Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Bogʻdorchilik tarmogʻi va issiqxona xoʻjaliklarida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22024-yil 30-sentabrdagi PQ-344-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son)
7. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sugʻoriladigan yerlar hisobidan bogʻdorchilik, uzumchilik va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga oshiriladi;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
b) tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy qilgan yangi tashkil etiladigan bogʻlar xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarma va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga quyidagilar uchun subsidiya ajratish orqali amalga oshiriladi:
(7-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqorida koʻrsatilgan suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda.
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar.
Oldingi tahrirga qarang.
maydoni 35 gektardan ziyod bogʻlarda suv chiqarish uchun burgʻulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har 35 gektar uchun 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda;
(7-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 07/20/4709/0577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻraki va kishmishbop uzum tokzorlarida irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos stansiyalarini qurish, suv saqlash uchun sigʻimlar sotib olishga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda;
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 753-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻzaro kelishuvi asosida suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilansin.
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2020-y., 07/20/4709/0577-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan sarf-xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
a) 2019-yil 1-avgustga qadar mavjud mevali bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini har bir fermer xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi korxonasi kesimida yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini aniqlash nuqtai nazaridan xatlovdan oʻtkazsin va iqtisodiy samarador yangi bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini barpo etish boʻyicha takliflar kiritsin;
b) 2019-yil 1-sentabrga qadar:
keyinchalik meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tavsiyalar berib borish maqsadida mevali koʻchatlarning yuqori hosilli navlarini tanlab olish va ularni yetishtirishning hududiy chegaralarini aniqlash nuqtai nazaridan tabiiy-qishloq xoʻjaligi boʻyicha rayonlashtirishni amalga oshirsin;
ishlab chiqaruvchi, yer uchastkasi, bogʻlarning holati, navlar, barpo qilingan vaqti va boshqa koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan bogʻ plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklarining yagona elektron reyestrini shakllantirsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2020-yil 1-yanvarga qadar muddatda oʻzlashtirilmagan yerlarda yer osti suv resurslarining mavjudligi va ularning qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqliligiga alohida eʼtibor qaratib, mavjud yer osti suv resurslarining miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda yer osti suvlari xaritalarini ishlab chiqsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mavjud mevali bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazish yakunlaridan soʻng ikki oy muddatda eksportbop sifatli meva mahsulotlari hajmini kengaytirish maqsadida hududlar kesimida yangi intensiv bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklari barpo etish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda mevali daraxt va butalarning urugʻlik materiallari va koʻchatlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2019-yil 1-oktabrga qadar oʻz veb-saytida hududlar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar kesimida yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining navlari, turlari va prognoz koʻrsatkichlari, pishish vaqti toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni olish imkonini beruvchi axborot platformasini ishga tushirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda respublikadagi bogʻdorchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarda “ishlab chiqarish — tayyorlash — saqlash — qayta ishlash — qadoqlash (tara) — tashish — ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish” tamoyili asosida zanjir shakllantirishni nazarda tutuvchi meva savdo-logistika markazlarini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda strategik importyor davlatlar hududida ulgurji taqsimlash markazlari qoshida savdo korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
a) quyidagi nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi;
b) Agentlikni uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Agentlikning 2019-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi xarajatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin hamda 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Agentlikka 4 ta avtotransport vositasi, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash uchun limit belgilasin;
Agentlikning asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan uning maʼmuriy binosini taʼmirlash hamda moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olishga mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy manzili boʻyicha joylashgan binoning bir qismini Agentlikning operativ boshqaruviga berilishini taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
18. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayevga — Agentlik faoliyatini tashkil etish boʻyicha masalalarni, tashkiliy-texnik, moliyaviy, huquqiy va boshqa tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, mavjud mevali bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazishni samarali muvofiqlashtirish yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlariga — bogʻlar, uzumzorlar va issiqxona xoʻjaliklari tashkil etish uchun yer uchastkalari oʻz vaqtida ajratilishi, shuningdek, mavjud mevali bogʻlar, xoʻraki, kishmishbop uzum plantatsiyalari va issiqxona xoʻjaliklarini xatlovdan oʻtkazishni sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
19. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-mart,
PQ-4246-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 07/19/4246/2800-son; 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son; 12.12.2019-y., 07/19/4549/4143-son; 12.05.2020-y., 07/20/4709/0577-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 16.12.2021-y., 07/21/52/1165-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 02.10.2024-y., 07/24/344/0765-son)