotgan har qanday tashkilot ularni Milliy statistika qo‘mitasi bilan dastlabki kelishishi shartligiga oid norma kiritish.
2. Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan amaldagi yig‘im miqdorini bozor narxlaridan kelib chiqqan holda qayta belgilash, shuningdek, taqdim etish muddatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va tegishli tuzatishlar kiritish.
2025-yil dekabr
Milliy statistika qo‘mitasi,
Adliya vazirligi
36.
Mavjud resurslardan foydalangan holda statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
1. Hududiy statistika organlari balansidagi tuman (shahar) bo‘limlari binolarini belgilangan tartibda sotish choralarini ko‘rish hamda sotishdan tushgan mablag‘larni statistika organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish.
2025-yil davomida
Milliy statistika qo‘mitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
2. Hududiy statistika organlarini joylashtirish uchun tuman va shahar hokimliklari binosidan zarur xonalarni ajratish hamda ijara qiymatini “nol” stavkada belgilash.
Doimiy
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
37.
Rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning so‘rovlari bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish.
1. 2022 — 2024-yillar uchun foydalanuvchilardan kelib tushgan so‘rovlar ma’lumotlar bankini shakllantirish va tahlil qilish.
2025-yil sentabr
Milliy statistika qo‘mitasi
2. Tahlillar asosida foydalanuvchilarning ehtiyoji yuqori bo‘lgan ma’lumotlarni keng e’lon qilib borish.
Doimiy
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 07/25/75/0197-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 13.03.2026-y., 07/26/103/0226-son)