

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5294106" id="onLBC-5294106">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7628"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-5294106" id="onLS-5294106">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-5295426" id="-5295426">Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-5295428" id="-5295428">Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida</div></div><div class="GRIF_PARLAMENT"><div name="-5295433" id="-5295433">Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-avgustda qabul qilingan<br />Senat tomonidan 2020-yil 11-sentabrda maʼqullangan</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5295792" id="-5295792"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5295805" id="-5295805">I bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295806" id="-5295806">1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295815" id="-5295815">Ushbu Qonunning maqsadi xalqaro tijorat arbitrajlarining faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295816" id="-5295816">2-modda. Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisidagi qonunchilik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295818" id="-5295818">Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5295819" id="onLBC-5295819">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7693"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295819" id="-5295819">Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295821" id="-5295821">3-modda. Ushbu Qonunning xalqaro mansubligi va asosiy prinsiplari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295830" id="-5295830">Ushbu Qonun normalarini sharhlashda uning xalqaro mansubligini hamda uning qoʻllanilishida bir xillikka erishishga va halollikka rioya etilishiga koʻmaklashish zaruratini hisobga olish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295831" id="-5295831">Ushbu Qonunni tartibga solish predmetiga taalluqli boʻlgan va unda toʻgʻridan-toʻgʻri hal etilmagan masalalar ushbu Qonun asoslangan umumiy prinsiplarga muvofiq hal etilishi lozim.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295832" id="-5295832">4-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295833" id="-5295833">Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlat (davlatlar) oʻrtasida amalda boʻlgan kelishuvlarga rioya etgan holda xalqaro tijorat arbitrajiga nisbatan qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295834" id="-5295834">Xalqaro tijorat arbitrajiga taraflarning kelishuviga binoan tijorat xususiyatiga ega boʻlgan ham shartnomaviy, ham shartnomadan tashqari barcha munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295835" id="-5295835">Ushbu Qonunning qoidalari, bundan <a href="/ru/acts/-5294106#-5295958">13</a>, <a href="/ru/acts/-5294106#-5295966">14</a>, <a href="/ru/acts/-5294106#-5296094">30</a>, <a href="/ru/acts/-5294106#-5296099">31</a>, <a href="/ru/acts/-5294106#-5296149">32</a>, <a href="/ru/acts/-5294106#-5296305">51</a> va <a href="/ru/acts/-5294106#-5296309">52-moddalar</a> mustasno, faqat arbitraj joyi Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan holdagina qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295837" id="-5295837">Agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295840" id="-5295840">1) arbitraj kelishuvi taraflarining tijorat korxonalari uni tuzish paytida turli davlatlarda joylashgan boʻlsa; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295843" id="-5295843">2) quyidagi joylardan biri taraflar oʻz tijorat korxonalariga ega boʻlgan davlatdan tashqarida joylashgan boʻlsa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295846" id="-5295846">a) arbitraj joyi, agar u arbitraj kelishuvida yoki unga muvofiq belgilangan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295847" id="-5295847">b) tijorat munosabatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning katta qismi ijro etilishi kerak boʻlgan har qanday joy yoki nizo predmeti bilan koʻproq chambarchas bogʻliq boʻlgan joy; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295850" id="-5295850">3) taraflar arbitraj kelishuvining predmeti bittadan koʻproq mamlakat bilan bogʻliq ekanligi toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri kelishib olgan boʻlsa, arbitraj xalqaro deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295852" id="-5295852">Ushbu modda <a href="/ru/acts/-5294106#-5295837">toʻrtinchi qismining </a>maqsadlari uchun, agar taraf:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295857" id="-5295857">1) bittadan ortiq tijorat korxonasiga ega boʻlsa, arbitraj kelishuvi bilan koʻproq chambarchas aloqaga ega boʻlgani tijorat korxonasi hisoblanadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295858" id="-5295858">2) tijorat korxonasiga ega boʻlmasa, uning odatdagi joylashgan yeri (yashash joyi) eʼtiborga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295861" id="-5295861">Ushbu Qonun muayyan nizolarni arbitrajga topshirish mumkin emasligi yoki bu nizolarni arbitrajga faqat ushbu Qonunning qoidalari hisoblanmaydigan qoidalarga muvofiq topshirish mumkinligi belgilangan har qanday boshqa Oʻzbekiston Respublikasi qonunining amal qilishiga taʼsir qilmaydi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295863" id="-5295863">5-modda. Asosiy tushunchalar va sharhlash qoidalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295868" id="-5295868">Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295872" id="-5295872"><strong>arbitraj</strong> — doimiy arbitraj muassasasi yoki muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etiladigan arbitraj sudi tomonidan amalga oshirilishidan qatʼi nazar, nizoni hal etish tartib-taomili;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295874" id="-5295874"><strong>arbitraj muassasasi</strong> — xalqaro tijorat arbitrajini boshqaradigan tashkilot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295875" id="-5295875"><strong>arbitr</strong> — taraflar tomonidan nizoni arbitrajda hal qilish uchun kelishilgan tartibda tayinlangan jismoniy shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295876" id="-5295876"><strong>arbitraj sudi</strong> — yakka tartibdagi arbitr yoki arbitrlar hayʼati;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5295878" id="onLBC-5295878">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7596"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari;</span></div><div id="LBC7597"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295878" id="-5295878"><strong>sud </strong>— Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimining tegishli sudi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295886" id="-5295886">Agar ushbu Qonunning biror-bir qoidasi muayyan masala yuzasidan qaror qabul qilish imkoniyatini taraflarga bersa, taraflar bunday qarorni qabul qilishni biror-bir uchinchi shaxsga, shu jumladan muassasasiga topshirishi mumkin, bundan <a href="/ru/acts/-5294106#-5296236">44-modda </a>mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295888" id="-5295888">Agar ushbu Qonunning biror-bir qoidasida taraflarning shartlashib olganligiga yoki shartlashib olishi mumkinligiga doir havola yoxud taraflar kelishuviga doir har qanday boshqa havola mavjud boʻlsa, bunday kelishuv unda koʻrsatilgan har qanday arbitraj qoidalarini oʻz ichiga oladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295889" id="-5295889">Agar ushbu Qonunning biror-bir qoidasida, bundan 41-modda birinchi qismining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296182">1-bandi</a> va 48-modda ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296275">1-bandi</a> mustasno, daʼvoga oid havola mavjud boʻlsa, bu qoida qarshi daʼvoga nisbatan ham qoʻllaniladi, agar qoidada eʼtirozga havola mavjud boʻlsa, ushbu qoida qarshi daʼvoga doir eʼtirozga nisbatan ham qoʻllaniladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295890" id="-5295890">6-modda. Arbitrlarning va arbitraj muhokamasi boshqa ishtirokchilarining immuniteti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295891" id="-5295891">Arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasi va uning xodimlari arbitraj muhokamasiga taalluqli har qanday harakatlar yoki harakatsizlik uchun, agar bunday harakat yoxud harakatsizlik qasddan sodir etilganligi isbotlanmasa, taraflar yoki boshqa shaxslar oldida javobgar boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295892" id="-5295892">Ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5295891">birinchi qismida</a> sanab oʻtilgan shaxslar arbitraj muhokamasiga taalluqli har qanday masala boʻyicha biror-bir tushuntirishlarni berishga majbur emas yoki arbitraj muhokamasi natijasida kelib chiqqan sud yoki boshqa jarayonda guvoh sifatida jalb etilishi mumkin emas.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295893" id="-5295893">7-modda. Arbitraj sudining mustaqilligi </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5295894" id="onLBC-5295894">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6062"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.13.00.00 Sud hokimiyati (shuningdek, 17.00.00.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295894" id="-5295894">Arbitraj sudlari oʻz faoliyatida hech kimga boʻysunmaydi va mustaqildir. Arbitraj sudlarining faoliyatiga biror-bir aralashuvga, xuddi shuningdek unga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bu Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295895" id="-5295895">8-modda. Sud aralashuvining chegaralari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295896" id="-5295896">Arbitraj sudining faoliyatiga hech qanday sud aralashuviga, mazkur Qonunda bunday aralashuv belgilangan hollardan tashqari, yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-6821156" id="-6821156">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining <a href="/ru/acts/-3523891#-6034605">281-moddasi.</a></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295929" id="-5295929">9-modda. Sudning vakolati </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5295932" id="onLBC-5295932">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7628"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295932" id="-5295932">Ushbu Qonun 16-moddasining <a href="/ru/acts/-5294106#-5295975">uchinchi</a> va <a href="/ru/acts/-5294106#-5295979">toʻrtinchi qismlarida</a>, 18-moddasining <a href="/ru/acts/-5294106#-5295995">uchinchi qismida</a>, <a href="/ru/acts/-5294106#-5295997">19-moddasida</a>, 21-moddasining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296008">uchinchi qismida</a> va 50-moddasining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296291">ikkinchi qismida</a> koʻrsatilgan funksiyalar Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sudlari tomonidan bajariladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295935" id="-5295935">10-modda. Yozma xabarlarni olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295937" id="-5295937">Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295938" id="-5295938">1) har qanday yozma xabar, agar u oluvchiga shaxsan topshirilgan yoki uning tijorat tashkiloti odatdagi joylashgan yeri (yashash joyi) yoki pochta manzili boʻyicha yetkazilgan boʻlsa, olingan deb hisoblanadi; agar bularni oqilona surishtirib maʼlumotlar toʻplash yoʻli bilan aniqlash mumkin boʻlmasa, yozma xabar oluvchiga buyurtma xat bilan yoki ushbu xabarni yetkazishga boʻlgan urinishni qayd etishni nazarda tutadigan har qanday boshqa tarzda uning maʼlum boʻlgan oxirgi tijorat korxonasining odatdagi joylashgan yeriga (yashash joyiga) yoki pochta manziliga yuborilgan boʻlsa, yozma xabar olingan deb hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295939" id="-5295939">2) xabar u yetkazib berilgan kunda olingan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295940" id="-5295940">Ushbu moddaning qoidasi sud muhokamasi jarayonidagi xabarlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295941" id="-5295941">11-modda. Eʼtiroz bildirish huquqidan voz kechish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295942" id="-5295942">Agar taraf ushbu Qonunning taraflar voz kechishi mumkin boʻlgan biror-bir qoidasiga yoki arbitraj kelishuvida nazarda tutilgan biror-bir talabga rioya etilmaganligini bilgan va shunga qaramay asossiz kechikishsiz bunday rioya etmaslikka qarshi eʼtirozlar bildirmasdan arbitraj muhokamasida ishtirok etishni davom ettirgan yoki agar ushbu maqsad uchun biror-bir muddat nazarda tutilgan boʻlsa, bunday muddat oʻtgach, oʻzining eʼtiroz bildirishga boʻlgan huquqidan voz kechgan hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5295943" id="-5295943">2-bob. Arbitraj kelishuvi</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295944" id="-5295944">12-modda. Arbitraj kelishuvining taʼrifi va shakli</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295945" id="-5295945">Taraflarning shartnomaviy xususiyatga egaligidan yoki ega emasligidan qatʼi nazar, biror-bir aniq huquqiy munosabat bilan bogʻliq boʻlgan, ular oʻrtasida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha yoki muayyan nizolarni arbitrajga topshirish toʻgʻrisidagi kelishuvi arbitraj kelishuvi hisoblanadi. Arbitraj kelishuvi shartnomaning arbitraj sharti yoki alohida kelishuv tarzida tuzilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295948" id="-5295948">Arbitraj kelishuvi yozma shaklda tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295951" id="-5295951">Agar arbitraj kelishuvining mazmuni arbitraj kelishuvi yoki shartnoma ogʻzaki shaklda tuzilganligidan yoki tuzilmaganligidan qatʼi nazar, taraflarning harakati asosida yoxud boshqa vositalar yordamida biror-bir shaklda qayd etilgan boʻlsa, ushbu kelishuv yozma shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295953" id="-5295953">Arbitraj kelishuvini yozma shaklda tuzish toʻgʻrisidagi talab elektron xabar orqali, agar undagi axborot kelgusida undan foydalanish uchun ochiq boʻlsa, qanoatlantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295954" id="-5295954">Elektron xabar taraflar maʼlumotlarni yuborish orqali uzatadigan har qanday xabarni anglatsa; maʼlumotlardan xabardor qilish elektron, magnit, optik yoki xuddi shunday vositalar, shu jumladan elektron maʼlumotlar almashish, elektron pochta, telegramma, teleks va telefaks yordamida, biroq ular bilan cheklanmagan holda tayyorlangan, yuborilgan, qabul qilib olingan yoki saqlanayotgan axborotni anglatadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295955" id="-5295955">Bundan tashqari, arbitraj kelishuvi daʼvo arizasini almashish va daʼvoga doir fikr bildirish orqali tuzilib, ularda taraflardan biri kelishuv mavjudligini tasdiqlayotgan, boshqasi esa bunga qarshi eʼtiroz bildirmayotgan boʻlsa, ushbu kelishuv yozma shaklda tuzilgan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295957" id="-5295957">Shartnomadagi arbitraj shartini oʻz ichiga olgan biror-bir hujjatga havola, basharti ushbu havola aytib oʻtilgan shartni shartnomaning bir qismiga aylantirsa, arbitraj kelishuvi hisoblanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-6821257" id="-6821257"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli “</em>Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida<em>”gi </em><a href="/ru/acts/-4859436">qarori.</a></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295958" id="-5295958">13-modda. Arbitraj kelishuvi va nizoning mazmuni boʻyicha sudga daʼvo taqdim etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295961" id="-5295961">Arbitraj kelishuvining predmeti boʻlgan masala yuzasidan oʻziga daʼvo taqdim etilgan sud, agar taraflardan istalgan biri nizoning mazmuni boʻyicha oʻzining birinchi arizasini taqdim etishidan oldin bu haqda soʻragan boʻlsa, agar mazkur kelishuvning haqiqiy emasligini, oʻz kuchini yoʻqotganligini yoki bajarilishi mumkin emasligini aniqlamagan boʻlsa, taraflarni arbitrajga yuborishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295963" id="-5295963">Ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5295961">birinchi qismida</a> koʻrsatilgan daʼvo taqdim etilgan taqdirda, masala sudning koʻrib chiqishida turgan boʻlishiga qaramay, arbitraj muhokamasi boshlanishi yoki davom ettirilishi hamda arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilinishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295966" id="-5295966">14-modda. Arbitraj kelishuvi va sudning taʼminlash choralari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295967" id="-5295967">Tarafning taʼminlash choralarini koʻrish haqida arbitraj muhokamasidan oldin yoki arbitraj muhokamasi vaqtida ariza bilan sudga murojaat qilganligi va sud tomonidan bunday choralarni koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganligi arbitraj kelishuviga zid boʻlmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5295969" id="-5295969">3-bob. Arbitraj sudining tarkibi va yurisdiksiyasi</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295970" id="-5295970">15-modda. Arbitrlar soni</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295971" id="-5295971">Taraflar oʻz xohishiga koʻra arbitrlar sonini belgilashi mumkin. Bunday kelishuv boʻlmaganda uch nafar arbitr tayinlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-6821269" id="-6821269"><em>Qarang: </em>Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 20-iyuldagi 62-2023/B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi mehnat arbitraji toʻgʻrisidagi <a href="/ru/acts/-6546459#-6547824">namunaviy nizom.</a> (roʻyxat raqami 3449, 2023-yil 26-iyul).</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295972" id="-5295972">16-modda. Arbitrlarni tayinlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295973" id="-5295973">Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, hech bir shaxs oʻzining fuqaroligi sababli arbitr sifatida ishtirok etish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295974" id="-5295974">Basharti taraflar ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5295979">toʻrtinchi</a> va <a href="/ru/acts/-5294106#-5295985">beshinchi qismlari</a> qoidalariga rioya etsa, arbitrni yoki arbitrlarni tayinlash tartib-taomilini oʻz xohishiga koʻra kelishib olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295975" id="-5295975">Bunday kelishuv mavjud boʻlmasa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295976" id="-5295976">1) uch nafar arbitrli arbitrajda har bir taraf bittadan arbitrni tayinlaydi va shu tariqa tayinlangan ikki nafar arbitr uchinchi arbitrni tayinlaydi; agar bir taraf boshqa tarafning bu haqdagi iltimosi olingach oʻttiz kun ichida arbitrni tayinlamasa yoki ikki arbitr oʻzi tayinlangan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida uchinchi arbitrni tanlash toʻgʻrisida kelisha olmasa, arbitr istalgan tarafning iltimosiga binoan sud tomonidan tayinlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295977" id="-5295977">2) yakka tartibdagi arbitrlik arbitrajida, agar taraflar arbitrni tanlash toʻgʻrisida kelisha olmasa, arbitr taraflardan istalgan birining iltimosiga binoan sud tomonidan tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295979" id="-5295979">Agar taraflar tomonidan kelishilgan tayinlash tartib-taomilida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295981" id="-5295981">1) taraflardan biri bunday tartib-taomilga rioya etmasa; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295983" id="-5295983">2) taraflar yoki ikki arbitr bunday tartib-taomilga muvofiq kelishuvga erisha olmasa; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295984" id="-5295984">3) uchinchi shaxs, shu jumladan muassasa shunday tartib-taomilga muvofiq oʻz zimmasiga yuklatilgan biror-bir vazifani bajarmasa, agar tayinlash tartib-taomili toʻgʻrisidagi kelishuvda tayinlashni taʼminlashning boshqacha usullari nazarda tutilmagan boʻlsa, istalgan taraf suddan zarur choralar koʻrilishini soʻrashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295985" id="-5295985">Ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5295975">uchinchi</a> yoki <a href="/ru/acts/-5294106#-5295979">toʻrtinchi qismlariga</a> muvofiq sud tomonidan chiqariladigan qaror ustidan shikoyat qilinmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295986" id="-5295986">Arbitrni tayinlashda sud taraflarning kelishuviga muvofiq arbitrga qoʻyiladigan har qanday talabni hamda mustaqil va xolis arbitrni tayinlashni taʼminlashi mumkin boʻlgan fikrlarni lozim darajada inobatga oladi, yakka tartibdagi arbitr yoki uchinchi arbitr tayinlangan taqdirda esa fuqaroligi taraflarning fuqaroligidan boshqa fuqarolikka ega boʻlgan arbitrni tayinlash maqbul ekanligini ham eʼtiborga oladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295988" id="-5295988">17-modda. Rad etish uchun asoslar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295990" id="-5295990">Biror-bir shaxsga uning arbitr sifatida tayinlanishi mumkinligi munosabati bilan murojaat qilingan taqdirda, ushbu shaxs oʻzining xolisligi yoki mustaqilligi borasida asosli shubhalar keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan har qanday holatlar toʻgʻrisida maʼlum qilishi kerak. Arbitr oʻzi tayinlangan paytdan eʼtiboran va butun arbitraj muhokamasi davomida taraflarga har qanday shunday holatlar toʻgʻrisida, agar u taraflarni bunday holatlar toʻgʻrisida ilgari xabardor qilmagan boʻlsa, darhol maʼlum qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295991" id="-5295991">Arbitr faqat uning xolisligi yoki mustaqilligi borasida asosli shubhalar keltirib chiqaruvchi holatlar mavjud boʻlgan yoki u taraflar kelishuvida belgilangan talablarga mos kelmagan taqdirda rad etilishi mumkin. Taraf oʻzi tayinlagan yoki tayinlanishida oʻzi ishtirok etgan arbitrni rad etish haqida faqat u tayinlanganidan keyin oʻziga maʼlum boʻlib qolgan sabablar boʻyicha arz qilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295992" id="-5295992">18-modda. Rad etish tartib-taomili</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295993" id="-5295993">Taraflar, basharti ushbu modda <a href="/ru/acts/-5294106#-5295995">uchinchi qismining</a> qoidalariga rioya etilsa, arbitrni rad etish tartib-taomili toʻgʻrisida oʻz xohishiga koʻra kelishib olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295994" id="-5295994">Bunday kelishuv mavjud boʻlmaganda, arbitrni rad etmoqchi boʻlgan taraf arbitraj sudi tarkibi shakllantirilishi haqida yoki ushbu Qonun 17-moddasining <a href="/ru/acts/-5294106#-5295991">ikkinchi qismida</a> koʻrsatilgan har qanday holat toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlib qolganidan keyin oʻn besh kun ichida yozma arizada arbitraj sudiga rad etish sabablarini xabar qiladi. Agar rad etilishi talab qilinayotgan arbitr tayinlanishdan oʻzi voz kechmasa yoki boshqa taraf rad etishga rozi boʻlmasa, rad etish toʻgʻrisidagi masala arbitraj sudi tomonidan hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295995" id="-5295995">Agar taraflar tomonidan kelishilgan har qanday tartib-taomil yoki ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5295994">ikkinchi qismida</a> nazarda tutilgan tartib-taomil qoʻllanilganda rad etish toʻgʻrisidagi ariza qanoatlantirilmasa, rad etish haqida ariza bergan taraf rad etish toʻgʻrisidagi qaror xususida bildirishnoma olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida sudga rad etishni qanoatlantirish haqida ariza berishi mumkin. Sudning mazkur arizaga taalluqli qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295996" id="-5295996">Bunday ariza hal qilinishi kutilayotgan vaqtda arbitraj sudi, shu jumladan oʻziga nisbatan rad etilishi haqida ariza berilgan arbitr arbitraj muhokamasini davom ettirishi va arbitraj hal qiluv qarorini qabul qilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5295997" id="-5295997">19-modda. Arbitrning vakolatlarini tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5295998" id="-5295998">Arbitr yuridik jihatdan yoki amalda oʻz vazifalarini bajara olmay qolsa yoxud boshqa sabablarga koʻra asossiz kechikish tufayli ularni amalga oshirishga kirishmasa, agar arbitr tayinlanishni rad etsa yoki taraflar bunday tugatish borasida kelishib olsa, uning vakolatlari tugatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296000" id="-5296000">Ushbu asoslarning biror-biri borasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, istalgan taraf vakolatlarning amal qilishi tugatilishi borasida qaror chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Sudning bunday qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296001" id="-5296001">Ushbu moddaga yoki ushbu Qonun 18-moddasining<a href="/ru/acts/-5294106#-5295994"> ikkinchi qismiga </a>muvofiq arbitr tayinlanishni oʻzi rad etsa yoki uning vakolatlari tugatilishiga taraf rozilik bersa, ushbu moddada yoki ushbu Qonun 17-moddasining <a href="/ru/acts/-5294106#-5295991">ikkinchi qismida</a> koʻrsatilgan har qanday asoslardan birining tan olinishini anglatmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296003" id="-5296003">20-modda. Yangi arbitrni tayinlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296004" id="-5296004">Arbitrning vakolatlari ushbu Qonunning <a href="/ru/acts/-5294106#-5295992">18</a> yoki <a href="/ru/acts/-5294106#-5295997">19-moddalari</a> asosida bekor qilinsa yoxud arbitr har qanday boshqa sababga koʻra tayinlanishni oʻzi rad etsa yoxud uning vakolatlari taraflarning kelishuvi boʻyicha bekor qilinsa, shuningdek arbitr vakolatlari tugatilgan har qanday boshqa holatda, yangi arbitr almashtirilayotgan arbitrni tayinlashga qoʻllaniladigan qoidalarga muvofiq tayinlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296005" id="-5296005">21-modda. Arbitraj sudining oʻz yurisdiksiyasi toʻgʻrisida qaror chiqarishga doir vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296006" id="-5296006">Arbitraj sudi oʻz yurisdiksiyasi toʻgʻrisida, shu jumladan arbitraj kelishuvining mavjudligi yoki haqiqiyligi borasidagi har qanday eʼtiroz boʻyicha oʻzi qaror chiqarishi mumkin. Ushbu maqsad uchun shartnomaning tarkibiy qismi boʻlgan arbitraj sharti shartnomaning boshqa shartlariga bogʻliq boʻlmagan kelishuv sifatida talqin qilinadi. Arbitraj sudi tomonidan shartnomaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida qaror chiqarilishi arbitraj shartining qonunga koʻra haqiqiy emasligini keltirib chiqarmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296007" id="-5296007">Arbitraj sudining yurisdiksiyasi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi ariza daʼvo boʻyicha eʼtirozlar taqdim etilishidan oldinroq berilishi mumkin. Taraf tomonidan arbitrning tayinlanishi yoki arbitrni tayinlashda uning ishtirok etishi tarafni bunday arz qilish huquqidan mahrum etmaydi. Arbitraj sudi oʻz vakolati doirasidan chetga chiqayotganligi toʻgʻrisida arz qilish tarafning fikricha ushbu doiradan chetga chiqilayotgan masala arbitraj muhokamasi jarayonida qoʻyilishi bilanoq amalga oshirilishi kerak. Arbitraj sudi kechikib berilgan arizani har qanday shunday hollarda, agar u kechikishni uzrli deb hisoblasa, qabul qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296008" id="-5296008">Arbitraj sudi ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296007">ikkinchi qismida</a> koʻrsatilgan ariza boʻyicha qarorni dastlabki xususiyatga ega boʻlgan masala yuzasidan yoki nizoni mazmunan hal qilish chogʻida chiqarishi mumkin. Agar arbitraj sudi dastlabki xususiyatga ega boʻlgan masala yuzasidan oʻzi yurisdiksiyaga ega ekanligi toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, istalgan taraf ushbu qaror toʻgʻrisida bildirishnoma olingandan keyin oʻttiz kun ichida suddan mazkur masala boʻyicha qaror chiqarilishini iltimos qilishi mumkin va bunday qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas; bunday iltimos hal etilayotgan vaqtda arbitraj sudi arbitraj muhokamasini davom ettirishi hamda arbitrajning hal qiluv qarorini qabul qilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5296009" id="-5296009">4-bob. Taʼminlash choralari va dastlabki qarorlar</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296010" id="-5296010">22-modda. Arbitraj sudining taʼminlash choralarini belgilashga doir vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296011" id="-5296011">Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, biror-bir tarafning iltimosiga koʻra arbitraj sudi taʼminlash choralarini belgilashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296012" id="-5296012">Taʼminlash chorasi, u arbitraj hal qiluv qarori shaklida yoki biror-bir boshqa shaklda belgilanganligidan qatʼi nazar, har qanday vaqtinchalik choradan iborat boʻlib, uning yordamida nizoni uzil-kesil hal qiladigan qaror qabul qilinishidan oldingi har qanday paytda arbitraj sudi u yoki bu tarafning: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296014" id="-5296014">1) nizo hal etilayotganda mavjud boʻlgan holatni yoki nizo hal etilguniga qadar mavjud boʻlgan holatni saqlab turishi yoki tiklashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296015" id="-5296015">2) hozirgi yoki muqarrar zararning yoki arbitrajning oʻziga yetadigan zararning oldini olish maqsadida choralar koʻrishi yoki bunday zarar yetkazishi mumkin boʻlgan choralarni koʻrishdan tiyilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296016" id="-5296016">3) aktivlarni saqlash uchun mablagʻlarni arbitrning keyinchalik qabul qilinadigan hal qiluv qarori bu mablagʻlar hisobidan ijro etilishi mumkin boʻlishi uchun berishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296017" id="-5296017">4) ishga taalluqli boʻlishi va nizoni hal qilishda muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan dalillarni saqlashi toʻgʻrisida farmoyish beradi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296018" id="-5296018">23-modda. Taʼminlash choralarini belgilash shartlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296019" id="-5296019">Ushbu Qonun 22-moddasi ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296014">1</a>, <a href="/ru/acts/-5294106#-5296015">2</a> va <a href="/ru/acts/-5294106#-5296016">3-bandlariga</a> muvofiq taʼminlash chorasini soʻrayotgan taraf arbitraj sudini: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296020" id="-5296020">1) agar bunday chora belgilanmasa, zararlarni undirish orqali ham tegishli ravishda bartaraf etib boʻlmaydigan zarar yetkazilishi mumkinligiga va, agar shunday chora belgilansa, bunday zarar oʻziga nisbatan chora belgilanayotgan tarafga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarardan sezilarli darajada ortiq boʻlishiga; va</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296021" id="-5296021">2) soʻrayotgan taraf talabning mazmuni borasida muvaffaqiyatga erishishining oqilona imkoniyati mavjudligiga ishontirishi kerak. Bunday imkoniyatga nisbatan har qanday ajrim keyingi har qanday ajrimlarni chiqarishda arbitraj sudining ixtiyori erkin boʻlishiga daxl qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296022" id="-5296022">Ushbu Qonun 22-moddasi ikkinchi qismining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296017">4-bandiga</a> muvofiq taʼminlash choralarini belgilash toʻgʻrisidagi iltimosga nisbatan ushbu modda birinchi qismining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296020">1</a> va <a href="/ru/acts/-5294106#-5296021">2-bandlarida</a> nazarda tutilgan talablar faqat arbitraj sudi buni oʻrinli deb hisoblagan darajada qoʻllaniladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296023" id="-5296023">24-modda. Dastlabki qarorlarni chiqarish toʻgʻrisidagi ariza va dastlabki qarorlarni chiqarish shartlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296024" id="-5296024">Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, taraf taʼminlash chorasini belgilash toʻgʻrisidagi iltimosni soʻralayotgan taʼminlash chorasining maqsadlariga zarar yetkazmaslik majburiyatini biror-bir tarafning zimmasiga yuklatuvchi dastlabki qarorni chiqarish haqidagi ariza bilan birga, har qanday boshqa tarafni xabardor qilmagan holda taqdim etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296025" id="-5296025">Agar arbitraj sudi taʼminlash chorasini belgilash toʻgʻrisidagi iltimos boʻyicha axborotni ushbu chora qaysi tarafga nisbatan belgilanayotgan boʻlsa, oʻsha tarafga oldindan oshkor etish bunday choraning maqsadlariga zarar yetkazishi mumkin deb hisoblasa, dastlabki qarorni chiqarishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296027" id="-5296027">Ushbu Qonunning<a href="/ru/acts/-5294106#-5296018"> 23-moddasiga </a>muvofiq belgilangan shartlar, basharti ushbu Qonun 23-moddasi birinchi qismining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296020">1-bandiga </a>muvofiq baholanishi kerak boʻlgan zarar qaror chiqarilishi yoki chiqarilmasligi natijasida yetkazilishi mumkin boʻlgan zarardan iborat boʻlsa, har qanday dastlabki qarorga nisbatan qoʻllaniladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296029" id="-5296029">25-modda. Dastlabki qarorlarning alohida rejimi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296032" id="-5296032">Arbitraj sudi dastlabki qarorni chiqarish toʻgʻrisidagi arizaga nisbatan ajrim chiqarganidan soʻng arbitraj sudi barcha taraflarni taʼminlash choralarini belgilash haqidagi iltimos, dastlabki qarorni chiqarish toʻgʻrisidagi ariza, agar qabul qilingan boʻlsa, dastlabki qaror va boshqa barcha xabarlar almashinuvlari haqida darhol xabardor qiladi, shu jumladan istalgan taraf va arbitraj sudi oʻrtasidagi yuqorida sanab oʻtilganlarga taalluqli boʻlgan har qanday ogʻzaki xabarlarning mazmunini koʻrsatish yoʻli bilan xabardor qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296034" id="-5296034">Bir vaqtning oʻzida arbitraj sudi oʻziga nisbatan dastlabki qaror chiqarilayotgan istalgan tarafga oʻz fikrini imkon qadar qisqa muddatlarda bayon qilish imkonini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296036" id="-5296036">Arbitraj sudi dastlabki qaror chiqarilishiga qarshi har qanday eʼtiroz boʻyicha darhol hal qiluv qarorini qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296038" id="-5296038">Dastlabki qarorning amal qilish muddati u arbitraj sudi tomonidan chiqarilgan sanadan boshlab yigirma kun oʻtgach tugaydi. Ayni vaqtda arbitraj sudi dastlabki qarorning qoʻllanilishini yoki oʻzgartirilishini taʼminlovchi chorani oʻziga nisbatan dastlabki qaror qabul qilinayotgan tarafni xabardor qilganidan va unga oʻz nuqtai nazarini bayon etish imkoniyatini berganidan soʻng belgilashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296040" id="-5296040">Dastlabki qaror taraflar uchun majburiy kuchga ega, biroq u sud tartibida ijro etilmaydi. Bunday dastlabki qaror arbitrajning hal qiluv qarori hisoblanmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296042" id="-5296042">26-modda. Taʼminlash choralarini oʻzgartirish, toʻxtatib turish yoki bekor qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296047" id="-5296047">Arbitraj sudi oʻzi belgilagan taʼminlash chorasini yoki oʻzi chiqargan dastlabki qarorni istalgan tarafning arizasiga binoan yoki alohida holatlarda va taraflarni oldindan xabardor qilganidan soʻng arbitraj sudining oʻz tashabbusiga koʻra oʻzgartirishi, toʻxtatib turishi yoki bekor qilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296048" id="-5296048">27-modda. Taʼminotni taqdim etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296049" id="-5296049">Arbitraj sudi taʼminlash chorasini soʻrayotgan tarafdan ushbu chora munosabati bilan lozim boʻlgan taʼminot taqdim etilishini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296050" id="-5296050">Arbitraj sudi dastlabki qarorni chiqarish toʻgʻrisida iltimos qilayotgan tarafdan ushbu qaror munosabati bilan taʼminot taqdim etilishini talab qilishga, agar arbitraj sudi buni oʻrinli yoki zarur deb hisoblasa, haqli boʻladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296053" id="-5296053">28-modda. Axborotni oshkor etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296055" id="-5296055">Arbitraj sudi istalgan tarafdan chora soʻrash yoki belgilash uchun asos boʻlgan holatlarning har qanday jiddiy oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborotni darhol oshkor etishni talab qilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296056" id="-5296056">Dastlabki qaror chiqarilishi toʻgʻrisida iltimos qilayotgan taraf arbitraj sudi tomonidan ushbu qarorni chiqarish yoki uni oʻz kuchida qoldirish haqidagi ajrimni qabul qilishga aloqador boʻlishi mumkin boʻlgan barcha holatlar haqidagi axborotni arbitraj sudiga oshkor etadi va bu majburiyat qaror chiqarilishi soʻralayotgan tarafga iltimos qilayotgan tomonning axborotida keltirilgan holatlar boʻyicha oʻz nuqtai nazarini bayon etish imkoniyati berilmaguniga qadar saqlanib qoladi. Keyinchalik ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296055">birinchi qismi </a>qoʻllaniladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296059" id="-5296059">29-modda. Chiqimlar va zararlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296093" id="-5296093">Taʼminlash chorasini soʻrayotgan yoki dastlabki qaror chiqarilishi toʻgʻrisida iltimos qilayotgan taraf ushbu chora yoki ushbu qaror bilan har qanday tarafga yetkazilgan har qanday chiqim va zarar uchun, agar keyinchalik arbitraj sudi mazkur holatlarda ushbu chora belgilanmasligi yoki ushbu qaror chiqarilmasligi kerakligini aniqlasa, javobgar boʻladi. Arbitraj sudi muhokamaning istalgan paytida bunday chiqimlar va zararlarning oʻrni qoplanishini belgilab berishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296094" id="-5296094">30-modda. Taʼminlash choralarini tan olish va ijroga qaratish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296095" id="-5296095">Arbitraj sudi tomonidan belgilangan taʼminlash chorasi majburiy kuchga ega deb tan olinadi va, agar arbitraj sudi tomonidan boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Qonunning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296099">31-moddasi </a>qoidalariga rioya etilgan taqdirda, arbitraj joyidan qatʼi nazar, sudga murojaat etish orqali ijroga qaratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296096" id="-5296096">Taʼminlash chorasini tan olishni yoki bajarishni soʻrayotgan yoxud iltimosnomasi qanoatlantirilgan taraf ushbu taʼminlash chorasining har qanday bekor qilinishi, toʻxtatib turilishi yoki oʻzgartirilishi toʻgʻrisida darhol sudga xabar qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296097" id="-5296097">Agar sud lozim deb topsa, soʻrayotgan taraf tomonidan tegishli taʼminot taqdim etilishi toʻgʻrisida, agar arbitraj sudi bungacha taʼminot taqdim etish borasida ajrim chiqarmagan boʻlsa yoki bunday qaror uchinchi taraflarning huquqlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa, farmoyish berishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296099" id="-5296099">31-modda. Taʼminlash chorasini tan olishni yoki ijroga qaratishni rad qilish uchun asoslar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296106" id="-5296106">Taʼminlash chorasini tan olish yoki ijroga qaratish faqat quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296107" id="-5296107">1) taʼminlash chorasi oʻziga qarshi qaratilgan tarafning iltimosi boʻyicha, agar sud:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296108" id="-5296108">bunday rad etish ushbu Qonun 52-moddasi birinchi qismi 1-bandining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296313">uchinchi — oltinchi xatboshilarida</a> keltirilgan asoslar bilan oqlanishini; yoki </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296109" id="-5296109">arbitraj sudi tomonidan belgilangan taʼminlash chorasi munosabati bilan taʼminot taqdim etishga taalluqli boʻlgan arbitraj sudi qarorining bajarilmaganligini; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296111" id="-5296111">taʼminlash chorasi arbitraj sudi tomonidan yoki, agar bunga tegishli vakolati mavjud boʻlsa, arbitraj oʻtkazilayotgan davlatning sudi tomonidan yoki ushbu taʼminlash chorasi qaysi qonunchilikka muvofiq tayinlangan boʻlsa, oʻsha qonunchilikka muvofiq bekor qilinganligini yoki toʻxtatib turilganligini aniqlasa; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296112" id="-5296112">2) agar sud:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296144" id="-5296144">taʼminlash chorasi sudga berilgan vakolatlarga muvofiq emasligini aniqlasa, agar faqat sud taʼminlash chorasining taʼrifini ushbu taʼminlash chorasining mazmunini oʻzgartirmay ijro etish maqsadida uning oʻz vakolatlari va tartib-taomillariga muvofiq holga keltirish uchun zarur boʻlgan darajada oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296145" id="-5296145">ushbu Qonun 52-moddasi birinchi qismining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296317">2-bandida</a> bayon etilgan har qanday asoslar taʼminlash chorasining tan olinishiga va ijroga qaratilishiga taalluqli ekanligini aniqlasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296146" id="-5296146">Ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296106">birinchi qismida</a> koʻrsatilgan har qanday asoslar boʻyicha sud tomonidan chiqarilgan har qanday ajrim taʼminlash chorasini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida iltimos qilish maqsadlari uchungina kuchga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296147" id="-5296147">Oʻzidan taʼminlash chorasini tan olish yoki ijroga qaratish soʻralayotgan sud bu ajrimni chiqarishda taʼminlash chorasining mazmunini koʻrib chiqishni amalga oshirmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296149" id="-5296149">32-modda. Sudning taʼminlash choralarini belgilash vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296150" id="-5296150">Sud Oʻzbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligiga muvofiq va xalqaro arbitrajning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda arbitraj joyidan qatʼi nazar arbitraj muhokamasi munosabati bilan taʼminlash choralarini belgilash vakolatiga ega.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5296152" id="-5296152">5-bob. Arbitraj muhokamasini yuritish</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296156" id="-5296156">33-modda. Taraflarga nisbatan teng munosabat</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296157" id="-5296157">Taraflarga nisbatan teng munosabatda boʻlish taʼminlanadi va har bir tarafga oʻz nuqtai nazarini bayon etish uchun oqilona imkoniyatlar berilishi kerak.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296158" id="-5296158">34-modda. Tartib-taomil qoidalarini aniqlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296159" id="-5296159">Taraflar, ushbu Qonun qoidalariga rioya etish sharti bilan, arbitraj sudi tomonidan muhokamaning yuritilishi tartib-taomili toʻgʻrisida oʻz xohishiga koʻra kelishib olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296160" id="-5296160">Bunday kelishuv mavjud boʻlmagan taqdirda, arbitraj sudi ushbu Qonun qoidalariga rioya etgan holda arbitraj muhokamasini oʻzi lozim deb hisoblagan tarzda yuritishi mumkin. Arbitraj sudiga berilgan vakolatlar har qanday dalilning maqbulligini, aloqadorligini, muhimligini va ahamiyatliligini aniqlashga doir vakolatlarni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296162" id="-5296162">35-modda. Arbitraj joyi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296163" id="-5296163">Taraflar arbitraj joyi toʻgʻrisida oʻz xohishiga koʻra kelishib olishi mumkin. Bunday kelishuv mavjud boʻlmagan taqdirda, arbitraj joyi arbitraj sudi tomonidan ish holatlarini, shu jumladan taraflar uchun qulaylik omilini inobatga olgan holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296164" id="-5296164">Ushbu modda <a href="/ru/acts/-5294106#-5296163">birinchi qismining</a> qoidalariga qaramay, agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, arbitraj sudi oʻz aʼzolari oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazish, guvohlarni, ekspertlarni yoki taraflarni eshitish yoxud tovarlarni, boshqa mol-mulkni yoki hujjatlarni koʻzdan kechirish uchun lozim deb topgan har qanday joyda yigʻilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296165" id="-5296165">36-modda. Arbitraj muhokamasining tili</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296166" id="-5296166">Taraflar arbitraj muhokamasida foydalaniladigan til yoki tillar toʻgʻrisida oʻz xohishlariga koʻra kelishib olishi mumkin. Bunday kelishuv mavjud boʻlmaganda, muhokamada qoʻllanilishi kerak boʻlgan tilni yoki tillarni arbitraj sudi belgilaydi. Bunday kelishuv yoki ajrim, agar ularda boshqacha shartlashilmagan boʻlsa, tarafning har qanday yozma arizasiga, ishning har qanday eshitilishiga va har qanday arbitraj qaroriga, arbitraj sudining qaroriga yoki boshqa xabariga ham taalluqli boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296167" id="-5296167">Arbitraj sudi har qanday hujjatli dalillarga ularning taraflar kelishib olgan yoki arbitraj sudi tomonidan belgilangan tildagi yoki tillardagi tarjimasi ilova qilinishi toʻgʻrisida farmoyish berishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296168" id="-5296168">37-modda. Arbitraj muhokamasining boshlanishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296169" id="-5296169">Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, muayyan nizoga taalluqli arbitraj muhokamasi ushbu nizoni arbitrajga topshirish toʻgʻrisidagi iltimos javobgar tomonidan olingan kunda boshlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296170" id="-5296170">38-modda. Arbitraj muhokamasidagi vakillik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296171" id="-5296171">Taraflar oʻz ishlarini arbitraj muhokamasida toʻgʻridan-toʻgʻri yoki taraflar xohishiga koʻra, shu jumladan xorijiy tashkilotlar va fuqarolar orasidan tayinlanadigan vakolatli vakillari orqali olib borishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296172" id="-5296172">39-modda. Daʼvo arizasi va daʼvo boʻyicha eʼtirozlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296173" id="-5296173">Taraflar tomonidan kelishilgan yoki arbitraj sudi tomonidan belgilangan muddat mobaynida daʼvogar oʻzining daʼvo talabini asoslovchi holatlar haqida, hal etilishi lozim boʻlgan masalalar va oʻz daʼvo talablarining mazmuni toʻgʻrisida arz qilishi kerak, javobgar esa, agar taraflar bunday arizalarning zarur qismlari borasida boshqacha shartlashmagan boʻlsa, ushbu masalalar boʻyicha oʻz eʼtirozlarini bildirishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296174" id="-5296174">Taraflar oʻz arizalari bilan birga oʻzi ishga taalluqli deb hisoblaydigan barcha hujjatlarni taqdim etishi yoki oʻzi keyinchalik taqdim etadigan hujjatlarga yoki boshqa dalillarga havola qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296175" id="-5296175">Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, arbitraj muhokamasi jarayonida istalgan taraf nizoning mohiyati boʻyicha oʻzining daʼvo talablarini yoki daʼvo boʻyicha eʼtirozlarini, agar faqat arbitraj sudi arbitraj muhokamasini kechiktirish nomaqbulligini inobatga olgan holda maqsadga muvofiq emas deb hisoblamasa, oʻzgartirishi yoki toʻldirishi mumkin. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296176" id="-5296176">40-modda. Eshituv va yozma muhokama</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296177" id="-5296177">Taraflarning har qanday boshqa kelishuviga rioya etgan holda arbitraj sudi dalillarni taqdim etish uchun ogʻzaki eshituv yoki ogʻzaki muzokaralar oʻtkazish haqida yoxud muhokamani faqat hujjatlar va boshqa materiallar asosida amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Biroq, agar taraflar ogʻzaki eshituvni oʻtkazmaslik toʻgʻrisida kelishib olmagan boʻlsa, arbitraj sudi istalgan tarafning iltimosiga koʻra, bunday ogʻzaki eshituvni muhokamaning tegishli bosqichida oʻtkazishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296178" id="-5296178">Tovarlarni, boshqa mol-mulkni yoki hujjatlarni koʻzdan kechirish maqsadida oʻtkaziladigan arbitraj sudining har qanday eshituvi va majlisi toʻgʻrisidagi bildirishnoma taraflarga oldindan yuborilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296179" id="-5296179">Taraflarning biri tomonidan arbitraj sudiga taqdim etiladigan barcha arizalar, hujjatlar yoki boshqa axborot oʻzga tarafning eʼtiboriga yetkazilishi kerak. Ekspertlarning har qanday xulosalari yoki arbitraj sudi oʻz qarorini qabul qilishda asoslanishi mumkin boʻlgan dalillar hisoblanuvchi boshqa hujjatlar ham taraflarga topshirilishi kerak.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296180" id="-5296180">41-modda. Hujjatlarni taqdim etmaslik yoki taraflarning kelmasligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296181" id="-5296181">Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, uzrli sabab koʻrsatilmagan holda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296182" id="-5296182">1) daʼvogar ushbu Qonun 39-moddasining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296173">birinchi qismiga</a> muvofiq oʻzining daʼvo arizasini taqdim etmagan taqdirda, arbitraj sudi muhokamani tugatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296183" id="-5296183">2) javobgar ushbu Qonun 39-moddasining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296173">birinchi qismiga</a> muvofiq daʼvo boʻyicha oʻz eʼtirozlarini taqdim etmagan taqdirda, arbitraj sudi eʼtirozlar taqdim etilmaganligi faktiga daʼvogar fikrlarining tan olinishi sifatida qaramay, muhokamani davom ettiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296184" id="-5296184">3) istalgan taraf eshituvga kelmaganda yoki hujjatli dalillarni taqdim etmaganda, arbitraj sudi muhokamani davom ettirishi va oʻzida mavjud boʻlgan dalillar asosida hal qiluv qarorini chiqarishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296185" id="-5296185">42-modda. Arbitraj sudi tomonidan tayinlangan ekspert</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296186" id="-5296186">Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, arbitraj sudi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296187" id="-5296187">1) arbitraj sudi tomonidan belgilanadigan aniq masalalar boʻyicha oʻziga xulosa taqdim etilishi uchun bir yoki bir necha ekspertni tayinlashi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296189" id="-5296189">2) tarafdan ekspertga ishga taalluqli har qanday axborotni taqdim etishni yoki ishga taalluqli har qanday hujjatlarni, tovarlarni yoki boshqa mol-mulkni koʻzdan kechirish uchun berishni yoxud koʻzdan kechirish imkoniyatini yaratishni talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296190" id="-5296190">Taraflarning boshqacha shartlashuvi mavjud boʻlmagan taqdirda, ekspert, agar taraf iltimos qilsa yoki arbitraj sudi zarur deb hisoblasa, oʻzining yozma yoki ogʻzaki xulosasi taqdim etilganidan keyin taraflarga unga savollar berish va nizoli masalalar boʻyicha koʻrsatuvlar berish uchun guvoh-ekspertlarni tanishtirish imkoniyati beriladigan eshituvda ishtirok etishi kerak.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296193" id="-5296193">43-modda. Dalillarni olishga sudning koʻmaklashishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296202" id="-5296202">Arbitraj sudi yoki taraf arbitraj sudining roziligi bilan dalillarni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296226" id="-5296226">Sud bunday arizani oʻz vakolati doirasida va Oʻzbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligida belgilangan tartibga muvofiq qanoatlantirishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5296234" id="-5296234">6-bob. Arbitrajning hal qiluv qarorini qabul qilish va muhokamani tugatish</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296236" id="-5296236">44-modda. Nizoning mazmuniga nisbatan qoʻllaniladigan normalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296238" id="-5296238">Arbitraj sudi nizoni taraflar nizoning mazmuniga nisbatan qoʻllanilishi uchun tanlagan huquq normalariga muvofiq hal etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296240" id="-5296240">Agar boshqacha qoida koʻrsatilmagan boʻlsa, biror-bir davlatning har qanday huquqi yoki huquq tizimi koʻrsatilganligi uning kollizion normalariga emas, balki ushbu davlatning moddiy huquqiga bevosita havola qiluvchi sifatida talqin qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296242" id="-5296242">Taraflarning biror-bir koʻrsatmasi mavjud boʻlmaganda arbitraj sudi oʻzi qoʻllanilishi mumkin deb hisoblaydigan kollizion normalarga muvofiq belgilangan huquqni qoʻllaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296243" id="-5296243">Arbitraj sudi hal qiluv qarorini adolatlilik boʻyicha yoki “doʻstona vositachi” sifatida faqat taraflar unga toʻgʻridan-toʻgʻri vakolat bergan taqdirdagina qabul qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296244" id="-5296244">Barcha hollarda arbitraj sudi hal qiluv qarorini shartnoma shartlariga muvofiq va mazkur bitimga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan savdo urf-odatlarini hisobga olgan holda qabul qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296247" id="-5296247">45-modda. Arbitrlar hayʼati tomonidan hal qiluv qarorining qabul qilinishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296250" id="-5296250">Bir nafardan ortiq arbitr tomonidan arbitraj muhokamasini oʻtkazishda, agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, arbitraj sudining har qanday hal qiluv qarori arbitraj sudi barcha aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296252" id="-5296252">Biroq tartib-taomil masalalari raislik qiluvchi arbitr tomonidan, agar u taraflar yoki arbitraj sudining barcha aʼzolari tomonidan bunga vakil qilingan boʻlsa, hal etilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296255" id="-5296255">46-modda. Kelishuv bitimi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296258" id="-5296258">Agar arbitraj muhokamasi jarayonida taraflar nizoni hal qilsa, arbitraj sudi muhokamani tugatadi va taraflarning iltimosiga koʻra va, agar arbitraj sudi tomonidan eʼtirozlar mavjud boʻlmasa, ushbu hal qilishni kelishilgan shartlar asosidagi arbitraj hal qiluv qarori tarzida qayd etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296260" id="-5296260">Arbitrajning kelishilgan shartlar asosidagi hal qiluv qarori ushbu Qonunning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296262">47-moddasi</a> qoidalariga muvofiq qabul qilinishi va unda u arbitrajning hal qiluv qarori ekanligi koʻrsatilishi kerak. Bunday arbitraj hal qiluv qarori nizoning mazmuni boʻyicha har qanday boshqa arbitrajning hal qiluv qarori kabi kuchga ega boʻladi va amal qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296262" id="-5296262">47-modda. Arbitraj hal qiluv qarorining shakli va mazmuni</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296264" id="-5296264">Arbitrajning hal qiluv qarori yozma shaklda qabul qilinishi va yakka tartibdagi arbitr tomonidan yoki arbitrlar tomonidan imzolanishi kerak. Bir nafardan ortiq arbitr tomonidan oʻtkaziladigan arbitraj muhokamasida, basharti har qanday imzoning mavjud emasligi sabablari koʻrsatilsa, arbitraj sudi barcha aʼzolarining koʻpchilik imzolari mavjud boʻlishi yetarlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296265" id="-5296265">Arbitrajning hal qiluv qarorida u nimalarga asoslanganligining sabablari koʻrsatilishi kerak, bundan taraflar asoslar koʻrsatilishi kerak emasligiga kelishib olgan yoki arbitraj hal qiluv qarori ushbu Qonunning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296255">46-moddasiga </a>muvofiq kelishilgan shartlar asosidagi qaror deb hisoblangan hollar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296267" id="-5296267">Arbitrajning hal qiluv qarorida uning sanasi va arbitrajning ushbu Qonun 35-moddasining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296163">birinchi qismiga </a>muvofiq belgilangan joyi koʻrsatilishi kerak. Arbitrajning hal qiluv qarori arbitraj joyida qabul qilingan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296268" id="-5296268">Arbitrajning hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin har bir tarafga ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296264">birinchi qismiga </a>muvofiq ushbu qarorning arbitrlar tomonidan imzolangan koʻchirma nusxasi beriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296270" id="-5296270">48-modda. Arbitraj muhokamasini tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296272" id="-5296272">Arbitraj muhokamasi yakuniy arbitraj hal qiluv qarorini qabul qilish yoki ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296274">ikkinchi qismiga </a>muvofiq chiqarilgan arbitraj sudining qarori bilan tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296274" id="-5296274">Arbitraj sudi quyidagi hollarda arbitraj muhokamasini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi, agar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296275" id="-5296275">1) daʼvogar oʻz daʼvosini chaqirib olsa, agar javobgar muhokama tugatilishiga qarshi eʼtirozlar bildirmasa va arbitraj sudi javobgarning nizo uzil-kesil hal qilinishidan qonuniy manfaatdorligini tan olmasa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296276" id="-5296276">2) taraflar muhokamani tugatish toʻgʻrisida kelishib olsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296277" id="-5296277">3) arbitraj sudi biror-bir boshqa sababga koʻra muhokamani davom ettirishni zarur emas yoki imkonsiz deb topsa. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296278" id="-5296278">Arbitraj sudining vakolatlari arbitraj muhokamasi tugatilishi bilan bir vaqtda tugaydi, bundan ushbu Qonun <a href="/ru/acts/-5294106#-5296279">49-moddasining </a>va 50-moddasi <a href="/ru/acts/-5294106#-5296300">toʻrtinchi qismining </a>qoidalari qoʻllanilishiga doir vakolatlar mustasno.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296279" id="-5296279">49-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini tuzatish va sharhlash, arbitrajning qoʻshimcha hal qiluv qarori</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296280" id="-5296280">Agar taraflar boshqa muddatni kelishib olmagan boʻlsa, istalgan taraf arbitrajning hal qiluv qarori olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida bu haqda boshqa tarafni xabardor qilgan holda arbitraj sudidan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296281" id="-5296281">1) arbitrajning hal qiluv qarorida yoʻl qoʻyilgan hisob-kitoblardagi, yozuvdagi har qanday xato yoki harfiy xato yoxud shunga oʻxshash boshqa xatolarni tuzatishni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296282" id="-5296282">2) taraflar oʻrtasida tegishli kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda, arbitraj hal qiluv qarorining biror-bir aniq bandini yoki qismini sharhlashni iltimos qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296283" id="-5296283">Agar arbitraj sudi bunday iltimosni asosli deb hisoblasa, iltimos olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida tegishli tuzatishlarni kiritishi yoki sharh berishi kerak. Bunday sharh arbitraj hal qiluv qarorining tarkibiy qismiga aylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296284" id="-5296284">Arbitraj sudi ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296280">birinchi qismida </a>koʻrsatilgan har qanday xatoni arbitrajning hal qiluv qarori sanasidan boshlab oʻttiz kun ichida oʻz tashabbusi bilan tuzatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296285" id="-5296285">Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, istalgan taraf bu haqda boshqa tarafni xabardor qilib, arbitrajning hal qiluv qarori olingach oʻttiz kun ichida arbitraj sudidan arbitraj muhokamasi davomida arz qilingan, biroq arbitrajning hal qiluv qarorida aks ettirilmagan talablarga nisbatan qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarishni iltimos qilishi mumkin. Arbitraj sudi, agar iltimosni oʻrinli deb hisoblasa, oltmish kun ichida qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296286" id="-5296286">Zarur boʻlgan taqdirda, arbitraj sudi xatolarni tuzatish, sharh berish yoki qoʻshimcha hal qiluv qarorini chiqarish kerak boʻlgan muddatni taraflarning iltimosiga koʻra, ushbu moddaning<a href="/ru/acts/-5294106#-5296280"> birinchi </a>yoki <a href="/ru/acts/-5294106#-5296285">toʻrtinchi qismlariga </a>muvofiq uzaytirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296287" id="-5296287">Arbitrajning hal qiluv qarorini tuzatishga va sharhlashga yoxud qoʻshimcha hal qiluv qaroriga nisbatan ushbu Qonun <a href="/ru/acts/-5294106#-5296262">47-moddasining </a>qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5296288" id="-5296288">7-bob. Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296289" id="-5296289">50-modda. Bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilishning yagona vositasi sifatida</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5296290" id="onLBC-5296290">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6013"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296290" id="-5296290">Arbitrajning hal qiluv qarori ustidan sudga shikoyat qilish faqat ushbu moddaning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296291">ikkinchi</a> va <a href="/ru/acts/-5294106#-5296300">uchinchi qismlariga </a>muvofiq uni bekor qilish toʻgʻrisida ariza berish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296291" id="-5296291">Arbitrajning hal qiluv qarori sud tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296292" id="-5296292">1) bekor qilish toʻgʻrisida ariza berayotgan taraf quyidagilarning dalilini taqdim etsa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296293" id="-5296293">ushbu Qonunning <a href="/ru/acts/-5294106#-5295944">12-moddasida</a> koʻrsatilgan arbitraj kelishuvining taraflaridan biri qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz ekanligi dalilini; yoki ushbu kelishuvning taraflar uni qaysi qonunchilikka boʻysundirgan boʻlsa, oʻsha qonunchilik boʻyicha, bunday qonunchilik mavjud boʻlmaganda esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi boʻyicha haqiqiy emasligi dalilini; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296294" id="-5296294">taraf arbitr tayinlanganligi haqida yoki arbitraj muhokamasi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi dalilini yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz vajlarini taqdim eta olmaganligi dalilini; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296295" id="-5296295">arbitrajning hal qiluv qarori arbitrajda hal qilinishi nazarda tutilmagan yoki arbitrajga murojaat qilish shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha qabul qilinganligi dalilini yoxud unda arbitraj kelishuvini qoʻllash doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha qaror mavjudligi dalilini. Bunda agar arbitrajda koʻrilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha qarorni arbitrajga tegishli boʻlmagan masalalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, u holda arbitraj hal qiluv qarorining arbitrajga tegishli boʻlmagan masalalar boʻyicha qarori mavjud boʻlgan qismigina bekor qilinishi mumkin; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296296" id="-5296296">arbitraj sudining tarkibi yoki arbitraj tartib-taomili taraflarning kelishuviga muvofiq emasligi dalilini, agar faqat bunday kelishuv ushbu Qonunning taraflar chekinishi mumkin boʻlmagan har qanday qoidasiga zid boʻlmasa yoki bunday kelishuv mavjud boʻlmasa, ushbu Qonunga muvofiq emasligi dalilini; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296297" id="-5296297">2) agar sud:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296298" id="-5296298">nizo predmeti Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga koʻra arbitraj muhokamasiga tegishli emasligini; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296299" id="-5296299">arbitrajning hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy tartibiga zid ekanligini aniqlasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296300" id="-5296300">Bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu arizani bergan taraf arbitrajning hal qiluv qarorini olgan sanadan eʼtiboran, iltimosnoma ushbu Qonunning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296279">49-moddasiga </a>muvofiq berilgan taqdirda esa arbitraj sudi ushbu iltimosnoma boʻyicha hal qiluv qarorini qabul qilgan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtgandan soʻng berilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296303" id="-5296303">Bekor qilish toʻgʻrisida ariza tushgan taqdirda, arbitraj sudiga arbitraj muhokamasini tiklash yoki arbitraj sudining fikricha, arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish asoslarini bartaraf etadigan boshqa harakatlarni bajarish imkonini berish uchun sud oʻzi belgilagan muddatni bekor qilish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha ish yuritishni tegishli holda va taraflardan birining iltimosnomasiga koʻra toʻxtatib turishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296304" id="-5296304">Bekor qilish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda sud hal qiluv qarorini mazmunan qayta koʻrib chiqishga haqli emas. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296305" id="-5296305">51-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296306" id="-5296306">Arbitrajning hal qiluv qarori, u qaysi mamlakatda qabul qilinganidan qatʼi nazar, majburiy deb tan olinadi va sudga yozma ariza berilgan taqdirda, ushbu moddaning, mazkur Qonunning <a href="/ru/acts/-5294106#-5296309">52-moddasi </a>hamda arbitrajlarning hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish tartibini belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi qoidalari hisobga olingan holda ijro etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296307" id="-5296307">Arbitrajning hal qiluv qaroriga asoslanayotgan yoki uni ijroga qaratish toʻgʻrisida iltimos qilayotgan taraf arbitraj hal qiluv qarorining tegishli tarzda tasdiqlangan asl nusxasini yoki tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasini taqdim etishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296308" id="-5296308">Agar arbitrajning hal qiluv qarori yoki kelishuvi Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida yozilmagan boʻlsa, sudning talabiga koʻra taraf bu hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilidagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasini taqdim etishi kerak.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296309" id="-5296309">52-modda. Arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni yoki ijroga qaratishni rad qilish uchun asoslar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296310" id="-5296310">Arbitrajning hal qiluv qarori qaysi mamlakatda qabul qilinganidan qatʼi nazar, uni tan olish yoki ijroga qaratish faqat quyidagi hollarda rad etilishi mumkin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296311" id="-5296311">1) hal qiluv qarori oʻziga qarshi qoʻllanilayotgan tarafning iltimosi boʻyicha, agar ushbu taraf tan olish yoki ijroga qaratish soʻralayotgan sudga quyidagi hollarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296312" id="-5296312">ushbu Qonunning <a href="/ru/acts/-5294106#-5295944">12-moddasida</a> koʻrsatilgan arbitraj kelishuvining taraflaridan biri qaysidir darajada muomalaga layoqatsiz boʻlganligini; yoki ushbu kelishuvning taraflar uni qaysi qonunchilikka boʻysundirgan boʻlsa, oʻsha qonunchilik boʻyicha, bunday qonunchilik mavjud boʻlmaganda esa hal qiluv qarori qabul qilingan mamlakatning qonunchiligi boʻyicha haqiqiy emasligi dalilini; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296313" id="-5296313">hal qiluv qarori oʻziga qarshi qabul qilingan taraf arbitr tayinlanganligi yoki arbitraj muhokamasi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligi yoxud boshqa sabablarga koʻra oʻz vajlarini bera olmaganligi dalilini; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296314" id="-5296314">arbitrajning hal qiluv qarori arbitraj kelishuvida hal qilinishi nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha qabul qilinganligi dalilini yoxud unda arbitraj kelishuvi doirasidan chetga chiquvchi masalalar boʻyicha qaror mavjudligi dalilini. Bunda agar arbitrajda koʻrilishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha qarorni arbitrajga tegishli boʻlmagan masalalardan ajratib olish mumkin boʻlsa, u holda arbitraj hal qiluv qarorining arbitraj koʻrib chiqishi lozim boʻlgan masalalarga doir qarori mavjud boʻlgan qismini tan olish va ijroga qaratish mumkin; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296315" id="-5296315">arbitraj sudining tarkibi yoki arbitraj tartib-taomili taraflarning kelishuviga muvofiq emasligi dalilini yoki bunday bitim mavjud boʻlmaganda, arbitraj muhokamasi boʻlib oʻtgan mamlakatning qonunchiligiga muvofiq emasligi dalilini; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296316" id="-5296316">arbitrajning hal qiluv qarori hali taraflar uchun majburiy boʻlmaganligi dalilini yoki qaror qaysi mamlakatda chiqarilgan boʻlsa yoki qaysi mamlakatning qonunchiligiga muvofiq qaror qabul qilingan boʻlsa, oʻsha mamlakat sudi tomonidan bekor qilinganligi yoki ijrosi toʻxtatib turilganligi dalilini; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296317" id="-5296317">2) agar sud:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296318" id="-5296318">nizo predmeti Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga koʻra arbitraj muhokamasiga tegishli emasligini; yoki</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296319" id="-5296319">arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy tartibiga zid ekanligini aniqlasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296321" id="-5296321">Agar ushbu modda birinchi qismi 1-bandining <a href="/ru/acts/-5294106#-5296316">oltinchi xatboshisida </a>koʻrsatilgan sudga arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki uning ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza berilgan boʻlsa, qarorni tan olish yoki ijroga qaratish soʻralayotgan sud, agar buni lozim deb hisoblasa, oʻz qarorini chiqarishni kechiktirishi va arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni yoxud ijroga qaratishni ariza berayotgan tarafning iltimosnomasi boʻyicha boshqa tarafning zimmasiga tegishli taʼminotni taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5296322" id="-5296322">8-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296324" id="-5296324">53-modda. Arbitrajning maxfiyligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296325" id="-5296325">Agar taraflar boshqacha kelishib olmagan boʻlsa, arbitraj muhokamasi va arbitraj muhokamasi uchun tayyorlangan hamda ushbu muhokama jarayonida tayyorlangan barcha hujjatlar maxfiy xususiyatga ega boʻladi, bundan ushbu axborotni oshkor etish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296327" id="-5296327">1) qonunchilikka muvofiq tarafning majburiyati boʻlgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296329" id="-5296329">2) uchinchi shaxslarni huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilishga yoki uni amalga oshirishga qaratilgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296330" id="-5296330">3) arbitrajning hal qiluv qarorini ijro etish yoki ushbu qaror yuzasidan sudda nizolashish uchun zarur boʻlgan hollar mustasno.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296332" id="-5296332">54-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296334" id="-5296334">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296336" id="-5296336">55-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5296338" id="onLBC-5296338">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6055"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296338" id="-5296338">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296340" id="-5296340">hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296341" id="-5296341">davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5296346" id="-5296346">56-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5296348" id="onLBC-5296348">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6069"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5296348" id="-5296348">Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi va arbitraj bitimiga muvofiq u qachon tuzilganidan qatʼi nazar ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin boshlangan xalqaro tijorat arbitrajiga nisbatan qoʻllaniladi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-5296349" id="-5296349">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5296350" id="-5296350">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-5296351" id="-5296351">2021-yil 16-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-5296352" id="-5296352">OʻRQ-674-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-5295440" id="-5295440">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y., 03/21/674/0123-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
