1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.13.00 Ijtimoiy sherikchilik;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
2.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida
Ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash, ushbu obyektlarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish hamda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
1. Andijon viloyatining Boʻston tumanidagi 69 ta ijtimoiy soha obyektini issiqlik energiyasi bilan taʼminlash davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda tegishli ijtimoiy sohaga masʼul vazirlik va idoralar 2023 — 2026-yillarda respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan davlat ijtimoiy soha obyektlarini ekologik toza yoqilgʻi turlariga (elektr energiyasi, quyosh suv isitish qurilmalari, quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlariga (issiqlik nasoslari va shu kabilar) oʻtkazish orqali kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish hamda muassasalarning issiqlik tizimini taʼmirlash va belgilangan meʼyorlarda ishlashini taʼminlashni davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻrsin. Bunda:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
birinchi bosqichda Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi 5 722 ta davlat ijtimoiy soha obyektining issiqlik taʼminoti tizimlarini xususiy sektor ishtirokida modernizatsiya qilish va boshqarish tizimi joriy qilinsin;
davlat ijtimoiy soha obyektlarida mavjud isitish tizimlarining joriy holatidan kelib chiqib, 2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining barcha tuman (shahar)larida hamda boshqa viloyatlarning 2-ilovaga muvofiq tuman (shahar) larida davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlari boshlansin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
3. Quyidagilar:
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash rejasi 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari uchun talab etiladigan koʻmir va boshqa yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlashga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
har chorakda tuman (shahar) hokimliklari va jalb qilingan xususiy sheriklar tomonidan bajarilgan ishlar natijadorligini oʻrganish va muntazam monitoring qilib borish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilishda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish;
tuman (shahar) hokimliklarining loyihalar ijrosi yuzasidan axborotlarini qabul qilish va natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tahliliy materiallarni kiritib borish;
mazkur qarorda koʻrsatilgan topshiriqlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qilib borish.
5. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tanlab olingan xususiy sheriklar bilan birga 2-ilovada belgilangan hududlar boʻyicha:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
bir oy muddatda tuman (shahar)lardagi davlat ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish choralarini koʻrsin. Bunda xususiy sheriklar tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, davlat sheriklari tomonidan tuzilgan ishchi guruh muhokamasiga taqdim etiladi hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish xarajatlari hududlarning mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan modernizatsiya mablagʻlari bilan birga moliyalashtiriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
xususiy sherikka ijtimoiy soha muassasalarining foydalanilmayotgan, boʻsh turgan bino va inshootlarini foydalanish uchun vaqtinchalik ijaraga berish yoki omborxona qurilishi uchun yer uchastkasini (yer maydoniga egalik qilish huquqi berilmagan holda) ajratish choralarini koʻrsin. Bunda yer va mulkni ijaraga berish qoidalari, ijara toʻlovlarini amalga oshirish tartibi, ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari, ijaraga berilgan mol-mulklarning roʻyxati hamda ularni nazorat qilish tartibi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
joriy yil 1-iyulga qadar tuman (shahar)larda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihalarining (keyingi oʻrinlarda — Loyihalar) konsepsiyalarini tasdiqlasin;
joriy yil 1-avgustdan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini boshlasin.
Davlat sheriklari bir hafta muddatda qonunchilikda belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini oʻrganib chiqish boʻyicha tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruh tarkibini tasdiqlasin.
Ishchi guruh tomonidan loyiha-smeta hujjatlari maʼqullanib, davlat ekspertizasidan oʻtkazilgandan soʻng, modernizatsiya ishlari boshlanishiga ruxsat beriladi hamda mazkur ishlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha xususiy sherik javobgar hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
davlat sherigi etib — tuman (shahar) hokimliklari hamda tegishli ijtimoiy sohaga masʼul vazirlik va idoralar hududiy organlari belgilansin. Bunda tuman(shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlari rahbarlari (tuman maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi, tuman tibbiyot birlashmasi va h.k.) davlat sherigining huquq va majburiyatlari bajarilishiga masʼul etib belgilansin;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
xususiy sheriklar — Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq tender oʻtkazish va (yoki) Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining qarorlari asosida eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali aniqlansin.
7. Belgilab qoʻyilsinki, Loyihalarni amalga oshirishda quyidagi vazifa va majburiyatlar bajarilishi taʼminlanadi:
davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini xatlovdan oʻtkazish va davlat ekspertizasidan oʻtkazishni taʼminlash;
(7-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda ekologik toza yoqilgʻi turlari (elektr energiyasi, quyosh suv isitish qurilmalari, quyosh panellari va shu kabilar) va muqobil issiqlik tizimlari (issiqlik nasoslari va shu kabilar) orqali ishlaydigan energiya tejamkor qozonlarni oʻrnatish va obyektlardagi ichki issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilishni nazarda tutish;
(7-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Loyihalar boʻyicha konsepsiyalarni tasdiqlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Loyihalarni amalga oshirish uchun tenderlarni tashkil qilish hamda xususiy sheriklarni shaffof va ochiq shartlarda tanlash;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
jalb qilingan xususiy sheriklar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularga isitish obyektlari va tizimlarini davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan muddatda vaqtinchalik bepul foydalanishga berish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlarning davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan muddatlarda va miqdorlarda yoʻnaltirib borilishini taʼminlash;
xususiy sheriklar tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar sifatini doimiy nazorat qilib borish, natijasi boʻyicha har chorakda Respublika ishchi guruhiga axborot berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
xususiy sheriklar tomonidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan shartlar bajarilmagan taqdirda bitimni bir tomonlama bekor qilish;
2025-yil 1-oktabrga qadar ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hisobi va nazoratining onlayn tizimlari hamda issiqlik energiyasi hisoblagichlari oʻrnatilishi boʻyicha zarur choralar koʻrish;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ijtimoiy soha obyektlarining ichki qismlarida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati davomida issiqlik haroratini lozim darajada taʼminlash. Bunda 2025-yil 1-oktabrga qadar ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hisobi va nazoratining onlayn tizimlarini hamda yetkazib berilgan issiqlik miqdoriga aniqlik kiritish maqsadida issiqlik energiyasi hisoblagichlarini oʻz mablagʻlari hisobidan oʻrnatish;
(7-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
issiqlik energiyasi yoʻqotishlarini 30 foizga kamaytirish;
(7-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
ijtimoiy soha obyektlariga zamonaviy energiya tejamkor qozonlarni oʻrnatish;
(7-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
oʻrnatiladigan isitish qozonlarining sifatini kafolatlash va muddatidan oldin yaroqsiz holatga kelgan isitish qozonlarini oʻz mablagʻlari hisobidan yangilash. Bunday hollarda Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratilmaydi;
ijtimoiy soha obyektlarini isitish bilan bogʻliq barcha masalalarni oʻz zimmasiga olish.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda davlat ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish va taʼmirlash hamda yetkazib berilgan issiqlik taʼminoti uchun Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi doimiy ravishda DXSH loyihalari doirasida yetkaziladigan issiqlik energiyasi uchun narxlarni (tariflarni) hududiy narxlarni tartibga soluvchi organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda deklaratsiya qilish uchun tegishli hisob-kitoblarni kiritib borsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
9. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga xususiy sheriklarning eng maqbul takliflarini tanlab olishda quyidagi talablarga eʼtibor qaratish tavsiya etilsin:
xususiy sheriklar mablagʻlarining ulushi kamida 50 foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasining uzoq hududlarda (tuman (shahar) markazidan kamida 30 km) joylashgan kichik va ayrim obyektlar uchun kamida 30 foiz va undan yuqori boʻlishi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
xususiy sheriklar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun xarajatlar miqdori mahalliy budjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarga nisbatan kam boʻlishi;
xususiy sheriklarning soliq toʻlovchi sifatida ishonchli boʻlishi va oxirgi yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 3 mlrd soʻmdan kam boʻlmasligi.
10. Belgilansinki:
Loyihalar har bir ijtimoiy soha obyekti boʻyicha alohida lotga ajratgan holda amalga oshiriladi;
tuman (shahar)lardagi mavjud ijtimoiy soha obyektlarining sonidan, muassasalarning olis hududlarda joylashuvidan hamda tashabbuskor xususiy tadbirkorlik subyektlarining takliflaridan kelib chiqib, Respublika ishchi guruhi bilan kelishuvga koʻra ikki va undan ortiq loyihalarni birlashtirgan holda lotlarga ajratishga ruxsat beriladi.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2023-yilda respublika boʻyicha davlat-xususiy sheriklik asosida davlat ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish uchun jami 500 mlrd soʻm ajratsin hamda davlat-xususiy sheriklik bitimi rasmiylashtirilishiga qarab moliyalashtirib borilishini taʼminlasin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Bunda, ushbu xarajatlar 2023-yilda Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hamda respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplansin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
12. Isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan (import qilinadigan), respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin.
Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda olib kelinadigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyxatini shakllantirsin hamda belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
13. Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh (D. Sultanov) mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birga:
bir oy muddatda ikki xil, jumladan qattiq yoqilgʻida ishlaydigan isitish qozonlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda sohadagi mavjud korxonalar bazasida energiya tejovchi va xavfsizlik darajasi yuqori boʻlgan isitish qozonlari (har xil yoqilgʻida ishlaydigan) ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha loyihalar roʻyxatini shakllantirsin.
14. Respublika ishchi guruhi (Sh. Kudbiyev):
manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan tuman hamda shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻz tasarrufidagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimi modernizatsiya qilingandan soʻng yechib olinadigan va foydalanishga yaroqli boʻlgan isitish qozonlari ehtiyoji mavjud boʻlgan budjet tashkilotlariga begʻaraz oʻtkazib berilishini tashkillashtirsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
uch oy muddatda Energetika vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]
15. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Loyihalarni amalga oshirish uchun Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazorat tadbirlari har yili oʻtkazilishini taʼminlasin.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
Bunda, davlat sherigi va xususiy sherik Loyihalar uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlarining maqsadli sarflanishi uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq javobgar hisoblanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
16. Tegishli soha vazirliklari davlat sheriklari bilan birgalikda Loyihalar boʻyicha tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi va bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirib borsin.
Bunda davlat sheriklari monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklar uchun bitimni bekor qilishgacha boʻlgan choralarni koʻrsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
17. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida turli uchrashuvlar, tematik davra suhbatlari tashkil etsin hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritsin.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev):
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi namunaviy bitim loyihasini ishlab chiqib, barcha tuman (shahar) hokimliklariga taqdim qilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov zimmalariga yuklansin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ-100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-aprel,
PQ-118-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-son qaroriga 1-ILOVA
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarishni joriy etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar
Amalga oshirish mexanizmlari
Muddati
Masʼul vazirlik va idoralar
1.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarini xatlovdan oʻtkazish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
1. Ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarini xatlovdan oʻtkazish.
2023-yil aprel
Andijon viloyati hokimligi
(Abduraxmonov),
Namangan viloyati hokimligi
(Abdurazakov),
Fargʻona viloyati hokimligi
(Bozarov),
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
(Zakirov)
2. Issiqlik taʼminoti tizimlarini xatlovdan oʻtkazish orqali nuqsonlar toʻgʻrisida dalolatnomalarni rasmiylashtirish.
2023-yil may
3. Har bir obyektning loyiha-smeta hujjatini ishlab chiqib, davlat ekspertizasidan oʻtkazish.
2023-yil iyun
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarning tuman (shahar)laridagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud isitish tizimlarini xatlovdan oʻtkazish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
1. Ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarini xatlovdan oʻtkazish.
2023-yil aprel
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
(Zakirov)
2. Mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarining texnik holatidan kelib chiqib, 2023-yilda modernizatsiya qilinadigan obyektlar roʻyxatini shakllantirish.
2023-yil may
3. Har bir obyektni xatlovdan oʻtkazib, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish.
2023-yil iyun
3.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarning ayrim hududlaridagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasining konsepsiyalarini tasdiqlash.
1. Loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish.
2023-yil iyun
Andijon viloyati hokimligi
(Abduraxmonov),
Namangan viloyati hokimligi
(Abdurazakov),
Fargʻona viloyati hokimligi
(Bozarov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(Kudbiyev)
2. Loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish va tasdiqlash.
2023-yil iyul
4.
Maslahat xizmatini koʻrsatish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish boʻyicha tegishli choralar koʻrish va moliyalashtirish.
Zaruratga koʻra
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
5.
Ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish boʻyicha tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash.
1. Har bir tuman (shahar) kesimida tender komissiyalari tarkibini shakllantirish.
2023-yil may
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2. Tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.
2023-yil may
6.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hamda respublikaning ayrim hududlaridagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish.
1. Tenderni eʼlon qilish, tender takliflarini baholash va tender gʻolibini aniqlash.
2023-yil sentabr
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2. Tender gʻolibi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni rasmiylashtirish.
2023-yil oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash
REJASI
T/r
Hududlar nomi
Ijtimoiy soha obyektlari soni
shundan, sohalar kesimida
umumtaʼlim maktablari
maktabgacha taʼlim tashkilotlari
sogʻliqni saqlash muassasalari
madaniyat, musiqa va sport muassasalari
Hammasi
13 376
6 479
4 031
2 117
749
jumladan:
I.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1 554
758
447
222
127
1.
Nukus shahri
187
60
59
39
29
2.
Amudaryo tumani
164
87
51
16
10
3.
Beruniy tumani
149
73
53
13
10
4.
Qoraoʻzak tumani
66
34
16
10
6
5.
Kegeyli tumani
73
40
16
12
5
6.
Qoʻngʻirot tumani
103
51
32
14
6
7.
Qonlikoʻl tumani
51
25
13
9
4
8.
Moʻynoq tumani
49
19
18
8
4
9.
Taxtakoʻpir tumani
54
25
16
8
5
10.
Toʻrtkoʻl tumani
128
69
33
19
7
11.
Xoʻjayli tumani
86
45
24
11
6
12.
Chimboy tumani
99
50
30
13
6
13.
Shumanay tumani
60
35
12
9
4
14.
Ellikqalʼa tumani
134
73
34
15
12
15.
Nukus tumani
64
33
16
11
4
16.
Taxiatosh tumani
54
24
16
8
6
17.
Boʻzatov tumani
33
15
8
7
3
II.
Andijon viloyati
1 642
774
533
268
67
1.
Andijon shahri
161
58
57
38
8
2.
Xonobod shahri
25
8
9
5
3
3.
Andijon tumani
119
59
33
23
4
4.
Asaka tumani
152
71
50
25
6
5.
Baliqchi tumani
123
63
36
20
4
6.
Buloqboshi tumani
80
37
24
14
5
7.
Jalaquduq tumani
113
57
35
16
5
8.
Izboskan tumani
130
54
49
24
3
9.
Marhamat tumani
99
47
31
17
4
10.
Oltinkoʻl tumani
101
56
27
15
3
11.
Paxtaobod tumani
108
52
35
16
5
12.
Ulugʻnor tumani
64
31
18
11
4
13.
Qoʻrgʻontepa tumani
132
66
44
16
6
14.
Shahrixon tumani
153
75
57
17
4
15.
Xoʻjaobod tumani
82
40
28
11
3
III.
Qashqadaryo viloyati
2 090
1 194
417
348
131
1.
Qarshi shahri
147
47
40
42
18
2.
Qarshi tumani
126
69
27
23
7
3.
Mirishkor tumani
91
43
20
21
7
4.
Gʻuzor tumani
134
76
30
21
7
5.
Dehqonobod tumani
147
103
11
26
7
6.
Qamashi tumani
148
96
23
18
11
7.
Koson tumani
176
101
43
22
10
8.
Kitob tumani
155
95
28
24
8
9.
Muborak tumani
71
33
19
14
5
10.
Nishon tumani
93
42
24
20
7
11.
Kasbi tumani
117
60
29
19
9
12.
Chiroqchi tumani
168
125
18
19
6
13.
Shahrisabz tumani
161
83
39
29
10
14.
Yakkabogʻ tumani
160
100
29
24
7
15.
Shahrisabz shahri
75
23
33
11
8
16.
Koʻkdala tumani
121
98
4
15
4
IV.
Namangan viloyati
1 625
716
603
246
60
1.
Namangan shahri
119
55
34
25
5
2.
Davlatobod tumani
67
23
25
10
9
3.
Yangi Namangan tumani
57
23
21
12
1
4.
Kosonsoy tumani
118
57
39
18
4
5.
Mingbuloq tumani
122
49
57
12
4
6.
Namangan tumani
89
36
36
13
4
7.
Norin tumani
115
45
52
15
3
8.
Pop tumani
159
73
53
28
5
9.
Toʻraqoʻrgʻon tumani
127
62
43
18
4
10.
Uychi tumani
116
46
50
16
4
11.
Uchqoʻrgʻon tumani
121
49
48
20
4
12.
Chortoq tumani
117
56
37
21
3
13.
Chust tumani
162
77
63
18
4
14.
Yangiqoʻrgʻon tumani
136
65
45
20
6
V.
Fargʻona viloyati
2 455
1016
909
401
129
1.
Fargʻona shahri
185
52
65
42
26
2.
Qoʻqon shahri
136
50
48
30
8
3.
Quvasoy shahri
75
33
23
12
7
4.
Margʻilon shahri
96
39
35
15
7
5.
Bagʻdod tumani
154
64
59
23
8
6.
Beshariq tumani
155
64
67
15
9
7.
Buvayda tumani
123
58
43
16
6
8.
Dangʻara tumani
132
46
61
18
7
9.
Yozyovon tumani
86
42
27
14
3
10.
Quva tumani
161
70
61
23
7
11.
Qoʻshtepa tumani
120
52
39
24
5
12.
Oltiariq tumani
123
49
44
27
3
13.
Rishton tumani
155
70
64
17
4
14.
Soʻx tumani
82
35
28
14
5
15.
Toshloq tumani
103
53
29
18
3
16.
Oʻzbekiston tumani
170
74
64
24
8
17.
Uchkoʻprik tumani
129
60
42
24
3
18.
Fargʻona tumani
157
65
56
29
7
19.
Furqat tumani
113
40
54
16
3
VI.
Buxoro viloyati
526
228
172
97
29
1.
Buxoro tumani
121
55
38
23
5
2.
Vobkent tumani
102
44
34
20
4
3.
Romitan tumani
105
44
34
21
6
4.
Kogon tumani
55
26
14
11
4
5.
Qorovulbozor tumani
30
10
9
7
4
6.
Peshku tumani
113
49
43
15
6
VII.
Jizzax viloyati
327
191
70
45
21
1.
Arnasoy tumani
43
22
11
6
4
2.
Doʻstlik tumani
50
21
18
6
5
3.
Zarbdor tumani
60
35
13
9
3
4.
Gʻallaorol tumani
131
92
16
18
5
5.
Zafarobod tumani
43
21
12
6
4
VIII.
Navoiy viloyati
220
104
51
55
10
1.
Gʻozgʻon shahri
10
3
4
2
1
2.
Navbahor tumani
78
37
17
21
3
3.
Tomdi tumani
36
17
8
8
3
4.
Konimex tumani
70
37
15
15
3
5.
Uchquduq tumani
26
10
7
9
IX.
Samarqand viloyati
871
442
273
100
56
1.
Jomboy tumani
116
56
34
18
8
2.
Narpay tumani
147
70
57
12
8
3.
Tayloq tumani
128
61
44
15
8
4.
Kattaqoʻrgʻon tumani
198
105
64
19
10
5.
Samarqand tumani
124
53
42
18
11
6.
Ishtixon tumani
158
97
32
18
11
X.
Surxondaryo viloyati
556
296
145
90
25
1.
Angor tumani
88
47
24
13
4
2.
Bandixon tumani
73
43
13
14
3
3.
Muzrabot tumani
104
58
23
18
5
4.
Jarqoʻrgʻon tumani
134
67
46
15
6
5.
Qiziriq tumani
90
49
22
15
4
6.
Termiz tumani
67
32
17
15
3
XI.
Sirdaryo viloyati
663
308
198
118
39
1.
Guliston tumani
68
32
21
12
3
2.
Sayxunobod tumani
73
41
15
14
3
3.
Mirzaobod tumani
72
34
20
15
3
4.
Guliston shahri
48
18
20
6
4
5.
Shirin shahri
16
4
6
3
3
6.
Yangiyer shahri
29
11
12
3
3
7.
Boyovut tumani
114
55
34
21
4
8.
Sardoba tumani
47
21
14
9
3
9.
Xovos tumani
66
31
16
14
5
10.
Oqoltin tumani
39
18
10
8
3
11.
Sirdaryo tumani
91
43
30
13
5
XII.
Toshkent viloyati
576
318
144
88
26
1.
Boʻka tumani
93
54
20
16
3
2.
Bekobod tumani
100
53
26
18
3
3.
Parkent tumani
95
54
20
15
6
4.
Piskent tumani
80
42
21
13
4
5.
Boʻstonliq tuman
102
55
28
14
5
6.
Ohangaron tumani
106
60
29
12
5
XIII.
Xorazm viloyati
251
114
69
39
29
1.
Xiva tumani
84
42
18
14
10
2.
Yangibozor tumani
83
33
29
12
9
3.
Yangiariq tumani
84
39
22
13
10
XIV.
Toshkent shahri
20
20
1.
Bektemir tumani
4
4
2.
Mirzo Ulugʻbek tumani
2
2
3.
Sergeli tumani
6
6
4.
Yangihayot tumani
5
5
5.
Yashnobod tumani
3
3
Izoh: 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlari imzolanadigan davlat ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha hududlar roʻyxati va sohalar kesimida obyektlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi yigʻilish bayonnomalari bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi
iqtisodiyot va moliya vaziri, Ishchi guruh rahbari
2.
D. Sultanov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
Ishchi guruh aʼzolari
3.
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
4.
O. Joʻrayeva
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari
5.
A. Qobilov
—
togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining oʻrinbosari
6.
A. Jumanazarov
—
energetika vazirining oʻrinbosari
7.
T. Komilov
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari
8.
O. Fazilkarimov
—
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari
9.
N. Sabirov
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijtimoiy sohalar iqtisodiyot va moliyasi departamenti direktori oʻrinbosari
10.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari va viloyatlar hokimlari oʻrinbosarlari, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari boshliqlari, soliq boshqarmalari boshliqlari, tegishli ijtimoiy soha boshqarmalari boshliqlari
11.
Z. Bozorov
—
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat funksiyalarini qisqartirish departamenti direktori oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/118/0204-son; 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son; 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)