Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.12.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining
buyrugʻi
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3211-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-dekabrdagi 14-2022-sonli ““Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3211-2, 21.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi toʻgʻrisidagi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-dekabrdagi 11-son qarori (roʻyxat raqami 3211, 2020-yil 17-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/3211/0065-son) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor F. PULATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-avgust,
7-2022-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2022-yil 21-iyul
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
2022-yil 22-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 10-avgustdagi 7-2022-son buyrugʻiga
ILOVA
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan bepul beriladi.”.
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi boʻyicha tayyorlash Agentlikning Davlat kadastrlari palatasi (bundan buyon matnda Davlat kadastrlari palatasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.”.
3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Malaka imtihonini oʻtkazish uchun Agentlik direktorining buyrugʻi bilan besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda Malaka imtihoni komissiyasi tashkil qilinadi.
Agentlik direktori Malaka imtihoni komissiyasi raisi hisoblanadi.
Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi Agentlikning masʼul xodimlari va Davlat kadastrlari palatasining masʼul vakillari orasidan shakllantiriladi.”.
4. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Agentlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani taqdim etadi.”.
5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan ariza talabgor tomonidan Agentlikka shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali topshiriladi.”.
6. 13, 15, 40-bandlar, 41-bandning birinchi xatboshisi, 45 va 47-bandlardagi “Qoʻmita” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Agentlik quyidagi asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi:
talabgor mazkur Nizomning 4-bandi talablariga javob bermaganda;
talabgor notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilgani aniqlanganda.
Boshqa asoslarga koʻra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
8. 19-banddagi “Qoʻmita va Markazning” degan soʻzlar “Agentlik va Davlat kadastrlari palatasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 21-band va 65-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qoʻmita raisi” degan soʻzlar “Agentlik direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 22-band “talabgorlar pasport yoki” degan soʻzlardan keyin “identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
11. 23-band “Talabgor pasporti yoki” degan soʻzlardan keyin “identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
12. 28-banddagi “Markaz” degan soʻz “Davlat kadastrlari palatasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 29-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Test savollarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan mavzular Agentlik va Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.”.
14. 33-banddagi “Markazning” degan soʻz “Davlat kadastrlari palatasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 39-band, 48-bandning birinchi xatboshisi va 62-banddagi “Qoʻmitaga” degan soʻzlar “Agentlikka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 43, 54-bandlar, 57-bandning ikkinchi xatboshisi, 60-band va 66-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qoʻmitaning” degan soʻzlar “Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka shahodatnomasi Agentlik tomonidan Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomasi olinganidan boshlab besh kun ichida rasmiylashtiriladi va Kadastr muhandislari reyestriga imzo qoʻyilgan holda talabgorga beriladi.”.
18. 5-bobning nomidan “va dublikatini berish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
19. 50-banddagi “Qoʻmitada” degan soʻz “Agentlikda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
20. 51 — 53-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
birinchi xatboshidagi “Qoʻmita” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidan “va dublikatini berish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
22. 1-2-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga
_________________________________________________________________________da yashovchi

(yashash manzili)

______________________________________________________________________________dan

(ariza beruvchi F.I.O)

_________________________________________________________________________________

(aloqa telefoni)

_________________________________________________________________________________

(elektron manzili)

ARIZA

Menga koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olish uchun malaka imtihonini topshirishga/qayta rasmiylashtirishga* ruxsat berishingizni soʻrayman.

20 __ yil “____” _______________
Shaxsiy imzo __________________
*Izoh: arizaning turidan kelib chiqib kerakli soʻzlarning tagiga chizing.”.
Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

NAMUNA

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi

KADASTR MUHANDISINING MALAKA ShAHODATNOMASI

______________-son

Rasm
‎uchun joy

20 __ yil “___” ____________

Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan

_________________________________________________________________________________ga

(kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olgan shaxsning F.I.O)

__________________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)

Malaka imtihon komissiyasining 20__ yil “__”_______dagi qaroriga asosan kadastr muhandisi malaka shahodatnomasi berildi.

____________________________________

(vakolatli shaxsning F.I.O)

‏QR-kod

”.‎

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/3211-1/0811-son)