1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida transplantatsiya jarrohlik amaliyotlarini joriy etish, transplantatsiya xizmatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda ushbu sohada qonuniylikka rioya etishning qat’iy nazoratini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
1. Quyidagilar:
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Transplantatsiya obyektlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tirik donordan yoki inson murdasidan olinadigan inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini oladigan hamda transplantatsiya qiladigan davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.03.00 Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;
5.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyati;
6.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik;
7.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
a) 2024-2025-yillarda davlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinikalarida ushbu muassasalarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zamonaviy molekulyar-genetik va immuno-gistokimyo laboratoriyalarini tashkil etish, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan jihozlash standartlariga asosan davlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalarining transplantatsiya bo‘limlarini tashkil etish va jihozlash choralarini ko‘rsin;
b) 2024-yil 1-avgustga qadar davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida inson murdasidan olinadigan ko‘z shox pardasi va uning qismlari bankini yaratish bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) 2024-yil 1-sentabrga qadar:
inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari donorligiga qarshi ko‘rsatma bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxatini;
retsipiyent va tirik donorni har taraflama tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, retsipiyentga a’zosining va (yoki) to‘qimasining transplantatsiyasi zarurligi, tirik donorga tibbiy xulosasini taqdim etish to‘g‘risidagi xulosalarni berish tartibini;
davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot muassasalarida retsipiyent hamda tirik donorni transplantatsiyaga tayyorlash va amaliyotdan keyingi reabilitatsiyasi va kuzatuvda bo‘lish tartibini;
keratoplastika amaliyotining bajarilishini yanada ko‘paytirish va bunda bemorlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xorijiy davlatlardan olib kelinadigan “donor ko‘z shox pardasi” bioprotezlarini tibbiyot tashkilotlarida qo‘llash tartibini tasdiqlasin;
g) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-noyabrga qadar “Donorlarning, retsipiyentlarning, shuningdek inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining yagona davlat reyestri” axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Yagona davlat reyestri) ishlab chiqsin hamda amaliyotga joriy etsin.
Bunda:
Yagona davlat reyestrini ishlab chiqish va keyinchalik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjetidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishi belgilansin;
ushbu sohada ish yuritishni yengillashtirish maqsadida Yagona davlat reyestrida shakllangan ma’lumotlarning idoralararo elektron hamkorlik orqali taqdim etilishi nazarda tutilsin;
tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda axborot resurslarini Yagona davlat reyestriga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo platformasi orqali integratsiyalashuvi yo‘lga qo‘yilsin;
d) Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan transplantatsiya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi 80 nafargacha mutaxassislarni 2024-yilda va tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq 2025 — 2027-yillar davomida har yili 100 nafargacha mutaxassislarni nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish uchun yuborsin;
e) 2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar xulosalari asosida hamda xalqaro tajribani puxta o‘rgangan holda:
akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ham inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish hamda ularning transplantatsiyasini amalga oshirishga ruxsat berish;
inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini uning murdasidan tiriklik chog‘ida notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud bo‘lmagan hollarda olish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda a’zolari va (yoki) to‘qimalari boshqa inson hayotini saqlab qolishda ishlatilgan shaxsning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganib chiqish nazarda tutilsin;
yo) ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
j) uch oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi sohasidagi ishlarni, shu jumladan, donor va retsipiyentni transplantatsiya amaliyotiga tayyorlash, o‘tkazish va reabilitatsiyasi jarayoni bilan bog‘liq barcha xarajatlarni Davlat budjeti, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplash yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
ikki oy muddatda hududlarda transplantatsiya amaliyotini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur tibbiy texnika va boshqa jihozlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlasin;
aniqlangan ehtiyojdan kelib chiqib, 2024-2025-yillar davomida hududlardagi tibbiyot muassasalarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, xalqaro moliya institutlari kredit va grant mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan zarur tibbiy texnika va boshqa jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri v.b. A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-iyun,
333-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son qaroriga 1-ILOVA
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tirik donordan yoki inson murdasidan olingan a’zolar va (yoki) to‘qimalarni transplantatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bosh miyaning o‘limi — bosh miya barcha vazifalarining to‘liq va asl holiga qaytmaydigan tarzda to‘xtashi;
inson a’zosi — inson organizmida muayyan vazifani bajaruvchi turli xil hujayralar va to‘qimalarning alohida majmui;
inson to‘qimasi — umumiy kelib chiqishi, tuzilishi va inson organizmida bajaradigan vazifalariga ko‘ra birlashgan hujayralar hamda hujayralararo moddalar majmui;
retsipiyent — o‘ziga nisbatan inson a’zosining va (yoki) to‘qimasining transplantatsiyasi bajariladigan inson;
tirik donor — o‘zidan a’zolarning va (yoki) to‘qimalarning transplantatsiya uchun olinishiga ixtiyoriy ravishda, bepul asosda, notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan inson;
transplantatsiya — retsipiyentda mavjud bo‘lmagan yoxud shikastlangan, o‘zining muhim hayotiy vazifalarini bajarishga qodir bo‘lmagan a’zolarni va (yoki) to‘qimalarni tirik donordan yoki inson murdasidan olingan a’zolarga va (yoki) to‘qimalarga jarrohlik amaliyoti yoki muolaja o‘tkazish yo‘li bilan almashtirish.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilishda jismoniy hamda yuridik shaxslarga inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi taqiqlanadi.
4. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini olish, shuningdek, ularning transplantatsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tirik donordan yoki inson murdasidan a’zolarni va (yoki) to‘qimalarni transplantatsiya qilish faqat boshqa jarrohlik amaliyotlari yoki muolajalar retsipiyent hayotini saqlab qolishni yoxud uning sog‘lig‘i tiklanishini kafolatlay olmagan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.
6. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari retsipiyentlarga inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi zarurligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa (keyingi o‘rinlarda — tibbiy xulosa) asosida transplantatsiya qilinadi.
7. Tibbiy xulosa transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi sog‘liqni saqlash tizimi davlat tibbiyot muassasasining (keyingi o‘rinlarda — tibbiyot muassasasi) davolovchi shifokori, transplantologi, anesteziologi, nevropatologi, zaruratga ko‘ra boshqa ixtisosliklar bo‘yicha shifokorlardan iborat tarkibdagi mutaxassis-shifokorlarning konsiliumi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda beriladi.
8. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Tirik donorni va retsipiyentni transplantatsiya amaliyotiga tayyorlash hamda transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasiga joylashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik;
5.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
9. Tirik donordan a’zolarni va (yoki) to‘qimalarni retsipiyentga transplantatsiya qilish uchun olishga, agar donor:
a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish bo‘yicha bo‘lajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja munosabati bilan o‘z sog‘lig‘i uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida kamida o‘ttiz kun oldin yozma shaklda, videoyozuvga qayd etgan holda ogohlantirilgan bo‘lsa;
o‘z a’zosini va (yoki) to‘qimalarini olishga bo‘lgan roziligini ixtiyoriy ravishda, bepul asosda, notarial tartibda tasdiqlangan yozma shaklda bildirgan bo‘lsa;
har taraflama tibbiy tekshiruvdan o‘tgan bo‘lsa hamda uning a’zosini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilish uchun olish mumkinligi to‘g‘risida mutaxassis-shifokorlarning tibbiy xulosasi mavjud bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
10. Tirik donor va retsipiyent o‘z xohishiga ko‘ra inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasini amalga oshirish uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qiladi.
11. Tibbiyot muassasasining davolovchi shifokori:
a) tirik donor va retsipiyent murojaat qilgan kuni:
tibbiyot muassasasiga o‘zining tirik donori bilan kelgan retsipiyent bilan dastlabki suhbat o‘tkazib, bo‘lajak jarrohlik amaliyoti va shu munosabat bilan ularning sog‘lig‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida tushuntirish beradi, donor va retsipiyentdan imzolangan tilxat olish orqali ularni yozma ravishda ogohlantiradi hamda uni videoyozuvga qayd etadi;
tirik donor va retsipiyentga tibbiy tekshiruvdan o‘tishi uchun yo‘llanma beradi;
b) tibbiy tekshiruv natijalari taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida tibbiy tekshiruv natijalarini retsipiyentni transplantatsiya amaliyotiga muhtojligi hamda tirik donorning transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi to‘g‘risida tibbiy xulosa olish uchun transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasining tibbiy konsiliumiga taqdim etadi.
12. Tibbiyot muassasasining tibbiy konsiliumi tibbiy tekshiruvning natijalari taqdim etilgan kuni:
retsipiyent va tirik donorning tibbiy tekshiruv natijalarini ko‘rib chiqadi;
retsipiyentga inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi, tirik donorga esa transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi to‘g‘risida tibbiy xulosa beradi yoki xulosa berishni rad etadi.
13. Tekshiruv natijalariga ko‘ra transplantatsiya amaliyoti quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lsa, tibbiy xulosa berish rad etiladi:
tirik donorning sog‘lig‘iga, ko‘rish, nutq, eshitish qobiliyatining yo‘qolishiga;
a’zosining (insonning transplantatsiya qilinayotgan a’zosi va (yoki) to‘qimasi bundan mustasno) funksiyalari qisman yoki to‘liq yo‘qolishiga;
ruhiyatining buzilishiga;
mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch foizdan ortiq barqaror yo‘qolishiga;
sog‘lig‘ining boshqa buzilishlariga sabab bo‘ladigan tarzda ziyon yetkazishiga sabab bo‘lsa.
14. Retsepiyent tibbiy konsiliumning ijobiy xulosasini olgan kundan boshlab o‘n kun ichida inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi, tirik donor transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosani notarial idoraga taqdim qiladi.
15. Notarial idora retsipiyent va tirik donor murojaat qilgan kuni tirik donorning notarial tartibda roziligini tasdiqlaydi.
16. Tirik donor va retsipiyent notarial tasdiqlangan rozilik olingandan so‘ng o‘n ish kuni ichida transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasiga tibbiy tekshiruvlar natijalarini, inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi zarurligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosani hamda donorning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini taqdim qiladi.
17. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi retsipiyent va tirik donor murojaat qilgan kuni:
tirik donor va retsipiyent haqidagi ma’lumotlarni “Donorlar, retsipiyentlar, shuningdek, inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining yagona davlat reyestri” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — Yagona davlat reyestri) kiritadi;
retsipiyent va tirik donor juftligi mavjud hollarda retsipiyent va donorni shifoxonaga joylashtiradi;
inson murdasi a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantatsiya amaliyoti uchun olinishida donorni Yagona davlat reyestri orqali aniqlaydi.
3-bob. Transplantatsiya amaliyotini bajarish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.04 Kasb siri;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar;
5.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
6.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
18. Bo‘lajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja amalga oshirilishi munosabati bilan o‘z sog‘lig‘i uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida retsipiyent va (yoki) tirik donor bilan davolovchi shifokori tomonidan yana bir marotaba suhbat o‘tkazilib, tushuntirish beriladi, donor va retsipiyentlardan imzolangan tilxat olinib, imzo qo‘ydirib yozma ravishda ogohlantiriladi.
Bunda shifokorlar, retsipiyent va tirik donor bilan suhbat jarayoni retsipiyent va tirik donorni ogohlantirgan holda majburiy tartibda videoyozuvga olinadi.
19. Donor va retsipiyent o‘rtasida inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi amalga oshirilmayotganligi hamda tirik donorning transplantatsiya amaliyotiga majburlanmayotganligi to‘g‘risida bergan og‘zaki va yozma ma’lumotlarni berishi, tasdiqlashi va ma’lum qilishi retsipiyent va tirik donorni ogohlantirilgan holda majburiy videotasvirda qayd etilishi lozim.
20. Retsipiyent belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan yoxud retsipiyent jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va uni videotasvirga olish uchun rozilik olishning imkoni bo‘lmasa, uning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakilining yozma roziligi olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-bobi.
21. O‘zidan rozilik olish imkoni mavjud bo‘lmagan, hayoti aniq (muqarrar) xavf ostida bo‘lgan retsipiyentlarga ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligini olmagan holda, zarur inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilishga trasplantatsiya bo‘yicha tibbiy konsiliumning rasmiy xulosasi bilan yo‘l qo‘yiladi.
22. Retsipiyent va tirik donorning transplantatsiya amaliyotiga roziligi olingandan so‘ng transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi tomonidan transplantatsiya amaliyoti bajariladi.
Bunda a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish bo‘yicha bo‘lajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja munosabati bilan o‘z sog‘lig‘i uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida kamida o‘ttiz kun oldin yozma shaklda, videoyozuvga qayd etgan bo‘lishi shart.
23. “Kesishmali” donorlik bo‘lganda, transplantatsiya amaliyoti bir vaqtning o‘zida o‘sha juftliklar o‘rtasida bajariladi.
24. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilish jarayoni majburiy tartibda videoyozuvga olinib, transplantatsiya amaliyotida ishtirok etadigan har bir tibbiyot xodimining harakatlari qamrab olinishi (videotasvirda aks etishi) lozim.
25. Transplantatsiya amaliyoti o‘tkaziladigan jarrohlik va yordamchi xonalar zarur hamda yetarli miqdordagi videokamera bilan jihozlanishi, videoyozuv jarayoniga jarrohlik maydoni, transplantatsiya amaliyotining barcha bosqichlari, donor va retsipiyentga takroriy aralashuvlar, shuningdek, inson murdasidan a’zo va (yoki) to‘qimalarni olish hamda ularga yordamchi stolda ishlov berish bosqichlari to‘liq va uzluksiz tasvirga olinishi shart.
26. Inson a’zosi va (yoki) to‘qimalarini donordan retsipiyentgacha keltirish jarayoni uzluksiz va to‘liq videotasvirga olinishi lozim (operatsiya xonalari, koridorlar videokamera bilan ta’minlanishi kerak).
27. Transplantatsiya jarayoni operatsiya stolining ustida o‘rnatilgan operatsion lampaga joylashtiriladi va operatsiya xonasining umumiy kuzatuv videokameralari orqali tasvirga olinadi. Bunda videoyozuv jarayoni ovoz yozish uskunalari bilan ta’minlanishi kerak.
28. Videotasvir belgilangan tartibda jarrohlik xonasida jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ishlari boshlanishi bilan yozib olinishi va bemor jarrohlik amaliyotidan jarrohlik xonasidan olib chiqilishiga qadar davom etishi lozim.
29. Transplantatsiya amaliyoti bilan bog‘liq barcha videotasvirlar tibbiyot muassasasi tomonidan arxivlashtiriladi va elektron shaklda saqlash uchun shifoxona arxiviga hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etiladi, shuningdek, xatga ilova qilingan holda maxsus axborot tashuvchi qurilmada tibbiyot muassasasi joylashgan yerdagi viloyat (shahar) darajasidagi hududiy ichki ishlar organiga yetkazib beriladi.
30. Transplantatsiya amaliyoti bilan bog‘liq barcha videotasvirlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus elektron tizimida himoyalangan ma’lumotlar bazalarida saqlanishi lozim.
Tibbiyot muassasasi ma’muriyati transplantatsiya amaliyotining barcha bosqichlari videotasvirga olinishi va saqlanishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
31. Ichki ishlar organlaridan mas’ul etib biriktirilgan shaxs tibbiyot muassasasi tomonidan videoyozuv aslining dublikatini ichki ishlar organlariga topshiradi va shaxs dublikatni olganligini yozma ravishda tasdiqlaydi.
32. Videoyozuvdagi transplantatsiya amaliyotining barcha bosqichlari haqidagi axborot oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan shifokor sirini tashkil etadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
33. Tirik donor va retsipiyent transplantatsiya amaliyotidan so‘ng zarur tibbiy tavsiyalar bilan tibbiyot muassasasidan chiqarilib, hududiy tibbiyot muassasalari dispanser nazoratiga yuboriladi.
4-bob. Inson murdasidan a’zolar va (yoki) to‘qimalarni olish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.12.00 Sud-tibbiyot ekspertizasi va sud-psixiatriya ekspertizasi;
4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
34. Inson murdasidan a’zolarni va (yoki) to‘qimalarni olishga uning tiriklik chog‘ida notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Bunda o‘lim sababining kelgusida sud-tibbiy ekspertiza doirasida o‘rganilishi talab etiladigan murdadan transplantatsiya uchun inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari olinmaydi.
35. Inson bosh miyasining o‘limini qayd etish asosida beriladigan o‘lim to‘g‘risidagi xulosa va yaqin qarindoshlarining yozma roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda, inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari uning murdasidan transplantatsiya uchun olinishi mumkin.
36. Inson bosh miyasining o‘limini qayd etishda va murda donorning qarindoshlariga a’zo va (yoki) to‘qimalarni olish bo‘yicha tushuntirish ishlari bosh va (yoki) mas’ul shifokor, davolovchi va (yoki) navbatchi shifokor, anesteziolog-reanimatolog, nevropatolog va (yoki) neyroxirurg tomonidan o‘tkaziladi.
Bunda transplantologlarning hamda inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olishni ta’minlovchi brigadalar a’zolarining ishtirok etishi taqiqlanadi.
37. Inson bosh miyasining o‘limi qayd etilgan shaxsning yaqin qarindoshlariga a’zo va (yoki) to‘qimalarni olish bo‘yicha tushuntirish ishlari videotasvirga olish uskunalari bilan jihozlangan xonada, tibbiyot muassasasi ma’muriyati vakili, davolovchi (navbatchi) shifokor, reanimatolog, miya o‘limini tasdiqlagan komissiya a’zolari va ichki ishlar organlarining vakili ishtirokida o‘tkaziladi.
Bunda vafot etgan shaxs tiriklik chog‘ida o‘z murdasidan a’zolari va (yoki) to‘qimalarini olishga rozi ekanligini notarial tasdiqlab qoldirganligi bayon qilinib, yaqin qarindoshlariga ma’lum qilinadi.
38. Inson bosh miyasining o‘limi qayd etilgan shaxsning yaqin qarindoshlariga a’zo va (yoki) to‘qimalarni olish bo‘yicha tushuntirish ishlari videotasviri tibbiyot muassasasi tomonidan arxivlashtiriladi hamda mazkur Nizomning 29 va 30-bandlaridagi tartibga muvofiq saqlanishi ta’minlanadi.
5-bob. Yagona davlat reyestrini shakllantirish va yuritish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir ma’lumotlar va ularning himoyasi;
4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv;
5.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
6.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik;
7.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
39. Yagona davlat reyestri inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalarining axboroti asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
40. Yagona davlat reyestrida:
a’zolarning va (yoki) to‘qimalarning potensial retsipiyentlari;
o‘ziga nisbatan a’zolar (a’zoning bir qismi) va (yoki) to‘qimalarning transplantatsiyasi bajarilgan retsipiyentlar;
o‘zidan a’zolar va (yoki) to‘qimalar olinishiga notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan tirik donorlar;
o‘zining biologik o‘lim yuz berish holati aniqlanganidan keyin tanasidan (tanasining qoldiqlaridan) a’zolar va (yoki) to‘qimalar olinishiga tiriklik chog‘ida notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan shaxslar;
o‘zidan transplantatsiya uchun a’zolar va (yoki) to‘qimalar olingan donorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
41. Yagona davlat reyestri orqali tirik donor va inson murdasidan olinadigan hamda transplantatsiya qilinadigan a’zolar va (yoki) to‘qimalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning donorlar hamda retsipiyentlar bilan o‘zaro muvofiqligi aniqlanadi.
42. Yagona davlat reyestridagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalari foydalanadi.
43. Inson bosh miya o‘limi aniqlanganidan keyin tibbiyot muassasasi rahbariyati yoki mas’ul navbatchi shifokor Yagona davlat reyestrida ushbu shaxs inson murdasi donorlari ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi haqida so‘rovnoma jo‘natadi.
44. So‘rovnomada qayd etilgan shaxs Yagona davlat reyestrining inson murdasi donorlari ro‘yxatida mavjud bo‘lsa, tizimdagi kutish ro‘yxatida ushbu donorga mos potensial retsipiyent mavjudligini aniqlab, mazkur retsipiyent ro‘yxatga qo‘yilgan tibbiyot muassasasiga xabar beriladi va so‘rovnoma yuborgan tibbiyot muassasasiga bu haqida ma’lumot yetkaziladi.
45. Yagona davlat reyestridagi barcha ma’lumotlar shifokor siri hisoblanib, foydalanuvchilar ularni oshkor etmaslikka majburdirlar.
46. Yagona davlat reyestrining kutish ro‘yxatiga transplantatsiyaga muhtoj retsipiyent haqida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
shaxsga doir ma’lumotlari (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSHSHIR) asosida shakllantiriladi), yashash manzili va bog‘lanish uchun telefon raqami;
transplantatsiya amaliyotiga muhtojligi to‘g‘risida xulosa;
qon guruhi va immunologik tekshiruvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ro‘yxatga olingan tibbiyot muassasa to‘g‘risidagi ma’lumot.
47. Yagona davlat reyestrining kutish ro‘yxatiga kiritilgan bemorlar transplantatsiya amaliyoti o‘tkazilganidan so‘ng amaliyot bajarilgan bemorlar ro‘yxatiga o‘tkazilib, vafotiga qadar nazoratda turadi.
48. Transplantatsiya amaliyoti bajarilgan bemorlar bo‘yicha Yagona davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlari kiritiladi:
shaxsga doir ma’lumotlari (JSHSHIR asosida shakllantiriladi);
donor ma’lumotlari (tirik donor yoki inson murdasi);
bajarilgan transplantatsiya amaliyoti sanasi;
ko‘chirilgan inson a’zosi va (yoki) to‘qimasi nomi;
shifoxonaga yotqizilgan va chiqarilgan sanasi;
buyurilgan immunosupressiv dori vositalari;
transplantatsiya amaliyotidan keyingi asoratlar;
ko‘chirilgan inson a’zosi faoliyatining to‘xtashi va uning sabablari;
o‘lim holati.
49. Yagona davlat reyestriga inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini uning murdasidan olishga tiriklik chog‘idagi notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud bo‘lgan donor haqida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
shaxsga doir ma’lumotlar (JSHSHIR asosida shakllantiriladi);
tiriklik chog‘idagi notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi.
Bunda retsipiyentlarning shaxsga doir ma’lumotlari va axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan boshqa ma’lumotlar idoralararo elektron hamkorlik yo‘li orqali “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinadi.
50. Yagona davlat reyestridagi ma’lumotlar bilan to‘liq hajmda ishlash huquqi inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini oladigan hamda transplantatsiya qiladigan davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Yagona davlat reyestrini yuritishga mas’ul shaxslariga beriladi hamda ularga maxfiy hujjatlar bilan ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Boshqa tibbiyot tashkilotlariga Yagona davlat reyestridan cheklangan hajmda foydalanishga ruxsat etiladi.
6-bob. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalarining xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
51. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro shartnomalarga hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
52. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi sohasida tibbiyot xodimlarining malakasi xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalaridan tibbiyot mutaxassislarini O‘zbekistonga taklif qilish, “mahorat darslari”ni o‘tkazish, O‘zbekiston tibbiyot mutaxassislarini ilg‘or xorijiy tibbiyot markazlari va klinikalariga yuborish orqali amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va stajirovkadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida moliyalashtiriladi.
53. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalarining xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.04.00 Ma’muriy javobgarlikning umumiy shartlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
54. Donor va retsipiyent inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, asoratlar yuzaga kelganda Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasining “Inson a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur tibbiy yordam oladi.
55. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tirik donor va retsipiyent
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasini amalga oshirish uchun transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — tibbiyot muassasasi) murojaat qiladi.
Tirik donor va retsipiyent xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Tibbiyot muassasasining davolovchi shifokori
1. Tibbiyot muassasasiga o‘zining tirik donori bilan kelgan retsipiyent bilan dastlabki suhbat o‘tkazib, bo‘lajak jarrohlik amaliyoti va shu munosabat bilan ularning sog‘lig‘ida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida tushuntirish beradi, donor va retsipiyentdan imzolangan tilxat olish orqali ularni yozma ravishda ogohlantiradi hamda uni videoyozuvga qayd etadi.
Tirik donor va retsipiyent murojaat qilgan kuni
2. Tirik donor va retsipiyentga tibbiy tekshiruvdan o‘tishi uchun yo‘llanma beradi.
Tirik donor va retsipiyent murojaat qilgan kuni
3. Tibbiy tekshiruv natijalarini retsipiyentni transplantatsiya amaliyotiga muhtojligi hamda tirik donorning transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi to‘g‘risida tibbiy xulosa olish uchun transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasining tibbiy konsiliumiga taqdim etadi.
Tibbiy tekshiruv natijalari taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida
3-bosqich
Transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasining tibbiy konsiliumi
1. Retsipiyent va tirik donorning tibbiy tekshiruv natijalarini ko‘rib chiqadi.
2. Retsipiyentga inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi, tirik donorga esa transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi to‘g‘risida tibbiy xulosa beradi yoki xulosa berishni rad etadi.
Tibbiy tekshiruvning natijalari taqdim etilgan kuni
4-bosqich
Retsepiyent,
Notarial idora
1. Retsipiyent inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligi, tirik donor transplantatsiya amaliyotiga layoqatliligi to‘g‘risida ijobiy tibbiy xulosani notarial idoraga taqdim qiladi.
Xulosa olgandan boshlab 10 kun ichida
2. Notarial idora tirik donorning notarial tartibda roziligini tasdiqlaydi.
Murojaat qilingan kunda
5-bosqich
Tirik donor va retsipiyent
Transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasiga tibbiy tekshiruvlar natijalarini, inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi zarurligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosani hamda donorning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini taqdim qiladi.
Notarial tasdiqlangan rozilik olingandan so‘ng 10 ish kuni ichida
6-bosqich
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi
1. Tirik donor va retsipiyentni Yagona davlat reyestriga kiritadi.
2. Retsipiyent va tirik donor juftligi mavjud hollarda retsipiyent va donorni shifoxonaga joylashtiradi.
Inson murdasi a’zolari va (yoki) to‘qimalari transplantatsiya amaliyoti uchun olinishida retsipiyentni Yagona davlat reyestri orqali aniqlaydi.
Retsipiyent va tirik donor murojaat qilgan kuni
7-bosqich
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi
1. Retsipiyent yoki tirik donordan bo‘lajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja amalga oshirilishi munosabati bilan o‘z sog‘lig‘i uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida va transplantatsiya amaliyotiga majburlanmayotganligi to‘g‘risida yana bir marotaba yozma shaklda rozilik oladi hamda uni videoyozuvga qayd etadi.
Jarrohlik amaliyotidan 1 kun oldin yoki jarrohlik amaliyoti kuni
2. Transplantatsiya zarurligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida shifokor-transplantologlar tomonidan transplantatsiya amaliyoti bajariladi hamda ushbu jarayonni majburiy tartibda videoyozuvga qayd etadi.
A’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish bo‘yicha bo‘lajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja munosabati bilan o‘z sog‘lig‘i uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida yozma shaklda, videoyozuvga qayd etilgandan kamida o‘ttiz kundan keyin
3. Tirik donor va retsipiyentni transplantatsiya amaliyotidan so‘ng zarur tibbiy tavsiyalar bilan tibbiyot muassasasidan chiqarib, hududiy tibbiyot muassasalari dispanser nazoratiga yuboradi.
Transplantatsiya amaliyoti bajarilganidan so‘ng
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son qaroriga 2-ILOVA
Transplantatsiya obyektlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tirik donordan yoki inson murdasidan olinadigan inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari
RO‘YXATI
T/r
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari nomi
I. Inson a’zolari
1.
Buyrak
2.
Jigar va jigar bo‘lagi
II. Inson to‘qimalari
3.
Gemapoetik suyak ko‘migining o‘zak hujayralari
4.
Tomirlar (yirik tomirlar qismlari)
5.
Ko‘z shox pardasi va uning qismlari
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son qaroriga 3-ILOVA
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini oladigan hamda transplantatsiya qiladigan davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalari
RO‘YXATI
T/r
Tibbiyot muassasasi nomi
1.
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
2.
Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
3.
Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
4.
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
5.
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
6.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari
7.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi filiallari
8.
Bolalar milliy tibbiyot markazi
9.
Milliy tibbiyot markazi
10.
U. Xalmuratov nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
11.
Viloyatlar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari
12.
Davlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari
13.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi
14.
Transplantatsiyani amalga oshirish uchun zarur tibbiy uskuna va salohiyatli tibbiyot xodimlariga ega bo‘lgan tuman (shahar) markaziy shifoxonalari (mazkur ro‘yxatdagi respublika tibbiyot markazlari nazorati va ularning mutaxassislari ishtirokida)
Izoh. Tibbiyot muassasasida inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining roziligi asosida joriy qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyundagi 333-son qaroriga 4-ILOVA
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.01 Erkin muomalaga qo‘yib yuborish;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik]
1. Mazkur Nizom inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom “donor ko‘z shox pardasi” bioprotezlarini xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalarida inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarning transplantatsiya amaliyotini o‘tkazish;
inson murdasidan olinadigan a’zolar va (yoki) to‘qimalarni transplantatsiyani amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalari o‘rtasida taqsimlash;
inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini tibbiyot muassasalariga yo‘nalish bo‘yicha yetkazish.
3. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligiga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Bojxona qo‘mitasi) taqdimnoma kiritiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan kiritilgan taqdimnomada tashish, saqlash, bojxona hududiga olib kirish so‘ralayotgan inson a’zosi va (yoki) to‘qimasi to‘g‘risida ma’lumot, qayerdan olib kelinayotganligi, qayerga olib borilishi, qaysi manzilda qancha muddat saqlab turilishi ko‘rsatiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qo‘mitasi o‘n kun muddat ichida kelib tushgan taqdimnomani ko‘rib chiqadi hamda unda ko‘rsatilgan tibbiyot muassasasiga inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun tegishli ruxsatnoma beradi yoki ruxsatnoma berishni rad etadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qo‘mitasi o‘rtasidagi axborot almashinuvining elektron shaklda olib borilishiga yo‘l qo‘yiladi.
2-bob. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish tartibi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.14.00 Donorlik;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
7. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish ishlarni rasmiylashtirish, tegishli vakolatli davlat organlarini xabardor etish va jarayonda ishtirok etish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasasida alohida tibbiyot xodimi mas’ul etib tayinlanadi.
8. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish va O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — mas’ul shaxs) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini tashish, saqlash va ular bilan ishlash qoidalari bo‘yicha o‘qitiladi.
Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini tashish, saqlash va ular bilan ishlash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
9. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasasiga yetkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi xabardor etilgan holda mas’ul shaxs kuzatuvida amalga oshiriladi.
10. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish quyidagilarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
sovutish va termoizolyatsiya uskuna (konteyner)larining mavjudligi va ularda belgilangan harorat rejimini doimiy ta’minlash;
inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini tashishda ularning nomi bo‘yicha termoizolyatsiya konteynerlarida alohida saqlash;
izolyatsiya paketlarining mavjudligi va steril sharoitni yaratish.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bojxona qo‘mitasidan ruxsatnoma berilgan inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasasiga to‘siqlarsiz yetkazilishi ta’minlanadi.
12. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini termoizolyatsiya konteynerlarida O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish maxsus jihozlangan transport vositasida amalga oshiriladi.
13. Inson murdasining a’zolari va (yoki) to‘qimalari yigirma to‘rt soat ichida transplantatsiya amaliyotini amalga oshiruvchi davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasasiga yetkazib beriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni o‘tash;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.04.00 Ma’muriy javobgarlikning umumiy shartlari;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
14. Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tashish, ularni saqlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish tartibiga rioya etilishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadi.
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 09/24/333/0473-son)