Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2000-yil 7-fevraldagi PF—2536-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq za suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jumhuriyat oʻrmon xoʻjaligini boshqarishni takomillashtirish haqida” 1991-yil 30-apreldagi 115-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-aprel,
149-son
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 14-apreldagi 149-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladigan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston KP MK va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Respublika yaylovlarini tubdan yaxshilash va ulardan oqilona foydalanish toʻgʻrisida” 1978-yil 8-fevraldagi 82-son qarori 2-bandining birinchi xat boshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 26-yanvardagi 51-son qarori (OʻzSSR QT, 1982-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSRda yovvoyi hayvonlarni qoʻriqlashning sanitar zonalari toʻgʻrisida Nizomning:
2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 9-martdagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrmonlarda va davlat oʻrmon fondining oʻrmon bilan qoplanmagan yerlarida yovvoyi mevalar, yongʻoqlar, rezavorlar, dorivor oʻsimliklar va texnik xomashyoni hunarmandchilik yoʻli bilan tayyorlash tartibining 7 va 18-bandlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1034/2351-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon fondi yerlarida ovchilik xoʻjaligini tashkil etish va yuritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 12-oktabrdagi 469-son qarori:
uchinchi xat boshidagi “Davlat oʻrmon qoʻmitasi huzuridagi Ovchilik bosh boshqarmasi” soʻzlari “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining Oʻrmon xoʻjaligi, qoʻriqxonalar va milliy parklar boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oxirgi xat boshidagi “Ovchilik bosh boshqarmasi” soʻzlari “Oʻrmon xoʻjaligi, qoʻriqxonalar va milliy parklar boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasiga” soʻzlari “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida muqobil xizmatni oʻtash amalga oshiriladigan vazirliklar, idoralar va konsernlarning roʻyxatda (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori — Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Muqobil xizmatni tashkil etish va uni oʻtash tartibi toʻgʻrisida Nizomga ilovadagi “Davlat oʻrmon qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin, “Qishloq” soʻzidan keyin esa “va suv” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 44-son, 459-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 191-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 247-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oʻrmonlarini himoya qilish boʻyicha ayrim meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 68-modda)ning:
2-bandidagi “Davlat oʻrmon qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmonlarida yongʻin xavfsizligi qoidalari:
2-bandining birinchi xat boshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi”, “Davlat oʻrmon qoʻmitasi amalga oshiradi” soʻzlari “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi amalga oshiradi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandining “v” kichik bandi birinchi xat boshidagi “Davlat Oʻrmon qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.