|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.11.2006
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI, BOSh BUXGALTERLARI, BOShQARUV A’ZOLARI HAMDA KREDIT UYuShMALARI IJRO ORGANLARI RAHBARLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QO‘YISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLARNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 27-iyunda 1455-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/6-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1641-son 14.11.2006-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 51-moddasiga asosan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirishlar loyihasini ko‘rib chiqib va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1 “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (2005-yil 10-mart, ro‘yxat raqami 1455-son) o‘zgartirishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan o‘n kun o‘tgandan so‘ng, kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-may,
11/13-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar
1. Nizomning 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas, deb topilgan nomzodlar ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan lavozimlarga tayinlanishi uchun kamida olti oy muddat o‘tgandan so‘ng, qayta tavsiya etilishi mumkin.”
2. Nizomning 1-ilovasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatida 9-xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Nizomning 2-ilovasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatida 8-xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 185-modda)