|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2025
|
1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirning nomi |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul vazirlik |
|
1. |
Ochiq maʼlumotlar toʻplamining umumlashtirilgan roʻyxatini ularni Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida (keyingi oʻrinlarda — Portal) joylashtirish muddatlari va shakllarini belgilagan holda ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), maʼlumotlarni yetkazuvchi organlar |
|
2. |
Portal bilan idoraviy axborot tizimlarini integratsiya qilish texnik talablarini ishlab chiqish. |
2019-yil |
LBMA (D. Li) |
|
3. |
Portalni takomillashtirish, shu jumladan unda quyidagilarni nazarda tutish: portal interfeysini ilgʻor xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda yangilash; maʼlumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarga qulay sharoit yaratish maqsadida maʼlumotlarni aks ettirish va vizualizatsiya interaktiv funksiyalarini qoʻshish; maʼlumotlarni ularning belgilariga qarab aniqlash yoʻli orqali oʻzaro aloqador toʻplamini yaratish imkoniyatini taʼminlash; vazirlik va idoralarning idoraviy axborot tizimlari va resurslarini Portal bilan integratsiya qilish imkoniyatini yaratish; Portalning ingliz tilidagi versiyasini ishga tushirish. |
2019-yil |
LBMA (D. Li), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
4. |
Portal bilan davlat organlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini integratsiya qilish. |
2019-yil |
LBMA (D. Li), |
|
5. |
Portalda zarur maʼlumotlarni tasdiqlangan Ochiq maʼlumotlar toʻplami roʻyxati va eʼlon qilish muddatiga muvofiq mashinada oʻqiladigan (json, xml, csv), .xls va boshqa formatda joylashtirish va yangilash. |
Belgilangan muddatlarga muvofiq |
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), |
|
6. |
Maʼlumotlarni standartlashtirilgan shaklda yuritish yoki interaktiv (raqamli) xaritada nuqtani tanlash imkonini beradigan geolokatsiya maʼlumotlarini kiritish instrumentini ishlab chiqish. |
2019-yil |
LBMA (D. Li), |
|
7. |
Ochiq maʼlumotlar toʻplamiga taqdim etilgan geografik obyektlarga geolokatsiya axborotlarini berish. |
Maʼlumotlar yangilanib borishiga |
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), |
|
8. |
Portalning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntini mazkur translyatsiyani Portalga joylashtirgan holda doimiy yangilab borish boʻyicha ishlarni faollashtirish. |
Doimiy |
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
9. |
Yuqori talabga ega boʻlgan idoraviy forumlarni Portalda integratsiya qilishni taʼminlash. |
2019-yil |
LBMA (D. Li), |
|
10. |
Oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tahliliy markazlarda ilmiy xodimlardan iborat maxsus guruhlarni tashkil etish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini tuzish rejalariga ochiq maʼlumotlarni rivojlantirishga bagʻishlangan mavzularni kiritish. |
Har yili |
Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), |
|
11. |
Umumfoydalanishdagi axborotlarni oʻrganish maqsadida IT-kompaniyalar oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish jadvallarini ishlab chiqish. |
Jadval |
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki |
|
12. |
Maʼlumotlarni yetkazuvchi organlar xodimlarini ochiq maʼlumotlar toʻplamini tayyorlash va ularni Portalda joylashtirish masalalari boʻyicha qoʻshimcha oʻqitish. |
Doimiy |
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
13. |
Portalni “Maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri” davlat axborot tizimiga integratsiya qilish. |
2019-yil |
LBMA (D. Li) |
|
14. |
Vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali “Maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registri”ning aktualligini taʼminlash. |
Doimiy |
Vazirlik va idoralar |
|
15. |
API Portal servislari ishlab chiqishni oxiriga yetkazish va kengaytirish, maʼlumot olishning yangi texnologiyalarini, shu jumladan GraphQL texnologiyasini qoʻshish. |
2019-yil |
LBMA (D. Li) |
|
16. |
Portalda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro hokimiyati organlarining barcha foydalanadigan reyestrlari va veb-saytlar boʻyicha ochiq maʼlumotlarni izlashga imkon beruvchi yagona izlash mexanizmini yaratish. |
2019-yil |
LBMA (D. Li) |
|
17. |
Kelgusida katta hajmdagi maʼlumotlarni eʼlon qilish maqsadida maʼlumotlar oʻrtasida oʻzaro aloqani taʼminlash boʻyicha metodologiya va tizimostini ishlab chiqish. |
2019-yil |
LBMA (D. Li) |
|
18. |
Portalda Portal konteksti bilan bogʻliq yuqori talabga ega idoraviy yangiliklarni joylashtirishni taʼminlash. |
Doimiy |
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), |
|
19. |
Maʼlumotlarni yetkazuvchi organlar tomonidan maʼlumotlarning standart sarlavhalari bilan format-mantiqiy tekshirishni, matndagi imlo va xatolarni tekshirishni taʼminlash imkonini beruvchi ochiq maʼlumotlar toʻplamini joylashtirish va yangilashni monitoring qilish modulini ishlab chiqish. |
2019-yil |
LBMA (D. Li) |
2-ILOVA
|
T/r |
Xalqaro maʼlumotlar bazasining nomi* |
Masʼul vazirlik va idoralar |
|
1. |
Jahon rivojlanish indikatorlari, Jahon banki. (World Development Indicators, World Bank) |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), vazirlik va idoralar |
|
2. |
BMT statistika departamentining maʼlumotlar bazasi. (UN data) |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), vazirlik va idoralar |
|
3. |
“Jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari” maʼlumotlar bazasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi. (World economic outlook databases, IMF) |
Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), |
|
4. |
Mehnat bozorining asosiy koʻrsatkichlari, Xalqaro mehnat tashkiloti. (Key indicators of the labour Market, ILO) |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), |
|
5. |
Global sogʻliqni saqlash observatoriyasi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti. (Global Nealth Observatory data, World Nealth Organization) |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), vazirlik va idoralar |
|
6. |
Suv taʼminoti va qishloq xoʻjaligi boʻyicha global axborot tizimi. Akvastat, FAO. (Global information system of water and agriculture. Aquastat, FAO) |
Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), vazirlik va idoralar |
|
7. |
Savdo va import toʻsiqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar, Jahon banki. (Data on trade and import barriers, World bank) |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Davlat bojxona |
|
8. |
Global energiya maʼlumotlar, Xalqaro energiya agentligi. (Global energy data, International Energy Agency) |
Energetika vazirligi (A. Sultonov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), vazirlik va idoralar |
|
9. |
Asosiy transport statistikasi, Xalqaro transport forumi. (Key Transport Statistics, International Transport Forum) |
Transport vazirligi (I. Maxkamov), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), vazirlik va idoralar |
|
10. |
Taʼlim boʻyicha milliy statistika, YUNESKO. (National Statistics on Education, UNESCO) |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Xalq taʼlim vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), vazirlik va idoralar |
3-ILOVA
| T/r | Toifalar nomlanishi | Parametrlar | Tarkibiy indikatorlar | Masʼul vazirlik va idoralar |
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti | Rejalashtirilgan davlat xarajatlari. | vazirlik, idoralarning budjeti; tarmoqlar kesimidagi budjet; iqtisodiy tasniflash kesimidagi budjet; hududlar kesimidagi budjet. | Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlari | Davlat budjetining ijrosi va Davlat maqsadli jamgʻarmalarining ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumot. | vazirlik va idoralar kesimidagi budjet xarajatlari; tarmoqlar kesimidagi budjet xarajatlari; iqtisodiy tasniflash kesimidagi xarajatlar; hududlar kesimidagi budjet xarajatlari. | Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
| 3. | Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xaridlar | Davlat organlarining barcha tanlovlari va tenderlari. | bitim turi; tovarning nomlanishi; summasi va miqdori. | “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ (F. Ibragimov), Moliya vazirligi (A. Haydarov) |
| 4. | Saylovlarning natijalari | Oxirgi saylovlarning natijalari. Ovoz berish natijalari va saylov jarayoni toʻgʻrisida maʼlumotlar. | yirik milliy saylovlarning natijalari; roʻyxatga olingan ovozlar soni; haqiqiy emas deb topilgan ovozlar soni; buzilgan blanklar soni; saylov uchastkalari darajasida maʼlumotlar ochiqligi. | Markaziy saylov komissiyasi |
| 5. | Biznesni roʻyxatga olish | Roʻyxatga olingan kompaniyalar roʻyxati. | kompaniya nomlanishi; manzili; soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR). | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 6. | Yerga egalik | Yerdan foydalanish xaritalari. | yer uchastkasining chegaralari; yer uchastkasining kadastr raqami; soliq stavkasi va ball bonitet; egalik huquqi. | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev), DSQ (B. Musayev) |
| 7. | Milliy xaritalar | Mamlakat butun hududining 1:250 000dan kichik boʻlmagan masshtabdagi geografik (topografik) xaritasi. | asosiy avtomagistrallar, temir yoʻllar; gidrografiya (daryolar, koʻllar, kanallar va boshqalar); relyef; davlat chegarasi va maʼmuriy chegaralar; aholi punktlari. | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev) |
| 8. | Maʼmuriy birliklar | Maʼmuriy (mahalliy) boshqaruv maqsadlari uchun belgilangan maʼmuriy birliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | maʼmuriy zona koordinatalari (kenglik, uzunlik); maʼmuriy zonaning nomlanishi; zona chegaralari (maʼlumotlar koordinatalarni izohlash imkonini beruvchi geografik prognozlardan tashkil topishi lozim). | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev) |
| 9. | Davlat manzilli tizimi | Pochta indekslarining makondagi tegishli joylashuvi koʻrsatilgan maʼlumotlar bazasi. | pochta indekslari manzillari (manzil koʻrsatilmaganida pochta indeksi koʻrsatilishi shart); koordinatalar (kenglik, uzunlik). | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (A. Abdullayev) |
| 10. | Milliy statistika | Yalpi ichki mahsulot (YAIM) yoki ishsizlik va aholining statistikasi kabi demografik va iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha asosiy milliy statistik maʼlumotlar. | mamlakat aholisi (har yili yangilanadigan maʼlumotlar, tugʻilish va oʻlim statistikasi, kelganlar va ketganlar); yalpi ichki mahsulot (joriy narxlarda oʻlchanadigan, har chorakda yangilanadigan); ishsizlik (har chorakda yangilanadigan, iqtisodiy faol aholi soniga nisbatan ishsizlarning soni va darajasi). | Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Qudbiyev) |
| 11. | Qonun loyihalari | Ishlab chiqilayotgan yoki ishlab chiqish uchun rejalashtirilgan qonun loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek ular boʻyicha ovoz berish natijalari. | koʻrib chiqilayotgan qonun loyihasining mazmuni; qonun loyihasining muallifi; qonun loyihasining holati; qonun loyihasi boʻyicha ovoz berish natijalari; munozaralar stenogrammasi. | Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) |
| 12. | Milliy qonunchilik | Barcha milliy qonunchilik hujjatlari va ularning dolzarbligi toʻgʻrisida Internet tarmogʻida joylashtirilgan ochiq maʼlumotlar. | hujjatning mazmuni / uning maqomi; oxirgi oʻzgartirish kiritilgan sana; hujjatga kiritilgan oʻzgarti-rishlarning mazmuni. | Adliya vazirligi (R. Davletov) |
| 13. | Havo sifati | Havonining oʻrtacha sutkalik ifloslanishi, ayniqsa odam salomatligiga jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan konsentratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maʼlumotlar mamlakatning barcha hududlari yoki monitoring zonalari uchun, jumladan kamida 3 ta yirik shaharni qamrab olgan holda ochiq boʻlishi lozim). | qattiq zarrachalar; oltingugurt oksidi; azot oksidi; uglerod okisi; ozon. | Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (B. Nishonov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov) |
| 14. | Suv sifati | Ichimlik suv manbalari, shu jumladan suvning ekologik manbalari sifati toʻgʻrisida (koʻllar, daryolar, sizot suvlar) maʼlumotlar. | fekal koliformasi; margumush; ftorid darajalari; nitratlar; eritilgan qattiq moddalarning umumiy miqdori. | Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Soliyev), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B. Islomov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov) |
| 15. | Transport | Jamoat transportining harakatlanish jadvali, sxemasi va yoʻl haqi. | yoʻnalishli avtobuslar; temir yoʻl poyezdlari (metro); aviatransport. | Transport vazirligi |
| 16. | Tashqi savdo | Mamlakatning tashqi savdo faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | tovarlar (tovarlar guruhi) kesimida eksport va import koʻrsatkichlari; savdo balansi (shu jumladan hamkor davlatlar kesimida). | Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov), (M. Azimov) |
| 17. | Sogʻliqni saqlash | Sogʻliqni saqlash tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | vaksinatsiya darajasi; tibbiy yordamdan foydalanish darajasi; aholi salomatligini saqlash-ning asosiy koʻrsatkichlari; aholining tibbiy xizmatlardan mamnunligi darajasi. | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov) |
| 18. | Taʼlim | Maktabgacha, oʻrta (maktab) va oliy taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan qamrab olinishi darajasi; bolalarni umumiy taʼlim muassasalari bilan qamrab olinishi darajasi; bolalarning maktabga qatnashi darajasi; taʼlim muassasalarining oʻqituvchilar bilan taʼminlanganligi; tadqiqotchilik faoliyati, shu jumladan xorijiy talabalar va oʻqituvchilar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda oliy taʼlim muassasalari roʻyxati. | Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), |
| 19. | Jinoyatchilik | Jinoyatchilik darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. | jinoyatchilik boʻyicha hisobotlar; yoʻnalishlar va hududlar kesimida jinoyatchilik koʻrsatkichlari. | Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (O. Murodov) |
4-ILOVA
|
T/r |
Parametrlar |
Chora-tadbirning nomi |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul organ |
|
I. Statistika metodologiyasini yaxshilash boʻyicha | ||||
|
1. |
Toʻlov balansi boʻyicha qoʻllanmalar |
Mamlakatning toʻlov balansini hisob-kitob qilishda “Toʻlov balansi va xalqaro investitsiya pozitsiyasi boʻyicha qoʻllanma”ning oltinchi nashridagi metodologik standartlardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Jahon banki eʼtiboriga yetkazish (TBQ6). |
2019-yil |
Markaziy bank (M. Nurmurodov) |
|
2. |
Isteʼmol narxlari indeksining bazaviy yili |
Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmol narxlari indeksini tuzishda oʻtgan yil bazaviy yil hisoblanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Jahon banki eʼtiboriga yetkazish. |
2019-yil |
Davlat statistika qoʻmitasi |
|
3. |
Sanoat ishlab chiqarish indeksi |
Oʻzbekiston Respublikasining sanoat ishlab chiqarish indeksi har oyda hisoblanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Jahon bankining eʼtiboriga yetkazish. |
2019-yil |
Davlat statistika qoʻmitasi |
|
4. |
Import va eksport narxlar indekslari |
1. Import va eksport narxlar indeksini hisob-kitob qilish boʻyicha hisobotlar tuzish metodikasini oʻrganish va ishlab chiqish. 2. Import va eksport narxlari indekslarini har oyda eʼlon qilishni taʼminlash. |
2019-yil
2019-yil |
Davlat statistika qoʻmitasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzokov) |
|
5. |
XVJ maʼlumotlarini joriy qilishning maxsus standartlari |
1. Maʼlumotlarni joriy qilishning kengaytirilgan umumiy tizimidan (MJQk-UT) XVJ maʼlumotlarini joriy qilishning maxsus standartiga oʻtish (MJQMS) boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. MJQ k-UTdan XVJ MJQMSga oʻtish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni qabul qilish. 3. XVJ maʼlumotlarini tarqatish standartlarini qoʻllash. |
2019-yil
2020-yilda |
Davlat statistika qoʻmitasi Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Markaziy bank (M. Nurmurodov), “Toshkent” RFB (B. Usmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Dastlabki maʼlumotlar sifatini yaxshilash boʻyicha | ||||
|
6. |
Aholini roʻyxatga olish |
“Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasida aholini roʻyxatga olishni 10 yilda kamida bir marotaba oʻtkazish tartibini mustahkamlash. |
2019-yil |
Davlat statistika qoʻmitasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi (A. Xaydarov), IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi |
|
7. |
Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish |
1. Qishloq xoʻjaligini roʻyxat olishni 2023-yilda oʻtkazish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni 10 yilda kamida bir marotaba oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish. |
2020-yil Roʻyxatga olish oʻtkazilganidan soʻng |
Davlat statistika qoʻmitasi |
|
8. |
Salomatlikni tekshiruvdan oʻtkazish |
1. 2019-yilda aholi salomatligini tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish. 2. Aholi salomatligini 3 yilda kamida bir marotaba tekshiruvdan oʻtkazish. |
2019-yil 1-dekabr 2019-yildan |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
9. |
Qashshoqlikni tekshiruvdan oʻtkazish |
1. Isteʼmol savatchasi va tirikchilik uchun eng kam miqdorning aniq qiymati va tarkibini aniqlash. 2. Aholining qashshoqlik darajasi koʻrsatkichlarini hisoblash metodologiyasini oʻrganish. 3. Aholining qashshoqlik darajasi koʻrsatkichlarini aniqlash. |
2019-yil 2019-yil 2020-yildan boshlab |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi |
|
III. Maʼlumotlar bazasining davriyligi va dolzarbligi | ||||
|
10. |
Daromadlar boʻyicha qashshoqlik darajasi |
1. Xalqaro taqqoslash dasturining (XTD) navbatdagi global raundida ishtirok etishi boʻyicha choralar koʻrish. 2. Xalqaro taqqoslash dasturining global raundi yakunlari natijalariga koʻra daromadlar boʻyicha qashshoqlik darajasini aniqlash. |
2019-yil XTD natijalarining yakunlariga koʻra |
Davlat statistika qoʻmitasi |
|
11. |
Bolalarning toʻyib ovqat yemasligi |
1. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini oʻrganib chiqish va ularga rioya qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish. 2. Bolalarning toʻyib ovqat yemasligi boʻyicha maʼlumotlarni ishlab chiqish va eʼlon qilish, keyinchalik ularni kamida 3 yilda bir marotaba yangilab borish. |
2019-yil
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
6-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlarning nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Budjet hujjatlarining jamoatchilik uchun ochiqligini taʼminlash | ||||
|
1. |
Vazirliklar va davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha budjet ochiqligini kengaytirish. |
1. Oliy Majlisga taqdim qilish uchun davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari ijrosi boʻyicha hisobot shakllarini ishlab chiqish. 2. Aholi va xorijiy foydalanuvchilar tomonidan foydalaniladigan Ochiq maʼlumotlar portali va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining hisobot shakllarini ishlab chiqish. |
2019-yil |
Moliya vazirligi |
|
2. |
Budjet hujjatlarining “ochiq budjet” va “ochiq maʼlumotlar” portallarida eʼlon qilinishini taʼminlash. |
Budjet hujjatlari loyihalarini Budjet ochiqligi sharhi qoidalariga muvofiq belgilangan muddatlarda joylashtirish. |
2019-yil |
Moliya vazirligi |
|
II. Budjet hujjatlarining mazmunini kengaytirish | ||||
|
3. . |
Xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida Budjet tasnifini yanada kengaytirish, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish: daromadlar va xarajatlarni maʼmuriy birliklar boʻyicha guruhlashtirish (boʻysunuvdagi budjet mablagʻlaridan foydalanuvchi subyektlar); daromadlar va xarajatlar boʻyicha amaldagi budjet tasnifining xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtai nazaridan tahlili; soliq boʻlmagan manbalar boʻyicha batafsil maʼlumotlar. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish. |
2019-yil |
Moliya vazirligi |
|
4. |
Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tushum turlari va maʼmuriy birliklar boʻyicha oʻrta istiqbolga moʻljallangan prognozlarini oshkor etish va eʼlon qilish. |
1. Xarajatlarning vazirlik va idoralar boʻyicha oʻrta istiqbolga moʻljallangan prognozlarini ishlab chiqish metodologiyasini tasdiqlash. 2. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining oʻrta istiqbolga moʻljallangan prognozlarini ishlab chiqish va “Ochiq budjet” axborot portalida joylashtirish. |
2019-yil
|
Moliya vazirligi |
|
5. |
Davlat qarzi (jalb qilingan mablagʻlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ravishda oshkor etish va eʼlon qilish. |
1. Davlat qarzini baholash va boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish uchun xalqaro moliyaviy institutlar ekspertlarini jalb etgan holda ishchi gyruhi tuzish. 2. Davlat qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ravishda aks ettirish uchun budjet hisobotini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yildan boshlab |
Moliya vazirligi |
|
6. |
XMI tavsiyalariga muvofiq, oʻrta istiqbolda budjetni rejalashtirish va qoidalar asosida budjet asoslarini rivojlantirish uchun yoʻriqnoma sifatida budjet maqsadli koʻrsatkichlarining ijrosi yoki ulardan ogʻishlar yuzasidan asoslantirishlarni baholashni oʻz ichiga olgan soliq-budjet sohasida davlat maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni budjetnomaga kiritish. |
1. Budjetnoma mazmunini kengaytirish. 2. Budjet qoidalarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar ekspertlarini jalb etgan holda ishchi guruhi tuzish. |
2020-yildan boshlab |
Moliya vazirligi |
|
7. |
Budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari mablagʻlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni xalqaro moliyaviy institutlarning moliyaviy mablagʻlari hisobidan xarajatlarini konsolidatsiyalash yoʻli bilan Davlat budjeti qamrovining toʻliq boʻlishini taʼminlash. |
Qonun hujjatlariga davlat sektoridagi barcha moliyaviy oqimlarni konsolidatsiyalashgan budjetda toʻla qamrab olishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish. |
2019-yil |
Moliya vazirligi |
|
8. |
Budjetlararo transfertlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni oshkor etish va eʼlon qilish. |
Barcha budjetlararo transfertlarga taalluqli maʼlumotlarni, jumladan ularning batafsil tavsifini baholash va oshkor etish. |
2019-yil |
Moliya vazirligi |
|
9. |
Budjet siyosatining turli aholi guruhlariga moliyaviy taʼsirini ochib berish maqsadida Davlat budjeti xarajatlari toʻgʻrisidagi (jins, yosh, daromad darajasi yoki hudud kesimida) maʼlumotlarni oshkor etish. |
Davlat budjeti xarajatlari toʻgʻrisidagi benefitsiarlarning turlari kesimida tahlil va eʼlon qilish. |
2020-yildan boshlab |
Moliya vazirligi |
|
10. |
Davlat sektorining moliyaviy aktivlari, majburiyatlari va nomoliyaviy aktivlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish va eʼlon qilish. |
1. Vazirliklar, idoralar, budjet tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalarning pul depozitlari, taqdim qilingan qarzlar va qarz majburiyatlari toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash va eʼlon qilish. 2. Vazirliklar, idoralar, budjet tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalarning moliyaviy aktivlari va majburiyatlari (jumladan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik) toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash va eʼlon qilish. |
2020-yildan boshlab
|
Moliya vazirligi |
|
11. |
Davlat sektorining aktivlari va passivlari balansini shakllantirish. |
1. Davlat sektori aktivlari va passivlari balans hisobotini XVJ standartlariga muvofiq tuzish tartibini ishlab chiqish. 2. Davlat sektori aktivlari va passivlari balans hisobotini XVJ standartlariga muvofiq tuzish. |
2020-yildan boshlab
|
Moliya vazirligi |
|
12. |
Davlatning shartli qarzdorligi (kreditlar boʻyicha davlat kafolatlari va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish va eʼlon qilish. |
Davlatning shartli qarzdorligi toʻgʻrisida hisobot tayyorlash va eʼlon qilish. |
2020-yildan boshlab |
Moliya vazirligi |
|
13. |
Davlatning soliq xarajatlari toʻgʻrisida (soliq imtiyozlari toʻgʻrisida)gi maʼlumotlarni oshkor etish va eʼlon qilish. |
Taqdim etilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar toʻgʻrisida hisobot tayyorlash va eʼlon qilish. |
2020-yildan boshlab |
Moliya vazirligi |
|
14. |
Konsolidatsiyalashgan budjet va budjet hisobotini DMS shaklida tayyorlash va taqdim qilish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
2020-yildan boshlab |
Moliya vazirligi |
|
III. “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrini yanada takomillashtirish | ||||
|
15. |
“Fuqarolar uchun budjet” nashrining tarqatish kanallarini kengaytirish. |
“Fuqarolar uchun budjet” nashrini kanallar va ommaviy axborot vositalarining turli shakllaridan foydalangan holda tarqatish. |
2019-yil davomida |
Moliya vazirligi |
|
16. |
Aholining budjet maʼlumotlariga ehtiyojini aniqlash uchun jamoatchilik bilan maslahatlashuvlar mexanizmlarini taʼminlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar imkoniyatlaridan foydalanish. |
Ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar yordamida aholi bilan qayta muloqot kanallarini oʻrnatish. |
2019-yil |
Moliya vazirligi |
|
17. |
“Fuqarolar uchun budjet”ni budjet jarayonining har bir bosqichi uchun nashr qilish. |
“Fuqarolar uchun budjet” nashrining davriyligini qayta koʻrib chiqish. |
Doimiy |
Moliya vazirligi |
|
IV. Jamoatchilikning budjet jarayonidagi ishtirokini kengaytirish va Oʻzbekiston Respublikasining | ||||
|
18. |
Davlat budjetining prognoz parametrlari bilan mustaqil institutlar prognozlarini qiyosiy tahlil qilish. |
Rasmiy makroiqtisodiy va fiskal prognozlar bilan taqqoslash maqsadida mustaqil institutlar tomonidan muqobil ravishda Davlat budjetining kelgusi yildagi daromadlari prognoz parametrlarini tayyorlash amaliyotini joriy qilish. |
2019-yil |
Moliya vazirligi |
|
19. |
Jamoatchilikni budjet jarayonida faol ishtirok etishga jalb qilish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni taʼminlash. |
Budjet jarayonida jamoatchilik ishtirokining ochiq mexanizmlarini keng qoʻllash boʻyicha takliflar kiritish. |
2019-yil |
Moliya vazirligi |
|
20. |
Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish va Oʻzbekistonning Budjet ochiqligi indeksida qatnashishini taʼminlash uchun tadbirlarni tashkil etish. |
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet ochiqligi indeksida yuqori reytingga erishishi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning ekspertlari va texnik koʻmagini jalb qilish. Budjetning ochiqlik darajasini tekshiruvdan oʻtkazish uchun masʼul vazirliklar, idoralar hamda mustaqil institutlar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tuzish. |
2019-yil |
Moliya vazirligi |
7-ILOVA
|
T/r |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar |
TIF TN kodi* |
Miqdor |
Narxi** (ming. AQSH dollarida) Davlat budjeti mablagʻlari |
|
Umumiy xarajatlar |
|
|
2 218,2 | |
|
1. |
Narxlar, uy xoʻjaliklari, individual tadbirkorlik va turizm tekshiruvlarini oʻtkazish uchun maxsus qurilmalar (planshetlar) xarajati, shundan: |
|
|
178,5 |
|
planshetlar (290 AQSH dollaridan) |
847130 |
450 |
130,5 | |
|
server (loyihaning texnik topshirigʻiga muvofiq konfiguratsiya) |
847150 |
1 |
24 | |
|
dasturiy taʼminot (planshet uchun mobil ilova (6 ming AQSH dollari) va veb-platforma (18 ming AQSH dollari) |
24 | |||
|
2. |
Davlat statistika qoʻmitasi tizimida foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini toʻliq yangilash xarajatlari, shundan: |
|
|
1 368,6 |
|
kompyuterlar |
847141, 847149 |
1754 |
1 200 | |
|
printerlar |
844331 |
346 |
120 | |
|
IP telefon tarmogʻini takomillashtirish (270 ta telefonlar uchun) |
48,6 | |||
|
3. |
Xavfsizlikni taʼminlash va korporativ aloqaning uzluksizligi hamda ularning ishga tushirilishi uchun maxsus dasturiy-texnik qurilmalarni (IDS/IPS i DLP) sotib olish uchun xarajatlar, shundan: |
|
|
301,1 |
|
korporativ aloqaning xavfsizligini taʼminlash uchun DLP litsenziya (2744 ta kompyuterga, har bir kompyuterga — 66 AQSH dollaridan) |
181,1 | |||
|
korporativ aloqaning sifati va uzluksizligini oshirish uchun VPN aloqa kanallarini kengaytirish |
120 | |||
|
4. |
Masofadan turib oʻqitishni tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, shundan: |
|
80 |
200 |
|
monitorlar |
852852, |
64 |
168,8 | |
|
kameralar, kolonkalar va mikrofonlar (komplektlar) |
852580, 851822, 851810 |
16 |
30,7 | |
|
dasturiy mahsulot |
0,5 | |||
|
5. |
Statistik maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonlariga Oracle, MS SQL Server maʼlumotlar bazasini boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish xarajatlari, shundan: |
|
|
120 |
|
MS SQL server dasturi litsenziyasi (4 ta litsenziya) |
60 | |||
|
dastur inspektorlari uchun dasturiy mahsulot |
60 | |||
|
6. |
Statistik maʼlumotlar yagona elektron bazasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish xarajatlari, shundan: |
|
|
50 |
|
veb-platforma ishlab chiqish xarajatlari |
50 |