1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.01.00 Suverenitet;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24 va 242-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmonining 14-bandi, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarorining 4-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024-yil 23 maydan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024-yil 23-maydan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi, ikkilamchi ijaraga berganlik uchun toʻlovlarni amalga oshirish, ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga oʻzgartirish kiritish va uni bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
tuman (shahar) hokimliklari manfaatdor davlat tashkilotlari bilan birgalikda har yili noyabr oyiga qadar (zaruratga koʻra, yilning boshqa davrlarida) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion savdoga chiqarish boʻyicha loyihalarni tayyorlaydi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-yanvardagi 4-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2025-y., 09/25/4/0021-son)
tuman (shahar) hokimligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyish choralarini koʻradi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-yanvardagi 4-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2025-y., 09/25/4/0021-son)
hududlarni ixtisoslashtirish yoʻnalishlari yil davomida zaxiradagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha loyiha tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-yanvardagi 4-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2025-y., 09/25/4/0021-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024-yil 23-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qoʻlga kiritish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqib yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlovlar tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladi hamda ularning alohida hisobi yuritiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/237/0390-son)
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar qatʼiy ravishda investitsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlariga muvofiq tegishli hududda qishloq va suv xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sugʻorish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy sugʻorish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yer tuzish ishlarini institutsional rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi soʻngi ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqiga ega boʻlish uchun toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarning hisobini yuritish, ularni undirish muddatlarini belgilash va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 31-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 137-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 09/23/137/0186-son)
32. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdoga chiqarish materiallarini tayyorlash, tashkil etish, unda ishtirok etish, elektron onlayn-auksion savdo gʻolibini aniqlash va natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish hamda gʻolibning yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 32-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son — 2024-yil 23-maydan kuchga kiradi)
33. Belgilansinki, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini qayta ijaraga berish (boshqa shaxsga oʻtkazish) koʻchmas mulkka oid bitimlarni rasmiylashtirish tartibida amalga oshiriladi va notarial tartibda tasdiqlanadi.
Adliya vazirligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qayta ijaraga berish (ijara huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish) yuzasidan notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar tomonidan quyidagilar inobatga olinishini katʼiy taʼminlasin:
yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazish;
ijara huquqini boshqa shaxsga oʻtkazuvchi yer uchastkasidan kamida uch yil davomida, bunda yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion savdolari, ochiq elektron tanlov yoki tanlov oʻtkazmasdan davlat organlarining qarorlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilgan boʻlsa, besh yil davomida foydalangan boʻlishi shartligi;
ochiq elektron tanlov natijasiga koʻra ijara muddatiga teng taqsimlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarni yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan toʻlovlarni bir yoʻla toʻlagan boʻlishi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 237-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 09/24/237/0303-son)
34. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha notarial idoraga murojaat qilish, bitimni rasmiylashtirish, yer uchastkasini boshqa shaxsga qayta ijaraga berish hamda yerni ijaraga olish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlarni ijara muddatining qolgan davriga rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi Yer uchastkasiga boʻlgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom 33-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 815-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son)
35. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan murojaat qilish, yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 34-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024 yil 23 maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024-yil 23-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga 3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berish tartibini belgilaydi.
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan agrosanoat klasterlari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga ijaraga berilgan yer uchastkalariga hamda yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq boʻylaridagi yerlarga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son)
davlat organlari va tashkilotlariga, shu jumladan Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yoʻl qoʻshinlarining harbiy qismlari, harbiy taʼlim muassasalari, tashkilotlariga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga (oʻrmon fondi yerlari bundan mustasno);
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan va ular tomonidan foydalanishga kiritilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga tatbiq etiladi.
3. Quyidagi yer uchastkalari ikkilamchi ijaraga berilmaydi:
dehqon va tomorqa xoʻjaliklari berilgan yer uchastkalari (Yer kodeksning 243-moddasiga muvofiq vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin);
jamoa bogʻdorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi uchun berilgan yer uchastkalari;
investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijaraga berilib, foydalanishga kiritilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari.
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini, yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq boʻylaridagi yerlarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va (yoki) chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik faoliyatini yuritish maqsadlarida ijara haqi evaziga ikkilamchi ijaraga oluvchiga belgilangan muddatga foydalanish uchun berish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son)
ikkilamchi ijaraga beruvchi — ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan subyektlar;
ikkilamchi ijaraga oluvchi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga beruvchidan oladigan yuridik va jismoniy shaxslar;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalaniladigan yer uchastkalari (sugʻoriladigan va lalmi haydalma yerlar, boʻz yerlar, koʻp yillik mevali-rezavor dov-daraxtlar, tokzorlar va boshqa daraxtlar band boʻlgan yerlar, yaylov va pichanzorlar);
oraliq ekish — ekin maydonlarini asosiy ekinlardan boʻshagandan keyin hamda bogʻ-tok qator oralariga ekin ekib vaqtincha foydalanish;
foydalanishga kiritilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari — investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimida nazarda tutilgan talablar asosida foydalanishga (irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, qayta tiklash, yangidan barpo etish, mevali koʻchatlar ekish, tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish va boshqalar) kiritilgan yer uchastkalari;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
ikkilamchi ijara shartnomalari reyestri — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ijara haqi evaziga ikkilamchi ijaraga oluvchiga belgilangan muddatga foydalanishga berish toʻgʻrisida ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalarni hisobga olish reyestri;
Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat koʻrsatishning yagona nuqtasi;
operator — Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
5. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) beriladi.
Agar qonunchilikda boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish ikkilamchi ijaraga beruvchining yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.
6. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq boʻylaridagi yerlar qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va (yoki) chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik faoliyatini yuritish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga oʻn yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son)
Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga kiritilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) muddati ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchining (keyingi oʻrinlarda — taraflar) kelishuviga koʻra belgilanadi. Mazkur muddat qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
7. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomalari vakolatli organ tomonidan elektron axborot tizimi orqali ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ikkilamchi ijara shartnomalarini tuzish va uni ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish quyidagi yoʻnalishlar orqali amalga oshiriladi:
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
a) davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchi oʻrtasida yozma qogʻoz hujjat shaklida tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasini ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vakolatli organga murojaat qilish;
b) Agroportalda tegishli maʼlumotlar bazasini yaratish, foydalanuvchilarga ijaraga olinadigan yer uchastkalarini tanlash va elektron shartnomalarni rasmiylashtirish, ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Agroportal orqali murojaat qilish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Ikkilamchi ijaraga oluvchi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan boʻlsa, toʻlov undirilmaydi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
71. Ikkilamchi ijaraga berish uchun ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchi oʻrtasida yozma qogʻoz hujjat shaklida tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasini ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali vakolatli organga ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan murojaat qilinadi.
Bunda davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, belgilangan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
0,5 foizi (yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — ikkilamchi ijara shartnomasining ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani uchun vakolatli organning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — davlat xizmatlari yagona billing tizimi orqali koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — ikkilamchi ijara shartnomasining ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani uchun vakolatli organning shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
72. Ikkilamchi ijaraga berish uchun Agroportalda tegishli maʼlumotlar bazasini yaratish, foydalanuvchilarga ijaraga olinadigan yer uchastkalarini tanlash va elektron shartnomalarni rasmiylashtirish, ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonlarini amalga oshirish uchun yer uchastkasining oʻlchamidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan toʻlov amalga oshiriladi. Bunda undirilgan toʻlovlar quyidagicha taqsimlanadi:
10 foizi — ikkilamchi ijara shartnomasining ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani uchun vakolatli organning shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Agroportalda koʻrsatilgan xizmatlar uchun operatorning shaxsiy hisobvaragʻiga.
73. Ikkilamchi ijara shartnomalari reyestri Yer kadastriga doir axborot hisoblanadi.
(71 — 73-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
2-bob. Ikkilamchi ijaraga berish boʻyicha yerlarni belgilash, shartnoma tuzish va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
8. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari, yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq boʻylaridagi yerlar ikkilamchi ijaraga ixtiyoriylik asosida ikkilamchi ijaraga beruvchining tashabbusi bilan ikkilamchi ijaraga oluvchining roziligiga koʻra faqat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida beriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son)
oʻziga tegishli yer uchastkasini toʻliq yoki bir qismini ikkilamchi ijaraga berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agroportalga joylashtiradi, bunda:
yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdorini (soʻmda) belgilaydi;
avtomatik tarzda shakllantiriladigan ikkilamchi ijara shartnomasini bir tomonlama elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
82. Ikkilamchi ijaraga oluvchi:
ikkilamchi ijaraga beriladigan va Agroportalda joylashtirilgan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda bir tomonlama imzolangan ikkilamchi ijara shartnomasini koʻrib chiqadi;
yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomasi shartlariga rozi boʻlgan taqdirda, oʻzining shaxsiy kabineti orqali shaxsiy hisobvaragʻini tegishli mablagʻ bilan (soʻmda) toʻldiradi;
ikkilamchi ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
83. Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi va uni ikkilamchi ijaraga oluvchi tomonidan imzolangan ikkilamchi ijara shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ikkilamchi ijara shartnomalari reyestriga kiritish uchun oʻzaro hamkorlik orqali ijaraga oluvchi tomonidan vakolatli organga yuboriladi.
(81 — 83-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
9. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari, yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq boʻylaridagi yerlar ikkilamchi ijaraga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
10. Shartnoma ikkilamchi ijaraga beruvchi va ikkilamchi ijaraga oluvchi oʻrtasida yozma shaklda, qogʻoz yoki elektron hujjat shaklida tuziladi.
Qogʻoz shaklidagi shartnoma kamida 4 nusxada tuziladi.
Taraflar shartnomani tuzishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilishlari shart.
11. Ikkilamchi ijaraga beriladigan yer uchastkasining oʻlchami, kontur raqami va yer turi, joylashgan joyi (geografik koordinatalari), manzili, tuproqning ball boniteti, suv bilan taʼminlanganlik darajasi, yillik ijara narxi, ikkilamchi ijara muddati taraflarning kelishuviga asosan Agroportalning “Ikkilamchi ijara” boʻlimidagi namunaviy shartnomada aks ettiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
12. Ikkilamchi ijara shartnomasi ikkilamchi ijaraga oluvchining davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali uch ish kuni ichida yuborgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi murojaatiga asosan vakolatli organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Vakolatli organ murojaatni koʻrib chiqishda qoʻshimcha zarur maʼlumotlarni idoralararo axborot tizimlari orqali oʻzaro hamkorlik qilish asosida oladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
13. Taqdim etilgan murojaat va shartnoma vakolatli organ tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatlar vakolatli organga kelib tushgan sana murojaat qabul qilingan sana hisoblanadi.
Vakolatli organ shartnomani koʻrib chiqish natijalariga koʻra, uni ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazib, reyestrdan koʻchirma taqdim etadi yoki asoslantirilgan xulosa bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etadi.
Vakolatli organ ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan shartnomani Agroportalning “Ikkilamchi ijara” boʻlimida aks ettiradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
14. Quyidagi hollarda shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etiladi:
murojaat vakolatsiz shaxs tomonidan imzolangan yoki umuman imzolanmagan taqdirda;
ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi ijaraga beruvchiga tegishli boʻlmaganda;
ikkilamchi ijaraga berilayotgan yer uchastkalariga boʻlgan tegishli huquq belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmaganda;
ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun toʻlov amalga oshirilmaganda;
qonunchilikka muvofiq koʻrsatilgan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish mumkin boʻlmaganda.
Xulosada rad etish asoslari aniq koʻrsatilishi shart.
Mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa holatlar asosida shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vakolatli organ qaroridan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
15. Vakolatli organ yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishga oid hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi haqida taraflarni bir ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
16. Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ikkilamchi ijaraga beruvchi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin ikki ish kuni ichida shartnomada koʻrsatilgan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga oluvchiga foydalanish uchun berishi, mazkur holat taraflar tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Taraflarning kelishuviga koʻra, ikkilamchi ijaraga beriladigan yer uchastkasining chegaralarini joyida belgilash va uni ajratib berish uchun geodeziya faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.
3-bob. Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga kiritilgan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berishning alohida xususiyatlari
17. Investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining faqat foydalanishga kiritilgan qismi davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yoxud Agroportal orqali ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
18. Yer uchastkalarining foydalanishga kiritilganligi tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimining xulosasi asosida aniqlanadi.
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining foydalanishga kiritilganligini besh ish kunida joyiga chiqqan holda monitoring qiladi.
19. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning foydalanishga kiritilganligi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
davlat-xususiy sheriklik bitimi yuzasidan davlat sherigining xususiy sherik tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini foydalanishga kiritish boʻyicha bajarilgan majburiyatlarini toʻliq qabul qilib olganligi;
investitsiya shartnomasida qishloq xoʻjaligi yerlarini foydalanishga kiritish boʻyicha majburiyatlar investor tomonidan toʻliq bajarilganligi.
Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimiga muvofiq foydalanishga kiritilgan yer uchastkalarining foydalanishga kiritilgunga qadar boʻlgan holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida taqqoslash orqali tahlil qiladi.
20. Monitoring yakuni boʻyicha tegishli xulosa tayyorlanadi.
Xulosada quyidagilar koʻrsatiladi:
investitsiya shartnomasi (yoki davlat-xususiy sheriklik bitim) tuzilgan sana va raqam;
investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimida foydalanishdan chiqqan yer uchastkalarini foydalanishga kiritish bilan bogʻliq tadbirlar, ularning bajarilganlik darajasi;
foydalanishga kiritilgan yer uchastkasining huquqiy rejimi, joylashgan joyi (manzili), chegarasi, kontur raqami, maydoni, yer toifalari;
belgilangan yer uchastkalarining investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimiga muvofiq foydalanishga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi.
Monitoring jarayoni foto (video) qayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etiladi.
Xulosaga davlat sherigining xususiy sherik tomonidan bajarilgan majburiyatlar toʻliq qabul qilib olinganligi yoki investor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlari hamda foto (video) tasvirlar ilova qilinadi.
21. Monitoring yakuni boʻyicha ijobiy xulosa qabul qilinganda yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-bob. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berganlik uchun toʻlovlar
22. Ikkilamchi ijaraga oluvchi yer uchastkasining ikkilamchi ijara haqi uchun toʻlovlarni amalga oshiradi.
Bunda, yer uchastkasining dala chetlari, shu jumladan, ichki kollektor, roshlar, ariq boʻylaridagi yerlarni ikkilamchi ijaraga berganlik uchun ijara haqi 1 soʻm miqdorida belgilanadi.
(22-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi PQ-121-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son)
23. Ikkilamchi ijara haqi miqdori yerlarning ball boniteti, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun soliq stavkalari, yer uchastkasining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda, taraflarning kelishuvi asosida erkin belgilanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
24. Ikkilamchi ijara haqi ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga naqd yoki naqd pulsiz shaklda, elektron toʻlov vositalaridan foydalangan holda yoxud taraflarning kelishuviga asosan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullarda toʻlanishi mumkin.
5-bob. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga oʻzgartirish kiritish va uni bekor qilish
25. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar qonunchilikda belgilangan tartibda kiritiladi.
Shartnomaga kiritilgan oʻzgartirishlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda ikkilamchi ijara shartnomalari reyestrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
26. Shartnoma taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra yoki sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
Agar qonunchilikda va shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasining muddatidan oldin bekor qilish shartnomaning bekor qilinishiga sabab boʻladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs
1. Oʻz tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida ikkilamchi ijaraga oluvchining roziligi bilan yozma qogʻoz shaklida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomasini tuzadi.
2. Oʻz tashabbusi bilan ixtiyoriylik asosida:
oʻziga tegishli yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agroportalga joylashtiradi;
yer uchastkasi uchun ijara haqi miqdorini (soʻmda) belgilaydi;
ikkilamchi ijara shartnomasini bir tomonlama elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs
1. Yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da roʻyxatdan oʻtadi hamda toʻlovni amalga oshiradi.
2. Agroportalda joylashtirilgan yer uchastkasi va ikkilamchi ijara shartnomasini koʻrib chiqadi;
shaxsiy hisobvaragʻini mablagʻ bilan (soʻmda) toʻldiradi;
ikkilamchi ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
3. Ikkilamchi ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ikkilamchi ijara shartnomalar reyestriga kiritish uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga elektron shaklda murojaat qiladi.
Shartnoma imzolangandan keyin 3 ish kuni ichida
3-bosqich
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi
1. Yer uchastkasining ikkilamchi ijarasi boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
a) ikkilamchi ijara shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish;
b) ikkilamchi ijara shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish.
3 ish kuni ichida
2. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi haqida davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali xabardor qiladi.
1 ish kuni ichida
4-bosqich
Yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs
1. Yer uchastkasining chegaralarini joyida belgilaydi va uni ajratib beradi.
2. Yer uchastkasini ajratish boʻyicha tegishli dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Oʻzaro kelishuv asosida 2 ish kuni ichida yoki shartnomada belgilangan muddatda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun
ARIZA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1.
F.I.O.:
2.
Pasport (ID-karta) maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3.
JSHSHIR:
4.
Telefon raqami:
5.
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1.
Toʻliq nomi:
2.
STIR:
3.
Telefon raqami:
4.
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
Arizada koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:
Ikkilamchi ijara shartnomasi imzolangan sana va raqami:
Koʻchmas mulk obyekti turi:
Ikkilamchi ijaraga olinayotgan yer uchastkasining oʻlchami:
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq:
Izoh. Arizaga ikkilamchi ijara shartnomasi ilova qilinadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-fevraldagi 77-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2026-y., 09/26/77/0173-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga 31-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqiga ega boʻlish uchun toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarning hisobini yuritish, ularni undirish muddatlarini belgilash va sarflash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqiga ega boʻlish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqqan holda toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda — qoʻshimcha toʻlovlar) hisobini yuritish, ularni undirish muddatlarini belgilash va sarflash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda qoʻshimcha toʻlovlarning hisobini yuritish va sarflash boʻyicha belgilangan talablar qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qoʻlga kiritish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqib yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlovlarning Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son — 2024-yil 23-maydan kuchga kiradi)
2. Qoʻshimcha toʻlovlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti hamda Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Qoʻshimcha toʻlovlarning hisobi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq yuritiladi.
3. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tanlovda ijara huquqini yutib olish uchun koʻproq ball toʻplash maqsadida ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olingan qoʻshimcha toʻlovlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ijara davri muddatiga teng taqsimlangan holda toʻlanadi hamda ushbu toʻlovlarning 50 foizi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga va qolgan 50 foizi tegishli tuman (shahar) budjetiga yoʻnaltiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son — 2024-yil 23-maydan kuchga kiradi)
4. Qoʻshimcha toʻlovlarning hisobini yuritish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida har bir tuman (shahar) uchun daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
Qoʻshimcha toʻlovlarning hisobi tuman (shahar) soliq inspeksiyasi va (yoki) tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq boshqa vakolatli organlar tomonidan yuritiladi.
5. Qoʻshimcha toʻlovlar sarflanishini nazorat qilib borish uchun budjet tizimi budjetlari xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifidan kelib chiqib, har bir tarmoq xarajatlari alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarda yuritiladi.
3-bob. Qoʻshimcha toʻlovlarni undirish muddatlarini belgilash tartibi
6. Ijara davri muddatiga teng taqsimlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlash grafigi (keyingi oʻrinlarda — toʻlash grafigi) ochiq elektron tanlov natijalari boʻyicha eng yuqori ballga ega boʻlgan talabgor (keyingi oʻrinlarda — tanlov gʻolibi) va tuman (shahar) hokimligi oʻrtasida tuziladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasiga ilova qilinadi.
Qoʻshimcha toʻlovlar tanlov gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Bunda tanlov gʻolibi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga olish huquqiga ega boʻlish uchun zimmasiga olingan qoʻshimcha toʻlovning dastlabki toʻlov sifatida operator maxsus hisobvaragʻiga toʻlangan hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga va tuman (shahar) mahalliy budjetiga oʻtkazib berilgan 5 foiz qismi inobatga olinadi va qoʻshimcha toʻlov summasidan kamaytiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son — 2024-yil 23-maydan kuchga kiradi)
7. Qoʻshimcha toʻlovlarning bir kalendar yili uchun hisoblangan miqdori toʻlash grafigiga muvofiq tanlov gʻolibi tomonidan toʻlanadi.
Toʻlash grafigida qoʻshimcha toʻlovlarning har bir kalendar yili uchun hisoblangan miqdori hisobot yilida 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda toʻlanishi nazarda tutiladi.
Bunda qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash grafigida belgilangan muddatdan oldin ham toʻlanishi mumkin.
Qoʻshimcha toʻlovlar ijara davri muddatiga boʻlib toʻlanganda, qolgan summa toʻlov amalga oshirilgan sanadagi normativ qiymatni oʻtgan yildagi yer normativ qiymatiga nisbatan oʻzgarish koeffitsiyentini koʻpaytirish orqali hisoblanadi.
8. Qoʻshimcha toʻlovlar tanlov gʻolibi tomonidan toʻlash grafigida belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda, tuman (shahar) soliq inspeksiyasi va (yoki) tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq boshqa vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda undirish choralari koʻriladi.
4-bob. Qoʻshimcha toʻlovlarni sarflash tartibi
9. Qoʻshimcha toʻlovlar qatʼiy ravishda investitsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlariga muvofiq tegishli tuman (shahar)da qishloq va suv xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, sugʻorish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy sugʻorish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yer tuzish ishlarini institutsional rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi eng soʻnggi ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun tuman (shahar) hokimi qaroriga muvofiq yoʻnaltiriladi.
Tuman (shahar) hokimi qarorining loyihalari tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimlari va tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan tayyorlanadi.
Bunda tuman (shahar) hokimining qarori qoʻshimcha toʻlovlardan tuman (shahar) budjetiga haqiqatda kelib tushgan mablagʻlar doirasida qabul qilinadi.
10. Tuman (shahar) hokimining qabul qilingan qarori tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritiladi.
11. Tuman (shahar) budjetida jamlangan mablagʻlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hamda boshqa tuman (shahar) budjetiga oʻtkazilishiga yoki qayta taqsimlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Qishloq va suv xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, sugʻorish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy sugʻorish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yer tuzish ishlarini institutsional rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi eng soʻngi ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini bajarish boʻyicha xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish va ularga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritish, shuningdek, ular yuzasidan tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish va xarajatlarni amalga oshirish budjet qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Qoʻshimcha toʻlovlarning ikki yil davomida toʻlash grafigida belgilangan muddatda toʻlanmasligi yoki toʻliq toʻlanmasligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi birinchi qismining 9-bandiga asosan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishiga asos boʻladi.
14. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar bekor qilinganda, tanlov gʻolibining qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlari yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar bekor qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqiga ega boʻlish uchun toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarning hisobini yuritish, ularni undirish muddatlarini belgilash va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Qoʻshimcha toʻlovlarning hisobini yuritish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Qoʻshimcha toʻlovlarning hisobini yuritish maqsadida axborot tizimida har bir tuman (shahar) uchun daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochadi.
Belgilangan muddatlarda
2-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslar
Tanlovda ijara huquqini yutib olish uchun koʻproq ball toʻplash maqsadida belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan qoʻshimcha toʻlovlarni ixtiyoriy ravishda qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining ijara davri muddatiga teng taqsimlangan holda toʻlaydi.
15-aprel va 15-oktabrga qadar
3-bosqich
Tuman (shahar) hokimlari
1. Qoʻshimcha toʻlovlardan tuman (shahar) budjetiga haqiqatda kelib tushgan mablagʻlar doirasida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun qarorlarni qabul qiladi.
2. Tuman (shahar) hokimining qabul qilingan qarorini tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi.
Belgilangan tartibda
4-bosqich
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi
Tuman (shahar) hokimi tomonidan qabul qilingan qarorni tasdiqlaydi.
Belgilangan tartibda
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimlari
Qabul qilingan qaror asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiradi.
Belgilangan tartibda
(31-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 137-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 09/23/137/0186-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga
32-ILOVA
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari:
a) oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish;
b) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish uchun tatbiq etilmaydi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“E-ijara” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-ijara” AT) — yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) — yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini realizatsiya qilish uchun elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish va oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan axborot tizimi;
vakolatli tashkilotlar — yer tuzish loyihasini kelishadigan tashkilotlar — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (yer uchastkasidan foydalanish maqsadi va ixtisosligi boʻyicha), Suv xoʻjaligi vazirligi (suv taʼminoti, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari boʻyicha), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (yer uchastkasi chegaralari boʻyicha) hududiy boʻlinmalari;
yer tuzish loyihasi — yagona mavze boʻyicha konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda, yer uchastkasi chegaralari, hududning ixtisosligi, ishlab chiqarish elementlari hisobga olingan muayyan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion savdo orqali realizatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan hujjatlar toʻplami;
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismidir;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlangʻich narxi — savdoga qoʻyilayotgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion savdo orqali realizatsiya qilish uchun ushbu yer uchastkasining normativ qiymati boʻyicha aniqlangan narxi;
zakalat — ishtirokchi tomonidan elektron onlayn-auksion savdoda qatnashish uchun kafolat taʼminoti sifatida oldindan kiritiladigan mablagʻ;
ijaraga beruvchi — tuman (shahar) hokimliklari yoki Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi;
ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti;
ishtirokchi — elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etish uchun yashash joyidan (yuridik manzilidan), tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, belgilangan tartibda ariza bergan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, muomalaga layoqatli Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar;
(3-bandning toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
lot — elektron buyurtmaga asosan elektron onlayn-auksion savdoda yer uchastkasini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion savdo orqali realizatsiya qilish uchun savdo platformasiga qoʻyilgan obyekt;
operator — savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
shaxsiy kabinet — ishtirokchiga elektron onlayn-auksion savdolarda ishtirok etish uchun buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistika maʼlumotlarini koʻrish hamda operator tomonidan joʻnatilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus boʻlimi;
elektron buyurtma — yer uchastkalarini savdo platformasi orqali realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil qilish yuzasidan ijrochi tomonidan operatorga beriladigan elektron buyurtma;
elektron onlayn-auksion savdo — savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga obyektni realizatsiya qilish boʻyicha narxni oshirib borish tamoyili asosida onlayn tartibda oʻtkaziladigan savdo shakli;
elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud emasligini aniqlash va elektron raqamli imzo kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradigan imzo.
4. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada belgilangan tartib-taomillari boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
5. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalari:
a) dehqon xoʻjaliklariga — Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi hamda “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddat va oʻlchamda ijaraga beriladi;
b) fermer xoʻjaliklariga va boshqa yuridik shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan muddatlarda va oʻlchamlarda ijaraga beriladi;
v) agrosanoat klasterlari, shu jumladan, kooperatsiya shaklidagi klasterlarga — Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan muddat va oʻlchamda ijaraga beriladi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari talablariga asosan ijtimoiy daftarga kiritilganlar, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” hamda xorijdan qaytgan mehnat migrantlari roʻyxatiga kiritilgan talabgorlar uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha “E-auksion” elektron savdo platformasida hamda “E-ijara” ATda alohida toifa (kategoriya) ochiladi.
2-bob. Elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish uchun materiallarni tayyorlash
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) Davlat kadastrlari palatasi yer uchastkalari toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni ijrochiga “E-ijara” AT elektron axborot almashinuv orqali tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingan kunning oʻzida yuboradi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
yer uchastkasi kadastr raqami, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda);
yer uchastkasini elektron xaritada koʻrsatish uchun yer uchastkasining kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema);
mavjud davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil va temir yoʻllar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, transport quvurlari, gidrotexnik inshootlar, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (izoh koʻrinishida). Bunda davlat kadastrini yurituvchi vazirlik va idoralar davlat kadastrlari yagona tizimida maʼlumotlarning toʻliqligiga javobgar hisoblanadi.
8. Ijrochi uch ish kuni ichida yer uchastkasi toʻgʻrisida “E-ijara” AT orqali yuklab olingan maʼlumotlarni joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer uchastkasining haqiqiy holatidan (loyihalashtirilayotgan yer uchastkasining holati, hududning ixtisoslashgani, suv bilan taʼminlanganlik darajasi hamda irrigatsiya va melioratsiya tizimining holati, ball-boniteti, shoʻrlanish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar) kelib chiqib, yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi hamda yer uchastkasining ixtisoslashuvini va dehqon xoʻjaligi uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini koʻrib chiqadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
Ijrochi elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyilayotgan yer uchastkasi boʻyicha ushbu Nizomning 5-bandida bayon etilgan qishloq xoʻjaligi maqsadlari va oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda yer tuzish loyihasini ishlab chiqishi mumkin.
Har bir yer tuzish loyihasiga “E-ijara” ATda avtomatik tarzda oʻziga xos raqam beriladi. Bunda har bir lot bitta yer uchastkasidan iborat boʻladi.
Bitta yaxlit konturdagi bir nechta lotlar uchun umumlashgan yagona yer tuzish loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bunda ijrochi tomonidan har bir lotning buyurtmasiga yer uchastkasini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi maʼlumotlar kiritiladi.
9. Ijrochi har bir yer tuzish loyihasini Kadastr agentligidan olingan dastlabki formatlarda kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga quyidagi maʼlumotlardan tashkil topgan yer tuzish loyihasini tasdiqlash uchun 3 ish kuni ichida ijaraga beruvchiga “E-ijara” AT orqali yuboradi:
a) yer uchastkasining maydoni (gektarda), toifasi va normativ qiymati hamda yer turlari konturlar kesimida jadval shaklidagi maʼlumot;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
b) infratuzilma obyektlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot;
v) yer uchastkasining qishloq xoʻjaligi elektron xaritasidan koʻchirmasi, yer tuzish loyihasining chegaralari va manzili;
g) chegaradosh yer uchastkalari foydalanuvchilari haqida maʼlumotlar.
d) yer maydonidagi tuproqning amaldagi ball bonitirovkasi hamda u aniqlangan sana va koʻrsatkichi.
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
e) tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalari, oʻrganilgan vaqti;
j) almashlab ekish tavsiya etiladigan asosiy va takroriy ekin turlari;
z) suv bilan taʼminlash usullari, davlat tomonidan kafolatlanadigan yillik suv yetkazib berish limitlarining eng past va eng yuqori darajasi;
i) dala chetida (muhofaza zonasidan tashqari) 20 sotixdan koʻp boʻlmagan, lekin ijaraga berilgan kontur maydonining bir foizidan oshmagan qismida qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qadoqlash joylari, suvni tejaydigan texnologiyalar, dala shiyponi, texnika parki) joylashtirishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan yer tuzish loyihasi (mavjud boʻlganida).
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan “e” — “i” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
Elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyilayotgan yer uchastkasida davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan tegralar, transport quvurlari, melioratsiya va irrigatsiya inshootlari, muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjud boʻlgan holatlarda qoʻshimcha ravishda davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan ham kelishiladi.
10. “E-ijara” ATga yer tuzish loyihasi joylashtirilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida:
a) vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu loyihalar kelishiladi yoki kelishish rad etiladi, bunda:
“E-ijara” ATda qabul qilingan tegishli qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan belgi qoʻyiladi;
kelishuv hech qanday eʼtiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi;
kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi koʻrsatiladi;
qonunchilik hujjatlari normalariga zid boʻlgan sabablar koʻrsatilmagan holda rad etish yoki kelishmaslikka yoʻl qoʻyilmaydi;
belgilangan muddatda yer tuzish loyihasi kelishilmasligi natijasida kelib chiqqan huquqiy oqibatlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli tashkilotlarning mansabdor shaxslariga javobgarlik choralari qoʻllaniladi;
Kadastr agentligiga kelishish uchun maʼlumotlar elektron axborot almashinuvi orqali yuboriladi;
b) ijaraga beruvchi taqdim etilgan yer tuzish loyihasini koʻrib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-ijara” AT orqali ijrochiga yuboradi, bunda:
ijaraga beruvchi elektron onlayn-auksion savdoga ijaraga berish huquqi qoʻyilayotgan yer uchastkasi yer tuzish loyihasini unga tuzatishlar kiritish uchun ijrochiga qaytarishi mumkin, boshqa sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi;
belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda yer tuzish loyihasi tasdiqlangan hisoblanadi.
11. Ijrochi uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, loyihani tasdiqlash uchun ijaraga beruvchiga qayta kiritadi.
Bunda vakolatli tashkilotlar bilan qaytadan kelishish talab etilmaydi.
12. Ijaraga beruvchi ikki ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasini koʻrib chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi.
Bunda yer tuzish loyihasi asosida qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish huquqi uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi elektron buyurtma “E-ijara” AT orqali avtomatik tarzda operatorga yuboriladi.
13. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi hamda elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi bilan imzolanadigan ijara shartnomasi bir tomonlama ijaraga beruvchi tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi.
Ijara shartnomasida yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotib olish boʻyicha toʻlovlar va yer uchastkasining ijara haqini toʻlash tartibi alohida aks ettiriladi.
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari lotlarga boʻlingan konturning yaxlitligini taʼminlagan holda, bir xil turdagi mahsulot ekish boʻyicha yer tuzish loyihasi bilan birga yuboriladigan buyurtmalarga asosan elektron onlayn-auksion savdolarga chiqariladi.
14. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmani “E-ijara” AT orqali ijrochiga qaytaradi.
15. Ijrochi buyurtmani qaytarishga asos boʻlgan kamchiliklarni bir ish kuni ichida toʻliq bartaraf etib, takroran buyurtmani “E-ijara” AT orqali operatorga yuboradi.
3-bob. Elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etish
16. Operator buyurtmani olgan kundan ikki ish kunidan kechiktirmay, elektron onlayn auksion savdo oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnomani savdo platformasida eʼlon qiladi. Bunda:
elektron onlayn auksion savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomalar savdolar oʻtkazilishidan besh kalendar kuni va takroriy savdolarda bir kalendar kuni oldin eʼlon qilinadi;
takroriy savdolarda bir nafar talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda, unga ushbu savdoda eʼlon qilingan narxda lotni ixtiyoriy sotib olish taklif etiladi;
sotilmagan lot narxi har takroriy savdoda 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlangʻich narxning 20 foiziga tushganiga qadar pasaytiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
17. Elektron onlayn-auksion savdo Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
18. Dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ikki yoki undan ortiq lotlar boʻyicha elektron onlayn-auksion savdoda gʻolib boʻlgan ishtirokchiga faqat bitta yer uchastkasi uchun bayonnoma rasmiylashtiriladi va unga yer uchastkalaridan birini tanlash imkoniyati beriladi, qolgan lotlar boʻyicha elektron onlayn-auksion savdo natijalari bekor qilinadi hamda bekor qilingan lotlar boʻyicha zakalat puli ishtirokchiga qaytariladi.
Dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion savdoda bir marotaba gʻolib boʻlgan ishtirokchiga keyingi elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
4-bob. Elektron onlayn-auksion savdo natijalarini rasmiylashtirish
19. Lot boʻyicha taklif etilgan eng yuqori ijaraga olish qiymati 15 ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi tomonidan toʻlangandan soʻng unga operator tomonidan bir ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo natijalari toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
Bunda elektron onlayn-auksion savdoda ishtirok etish uchun shakllantirilgan zakalat puli miqdori qoʻshib hisoblanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
Agar elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi belgilangan muddatda lot qiymatini toʻlamasa (toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmasa) va (yoki) ijaraga olish shartnomasini imzolamasa, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda ish yuritiladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi jismoniy shaxs boʻlsa, mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan muddatda oʻzining yagona taʼsischiligida tashkil etilgan fermer xoʻjaligi yoki boshqa yuridik shaxs toʻgʻrisidagi axborotni shaxsiy kabineti orqali savdo platformasiga kiritadi.
Bunda yuridik shaxs tashkil etmagan holda (yakka tartibdagi tadbirkor) dehqon xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining maʼlumotlari (JSHSHIR, manzili) savdo platformasi orqali Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga real vaqt rejimida yuboriladi va Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga avtomatik tarzda tegishli yozuvlar kiritish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining shaxsiy kabinetiga va reyestrdan koʻchirma operatorga yuboriladi.
Elektron onlayn-auksion savdo natijalariga doir elektron bayonnomada gʻolib sifatida ushbu jismoniy shaxs, ijara shartnomasida esa u tomonidan tashkil etilgan fermer xoʻjaligi yoki boshqa yuridik shaxs koʻrsatiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
191. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni doirasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali aniqlanadigan yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun toʻlovlar 15 ish kuni ichida toʻliq toʻlanishi shart, bunda:
boshlangʻich narx yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
sotilmagan lotlar har besh kun ichida lotning narxini 10 foizdan boshlangʻich narxning 20 foizigacha bosqichma-bosqich pasaytirgan holda takroriy auksionga chiqariladi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
20. Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi ixtiyoriy ravishda dehqon xoʻjaligini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish istagini bildirgan taqdirda, ikki ish kuni ichida dehqon xoʻjaligi sifatida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadi.
Bunda elektron onlayn-auksion savdo natijalariga doir bayonnomada gʻolib sifatida ushbu jismoniy shaxs, ijara shartnomasida esa u tomonidan taʼsis etilgan dehqon xoʻjaligi koʻrsatiladi.
21. Elektron onlayn-auksion savdo natijalariga oid bayonnoma savdo platformasi orqali “E-ijara” ATga yuboriladi.
Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi va ijaraga beruvchi bayonnomaga asosan oʻn ish kuni ichida yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini ERI bilan tasdiqlaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
22. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ijrochi tomonidan yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasi “E-ijara” ATda elektron axborot almashinuvi orqali bir ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalariga yuboriladi.
23. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida ikki ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va tegishli reyestrdan koʻchirmani elektron axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
24. Ijrochi elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kunning oʻzida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini hamda elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha reyestrdan koʻchirmani elektron onlayn-auksion savdo gʻolibiga “E-ijara” AT orqali yuboradi.
25. Ijrochi uch ish kuni ichida elektron onlayn-auksion savdo gʻolibiga yer uchastkasining chegarasini joyida koʻrsatib beradi va bu haqida tegishli maʼlumotlarni “E-ijara” ATga joylashtiradi.
26. Ishtirokchilarning integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali olinadigan maʼlumotlari haqqoniyligiga, oʻz vaqtida kelmasligi (umuman kelmasligi) yoki mavjud emasligi oqibatida yuzaga keladigan nizolarga operator javobgar hisoblanmaydi.
5-bob. Elektron onlayn-auksion savdodan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash
27. Elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlar ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin operator xizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga (2 foiz — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJga, 3 foiz — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga, 5 foiz — Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga). Bunda mazkur mablagʻlarning jami miqdori bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshmasligi lozim;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning hisobvaragʻiga (dehqon xoʻjaligiga ajratilgan yerlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi);
qolgan mablagʻlar — tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetiga.
Bunda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoni doirasida taqsimlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 469-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2025-y., 09/25/469/0659-son)
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
5-bob. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat va monitoring qilish
30. Prokuratura organlari, adliya organlari hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni ushbu Nizom talablariga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soʻzsiz rioya etilishi boʻyicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi. Tizimli nazorat va monitoring yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga aralashmasdan, “E-ijara” AT orqali amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibni buzish davlat xizmatlari koʻrsatish talablari va tartibini buzish hisoblanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. Elektron onlayn-auksion savdo oʻtkazilmagan deb topilganligi sababli lot takroriy elektron onlayn-auksion savdoga chiqarilganda, boshlangʻich narx normativ qiymat oʻzgarishi munosabati bilan qayta hisob-kitob qilinishi talab etilmaydi.
32. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
33. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi
I. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyish tartibi
1-bosqich
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi
Tuman (shahar) hokimligi yoki Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — ijaraga beruvchi) nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-ijara” AT elektron axborot almashinuv orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga yuboradi.
Yer uchastkasi tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olingandan keyin
2-bosqich
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
Ijaraga beruvchi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-ijara” AT orqali yuklab oladi hamda yer uchastkalarining ixtisoslashuvini va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yoki yuridik shaxslar uchun ajratilishini koʻrib chiqadi.
Bir ish kuni ichida
4-bosqich
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Suv xoʻjaligi vazirligi, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
1. Elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyiladigan yer uchastkalarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.
2. Har bir loyihani kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga “E-ijara” AT orqali yuboradi.
21. Ijaraga beriladigan yer uchastkalari boʻyicha suv bilan taʼminlash usullari, yillik suv yetkazib berish limitlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
22. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining tuproq tarkibi va sifati tahlili natijalarini aniqlaydi.
3. Yer tuzish loyihasini “E-ijara” AT orqali tasdiqlash uchun ijaraga beruvchiga yuboradi.
Uch ish kuni ichida
5-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Yer tuzish loyihasini “E-ijara” AT orqali kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Uch ish kuni ichida
Suv xoʻjaligi vazirligi,
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari,
Taqdim etilgan yer tuzish loyihasini elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlaydi.
Ijaraga beruvchi
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
Yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdoga qoʻyish toʻgʻrisidagi buyurtmani operatorga yuboradi.
Avtomatik tarzda
II. Elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish tartibi
1-bosqich
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (keyingi oʻrinlarda — operator
Elektron onlayn-auksion savdoni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma va lot haqidagi maʼlumotlarni, qishloq xoʻjaligi yer uchastkasining ijara shartnomasi loyihasini “E-auksion” elektron savdo platformasida eʼlon qiladi.
Ikki ish kuni ichida
2-bosqich
Jismoniy yoki yuridik shaxslar
(keyingi oʻrinlarda — ishtirokchi)
Belgilangan zakalat mablagʻlarini “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJning maxsus depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi va arizani yuboradi.
Belgilangan muddatlarda
3-bosqich
Operator
1. Ishtirokchilar uchun “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etadi.
2. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibini eʼlon qiladi va bu haqda gʻolibning shaxsiy kabinetiga, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta manziliga xabarnoma yuboradi.
Belgilangan muddatlarda
III. Elektron onlayn-auksion savdo natijasini rasmiylashtirish va ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
1-bosqich
Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi boʻyicha elektron onlayn-auksion savdoda tasdiqlangan narxning dastlabki 15 foizini toʻlaydi.
Oʻn ish kuni ichida
2-bosqich
Operator
1. Elektron onlayn-auksion savdo natijalari toʻgʻrisidagi elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.
2. Bayonnoma qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi bilan birga elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
3. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi maʼlumotlari (JSHSHIR, manzili) tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
3-bosqich
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi
1. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda (yakka tartibdagi tadbirkor) dehqon xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
2. Roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining shaxsiy kabinetiga va reyestrdan koʻchirma operatorga yuboriladi.
Real vaqt rejimida
4-bosqich
Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibi va ijaraga beruvchi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini ERI bilan tasdiqlaydi.
oʻn ish kuni ichida
5-bosqich
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasini Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmasiga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
6-bosqich
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boʻlinmasi
1. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
2. Reyestrdan koʻchirmani “E-ijara” AT orqali “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalariga yuboradi.
Ikki ish kuni ichida
7-bosqich
Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari
1. Reyestrdan koʻchirmani elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Real vaqt rejimida
2. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibiga yer uchastkasi chegarasini koʻrsatib beradi va bu haqidagi maʼlumotni “E-ijara” ATga joylashtiradi.
Uch ish kuni ichida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini elektron
onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish huquqi uchun
ELEKTRON BUYURTMA
20___ yil “____” __________da ijaraga beruvchi tomonidan tasdiqlangan loyiha boʻyicha quyidagi yer uchastkasini elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:
1. Yer uchastkasining oʻziga xos raqami __________________________________________;
2. Yer uchastkasining maydoni ga ______________________________________________;
3. Yer uchastkasi joylashgan joy ______________________________________________ ________________________________________________________________________;
4. Belgilangan maqsadi _____________________________________________________;
5. Yer toifasi _____________________________________________________________;
5.1. Yer turi ______________________________________________________________;
6. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibining majburiyatlari
________________________________________________________________________;
6.1. Ijara muddati ________________________________________________________;
6.2. Elektron onlayn-auksion savdo gʻolibiga qoʻyiladigan talablar _________________
________________________________________________________________________;
6.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar _____
________________________________________________________________________;
7. “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy boʻlinmasining manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) _______________________________________________________________
________________________________________________________________________;
Buyurtma 20___ yil “____” ____________da taqdim etildi.
“Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmasi boshligʻi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga 33-ILOVA
Yer uchastkasiga boʻlgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yer uchastkasiga boʻlgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
ijaraga oluvchi — yer oʻziga ijara huquqi asosida biriktirilgan va yer uchastkasi mavjud boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs (fermer xoʻjaligi, agroklaster, kooperatsiya, dehqon xoʻjaligi va boshqa tadbirkorlik subyektlari);
qayta ijaraga oluvchi — amaldagi ijaraga oluvchidan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (fermer xoʻjaligi, agroklaster, kooperatsiya, dehqon xoʻjaligi va boshqa tadbirkorlik subyektlari);
UZKAD tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi.
3. Yer uchastkasi qayta ijaraga oluvchiga koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni rasmiylashtirish tartibida oʻtkaziladi (qayta ijaraga beriladi).
Bunda yer uchastkalarini qisman qayta ijaraga berishda taraflar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 815-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son)
2-bob. Yer uchastkasining ijara huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishga doir asosiy talablar
4. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi qayta ijaraga oluvchiga quyidagi talab asosida oʻtkaziladi (qayta ijaraga beriladi):
ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil davomida, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa, kamida besh yil davomida oʻzi foydalangan boʻlishi shart. Ushbu muddat ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab hisoblanadi;
yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion savdolari, ochiq elektron tanlov yoki tanlov oʻtkazmasdan davlat organlarining qarorlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilgan yer uchastkalarini qayta ijaraga oluvchiga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab besh yildan keyin yoʻl qoʻyiladi;
ijaraga oluvchi ochiq elektron tanlov natijalariga koʻra yer uchastkasini ijara muddati boʻyicha teng taqsimlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarni yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan toʻlovlarni bir yoʻla toʻliq toʻlashi shart;
yer uchastkasi hamda ushbu yer uchastkasi boʻyicha ijaraga oluvchining oʻz huquq va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda qayta ijaraga oluvchiga oʻtkaziladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 815-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son)
ijarachining oʻzida qoladigan va qayta ijaraga oluvchiga oʻtkaziladigan yer uchastkalarining maydoni Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 461-moddasida belgilangan oʻlchamlardan kam boʻlmasligi lozim;
yer uchastkalarini qisman qayta ijaraga berishda ularni ijarachi va qayta ijaraga oluvchi oʻrtasida taqsimlash qishloq xoʻjaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi va amaldagi sugʻorish tizimini saqlab qolgan holda alohida turgan konturlarni qayta taqsimlash orqali amalga oshiriladi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 815-sonli qaroriga asosan oltinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son)
ijaraga oluvchi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini qayta ijaraga oluvchiga oʻtkazishda (qayta ijaraga berishda), qayta ijaraga oluvchi yuridik shaxs boʻlishi talab etiladi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar bundan mustasno.
5. Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga olgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni ijara muddatining qolgan muddatiga qayta ijaraga oluvchiga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.
6. Ijaraga oluvchi tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar notarial idoraga (notariusga) taqdim etiladi.
7. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qayta ijaraga berishda notarial idoraga (notariusga) yer uchastkasiga doir quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
yer uchastkasining ijaraga olish shartnomasi;
yer uchastkasining ijaraga olish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat (reyestrdan koʻchirma, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma);
yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi tuzilishiga asos boʻlgan ochiq elektron tanlov yoki elektron-onlayn auksion savdolari natijasida tuzilgan bayonnoma yoxud vakolatli davlat organlarining qarorlari;
yer uchastkasi qayta oʻlchovdan oʻtkazilib, oʻlchov natijasiga koʻra vakolatli organning ijobiy xulosasi (agar mavjud boʻlsa).
8. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini qayta ijaraga berishda, notarius tomonidan qayta ijaraga oluvchiga yer uchastkasini qayta oʻlchovdan oʻtkazish yuzasidan davlat xizmatidan foydalanish hamda vakolatli organning ijobiy xulosasini olish tavsiya etiladi.
Bunda qayta ijaraga oluvchi ushbu taklifni rad etgan taqdirda, yer uchastkasini boshqa shaxsga oʻtkazishga doir notarial tasdiqlanadigan bitimga yer uchastkasining ijara shartnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasi maydoni va amaldagi maydonidan farq qilgan hamda ushbu yer uchastkasida noqonuniy qurilma (lar) qurilgan hollarda, javobgarlikni qayta ijaraga oluvchi oʻz zimmasiga olishi yuzasidan tegishli band kiritiladi.
9. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini qayta ijaraga berishda, notarial idoraga (notariusga) yer uchastkasiga doir quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
yer uchastkasining ijaraga olish shartnomasi;
yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat (reyestrdan koʻchirma, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma);
yer uchastkasining ijaraga olish shartnomasi tuzilishiga asos boʻlgan elektron-onlayn auksion savdolari natijasida tuzilgan bayonnoma.
3-bob. Qayta ijaraga oluvchining yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
10. Yer uchastkasini qayta ijaraga oluvchiga oʻtkazishda (qayta ijaraga berishda) yer uchastkasining ijara shartnomasi davlat roʻyxatidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibida oʻtkaziladi.
11. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini qayta ijaraga oluvchiga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) yuzasidan notarial tasdiqlangan bitimga muvofiq qayta ijaraga oluvchi jismoniy shaxs boʻlsa, u shartnoma imzolash uchun berilgan oʻn ish kuni ichida oʻzining yagona taʼsischiligida tashkil etilgan fermer xoʻjaligi yoki boshqa yuridik shaxs toʻgʻrisidagi axborotni yoxud dehqon xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida dehqon xoʻjaliklarining yagona davlat reyestridan koʻchirmani davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi tegishli kadastr organiga bevosita yoki elektron shaklda yuboradi.
12. Qayta ijaraga oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi axborot yoki dehqon xoʻjaliklarining yagona davlat reyestridan koʻchirmani taqdim etgandan soʻng kadastr organlari tomonidan qayta ijaraga oluvchining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi uch ish kuni ichida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Bunda qayta ijaraga oluvchi tomonidan mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda, kadastr organlari tomonidan qayta ijaraga oluvchining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga asos hisoblanadi.
13. Kadastr organlari tomonidan qayta ijaraga oluvchining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng yer uchastkasining ijaraga oluvchisi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborot (huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjat ilova qilingan holda) tegishli tuman (shahar) hokimligiga elektron shaklda yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
15. Mazkur nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(33-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-yanvardagi 6-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 09/25/6/0023-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga 34-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha murojaat qilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi;
ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar — ijara huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirish (ishlab chiqarish) bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar (fermer xoʻjaligi, agroklaster, kooperatsiya, dehqon xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda xoʻjalik yurituvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari).
3. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish
4. Ariza beruvchi ixtiyoriy ravishda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron soʻrovnomani toʻldirgan holda Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtib murojaat qiladi.
5. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasining nusxasi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi tuzilishiga asos boʻlgan ochiq elektron tanlov yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijasida tuzilgan bayonnoma yoxud vakolatli davlat organining qarorlari nusxasi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining boshqa shaxsga qayta ijaraga beriladigan qismi boʻyicha kontur raqami va oʻlchami haqidagi maʼlumotlar;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar soʻrovnoma ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa).
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Ariza beruvchi soʻrovnomaga zarur maʼlumotlarni kiritgandan soʻng maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzoni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, ERI, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
7. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda, soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hududiy boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — ijrochi) yuboriladi.
Shuningdek, YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda ijrochiga yuboriladi.
8. Soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
1 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
10 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
100 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari;
100 gektardan yuqori boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari.
YIDXP orqali murojaat qilinganda — ushbu bandda keltirilgan yigʻim summasining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
9. Undirilgan yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda:
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning:
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga;
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJning shaxsiy hisobvaragʻiga;
(9-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
63,75 foizi — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga;
(9-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning:
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga;
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJning shaxsiy hisobvaragʻiga;
(9-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
63,75 foizi — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga.
(9-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
10. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi aniqlangan kamchiliklarni besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin.
Aynan bitta yer uchastkasi (kontur) boʻyicha soʻrovnomani takroran koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
11. Ariza beruvchi tomonidan takroran taqdim etilgan soʻrovnomani muqaddam koʻrsatilmagan boshqa sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar bunday holatlar kuzatilgan taqdirda, ariza beruvchi tegishli yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatishning har qaysi bosqichida bosh tortish huquqiga ega va bunda soʻrovnoma koʻrilmasdan qoldiriladi hamda undirilgan yigʻimlar qaytarilmaydi.
13. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash ishlari quyidagi asosiy mezonlarga asosan amalga oshiriladi:
yer uchastkasi boʻlinganidan keyin boʻlingan har bir yer uchastkasining maydoni Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 461-moddasida belgilangan oʻlchamlardan kam boʻlmasligi lozim;
qishloq xoʻjaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi va amaldagi sugʻorish tizimi saqlab qolinishi zarur;
alohida turgan konturlarni qayta xatlov qilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkazish shaklida amalga oshirilishi kerak.
14. Ijrochi soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida soʻrovnomada koʻrsatilgan hududdagi yer maydonini joyga chiqqan holda xatlovdan oʻtkazadi va natijasi boʻyicha ushbu Reglamentning 13-bandida nazarda tutilgan mezonlarga asosan yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi hamda mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq dalolatnoma rasmiylashtiradi va tegishli xulosani olish uchun ushbu hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) yuboradi.
15. Vakolatli organ ijrochi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqib, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha rozilik berish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani tasdiqlaydi hamda ijrochiga yuboradi.
16. Quyidagilar vakolatli organ tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha salbiy xulosa tayyorlashga asos boʻladi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasida koʻrsatilgan yer maydoni hajmi va amaldagi maydon hajmidan farq qilgan hollarda;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasida noqonuniy qurilma (lar) qurilgani aniqlanganda;
ushbu Reglamentning 13-bandida nazarda tutilgan mezonlarga mos kelmaganda.
Vakolatli organ tomonidan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar bilan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha salbiy xulosa tayyorlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha xulosa rasmiylashtirilgan kunning oʻzida avtomatik ravishda elektron shaklda ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoida
18. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
(xoʻjalik yurituvchi subyektlar)
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
1. Soʻrovnomani toʻldirib ijrochiga yuboradi.
2. Toʻldirilgan soʻrovnomani avtomatik tarzda “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — ijrochi) yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada
2. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Ijrochi
Soʻrovnomani koʻrib chiqib, yer uchastkasini joyiga chiqqan holda xatlovdan oʻtkazadi va dalolatnoma rasmiylashtiradi hamda yer tuzish loyihasini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) elektron tizim orqali yuboradi.
Besh ish kuni ichida
4-bosqich
Vakolatli organ
Dalolatnoma hamda yer tuzish loyihasiga asosan tegishli xulosani tayyorlaydi.
QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani ariza beruvchiga taqdim etadi.
Uch ish kuni ichida
5-bosqich
Ijrochi
Vakolatli organ tomonidan tayyorlangan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xulosani hamda yer tuzish loyihasini ariza beruvchiga elektron shaklda shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Bir ish kuni ichida
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi haqida maʼlumotlar
Jismoniy shaxsning:
F.I.O.:
Pasport yoki ID — karta maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
JSHSHIR:
Yashash manzili:
Telefon raqami:
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
Yuridik shaxsning:
Toʻliq nomi:
Tashkiliy-huquqiy shakli:
STIR:
Yuridik manzili:
Telefon raqami:
Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Yer uchastkasi haqida maʼlumotlar
Kadastr raqami (yer ijara shartnomasining davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami):
Umumiy yer maydoni (ga):
Kontur(lar) raqami:
Joylashgan joyi (manzil):
III. Soʻrovnomaga ilovalar
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasining nusxasi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijara shartnomasining tuzilishiga asos boʻlgan ochiq elektron tanlov yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijasida tuzilgan bayonnoma yoxud vakolatli davlat organining qarorlari nusxasi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining boʻlinadigan qismi boʻyicha kontur raqami va oʻlchami haqidagi maʼlumotlar;
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar soʻrovnoma ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa).
Izoh.Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilashda yer uchastkasining chegarasini joyiga chiqqan holda qayta oʻlchovdan oʻtkazish hamda yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yuzasidan belgilangan tartib-qoidalar bilan tanishib chiqdim va ularga toʻliq amal qilishimni maʼlum qilaman hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda, menga yuklangan majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmamga olaman.
Vakolatli organ tomonidan salbiy xulosa berilganda ijaraga olingan yerlarni boʻlish mumkin emasligi haqida ogohlantirildim.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
_____________________________________ga qayta ijaraga berilayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining chegaralarini belgilashboʻyicha
DALOLATNOMA
202__ yil “___” ________
№ _______
Men _________________ “Oʻzdaverloyiha” DILI _________ boʻlinmasi mutaxassisi va ariza beruvchi _____________________________ ishtirokida 2024-yil “____” ___________dagi № YU _______-son soʻrovnomaga asosan _____________ viloyati ______________ tumani _____________ MFY (OFY) hududida joylashgan ________ gektar Y-_________/_______ unikal raqamli yer uchastkasiga qayta aniqlik kiritildi.
Yer maydonini koʻrsatib berishda quyidagi holatlar aniqlandi:
Yer maydonini koʻrsatib berishda chegaradosh yer uchastkalari chegarasi bilan tanishtirildi.
Mavjud yer maydonini koʻrsatib berdi: ___________ ________________________________
Yer uchastkasini qayta ijaraga oluvchi: ___________ ________________________________
(34-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar