1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.05.00 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-sentabrdagi 571-sonli “Ipakchilik sohasida naslli urugʻchilik stansiyalari faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 24-fevraldagi PQ-73-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-sonli “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun subsidiya oladigan pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarning manzilli roʻyxatini shakllantirish;
pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi, muddatlari va shartlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga beriladigan subsidiya uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan:
2023 moliya yilida xonadonlarda pilla (hoʻl pilla) hosilini yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga nazarda tutilgan subsidiyalar hisobidan ajratilishini;
2024 va 2025 moliya yillarida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-iyul,
305-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 305-son qaroriga 1-ILOVA
Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ipak qurti urugʻi — ipak qurti urugʻchilik korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va pilla boquvchilarga yetkazib berish maqsadida maxsus inkubatoriyalarda jonlantiriladigan mahsulot;
pillani qayta ishlash korxonalari — pilla xomashyosini qabul qilib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalar;
pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar — urugʻlik pillani qabul qilib, undan ipak qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar;
subsidiya — bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qaytarmaslik sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan beriladigan mablagʻlar;
subsidiya oluvchilar — pilla boquvchilarga ipak qurti urugʻini yetkazib beradigan pillani qayta ishlaydigan korxonalar hamda pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar.
3. 2026-yil 1-yanvarga qadar har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga (keyingi oʻrinlarda — subsidiya oluvchilar) ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun 120 ming soʻm miqdorida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratiladi.
Subsidiyalar bir moliya yilidan kelgusi moliya yiliga oʻtkazilmaydi va avvalgi yillarda bajarilgan ishlar uchun toʻlab berilmaydi.
4. Subsidiya oluvchilarga subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
2-bob. Subsidiya ajratish tartibi va shartlari
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) bilan birgalikda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va Uyushmaning hududiy “Agropilla” MChJlari hamda pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarning takliflariga asosan kelgusi yilda parvarishlanadigan ipak qurti urugʻi hajmlari boʻyicha prognoz parametrlarini ishlab chiqadi hamda har kalendar yilning 20-iyuliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi parvarishlanadigan ipak qurti urugʻi hajmlari boʻyicha prognoz parametrlardan kelib chiqqan holda, kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu maqsadlarga subsidiyalar ajratilishini nazarda tutadi hamda har kalendar yilning 1-fevraliga qadar mazkur subsidiyalarni Qoʻmitaga ajratib borilishini taʼminlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-sonli ““Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
6. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va Uyushmaning hududiy “Agropilla” MChJlari subsidiya oluvchilar bilan birgalikda pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun subsidiya oluvchilarning manzilli roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxat) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakllantiradi.
Manzilli roʻyxat shartnoma asosida sotib olingan va pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻining miqdori hamda subsidiya oluvchilarga ajratish talab qilinadigan subsidiyaning hajmi asosida shakllantiriladi.
Manzilli roʻyxat Uyushmaning hududiy “Agropilla” MChJlari rahbarlari va subsidiya oluvchilar tomonidan imzolanib, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlangan holda birinchi va ikkinchi mavsumlar uchun har kalendar yilning 20-mayiga qadar, uchinchi va toʻrtinchi mavsumlar uchun har kalendar yilning 20-avgustiga qadar Qoʻmitaga taqdim qilinadi.
Subsidiya oluvchilarning manzilli roʻyxatining toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, Uyushmaning hududiy “Agropilla” MChJlari rahbarlari va subsidiya oluvchilar shaxsan javobgar hisoblanadi.
7. Qoʻmita subsidiya oluvchilarning manzilli roʻyxati kelib tushganidan soʻng oʻn ish kunida oʻzining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga subsidiya berish uchun ajratilgan mablagʻlarni subsidiya oluvchilarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
8. Agar, subsidiya oluvchi parvarishlanadigan ipak qurti urugʻini shartnoma asosida sotib olsa, u holda subsidiyalarni oʻn ish kunida mahsulot yetkazib bergan pilla qurti urugʻchilik korxonasining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
9. Subsidiya oluvchilar pilla boquvchilarga yetkazib bergan va qabul qilgan ipak qurti urugʻi hajmlari hamda berilgan subsidiyalarning ishlatilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (hisobvaraq-faktura va toʻlov topshiriqnomasini ilova qilgan holda) ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq Qoʻmitaga taqdim etadi.
Bunda maʼlumotlar birinchi va ikkinchi mavsum uchun har kalendar yilning 1-iyuliga qadar, uchinchi va toʻrtinchi mavsum uchun har kalendar yilning 1-sentabriga taqdim etilishi lozim.
10. Qoʻmita maʼlumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va subsidiyalarning foydalanilmagan qismini (miqdorini koʻrsatgan holda) qaytarish toʻgʻrisida birinchi va ikkinchi mavsum uchun har kalendar yilning 10-iyuliga qadar, uchinchi va toʻrtinchi mavsum uchun har kalendar yilning 10-sentabriga pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga yozma talabnomani yuboradi.
11. Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar talabnomada koʻrsatilgan mablagʻlarni birinchi va ikkinchi mavsum uchun har kalendar yilning 20-iyuliga qadar, uchinchi va toʻrtinchi mavsum uchun har kalendar yilning 20-sentabriga qadar Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytarishi lozim.
12. Qoʻmita har kalendar yilning 1-dekabriga qadar parvarish qilingan ipak qurti urugʻi hajmlari, subsidiya oluvchilar va berilgan subsidiyalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
13. Qoʻmita ajratilgan subsidiyalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yil yakuniga qadar oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 705-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Subsidiyalar berish boʻyicha yuzaga keladigan nizolar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.
Nizolarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilish imkoni boʻlmaganda, nizolar sud tartibida hal qilinadi.
141. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqarish hajmlari oshganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda –Uyushma)
1. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va Uyushmaning hududiy “Agropilla” MChJlari hamda pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarning takliflariga asosan kelgusi yilda parvarishlanadigan ipak qurti urugʻi hajmlari boʻyicha prognoz parametrlarini ishlab chiqadi.
2. Parvarishlanadigan ipak qurti urugʻi hajmlari boʻyicha prognoz parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim qiladi
Har kalendar yilning 20-iyuliga qadar
2-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1. Parvarishlanadigan ipak qurti urugʻi hajmlari boʻyicha prognoz parametrlardan kelib chiqqan holda, kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu maqsadlarga subsidiyalar ajratilishini nazarda tutadi.
2. Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun subsidiyalar Qoʻmitaga ajratib borilishini taʼminlaydi.
Har kalendar yilning 1-fevraliga qadar
3-bosqich
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari, Uyushmaning hududiy “Agropilla” MChJlari, subsidiya oluvchilar
1. Shartnoma asosida sotib olingan va pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻining miqdori hamda subsidiya oluvchilarga ajratish talab qilinadigan subsidiyalarning hajmi asosida subsidiya oluvchilarning manzilli roʻyxatini shakllantiradi.
Birinchi va ikkinchi mavsum uchun — 20-mayga qadar
2. Manzilli roʻyxatni imzolab, tasdiqlangan holda Qoʻmitaga taqdim qiladi.
Uchinchi va toʻrtinchi mavsum uchun — 20-avgustga qadar
4-bosqich
Qoʻmita
Subsidiya oluvchilarning manzilli roʻyxati kelib tushganidan soʻng oʻzining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga subsidiyalar berish uchun ajratilgan mablagʻlarni subsidiya oluvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Oʻn ish kunida
5-bosqich
Pillani qayta ishlash korxonalari, pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar
Parvarishlanadigan ipak qurti urugʻini shartnoma asosida sotib olsa, u holda subsidiyalarni mahsulot yetkazib bergan pilla qurti urugʻchilik korxonasining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Oʻn ish kunida
6-bosqich
Pillani qayta ishlash korxonalari, pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar
Pilla boquvchilarga yetkazib bergan va qabul qilingan ipak qurti urugʻi hajmlari hamda berilgan subsidiyalarning ishlatilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (hisobvaraq-faktura va toʻlov topshiriqnomasini ilova qilgan holda) Qoʻmitaga taqdim etadi.
Birinchi va ikkinchi mavsum uchun — 1-iyulga qadar
Uchinchi va toʻrtinchi mavsum uchun — 1-sentabrga qadar
7-bosqich
Qoʻmita
Maʼlumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va subsidiyalarning foydalanilmagan qismini (miqdorini koʻrsatgan holda) qaytarish toʻgʻrisida pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga yozma talabnomani yuboradi.
Birinchi va ikkinchi mavsum uchun — 10-iyulga qadar
Uchinchi va toʻrtinchi mavsum uchun — 10-sentabrga qadar
8-bosqich
Pillani qayta ishlash korxonalari, pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar
Talabnomada koʻrsatilgan mablagʻlarni Qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytaradi.
Birinchi va ikkinchi mavsum uchun — 20-iyulga qadar
Uchinchi va toʻrtinchi mavsum uchun — 20-sentabrga qadar
9-bosqich
Qoʻmita
Parvarish qilingan ipak qurti urugʻi hajmlari, subsidiya oluvchilar va berilgan subsidiyalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
Har kalendar yilning 1-dekabriga qadar
10-bosqich
Qoʻmita
Ajratilgan subsidiyalar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
Yil yakuniga qadar
Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
“Tasdiqlayman”
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
______________________
(imzo, F.I.O.)
202__yil “_______” ________
_______________ viloyatida 202_ yilda pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun subsidiya oluvchilarning
MANZILLI ROʻYXATI
T/r
Pillani qayta ishlash va urugʻchilik korxonalari nomi
Tumanlar nomi
Reja
Shundan, parvarishlanadigan ipak qurti urugʻi (quti)
Pilla boquvchilarga yetkazib berilgan jami ipak qurti urugʻi miqdori
(quti)
Subsidiya oluvchilarga ajratish talab qilinadigan subsidiya miqdori
(ming soʻm)
Xorijiy urugʻchilik korxonalaridan keltiriladigan
Jami xorijdan keltiriladigan ipak qurti urugʻi
Respublikadagi urugʻchilik korxonalaridan olinadigan
quti
tonna
urugʻ miqdori
xorijiy korxona nomi
urugʻ miqdori
korxona nomi
1
2
3
…
Jami:
Izoh.Manzilli roʻyxat 1 va 2-mavsum uchun hamda 3 va 4-mavsum uchun alohida toʻldiriladi va mazkur Nizomda belgilangan muddatda Qoʻmitaga taqdim qilinadi.
____________ viloyati hududiy “Agropilla” MChJ rahbari
imzo
F.I.O.
Pillani qayta ishlash korxonasi rahbari
imzo
F.I.O.
Urugʻchilik korxonasi rahbari
imzo
F.I.O.
Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
“Tasdiqlayman”
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
______________________
(imzo, F.I.O.)
202__ yil “______” ________
Subsidiya oluvchilar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan va qabul qilingan ipak qurti urugʻi hajmlari va subsidiyaning ishlatilishi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r
Pillani qayta ishlash va urugʻchilik korxonalari nomi
Qabul qilingan ipak qurti urugʻi miqdori
(quti)
Qabul qilingan ipak qurti urugʻiga hisobvaraq-faktura
Ipak qurti urugʻi uchun hisob-kitob toʻlov topshiriqnomasi
xorijiy urugʻchilik korxonasidan
respublikadagi urugʻchilik korxonasidan
jami
sanasi
raqami
urugʻ miqdori
(quti)
sanasi
raqami
toʻlov summasi
(ming soʻm)
1
2
3
...
__________ viloyati hududiy “Agropilla” MChJ rahbari
imzo
F.I.O.
Pillani qayta ishlash korxonasi rahbari
imzo
F.I.O.
Urugʻchilik korxonasi rahbari
imzo
F.I.O.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 305-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 24-dekabrdagi 773-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-dekabrdagi 717-son qaroriga 2-ilovaning 21-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/305/0511-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)