1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.71.00 (Кучини йукотган) Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi (litseylar, kolledjlar);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻqitish ikki yil mobaynida amalga oshirilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qarorining 10-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylarida oʻquv jarayonini yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha chuqurlashtirilgan taʼlimni nazarda tutgan holda takomillashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari (keyingi oʻrinlarda — akademik litseylar) faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ichki ishlar vazirligining akademiyasiga kirish uchun huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasi yuqori, intellektual va maʼnaviy salohiyati yuksak, jismonan yetuk, irodasi kuchli va shijoatli nomzodlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlarni tayyorlash;
oʻqitishning innovatsion shakl va metodikalarini joriy etish asosida milliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, oʻquv adabiyotlarini zamon talablari asosida takomillashtirish va ularning yangi avlodini yaratish, oʻquvchilarda mantiqiy fikrlash va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida oʻquv va taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish;
oʻquvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash qobiliyatini yanada oʻstirish maqsadida oʻquv jarayoniga oʻquvchilarda olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay olishi, yuzaga kelgan turli muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va toʻgʻri qaror qabul qilish tajribasi hamda tegishli koʻnikmalar hosil qilishni nazarda tutuvchi “case-study” metodikasini tatbiq etish;
oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondini, oʻqitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy bazalar va taʼlim resurslarini muntazam yangilab borish.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
akademik litseylarga 2019/2020 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar amaldagi taʼlim dasturlariga muvofiq, 2020/2021 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar esa ikki yillik taʼlim dasturlarini bir yilda oʻzlashtirish asosida oʻqishni tugatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga akademik litseyni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom hamda ijtimoiy-gumanitar taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktab-internatdagi boʻsh pedagog lavozimlarini egallash uchun tanlovlarni adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik prinsiplari asosida tashkil etish va oʻtkazish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tuziladigan komissiya tomonidan tanlovlarni test va suhbat shakllarida oʻtkazish tartibi;
tanlov natijalarini belgilangan mezonlar asosida rasmiylashtirish, nomzodlarni ishga qabul qilishga tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik yuzasidan komissiya qarorini qabul qilish tartibi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi zimmasiga akademik litseylar faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha quyidagi vazifalar yuklansin:
akademik litseylar oʻquv-uslubiy jarayonini tashkil etishning samarali mexanizmini joriy etishga koʻmaklashish;
akademik litseylarning ilmiy, oʻquv va oʻquv-uslubiy yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirib borishda har tomonlama yordam koʻrsatish;
akademik litseylar oʻrtasida fan olimpiadalari va sport musobaqa (spartakiada)larini tashkil etish va oʻtkazishda amaliy yordam berish;
taʼlim jarayonida oʻquvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashi, huquqiy bilimlarini, kasbiy va jismoniy tayyorgarligi hamda amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash;
oʻqitishning zamonaviy shakl va usullari, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qoʻllash borasida koʻmaklashish;
akademik litseylarni yangi avlod darsliklari, maxsus oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
bir oy muddatda taʼlim va tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida akademik litseylar ichki intizom ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin;
2021-yil 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda akademik litseylarning oʻquv jarayoni ikki yillik tizimga oʻtkazilishini inobatga olgan holda yuridik fanlar va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha chuqurlashtirilgan taʼlimni nazarda tutuvchi oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini qayta ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-iyul,
466-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlov asosida oʻtkaziladi.
Tanlovning maqsadi — taʼlim muassasalariga zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy ilm va mahoratga, ijodiy va ilmiy salohiyatga, yuksak axloqiy va maʼnaviy sifatlarga ega boʻlgan pedagog kadrlarni xolisona saralab olishdan iborat.
Tanlov adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
3. Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Tanlovni tashkil etish tartibi
4. Taʼlim muassasalaridagi boʻsh lavozimlarga xodimlarni jamlash uchun tanlov oʻtkaziladi.
Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida taʼlim muassasalarining manzili va murojaat etish uchun telefon raqamlari koʻrsatilgan holda ommaviy axborot vositalari va taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytida eʼlon beriladi.
5. Taʼlim muassasalariga soatbay haq toʻlash asosida ishga qabul qilinayotgan pedagoglar taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tanlovsiz ishga qabul qilinadi.
Soatbay haq toʻlash asosida ishga qabul qilinayotgan pedagoglar soni taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglarning 10 foizidan oshmasligi lozim.
6. Taʼlim muassasalaridagi boʻsh pedagogik lavozimlarga nomzodlar quyidagi shaxslar qatoridan jamlanadi:
umumtaʼlim fanlari boʻyicha pedagog lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi (ilmiy unvoni)ga boʻlgan, pedagogik mutaxassislik boʻyicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega mutaxassislar;
umumkasbiy va maxsus fanlar boʻyicha pedagog lavozim uchun oʻtkaziladigan tanlovda taʼlim muassasasi yoʻnalishi va ixtisosliklariga mos keladigan fan doktori (DSc), falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga, shuningdek, magistr darajasiga yoxud kamida uch yil pedagogik ish stajiga ega boʻlgan bakalavr darajasiga ega mutaxassislar.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilgan, tegishli sohada oliy maʼlumotga, yuksak kasbiy tayyorgarlik va axloqiy sifatlarga, shuningdek malaka talablariga javob beradigan shaxslar pedagogik ish stajiga ega boʻlmagan holda tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
7. Nomzodlar tanlovda qatnashish uchun ariza va soʻrovnoma-anketa, qisqa shaxsiy maʼlumot (rezyume)larini milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz), taʼlim muassasalarining veb-sayti, onlayn yoki toʻgʻridan-toʻgʻri eʼlon berilgan kundan boshlab 20 kun davomida taqdim etadi.
8. Tanlov hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan keyin oʻn ish kuni ichida oʻtkaziladi.
Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilmaydi.
9. Tanlovga hujjatlarni topshirgan nomzodlar soni bir nafardan oshmasa, tanlov oʻtkazilmaydi va taʼlim muassasalari tomonidan tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon takroran beriladi.
Qaytadan eʼlon berilgan taqdirda ham tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirgan nomzodlar soni bir nafardan oshmasa ushbu bir nafar nomzod bilan tanlov oʻtkaziladi. Bunda nomzod toʻplashi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan ortiq ball toʻplagan taqdirda tanlovdan oʻtgan hisoblanadi.
10. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan, shuningdek, sodir etgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan fuqarolar tanlovga qoʻyilmaydilar (reabilitatsiya qilingan holatlar bundan mustasno).
11. Tanlovda qatnashish uchun nomzodlardan hujjatlarni qabul qilib olish va ularni saqlash uchun taʼlim muassasalarining kadrlar boʻyicha inspektori (xodimi) masʼul hisoblanadi.
12. Nomzodlardan qonunchilik hujjatlarida talab qilinishi bekor qilingan hujjat va ularning nusxalarini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nomzodga hujjatlar qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi.
3-bob. Tanlovni oʻtkazish tartibi
13. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan kamida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda Komissiya tuziladi:
komissiya raisi — taʼlim muassasasi direktori (uning vazifasini bajaruvchi shaxs);
komissiya raisi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi xodimi;
komissiya aʼzolari — taʼlim muassasasi direktori oʻrinbosarlari, tegishli kafedra mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari xodimlari hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-uslubiy ishlar sohasidagi tajribali rahbar va pedagog xodimlari;
komissiya kotibi — taʼlim muassasalarining kadrlar boʻyicha inspektori.
14. Tanlov ikki bosqichda — test va suhbat shakllarida oʻtkaziladi.
15. Tanlov har bir bosqich boʻyicha alohida kunlarda oʻtkazilib, birinchi kun test sinovlari, ikkinchi kun suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Tanlovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkillashtirish komissiya kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Kotib komissiya aʼzolari va tanlovda qatnashuvchi nomzodlarga tanlovni oʻtkazish vaqti va joyi haqida tanlov oʻtkaziladigan sanadan uch kun oldin xabar beradi.
16. Tanlov moddiy-texnik vositalar bilan jihozlangan maxsus oʻquv auditoriyasida oʻtkaziladi hamda tanlov jarayoni videotasvirga olinadi.
17. Tanlov oʻtkazish boʻyicha test savollari majmui Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishiladi.
18. Test savollari va ularning javoblari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasida saqlanadi.
19. Nomzodga beriladigan test savollari 10 xil variantda tayyorlanadi va 40 tadan savoldan (shundan, har bir savolga 4 tadan (a, b, s, d) javob) iborat kitob shaklida boʻladi va uning titul varagʻida nomzodning F.I.O., tanlov oʻtkazilgan kun, test savollariga berilgan javoblarni tekshirish natijalari va tekshirgan shaxs (shaxslar) F.I.O. va imzosi koʻrsatiladi.
20. Test sinovida nomzodga 40 ta savoldan iborat 1 ta test varianti beriladi, bunda har bir toʻgʻri javoblar — 0,5 ball bilan baholanadi.
21. Komissiya tomonidan nomzodga test sinovi oʻtkazishning qisqacha maqsadi, mazmuni va tartibi tushuntiriladi hamda belgilangan tartibda test sinovlari qabul qilinadi.
22. Nomzodlarga test sinovlariga javob berish uchun aniq fanlar (jumladan, matematika, informatika, fizika, kimyo va biologiya) uchun 90 daqiqa, ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Javoblar varaqasini belgilash uchun qoʻshimcha 10 daqiqa beriladi.
23. Test savollariga javob berish jarayonida nomzodlarga quyidagi taqiqlar qoʻyiladi:
qonunchilik hujjatlaridan, maʼlumotnoma (spravochnik) va maxsus adabiyotlardan, har qanday turdagi texnika vositalaridan yoki boshqa materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish;
boshqa shaxslar bilan suhbatlashish;
test savollari oʻtkazilayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqish.
Mazkur banddagi talablarga rioya qilmagan nomzod test jarayonini oʻtkazish tartibini buzgan deb topiladi va uni tanlovda qatnashishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holatda Komissiya kotibi tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
24. Test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzodlar test materiallarini komissiya kotibiga topshiradi.
25. Komissiya aʼzolari test sinovlari oʻtkazilgandan soʻng 3 soat ichida test savollariga berilgan javoblarni tekshirib, natijalarni (toʻgʻri va notoʻgʻri javoblar soni) tegishlicha har bir nomzodning test kitobi titul varagʻiga yozib qoʻyadi. Testda 12 balldan kam toʻplagan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga qoʻyilmaydi.
26. Test sinovlari natijalari sinov oʻtkazilgan kunda nomzodlarga eʼlon qilinadi.
27. Tanlov oʻtkazish jarayonida har bir nomzod bilan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq 80 ballik baholash mezonlari boʻyicha suhbat oʻtkaziladi va shu kunning oʻzida test natijalari bilan qoʻshib, umumiy ball eʼlon qilinadi.
Suhbat davomida nomzodlarga:
ilmiy-pedagogik faoliyatining natijalariga doir taqdimoti uchun 5 daqiqa;
taʼlimning innovatsion metodlarini qoʻllagan holda tegishli fanning aniq bir mavzusini oʻqitish metodikasi boʻyicha pedagogik mahoratini namoyon qilish uchun — 15 daqiqa;
kasbiy koʻnikmasini aniqlash maqsadida savol-javob uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.
28. Nomzodlar tomonidan ilmiy-pedagogik faoliyati natijalarini baholashga qaratilgan oʻquv-metodik, ilmiy tadqiqot va ijodiy ish materiallarini qamrab oluvchi portfolio tayyorlanadi.
Portfolioga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi tanlov oʻtkazilishidan bir kun oldin komissiya kotibi tomonidan oʻrganib chiqiladi hamda baholash uchun komissiyaga taqdim etiladi.
29. Nomzod pedagogik mahoratini namoyon qilish jarayonida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishi lozim:
pedagogik mahoratining metodik darajasi, ilmiy-pedagogik salohiyati, qoʻllaniladigan metod, usul va vositalarning rejalashtirilgan mashgʻulot maqsadiga, shuningdek mantiqiylik, aniqlik va tizimlilik tamoyillariga mos kelishiga;
oʻquv mashgʻulotlari boʻyicha ijodiy muhokamani tashkil etish hamda pedagogik texnologiyalarni qoʻllagan holda auditoriyani jalb qila olishiga;
oʻqitilayotgan fan boʻyicha egallagan bilimi, amaliy koʻnikmasi va malakasining shakllanganligiga;
oʻquvchilarda ijodiy-kreativ fikrlay olish, mustaqil qaror qabul qilish orqali kasbiy koʻnikmalarini shakllantira olishga.
Nomzodning pedagogik mahoratini namoyon qilish natijalari komissiya aʼzolari tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq mezonlar asosida baholanadi.
30. Komissiya tomonidan nomzodning kasbiy faoliyatida erishgan natijalari va pedagogik mahoratini baholash bilan birga pedagog xodimlarga xos boʻlgan kreativlik, nutq madaniyati va kasbiy kompetentlik darajasini zamonaviy talablarga mosligini aniqlash maqsadida ular bilan pedagogik suhbat oʻtkaziladi.
31. Pedagogik suhbat jarayonida komissiya aʼzolari tomonidan quyidagi yoʻnalishlar doirasida savollar beriladi:
taʼlim mutaxassisligining oʻziga xosligidan kelib chiqib, vaziyatni tahlil qilishga qodirlik darajasini aniqlash boʻyicha;
oʻquvchilar ongiga “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burch” konseptual gʻoyasini singdira olish boʻyicha;
taʼlimda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash, kompyuter va Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish samaradorligini aniqlash boʻyicha;
taʼlim jarayonida qonunchilik hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan (www.lex.uz) foydalanish, tahlil qilish va sharhlash koʻnikmalarini aniqlash boʻyicha;
chet tillari (rus tili, ingliz tili va boshqalar)ni oʻzlashtirish darajasini aniqlash boʻyicha;
oʻquv mashgʻulotlarda vaqtdan unumli foydalanish metodi (taym-menejment)ni qoʻllash mahoratini aniqlash boʻyicha.
32. Komissiya aʼzolari nomzodlarga berilgan savollarga ularning javoblari toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini darhol maʼlum qiladilar hamda komissiyaning har bir aʼzosi oʻzining bahosini qayd varagʻiga qoʻyadi.
Tanlovning mazkur shakli boʻyicha yakuniy natijalar nomzodlarning ishtirokisiz komissiya aʼzolari tomonidan kollegiallik tamoyili asosida oʻrtacha arifmetik ball shaklida xolisona baholanadi.
33. Tanlovdan oʻtayotgan nomzodlarning fan doktori (DSc) yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga egaligi, xalqaro yoki respublika miqyosida oʻtkazilgan koʻrgazmali tanlov hamda nominatsiyalarda erishgan yutuqlari, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatning mavjudligi, shuningdek pedagogik suhbat jarayonida oʻquvchilarga “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burch” konseptual gʻoyasini singdira olishga doir kasbiy va shaxsiy sifatlari ularni ijobiy baholashda inobatga olinadi.
34. Oʻtkazilgan ikki bosqichli tanlovning yakuniy natijalari komissiya aʼzolarining imzosi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi tanlov natijalari qayd varaqasi rasmiylashtiriladi.
4-bob. Tanlov natijalari
35. Tanlov komissiyasi qaroriga koʻra mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan baholash mezonlari boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar tanlov oʻtkazilayotgan boʻsh oʻrinlarga pedagogik xodim sifatida ishga qabul qilinadi.
36. Tanlov natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
a) pedagog xodim sifatida ishga qabul qilishga tavsiya etiladi;
b) pedagog xodim sifatida ishga qabul qilishga tavsiya etilmaydi.
37. Tanlov natijalari komissiya bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
38. Tanlov natijasidan norozi boʻlgan nomzodlar apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilish huquqiga ega.
39. Apellyatsiya komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi asosida kamida 4 kishidan iborat tanlov komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan taʼlim muassasasi direktori oʻrinbosari, tegishli kafedra mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari xodimlari hamda oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-uslubiy ishlar sohasidagi tajribali rahbar va pedagog xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi xodimi raislik qiladi.
Apellyatsiya shikoyati tanlov natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab bir ish kuni davomida berilishi mumkin. Nomzod tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijasiga qoʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
a) eʼtiroz asossiz boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish va tanlov natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
b) eʼtiroz asosli boʻlsa, tanlov natijalariga oʻzgartirish kiritish va pedagog xodim sifatida ishga qabul qilishga tavsiya etish.
40. Tanlov bilan bogʻliq barcha hujjatlar taʼlim muassasalarining kadrlar boʻlinmalarida 5 yil davomida saqlanadi.
41. Komissiya tomonidan tanlab olingan nomzodlarni taʼlim muassasasi direktori mehnat shartnomasi tuzish orqali ishga qabul qiladi hamda belgilangan tartibda tegishli buyruq bilan rasmiylashtiradi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
42. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddaci, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internati boʻsh lavozimlariga xodimlarni jamlash uchun tanlov oʻtkazish va pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytida eʼlon beradi.
Boʻsh lavozimlar mavjud boʻlganda 3 kun ichida
2-bosqich
Talabgorlar
Milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz), taʼlim muassasalarining veb-sayti orqali onlayn yoki toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi.
Eʼlon berilgan kundan boshlab 20 kun ichida
3-bosqich
Ichki ishlar vazirligi
Taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish uchun ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan taʼlim muassasasi direktori boshchiligidagi komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tuziladi.
Eʼlon berilgan kundan boshlab 10 kun ichida
4-bosqich
Ichki ishlar vazirligi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Tanlov oʻtkazish boʻyicha test savollari majmuini ishlab chiqadi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishadi.
Eʼlon berilgan kundan boshlab 10 kun ichida
5-bosqich
Komissiya
(tanlov bosqichi)
1. Taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha test va suhbat shakllarida tanlov oʻtkazadi.
2. Tanlov natijalariga koʻra tegishli qaror qabul qilinadi va bayon bilan rasmiylashtiradi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan keyin 10 ish kuni ichida
6-bosqich
Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari
Komissiya tomonidan tanlab olingan nomzodlar taʼlim muassasalari oʻrtasida mehnat shartnomasi tuziladi va belgilangan tartibda tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi
Tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kuni ichida
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Nomzodni test sinovidan chetlashtirish toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
Hudud nomi _____________________________________________________________________________ Bino ___________________________________ Xona __________________________________________
Fan ________________________________________
“____” _________________ 20 ____ yil __________________________________________________________
(dalolatnoma tuzilgan joy nomi)
Biz, quyida imzo chekuvchilar, shuni tasdiqlaymizki, Nomzod ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________
(tuman (shahar) taʼlim muassasasi nomi F.I.O)
Fan nomi ___________________________________ Fan tili ________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilishning
Internet jahon axborot tarmogʻi imkoniyatlaridan foydalanish darajasi
3
*Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyiladigan ball tanlovdan oʻtayotgan har bir nomzodning soʻnggi uch yillik natijalaridan kelib chiqqan holda alohida qoʻyiladi.
Har bir yoʻnalish boʻyicha qoʻyiladigan ballar baholash mezonidagi cheklangan ballar miqdoridan oshmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
*Komissiya aʼzolari tomonidan har bir yoʻnalish boʻyicha qoʻyiladigan ball tanlovdan oʻtayotgan nomzodga
alohida toʻldiriladi hamda mazkur ilovaga muvofiq komissiya kotibi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 39-son, 1045-modda):
toʻrtinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutiga va Harbiy-texnika institutiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlik asosida tegishlicha ichki ishlar organlariga, Milliy gvardiyaning qoʻriqlash xizmatiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalariga xizmatga qabul qilinadi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga akademik litseyni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom hamda ijtimoiy-gumanitar taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi”;
quyidagi mazmundagi 41-bob qoʻshilsin:
“41-bob. IIV akademik litseylari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va ularni oʻqishdan chetlashtirish
271. Oʻquvchilarni boshqa taʼlim muassasalaridan IIV akademik litseylariga koʻchirish taqiqlanadi.
272. Oʻquvchilarning oʻqishini bir IIV akademik litseyidan boshqa IIV akademik litseyiga koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi bilan kelishilgan holda yozgi taʼtil davrida amalga oshiriladi.
273. Oʻquvchilar quyidagi hollarda oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin:
a) oʻz xohishiga binoan, boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
b) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
v) doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki davlatga chiqib ketganda;
g) oʻquvchi tomonidan oʻquv dasturi va oʻquv rejasi talablari bajarilmaganda (semestr yakuni boʻyicha oʻtkazilgan yakuniy nazoratda ikkita va undan ortiq fanlar boʻyicha qoniqarsiz baho olganda);
d) bir semestr mobaynida uzrli sabablarsiz 72 soat va undan koʻp mashgʻulotlarda qatnashmaganda;
e) oʻquvchi tomonidan IIV akademik litseyining kun tartibiga muntazam rioya etmaslik yoki ichki tartib-qoidalari qoʻpol ravishda buzilganda;
j) oʻquvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
z) vafot etganligi sababli;
i) ota-onasi boshqa davlatga xizmat safariga yuborilganda ular bilan joʻnab ketganda.
274. IIV akademik litseylaridan chetlashtirilgan oʻquvchilar oʻqishga qayta tiklanmaydi, mazkur Nizom 273-bandining “b” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
275. Mazkur Nizom 273-bandining “b” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda oʻqishdan chetlatilganligiga 1 yildan 2 yilgacha muddat boʻlgan oʻquvchilarning oʻqishini qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
276. IIV akademik litseylaridan chetlatilgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar akademik litsey direktori tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir hafta muddatda tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga taqdim etiladi.
277. IIV akademik litseydan chetlashtirilgan oʻquvchilarni Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo Komissiya tomonidan yashash manzili boʻyicha majburiy umumiy oʻrta taʼlimga jalb etish toʻgʻrisida qarori bilan birgalikda hujjatlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalariga yuboriladi.
278. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalari 10 kun muddat ichida oʻquvchining oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish masalasini hal etadi va bu toʻgʻrisida IIV akademik litseyiga hamda oʻquvchining oʻqishi koʻchirilayotgan taʼlim muassasasiga yozma ravishda maʼlumot yuboradi.
Bunda oʻquvchining oʻqishi koʻchirilayotgan taʼlim muassasasiga yuboriladigan maʼlumotga IIV akademik litseyidan taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
279. Oʻquvchining oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgan IIV akademik litseyi direktori oʻquvchini oʻquvchilar safidan chiqarish haqida buyruq chiqaradi va 3 kun muddatda oʻquvchini qabul qilayotgan taʼlim muassasasiga joʻnatadi.
2710. Oʻqishdan chetlashtirilgan yoki oʻqishi koʻchirilayotgan oʻquvchini qabul qilayotgan taʼlim muassasasi direktori 3 kun muddatda oʻquvchini oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
2711. Oʻquvchilarni chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar, pedagogik kengashning qarori, buyruq, ariza, oʻzlashtirish daftarchasi IIV akademik litseyida saqlanadi”.
“28. Tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar IIV akademik litseyida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar.
IIV akademik litseylariga oʻqituvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishga qabul qilinadi”;
31-bandda “Kadrlar bosh boshqarmasi” soʻzlari “Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32-bandning beshinchi xatboshida “Ichki ishlar vazirligining Moliya va moddiy-texnika taʼminoti bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
37-bandda “Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarning” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda viloyatlar IIBlarning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlar hamda viloyat IIB boshliqlari IIV akademik litseyi qabul komissiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining yuqori malakali va tajribali katta ofitserlari komissiya raisi oʻrinbosarlari etib belgilanadi”;
9-bandda “Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlariga” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda viloyatlar IIBlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16 va 19-bandlarda “Toshkent shahar IIBB” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandda “tegishli IIV akademik litseyiga kelganda” soʻzlari “qabul yilining 1-iyun kuniga qadar tegishli IIV akademik litseyining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qoʻshilsin;
“Qabul yilining 1-iyun kunidan soʻng oʻqishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar qabul qilinmaydi.
Qabul komissiyasi nomzodlarning oʻqishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini qabul yilining 25-iyun kuniga qadar tegishli vazirlik va idoralar bilan koʻrib chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etilishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasiga taqdim etadi”;
21-bandda “Kadrlar bosh boshqarmasi” soʻzlari “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
23, 27 va 30-bandlarda “Toshkent shahar IIBB va” soʻzlari “Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
24-bandda “Toshkent shahar IIBB va” hamda “Kadrlar bosh boshqarmasi” soʻzlari tegishlicha “Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda” va “Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“ixtisoslik fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalarda oxirgi uch yil (qabul yili va undan oldingi ikki yil), respublika fan olimpiadalarida oxirgi bir yil (qabul yili va undan oldingi yil), Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalarning respublika bosqichida oxirgi bir yil (qabul yili va undan oldingi yil) davomida gʻolib boʻlgan nomzodlar”;
“Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida, test sinovlarisiz imtiyoz tartibida maxsus-professional tanlovda toʻplagan ballari boʻyicha ketma-ketlikda qabul qilinib, toʻplagan ballari teng boʻlib qolgan nomzodlar umumiy kvotadan tashqari qabul qilinadi”;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son; 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)