1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 277-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-avgust,
488-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 488-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlarining Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi va Vazirlar Mahkamasi apparatida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishni taʼminlovchi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga boʻysunadi.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Administratsiyasi topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Rayosati qarorlari va topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishni taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomini mustahkamlash;
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanish tizimi asosida hujjatlar va topshiriqlarning oʻz vaqtida ijro etilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshirilishini taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoringini tashkil etish;
hujjatlar va topshiriqlarning oʻz vaqtida ijro etilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi yagona tizimining ishlash sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar va topshiriqlar ijrosining nazoratini tashkil etishga metodik rahbarlik qilish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining barcha tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomining holatini oʻrganish, ushbu sohada ishlarni muvofiqlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur yordam koʻrsatish, ular toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarini, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisini va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini xabardor qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga elektron ish yuritish va hujjatlar aylanish tizimini joriy etish asosida hujjatlar va topshiriqlarning bajarilishini roʻyxatga olish, hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi yagona tizimini takomillashtirish masalalarida metodik yordam koʻrsatish, nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni shakllantirishning yagona tizimini joriy etish, shuningdek, ularni rahbariyat oldida muhokama qilish uchun bajarilishi toʻgʻrisida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash;
nazoratdagi bajarilmagan hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni har hafta Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yuborish.
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlik soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlari tomonidan ijro etilishi monitoringini olib boradi;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi amalga oshirilishi toʻgʻrisida keyinchalik Oliy Majlis palatalariga taqdim etish uchun hisobotlar tayyorlash jarayoni monitoringini olib boradi;
kadrlar tanlash tizimini takomillashtiradi, kadrlar malakasini oshirish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlashning samarali usullari va shakllarini joriy etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomini kuchaytirish choralarini koʻradi;
hujjatlar va topshiriqlar avtomatlashtirilgan nazoratga qoʻyilishini, ularning bajarilishi kuzatib borilishini, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomining yakunlarini chiqarishni taʼminlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanish yagona tizimining maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyatiga va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga ijro intizomining joriy (har kunlik), har haftalik va har oylik tahlilini taqdim etadi;
ijro intizomi masalalari boʻyicha, shu jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoringi natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun tahliliy, maʼlumotnoma va boshqa materiallarni kiritadi, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
nazorat samaradorligini oshirish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish asosida hujjatlar va topshiriqlar bajarilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi yagona tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga kiritadi;
ogohlantiruvchi nazoratni tashkil qiladi. Ushbu maqsadlarda har haftada navbatdagi haftada ishlari tugallanishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma-eslatmalarni shakllantiradi va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga yuboradi. Har oyda navbatdagi oy mobaynida ishlari tugatilishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi eslatmalarni shakllantiradi, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holatini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi, uning topshirigʻiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tasdiqlangan topshirigʻi yoki nazorat rejalari asosida Vazirlar Mahkamasi apparatidan masʼul ijrochi hamda vazirlik va idoralarni belgilaydi va nazoratga oladi;
Vazirlar Mahkamasi bevosita masʼul boʻlgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Nazorat va ijro intizomi boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tasdiqlangan topshirigʻi yoki nazorat rejalar asosida Vazirlar Mahkamasi apparatidan masʼul ijrochi hamda vazirlik va idoralarni “Ijro.gov.uz” tizimida belgilaydi va nazoratga oladi;
“Ijro.gov.uz” tizimida har haftaning chorshanba va juma kunlari topshiriqlar ijrosini tahlil qilib boradi hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot kiritib boradi;
Adliya vazirligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha tahliliy materiallarni har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini nazorat qiladi;
tahliliy materiallarni har oyning 7-sanasiga qadar tahlil qiladi hamda bajarilmagan bandlar boʻyicha tahliliy jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriq xati asosida puxta tahlil qilish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalarga yuboradi;
tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan tahliliy materiallarni puxta qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan yakuniy tahliliy materiallar toʻplami, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini har oyning 12-sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida, har oyning 13-sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida himoya qiladi;
masʼul tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisini tashkil etadi hamda yakunlari boʻyicha hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib, bir kun muddatda puxta qayta ishlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlisi bayoni puxta qayta ishlangandan soʻng qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma hamda jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida himoya qilingan holda, bir kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboradi;
Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni besh kun muddatda tahlil qiladi hamda asosli deb topilgan taqdirda tegishli taklifni Hisob palatasiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kiritadi;
har chorakdagi majlislarda koʻrib chiqish va muhokama qilish uchun oʻtgan chorakdagi ijro intizomining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ijrochilar boʻyicha ularning masʼuliyatini oshirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish uchun tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga beradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari tomonidan taqdim etiladigan topshiriqlar ijrosi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida ularni nazoratdan chiqarish ishlarini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan Boʻlimning tasdiqlangan yarim yillik ish rejasi boʻyicha muntazam ravishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomi nazorati tashkil etilishi va uning holatini oʻrganadi, ularning natijalari boʻyicha elektron ish yuritish va hujjatlar aylanish tizimini joriy etish asosida ijroni roʻyxatga olish, hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi yagona tizimini takomillashtirish masalalarida metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari yuzasidan nazorat rejalarni (chora-tadbirlar rejalari) oʻz vaqtida ishlab chiqilishini nazorat qiladi va tizimli hisobini yuritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar hujjatlarini bir kun muddatda oʻrganib chiqadi hamda nomzodlar hujjatlari va tayyorlangan shaxsiy referatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimiga xulosa beradi;
Boʻlim mudiri davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflar va xulosalarni koʻrib chiqadi hamda suhbatdan oʻtkazadi;
davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovkadan oʻtkazish roʻyxatini, stajirovka dasturi va grafigini shakllantiradi hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tasdiqlangan dastur va grafik asosida stajirovkalarni tashkil etadi;
stajirovkalar yakunida davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining kasbiy darajasi va malakasini oshirish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlaydi.
Boʻlim oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan va boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga binoan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari ijrosi nazoratini tashkil etish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda ishlarning holati hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalarini oʻrganish;
hujjatlar va topshiriqlar bajarilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilinishi yagona tizimini takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish, shuningdek, elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimining dasturiy-texnik kompleksini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlashda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini, zarurat boʻlganda, belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etish.
Boʻlimning zarur materiallar, maʼlumotlar va boshqa hujjatlar taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Vazirlar Mahkamasi apparatining barcha tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini taʼminlash boʻyicha talablar bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishning kompleksliligi va sifati;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarni belgilangan muddatlarda tayyorlashni taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga:
Boʻlim mudiri;
Boʻlim mudirining oʻrinbosari (vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomini oʻrganish masalalari);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (1-kartoteka);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishlar yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (3-kartoteka);
Mamlakat Rahbariyatining yozma axborotlar boʻyicha topshiriqlari ijrosini va amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ishlab chiqilishini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (1-kartoteka);
Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (2-kartoteka);
Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (2-kartoteka);
inspektor kiradi.
Boʻlimning tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri, boʻlim mudirining oʻrinbosari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
12. Boʻlim ishlari “Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boʻlimning ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Boʻlimning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Boʻlimning ish rejasi, Boʻlim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Boʻlim mudirining oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlim ishiga bevosita rahbarlik qiladi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining holati uchun toʻliq javob beradi;
Boʻlim mutaxassislari oʻrtasida vazifalar taqsimotini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga kiritadi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi, zarur ijro intizomini taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq Boʻlimda ish yuritishni tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Boʻlimning kadrlar zaxirasi shakllantirilishi va yangilanilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ish tashkil etilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularni intizomiy jazolash toʻgʻrisidagi takliflarni puxta ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga taqdim etadi;
Boʻlimning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va kelishish uchun kiritadi, Boʻlim mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan xat-xabarlar va hujjatlar loyihalarini Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha har tomonlama koʻrib chiqishni taʼminlaydi, tayyorlangan loyihalarga viza qoʻyadi va ular toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot beradi;
davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar hujjatlarini bir kun muddatda oʻrganib chiqadi hamda nomzodlar hujjatlari va tayyorlangan shaxsiy referatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining Kadrlar boʻlimiga xulosa beradi;
Boʻlim mudiri davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar boʻyicha takliflar va xulosalarni koʻrib chiqadi hamda suhbatdan oʻtkazadi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
14. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini boʻlim mudirining oʻrinbosari bajaradi.
15. Boʻlim mudirining oʻrinbosari (vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomini oʻrganish masalalari):
Boʻlim mudiri bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Hukumat qarorlari va Vazirlar Mahkamasi majlislari topshiriqlari ijrosi holatini kompleks oʻrganishda qatnashadi, ushbu ishlarni yaxshilashga qaratilgan takliflarni kiritadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatadi;
Boʻlimga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlaridan soʻraydi va oladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va rahbariyatning boshqa topshiriqlari ijrosi yuzasidan materiallarni tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisiga kiritadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishining nazoratini tashkil qilish masalalari yuklangan rahbarlar va mutaxassislar tarkibi hisob-nazorat nomenklaturasini yuritadi;
davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasi apparatida stajirovkadan oʻtkazish roʻyxatini, stajirovka dasturi va grafigini shakllantiradi hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tasdiqlangan dastur va grafik asosida stajirovkalarni tashkil etadi;
stajirovkalar yakunida davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining kasbiy darajasi va malakasini oshirish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (1-kartoteka):
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari ijrosini nazorat qilish;
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanish tizimida nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarning maʼlumotlar bazasini yuritadi, nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarni nazoratdan chiqarish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi va Boʻlim mudiriga kiritadi;
kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 25-sanasida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot berish uchun tayyorlaydi va uning rezolyutsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yetkazadi;
nazoratda turgan bajarilmagan hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni har hafta Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari boʻyicha ijro muddati oʻtgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har kuni Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Boʻlimga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlaridan soʻraydi va oladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining mutaxassislariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali topshiriqlar nazoratini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishlar yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (3-kartoteka):
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishlar yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanish tizimida nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarning maʼlumotlar bazasini yuritadi, nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarni nazoratdan chiqarish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi va Boʻlim mudiriga kiritadi;
kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishlar yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar topshiriqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 25-sanasida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot berish uchun tayyorlaydi va uning rezolyutsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yetkazadi;
nazoratda turgan bajarilmagan hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni har hafta Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari boʻyicha ijro muddati oʻtgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har kuni Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Boʻlimga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlaridan soʻraydi va oladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining mutaxassislariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali topshiriqlar nazoratini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Mamlakat Rahbariyatining yozma axborotlar boʻyicha topshiriqlari ijrosini va amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ishlab chiqilishini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (1-kartoteka):
mamlakat Rahbariyatining yozma axborotlar boʻyicha topshiriqlari ijrosini va amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ishlab chiqilishini nazorat qiladi;
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimida nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarning maʼlumotlar bazasini yuritadi, nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarni nazoratdan chiqarish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi va Boʻlim mudiriga kiritadi;
kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlar — mamlakat Rahbariyatining yozma axborotlar boʻyicha topshiriqlari ijrosini va amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ishlab chiqilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 25-sanasida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot berish uchun tayyorlaydi va uning rezolyutsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yetkazadi;
nazoratda turgan bajarilmagan hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni har hafta Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari boʻyicha ijro muddati oʻtgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har kuni Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Boʻlimga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlaridan soʻraydi va oladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining mutaxassislariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali topshiriqlar nazoratini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (2-kartoteka):
Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanish tizimida nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarning maʼlumotlar bazasini yuritadi, nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlarni nazoratdan chiqarish toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi va Boʻlim mudiriga kiritadi;
kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan nazoratdagi hujjatlar va topshiriqlar — Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonnomalari topshiriqlarining ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyning 25-sanasigacha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot berish uchun tayyorlaydi va uning rezolyutsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yetkazadi;
nazoratda turgan bajarilmagan hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha eslatmalarni har hafta Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari boʻyicha ijro muddati oʻtgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har kuni Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
monitoring olib borish va amalga oshirish jadvalini oʻz vaqtida ishlab chiqish uchun qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari roʻyxatini shakllantiradi;
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Hukumat qarorlari boʻyicha nazorat rejalari ishlab chiqilishini har oyda tahlil qiladi va keyinchalik Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga tahlil natijalari toʻgʻrisida maʼlumot kiritadi;
Boʻlimga yuklangan funksional vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlaridan soʻraydi va oladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining mutaxassislariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali topshiriqlar nazoratini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatadi;
“Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tasdiqlangan topshirigʻi yoki nazorat rejalari asosida Vazirlar Mahkamasi apparatidan masʼul ijrochi hamda vazirlik va idoralarni belgilaydi va nazoratga oladi;
Vazirlar Mahkamasi bevosita masʼul boʻlgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Nazorat va ijro intizomi boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tasdiqlangan topshirigʻi yoki nazorat rejalar asosida Vazirlar Mahkamasi apparatidan masʼul ijrochi hamda vazirlik va idoralarni “Ijro.gov.uz” tizimida belgilaydi va nazoratga oladi;
“Ijro.gov.uz” tizimida har haftaning chorshanba va juma kunlari topshiriqlar ijrosini tahlil qilib boradi hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot kiritib boradi;
Adliya vazirligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha tahliliy materiallarni har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini nazorat qiladi;
tahliliy materiallarni har oyning 7-sanasiga qadar tahlil qiladi hamda bajarilmagan bandlar boʻyicha tahliliy jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriq xati asosida puxta tahlil qilish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalarga yuboradi;
tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan tahliliy materiallarni puxta qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan yakuniy tahliliy materiallar toʻplami, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini har oyning 12-sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida, har oyning 13-sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida himoya qiladi;
masʼul tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisini tashkil etadi hamda yakunlari boʻyicha hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib, bir kun muddatda puxta qayta ishlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlisi bayoni puxta qayta ishlanganidan soʻng qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma hamda jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida himoya qilingan holda, bir kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboradi;
Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni besh kun muddatda tahlil qiladi hamda asosli deb topilgan taqdirda, tegishli taklifni Hisob palatasiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kiritadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Inspektor Boʻlimda ish yuritishni olib boradi, hujjatlar aylanishini nazorat qiladi, hujjatlarni tayyorlash va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berishni taʼminlaydi, unga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
6-bob. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizom holatini oʻrganish tartibi
1-§. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish tartibi
21. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati yuzasidan oʻrganish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
22. Boʻlim mudiri Boʻlimning boʻlajak yarim yillik boʻyicha hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha tadbirlari ish rejasiga kiritish uchun qoidaga koʻra dekabr va iyun oylarida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha ilgari oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qiladi.
23. Ish rejasiga asosan Boʻlim xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish boʻyicha materiallar (ishchi guruh tartibi, savolnoma, jadvallar va boshqalar) tayyorlanadi va tayyorlangan materiallar Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi.
24. Boʻlim xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish oʻrganiladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur yordam koʻrsatiladi.
25. Oʻrganish yakunlangandan keyin Boʻlim mudiri tomonidan 3 kun muddatda hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanadi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari keyinchalik xabardor qilinadi.
26. Boʻlim xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari bir kun muddatda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga yetkaziladi.
27. Boʻlim xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosi holati boʻyicha kundalik monitoring olib boriladi.
2-§. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish tartibi
28. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati yuzasidan oʻrganish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
29. Vazirlar Mahkamasi apparatida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
30. Boʻlim mudirining oʻrinbosari Boʻlimning kelgusi yarim yillik boʻyicha hujjatlar bilan ishlashni va ijro intizomining holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha tadbirlari ish rejasiga kiritish uchun dekabr va iyun oylarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganish boʻyicha ilgari oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qiladi.
31. Ish rejasiga asosan Boʻlim xodimlari tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish boʻyicha materiallar (ishchi guruh tarkibi, savolnoma, jadvallar va boshqalar) tayyorlanadi va tayyorlangan materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari bilan kelishiladi.
32. Boʻlim mudirining oʻrinbosari tomonidan boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish oʻrganiladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur yordam koʻrsatiladi.
33. Boʻlim mudirining oʻrinbosari tomonidan har chorakda kelgusi oyning 10-kunigacha hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy materiallar Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlanadi.
34. Boʻlim mudirining oʻrinbosari tomonidan har chorakda kelgusi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasi Rayosatining majlisi bayoni loyihasi ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun kiritiladi.
35. Boʻlim xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining tasdiqlangan bayoni ijrosi holati boʻyicha kundalik monitoring olib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va amalga oshirilishini nazorat qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Ijro muddatlari
1-bosqich
Bosh vazir kotibiyati
Hujjatlarni imzolangan topshiriqnoma va 1-son nazorat kartochkasi bilan Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga berish.
Topshiriqnoma imzolangandan soʻng 30 daqiqa mobaynida
Umumiy boʻlim
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va yigʻilishlari bayonlari va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonlarini berish (2-kartoteka).
Hujjat olinishi bilan
2-bosqich
Boʻlim mudiri
Hujjatlarni, topshiriqlarni va nazorat bandlarini ijro intizomining elektron tizimida roʻyxatdan oʻtkazish.
Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida
3-bosqich
Boʻlim xodimlari
1-son nazorat kartochkalarini toʻliq rasmiylashtirish.
Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida
4-bosqich
Boʻlim xodimlari
Hujjatlarni topshiriqnoma va 1-son nazorat kartochkasi bilan ijrosini tashkil etish uchun Bosh vazir oʻrinbosarlarining yordamchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga imzo qoʻydirib berish.
Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida
5-bosqich
Boʻlim xodimlari
Bajarilmagan nazoratdagi hujjatlar va 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlarining ijro holatini nazoratdagi hujjatlarning ijrochilari bilan birga tahlil qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash.
Har kuni
6-bosqich
Boʻlim mudiri
Bajarilmagan nazoratdagi hujjatlar va 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlarining ijro holatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida kotibiyatlar mudirlari va mutaxassislari ishtirokida muhokama qilishni tashkil etish.
Har haftaning chorshanba kuni
7-bosqich
Boʻlim mudiri
Bajarilmagan nazoratdagi hujjatlar va 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlarining ijro holatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida kotibiyatlar mudirlari ishtirokida muhokama qilishni tashkil etish.
Har haftaning juma kuni
8-bosqich
Boʻlim
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisi muhokamasiga bajarilmagan nazoratdagi hujjatlar va 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash.
Har haftaning dushanba kuni
9-bosqich
Boʻlim
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida ijrosi taʼminlangan nazoratdagi 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlarini nazoratdan chiqarish.
Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda
10-bosqich
Boʻlim xodimlari
Ijro muddati keyingi oyga toʻgʻri keladigan nazoratdagi hujjatlar va 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga taqdim etish.
Har oyning 25-sanasida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Ijro muddatlari
1-bosqich
Boʻlim mudiri
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holati yuzasidan ilgari oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qilish.
Dekabr, iyun
2-bosqich
Boʻlim mudiri
Nazorat va ijro intizomi boʻlimining ish rejasiga hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganish tadbirlarini kiritish.
Dekabr, iyun
3-bosqich
Boʻlim xodimlari
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish boʻyicha materiallar (savolnoma, jadvallar va boshqalar)ni tayyorlash.
Ish rejasiga asosan
4-bosqich
Boʻlim mudiri
Tayyorlangan materiallarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishish.
Ish rejasiga asosan
5-bosqich
Boʻlim xodimlari
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur yordam koʻrsatish.
Ish rejasiga asosan
6-bosqich
Boʻlim mudiri
Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisini hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini xabardor qilish.
3 kun mobaynida
7-bosqich
Boʻlim xodimlari
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarini Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalariga yetkazish.
Bir kun mobaynida
8-bosqich
Boʻlim xodimlari
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosi holati monitoringini olib borish.
Har kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Ijro muddatlari
1-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati yuzasidan ilgari oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qilish.
Dekabr, iyun
2-bosqich
Boʻlim mudiri
Nazorat va ijro intizomi boʻlimining ish rejasiga hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganish tadbirlarini kiritish.
Dekabr, iyun
3-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish boʻyicha materiallar (ishchi guruh tarkibi, savolnoma, jadvallar va boshqalar) tayyorlash.
Ish rejasiga asosan
4-bosqich
Boʻlim mudiri
Tayyorlangan materiallarni Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishish.
Ish rejasiga asosan
5-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish.
Ish rejasiga asosan
6-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari
Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlash.
Har chorakda kelgusi oyning 10-sanasigacha
7-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining bayoni loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.
Har chorakda kelgusi oyning 15-sanasigacha
8-bosqich
Boʻlim xodimlari
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining tasdiqlangan bayoni ijrosi holati monitoringini olib borish.
Har kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi apparatida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Ijro muddatlari
1-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari,
bosh mutaxassis
Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochini, zarur boʻlganda, vazirlik va idoralarni belgilash hamda topshiriqlarni nazoratga olish.
Doimiy
2-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari,
bosh mutaxassis
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
Doimiy
3-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari,
bosh mutaxassis
Har hafta chorshanba va juma kunlari topshiriqlar ijrosini tahlil qilib borish hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot kiritib borish.
Har hafta chorshanba va juma kunlari
4-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari,
bosh mutaxassis
Adliya vazirligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha tahliliy materiallarni har oy yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini nazorat qilish.
Har oyning 5-sanasi
5-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari,
bosh mutaxassis
Tahliliy materiallarni tahlil qilish hamda bajarilmagan bandlar boʻyicha tahliliy jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriq xati asosida puxta tahlil qilish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalarga yuborish.
Har oyning 7-sanasi
6-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari,
bosh mutaxassis
Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan tahliliy materiallarni puxta qayta ishlash hamda umumlashtirilgan yakuniy tahliliy materiallar toʻplami, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida himoya qilish.
Har oyning 12-sanasi
7-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari,
bosh mutaxassis
Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan tahliliy materiallarni puxta qayta ishlash hamda umumlashtirilgan yakuniy tahliliy materiallar toʻplami, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi huzurida himoya qilish.
Har oyning 13-sanasi
8-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari,
bosh mutaxassis
Masʼul tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisini tashkil etish hamda yakunlari boʻyicha hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib, puxta qayta ishlash.
Har oyning 14-sanasi
9-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari,
bosh mutaxassis
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni puxta qayta ishlangandan soʻng qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma hamda jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida himoya qilingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish.
Har oyning 15-sanasi
10-bosqich
Boʻlim mudiri oʻrinbosari,
bosh mutaxassis
Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish haqida Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan taqdirda, tegishli taklifni Hisob palatasiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kiritish.
Har oyning 15-sanasi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 488-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasining apparati deb ataladi) ish yuritishni, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlovchi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga boʻysunadi.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritishni va arxiv ishini tashkil etish;
ish yuritish va arxiv ishini tashkil etish va elektron hujjat aylanishining zamonaviy usullarini keng joriy etishni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi apparatida hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish;
ish yuritish va arxiv ishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari ishlarini muvofiqlashtirish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash va ularni oʻtkazishni tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish, kelishish va imzolash monitoringini olib borish, imzolangan hujjatlarning materiallarini arxivga topshirishga tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning apparati faoliyatida toʻplangan va ish yuritish tugallangan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash.
6. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun Boʻlim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻrganadi va nazorat qiladi, ish yuritilishiga metodik rahbarlik qiladi;
ish yuritish jarayonlarini takomillashtirish va avtomatlashtirish, elektron hujjat aylanishini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati bayonlarini roʻyxatdan oʻtkazadi, hisobga oladi, koʻpaytiradi va shu jumladan, elektron pochta orqali tarqatadi, ulardan va boshqa hujjatlardan koʻchirmalar tayyorlaydi va tarqatadi, zarur holatlarda ularni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
har oylik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari toʻplami, shuningdek, Yuridik taʼminlash boshqarmasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami (Oʻzbekiston Respublikasi QT) chiqarilishini taʼminlaydi;
tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini texnik jihatdan taʼminlaydi, shu jumladan: Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga taklif etilganlarning umumlashtirilgan roʻyxatini shakllantiradi, tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislari bilan birgalikda materiallarni tanlab oladi, koʻpaytiradi va ularni majlis ishtirokchilariga yetkazadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga hujjatlar yozilishini, taklif etilganlar roʻyxatga olinishini, stenogramma yuritilishini va sinxron tarjimani taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari bayonlari tayyorlanishini, shuningdek, ularning ijrochilarga tarqatilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlari loyihalarini koʻrib chiqish, kelishish va imzolash monitoringini olib boradi hamda ular yuzasidan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
“Project.gov.uz” tizimi orqali belgilangan tartibda kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning hujjatlari loyihalarining koʻrib chiqilishi monitoringini olib boradi hamda ular yuzasidan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarini belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun “Regulation.gov.uz” portaliga joylashtirishga doir Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarning koʻrib chiqilishi monitoringini olib boradi hamda ular yuzasidan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi;
tushayotgan xat-xabarlarni qabul qiladi, roʻyxatga va hisobga oladi, taqsimlaydi va tegishliligi boʻyicha yuboradi, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qiladi va joʻnatadi;
tarkibiy boʻlinmalarda hujjatlar yigʻmajildi nomenklaturasini aniqlaydi, Vazirlar Mahkamasi apparati Yigʻma nomenklaturasini tuzadi, unga rioya etilishini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalaridan ish yuritish tugallangan yigʻmajildlarni qabul qiladi, ularning hisobini oladi va saqlanishini, joriy arxiv shakllantirilishini taʼminlaydi, yigʻmajildlarni va hujjatlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxiviga topshiradi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining imzolagan farmonlari, qarorlari va farmoyishlari materiallarini arxivga topshirishga tayyorlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalaridan qabul qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatiga yangi qabul qilingan xodimlarni stajirovkadan oʻtkazadi, ularga yoʻl-yoʻriqlar beradi, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan tanishtiradi va ular bilan ishlashni tashkil etish masalalari boʻyicha oʻquv seminarlarni tashkil qiladi;
Hukumat qarorlari, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa hujjatlari loyihalarini tahrir va tarjima qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan tegishli muhrlar, shtamplar va blankalarning tayyorlanishini tashkil etadi, ularning hisobini va saqlanishini taʼminlaydi;
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlamshalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari apparatlarida ish yuritishning holatini oʻrganadi.
Boʻlim belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlardan materiallar hamda maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
tegishli materiallar va hujjatlarni ishlab chiqish hamda tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida ish yuritishning yoʻlga qoʻyilganligini tekshirish, oʻrganilayotgan masalalarga oid barcha hujjatlar va materiallar bilan tanishish;
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari apparatlarida, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ish yuritishning holatini oʻrganish.
Boʻlimning zarur materiallar va maʼlumotlar taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining yoki uning oʻrinbosarlari topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi shart.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritishning sifati;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi uchun javob beradi;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlar belgilangan muddatlarda tayyorlanishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga Boʻlim mudiri, Boʻlim mudirining oʻrinbosari, bosh mutaxassislar, inspektorlar kiradi.
Boʻlim tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri va uning oʻrinbosari, mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
12. Boʻlim ishlari Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boʻlimning ish rejalari, Boʻlim mudiri, uning oʻrinbosari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Boʻlimning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Boʻlimning ish rejasi, Boʻlim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Boʻlim mudirining oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlim ishiga bevosita rahbarlik qiladi, Boʻlim mudirining oʻrinbosari va mutaxassislar ishini tashkil etadi va Boʻlimga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining holati uchun toʻliq javob beradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar yuzasidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda ishtirok etadi;
Boʻlim mudirining oʻrinbosari, mutaxassislar va Boʻlimning boshqa xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Boʻlim xodimlarining professional saviyasi oshirilishini, ularning malakasi oshishini, Boʻlimda ijro intizomi mustahkamlanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga Boʻlim mudirining oʻrinbosarini, Boʻlim mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda intizomiy jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
14. Boʻlim mudirining oʻrinbosari:
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan tushgan xat-xabarlar qabul qilinishi, puxta ishlanishi va roʻyxatdan oʻtkazilishini, chiquvchi xat-xabarlarning ijrochilarga joʻnatilishini tashkil etadi;
Hukumatning qarorlari, shuningdek, topshiriqlari, boshqa chiquvchi xat-xabarlar — tushgan xat-xabarlar hisobga olinishini va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga, ijro etuvchi tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlaydi;
ish yuritishga elektron hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish tadbirlarini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlimlarida ish yuritilishi va hujjatlar bilan ishlashning holati tizimli oʻrganilishini tashkil etadi, oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga axborot beradi, hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan takliflar beradi;
xat-xabarlarni davlat boshqaruvi organlariga, xoʻjalik birlashmalariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yetkazib berish boʻyicha Davlat feldyegerlik xizmati boʻlinmasi, Hukumat hujjatlarini koʻpaytirish boʻyicha — elektr-nusxa koʻchirish byurosi ishini muvofiqlashtiradi;
Boʻlim mudirining topshirigʻi boʻyicha chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
15. Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va chiqarish masalalari boʻyicha bosh mutaxassislar:
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining imzolangan qarorlari, farmoyishlari, majlislari bayonlarini qabul qiladilar, rasmiylashtiradilar va oʻz vaqtida chiqaradilar;
Hukumat hujjatlari materiallari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari materiallari arxivga topshirilishi uchun tayyorlanishini taʼminlaydilar;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshiradilar;
Hukumatning qabul qilingan hujjatlarini chiqarishga rasmiylashtirish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi qabul qilingan xodimlari bilan stajirovka oʻtkazadilar, ularni Vazirlar Mahkamasi apparatida hujjatlar bilan ishlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlaydilar.
16. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tarjima va tahrir qilishni tashkil etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa hujjatlari loyihalarini tahrir qiladilar, tarjima qiladilar, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari loyihalarini davlat tilida tayyorlashda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislarga amaliy yordam beradilar.
17. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Hukumat qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini tahrir qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassislar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari oʻz vaqtida va sifatli tahrir qilinishini, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari oʻqib tuzatilishi va taqqoslanishini, Vazirlar Mahkamasi majlislarining va oliy darajada oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarning sinxron tarjima qilinishini taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami (QT) va Vazirlar Mahkamasi qarorlari toʻplami nashr etilishi yuzasidan Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining Bosmaxonasi ishini muvofiqlashtiradi.
18. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarda ish yuritilishini tashkil etish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
tarkibiy boʻlinmalarda ishlarning holati tizimli oʻrganilishini, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi, ish yuritishda mutaxassislarga va texnik xodimlarga amaliy yordam beradi. Oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga va Boʻlim mudiriga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining mutaxassislari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tegishli xodimlari uchun hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish, ish yuritishni tashkil etish, elektron hujjatlar aylanishini yuritish boʻyicha muntazam seminarlar oʻtkazilishini tashkil etadi.
19. Arxivni yuritish masalalari boʻyicha inspektor arxiv ishi, Vazirlar Mahkamasi va uning apparati faoliyatida toʻplanib qoladigan hujjatlarning va ish yuritish tugatilgan yigʻmajildlar saqlanishini, Yigʻma nomenklatura tuzilishini, hujjatlarni doimiy saqlashga topshirish, arxiv ishini takomillashtirish masalalarida Davlat arxivi boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilishni taʼminlaydi.
20. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmaganda uning vazifasini Boʻlim mudirining oʻrinbosari bajaradi.
21. Boʻlimning boshqa xodimlari oʻz faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlanadigan funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq amalga oshiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini oʻrganish va nazorat qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Tadbirlar
Muddatlari
1-bosqich
Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi qabul qilingan xodimlarini hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish masalalarida stajirovkadan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berish hamda ularni hujjatlar bilan ishlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlash.
Stajirovka jadvaliga muvofiq
2-bosqich
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarida ish yuritishning holatini oʻrganish, hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirishda mutaxassislarga amaliy yordam koʻrsatish.
Boʻlimning ish rejasiga muvofiq
3-bosqich
Tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarida yigʻmajildlar nomenklaturasini aniqlash, Vazirlar Mahkamasi apparatining yigʻma nomenklaturasini shakllantirish.
Har yili, dekabr oyida
4-bosqich
Ish yuritish tugallangan yigʻmajildlar shakllantirilishini oʻrganish hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalaridan yigʻmajildlarni joriy arxivga topshirish uchun qabul qilish.
Alohida jadval boʻyicha
5-bosqich
Oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida — shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining umumiy yigʻilishida ish yuritishning holatini muhokama qilish.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha, jadvalga koʻra
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 488-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirishni, axborot tizimlari va resurslarini yaratish va ulardan foydalanishni, axborot xavfsizligini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha oʻqitish va ularning malakasini oshirishni taʼminlovchi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Boʻlim Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga boʻysunadi.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilish hamda rivojlantirishning uzoq muddatli davrga moʻljallangan yagona strategiyasini, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan hujjatlari talablarini hisobga olgan holda, ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish, axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ushbu Nizomga ilova qilingan Sxema asosida ishlab chiqish va amalga oshirish;
integratsiya jarayonlarga amaliy koʻmaklashish va Vazirlar Mahkamasi apparati axborot tizimlarining boshqa axborot tizimlari bilan, jumladan, “Elektron Hukumat” tizimini amalga oshirish doirasida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro aloqasini taʼminlash ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni talablarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish va tashkil etish;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish oʻrinlarini kompyuter texnikalari va telekommunikatsiya uskunalari bilan texnik taʼminlashni kuchaytirish yuzasidan takliflarni hamda kompyuter texnikalari, kommutatsiya vositalari va tarmoq uskunalarini modernizatsiya qilish, almashtirish, foydalanishdan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida qoʻllanilayotgan mavjud axborot tizimlari, modellar, jarayonlar va axborot texnologiyalarini tahlil qilish va ekspertizadan oʻtkazish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida qaror qabul qilish jarayonlarini tahlil qilish, boshqaruv jarayonlarining funksional modelini, tashkiliy-texnik va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlariga tatbiq etishga moʻljallangan yangi axborot tizimlari, ularning quyi tizimlari va amaliy dasturlarni davlat boshqaruv organlarida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat tizimi elementlarini joriy etish hamda yanada rivojlantirish boʻyicha normativ-xuquqiy hujjatlarda, davlat standartlarida belgilangan talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqish;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va resurslaridan samarali foydalanish maqsadida xodimlarning malakasini va kasbiy darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, uslubiy va texnik hujjatlar, yoʻriqnomalar, oʻrgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislarining tarmoq axborot resurslaridan, jumladan, Internet tarmogʻi resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
litsenzion dasturiy taʼminot, ochiq kodli dasturiy vositalarni joriy etish va qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter texnikalariga, tarmoq uskunalariga, tarmoqlangan kabel tizimiga, axborot tizimlariga oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasi apparati axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligiga qarshi qaratilgan, ularning normal ishlashi va rivojlanishini buzishga olib keluvchi tahdidlarni bashorat qilish, ularni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida maʼlumotlar va axborot resurslarini ruxsat etilmagan kirishlardan himoyalash, shuningdek, konfidensial maʼlumotlar chiqib ketishining oldini olish boʻyicha choralarni amalga oshirish.
6. Boʻlim yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, rivojlantirish va takomillashtirish ishlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning davlat ustuvor yoʻnalishlaridan, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni talablaridan kelib chiqqan holda muvofiqlashtiradi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Vazirlar Mahkamasi apparatining axborot tizimlari va resurslarini yaratish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish jarayonida ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida zamonaviy axborot va telekommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish, mavjud maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlar, kommunikatsiya tarmoqlari va uskunalari, axborot tizimlari va resurslarining uzluksiz ishlashini taʼminlash hamda yangilarini loyihalashtirish, yaratish, oʻrnatish, sinovdan oʻtkazish va joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan tahliliy, maʼlumot tariqasidagi va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va ularning quyi tizimlarini takomillashtirish va joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida maʼlumotlar bazalarini yaratish va yuritish, elektron ish yuritish, hujjat aylanishi va Hukumat qarorlarini qabul qilish jarayonlarini maʼlumotlar bilan taʼminlashning yagona tizimini shakllantirish masalalarida uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan olib boriladigan majlis va yigʻilishlarni oʻtkazishda axborotlashtirish masalalarida texnik koʻmaklashishni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter texnikalari, tarmoq uskunalari va dasturiy mahsulotlarning tizimli ravishda hisobini yuritadi va xatlovdan oʻtkazadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining kompyuter tizimlari, axborot va tarmoq resurslari foydalanuvchilari uchun axborot xavfsizligi sohasida oʻquv dasturlari ishlab chiqadi va qisqa muddatli kurslar, seminarlar, instruktajlar tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan kompyuter va axborot tizimlari, tarmoq axborot resurslaridan, jumladan, Internet tarmogʻi resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish holati yuzasidan nazorat hamda muntazam monitoring olib borishni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparati axborot resurslarining tasniflanishini va axborot xavfsizligi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar va tartiblarga asosan ularning yaxlitligi nazoratini taʼminlaydi;
korporativ axborot muhitida maʼlumotlarni himoya qilish tizimini, jumladan, elektron raqamli imzo va axborotlarni shifrlash vositalarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida foydalanilayotgan tizimli va amaliy dasturiy taʼminotni, axborot resurslarini va apparat vositalarini himoya qilish ishlarini tashkil etadi.
Boʻlim belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan materiallar hamda maʼlumotlarni belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshirigʻiga asosan Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning majlis va yigʻilishlarida ishtirok etish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va takomillashtirish masalalarini oʻrganib chiqish hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va integratsiyalash yuzasidan takliflar tayyorlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini, zarurat boʻlganda, oʻrnatilgan tartibda jalb qilish, bu maqsadlarda ishchi guruhlarini tashkil etish;
Boʻlimning zarur materiallar va maʼlumotlar taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi shart.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishini;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlatilayotgan kompyuter va axborot tizimlari, tarmoq uskunalari va dasturiy mahsulotlarga xizmat koʻrsatish va ularning ishlash sifatini;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlar belgilangan muddatlarda tayyorlanishini taʼminlashga javob beradi.
4-bob. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga:
Boʻlim mudiri (Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va resurslarini joriy etish va rivojlantirish masalalari);
Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter tizimlarini, tarmoq uskunalarini va maʼlumotlar bazasini tizimli boshqarish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis kiradi.
Boʻlim tuzilmasiga bitta Ish yuritish va maʼlumotlar bazalarining faolligini taʼminlash masalalari boʻyicha inspektor kiradi.
Boʻlim tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga Boʻlim mudiri rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri, bosh mutaxassis va inspektor belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizom, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining va Boʻlimning ish rejalari, Boʻlim mudiri va bosh mutaxassisning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Boʻlimning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida yarim yillik uchun shakllantiriladi.
Boʻlimning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Boʻlim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Bosh mutaxassisning shaxsiy ish rejalarini Boʻlim mudiri tasdiqlaydi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
13. Boʻlim mudiri (Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va resurslarini joriy etish va rivojlantirish masalalari):
Boʻlim ishiga bevosita rahbarlik qiladi, bosh mutaxassis ishini tashkil etadi va Boʻlimga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining holati uchun toʻliq javob beradi;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Vazirlar Mahkamasi apparati axborot tizimlari va resurslari, kompyuter tizimlari, serverlari, tarmoq uskunalari, tizimli va amaliy dasturiy mahsulotlari, maʼlumotlar bazalarining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash yuzasidan choralar koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining axborot xavfsizligi siyosatini amalga oshirish hamda kompyuter va axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kompleks himoya qilishni taʼminlash yuzasidan choralar koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish holati boʻyicha rejali va rejadan tashqari oʻrganishlarni tashkil etadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, axborot tizimlarini integratsiya qilish, takomillashtirish yuzasidan ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
ichki axborot resurslariga maʼlumotlarning joylashtirilishini va ularning mazmundorlik jihatdan toʻliq boʻlishini taʼminlaydi hamda nazorat qiladi;
maʼlumotlar bazalarini arxivlashni nazorat qiladi, maʼlumotlar bazalarining arxiv nusxalari va konfiguratsion maʼlumotlarning saqlanishini taʼminlaydi, zarur resurslar (xotira, foydalanish huquqi)ni taqsimlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
axborot tizimlari ishlashida uzilishlar sabablarini tahlil etadi, ularning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida umumlashtirilgan statistik axborotlarni qayta ishlash boʻyicha yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ushbu jarayonda uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;
kompyuter texnikalari, joriy etilayotgan yangi dasturlar, axborot tizimlarida, shuningdek, Internet tarmogʻida ishlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining koʻnikmalarini oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi.
Boʻlim mutaxassisining xizmat vazifalari taqsimotini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga tasdiqlash uchun kiritadi, ularning ishini muvofiqlashtiradi, Boʻlimda yetarli darajada ijro intizomini taʼminlaydi hamda ish yuritishni Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq tashkil etadi;
(13-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar yuzasidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda ishtirok etadi;
Boʻlimning kadrlar zaxirasini yaratish va yangilab borish, kadrlar zaxirasiga olingan shaxslar bilan tizimli ishlashni tashkil etishni taʼminlaydi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisidagi takliflarni puxta ishlab chiqadi va taqdim etadi;
Boʻlim bosh mutaxassisi va inspektori oʻrtasida vazifalar taqsimotini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga tasdiqlashga, shuningdek, Boʻlimning yarim yillik ish rejasi loyihasini kelishishga kiritadi, Boʻlim bosh mutaxassisi ish rejalarini tasdiqlaydi;
(13-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Boʻlim yuritadigan sohaga taalluqli masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan xat-xabarlar va hujjat loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlaydi, tayyorlangan loyihalarni imzolaydi va oʻrnatilgan tartibda taqdim etadi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
14. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi roziligi bilan bosh mutaxassis bajaradi.
15. Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter tizimlarini, tarmoq uskunalarini va maʼlumotlar bazasini tizimli boshqarish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
tizimli dasturiy taʼminot, operatsion tizimlar va pochta infratuzilmasini oʻrnatadi va boshqaradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter va axborot tizimlari va resurslari, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini kompleks himoya qilishni va axborot xavfsizligi siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
apparat, texnik, dasturiy-texnik vositalar, kriptografik tizimlar va boshqa axborotlarni himoya qilish vositalarining ishlash holatini tahlil qilish va monitoringini, shuningdek, axborotlarni himoyalash texnik uskunalari va vositalarining ishchanligini taʼminlash boʻyicha profilaktika ishlarini amalga oshiradi;
nazorat vositalaridan samarali foydalanish, himoyalanayotgan axborot tizimlari va resurslari maʼlumotlarining konfidensialligiga tahdidlarni aniqlash, ularning yaxlitligi va foydalanuvchanligi boʻyicha choralar ishlab chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborotlashtirish obyektlarini oʻrganishda, ularni attestatsiyadan oʻtkazish va toifasini belgilashda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi apparati axborot tizimlari va resurslaridagi tahdidlarni va zaif nuqtalarni aniqlash boʻyicha tahliliy ishlarni tashkil etadi va amalga oshiradi;
axborot tizimlari hamda resurslariga xizmat koʻrsatuvchi texnik xodimlar va ulardan foydalanuvchilarning ish oʻrinlarini tashkil etishda ergonometrik talablar, ishlab chiqarish-sanitariya normalariga rioya etilishini taʼminlaydi;
kompyuter tarmogʻi dasturiy-texnik vositalarining foydalanish va ishlash koʻrsatkichlarini jamlaydi va tahlil qiladi;
tarmoq infratuzilmasini takomillashtirish, uskunalar va dasturiy vositalarni yangilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;
axborotni himoya qilish ishlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
axborotlarni himoya qiluvchi apparat-texnik va dasturiy-matematik vositalarga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida rahbariyatga materiallar tayyorlaydi;
axborot tizimlarini integratsiyalash jarayonida axborot xavfsizligi talablarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
axborot tizimlari va resurslaridan foydalanishda Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini maʼlumotlarni himoya qilishning zamonaviy usullari, axborot xavfsizligini taʼminlash vositalari bilan tanishtiradi, ular bilan instruktaj va yakka tartibda suhbatlar olib boradi.
16. Ish yuritish va maʼlumotlar bazalarining faolligini taʼminlash masalalari boʻyicha inspektor:
Boʻlimda ish yuritishni, hujjatlarning koʻrib chiqilishining nazoratini, jildlarni arxivda saqlash uchun tayyorlash va oʻz vaqtida kiritishni taʼminlaydi;
kompyuterlarga operatsion tizimlar, tizimli dasturiy taʼminot, amaliy va himoya dasturlarining oʻrnatilishini taʼminlaydi;
kompyuter texnikalari, periferiya qurilmalarini davriy xatlovdan va sinov testlaridan oʻtkazish hamda ularning ishga tushirilishini taʼminlaydi;
kompyuter texnikalari va periferiya qurilmalarini taʼmirlash, ularga servis va rejali profilaktika xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etadi hamda ularning uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazalarida axborotlarning muntazam yangilanib borilishini hamda ularning uzluksiz, barqaror va faol ishlashini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter texnikalari va periferiya qurilmalaridan samarali va maqsadli foydalanish holati boʻyicha monitoring olib boradi, muntazam ravishda (har hafta, har oy) Boʻlim boshligʻiga axborot kiritib boradi;
xodimlarning kompyuter texnikalari va axborot tizimlarida samarali ishlashi, ish jarayonida axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha instruktaj va tushuntirish ishlarini olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish, axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish
SXEMASI
Vazifalar
Vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari va bosqichlari
Masʼullar
Muddatlar
I.
Kompyuter texnikalari, tarmoq va periferiya qurilmalari, axborot tizimlari, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini va AKT sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter va axborot tizimlari, serverlar, maʼlumotlar bazalarining, lokal-hisoblash tarmogʻi (LHT) hamda Internet tarmogʻining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi (AKT boʻlimi)
Muntazam ravishda
2. Maʼlumotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish texnik vositalarini xatlovdan oʻtkazish.
AKT boʻlimi,
Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi
Har yili
3. Kompyuter va tashkiliy texnika, server va tarmoq uskunalari parkini yangilash.
4. Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlarini joriy qilish, dasturiy mahsulotlarning litsenzion shaffofligini taʼminlash, ochiq kodli dasturiy mahsulotlardan foydalanish boʻyicha takliflar kiritish.
5. Vazirlar Mahkamasi apparatida joriy etilgan, takomillashtirilayotgan axborot va kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli normativ va texnik hujjatlar, talablarni ishlab chiqish.
AKT boʻlimi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Muntazam ravishda
II.
Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari tomonidan mutasaddilik qilinadigan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlari boʻyicha shaxsiy maʼlumotlar banklarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish
1. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bankini serverlarda shakllantirish, ushbu maqsadida tegishli resurslarni ajratish.
AKT boʻlimi
Muntazam ravishda
2. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbar va masʼul xodimlari tomonidan AKTdan foydalanish, axborot xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlari boʻyicha shaxsiy maʼlumotlar banklarini shakllantirish va ulardan foydalanish samaradorligi holatini oʻrganish va baholash.
AKT boʻlimi,
Tarkibiy boʻlinmalar
Tasdiqlangan grafik
asosida
3. Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini dolzarb va tezkor axborotlar bilan taʼminlash boʻyicha sharoitlar yaratib borish.
AKT boʻlimi
Muntazam ravishda
III.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlarini yanada takomillashtirish va axborot resurslarini shakllantirish, tarkibiy boʻlinmalarning rahbar va masʼul xodimlari ish samaradorligini va natijadorligini oshirib borish
1. Vazirlar Mahkamasi apparatida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, mazkur tizimda qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boʻyicha ishlarni tizimli ravishda olib borish yuzasidan tashkiliy, texnik va texnologik chora-tadbirlarni amalga oshirish.
AKT boʻlimi,
tarkibiy boʻlinmalar
Muntazam ravishda
2. Vazirlar Mahkamasi apparati axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimidagi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish boʻyicha tahliliy oʻrganishlar oʻtkazish va takliflar ishlab chiqish.
AKT boʻlimi
Muntazam ravishda
3. Vazirlar Mahkamasi apparatida elektron hujjat aylanish (EHA) tizimini takomillashtirish:
ichki EHA tizimidan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash;
idoralararo elektron tizimlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining ichki axborot tizimlari bilan integratsiya qilib borish.
AKT boʻlimi
Muntazam ravishda
4. Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlarning barqaror va uzluksiz taʼminlanishi va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha (karantin, favqulodda holatlarni hisobga olgan holda) takliflar ishlab chiqish, amaliy ishlarni olib borish.
AKT boʻlimi
Muntazam ravishda
IV.
Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot xavfsizligini taʼminlash va uning mexanizmlarini takomillashtirish
1. Axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish:
axborotlarni kompleks himoya qilish hamda xavfsizlik monitoringi tizimini takomillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va tegishli tadbirlarni amalga oshirib borish;
axborot xavfsizligi boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislarining malakasini oshirib borish.
AKT boʻlimi
Muntazam ravishda
2. Axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha texnik va dasturiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish:
lokal tarmoqlarning samarali ishlashini, server va kommutatsiya qurilmalarining uzluksiz faoliyatini taʼminlash maqsadida profilaktika ishlarini tashkil etish;
axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur texnik, texnologik va dasturiy vositalarni oʻrnatish, ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
kompyuter va axborot tizimlaridan foydalanishda davlat standartlari va xavfsizlik talablariga amal qilinishini taʼminlash, doimiy nazorat olib borish.
AKT boʻlimi
Muntazam ravishda
V.
AKT sohasida xodimlarning kasbiy darajasi va malakasini oshirish
1. Kompyuter savodxonligi va AKT sohasida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar, seminarlar tashkil etish, instruktajlar oʻtkazish.
AKT boʻlimi,
Kadrlar boʻlimi,
Tarkibiy boʻlinmalar
Muntazam ravishda
2. Vazirlar Mahkamasi apparatiga yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun stajirovkalar tashkil etish, AKT sohasida ularning malakasi va bilim darajasini oshirib borish.
AKT boʻlimi,
Kadrlar boʻlimi
Muntazam ravishda
3. Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha uslubiy va texnik hujjatlar, yoʻriqnomalar, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.
AKT boʻlimi
Muntazam ravishda
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 488-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda boʻlim deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi apparati deb ataladi) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga boʻysunadi.
4. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Boʻlim oʻz faoliyatiga bogʻliq masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Boʻlimning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatish va inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini haqqoniy himoya qilishni taʼminlash orqali “inson manfaati — hamma narsadan yuqoridir” degan tamoyilning hayotga amaliy tatbiq qilinishini taʼminlash;
“xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy tamoyilni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning Vazirlar Mahkamasiga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan hamda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqiladigan ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlari bilan ishlashni tashkillashtirish;
joylarda “xalq bilan muloqot qilish” va shaxsiy uchrashuvlar oʻtkazish amaliyotini takomillashtirish asosida Vazirlar Mahkamasi rahbariyati va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishining samaradorligi va natijadorligini oshirish;
Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishi masalalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinma rahbarlari hamda mutaxassislari tomonidan, zarur boʻlgan hollarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillarini jalb etish orqali oʻz vaqtida tashkillashtirish;
Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelib tushgan ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlar bilan ishlash yuzasidan mazkur Nizomning 1 va 2-ilovasidagi sxemalar asosida monitoring va tahlilni olib borish;
Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuborilgan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga koʻrib chiqish uchun berilgan ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarning koʻrib chiqilishi yuzasidan nazoratni yuritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarini koʻrib chiqish masalalari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan mazkur Nizomning 3-ilovasidagi sxemaga asosan ishlashni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasining rahbariyatiga taqdim qilish;
Vazirlar Mahkamasiga guruh boʻlib kelgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi binosiga kelgan va masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yoʻnaltirilgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini mazkur Nizomning 4-ilovasidagi sxemaga asosan tezkorlik bilan qabul qilishni tashkil etish.
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarini qabul qiladi, roʻyxatdan oʻtkazadi hamda hisobini yuritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda koʻtarilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa davlat organlari va tashkilotlariga murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun yuboradi, ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining vakolatiga koʻrib chiqish kirmaydigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan murojaatlarni tegishli davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda yuboradi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy qabulini amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabul qilinishini tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish boʻyicha tahliliy, maʼlumotnoma materiallari va boshqa materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining koʻrib chiqishi uchun tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning holati toʻgʻrisida har chorak yakunlari boʻyicha hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallarni tayyorlashda va ularda qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtirishda Boʻlimning vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha ishtirok etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish uchun ommaviy axborot vositalari hamda boshqa manbalardagi, shu jumladan joyiga chiqqan holda jamoatchilik fikrini oʻrganadi;
Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish masalalari boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yaratishni va yuritishni taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, ogʻzaki va elektron murojaatlari bilan ishlashi yuzasidan monitoring olib boradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish boʻyicha metodik tavsiyanomalar va takliflar ishlab chiqadi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Boʻlim vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari ijrosi nazoratini taʼminlaydi hamda qarorlar va topshiriqlar bajarilishining borishi toʻgʻrisida rahbariyatga muntazam ravishda axborot berib boradi;
tarkibiy boʻlinmalar masʼul xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirib boradi va takomillashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida statistik maʼlumotlarni olib boradi, har chorak yakunlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi, umumlashtirish va tahlil natijalari boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlaydi, Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga muhokama qilish uchun kiritadi, maʼlumotnomada murojaatlar bilan ishlash boʻyicha umumiy koʻrsatkichlar, murojaatlarda eng koʻp koʻtarilgan masalalar, murojaatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha aniqlangan xato va kamchiliklar, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida koʻriladigan choralar aks etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Bosh vazirning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan joylarda oʻtkazilgan sayyor shaxsiy qabullarda berilgan topshiriqlarni vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida bajarilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining murojaatlar bilan ishlash masalasiga masʼul xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha stajirovkadan oʻtkazadi va ularga amaliy yordam koʻrsatadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining bayonlarida berilgan topshiriqlarning bajarilishi haqidagi hujjatlarni tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan oladi, ularni tahlil qiladi va natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi binosiga kelgan va masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yoʻnaltirilgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish va murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Xalq qabulxonasiga dastlabki va kelgusida yakuniy maʼlumot berib boradi;
Vazirlar Mahkamasiga guruh boʻlib kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tomonidan shaxsan qabul qilinishini va qabul natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot kiritilishini tashkillashtiradi;
Vazirlar Mahkamasining Birinchi boʻlimi bilan birgalikda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishda belgilangan tartibda xavfsizlik qoidalariga amal qilinishini taʼminlaydi;
Zarur hollarda, tegishli tarkibiy boʻlinma bilan birgalikda guruh boʻlib kelgan fuqarolarni ularning murojaatlari koʻrib chiqilganidan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan kelishib, oʻz hududlariga uyushgan holda qaytarish choralarini koʻradi.
Boʻlim belgilangan tartibda oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan soʻrash va olish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish va uning natijadorligini oshirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarning ahvolini oʻrganish;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga binoan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Boʻlim vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha majlis va yigʻilishlarida ishtirok etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida bayon qilingan holatlarning haqqoniyligini aniqlash uchun, zarur boʻlgan hollarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslarini jalb etish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyga chiqqan holda koʻrib chiqish;
Boʻlimning zarur materiallarni va maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim tomonidan belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning natijadorligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida“gi 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi;
Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun hujjatlar va materiallarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi uchun javob beradi.
4-bob. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga Boʻlim mudiri, shuningdek:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatiga tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ogʻzaki murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis kiradi.
Boʻlim tuzilmasiga quyidagi ikki nafar inspektor kiradi:
ish yuritish boʻyicha inspektor;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatiga tushgan murojaatlarini roʻyxatdan oʻtkazish masalalari boʻyicha inspektor.
Boʻlim tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga Boʻlim mudiri rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasi va Boʻlimning ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Boʻlimning yarim yillik ish rejasi Vazirlar Mahkamasining, uning Rayosati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Boʻlimning ish rejasi, Boʻlim mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Boʻlim mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlimga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishining holati va natijadorligini toʻgʻrisida tizimli monitoringini hamda maʼlumotlar bazasini shakllantirishni taʼminlaydi;
zarur boʻlgan hollarda, jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, ogʻzaki va elektron murojaatlarini koʻrib chiqishda qatnashish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslarini jalb etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga mutaxassislar oʻrtasida funksional vazifalarning taqsimotini, shuningdek Boʻlimning yarim yillik ish rejasi loyihasini tasdiqlash uchun kiritadi, Boʻlim mutaxassislarining shaxsiy ish rejalarini tasdiqlaydi;
Boʻlim mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash choralarini taʼminlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalarini tushuntirish uchun zarur boʻlgan materiallar va asoslarni soʻrab oladi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisida Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Boʻlimning tasdiqlangan tuzilmasiga va lavozimlar jadvaliga muvofiq lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni jiddiy ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga koʻrib chiqish uchun kiritadi, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish boʻyicha choralarni amalga oshiradi, shuningdek, ularni ragʻbatlantirish va ularga tanbeh berish boʻyicha takliflarni kiritadi;
Vazirlar Mahkamasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Boʻlimdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
14. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishilgan holda Boʻlimning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
15. Vazirlar Mahkamasi apparatiga tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Vazirlar Mahkamasi apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan yozma murojaatlarni rasmiylashtirish, hisobga olishni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan yozma murojaatlarni tarkibiy boʻlinmalarga oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holatini har tomonlama tahlil va nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida murojaatlar bilan ishlash holati hamda natijadorligini shaxsiy ish rejasiga muvofiq oʻrganadi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha ularning ish samaradorligini oshirishga doir takliflar kiritadi;
materiallar boʻyicha Boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatiga tushgan yozma murojaatlar boʻyicha funksional masalalar va hujjatlarga muvofiq tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi hamda uning muntazam toʻldirilib, yangilab borilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha umumlashtirilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama etish uchun har chorakda tayyorlaydi;
materiallarning oʻz vaqtida sifatli va haqqoniy tayyorlanishi hamda topshiriqlar bajarilishining nazoratini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
16. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari tomonidan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarni tashkil etadi;
shaxsiy ish rejasiga yoki Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida murojaatlar bilan ishlash holati va natijadorligini oʻrganadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va natijadorlikni oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash yakunlari boʻyicha har choraklik axborotlarning Vazirlar Mahkamasi apparatiga taqdim etilishini taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha umumlashtirilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama etish uchun har chorakda tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha elektron hujjat aylanish tizimini yaratish, yuritish va doimiy takomillashtirib borishni taʼminlaydi;
materiallarning oʻz vaqtida sifatli va haqqoniy tayyorlanishi hamda topshiriqlar bajarilishining nazoratini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan Vazirlar Mahkamasi apparatiga tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning elektron murojaatlarini rasmiylashtirish va hisobga olishni taʼminlaydi va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalariga oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning elektron murojaatlarini koʻrib chiqish holatini har tomonlama tahlil va nazorat qiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida murojaatlar bilan ishlash holati hamda natijadorligini shaxsiy ish rejasiga muvofiq oʻrganadi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha ularning ish samaradorligini oshirishga doir takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni tarkibiy boʻlinmalarda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha umumlashtirilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama etish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etish uchun har chorakda tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan elektron murojaatlar boʻyicha funksional masalalar va hujjatlarga muvofiq tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi hamda uning muntazam toʻldirilib, yangilab borilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning elektron murojaatlarini koʻrib chiqish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi bilan doimiy hamkorlik qiladi;
materiallar boʻyicha Boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
materiallarning oʻz vaqtida sifatli va haqqoniy tayyorlanishi hamda topshiriqlarni bajarilishining nazoratini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
171. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ogʻzaki murojaatlarni koʻrib chiqish va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis:
Vazirlar Mahkamasi apparatiga qabulga kelgan jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini rasmiylashtirish va hisobga olishni taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislarining shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullarini tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan ogʻzaki murojaatlarni tarkibiy boʻlinmalarga oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki murojaatlarini koʻrib chiqish holatini har tomonlama tahlil va nazorat qiladi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish hamda ularning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida Boʻlim mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tizimini takomillashtirish va natijadorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
shaxsiy ish rejasiga yoki Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida murojaatlar bilan ishlash holati va natijadorligini oʻrganadi;
materiallarning oʻz vaqtida sifatli va haqqoniy tayyorlanishi hamda topshiriqlar bajarilishining nazoratini taʼminlash uchun shaxsan javob beradi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Inspektorlar boʻlimda ish yuritilishini taʼminlaydi, murojaatlarni roʻyxatga oladi, hujjatlarning boʻlimdan oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivga saqlash uchun oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi, oʻzlariga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisida Nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning holatini oʻrganish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holatini oʻrganish boʻyicha Boʻlimning ish rejasiga takliflar kiritish.
Boʻlim ish rejasini tasdiqlashga qadar
2-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish sohasidagi faoliyatini oʻrganish yuzasidan savolnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish.
Boʻlim ish rejasiga muvofiq
3-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, tegishli tarkibiy boʻlinmalar
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilish holatini oʻrganish va natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnomalar tayyorlash.
Boʻlim ish rejasiga muvofiq
4-bosqich
Apparat rahbariyati, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi
Tahliliy maʼlumotnomalarni Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish, tarkibiy boʻlinmalarda ijro etishi uchun rahbariyatning topshirigʻini tayyorlash.
1. Bir hafta muddatda
Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatining tavsiyasiga koʻra, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida yoki selektor yigʻilishida murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish.
2. Har chorakda
5-bosqich
Tarkibiy boʻlinmalar
Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatining topshirigʻini tarkibiy boʻlinmalarda mutaxassislarning ishtirokida muhokama etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishning natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar rejalarini qabul qilish.
Topshiriqda koʻrsatilgan muddatlarda
6-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar rejalarining bajarilishini nazorat qilib borish.
Tadbirlar rejasida koʻrsatilgan muddatlarda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisida Nizomga 2-ILOVA
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning holatini oʻrganish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holatini kompleks yoki maqsadli oʻrganish tadbirlari boʻyicha Boʻlimning ish rejasiga takliflar kiritish.
Boʻlim ish rejasini tasdiqlashga qadar
2-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish sohasidagi faoliyatini oʻrganish yuzasidan savolnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish.
Boʻlim ish rejasiga muvofiq
3-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlariga jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqishning holatini oʻrganish va natijalari boʻyicha quyidagilarda tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlash:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlari, hududiy boʻlinmalari va idoraviy tashkilotlarida;
viloyat, shahar va tuman hokimliklarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy idoralarida.
Boʻlim ish rejasiga muvofiq
4-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini oʻrganish natijalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishida muhokama etish.
1. Har chorakda
2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishi bayonnomasini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlariga muhokama etish va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli choralar koʻrish uchun yuborish.
2. 3 kun muddatda
5-bosqich
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishi bayonnomasini tegishli chora-tadbirlar rejasini qabul qilish uchun muhokama etish.
Bayonnomada koʻrsatilgan muddatlarda
6-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar rejalarining bajarilishini nazorat qilib borish.
Tadbirlar rejasida koʻrsatilgan muddatlarda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisida Nizomga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning holatini har chorakda koʻrib chiqish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarini koʻrib chiqishning holati toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumotlar kiritish (jadvallar koʻrinishida).
Ish rejaga muvofiq
2-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi
Vazirlar Mahkamasi apparati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar asosida quyidagilarda umumlashtirilgan tahliliy materiallarni tayyorlash:
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida;
viloyat, shahar va tuman hokimliklarida.
15 kun muddatda
3-bosqich
Vazirlar Mahkamasi va uning apparati rahbariyati, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning holatini va ularda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalarni har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishida muhokama etish.
Yanvar, aprel, iyul, oktabr
4-bosqich
Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishi topshiriqlari bayonnomasini tayyorlash va tasdiqlash, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga muhokama etish va tegishli choralar koʻrish uchun kiritish.
3 kun muddatda
5-bosqich
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari
Bayonnoma va qabul qilingan tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida bajarilishini nazorat qilib borish.
Bayonnoma va tadbirlar rejasida koʻrsatilgan muddatlarda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisida Nizomga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga guruh boʻlib kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha
SXEMA
Bosqichlar
Tadbirlar
Masʼullar
Muddat
↓
I bosqich
Vazirlar Mahkamasiga guruh boʻlib kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2021-yil 16-iyundagi AF-238-son farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining 2021-yil 19-iyundagi 33-son buyrugʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi binosiga kelgan va masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yoʻnaltirilgan fuqarolar (keyingi oʻrinlarda — murojaat etuvchilar) toʻgʻrisida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) mudiriga xabar beriladi.
Milliy gvardiya vzvod komandiri
Darhol
↓
II bosqich
Murojaat etuvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar shakllantiriladi va ular bilan dastlabki suhbat oʻtkazilib, masalalariga aniqlik kiritilgan holda tegishli tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan shaxsan qabul qilinishi tashkillashtiriladi va Apparat boshqaruvchisiga axborot beriladi.
Apparat boshqaruvchisining oʻrinbosari,
Boʻlim mudiri
Darhol
↓
III bosqich
Jamoa boʻlib kelgan fuqarolarni ularning murojaatlari koʻrib chiqilgandan soʻng, zaruratga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishib, oʻz hududlariga uyushgan holda qaytarish choralari koʻriladi.
Tarkibiy boʻlinma rahbari, mutaxassis, mahalliy hokimliklar,
Boʻlim mudiri
Qabul jarayonida
↓
IV bosqich
Murojaat etuvchilar masalalari yuzasidan qabul qilinadi va ularning yechimi boʻyicha tegishli choralar koʻriladi, zarur hollarda vazirlik, idora yoki mahalliy ijro hokimiyati organlari vakillari taklif etiladi.
Tarkibiy boʻlinma rahbari
Qabul jarayonida
↓
V bosqich
Oʻtkazilgan qabul yakunlari va dastlabki koʻrilgan choralar boʻyicha Apparat boshqaruvchisiga axborot beriladi.
Apparat boshqaruvchisining oʻrinbosari,
Boʻlim mudiri,
tarkibiy boʻlinma rahbari
Shu kunning oʻzida
↓
VI bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi binosiga kelgan va Vazirlar Mahkamasiga yoʻnaltirilgan murojaat etuvchilarni qabul qilish, ularning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Xalq qabulxonasiga dastlabki va kelgusida yakuniy maʼlumot beriladi.
Jamoaviy murojaatlarda koʻtarilgan masalalar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga maʼlumot kiritiladi.
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari yordamchilari,
Apparat boshqaruvchisi, tarkibiy boʻlinma rahbari
Shu kunning oʻzida
↓
VII bosqich
Tegishli vazirlik, idora yoki mahalliy ijro hokimiyati organlariga murojaatda koʻtarilgan masalalar yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq xati tayyorlanadi va koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari yordamchilari, Apparat boshqaruvchisi, tarkibiy boʻlinma rahbari
Bir kun muddatda
↓
VIII bosqich
Murojaat yuzasidan berilgan topshiriqlarning nazorati yuritiladi, koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apparat boshqaruvchisiga axborot beriladi.
Tarkibiy boʻlinma rahbari,
Boʻlim mudiri
Belgilangan muddatlarda
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 488-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 25-martdagi 248-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 23-apreldagi 250-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 09/21/488/0752-son; 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)