Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi BOSHLIGʻINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING EKSPERIMENTAL HAVO KEMALARINI DAVLAT ROʻYXATIGA OLISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 16-fevralda 1452-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2024-yil 6-dekabrdagi 3371-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalarini (OʻzR AQ-46) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1452-3, 19.12.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq Davavianazorat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalari ishlab chiqildi, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalari* (yangi tahriri) tasdiqlansin.
*Qoidalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Parvoz xavfsizligi nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat nozirligi boshligʻi 1999-yil 6-aprel kuni tasdiqlagan va 1999-yil 30-iyulda 786-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalari” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Aviatsion qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
4. Ish boshqaruvchi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida Aviatsion qoidalar koʻpaytirilib, barcha aviakompaniyalar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi taʼminlansin.
5. Mazkur buyruq bajarilishi ustidan nazorat Sertifikatlash, litsenziyalash va parvoz xavfsizligi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻining zimmasiga yuklatilsin.
Davavianazorat boshligʻi X. TROBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-yanvar,
3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 7-son, 63-modda; 2008-y., 8-9-son, 49-modda; 2011-y., 14-son, 143-modda)