kredit mablagʻlari turoperatorlarga 2 yillik imtiyozli davr (foiz va asosiy qarzdan) bilan 10 yil muddatga ajratiladi;
2024-yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik mediakampusini tashkil qilsin;
Belgilansinki, master-rejalar ishlab chiqiladigan hududlarda yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablagʻlar birinchi navbatda Jamgʻarma xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.
2024-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 100 milliard soʻm ajratsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga
1-ILOVA
Turizmni rivojlantirish boʻyicha respublika jamoatchilik kengashi
|
1. |
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Jamoatchilik kengashi raisi |
|
2. |
G.B. Israilova |
— |
Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari |
|
3. |
A.A. Abduxakimov |
— |
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari |
|
4. |
Z. Pololikashvili |
— |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining turizm bosh kotibi |
|
5. |
S. Ibbotson |
— |
Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi |
|
6. |
Z. Tongqian |
— |
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori |
|
7. |
Yu. Mizumori |
— |
Turizm qoʻmitasining Yaponiyadagi turizm vakili |
|
8. |
O. Q. Norinboyev |
— |
Oʻzbekiston geografiya jamiyati raisi |
|
9. |
F.A. Abdullayeva |
— |
Oʻzbekiston mehmonxonalar uyushmasi raisi |
|
10. |
A.X. Umarov |
— |
Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi raisi |
|
11. |
T.D. Musin |
— |
Oʻzbekiston restoratorlar va otelyerlar uyushmasi raisi |
|
12. |
D.R. Urakov |
— |
Oʻzbekiston “Hunarmand” uyushmasi rahbari v.b. |
|
13. |
Sh.M. Saibov |
— |
Oʻzbekiston turizm transporti uyushmasi raisi |
|
14. |
M.S. Sultanova |
— |
Oʻzbekiston sotsial turizm uyushmasi raisi |
|
15. |
L.Yu. Kozlovskiy |
— |
Oʻzbekiston ekstremal va togʻ turizmi federatsiyasi raisi |
|
16. |
M.S. Saydaminov |
— |
“Orient voyages” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori |
|
17. |
Z.A. Butayev |
— |
“Samarkand touristic centre” masʼuliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori |
|
18. |
M.M. Ramazonov |
— |
“Avrud travel” masʼuliyati cheklangan jamiyati marketing va biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori |
|
19. |
B.R. Ashuraliyev |
— |
“Elan Ekspress” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori |
|
20. |
L.M. Mirzayeva |
— |
“Farovon Xiva xotel” mehmonxonasi bosh menejeri |
|
21. |
B.R. Koraxodjayev |
— |
“Asia star plaza” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori |
|
22. |
D.A. Yakubova |
— |
“Oʻzbekiston 24” axborot-tahliliy teleradiokanali siyosiy sharhlovchisi |
|
23. |
E.A. Tuxvatulina |
— |
“Dunyo boʻylab” telekanali “Vsyo o Turizme” dasturi muallifi va boshlovchisi |
|
24. |
O.A. Nazarbekov |
— |
madaniyat vaziri |
|
25. |
I.R. Maxkamov |
— |
transport vaziri |
|
26. |
B.O. Saidov |
— |
tashqi ishlar vaziri |
|
27. |
Sh.S. Xidoyatov |
— |
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.b. |
|
28. |
P.R. Bobojonov |
— |
ichki ishlar vaziri |
|
29. |
I.I. Norqulov |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
30. |
A.Z. Saʼdullayev |
— |
yoshlar ishlari agentligi direktori |
|
31. |
B.G. Abdikarimov |
— |
Madaniy meros agentligi direktori |
|
32. |
U.R. Shadiyev |
— |
Turizm qoʻmitasi raisi, Jamoatchilik kengashi kotibi |
Izoh: Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi va Turizm qoʻmitasiga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Jamoatchilik kengashi aʼzolari tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga
2-ILOVA
Turizmni rivojlantirish boʻyicha mahalliy jamoatchilik kengashlarining namunaviy
|
1. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, mahalliy jamoatchilik kengashi raisi |
|
2. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkiloti vakili, Mahalliy jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari |
|
3. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, mahalliy jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari |
|
4. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Turizm va unga yondosh sohalardagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari |
|
5. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Hududdagi yirik turoperatorlar |
|
6. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Hududdagi yirik mehmonxona vakillari |
|
7. |
Lavozimiga koʻra |
— |
ommaviy axborot vositalari vakillari |
|
8. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Madaniyat vazirligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi |
|
9. |
Lavozimiga koʻra |
— |
transport vazirligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi |
|
10. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Tashqi ishlar vazirligining konsullik boʻlinmasi boshligʻi |
|
11. |
Lavozimiga koʻra |
— |
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi |
|
12. |
Lavozimiga koʻra |
— |
ichki ishlar vazirligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi |
|
13. |
Lavozimiga koʻra |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi |
|
14. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Yoshlar ishlari agentligi hududiy boʻlinmasi boshligʻi |
|
15. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Madaniy meros agentligining hududiy boʻlinmasi boshligʻi |
|
16. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Turizm qoʻmitasining hududiy boshqarmasi oʻrinbosari Mahalliy jamoatchilik kengashi kotibi |
Mahalliy jamoatchilik kengashlari oʻrinbosarlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi bilan kelishgan holda mahalliy kengashlar aʼzolari tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga
3-ILOVA
Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish boʻyicha
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash chora-tadbirlari | |||||
1. | Kichik biznesga tayyor joyni qurib taklif qilish boʻyicha yangi tizim yaratish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Ikki oy muddatda | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | |
2. | Boʻstonliq tumanidagi 100 million dollar investitsiya jalb qilingan holda “Xayatt” mehmonxonasi talablari asosida barpo etilayotgan mehmonxona majmuasiga olib boruvchi 4R6d Toshkent sh. — Chirchiq sh. — Chimyon avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish. | 1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish. 2. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga taklif kiritish. | 2024-yil oktabr | Turizm obyektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yoʻl infratuzilmalarini yaxshilashga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan | Toshkent viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
3. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil | ||||
3. | Toshkent viloyatida “Xayatt” mehmonxonasi talablari asosida barpo etilayotgan mehmonxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida majmuaning elektr energiyasi isteʼmoli rejasidan kelib chiqib, kerakli quvvatdagi elektr podstansiyasini oʻrnatish. Bunda, podstansiya qurilishi uchun sarflangan xarajatlar mehmonxona majmuasiga yetkazib berilgan elektr energiyasini monetizatsiya qilish (sotuvi) hisobidan qoplanadi. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil | Respublika budjeti mablagʻlari | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ |
4. | Gʻelondan oʻtuvchi Oqsuv daryosida 63 million AQSH dollarilik quvvati 24 Megavattli 3 ta GESni ishga tushirish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | “Oʻzbekgidroenergo” AJ |
5. | Sechankoʻl va Achinkoʻl koʻllari boʻyida turistik maskanlar barpo etish, turizm xizmat turlarini tashkil etish. | Koʻllar atrofida turistik maskanlar barpo etish, turizm xizmat turlarini tashkil etish boʻyicha oʻrganishlar olib borish va Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflarni kiritish. | 2025-yil mart | - | Qashqadaryo viloyati hokimligi, Turizm qoʻmitasi |
6. | Namangan viloyati Chortoq tumanida kamida 10 ta sanatoriya va mehmonxona tashkil qilishga investorlarni jalb qilish. | 1. Chortoq tumanida sanatoriya-kurort zonalarini tashkil qilish uchun salohiyati yuqori boʻlgan hududlarni aniqlash. | Bir oy muddatda | Ijrochilar mablagʻlari | Namangan viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasidagi investorlar uchun taqdimotlar tayyorlash. | Ikki oy muddatda | ||||
3. Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasiga tashriflarni amalga oshirish va ijobiy natijalarga erishish. | 2024-yil davomida | ||||
7. | Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa maqsadli davlatlardan xorijiy sayyohlar sonini oshirish va turizm infratuzilmasiga investitsiya jalb qilish choralarini koʻrish. Bunda, viloyat hokimlarining oʻrinbosarlari boshchiligidagi delegatsiyalarni uch oygacha ushbu davlatlarda xizmat safarida boʻlishini taʼminlash. | 1. Hokimliklar vakillarining Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarga tashrifi boʻyicha reja-jadval tuzish. 2. Ushbu davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar, tegishli xorijiy tashkilotlar bilan muzokara oʻtkazib, viloyatlar delegatsiyalarining tashrifini tashkil etish. 3. Xitoy, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlardagi yirik biznes egalarining hududlar turizm infratuzilmasiga investitsiya kiritishi va turoperatorlar tomonidan turistik oqimni koʻpaytirish maqsadida ikki tomonlama kelishuvlarga erishish. | 2024-yil 1-avgustdan boshlab, doimiy ravishda | Ijrochilar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
8. | Master-rejalar ishlab chiqiladigan 20 ta tuman (shahar)larning har biriga 50 million dollarlik investitsiya kiritish boʻyicha taqdimot qilish. | Taqdimot loyihasi. | Bir oy muddatda | - | Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
9. | Misr va Turkiya tajribasi asosida Samarqand va Buxoro shaharlarida sharq bozori loyihasini amalga oshirish. | 1. Sharq bozori loyihasini ishlab chiqish. 2. Loyihalar taqdimotini oʻtkazish. 3. Loyihani amalga oshirish istagini bildirgan tashabbuskorlarni aniqlash. | Ikki oy muddatda | Ijrochilar mablagʻlari | Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzmilliy bank” AJ, Madaniy meros agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
4. Sharq bozorlari loyihasini YUNESKO bilan oʻrnatilgan tartibda kelishish. | 2024-yil yakuniga qadar | ||||
10. | Yetakchi xorijiy davlatlarda “Farovon” milliy mehmonxona brendi ostida mehmonxonalar barpo etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | Takliflar ishlab chiqish. | Uch oy muddatda | - | Vazirlar Mahkamasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
11. | Turizm sohasidagi investorlarga qulay sarmoyaviy muhit yaratish. Bunda, 3-5 yulduzli mehmonxona va kurort (rezort)larni barpo etayotgan xorijiy va mahalliy investorlarga maxsus turistik-rekreatsion zonalarga nisbatan qoʻllanadigan imtiyoz va afzalliklarni taqdim etishni koʻzda tutuvchi “turizm investori” maqomini joriy qilish. | Takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Uch oy muddatda | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
12. | Birorta ham mehmonxona mavjud boʻlmagan 22 ta tumanda kichik otellar barpo etish uchun oilaviy xonalar sonidan kelib chiqib, subsidiya ajratish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Uch oy muddatda | - | Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
II. Uzoq xorij davlatlaridan yanada koʻproq sayyohlarni jalb qilish chora-tadbirlari | |||||
13. | “E-visa” (elektron viza) tizimini takomillashtirish, uzilishlarsiz muntazam ishlashini taʼminlash hamda mobil ilovani ishga tushirish. | Amaliy chora-tadbirlar. | Ikki oy muddatda | Tashqi ishlar vazirligi mablagʻlari | Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
14. | Qoʻshni davlatlarda sayyohlar guruhlarining chegaradan oʻtishini yengillashtirish boʻyicha mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazib, yashil yoʻlaklar tashkil etish yuzasidan aniq va hamkorlar bilan kelishilgan yechimlarni kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar. | Ikki oy muddatda | - | Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi |
15. | “Atletiko Madrid” (Ispaniya) futbol jamoasi bilan Oʻzbekiston turizm brendi reklama kampaniyasini yoʻlga qoʻyish yuzasidan Ispaniya tomoni bilan ishlarni tashkil qilish. | 1. Respublikaning turizm salohiyatini targʻib qilish uchun zarur maʼlumotlarni (logo va slogin) shakllantirish (zaruriyatga koʻra ishchi guruhlar tuzish). 2. Futbol jamoasi maʼmuriyati bilan muzokaralar oʻtkazish. | Ikki oy muddatda | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining va Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
3. Loyihani amalga oshirish. | 2024-yil davomida | ||||
16. | Oʻzbek ipagi, milliy liboslari va Oʻzbekistonning anʼanaviy bezaklarini keng targʻib etish maqsadida jahonning mashhur kutyurye va moda uylari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar. | Ikki oy muddatda | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining va Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi |
17. | Mukofot jamgʻarmasi 1 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Oʻzbek ipagi: jahon brendlari ilhomi” tanlovini oʻtkazish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil avgust | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining va Turizm qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil oktabr | ||||
18. | Moʻynoq aeroporti imkoniyatidan samarali foydalanish orqali alohida havo hududini tashkil etish hamda parashutdan sakrash va havo dayvingi ekstremal turizmini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil avgust | - | Mudofaa vazirligi, Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil oktabr | ||||
19. | Toshkent shahrida xalqaro gastronomik festival tashkil qilish. | 1. Festivalni oʻtkazish vaqti va joyini belgilash. 2. Festival toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahalliy va xorijiy turistik tashkilotlarga yetkazish. 3. Festivalni tashkil qilish va Oʻzbekistonning gastroturizm salohiyati taqdimotlarini oʻtkazish. | 2024-yil sentabr | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda | Turizm qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi |
20. | Xiva shahrida xalqaro gastronomik festival tashkil qilish. | 1. Festivalni oʻtkazish vaqti va joyini belgilash. 2. Festival toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahalliy va xorijiy turistik tashkilotlarga yetkazish. 3. Festivalni tashkil qilish va Oʻzbekistonning gastroturizm salohiyati taqdimotlarini oʻtkazish. | 2025-yil (kelishilgan muddatda) | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda | Turizm qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi |
21. | Muzeylar faoliyatini takomillashtirish dasturini ishlab chiqish. | 1. Xususiy muzeylar ochish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Muzeylar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy qilish, muzeylarga kirish uchun yagona karta tizimini va muzeylar ekspozitsiyasini tizimli ravishda yangilash mexanizmlarini yaratish. 3. Muzeylarda esdalik sovgʻalarini sotish boʻyicha xizmatlar koʻlamini kengaytirish va chiptalarga tabaqalashtirilgan tariflarni belgilash. Muzeylarning boʻsh maydonchalarida auksionlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, badiiy, hunarmandchilik, kovorking maydonchalari, hordiq chiqarish zonalarini tashkil etish orqali muzeylarda monetizatsiyaga sharoit yaratish. | 2024-yil noyabr | - | Madaniy meros agentligi |
22. | 2025-yilda restavratsiya qilinadigan madaniy meros obyektlari roʻyxatini shakllantirish hamda uy muzeylarini taʼmirlash va tiklash masalasini kiritish. | 1. Taʼmirtalab uy muzeylari roʻyxatini shakllantirish. 2. Xiva shahrida Ichan qalʼa majmuasidan 2 kilometr uzoqlikda joylashgan Muhammad Rahimxon II — Feruzning “Qibla tozabogʻ” yozgi qarorgohini toʻliq tiklash, muzey tashkil qilish, eksponatlarning virtual koʻrinishi va animatsiyasini shakllantirish, audio va multimediya vositalarini oʻrnatish uchun qoʻshimcha 10 milliard soʻm ajratilishini taʼminlash. | 2025-yil mart | Madaniy meros obyektlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilishga ajratilgan mablagʻlar hisobidan | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniy meros agentligi |
23. | Madaniy meros obyektlarining meʼmoriy qiyofasi, turizm salohiyati va milliy qadriyatlarni oʻzida ifoda etadigan targʻibot namunalarini ishlab chiqish. | 1. Xorazm, Samarqand va Buxoroda joylashgan yirik madaniy meros obyektlar roʻyxatini shakllantirish. | Bir oy muddatda | Ijrochilar va tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan | Madaniy meros agentligi, Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Targʻibot mahsulotlarining dizayni namunalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | Ikki oy muddatda | ||||
3. Ishlab chiqilgan dizayn asosida mahsulotlarni tayyorlash. | Uch oy muddatda | ||||
4. Shakllantirilgan roʻyxatga asosan targʻibot mahsulotlarini madaniy meros obyektlariga joylashtirish. | Olti oy muddatda | ||||
24. | Mehmonxona va yirik turizm komplekslari uchun yaqin 4 yilda boshqaruvchilarga boʻlgan talabni oʻrganib, xorijdagi turizm va servis komplekslarida har yili kamida 20 nafar oʻrta boʻgʻin menejerining malakasini oshirish. Bunda, menejerlarni xorijda oʻqitish xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Ikki oy muddatda | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
25. | Yangi oʻquv yilidan turizm sohasidagi oliygohlarda 2 ming talabani hamda kollej va texnikumlarda 1 ming oʻquvchini dual taʼlim bilan qamrab olish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
26. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquvchilarini tashishda ichki ishlar organlari tomonidan avtobuslarga hamrohlik qilish boʻyicha tariflarni qayta koʻrib chiqish. | Idoraviy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. | Ikki oy muddatda | - | Ichki ishlar vazirligi, Turizm qoʻmitasi |
27. | Turizm sohasining subyektlari tomonidan avtobus, mikroavtobus va minivenlar yon oynalari tusini oʻzgartirishda faqat bir marta toʻlovni amalga oshirish tartibini joriy qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Bir oy muddatda | - | Ichki ishlar vazirligi |
28. | Turistik salohiyati oshib borayotgan hududlardagi turizm namoyishi obyektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarning samaradorligini yanada oshirish va sayyohlar xavfsizligini kompleks taʼminlash maqsadida Fargʻona va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tarkibida xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalarini tashkil etish uchun Ichki ishlar vazirligiga qoʻshimcha 25 ta shtat birligini ajratish hamda ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni 2025-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2024-yil dekabr | Respublika budjeti mablagʻlari | Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
29. | 2025 — 2028-yillar uchun ichki turizm targʻibotiga qaratilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish. | 1. Oʻzbekiston marketing uyushmasi hamda xususiy marketing tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish. | 2024-yil avgust | Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Turizm qoʻmitasi |
2. Marketing tashkilotlari bilan kelishuvga erishish. | 2024-yil sentabr | ||||
3. Ichki turizm targʻibotiga qaratilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish. | 2025-yil yanvar | ||||
4. Marketing strategiyasini amalga oshirish hamda ijrosini taʼminlash. | 2025 — 2028-yillar davomida | ||||
30. | Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilingunga qadar Qoʻmita hududiy boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarori bilan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirish. | 1. Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangunga qadar Qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarori doirasida vaqtincha amalga oshirish. | 2025-yil davomida | Mahalliy budjet mablagʻlari | Turizm qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. 2024-yil yanvar oyidan toʻlanmagan farq summalari toʻlab berilishini taʼminlash. | Bir hafta muddatda | ||||
3. Vazirlar Mahkamasining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida Turizm qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda: mehnatga haq toʻlash tartibi va shartlarini Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qaroriga muvofiqlashtirish; Turizm qoʻmitasi tashkiliy tuzilmasida strategik rejalashtirish va metodologiya, jamoatchilik bilan aloqalar (axborot xizmatlari), korrupsiyaga qarshi kurashish, xalqaro hamkorlik qilish va reytinglar kabi tarkibiy boʻlinmalari tashkil etilishini nizom loyihasida nazarda tutish. | uch oy muddatda | ||||
31. | Xorazm viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2025-yilda madaniy meros obyektlarini taʼmirlash va tiklash. | 1. “Ichan qalʼa” davlat-muzey qoʻriqxonasi hududidagi “Karvon saroy” hunarmandlar majmuasini restavratsiya qilish uchun 2025-yilda madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishga respublika budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 12 mlrd soʻm ajratish. | 2025-yil mart | Madaniy meros obyektlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilishga ajratilgan mablagʻlar hisobidan | Madaniy meros agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi |
2. Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat-muzey qoʻriqxonasi hududidagi “Karvon saroy” hunarmandlar majmuasi va “Deshan qalʼa” hududlari boʻyicha batafsil rejalashtirish loyiha takliflarini belgilangan tartibda YUNESKO Umumjahon merosi markazi bilan kelishish. | 2026-yil davomida | ||||
32. | Yillik taqvim rejaga kiritilgan yirik madaniy-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish vaqti va joyi oʻzgartirilgan taqdirda, tadbir oʻtkazilishi belgilangan muddatdan kamida ikki oy oldin ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berish orqali munosabat bildirish. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2025-yil 1-yanvardan boshlab, zaruratga koʻra doimiy ravishda | Turizm qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
33. | Mehmonxonalarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tizimini takomillashtirish. Bunda, xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasini oʻrgangan holda: mehmonxonalar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash; mehmonxona xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan sertifikatlashtirish talablariga rioya qilinishini taʼminlashga qaratilgan tartib ishlab chiqish nazarda tutiladi. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil noyabr | - | Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Bosh prokuratura |
34. | Etnoqishloqlarni saqlash, muhofaza etish va rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda: muhofaza etiladigan etnoqishloqlar roʻyxatini shakllantirish; muhofaza etiladigan etnoqishloqlar joylashgan uylarni saqlash boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish; shakllantirilgan roʻyxatda keltirilgan qishloqlarning madaniy-tarixiy ahamiyatga ega chegaralarini belgilagan holda qishloqlarga “Etnoqishloq” maqomini berish va mazkur qishloqlarni Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil noyabr | Turizm qoʻmitasi, Madaniy meros agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoniga
4-ILOVA
“Belgilansinki qavatlar soni bilan bogʻliq talablar YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda yoki togʻli va togʻoldi hududlarda yangi qurilgan mehmonxonalarga tatbiq etilmaydi”;