1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 305-sonli “Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyuldagi PQ-5178-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyuldagi PQ-5178-son qaroriga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
2025-yil 1-yanvarga qadar har yili xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratilishi;
yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
pilla (hoʻl pilla) hosili uchun xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratish;
Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining takliflariga asosan kelgusi yil uchun budjet parametrlarini shakllantirishda tegishli mablagʻlarni ajratish;
pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari tuman (shahar) “Agropilla” MChJlar bilan birgalikda subsidiya oluvchilarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantirish;
pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari oʻz maxsus hisobvaraqlaridagi subsidiya uchun tushgan mablagʻlarni subsidiya oluvchilarning faqat bank kartalariga, agar bank kartasi ochilmagan boʻlsa, bankda ularning nomlariga ochilgan bank hisobvaraqlariga ajratishi;
pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari subsidiya berish maqsadida oʻtkazib berilgan mablagʻning foydalanilmagan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytarishi tartibi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yildan boshlab budjet parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq zarur mablagʻlarni Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga ajratib borilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-dekabr,
773-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-dekabrdagi 773-son qaroriga ILOVA
Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari — urugʻlik pillalarni qabul qilib, undan ipak qurti urugʻlarini tayyorlovchi tashkilotlar;
pilla (hoʻl pilla) — ipak qurtlarini parvarishlash natijasida olinadigan mahsulot (dastlabki ishlov berilmagan, gʻumbagi hoʻl holdagi pilla xomashyosi);
pillachilik klasterlari — pilla xomashyosini qabul qilib oluvchi va uni qayta ishlovchi tashkilotlar;
subsidiya oluvchilar — ipak qurtini parvarishlab yetishtirilgan pillani (hoʻl pilla) pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlariga yetkazib beruvchi jismoniy shaxslar (oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari);
subsidiya — ipak qurtlarini parvarishlab yetishtirilgan pillaning har bir kilogrammi uchun qurt boquvchilarga qaytarmaslik sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan beriladigan pul mablagʻlari.
3. 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar har yili xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ipak qurtlarini parvarishlab yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.
4. Subsidiya oluvchilarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Subsidiya ajratish shartlari va tartibi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari takliflariga asosan kelgusi yilda pilla yetishtirish hajmi boʻyicha prognoz parametrlarini ishlab chiqadi hamda har kalendar yilning 20-iyuliga qadar kelgusi yilda yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish maqsadida budjet parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiladi.
Etishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) xomashyosi yetishtirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari doirasida subsidiya mablagʻlari har bir viloyat boʻyicha ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining takliflariga asosan kelgusi yil uchun budjet parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlar Qoʻmitaga ajratilishini koʻzda tutadi va har kalendar yilning 1-fevraliga qadar mazkur yil uchun budjet parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlarni Qoʻmitaga ajratib boradi.
6. Pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari tuman (shahar) “Agropilla” MChJlar bilan birgalikda subsidiya oluvchilarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakllantiradi, qurt boquvchilar bilan shartnoma tuzadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi.
Subsidiya oluvchilarning tuman (shahar) manzilli roʻyxati pillachilik klasterlari, ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari va tuman (shahar) “Agropilla” MChJlar rahbarlari tomonidan imzolangan holda har kalendar yilning 25-fevraliga qadar Qoʻmitaning hududiy boshqarmasiga taqdim qilinadi.
Subsidiya oluvchilarning tuman (shahar) manzilli roʻyxati toʻgʻri tuzilishiga pillachilik klasterlari, ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari va tuman (shahar) “Agropilla” MChJlar rahbarlari masʼul hisoblanadi.
7. Qoʻmitaning hududiy boshqarmasi boshligʻi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tizimidagi viloyat hududiy “Agropilla” MChJ rahbari bilan birgalikda tumanlar (shaharlar) manzilli roʻyxatlarini tahlil qiladi hamda umumlashtirgan holda subsidiya oluvchilarning tashkilotlar va tumanlar (shaharlar) boʻyicha hududiy manzilli roʻyxatini ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq (keyingi oʻrinlarda — hududiy manzilli roʻyxat) shakllantiradi.
Hududiy manzilli roʻyxat Qoʻmitaning hududiy boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va har kalendar yilning 1-martiga qadar Qoʻmitaga taqdim qilinadi.
Hududiy manzilli roʻyxatning toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun Qoʻmitaning hududiy boshqarmasi boshligʻi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tizimidagi viloyat hududiy “Agropilla” MChJ rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
8. Qoʻmita har kalendar yilning 10-apreliga qadar shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari hisobvaragʻiga zarur mablagʻlarni subsidiya oluvchilarga ulardan sotib olingan pilla uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish vaqtida toʻlab berish maqsadida oʻtkazib beradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
9. Pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari oʻzlarining hisobvaraqlaridagi subsidiya uchun tushgan mablagʻlarni subsidiya oluvchilarning faqat bank kartalariga, agar bank kartasi ochilmagan boʻlsa, bankda ularning nomlariga ochilgan bank hisobvaraqlariga ajratib beradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
10. Qoʻmita raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va maʼlumotlar shaffofligini taʼminlash maqsadida yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili va ajratilgan subsidiya miqdori boʻyicha tegishli maʼlumotlarni rasmiy veb-saytida ochiq maʼlumotlar boʻlimida doimiy ravishda taqdim etib boradi.
11. Pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari subsidiya oluvchilardan qabul qilingan pilla xomashyosining hajmlari va ularga ajratilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda Qoʻmitaga taqdim etadi.
Bunda maʼlumotlar pilla yetishtirishning:
birinchi va ikkinchi mavsumlari uchun — har kalendar yilning 1-iyuliga qadar;
uchinchi va toʻrtinchi mavsumlari uchun — har kalendar yilning 1-oktabriga qadar taqdim etishlari zarur.
12. Qoʻmita maʼlumotlarni tahlil qiladi va umumlashtiradi. Tahlil natijasiga koʻra, subsidiya berish maqsadida oʻtkazib berilgan mablagʻning foydalanilmagan qismini qaytarish yuzasidan pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlariga yozma talabnoma yuboradi.
13. Pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari talabnoma tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida koʻrsatilgan mablagʻlarni Qoʻmitaning alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytaradi.
14. Qoʻmita har kalendar yilning 1-noyabriga qadar pilla yetishtirish mavsumlariga jalb qilingan subsidiya oluvchilar hamda ularga ajratilgan subsidiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Subsidiya berish boʻyicha yuzaga keladigan nizolar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.
Nizolarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilish imkoni boʻlmasa, nizolar sud tartibida hal qilinadi.
16. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlarining takliflariga asosan kelgusi yilda pilla yetishtirish hajmi boʻyicha prognoz parametrlarini ishlab chiqib, kelgusi yilda yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish maqsadida budjet parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiladi.
Har kalendar yilning 20-iyuliga qadar
2-bosqich
Moliya vazirligi
1. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) takliflariga koʻra kelgusi yil uchun budjet parametrlarini shakllantirishda tegishli mablagʻlar Qoʻmitaga ajratilishini koʻzda tutadi.
2. Har kalendar yili budjet parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlarni Qoʻmitaga ajratib boradi.
Har kalendar yilning 1-fevraliga qadar
3-bosqich
Pillachilik klasterlari, ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari
1. Subsidiya oluvchilarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini shakllantiradi va qurt boquvchilar bilan shartnoma tuzadi.
2. Subsidiya oluvchilarning tuman (shahar) manzilli roʻyxatini imzolangan holda Qoʻmitaning hududiy boshqarmasiga taqdim qiladi.
Har kalendar yilning 25-fevraliga qadar
4-bosqich
Qoʻmitaning hududiy boshqarmasi
1. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tizimidagi viloyat hududiy “Agropilla” MChJ rahbari bilan birgalikda tuman (shahar) manzilli roʻyxatlarini tahlil qiladi hamda umumlashtirgan holda subsidiya oluvchilarning tashkilotlar va tumanlar (shaharlar) boʻyicha hududiy manzilli roʻyxatini shakllantiradi.
2. Hududiy manzilli roʻyxat Qoʻmitaning hududiy boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanib, Qoʻmitaga taqdim qilinadi.
Har kalendar yilning 1-martiga qadar
5-bosqich
Qoʻmita
Shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari hisobvaragʻiga mablagʻlarni subsidiya oluvchilarga ulardan sotib olingan pilla uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish vaqtida toʻlab berish maqsadida oʻtkazib beradi.
Har kalendar yilning 10-apreliga qadar
6-bosqich
Pillachilik klasterlari, ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari
Oʻz hisobvaraqlaridagi subsidiya uchun tushgan mablagʻlarni subsidiya oluvchilarning faqat bank kartalariga, agar bank kartasi ochilmagan boʻlsa, bankda ularning nomlariga ochilgan bank hisobvaraqlariga ajratib beradi.
Oʻn ish kunida
7-bosqich
Qoʻmita
Etishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili va ajratilgan subsidiya miqdori boʻyicha maʼlumotlarni rasmiy veb-saytida, ochiq maʼlumotlar boʻlimida doimiy ravishda taqdim etib boradi.
Doimiy ravishda
8-bosqich
Pillachilik klasterlari, ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari
Subsidiya oluvchilardan qabul qilingan pilla xomashyosi hajmlari va ularga ajratilgan subsidiyalar boʻyicha maʼlumotlarni Qoʻmitaga taqdim etadi.
Birinchi va ikkinchi mavsumlar uchun — 1-iyuliga qadar
Uchinchi va toʻrtinchi mavsumlar uchun — 1-oktabriga qadar
9-bosqich
Qoʻmita
Subsidiya berish maqsadida oʻtkazib berilgan mablagʻning foydalanilmagan qismini qaytarish yuzasidan pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlariga yozma talabnoma yuboradi.
Pillachilik klasterlari va ipak qurti urugʻchilik tashkilotlari
Koʻrsatilgan mablagʻlarni Qoʻmitaning alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytaradi.
Talabnoma tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida
10-bosqich
Qoʻmita
Pilla yetishtirish mavsumlariga jalb qilingan subsidiya oluvchilar hamda ularga ajratilgan subsidiya mablagʻlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
Har kalendar yilning 1-noyabriga qadar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Subsidiya oluvchilar roʻyxati va ajratilishi kutilayotgan subsidiya miqdori boʻyicha jadval
NAMUNASI
T/r
Korxonaning nomi
Tumanning nomi
Qurt boquvchilar
Shartnoma boʻyicha
Talab qilinadigan subsidiya miqdori, ming soʻm
F.I.O.
Pasport maʼlumotlari (seriyasi raqami, kim tomonidan berilgan)
Jismoniy shaxsning shaxsiy indentifikatsion raqami (JShShIR)
tut ipak qurti parvarishlash, quti
tirik pilla yetishtirish, kg
1.
2.
3.
...
Pillachilik klasteri rahbari
imzo/muhr
F.I.O.
Ipak qurti urugʻchilik tashkiloti rahbari
imzo/muhr
F.I.O.
Tuman (shahar) “Agropilla” MChJ rahbari
imzo/muhr
F.I.O.
Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi _____________________ F.I.O. 202___ yil “____” ___________
____________ viloyatida 202_ yilda yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) uchun talab qilinadigan subsidiya miqdori toʻgʻrisida jadval
NAMUNASI
T/r
Korxonaning nomi
Tumanning nomi
Shartnoma boʻyicha
Talab qilinadigan subsidiya miqdori, ming soʻm
tut ipak qurti parvarishlash, quti
hoʻl pilla yetishtirish, kg
1.
2.
3.
...
Viloyat hududiy “Agropilla” MChJ rahbari
imzo/muhr
F.I.O.
Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi ____________________ F.I.O. 202___ yil “____” ___________
Pillachilik klasterlari va tut ipak qurti urugʻchilik korxonalari tomonidan hoʻl pilla qabul qilib olin�an subsidiya oluvchilar roʻyxati va ularga amalda ajratilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
NAMUNASI
T/r
Korxonaning nomi
Tumanning nomi
Tut ipak qurti boquvchilarning F.I.O.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JShShIR)
Haqiqatda yetishtirilgan hoʻl pilla, kg
Ajratilgan subsidiya miqdori, ming soʻm
1.
2.
3.
...
Viloyat hududiy “Agropilla” MChJ rahbari
imzo/muhr
F.I.O.
Pillachilik klasteri rahbari
imzo/muhr
F.I.O.
Tut ipak qurti urugʻchilik tashkiloti rahbari
imzo/muhr
F.I.O.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2021-y., 09/21/773/1194-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)