1-ILOVA
1. | J.A. Qoʻchqorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Respublika statistika kengashi raisi |
2. | Lavozimi boʻyicha | — | Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Respublika statistika kengashi raisining oʻrinbosari |
3. | O.A. Xakimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari |
4. | Sh.A. Ayupov | — | Fanlar akademiyasi prezidenti |
5. | E.F. Gadoyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi |
6. | Sh.X. Nazarov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi |
7. | D.Q. Axmedov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
8. | T.A. Ishmetov | — | Markaziy bank raisi |
9. | I.Yu. Abdurahmonov | — | qishloq xoʻjaligi vaziri |
10. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
11. | B.E. Zaxidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
12. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
13. | I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
14. | M.M. Mirzayev | — | Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
15. | D.A. Vahobov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
16. | U.K. Abidxodjayev | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori |
17. | T.Z. Teshabayev | — | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori |
18. | Lavozimi boʻyicha | — | Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Respublika statistika kengashi kotibi |
2-ILOVA
T/r | Maʼmuriy maʼlumot taqdim etuvchi vazirlik va idoralar nomi | Maʼmuriy maʼlumotlar roʻyxati | Amalga oshirish muddati |
1. | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sanoat mahsulotlari boʻyicha taqdim etilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot (STIRi) yoki jismoniy shaxs (JSHSHIRi) kesimida tashkilot nomi, hudud nomi, tuman, shahar nomi, muvofiqlik sertifikatining tartib raqami, muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan mahsulotning TIF TN kodi, muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan mahsulot nomi, muvofiqlik sertifikati taqdim etilgan sana, muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati va boshqalar. | 2025-yil may |
2. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | Yuridik shaxslar tomonidan qurilgan turar joylar va noturar, shu jumladan, 1 qavatli, 2 qavatli, 3 qavatli, 4 qavatli, 5 va undan yuqori qavatli binolar haqida maʼlumotlar, noturar binolarning umumiy qurilish maydoni (m2), noturar binolarning umumiy qurilish hajmi (m3), turar joy binolarining umumiy qurilish maydoni (m2), turar joy binolarining yashash maydoni (m2) va boshqalar. | 2025-yil iyul |
3. | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “raqamli mahalla” axborot tizimi maʼlumotlari, shu jumladan, mahalla fuqarolar yigʻinlari soni va ularga tegishli maʼlumotlar va boshqalar. | 2025-yil iyul |
4. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 1. Tayyorlangan paxta xom ashyosi va boshoqli don toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari, shu jumladan, xoʻjaliklar STIRi, xoʻjaliklar nomi, xoʻjaliklarning hudud kodi, mahsulot nomi (paxta, boshoqli don), oʻlchov birligi, tayyorlangan paxta, boshoqli don navi va sinflari boʻyicha hajmi, tayyorlangan paxta, boshoqli don navi va sinflari boʻyicha qiymati, mahsulot sotilgan sana va boshqalar. | 2025-yil iyun |
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligining elektron maʼlumotlar bazasidagi paxta va toʻqimachilik hamda gʻallachilik klasterlari toʻgʻrisidagi, shu jumladan, paxta va toʻqimachilik hamda gʻallachilik klasterlarining STIRi, paxta va toʻqimachilik hamda gʻallachilik klasterlari STIR nomi, ajratilgan yer maydoni, klasterning qaysi turga mansubligi haqidagi maʼlumotlar. | 2025-yil iyul | ||
3. Qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan maydon hamda olingan yalpi hosil toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari, shu jumladan, xoʻjaliklar STIRi, xoʻjaliklar nomi, xoʻjaliklarning hudud kodi, qishloq xoʻjaligi ekinlari nomi (roʻyxat boʻyicha), yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nomi (roʻyxat boʻyicha), oʻlchov birligi, ekilgan maydon hajmi, yetishtirilgan mahsulot hajmi va boshqalar. | 2025-yil oktabr | ||
5. | Oʻzbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi | Birja savdolariga qoʻyiladigan tovarlarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot (STIRi) kesimida tashkilot nomi, mahsulot nomi, mahsulot TIF TN kodi, oʻlchov birligi, mahsulot miqdori, mahsulotning yakuniy (narxi) qiymati, mahsulot sotilgan sana va boshqalar. | 2025-yil avgust |
6. | Veterinariya qoʻmitasi | Jismoniy va yuridik shaxslarning identifikatsiya qilingan chorva mollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar STIRi, jismoniy va yuridik shaxslar nomi, jismoniy va yuridik shaxslarning hudud kodi, chorva mollari turi (roʻyxat boʻyicha), oʻlchov birligi, chorva mollari bosh soni va boshqalar. | 2025-yil avgust |
7 | Soliq qoʻmitasi | 1. Tarmoq supermarketlarining hududlar va alohida kassa mashinalari kesimidagi tovarlarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va mahsulotlar kesimida mahsulot miqdori, narxdagi QQS qiymati, mahsulotning yakuniy (narxi) qiymati, mahsulotning sotilgan sanasi va boshqalar. | 2025-yil avgust |
2. Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyatini monitoring qilish axborot tizimidagi jismoniy shaxslar kesimida xizmat turi (yoʻlovchi tashish, yetkazib berish), xizmatlar hajmi, mijozlar soni, qatnovlar soni, tashish masofasi (km) va boshqalar. | 2025-yil sentabr | ||
3. Yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan mahsulot va tovarlar elektron hisob fakturalarining korxonalar kesimida mahsulot nomi, oʻlchov birligi, mahsulot miqdori, mahsulotning yakuniy (narxi) qiymati, elektron hisob-faktura rasmiylashtirilgan sana va boshqalar. | 2025-yil sentabr | ||
4. Yuridik shaxslar kesimida sof tushum, daromad, foyda, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot STIRi, tashkilot nomi, korxonaning mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi (jami), ulardan asosiy faoliyatdan olingan sof tushumi, hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi, hisoblangan aksiz soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq toʻgʻrisidagi oylik maʼlumotlar (aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq hisoboti shakllari hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq hisoboti shakllari maʼlumotlari asosida). | 2025-yil dekabr | ||
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi maʼlumotlar bazasidagi ERI kalit olgan korxonalar kesimida elektron kalit olgan korxonalar nomi, elektron kalit berilgan sana, elektron kalitning amal qilish muddati, mazkur elektron kalit kimning nomiga biriktirilganligi (rahbar, buxgalter yoki masʼul xodim), elektron kalit biriktirilgan telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 2025-yil dekabr | ||
6. Soliq organlariga taqdim etiladigan korxonaning balansi (1-shakl) hamda moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi (2-shakl) yillik moliyaviy hisobotlardagi maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot (STIRi) kesimida korxona va tashkilot nomi, korxonaning mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi, korxonaning boshqa daromadlari, moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlari, sotilgan mahsulot tannarxi xarajatlari, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlari, moliyaviy natijalari, sof foyda yoki zarari (moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi 2-shakl moliyaviy hisobotidan), asosiy vositalarning yil boshiga va yil oxiriga qiymati, asosiy vositalarning yil boshiga va yil oxiriga eskirish qiymati, nomoddiy aktivlarning yil boshiga va yil oxiriga qiymati, nomoddiy aktivlarning yil boshiga va yil oxiriga eskirish qiymati, tovar-moddiy zaxiralar (ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tovarlar, mahsulot qoldiqlari)ning yil boshiga va yil oxiriga qiymati, yil oxiriga debitor qarzdorlik, undan muddati oʻtgan debitor qarzdorlik, yil oxiriga kreditor qarzdorlik, undan muddati oʻtgan kreditor qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (korxona balansi toʻgʻrisidagi 1-shakl moliyaviy hisobotidan). | 2025-yil dekabr | ||
8. | Bojxona qoʻmitasi | 1. “e-kontrakt” tashqi savdo operatsiyalarining elektron axborot tizimidagi shartnomalar kesimida shartnoma predmeti, xizmat nomi, savdo qilinayotgan mamlakat, shartnoma tuzuvchi STIRi, shartnoma tuzuvchi nomi, shartnomaning bajarilish holati, shartnoma qiymati (ming doll.), rasmiylashtirilgan sana, shartnoma valyutasi kodi, zarur holatda boshqa koʻrsatkichlar. | 2025-yil sentabr |
2. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan tovarlar eksport va import joʻnatuvchi/qabul qiluvchi davlat, netto vazni (kg), statistik qiymati (ming doll.), shartnoma valyutasi, yuk qabul qiluvchi/joʻnatuvchi, chegaradagi transport turi va boshqalar. | 2025-yil oktabr | ||
9. | Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ | 1. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) maʼlumotlarini korxona va tashkilot (STIRi) hamda jismoniy shaxs (JSHSHIRi) kesimida hisobot davri, sarflangan elektr energiyasi miqdori (kilovatt-soat), sarflangan elektr energiyasi qiymati soʻmda va boshqalar. | 2025-yil sentabr |
“Hududgaztaʼminot” AJ | 2. “Hududgaztaʼminot” AJning Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi (GNHAT/ASKUG) maʼlumotlarini korxona va tashkilot (STIRi) hamda jismoniy shaxs (JSHSHIRi) kesimida tashkilot nomi, hudud nomi, hudud kodi, tuman (shahar) nomi, davri, sarflangan tabiiy gaz miqdori (m3), sarflangan tabiiy gaz qiymati soʻmda va boshqalar. | 2025-yil noyabr | |
10. | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | 1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot STIRi, tashkilot nomi, umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), umumiy inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markaziga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), pasport boʻyicha guruhlar soni (birlik), pasport boʻyicha oʻrinlar soni (birlik), 3 yoshdan 7 yoshgacha, guruhlarda mashgʻulot olib boriladigan til boʻyicha: oʻzbek tili, qoraqalpoq tili, rus tili, qozoq tili, turkman tili, qirgʻiz tili, tojik tili va boshqa tillar, maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagog xodimlari toʻgʻrisida (jami xodimlar, ulardan xotin-qizlar; oliy maʼlumotli, shu jumladan, pedagogik maʼlumotli; oʻrta maxsus maʼlumotli jami xodim, shu jumladan, pedagogik), maktabgacha taʼlim tashkilotining moddiy-texnika bazasi (kanalizatsiya, vodoprovod, markazlashtirilgan isitish, yakka tartibdagi isitish, hojatxona va kanalizatsiya tizimiga ulangan hojatxona hamda telefon bilan taʼminlangan) va boshqalar. | 2025-yil sentabr |
2. Barcha mulkchilik shakli boʻyicha umumtaʼlim tashkilotlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oid maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot STIRi, tashkilot nomi, umumiy tipdagi umumtaʼlim tashkiloti (birlik), umumiy sinflarga (guruhlarga) ega umumtaʼlim taʼlim tashkiloti soni (birlik), koʻp yoʻnalishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti (birlik), pasport boʻyicha sinflar soni, pasport boʻyicha oʻrinlar soni, 7 yoshdan 18 yoshgacha oʻgʻil va qiz bolalar soni, sinflarda taʼlim olib boriladigan til boʻyicha, umumtaʼlim tashkilotining pedagog xodimlari toʻgʻrisida (jami xodim, ulardan xotin-qizlar; oliy maʼlumotli, shu jumladan, pedagogik maʼlumotli; oʻrta maxsus maʼlumotli jami xodim, shu jumladan, pedagogik), umumtaʼlim tashkilotining moddiy-texnika bazasi (kanalizatsiya, vodoprovod, markazlashtirilgan isitish, yakka tartibdagi isitish, hojatxona va kanalizatsiya tizimiga ulangan hojatxona hamda telefon bilan taʼminlangan) va boshqalar. | 2025-yil oktabr | ||
11. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | 1. Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari, shu jumladan, fuqarolar yigʻinlari STIRi, fuqarolar yigʻinlari nomi, fuqarolar yigʻinlari hudud kodi, qishloq xoʻjaligi ekinlari nomi (roʻyxat boʻyicha), yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari nomi (roʻyxat boʻyicha), chorva mollari va parrandalar turi (roʻyxat boʻyicha), oʻlchov birligi, ekilgan maydon hajmi, yetishtirilgan mahsulot hajmi, chorva mollari va parrandalar bosh soni va boshqalar. | 2025-yil may |
2. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar (tomorqa yer egalari, dehqon xoʻjaliklari va h.k.) tomonidan ekiladigan ekin turlari, olinayotgan hosil hajmi, mahsulotlarni yetkazib berish taʼminoti va koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Online mahalla” elektron platformasiga integratsiya qilish orqali taqdim qilinishini yoʻlga qoʻyish. Shu jumladan, yerdan foydalanuvchilar STIRi, yerdan foydalanuvchilar manzili, fuqarolar yigʻini nomi, fuqarolar yigʻinining hudud kodi, yetkazib berilgan urugʻ, koʻchat, oʻgʻit, mini-texnikalar, mutaxassis xizmati va boshqa koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqalar. | 2025-yil iyun | ||
12. | Turizm qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi | “E-Mehmon” — Oʻzbekistonda turizmni boshqarish uchun moʻljallangan markazlashtirilgan axborot-tahliliy dasturiy kompleks orqali yigʻiladigan maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot STIRi, tashkilot nomi, manzili, obyektlar soni, mehmonxonadagi xonalar soni, koykalar soni, joylashtirilgan shaxslar soni, tunab qolishlar soni, safar maqsadlari boʻyicha joylashtirilgan shaxslar sonining taqsimoti, turish muddati boʻyicha joylashtirilgan shaxslar sonining taqsimoti va boshqalar. | 2025-yil sentabr |
13. | Pensiya jamgʻarmasi | Pensiya va nafaqa oluvchilar haqidagi yigʻma maʼlumotlarni shu jumladan, pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida 1-pensiya shakli yillik statistika hisobotiga muvofiq maʼlumotlar va boshqalar. | 2025-yil oktabr |
14. | Kadastr agentligi | 1. Noturar joy obyektlarining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan maʼlumotlar tarkibiga qoʻyiladigan minimal talablarida belgilangan birlamchi maʼlumotlar va boshqalar. | 2025-yil noyabr |
2. Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ilovalaridagi maʼlumotlar asosida har bir yerdan foydalanuvchilar kesimidagi yer maydonlari toʻgʻrisida maʼlumotlar va boshqalar. | |||
3. Uy-joy fondining asosiy koʻrsatkichlarini Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovada keltirilgan binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan maʼlumotlar tarkibiga qoʻyiladigan minimal talablarda belgilangan birlamchi maʼlumotlar kesimidagi maʼlumotlar va boshqalar. | |||
15. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimi, “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimi hamda Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali shakllantiriladigan maʼlumotlar, shu jumladan, korxona va tashkilot STIRi, tashkilot nomi, taʼlim muassasasi joylashgan hudud kodi, jami qabul qilingan (bakalavr va magistratura), ulardan ayollar, ulardan davlat granti asosida oʻqiyotganlar kurslar kesimida (I, II, III, IV, V, VI, VII), jami oʻqiyotgan talabalar, ulardan ayollar, ulardan davlat granti boʻyicha oʻqishni bitirishi kutilayotganlar soni, bitirganlar soni, ulardan ayollar, ulardan davlat granti boʻyicha, davlat granti asosida tamomlaganlardan toʻlov-kontrakt asosida oʻqigan bitiruvchilar, toʻlov-kontrakt asosida tamomlagan talabalarning yoshi boʻyicha (17 yoshdan 45 yoshgacha va undan katta yoshdagilar, talabalarni oʻqitish tillari boʻyicha chet elik talabalar (qabul qilinganlar, ulardan ayollar; talabalar soni, ulardan ayollar; bitirganlar soni, ulardan ayollar) va boshqalar. | 2025-yil noyabr |
16. | Ichki ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi | Oʻzbekiston hududidan tashqariga chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi yagona idoralararo elektron maʼlumotlar bazasi maʼlumotlari, shu jumladan, identifikatsiya raqami, yashash joyi manzili, millati, jinsi, tugʻilgan sanasi, tugʻilgan joyi, fuqaroligi, fuqarolikni qabul qilgan sanasi, fuqarolikni olgunga qadar holati (xorijiy davlatlar, fuqaroligi boʻlmagan shaxs), ketgan (kelgan) davlati nomi, kelish (ketish) maqsadi, kelish (ketish) vaqti, bandlik holati, faoliyat turi va boshqalar. | 2025-yil noyabr |
17. | Adliya vazirligi | Yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oilaviy tadbirkorlar, hunarmandlar va import tovarlari sotuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlik, dehqon xoʻjaliklari roʻyxati, ularning JSHSHIRi, faoliyat turlari, faollik holati, oilaviy tadbirkorlar roʻyxati, ularning JSHSHIRi, faoliyat turlari, faollik holati, hunarmandlar hamda import tovarlar sotuvchilarining roʻyxati, ularning JSHSHIRi, faoliyat turlari, faollik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | 2025-yil noyabr |
3-ILOVA
1. | R.A. Gulyamov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Ishchi guruh rahbari |
2. | Lavozimi boʻyicha | — | Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
3. | O.A. Xakimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari |
4. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
5. | I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
6. | Sh.S. Xidoyatov | — | qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri |
7. | B.E. Zaxidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
8. | I.Yu. Abdurahmonov | — | qishloq xoʻjaligi vaziri |
9. | J.T. Mirzamahmudov | — | energetika vaziri |
10. | Sh.D. Kudbiyev | — | Soliq qoʻmitasi raisi |
11. | F.J. Pulatov | — | Kadastr agentligi direktori |
12. | I.R. Tangriyev | — | Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri |
13. | Lavozimi boʻyicha | — | Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi |
4-ILOVA
1. | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
2. | Suv xoʻjaligi vazirligi |
3. | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
4. | Energetika vazirligi |
5. | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
6. | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
7. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
8. | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
9. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
10. | Sport vazirligi |
11. | Madaniyat vazirligi |
12. | Adliya vazirligi |
13. | Tashqi ishlar vazirligi |
14. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
15. | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi |
16. | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
17. | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
18. | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
19. | Migratsiya agentligi |
20. | Kadastr agentligi |
21. | Innovatsion rivojlanish agentligi |
5-ILOVA
T/r | Maʼlumotlar va mediamahsulotlar turi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Ijrochilar |
I. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boʻyicha | ||||
1. | Rasmiy statistik koʻrsatkichlar asosida infografika roliklarini tayyorlash va keng jamoatchilikka namoyish etib borish. | Rasmiy statistik koʻrsatkichlar asosida infografika roliklarini tayyorlash va yoritish tizimi: | Yanvar, aprel, iyul, oktabr | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (OʻzMTRK), Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi (OʻzMMA), Milliy statistika qoʻmitasi |
markaziy apparat uchun har chorak yakuni bilan 10 ta infografika roligini Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining markaziy telekanallari va Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga aʼzo nodavlat telekanallarda bepul yoritish; | ||||
hududiy statistika boshqarmalari uchun har chorak yakuni bilan 5 ta infografika roligini Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining hududiy telekanallari va Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga aʼzo nodavlat telekanallarda bepul yoritish. | ||||
2. | Oylik, choraklik va yillik rasmiy statistika koʻrsatkichlarini foydalanuvchilarga qisqa topiklar shaklida internet tarmogʻi orqali yetkazish. | Oylik, choraklik va yillik rasmiy statistika koʻrsatkichlari asosida har ish kunida 5-6 ta alohida qiziqarli qisqa topiklarni tayyorlab, Milliy statistika qoʻmitasi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida doimiy ravishda hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi sayti, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasiga aʼzo internet saytlarda eʼlon qilib borish. | Doimiy | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, OʻzMMA, Milliy statistika qoʻmitasi |
3. | Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati va masʼul mutaxassislari tomonidan tayyorlangan tahliliy sharh va maqolalarni chop etish. | Yetakchi gazeta va jurnallarda Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati va masʼul mutaxassislarining tahliliy sharh va maqolalarini tayyorlab, nashr etish uchun taqdim etib borish. | Har chorakda | “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati, “Oʻzbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnali, “Iqtisodiy sharh” jurnali, Milliy statistika qoʻmitasi |
4. | Sohaga oid matbuot anjumanlari, brifing va press-turlarni tashkil etish. | Aholiga doimiy toʻliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish maqsadida yil davomida: | Har chorakda | AOKA, Milliy statistika qoʻmitasi |
markaziy apparat masʼul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani va brifinglar; | ||||
hududiy statistika boshqarmalari masʼul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani, brifing va press-turlar tashkil etish. | ||||
5. | Xorijiy ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yoritish. | Yil yakuni boʻyicha Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini, rivojlanish holatini Tashqi ishlar vazirligi orqali xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda “Dunyo” axborot agentligida yoritishni tashkil etish. | Yilda bir marotaba | Tashqi ishlar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi |
II. Milliy statistika qoʻmitasi faoliyati hamda tadbirkorlik subyektlarining hisobdorligi boʻyicha tizimli targʻibot va tashviqot oʻtkazish boʻyicha | ||||
6. | Rasmiy statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar, jumladan, jurnalist va blogerlar oʻrtasida maʼlumotlardan foydalanish darajasi boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish. | Milliy statistika qoʻmitasi veb-saytida rasmiy statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar, jumladan, jurnalist va blogerlar oʻrtasida maʼlumotlardan foydalanish darajasi boʻyicha soʻrovnomalar oʻtkazish va ularning natijalarini qoʻmitaning veb-saytida eʼlon qilib borish. | Har chorakda | Milliy statistika qoʻmitasi, AOKA |
7. | Hisobot davrida shakllantirilgan rasmiy statistik koʻrsatkichlarga tegishli masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislari bilan birgalikda tahliliy sharh berib borish. | Har chorakda kamida bir marotaba “Oʻzbekiston 24” telekanali “Studiya 24” dasturi orqali hisobot davrida shakllantirilgan rasmiy statistik koʻrsatkichlarga tegishli masʼul vazirlik va idoralarning mutaxassislari bilan birgalikda tahliliy sharh va intervyular tashkil etish. | Har chorakda | OʻzMTRK, Milliy statistika qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
8. | Hisobot davrida eng namunali hisobot topshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini targʻib etish. | Statistik hisobotlarni topshirish va tanlanma kuzatuvlarda faol qatnashgan hamda maʼlumotlarni oʻz muddatida va sifatli taqdim etgan namunali hisobot topshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini Milliy statistika qoʻmitasi rasmiy veb-sayti va “YouTube” sahifasida keng jamoatchilikka yoritish. | Yilda bir marotaba | Milliy statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi |
9. | Oliy taʼlim muassasalarida talabalar ishtirokida davra suhbati va ochiq muloqotlar tashkil etish va uni yoritib borish. | Oliy taʼlim muassasalarida talabalar ishtirokida davra suhbati va ochiq muloqotlar tashkil etish: | Tasdiqlangan grafik asosida | Milliy statistika qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, OʻzMTRK, OʻzMMA |
respublika darajasida 4 ta ochiq muloqot; shuningdek, hududiy statistika boshqarmalari ishtirokida 2 tadan davra suhbati. | ||||
III. Statistika dasturi doirasida shakllantiriladigan statistik koʻrsatkichlarni yoritish boʻyicha | ||||
10. | Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati va masʼul mutaxassislari ishtirokida idora faoliyatiga oid muhim voqealar, tarmoqlar statistikasi tahliliga oid qiziqarli podkastlar tayyorlash. | Har chorakda kamida bitta dolzarb mavzu va masala yuzasidan Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati va masʼul mutaxassislari ishtirokida qiziqarli podkast olish hamda ularni Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib borish. | Har chorakda | Milliy statistika qoʻmitasi |
11. | Milliy statistika qoʻmitasining xalqaro hamkorlik faoliyatini muntazam yoritib borish. | Milliy statistika qoʻmitasining xalqaro hamkorligi, axborot almashinuvi, xorijiy delegatsiyalar tashrifi va qoʻmita mutaxassislarining xalqaro forum, konferensiya va seminarlardagi ishtirokini batafsil yoritib borish. | Doimiy | Milliy statistika qoʻmitasi |
12. | Statistik koʻrsatkichlar asosida yuritiladigan xalqaro reyting va indekslar natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish. | Statistik koʻrsatkichlar asosida yuritiladigan xalqaro reyting va indekslar natijalarini Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish. | Doimiy | Milliy statistika qoʻmitasi |
13. | Axborot makonida rasmiy statistika koʻrsatkichlari asosida tayyorlangan materiallarning monitoringini yuritish. | Axborot makonida kunlik yoritilgan rasmiy statistika koʻrsatkichlarini monitoring qilib, oylik hisobotni rasmiy veb-saytda eʼlon qilib borish. | Doimiy | Milliy statistika qoʻmitasi |
14. | Milliy statistika qoʻmitasi bilan faol ish olib boruvchi press-pulni shakllantirish. | Milliy statistika qoʻmitasi bilan faol ishlaydigan jurnalist, bloger va ommaviy axborot vositalari vakillari klubini tashkil etish, ular oʻrtasida “Eng yaxshi statistik tahlil” tanlovini oʻtkazib, ularni 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida ragʻbatlantirib borish. | Yilda bir marotaba | Milliy statistika qoʻmitasi |
15. | “Eng namunali statistika xodimi” tanlovini eʼlon qilish va natijasini yoritish. | Milliy statistika qoʻmitasi xodimlari oʻrtasida ish samaradorligini oshirish uchun “Eng namunali statistika xodimi” tanlovini oʻtkazish, uning natijalarini eʼlon qilish. | Yilda bir marotaba | Milliy statistika qoʻmitasi |
16. | Milliy statistika qoʻmitasi faoliyati toʻgʻrisida qisqa metrajli film olish. | Milliy statistika qoʻmitasi tarixi, statistik koʻrsatkichlarning shakllanishi, qiziqarli ish jarayonlarini yoritib beruvchi qisqa metrajli film ssenariysini ishlab chiqish va uni autsorsing kompaniyalarini jalb etgan holda suratga olib, keng jamoatchilikka yetkazish. | Dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
6-ILOVA
7-ILOVA