Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Turizm yoʻnalishiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish, xususiy sektor uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholi bandligini oshirish, transport qatnovi yoʻnalishlarini kengaytirish, respublikaning turistik salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda targʻib qilishni jadallashtirish, shuningdek, sohani davlat tomonidan boshqarishda yangi tartib-taomillarni joriy qilish maqsadida:
 LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-sonli “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
1. Respublikaga turistlar oqimini oshirish va turoperatorlarga davlat tomonidan qoʻshimcha koʻmaklar koʻrsatish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
a) turoperatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar mavjud boʻlmagan xorijiy mamlakatlardan olib kelingan har bir turist uchun 20 AQSH dollaridan 100 AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentda ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratilsin.
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, turistik oqim past boʻlgan xorijiy mamlakatlar roʻyxati, olib kelinadigan turistlar soni va ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar miqdori hamda ularni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlansin;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Turoperator va turagentlik xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
b) turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari boʻyicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSH dollari, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 AQSH dollari ekvivalentida qoplab berilsin.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablagʻlar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan xarajatlar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
2. Mehmonxonalar sonini va ularda xizmat koʻrsatish sifatini oshirishni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-noyabrdagi 954-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
a) 3 yulduzli toifa uchun 60 ta xonadan kam boʻlmagan, 4 va 5 yulduzli toifa uchun 120 ta xonadan kam boʻlmagan xonalar fondiga ega besh qavatdan past boʻlmagan mehmonxona 2029-yil 1-yanvarga qadar foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach, investorlarning yangi mehmonxonani qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va jihozlash hamda 2026-yil 1-yanvardan boshlab mehmonxonani qoʻshimcha bino va inshootlar qurish orqali kengaytirish yoki mavjud bino va inshootlarning ixtisoslashishini mehmonxona faoliyatiga oʻzgartirish uchun ketgan xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda qoplab berish tizimi joriy qilinsin:
(2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million soʻm;
4 va 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million soʻm.
Bunda respublika boʻyicha toifali (yulduzli) mehmonxonalar mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda yangidan quriladigan mehmonxonalarga, mazkur xarajatlar quyidagi tartib asosida 50 foizga oshirilgan miqdorda qoplab berilishi belgilansin:
dastlabki 2 ta 4 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga;
dastlabki 3 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarga;
Belgilansinki qavatlar soni bilan bogʻliq talablar YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda yoki togʻli va togʻoldi hududlarda yangi qurilgan mehmonxonalarga tatbiq etilmaydi.
(2-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2029-yil 1-yanvarga qadar dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 va mehmonxona tarmoqlarining top-5 reytingiga kirgan) foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tashkilotlarning royalti xarajatlari franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda qisman moliyalashtirilsin:
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
3 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;
4 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida;
5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun — mehmonxonaning har bitta xonasi uchun yillik 600 AQSH dollari ekvivalentida.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, mazkur bandning “a” va “b” kichik bandida nazarda tutilgan subsidiyalarni qoplab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga har yili 100 milliard soʻm yoʻnaltiriladi;
(2-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi.
v) 2025-yil 1-yanvarga qadar toifasi (yulduz) boʻlmagan joylashtirish vositalari uch va undan yuqori toifa (yulduz) olganda, ularning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish boʻyicha xarajatlari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. 2024-yil 1-yanvardan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan “Toʻsiqsiz turizm” dasturi amalga oshirilsin. Bunda turizm, madaniy meros, konsert-tomosha obyektlari hamda aeroport, avto va temir yoʻl vokzallarida nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish mexanizmlari joriy qilinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son)
 LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-sonli “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ikki oy muddatda:
“turoperator — mehmonxona — transport — savdo va servis” xizmatlari birgalikda koʻrsatiladigan turistik klasterlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin;
turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turizm infratuzilmasi obyektlarini tasniflash jarayoni hamda joylashtirish vositalarini turistlar tomonidan QR-kod orqali baholashning toʻliq raqamlashtirilgan tizimini joriy qilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
5. 2029-yil 1-iyulga qadar yetib borish qiyin boʻlgan va chekka joylarda (aholi yashash punktlaridan kamida 10 km yoki qattiq qoplamali avtomobil yoʻllaridan 5 km uzoqlikda) alohida avtonom infratuzilmani yaratgan holda kempinglar tashkil etgan va “safari” turizmi xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslarning mazkur faoliyat turi boʻyicha mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi hamda foyda soligʻi stavkalari ushbu soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-46-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 06/26/46/0290-son)
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yildan boshlab, har yili 30-noyabrga qadar turistlar oqimini oshirish maqsadida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan kelgusi yilda oʻtkaziladigan madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlari, ommaviy-madaniy va konsert-tomosha hamda sanʼat va kinematografiya tadbirlarining yagona taqvimi shakllantiriladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda, yagona taqvimga kiritilgan tadbirlar xalqaro, respublika va mahalliy darajalarga ajratilgan holda shakllantiriladi hamda tadbirlar haqida maʼlumotlar davlat tilida va kamida ikkita xorijiy tilda Turizm qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining rasmiy veb-saytlari, ularning targʻibot platformalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirib boriladi.
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq turizm yoʻnalishida xalqaro talablarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish tizimini joriy etish maqsadida:
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom.
a) malakali kadrlar tayyorlash yoʻnalishida:
xalqaro darajada tan olingan taʼlim dasturlarini “franshiza” asosida jalb qilish yoʻlga qoʻyiladi;
oliy taʼlim dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi nufuzli oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlari asosida qayta koʻrib chiqilib, taʼlim yoʻnalishlari birlashtiriladi;
3 yillik oliy taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonini amaliyot bilan birga olib borishni nazarda tutuvchi amaliyot bazalarini (turoperator, gid (gid-tarjimon), mehmonxona, transport xizmatlari) tashkil etish yoʻlga qoʻyiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizom.
oliy va professional taʼlim dasturlaridagi oʻquv jarayonini “blok-modul” tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, oʻquv rejasidagi amaliyotlarni turizm mavsumi hisoblangan oylarda yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi;
kasb standartlari va malaka talablarini ishlab chiqish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, mazkur jarayonga jalb etilgan mutaxassislarning ish haqi xarajatlari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
b) turizm yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi davlat oliy hamda professional taʼlim tashkilotlarining turizm, servis, mehmonxona xoʻjaligi va gid (gid-tarjimon) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha pedagoglar uchun oʻrta va qisqa muddatli oʻquv kurslari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda boshqa oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
turizm yoʻnalishidagi davlat oliy taʼlim tashkilotlarining pedagoglari malakasini oshirish va qayta tayyorlash — oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan (oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mavjud boʻlmagan taqdirda, tizimida ushbu tashkilotlar boʻlgan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan);
davlat professional taʼlim tashkilotlari pedagoglari malakasini oshirish va qayta tayyorlash — tizimida ushbu tashkilotlar boʻlgan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
v) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab har yili “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar hamda Buyuk ipak yoʻlida joylashgan davlatlar fuqarolari magistraturada davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mablagʻlar ajratib boriladi.
8. Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Xavfsiz turizm jamgʻarmasi Turizm qoʻmitasiga oʻtkazilsin.
10. 2023-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi talablar bekor qilinsin:
turagentlarning elektron toʻlovlar, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan kamida ikkita xorijiy tildagi veb-saytga ega boʻlishi;
turoperatorlarning elektron toʻlovlar xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizm yoʻnalishida amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishiga masʼul etib belgilansin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda zamonaviy mehmonxonalar, shu jumladan modulli mehmonxonalar qurish uchun har bir hududdan kamida 15 ta yer uchastkalarining elektron auksion orqali savdolarga chiqarilishini taʼminlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan 10 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalar hisobiga quriladigan mehmonxonalarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yetkazib beriladi.
13. Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi qurilishi pudratchi tashkilot tomonidan jalb qilingan kredit mablagʻlari, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur kampus qurilishini moliyalashtirish uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan sarflangan mablagʻlarni 2024-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutgan holda 2024-yil 1-mayga qadar qoplab bersin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻn kun muddatda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasini tashkil etish va oʻtkazish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 10 milliard soʻm hamda Ekologiya jamgʻarmasidan 5 milliard soʻm Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilishini taʼminlasin.
15. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
3 yil davomida respublikaning xalqaro aeroportlariga tranzit aviaqatnovlar sonini keskin koʻpaytirishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston orqali parvoz” (“Fly by Uzbekistan”) dasturini;
temir yoʻl qatnovlari sonini oshirish va unda xizmatlar sifatini yaxshilashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarini xususiy sherikka berish boʻyicha davlat komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat komissiyasi Urganch va Buxoro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorlarga berish ishlarini jadallashtirsin.
17. Belgilab qoʻyilsinki:
Turizm qoʻmitasiga birinchi marotaba ishga qabul qilish zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yuksak professional vazifalarni samarali bajarishga qodir boʻlgan mutaxassislar orasidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi;
Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi turizm sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar oʻz xohishiga koʻra Turizm qoʻmitasiga tanlovsiz ishga qabul qilinadi;
Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli sobiq Turizm va madaniy meros vazirligiga tegishli boʻlgan bino va inshootlar hamda avtotransport vositalari, axborot-dasturiy mahsulotlarni Turizm qoʻmitasiga oʻtkazishda qayta rasmiylashtirish uchun yigʻimlar undirilmaydi.
18. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-iyul,
PQ-238-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qaroriga
1-ILOVA
Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

1.

Qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish:

mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini koʻpaytirish. Ushbu yoʻnalishda zarur infratuzilmani rivojlantirish va dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini targʻib qilish orqali mamlakatning yalpi ichki mahsulotida turizm ulushini 5 foizgacha yetkazish, shuningdek, 2026-yil yakuniga qadar 11,6 milliondan ortiq turistlarni, shu jumladan uzoq xorijiy davlatlardan — 2 million turistni jalb qilish;

turistik-ekskursion xizmatlar isteʼmoliga aholining keng qatlamlarini jalb qilish, ichki turizm harakatining ommaviyligini qayta tiklash, turizm xizmatlarini ishlab chiqishda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, hududlar oʻrtasida turistlar ichki oqimini kengaytirish, ularning sonini yiliga 20 milliondan oshirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023 — 2026-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Respublikaning turistik jozibadorligini xorijiy davlatlarga targʻib qilish maqsadida xorijiy va mahalliy axborot vositalari vakillari, turoperatorlar uchun infoturlar tashkil qilish.

Bunda, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan belgilanadigan tartib asosida OAV vakillari uchun infoturlar tashkil qilish yoʻlga qoʻyiladi.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish.

2023-yil avgustdan boshlab,

doimiy

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov)

3.

Sohadagi tashkilot va muassasalarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

sohaga oid tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan tashabbuslarni qayta koʻrib chiqish;

sohada tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan ishlarni moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha Hukumatga takliflar kiritish;

sohada davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida kamida 2 ta xorijiy davlat tajribasini oʻrganish va eng ilgʻor tajribalarni Oʻzbekistonda joriy etish choralarini koʻrish;

turizm obyektlari boʻyicha turoperator va turagentlar faoliyatida oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotga aʼzolik (ishtirok etish) asosida oʻzini oʻzi boshqarish tizimini joriy qilish;

turizm sohasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ishbilarmonlik (MICE) turizmi salohiyatini oʻrganish va ushbu turizm turini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash. Bunda, xorijiy ekspert va olimlarni jalb qilish hamda ijobiy tajribalarni oʻrganishga qaratilgan xizmat safarlarini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev)

4.

Turizmning rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan tizimli muammolarni oʻrganib ularning yechimi boʻyicha takliflar kiritib borish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

Doimiy

-

Turizm qoʻmitasi

(A. Aqqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida sayohat qiluvchi mahalliy sayyohlar sonini 20 million nafarga yetkazish. Bunda, quyidagilar amalga oshiriladi:

respublika boʻylab mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan 228,3 ming nafar xodimlarni;

“Ayollar daftari”ga kiritilgan 30 yoshdan yuqori 50 ming nafar xotin-qizlarni;

turistlar oqimi kamaygan mavsumda respublika boʻylab 50 ming nafar oʻquvchi-talabalar va korxonalar xodimlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumaniga;

“Manguberdi vataniga sayohat” nomli ichki turizm dasturi orqali Xorazm viloyatiga oʻquvchi, talaba va pensionerlarni;

“Oilaviy sayohat” turistik paketlarini joriy etgan holda ming nafar notinch va kam taʼminlangan oilalarni;

respublikadagi mavjud ziyoratgoh va muqaddas qadamjolarga 3 million nafar sayyohlarni jalb etish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Turizm sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va boshqaruvni raqamlashtirish orqali xizmat koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish, sohadagi korrupsion omillarni bartaraf etish va shaffoflikni taʼminlash, turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash jarayoni hamda joylashtirish vositalarini turistlar tomonidan QR-kod orqali baholashni toʻliq raqamlashtirilgan tizimini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil dekabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

7.

Respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida xorijiy turistlarga Oʻzbekistonda sotib olingan mahsulotlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarib berish tizimini joriy etish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024 — 2026-yillar davomida

-

Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),

Transport vazirligi (I. Maxkamov)

8.

Quyidagi chora-tadbirlarni alohida reja-grafik asosida amalga oshirish:

Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlariga loukosterlarning muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish;

Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Samarqand, Buxoro, Urganch aeroportlariga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun uchrashuvlar tashkil qilish;

Samarqand aeroportiga tranzit aviaqatnovlar sonini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023 — 2025-yillar davomida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

“Uzbekistan airports” AJ (R. Jurayeva)

9.

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari, shu jumladan, restoran va kafelarda koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish, jahon standartlari talablari asosida ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga “Mishlen” yulduzini Oʻzbekistonga jalb qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish vakolatini berish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-2024-yillarda

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

10.

Xalqaro yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan parvozlar orqali xorijiy turistlar, shu jumladan, ziyorat turizmi yoʻnalishida sayyohlar oqimini oshirish, shuningdek, yangi yoʻnalishlarni ochish va muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

“Uzbekistan airports” AJ (R. Jurayeva)

11.

Internet tarmogʻida xorijiy tillarda mamlakatimizning turistik salohiyatini namoyish qiluvchi maʼlumotlarni keskin koʻpaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda:

internet tarmogʻida targʻibot materiallarini koʻpaytirganlarni ragʻbatlantirish;

uzoq xorijiy mamlakatlardan respublikaga yetib kelish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish nazarda tutiladi.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

“Uzbekistan airports” AJ (R. Jurayeva),

Transport vazirligi (I. Maxkamov)

12.

Turizm qoʻmitasining faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlarini belgilash. Bunda:

Qoʻmita zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni;

Qoʻmitaga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqib, markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar, hududiy boʻlinmalar va tizim tashkilotlarining funksiyalarini;

Qoʻmita hamda uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

13.

35 gektar maydonda sunʼiy koʻl va 50 gektar maydonda akvapark qurish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Turoperatorlar tomonidan turistik oqim past boʻlgan xorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan har bir turist uchun Davlat budjeti va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar berish tartibini joriy qilish.

Amalga oshirish shakli: ragʻbatlantiruvchi subsidiya berish tartibini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

16.

Quyidagilarni:

turagentlarning elektron toʻlovlar, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan kamida ikkita xorijiy tildagi veb-saytga ega boʻlishi;

turoperatorlarning elektron toʻlovlar xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi talablarini bekor qilish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

17.

Quyidagi xizmatlarni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish ishlarini yakuniga yetkazish:

oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish;

gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikati va identifikatsiya kartasini berish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil oktabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

18.

Toifasi (yulduz) boʻlmagan joylashtirish vositalari uch va undan yuqori toifa (yulduz) olganda, joylashtirish vositalarining muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish boʻyicha xarajatlarni Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

19.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan “Toʻsiqsiz turizm” dasturini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari boʻyicha xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplab berish tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev)

21.

Mehmonxonalar sonini va ularda xizmat koʻrsatish sifatini oshirishni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi tartiblarni belgilash:

investorlarning yangi mehmonxonani qurish (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) va jihozlash uchun ketgan xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish;

dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tashkilotlar uchun royaltini franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Qudbiyev)

22.

Turizm yoʻnalishida xalqaro talablarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Bunda, xalqaro darajada tan olingan taʼlim dasturlarini “franshiza” asosida jalb qilish, taʼlim dasturlaridagi oʻquv jarayonini “blok-modul” tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil fevral

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmanov)

23.

Qoʻmita markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish.

Amalga oshirish shakli: ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining buyrugʻi.

2023-yil avgust

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

24.

Qoʻmitaga zamonaviy talablarni hisobga olgan holda yuksak professional vazifalarni samarali bajarishga qodir boʻlgan mutaxassislarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil avgust-sentabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O. Xasanov)

25.

Qoʻmita tarkibiga k?ruvchi obyektlarni xatlovdan oʻtkazish.

Qoʻmita markaziy apparati hamda oʻz binolari mavjud boʻlgan tizim va hududiy organlarning maʼmuriy binolariga quyosh fotoelektr stansiya (panel)larini oʻrnatish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Sobiq Turizm va madaniy meros vazirligiga tegishli mol-mulk, shu jumladan, bino va inshootlar, avtotransport vositalari, mebel va jihozlar hamda axborot-dasturiy mahsulotlarini Qoʻmitaga oʻtkazish boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

27.

Jizzax shahri Hamid Olimjon bogʻi hududida joylashgan sobiq “Vatan” kinoteatri binosida zamonaviy talablarga mos keladigan “Ekologiya va tabiat muzeyi”ni hamda unga tutash hududdagi cherkov binosida “Tabiat va sanʼat” muloqot markazi faoliyatini tashkil qilish uchun “Vatan” kinoteatri binosini tutash hududi bilan birgalikda hamda cherkov binosini Ekologiya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazib berish.

Amalga oshirish shakli: qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

2023-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov)

28.

Turizm yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi davlat oliy hamda professional taʼlim tashkilotlarining turizm, servis, mehmonxona xoʻjaligi va gid (gid-tarjimon) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha pedagoglar uchun oʻrta va qisqa muddatli oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻyish.

Amalga oshirish shakli: oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmanov)

29.

Turistlarni mamlakat tarixi bilan tanishtirish va ekskursiyalarni tashkil qilish maqsadida madaniy meros obyektlari va davlat muzeylarida davlat tili va chet tillarida maʼlumotlar beruvchi audiogidlardan foydalanishni kengaytirish.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

30.

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali:

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) binosining qurilish va kapital taʼmirlash ishlarini;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi binosi hududida Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi, Situatsion Markazi va “Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishi milliy markazi” davlat muassasasi uchun bino va inshoot qurish ishlarini;

Sanitar tozalash tashkil etish respublika markazi va Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli 1-tor koʻcha, 72-uyda joylashgan binoning 1-qavatida kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

Qurilish va kapital taʼmirlash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini qisqa muddatda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash.

Amalga oshirish shakli: chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov)

31.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon dahasi, Chimkent yoʻli koʻchasi 18-uyda joylashgan Toshkent tumani, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Darxon ilmiy-tajriba xoʻjaligiga tegishli oʻrmon fondi yerlarini Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University)ga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazib berish.

Ushbu hududda pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali yashil jamoat parkini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil aprel

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

“Oʻrmonqurilish” davlat muassasasi

32.

Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusini, qurish, kapital taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirish. Bunda:

obyektda bajarilgan qurilish ishlari 2022 moliya yili yakuniga koʻra qoldiq qiymatlarini joriy narxlarda qayta hisoblash, qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 740-son qarori talablariga muvofiq tegishli hujjat loyihalari ishlab chiqiladi;

qoldiq qiymatlarini joriy narxlarda qayta hisoblash, qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni toʻliq inobatga olgunga qadar buyurtmachining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra zarur mablagʻlar ajratiladi.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil yanvar

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov),

Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov),

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

33.

Joylashtirish vositalarida tashrif buyuruvchilarning istagiga koʻra xizmatlarni taqdim qilish tizimini takomillashtirish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2023-yil oktabr

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

(A. Abduxakimov)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qaroriga
2-ILOVA
Turizm yoʻnalishida amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari
ROʻYXATI

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

Loyiha ixtisoslashuvi

Loyiha qiymati (mln AQSH dollari)

Ish oʻrni soni

Jami:

630,1

7121

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahri

Etnoturizm majmuasi.

5

6

2.

Mehmonxona majmuasi.

1

8

3.

Moʻynoq tumani

Mehmonxona majmuasi.

1

20

4.

Ellikqalʼa tumani

Ekoturizm majmuasi.

Aqchakoʻl boʻyida mehmonxona, restoran, fitnes klub va suvda dam olish xizmatlari tashkil etish.

1

15

5.

Andijon viloyati

Xonobod shahri

Koʻngilochar maskan.

Sunʼiy koʻl yaratib, mehmonxona va suvda dam olish xizmatlari tashkil etish.

69,1

950

6.

Andijon shahri

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

1,9

25

7.

Oltinkoʻl tumani

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

2,5

30

8.

Buxoro Viloyati

Buxoro shahri

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

14

50

9.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

2

50

10.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran, basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

12

50

11.

Peshku tumani

Etnoturizm majmuasi.

Afshona qishlogʻida etnoturizm shaharchasini tashkil etish.

1

70

12.

Jizzax viloyati

Baxmal tumani

Ekoturizm va koʻngilochar maskan.

Togʻ hududida dor yoʻli, mehmonxona, amfiteatr, tennis korti hamda restoran tashkil etish.

3

150

13.

Zomin tumani

Mehmonxona majmuasi.

Togʻ hududida mehmonxona tashkil etish.

11

55

14.

Qashqadaryo viloyati

Kitob tumani

Dor yoʻli va mehmonxona.

Kempinglar, attraksionlar, basseyn, favvoralar va restoranlar tashkil etish.

15

700

15.

Shahrisabz tumani

Turizm majmuasi.

Zamonaviy akvapark, kemping, mehmonxona, savdo va xizmat koʻrsatish majmuasini tashkil etish.

2

100

16.

Qarshi shahri

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona tashkil etish.

2,3

20

17.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona tashkil etish.

1

35

18.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona va ochiq osmon tagida restoran tashkil etish.

1,1

24

19.

Mehmonxona va ekobogʻ tashkil etish.

1,3

50

20.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona tashkil etish.

1

100

21.

Navoiy viloyati

Qiziltepa tumani

Zamonaviy turizm majmuasi.

“Toʻdakoʻl” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish hamda suvda dam olish va sohil boʻyi (plyaj) turizmini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish.

30

1200

22.

Karmana tumani

Yoʻlboʻyi infratuzilmasi.

Zamonaviy “Karvonsaroy majmuasi”ni tashkil etish.

5

50

23.

Namangan viloyati

Yangiqoʻrgʻon tumani

Ekoturizm majmuasi.

Ekoturizm majmuasida joylashtirish vositalari, suzish havzasi, gastronomik turizm va etnoturizm xizmatlarini tashkil etish.

14,1

30

24.

Pop tumani

Koʻngilochar maskan.

Dor yoʻli va mehmonxona tashkil etish.

6,5

70

25.

Samarqand viloyati

Samarqand tumani

Ekoturizm loyihasi.

Togʻ va ekoturizm kompleksini tashkil etish.

10

60

26.

Mehmonxona majmuasi.

4 yulduzli mehmonxona va restoran tashkil etish.

12

40

27.

Mehmonxona majmuasi.

4 yulduzli mehmonxona, restoran, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish.

30

150

28.

Tibbiyot turizmi majmuasi.

Zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish markazi va mehmonxona tashkil etish.

18

200

29.

Nurobod tumanida

Ekoturizm loyihasi.

Osma dor yoʻli va ekoturizm dam olish maskani tashkil etish.

11,5

30

30.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

Tibbiyot turizmi majmuasi.

Mehmonxona, tibbiy diagnostika markazi, zamonaviy savdo majmuasini tashkil etish.

8,3

30

31.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran va bouling tashkil etish.

1,2

25

32.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona va restoran tashkil etish.

1,2

20

33.

Surxondaryo viloyati

Boysun tumani

Turistik majmua.

Togʻ hududida turistik majmua, hunarmandchilik markazi, mehmonxona, amfiteatr, restoran, oʻtov uylari, sport zali, suzish havzasini tashkil etish.

5,8

50

34.

Turistik majmua.

Mehmonxona va oʻtov uylarini tashkil etish.

1

20

35.

Turistik majmua.

Togʻ hududida turistik majmua, mehmonxona, amfiteatr, restoran, oʻtov uylarini tashkil etish.

18

100

36.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona va restoran tashkil etish.

1,5

30

37.

Termiz shahri

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona va restoran tashkil etish.

1,2

20

38.

Dam olish maskani.

Eski shahar, amfiteatr va istirohat bogʻi tashkil etish.

1,5

50

39.

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, kongress xoll va koʻngilochar maskan tashkil etish.

50

100

40.

Toshkent viloyati

Angren shahri

Mehmonxona, osma dor yoʻli va dam olish maskani.

Mehmonxona, osma dor yoʻli, qishki changʻi uchish yoʻlagi, restoran tashkil etish.

70

50

41.

Boʻstonliq tumani

Bolalar intellektual sport-sogʻlomlashtirish va dam olish maskani.

Koʻngilochar maydon, yozgi amfiteatr, mini futbol maydoni, tennis korti, bolalar maydonchasi, basseyn, kottejlar, mehmonxona binosi, restoran, avtoturargohlarni tashkil etish.

10

85

42.

Boʻstonliq tumani

Mehmonxona va dam olish maskani.

Mehmonxona binosi, kottejlar, amfiteatr, basseyn, futbol va basketbol maydonchalari, avtoturargoh tashkil etish.

6,8

75

43.

Boʻstonliq tumani

Dam olish maskani.

Ziplayn, biatlon, vorkaut, mini futbol va badminton maydonlari, shaxmat xonalari, kutubxona, kinoteatr, amfiteatr tashkil etish.

5

80

44.

Boʻstonliq tumani

Dam olish maskani.

Restoran, avtoturargoh, etnoqishloq, kottej, bolalar maydonchasi, mehmonxona, fitnes zal, spa markazi, amfiteatr, futbol maydonchasi, tennis korti, bouling oʻyingohini tashkil etish.

15

150

45.

Boʻstonliq tumani

Mehmonxona va dam olish maskani.

Basseyn, restoran, mehmonxona, eko-bogʻ, avtoturargoh tashkil etish.

11,4

100

46.

Boʻstonliq tumani

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, restoran basseyn, avtoturargoh, fitnes zal tashkil etish.

9

70

47.

Boʻstonliq tumani

Sogʻlomlashtirish oromgohi.

Mini futbol maydonchasi, mehmonxona, kottej, basseyn, avtoturargoh, restoran tashkil etish.

8

50

48.

Boʻstonliq tumani

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, basseyn, kottej, eko-bogʻ, avtoturargoh tashkil etish.

15

300

49.

Boʻstonliq tumani

Mehmonxona majmuasi.

Mehmonxona, basseyn, kottej, eko-bogʻ, avtoturargoh tashkil etish.

10

100

50.

Fargʻona viloyati

Qoʻqon shahri

Milliy hunarmandchilik va turizm markazi.

Hunarmandlar uyi, zamonaviy mehmonxona, gipermarket, restoran tashkil etish.

21,5

300

51.

Rishton tumani

Hunarmandchilik kompleksi.

Hunarmandlar markazi, suzish havzasi, restoran, konferensiya zali, oʻyin maydoni hamda zamonaviy mehmonxona tashkil etish.

5,2

200

52.

Fargʻona shahri

Koʻngilochar maskan.

Tematik bogʻ, mehmonxona va restoranlar majmuasini tashkil etish.

15

100

53.

Xorazm viloyati

Bogʻot tumani

Ekoturizm majmuasi.

Choʻl hududida mehmonxonalar, restoranlar, basseyn, ekoturizm kompleksi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, ekstremal turizm attraksionlari, oʻtov uylari, amfiteatr, baliqchilik koʻllari, hunarmandchilik savdo rastalari tashkil etish.

10

500

54.

Xiva tumani

Ekoturizm maskani.

Qorakoʻl hududida oʻtov uylari ekoturizm kompleksi, baliqchilik koʻllari, yozgi dam olish maskanlarini tashkil etish.

1,2

20

55.

Toshkent shahri

Shayxontohur tumani

Zamonaviy mehmonxona tashkil etish va ishga tushirish.

16

75

56.

Mirobod tumani

Zamonaviy mehmonxona tashkil etish va ishga tushirish.

10

30

57.

Uchtepa tumani

Zamonaviy mehmonxona tashkil etish va ishga tushirish.

11

33

58.

Chilonzor tumani

Zamonaviy mehmonxona tashkil etish va ishga tushirish.

5

20

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarini xususiy sherikka berish boʻyicha davlat komissiyasining
TARKIBI

1.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Davlat komissiyasi raisi

2.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Davlat komissiyasi raisi oʻrinbosari

3.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Davlat komissiyasi raisi oʻrinbosari

4.

A.M. Abdukadirov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari

5.

A.N. Karimov

adliya vaziri oʻrinbosari

6.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

7.

J.E. Choriyev

transport vaziri oʻrinbosari

8.

A.E. Miraliyev

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari

9.

D.A. Vahobov

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

10.

R.F. Djurayeva

“Uzbekistan airports” AJ boshqaruvi raisi

11.

Lavozimi boʻyicha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departament boshligʻi, Davlat komissiyasi kotibi

Izoh: Davlat komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2023-y., 07/23/238/0534-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 18.01.2024-y., 07/24/21/0044-son; 23.07.2024-y., 06/24/102/0541-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son; 30.03.2026-y., 06/26/46/0290-son; 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son; 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)