1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli “Xalq taʼlimi tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-yil 3 sentyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish, aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishda qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini yanada oshirishni taʼminlash maqsadida oʻqituvchilar salohiyatini yuksaltirish, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oʻquvchilar sonini belgilangan meʼyorlarga moslashtirish, oʻquvchi-yoshlarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-avgust,
651-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 651-son qaroriga ILOVA
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
“Asosiy kvota — tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning maktab yoshidagi farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi boʻlgan hamda yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sonini (keyingi oʻrinlarda asosiy kvota deb ataladi) inobatga olgan holda shakllantiriladi.
Qoʻshimcha kvota ― umumtaʼlim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, tegishli mikrohudud boʻyicha asosiy kvotaga tushmagan bolalar uchun ajratiladi.”.
2. 5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga qabul qilishda davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi”.
“6. Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga asosiy kvota boʻyicha qabul qilish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Bolalarni umumtaʼlim muassasalariga qoʻshimcha kvota boʻyicha qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan umumiy talablar asosida tegishli umumtaʼlim muassasalari direktorlari tomonidan amalga oshiriladi”.
4. 7-banddagi “31-avgustga” soʻzlari “10-avgustga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“26. Ariza beruvchilar umumtaʼlim muassasasiga asosiy kvota boʻyicha qabul qilish uchun yoʻllanmani olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida (yoʻllanma bilan birga) umumtaʼlim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi”.
8. 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Bolalarni asosiy kvota asosida davlat umumtaʼlim muassasalariga qabul qilish
SXEMASI
Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Bolalarni davlat umumtaʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
soʻrovnoma*
I. Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar:
1. Bolalarga nisbatan (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs)
2. F.I.O.
3. Pasport maʼlumotlari (raqami va seriyasi)
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) (mavjud boʻlganda)
5. Manzili
6. Telefon raqami
7. Elektron pochta manzili
II. Bola haqidagi maʼlumotlar:
1. F.I.O.
2. Tugʻilgan yili
3. Tugʻilish haqida guvohnoma maʼlumotlari (raqami va seriyasi)
4. Bola oilasi bilan yashaydigan manzil
5. Manzilning qaysi umumtaʼlim muassasi mikroh�dudiga kirishi
III. Umumtaʼlim muassasasi haqidagi maʼlumotlar:
1. (Tuman, shahar) xalq taʼlimi boʻlimi
2. Umumtaʼlim muassasasi raqami
3. Taʼlim tili
IV. Qoʻshimcha maʼlumotlar (zarurat boʻlganda)
1. Otasi yoki onasi I guruh nogiron bola (nogironlikni tasdiqlovchi hujjat)
2. Yetim yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola (ota-ona�ining vafoti haqida guvohnoma yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami)
* Ushbu soʻrovnoma taqdim etiladigan asl nusxadagi hujjatlar asosida toʻldiriladi.
20__y.____ _______________
Imzo: _________________.”
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2019-y., 09/19/651/3533-son)