1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.02 Metrologiya xizmatlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, shuningdek, metrologiya xizmatlari koʻrsatishda shaffoflikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish qoidalari 3-ilovaga muvofiq;
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari 4-ilovaga muvofiq;
Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish qoidalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-avgust,
528-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.02.00 Metrologiya / 09.07.02.03 Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorat]
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish, oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash va tasdiqlangan oʻlchash vositalari turini Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchash vositalari davlat reyestriga kiritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar talablari metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohada oʻlchash vositalarini qoʻllaydigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
Quyidagi sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari keyinchalik ularning turi tasdiqlagan holda davlat sinovlaridan oʻtkazilishi kerak:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
sogʻliqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilgʻi-energetika resurslarini hisobga olish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilish;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yongʻin xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini taʼminlash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]
sanoat xavfsizligini taʼminlash;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.01.00.00 Mudofaaning umumiy masalalari]
davlat mudofaasini taʼminlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini taʼminlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
oʻlchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, taʼmirlash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazish;
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash boʻyicha ishlarni bajarish.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
ariza beruvchi — davlat sinovlarini oʻtkazishda manfaatdor boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
ijrochi — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarligidagi akkreditatsiyadan oʻtgan davlat metrologiya xizmati organi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
oʻlchash vositasining turi — bitta prinsipning oʻzida ishlashga asoslangan, bir xil konstruksiyaga ega boʻlgan hamda bitta texnik hujjatning oʻzi boʻyicha tayyorlangan, bitta maqsad uchun belgilangan oʻlchash vositalarining majmuiga beriladigan umumlashtirilgan taʼrif;
oʻlchash vositalarining namunasi — maʼlum cheklashlar bilan barcha jihatdan shu turga muvofiq boʻlgan oʻlchash vositasining aniq nusxasi;
oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish — ushbu turdagi oʻlchash vositalarining bir yoki bir nechta namunalarida oʻtkaziladigan muvofiqlikni baholash va keyinchalik oʻlchash vositalarining turini tasdiqlagan holda muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida hisobot berish tartib-taomili;
oʻlchash vositalarini sinash dasturi — oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish ishlarining hajmini, turlarini va ketma-ketligini belgilovchi hujjat.
4. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchash vositalari davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) kiritilgan tasdiqlangan turdagi oʻlchash vositalarini qoʻllashga ruxsat beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
5. Ishlab chiqariladigan va (yoki) seriyalab ishlab chiqarilishi moʻljallangan oʻlchash vositalari va Oʻzbekiton Respublikasi hududida toʻp holida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan oʻlchash vositalari va zarur boʻlganda, yagona nusxadagi oʻlchash vositalariga nisbatan (ariza beruvchining xohishiga koʻra) keyinchalik ularning turi tasdiqlangan va tasdiqlangan oʻlchash vositalari turi reyestrga kiritilgan holda oʻlchash vositalarining davlat sinovlari oʻtkaziladi.
6. Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish ishlari uchun haq shartnomaga muvofiq ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
7. Oʻlchash vositalarining davlat sinovlari ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
8. Oʻlchash vositalari davlat sinovlarining har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy boʻlganda bajariladi.
2-bob. Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish
9. Ariza beruvchi ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish uchun ijrochiga ariza yuboradi.
10. Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish uchun berilgan arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
ariza beruvchining nomi, manzili va rekvizitlari;
oʻlchash vositalarini ishlab chiqaruvchining nomi va manzili;
oʻlchash vositalarining nomi va ularning vazifasi;
oʻlchash vositalarining metrologik va texnik tavsiflari;
oʻlchash vositasining turini tasdiqlash boʻyicha talablar koʻrsatilgan hujjat belgilanishi va nomi.
11. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
tasdiqlanadigan turdagi oʻlchash vositalari (kamida uch nusxada);
oʻlchash vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari;
Oʻzbekiston Respublikasida seriyalab ishlab chiqarilishi moʻljallangan oʻlchash vositalariga talablar belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat yoki normativ hujjat loyihasi.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan boʻlsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin.
12. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani koʻrib chiqadi va oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi, davlat sinovlaridan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa — ariza beruvchiga davlat sinovlarini oʻtkazishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xat yuboradi.
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish uchun shartnomalar elektron shaklda tuzilishi ham mumkin.
13. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 11-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
14. Ijrochi besh ish kunidan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni arizaga asosan ijrochi va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida metrologik ekspertizadan (keyingi oʻrinlarda ekspertiza deb ataladi) oʻtkazadi hamda ekspertiza natijalariga asosan ekspert xulosasini rasmiylashtiradi.
15. Taqdim etilgan hujjatlarning ekspertizasi metrologik talablar, oʻlchashlar birligi bilan bogʻliq qoidalar va normalar qoʻllanishining toʻgʻriligi va toʻliqligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ekspertiza oʻtkazish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati, ijrochi tomonidan ariza beruvchiga ekspert xulosasi taqdim etilgandan soʻng oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin, hujjatlarni qayta ekspertiza qilish zarur hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta ekspertiza qilish uchun toʻlov undirilmaydi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha belgilangan muddatdan keyin topshirilgan hujjatlar yangidan topshirilgan hisoblanadi.
Ekspertiza natijalari ijobiy boʻlganda ijrochi besh ish kunidan oshmaydigan muddatda oʻlchash vositalarini sinash dasturini va qiyoslash uslubiyotini ishlab chiqadi va uni ariza beruvchi bilan kelishadi, oʻlchash vositalarining turini sinovdan oʻtkazish joyini va ariza beruvchi bilan kelishgan holda sinovlar oʻtkazish jadvalini belgilaydi.
16. Oʻlchash vositalarini sinash dasturi va qiyoslash uslubiyoti, oʻlchash vositalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar inobatga olingan holda ishlab chiqiladi.
17. Seriyali ishlab chiqarish, shu jumladan, import boʻyicha olib kirish uchun moʻljallangan oʻlchash vositalarining davlat sinovlari ishlab chiqaruvchi zavodning ishlab chiqarish joyida oʻtkaziladi. Oʻlchash vositalarini ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarish joyida davlat sinovidan oʻtkazish hajmi va davomiyligi ariza beruvchi bilan kelishgan holda oʻlchash vositalarini sinash dasturiga muvofiq belgilanadi va tuziladigan shartnomada qayd etiladi.
18. Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish davomiyligi yigirma besh ish kunidan oshmasligi kerak, sinovlar oʻtkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq koʻrsatilgan muddatdan oshadigan oʻlchash vositalari bundan mustasno.
19. Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish jarayonida oʻlchash vositalarining namunalari (nusxalari)ni sinash dasturiga muvofiq eksperimental tadqiq qilinadi va ularning natijalariga ishlov beriladi va tasdiqlanayotgan turdagi oʻlchash vositasining qiyoslash uslubiyotlari eksperimental tarzda sinab koʻriladi.
20. Toʻplar yoki yagona nusxada import boʻyicha olib kiriladigan oʻlchash vositalarining iqlim va mexanik koʻrsatkichlari boʻyicha Laboratoriyalarni akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) tizimida akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan berilgan amaldagi sinash bayonnomalari taqdim etilgan holda ushbu koʻrsatkichlar boʻyicha eksperimental tadqiqotlar oʻtkazilmaydi.
Bunday holda sinov natijalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga haqiqatda olib kiriladigan oʻlchash vositalarining butun toʻplamiga nisbatan tatbiq etiladi.
21. Oʻlchash vositasini sinash dasturi bandlari boʻyicha oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish natijalari sinash (oʻlchash, qiyoslash va kalibrlash) bayonnomasi shaklida rasmiylashtiriladi.
22. Oʻlchash vositalari davlat sinovlarining natijalari boʻyicha bayonnomasi hamda ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha oʻlchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida sinash dalolatnomasi tuziladi. Bayonnoma dalolatnomaga majburiy ilova hisoblanadi.
23. Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish natijalari salbiy boʻlganda ijrochi uch ish kuni mobaynida nomuvofiqlik sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda ariza beruvchiga bu haqda xabar beradi. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati kamchiliklarning xususiyatiga bogʻliq holda belgilanadi, biroq bu muddat ariza roʻyxatga olingan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
24. Ariza beruvchi dalolatnomada bayon etilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
25. Dalolatnomada koʻrsatilgan nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, ijrochi uch ish kuni mobaynida oʻlchash vositalarini sinovdan oʻtkazish uchun arizani bekor qiladi.
26. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilishi boʻyicha tegishli hujjatlar taqdim etilgandan soʻng ijrochi uch ish kunidan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va zarur boʻlganda oʻlchash vositasini takroran davlat sinovlaridan oʻtkazadi.
27. Oʻlchash vositalarini takroran sinovdan oʻtkazish natijalari salbiy boʻlganda ijrochi bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga oʻlchash vositasining turini tasdiqlashda aniqlangan nomuvofiqliklarni koʻrsatgan holda keyinchalik oʻlchash vositalarini sinovdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.
28. Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish natijalari ijobiy boʻlganda ijrochi ikki ish kuni mobaynida oʻlchash vositalarini sinovdan oʻtkazish natijalariga ega boʻlgan hujjatlarni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuboradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
29. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bir ish kuni mobaynida oʻlchash vositalarining turini tasdiqlaydi va reyestrda roʻyxatga oladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
30. Ijrochi oʻlchash vositalarining turi tasdiqlangandan soʻng ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha reyestr uchun oʻlchash vositalari turning taʼrifini va 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha oʻlchash vositalari turini tasdiqlash haqidagi sertifikatni rasmiylashtiradi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
31. Oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddati besh yilni tashkil etadi.
32. Reyestrga kiritilgan va turi tasdiqlangan oʻlchash vositalari roʻyxati Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq eʼlon qilinadi, turi tasdiqlangan seriyalab ishlab chiqariladigan oʻlchash vositalari uchun qoʻshimcha ravishda oʻlchash vositasining turini tasdiqlash sertifikati va turning taʼrifi joylashtiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
33. Ushbu turdagi oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikati amal qilish muddati tamom boʻlgandan soʻng oʻlchash vositasining turini tasdiqlash sertifikati amal qilish davri mobaynida ishlab chiqarilgan oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkaziladi. Oʻlchash vositasining turini tasdiqlash sertifikati amal qilish davrigacha yoki undan keyin ishlab chiqarilgan oʻlchash vositalari reyestrga kiritilganidan soʻng qiyoslashdan oʻtkaziladi.
34. Import boʻyicha toʻp qilib olib kiriladigan oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikati ushbu turdagi oʻlchash vositalari toʻpining identifikatsiya belgilari koʻrsatilgan aniq toʻpiga beriladi.
Oldin reyestrga kiritilgan oʻlchash vositasining yangi toʻpi olib kirilganda, oʻlchash vositalarining ushbu toʻpiga oʻlchash vositalarining oldin reyestrga kiritilish raqami beriladi.
35. Toʻp qilib import boʻyicha olib kirilayotgan oʻlchash vositalarining davlat sinovlari oʻlchash vositalari namunaviy dasturlari yoki oldin reyestrga kiritilgan shu turdagi oʻlchash vositalarining sinash dasturlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Oʻlchash vositalari sinovlari namunaviy dasturlari roʻyxati Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq eʼlon qilinadi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
36. Oʻlchash vositalarining turi tasdiqlanganidan soʻng ijrochi bir ish kuni mobaynida oʻlchash vositalarini qiyoslash uslubiyotini, shuningdek, texnik talablarni tartibga soluvchi hujjat loyihasini (ilgari tasdiqlangan hujjat boʻlmagan taqdirda) tasdiqlaydi.
37. Ijrochi yangi turi tasdiqlangan oʻlchash vositalarining ishlab chiqaruvchisi joylashgan joyda ushbu turdagi oʻlchash vositalarini ishlab chiqarishning metrologik taʼminoti holatini tahlil qiladi.
Ishlab chiqaruvchida reyestrga kiritilgan oʻlchash vositalari, Laboratoriyalarni akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xalqaro tashkilot (ILAC) yoki Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forum (IAF) tizimidagi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan yoki sertifikatlashtirish organi tomonidan tasdiqlangan (sifat) menejmenti tizimi mavjud boʻlgan taqdirda, birlamchi metrologik tekshiruv natijalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida eʼtirof etiladi.
38. Oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish ariza beruvchining arizasiga binoan ushbu Qoidalarning 9 — 37-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi, 14-15-bandlarida nazarda tutilgan ishlar bundan mustasno.
Oʻlchash vositalari davlat sinovlarining natijalaridan qatʼi nazar, ijrochi davlat sinovlari tugaganidan soʻng uch ish kuni mobaynida oʻlchash vositalarining namunalari (nusxalari)ni ariza beruvchiga qaytaradi.
39. Oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ijrochiga uning amal qilish muddati tugashidan kamida olti oy oldin topshirilishi kerak.
40. Oʻlchash vositalari turini tasdiqlash tartib-taomilidan oʻtgan oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim.
3-bob. Oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish va dublikatini berish
41. Oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
oʻlchash vositasining sifati yomonlashganligi boʻyicha oʻlchash vositalari foydalanuvchilarining asosli shikoyatlari (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda oʻlchash vositalariga belgilangan talablarga nomuvofiqlik) mavjud boʻlganda;
oʻlchash vositasining davriy metrologik tekshiruvi va uni nazoratdan oʻtkazish jarayonida oʻlchash vositasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda oʻlchash vositalariga belgilangan talablar boʻyicha nomuvofiqliklar soni koʻpayishi toʻgʻrisida rasmiy maʼlumotlar (akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar) mavjud boʻlganda;
ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻlchash vositasining konstuksiyasiga va ishlab chiqarish texnologiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi toʻgʻrisida ijrochiga xabar berilmaganligi aniqlanganda.
42. Ijrochi ushbu Qoidalarning 41-bandda koʻrsatilgan oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar aniqlanganda oʻn ish kuni mobaynida tegishli xulosani rasmiylashtiradi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hulosa asosida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi uch ish kuni mobaynida oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ijrochi tomonidan uch ish kuni mobaynida u ariza beruvchiga yetkaziladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
43. Oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish muddati kamchiliklarning xususiyatiga bogʻliq holda belgilanadi, biroq bu muddat Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
44. Ariza beruvchi tomonidan oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etganida, yozma shakldagi maʼlumotni ijrochiga taqdim etadi.
45. Ijrochi oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida yozma shakldagi maʼlumotni olgan kundan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
46. Ijrochi tomonidan taqdim etilgan xulosa asosida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi uch ish kuni mobaynida sertifikatning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu toʻgʻrisida ijrochi tomonidan uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga xabar beradi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
47. Oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish boʻyicha qarorda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini toʻxtatib turish holatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etmaganda;
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
ishlab chiqaruvchi oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini bekor qilishi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
turi tasdiqlangan oʻlchash vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
49. Oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki oʻlchash vositalari turning taʼrifidagi imloviy, grammatik xatolarni tuzatish oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki oʻlchash vositalari turining taʼrifini bekor qilish hamda yangi oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki oʻlchash vositalari turning taʼrifi oldin berilgan oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki oʻlchash vositalari turining taʼrifidagi sana koʻrsatilgan holda rasmiylashtirilishi yoʻli bilan amalga oshiriladi.
50. Oʻlchash vositalari turini tasdiqlash sertifikat amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash va bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq eʼlon qilinadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
51. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkazilgan oʻlchash vositalarining sinov natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
52. Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
53. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish qoidalariga 1-ILOVA
Oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va arizani tayyorlaydi hamda ijrochiga taqdim etadi.
Zarur boʻlgan hollarda
2-bosqich
Ijrochi
Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib:
oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi;
davlat sinovlaridan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ariza beruvchiga arizani rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xat yuboradi.
Bir ish kuni mobaynida
3-bosqich
Ijrochi
Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi hamda ekspertiza yakunlari boʻyicha ekspert xulosasini rasmiylashtiradi.
Besh ish kuni mobaynida
Ariza beruvchi
Ekspertiza natijalari salbiy boʻlganda — nomuvofiqliklarni bartaraf etadi va hujjatlarni qayta ekspertiza qilish uchun taqdim etadi.
Oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda
Ijrochi
Hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazadi.
Uch ish kuni mobaynida
Ijrochi
Ekspertiza natijalari ijobiy boʻlganda — oʻlchash vositalarini sinash dasturi va qiyoslash uslubiyotini ishlab chiqadi.
Besh ish kuni mobaynida
4-bosqich
Ijrochi
1. Oʻlchash vositalarini keyinchalik turlarini tasdiqlagan holda davlat sinovlaridan oʻtkazadi.
2. Sinovlar natijalari boʻyicha dalolatnoma va bayonnomani rasmiylashtiradi.
Oʻn ish kuni mobaynida
5-bosqich
Ijrochi
Sinovlar natijalari salbiy boʻlganda, nomuvofiqliklar sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda ariza beruvchiga bu haqda xabar beradi.
Uch ish kuni mobaynida
6-bosqich
Ariza beruvchi
Nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Ariza roʻyxatga olingan kundan boshlab uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda
7-bosqich
Ijrochi
Nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi, lozim boʻlganda oʻlchash vositalari takroriy davlat sinovlaridan oʻtkaziladi.
Uch ish kuni mobaynida
8-bosqich
Ijrochi
Oʻlchash vositalarini takroriy sinovdan oʻtkazish natijalari salbiy boʻlganda, ariza beruvchiga nomuvofiqliklarni koʻrsatgan holda keyinchalik oʻlchash vositalarini sinovdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.
Bir ish kuni mobaynida
9-bosqich
Ijrochi
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish natijalari ijobiy boʻlganda yoki oʻlchash vositalarining takroriy davlat sinovlaridan oʻtkazishni tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlganda, ularni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuboradi.
Ikki ish kuni mobaynida
10-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Oʻlchash vositalarining turini tasdiqlaydi va reyestrda roʻyxatga oladi.
Bir ish kuni mobaynida
11-bosqich
Ijrochi
Oʻlchash vositalarining turi tasdiqlangandan soʻng vositalari turini tasdiqlaydigan sertifikatni va reyestr uchun oʻlchash vositasi turining taʼrifini rasmiylashtiradi va sertifikat beradi.
Ikki ish kuni mobaynida
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish qoidalariga 2-ILOVA
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish qoidalariga 3-ILOVA
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish qoidalariga 4-ILOVA
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish qoidalariga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar oʻlchash vositalarini, shu jumladan, modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalarini (keyingi oʻrinlarda standart namuna deb ataladi) metrologik attestatsiyadan oʻtkazish va oʻlchash vositalarining tasdiqlangan turlarini Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchash vositalari davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) kiritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar talablari oʻlchash vositalarini metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati sohasida qoʻllaydigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
Quyidagi sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari metrologik attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak:
sogʻliqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilgʻi-energetika resurslarini hisobga olish;
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilish;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yongʻin xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini taʼminlash;
sanoat xavfsizligini taʼminlash;
davlat mudofaasini taʼminlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini taʼminlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
oʻlchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, taʼmirlash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazish;
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash boʻyicha ishlarni bajarish.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
ariza beruvchi — oʻlchash vositalarini (shu jumladan, standart namunalarni) metrologik attestatsiyadan oʻtkazishdan manfaatdor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar;
ijrochi — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarligidagi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan davlat metrologiya xizmati organi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
metrologik attestatsiya dasturi — oʻlchash vositalarini, shu jumladan, standart namunalarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishlar hajmini, turi va ketma-ketligini, hisobot maʼlumotlarini taqdim qilish shaklini belgilaydigan hujjat;
metrologik ekspertiza — oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishi bilan bogʻliq metrologik talablar, qoidalar va normalarni qoʻllash toʻgʻriligi va toʻliqligini tahlil qilish va baholash;
standart namuna — metrologik attestatsiya natijasida modda (material)ning xossasi yoki tarkibini tavsiflaydigan bitta yoki undan ortiq qiymatlari aniqlangan shu modda (material) namunasi shaklidagi oʻlchash vositasi;
standart namunasining metrologik attestatsiyasi — haqiqiy tavsiflarini aniqlash maqsadida standart namunani tekshirish;
texnik topshiriq — ishlab chiqiladigan standart namunalarning metrologik tavsiflariga qoʻyiladigan texnik talablarni oʻz ichiga olgan hujjat;
texnik hisobot — texnik topshiriqqa muvofiq standart namunalarning metrologik va texnik tavsiflarini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan yoki bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini oʻz ichiga olgan texnik hujjat.
4. Metrologik attestatsiyadan bir turdagi, yagona nusxadagi yoki kichik toʻplarda (oʻn donagacha) ishlab chiqariladigan va import boʻyicha olib kelinadigan oʻlchash vositalarining har bir nusxasi (shu jumladan, standart namunalar) oʻtkaziladi.
Miqdori oʻlchash vositalari kichik toʻpidan koʻp boʻlgan bir turdagi oʻlchash vositalari keyinchalik ularning turini tasdiqlash va reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish sharti bilan davlat sinovlaridan oʻtkaziladi.
5. Ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra miqdori kichik toʻplardan koʻp boʻlgan bir turdagi oʻlchash vositalari metrologik attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin. Bunda metrologik attestatsiyadan oʻlchash vositalarining har bir nusxasi oʻtkaziladi.
6. Metrologik attestatsiya tartib-taomilidan oʻtgan oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkazilmaydi.
7. Oʻlchash vositalari va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish oʻlchash vositalari va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshirishga akkreditatsiya oʻtkazilgan, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Xavfsizlik, gigiyenik yoki maxsus talablarga mosligi boʻyicha sinaladigan oʻlchash vositalarining metrologik attestatsiyasi tegishli sinovlar oʻtkazilgandan soʻng amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
8. Oʻlchash vositalarini va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish ishlari uchun haq shartnomaga muvofiq ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
9. Metrologik attestatsiyadan oʻtkazish vaqtida ijrochi oʻlchash vositalarining tashqi omillar taʼsiridan shikastlanishi uchun javob beradi.
Ijrochi faqat metrologik attestatsiyadan oʻtkazish vaqtida natijalar aniqligini kafolatlaydi. Oʻlchash vositalari ariza beruvchiga topshirilgan paytdan boshlab ijrochi oʻlchash vositalari metrologik tavsiflarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi uchun javob bermaydi.
10. Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish (standart namunalar bundan mustasno) ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
11. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
12. Oʻlchash vositalarini va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazishning har bir navbatdagi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy boʻlganda oʻtkaziladi.
2-bob. Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish
13. Ariza beruvchi ijrochiga ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza yuboradi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
ariza beruvchining toʻliq nomi, manzili va rekvizitlari;
oʻlchash vositalarining nomi va ularni ishlab chiqaruvchi mamlakat;
oʻlchash vositalarining nomi, belgilanishi hamda uning inventar yoki zavod raqami;
baholanishi kerak boʻlgan tavsiflar roʻyxati.
Arizada (koʻp funksiyali oʻlchash vositalari uchun) oʻlchanuvchi kattaliklar, oʻlchash diapazonini va shu oʻlchash vositasini foydalanish nazarda tutilgan sharoitlarni koʻrsatish zarur.
14. Foydalanish uchun ishga-tushirish sozlash ishlari oʻtkazilishi talab etiladigan bir nechta qismlardan iborat boʻlgan oʻlchash vositalarining metrologik attestatsiyasi, ular montaj qilingandan va foydalanish joyida ularning ishga yaroqliligi sinab koʻrilgandan soʻng oʻtkaziladi. Ushbu holatda ariza beruvchi ijrochining namunaviy oʻlchash vositalari va yordamchi qurilmalari metrologik attestatsiyadan oʻtkazish joyiga yetkaziliishi va qayta olib kelinishini taʼminlaydi.
15. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
oʻlchash vositasi;
oʻlchash vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari;
16. Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish:
statsionar laboratoriyalarda;
koʻchma (mobil) laboratoriyalarda;
bevosita oʻlchash vositalari joylashgan joylarda, ijrochining mutaxassislarini xizmat safariga yuborish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Ijrochining mutaxassislarni xizmat safariga yuborish, koʻchma (mobil) laboratoriyalardan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi.
17. Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishda metrologik attestatsiya uchun moʻljallangan joy sharoiti qiyoslash uslubiyoti va metrologik attestatsiya dasturida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ariza beruvchining arizasiga koʻra oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish ulardan foydalanish joyida oʻtkazilishi mumkin. Bu holda ariza beruvchi ijrochining namunaviy oʻlchash vositalari va yordamchi qurilmalari metrologik attestatsiyadan oʻtkazish joyiga yetkazilishi va qayta olib kelinishini taʼminlaydi.
18. Agar oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish uchun ijrochi laboratoriyasida butun diapazon boʻyicha metrologik attestatsiyadan oʻtkazishning texnik imkoni mavjud boʻlmasa, ariza beruvchining yozma talabiga koʻra oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish mumkin boʻlgan diapazonda oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
19. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar ular boshqa tillarda bayon etilgan boʻlsa, u holda hujjatlarga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
20. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 15-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta orqali taqdim etilishi mumkin.
21. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani koʻrib chiqadi va oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, ariza beruvchiga “E-metrologiya” axborot dasturi orqali metrologik attestatsiyani oʻtkazishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xabar yuboradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
22. Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan, oʻlchash vositalarini qiyoslash uslubiyotini aks ettiruvchi hujjat boʻlmagan taqdirda ijrochi tomonidan ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar asosida qiyoslash uslubiyotining loyihasi ikki ish kuni mobaynida ishlab chiqiladi.
23. Ijrochi tomonidan metrologik attestatsiya dasturi bir ish kuni mobaynida ishlab chiqiladi va ariza beruvchi bilan kelishiladi.
24. Ijrochi oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishga tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab, metrologik attestatsiya dasturi va oʻlchash vositalarini qiyoslash uslubiyotiga muvofiq oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazadi.
25. Oʻlchash vositalarining metrologik attestatsiya dasturi va qiyoslash uslubiyoti oʻlchash vositalarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
26. Bir turdagi oʻlchash vositalarining metrologik attestatsiyasi metrologik attestatsiya namunaviy dasturlari boʻyicha oʻtkazilishi mumkin.
Oʻlchash vositalari metrologik attestatsiya namunaviy dasturlari roʻyxati Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq eʼlon qilinadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
27. Metrologik attestatsiya dasturi, oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish bayonnomasi va dalolatnomasining shakli va mazmuniga qoʻyiladigan talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar bilan belgilanadi.
28. Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish natijalari ijobiy boʻlganda, ijrochi bir ish kuni mobaynida oʻlchash vositalarini maxsus dasturiy taʼminot (platforma) orqali elektron shaklda reyestrda roʻyxatga oladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish natijalari salbiy boʻlgan taqdirda ijrochi bir ish kuni mobaynida aniqlangan nomuvofiqliklarni koʻrsatgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga beradi.
29. Ijrochi oʻlchash vositalari reyestrda roʻyxatga olingandan keyin bir ish kuni mobaynida ushbu Qoidalarga 4-ilovaga asosan shakl boʻyicha reyestr uchun oʻlchash vositalari turining taʼrifi va 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha metrologik attestatsiya sertifikatini rasmiylashtiriladi.
(29-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
30. Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish davomiyligi oʻn ish kunidan oshmasligi kerak, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq koʻrsatilgan muddatdan oshadigan oʻlchash vositalari bundan mustasno.
31. Oʻlchash vositalari metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati oʻlchash vositalarining qiyoslashlararo intervaliga muvofiq belgilanadi.
32. Metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati tugagandan soʻng oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkaziladi.
3-bob. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish
33. Ariza beruvchi ijrochiga ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza yuboradi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
ariza beruvchining nomi, manzili va rekvizitlari;
standart namunalarning nomlanishi, belgilanishi va qoʻllanilish sohasi;
ishlab chiqaruvchi mamlakat (ishlab chiqaruvchi);
standart namunaning identifikatsiya belgisi va ishlab chiqarilgan yili.
34. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
standart namuna;
standart namuna pasporti;
texnik topshiriq loyihasi;
standart namunaning ekspluatatsiya va texnik hujjatlari.
35. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar ular boshqa tillarda bayon etilgan boʻlsa, u holda hujjatlarga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
36. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 34-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin.
37. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani koʻrib chiqadi va natijalar ijobiy boʻlganda standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi yoki metrologik attestatsiyadan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda — ariza beruvchiga qiyoslash oʻtkazishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xat yuboradi.
Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish uchun shartnomalar elektron shaklda tuzilishi ham mumkin.
38. Ijrochi toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida texnik topshiriqni metrologik ekspertizadan (keyingi oʻrinlarda ekspertiza deb ataladi) oʻtkazadi.
39. Standart namuna hujjatlarining ekspertizasi natijalari ijobiy boʻlganda ijrochi ekspert xulosani rasmiylashtiradi va texnik topshiriqni kelishadi.
40. Standart namuna hujjatlarining ekspertizasi natijalari salbiy boʻlganda ijrochi bir ish kuni mobaynida nomuvofiqlik sabablarini koʻrsatgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi.
Ariza beruvchi dalolatnomada koʻrsatilgan eʼtirozlar asosida nomuvofiqlikni bartaraf qiladi. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin texnik topshiriqni qayta ekspertiza qilish zarur hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta ekspertiza qilish uchun toʻlov undirilmaydi.
Nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha belgilangan muddatdan keyin topshirilgan hujjatlar yangidan topshirilgan hisoblanadi.
Ekspertiza oʻtkazish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati oʻttiz ish kunidan oshmasligi kerak.
41. Texnik topshiriq kelishilgandan soʻng ariza beruvchi texnik topshiriqqa muvofiq metrologik va texnik tavsiflarni aniqlash boʻyicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba ishlarini oʻtkazadi, texnik hisobot tuzadi va ekspertiza oʻtkazish uchun ijrochiga taqdim etadi.
42. Standart namunani metrologik attestatsiyadan oʻtkazish doirasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba ishlari belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun.
43. Ijrochi texnik hisobot olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida standart namuna hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi.
44. Standart namunani metrologik attestatsiyadan oʻtkazish natijalari ijobiy boʻlganda ijrochi bir ish kuni mobaynida standart namunalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish natijalari mavjud boʻlgan hujjatlarni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuboradi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bir ish kuni mobaynida standart namunani reyestrda roʻyxatga oladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
45. Standart namuna hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish natijalari salbiy boʻlganda ijrochi bir ish kuni mobaynida nomuvofiqlik sabablari koʻrsatilgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi.
46. Ijrochi standart namuna reyestrda roʻyxatga olingandan keyin bir ish kuni mobaynida ushbu Qoidalarga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha reyestrda metrologik attestatsiya sertifikatini rasmiylashtiradi.
Reyestrga kiritilgan standart namunalar roʻyxati Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy saytida ochiq eʼlon qilinadi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
47. Standart namunaning metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati besh yilni tashkil etadi.
48. Standart namunaning metrologik attestatsiya sertifikatining amal qilish muddati metrologik tavsiflar vaqtida oʻz barqarorligini saqlagan standart namuna uchun uzaytiriladi.
49. Standart namunaning metrologik attestatsiyasi sertifikatining amal qilish muddati tugagandan soʻng ariza beruvchi ijrochiga sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ariza beradi.
50. Arizaga standart namunaning metrologik tavsiflarining barqarorligi toʻgʻrisida ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan barqarorlikni tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi texnik hisobot shaklidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
51. Zarurat boʻlganda ekspertiza oʻtkazayotgan ijrochi arizani koʻrib chiqish jarayonida ariza beruvchiga tashrif buyurgan holda standart namunani qoʻllab standart namuna metrologik tavsiflarining barqarorligiga oid oʻlchashlar oʻtkazish sharoitlari bilan tanishish huquqiga ega.
52. Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish davomiyligi oʻn ish kunidan oshmasligi kerak, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq koʻrsatilgan muddatdan oshadigan standart namunalar bundan mustasno.
53. Standart namunaning metrologik attestatsiyasi sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish yuzasidan qolgan harakatlar ushbu Qoidalarning 33 — 46-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
54. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkazilgan oʻlchash vositalari va standart namunalar metrologik attestatsiyasining natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
55. Oʻlchash vositalari va standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishlarni bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
56. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga
1-ILOVA
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1 Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish (standart namunalar bundan mustasno) uchun ariza va zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ijrochiga ariza va hujjatlarni beradi.
Zarur boʻlgan hollarda
2-bosqich
Ijrochi
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi:
metrologik attestatsiyadan oʻtkazish uchun texnik imkoniyatlar mavjud boʻlganda — ariza beruvchi bilan tegishli shartnoma tuzadi;
metrologik attestatsiyadan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda — ariza beruvchiga metrologik attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xabar yuboradi.
Bir ish kuni mobaynida
3-bosqich
Ijrochi
Metrologik attestatsiya dasturini va qiyoslash uslubiyotini ishlab chiqadi (zarurat boʻlganda).
Uchish kuni mobaynida
4-bosqich
Ijrochi
Metrologik attestatsiya dasturiga muvofiq oʻlchash vositalarining xossalarini tekshiradi va tekshirish natijalariga koʻra metrologik attestatsiya bayonnomasi va dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
Uchish kuni mobaynida
5-bosqich
Ijrochi
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish natijalari ijobiy boʻlganda, maxsus dastur orqali elektron shaklda reyestrda roʻyxatga oladi.
Oʻlchash vositalarining xossalarini tekshirish natijalari salbiy boʻlgan taqdirda, ariza beruvchiga metrologik nomuvofiqliklar sabablarini koʻrsatgan holda dalolatnomani beradi.
Bir ish kuni mobaynida
6-bosqich
Ijrochi
Oʻlchash vositalari reyestrda roʻyxatga olingandan keyin reyestr uchun oʻlchash vositalari tarifini rasmiylashtiradi va metrologik attestatsiya sertifikatini beradi.
Ikki ish kuni mobaynida
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 2-ILOVA
Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Standart namunani metrologik attestatsiyadan oʻtkazish uchun ariza va zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ijrochiga ariza va hujjatlarni beradi.
Zarur boʻlgan hollarda
2-bosqich
Ijrochi
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi:
standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazishga ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi;
metrologik attestatsiyadan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda — ariza beruvchiga metrologik attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xat yuboradi.
Bir ish kuni mobaynida
3-bosqich
Ijrochi
Texnik topshiriqni metrologik ekspertizadan oʻtkazadi:
standart namuna hujjatlarining metrologik ekspertizasi natijalari ijobiy boʻlganda ekspert xulosani rasmiylashtiradi va texnik topshiriqni kelishadi;
standart namuna hujjatlarining metrologik ekspertizasi natijalari salbiy boʻlganda nomuvofiqlik sabablarini koʻrsatgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi.
Besh ish kuni mobaynida
Ariza beruvchi
Metrologik ekspertiza natijalari salbiy boʻlganda — nomuvofiqliklarni bartaraf etadi va hujjatlarni qayta ishlangan texnik topshiriqni ekspertiza qilish uchun taqdim etadi.
Oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda
Ijrochi
Texnik topshiriqni qayta metrologik ekspertizadan oʻtkazadi va standart namuna hujjatlarining qayta metrologik ekspertizasi natijalari ijobiy boʻlganda ekspert xulosani rasmiylashtiradi va texnik topshiriqni kelishadi.
Uch ish kuni mobaynida
4-bosqich
Ariza beruvchi
Tyexnik topshiriq kelishilgandan soʻng:
texnik topshiriqqa muvofiq metrologik va texnik tavsiflarni aniqlash boʻyicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-tajriba ishlarini oʻtkazadi;
texnik hisobot tuzadi va metrologik ekspertiza oʻtkazish uchun ijrochiga taqdim etadi.
Zarur boʻlgan hollarda
5-bosqich
Ijrochi
Texnik hisobotni metrologik ekspertizasini oʻtkazadi:
standart namunani metrologik ekspertizadan oʻtkazish natijalari ijobiy boʻlganda hujjatlarni “Oʻzstandart” agentligiga yuboradi;
standart namuna hujjatlarini metrologik ekspertiza oʻtkazish natijalari salbiy boʻlganda nomuvofiqlik sabablari koʻrsatilgan holda dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi.
Uch ish kuni mobaynida
6-bosqich
“Oʻzstandart” agentligi
Standart namunani reyestrda roʻyxatga oladi.
Bir ish kuni mobaynida
7-bosqich
Ijrochi
Standart namunaning metrologik attestatsiya sertifikatini rasmiylashtiradi.
Bir ish kuni mobaynida
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 3-ILOVA
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 4-ILOVA
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash
TIZIMI
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 6-ILOVA
Standart namunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish uchun
ARIZA
Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 7-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 3-ILOVA
1. Ushbu Qoidalar “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda foydalaniladigan oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
Ushbu Qoidalar tegishli maʼmuriy reglamentlarga binoan koʻrsatiladigan davlat xizmatlariga asosan amalga oshiriladigan tabiiy gaz, elektr energiyasi, suv isteʼmolini hisobga olish priborlarini (hisoblagichlarni) davriy qiyoslashdan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohada qoʻllanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchash vositalari davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi) kiritilgan oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
3. Quyidagi sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim:
sogʻliqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilgʻi-energetika resurslarini hisobga olish;
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilish;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yongʻin xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini taʼminlash;
sanoat xavfsizligini taʼminlash;
davlat mudofaasini taʼminlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini taʼminlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
oʻlchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, taʼmirlash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazish;
mahsulotlar va xizmatlar muvofiqligini baholash boʻyicha ishlarni bajarish.
4. Oʻquv (namoyish qilish) maqsadlari uchun qoʻllanadigan hamda kattaliklarning oʻzgarishini, ularning qiymatlarini baholamasdan kuzatish uchun qoʻllanadigan, idikatorlar turkumiga kiritilgan texnik vositalar qiyoslashdan oʻtkazilmaydi.
5. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
ariza beruvchi — oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazishda manfaatdor boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan davlat metrologiya xizmati, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari metrologiya xizmatlari, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
qiyoslovchi — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan davlat metrologiya xizmati, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari metrologiya xizmatlari, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarining zarur malakaga ega boʻlgan, aniq bir oʻlchash turi boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan mutaxassisi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
qiyoslash tamgʻasining izi — oʻlchash vositasi va (yoki) texnik hujjatga bosilgan, oʻlchash texnikasi vositalarini qiyoslash qoniqarli natijalar bilan oʻtkazilganligini tasdiqlaydigan, shuningdek, oʻlchash vositalarini, shu jumladan, rostlovchi qurilmalarni har qanday ruxsat berilmagan kirishdan himoya qilish uchun moʻljallangan belgi;
qiyoslash tamgʻasi — belgilangan shakl va mazmundagi oʻyma belgilar maydoniga ega boʻlgan, oʻlchash vositasiga va (yoki) ularning foydalanish hujjatlariga izi bosib tushiriladigan va ularni qiyoslashdan oʻtkazilganligini va qoʻllanish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi texnik qurilma;
oʻlchash vositalarining qiyoslashlararo intervali — oʻlchash vositalarini ikkita ketma-ket qiyoslash orasidagi vaqt oraligʻi;
qiyoslash uslubiyoti — bajarilishi oʻlchash vositalari metrologik talablarga muvofiqligini imkonini beruvchi, aniq taʼriflangan operatsiyalar jamlanmasidan iborat hujjat.
6. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalardan tashqarida foydalaniladigan oʻlchash vositalari qiyoslashga ixtiyoriy ravishda ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
7. Oʻlchash vositalari ishlash siklida birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashlardan, xususan:
birlamchi qiyoslashdan — ishlab chiqarishdan yoki taʼmirlashdan soʻng;
davriy qiyoslashdan — oʻlchash vositalari qiyoslashlararo intervalining muddati tugaganda;
navbatdan tashqari qiyoslashdan — oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tamgʻa shikastlanganda, oʻlchash vositasi qiyoslashdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat yoʻqotilganda yoki sozlash ishlarini oʻtkazish zarur boʻlgan holda, shuningdek, oʻlchash vositalarini uzoq (bitta qiyoslashlararo intervaldan ortiq) muddat saqlangandan soʻng foydalanishga kiritishda;
inspeksion qiyoslashdan — davlat metrologik nazoratini amalga oshirishda oʻlchash vositalari qoʻllanishga yaroqliligini aniqlash zarur boʻlganda;
ekspert qiyoslashdan — oʻlchash vositalari sozligi yoki ularning qoʻllanishga yaroqliligi, metrologik tavsiflar boʻyicha munozarali masalalar yuzaga kelganda oʻtkaziladi.
Davriy qiyoslash ishlari “E-metrologiya” axborot dasturi orqali amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
8. Birlamchi qiyoslashdan barcha oʻlchash vositalari nusxalari oʻtkazilishi lozim, metrologik attestatsiyadan oʻtkazilgan oʻlchash vositalari bundan mustasno.
9. Oʻlchash vositalarini inspeksion va ekspert qiyoslashdan oʻtkazishda manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Oʻlchash vositalarini ekspert qiyoslash tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoki sud qaroriga (ajrimiga) asosan oʻtkazilishi mumkin.
10. Oʻlchash vositalarini qiyoslashda akkreditatsiyadan oʻtgan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan oʻlchash vositalarini kalibrlash natijalaridan foydalanish mumkin.
11. Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq metrologiya tekshiruvidan oʻtgan oʻlchash va sinov vositalari yordamida amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
12. Qiyoslash oʻlchash vositasining qiyoslash uslubiyotiga muvofiq oʻtkaziladi.
13. Qiyoslashdan oʻtkazish vaqtida ijrochi oʻlchash vositalarining tashqi omillar taʼsiridan shikastlanishi uchun javob beradi.
14. Ijrochi faqat qiyoslashdan oʻtkazish vaqtida natijalar aniqligini kafolatlaydi. Oʻlchash vositalari ariza beruvchiga topshirilgan paytdan boshlab ijrochi oʻlchash vositalarining metrologik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi uchun javob bermaydi.
15. Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
16. Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish ishlari uchun haq tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Oʻlchash vositalarini inspeksion va ekspert qiyoslashdan oʻtkazish uchun haq shartnomaga muvofiq manfaatdor tomon tomonidan toʻlanadi.
17. Oʻlchash vositalarini qiyoslashning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy boʻlganda oʻtkaziladi.
2-bob. Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish
18. Ariza beruvchi quyidagilarni ilova qilgan holda, “E-metrologiya” axborot dasturi orqali ijrochiga qiyoslash oʻtkazish toʻgʻrisida ariza beradi:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
oʻlchash vositalari;
oʻlchash vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari.
19. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani koʻrib chiqadi va oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish uchun ariza beruvchi bilan “E-metrologiya” axborot dasturi orqali shartnoma tuzadi, qiyoslashdan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, ariza beruvchiga qiyoslashni oʻtkazishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda elektron platformasida tegishli yozuv qoldiradi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
20. Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish davomiyligi oʻn ish kunidan oshmasligi kerak, qiyoslashdan oʻtkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq koʻrsatilgan muddatdan oshadigan oʻlchash vositalari bundan mustasno.
21. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan boʻlsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
22. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 18-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi oʻz ihtiyoriga koʻra qoʻshimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin.
23. Oʻlchash vositalari qiyoslashdan:
statsionar qiyoslash laboratoriyalarida;
koʻchma (mobil) qiyoslash laboratoriyalarida;
bevosita oʻlchash vositalari joylashgan joylarda, qiyoslovchilarni xizmat safariga yuborish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Qiyoslovchilarni xizmat safariga yuborish, koʻchma (mobil) laboratoriyalardan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi.
24. Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazishda qiyoslash uchun moʻljallangan joy sharoiti qiyoslash usullarini tartibga soluvchi hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Foydalanish joyida oʻlchash vositalarini qiyoslash ariza beruvchining arizasiga koʻra oʻtkaziladi.
Bu holda ariza beruvchi ijrochining namunaviy oʻlchash vositalari va yordamchi qurilmalari qiyoslash joyiga yetkazilishi va qayta olib kelinishini taʼminlaydi.
25. Agar oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish uchun ijrochi laboratoriyasida butun diapazon boʻyicha qiyoslashning texnik imkoni mavjud boʻlmasa, ariza beruvchining yozma talabiga koʻra oʻlchash vositalarini qiyoslashni mumkin boʻlgan diapazonda oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
26. Oʻtkazilgan qiyoslash natijalariga koʻra oʻlchash vositalari qoʻllanishga yaroqli deb tan olingan taqdirda ijrochi tomonidan oʻlchash vositalarini qiyoslash bayonnomasi tuziladi va uning asosida yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari uchun ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha va ishchi oʻlchash vositalari uchun 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha oʻlchash vositalarining qiyoslashdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi qiyoslash guvohnomasi rasmiylashtiriladi.
Bir turdagi bir nechta oʻlchash vositalariga bitta guvohnoma rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi, bunday hollarda oʻlchash vositalarining barcha maʼlumotlari (zavod raqami, parametr nomi, oʻlchash chegaralari, xatoliklar, aniqlik darajasi) qiyoslash guvohnomasiga ilovada koʻrsatiladi.
27. Qiyoslash tamgʻasining izi oʻlchash vositalariga (yoki mahkamlovchi plombaga) va (yoki) oʻlchash vositalarining foydalanish hujjatlariga bosiladi.
28. Oʻlchash vositalarining konstruksiya elementlariga va uni rostlash organlariga ruxsat berilmagan kirishning oldini olish maqsadida oʻlchash vositalarining maxsus joylari (plombalash joylari mavjud boʻlganda) qiyoslovchi tomonidan plombalanadi.
29. Oʻlchash vositalari qiyoslash natijalariga koʻra keyingi qoʻllanishga yaroqsiz deb tan olingan taqdirda, ijrochi tomonidan ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha oʻlchash vositalarining qoʻllanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma beriladi, qiyoslash tamgʻasining izi esa bekor qilinadi.
30. Qoʻllanishga yaroqsiz deb topilgan oʻlchash vositalari taʼmirlangandan va texnik xizmat koʻrsatilgandan soʻng takroriy qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
32. Oʻlchash vositalarini qiyoslash ishlarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
32. Oʻlchash vositalarini qiyoslash ishlarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
33. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish qoidalariga
1-ILOVA
Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish uchun ariza va zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ijrochiga ariza va hujjatlarni “E-metrologiya” axborot dasturi orqali taqdim etadi.
Zarur boʻlgan hollarda
2-bosqich
Ijrochi
Arizani koʻrib chiqadi: oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish uchun texnik imkoniyatlar mavjud boʻlganda, ariza beruvchi bilan “E-metrologiya” axborot dasturi orqali tegishli shartnoma tuzadi;
oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganda, oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish imkoniyati mavjud emasligi toʻgʻrisida ariza beruvchiga “E-metoologiya” axborot dasturi orqali yozma ravishda xabar beradi.
Bir ish kuni mobaynida
3-bosqich
Ariza beruvchi
Ijrochiga oʻlchash vositalarini va oʻlchash vositalarining foydalanish hujjatlarini “E-metrologiya” axborot dasturi orqali taqdim etadi.
Zarur boʻlgan hollarda
4-bosqich
Ijrochi
Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazadi:
qiyoslash natijalari ijobiy boʻlganda, oʻlchash vositasini qiyoslash guvohnomasini “E-metrologiya” axborot dasturi orqali beradi;
qiyoslash natijalari salbiy boʻlganda, oʻlchash vositalarining qoʻllanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma “E-metrologiya” axborot dasturi orqali beradi.
Oʻn ish kuni mobaynida
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish qoidalariga 2-ILOVA
* Oʻlchash vositalarining qiyoslash guvohnomasi shakli 2021-yil 1-yanvardan amalga kiritiladi
Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish qoidalariga 3-ILOVA
* Oʻlchash vositalarining qiyoslash guvohnomasi shakli 2021-yil 1-yanvardan amalga kiritiladi
Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish qoidalariga 4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 4-ILOVA
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish va oʻtkazish tartibiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalarda qoʻllanadigan yoki qoʻllanishga moʻljallangan sinov vositalariga taalluqli.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
Quyidagi sohalarda qoʻllaniladigan sinov vositalari metrologik attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim:
sogʻliqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilgʻi-energetika resurslarini hisobga olish;
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yoʻq qilish;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar koʻrsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yongʻin xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini taʼminlash;
sanoat xavfsizligini taʼminlash;
davlat mudofaasini taʼminlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini taʼminlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
oʻlchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, taʼmirlash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazish;
mahsulotlar va xizmatlar muvofiqligini baholash boʻyicha ishlarni bajarish.
3. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishdan asosiy maqsad joiz ogʻish chegaralarida sinov sharoitlarining xuddi oʻziday takrorlanish imkoniyatini tasdiqlash va sinov vositasining belgilangan maqsadiga muvofiq foydalanish uchun yaroqliligini aniqlashdan iborat.
4. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
ariza beruvchi — sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishdan manfaatdor boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan metrologiya xizmatlari;
sinov sharoitlari — sinovlar jarayonidagi taʼsir etuvchi omillar yoki obyektning ishlash rejimlarining majmui.
5. Sinov vositasi undan foydalanish sikli davomida birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert metrologik attestatsiyadan, xususan:
birlamchi attestatsiya — ishlab chiqarishdan chiqarilgandan, import boʻyicha olib kelingandan yoki taʼmirlashdan keyin, shuningdek, sinov vositalarini foydalanishga topshirishda va montajdan soʻng foydalanishga tayyorlashda;
davriy attestatsiya — sinov vositalarining ekspluatatsiya hujjatlarida belgilangan interval vaqti tugaganda yoki uni birlamchi metrologik attestatsiyadan oʻtkazish paytida sinov vositalarining tavsiflari texnik hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida;
navbatdan tashqari attestatsiya — sinov vositalarining attestatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi plomba buzilganda, sinov vositasi metrologik attestatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat yoʻqotilganda yoki sozlash ishlarini bajarish zarur boʻlgan holda, shuningdek, sinov vositalarini uzoq muddat saqlashdan keyin foydalanishga topshirishda;
inspeksion attestatsiya — davlat metrologik nazoratini amalga oshirishda sinov vositalarining foydalanish uchun yaroqliligini aniqlash zarur boʻlgan holda;
ekspert attestatsiya — sinov vositalarining sozligi yoki ularning yaroqliligi, meʼyorlangan texnik tavsiflarga muvofiqligi boʻyicha munozarali masalalar yuzaga kelganda oʻtkaziladi.
6. Birlamchi metrologik attestatsiya jarayonida quyidagilar belgilanadi:
aniq turdagi mahsulotning sinov uslubiyotlari hujjatlarida belgilangan tashqi taʼsir etuvchi omillarni yoki sinov obyektining ish rejimlarini oʻziday qayta tiklash imkoniyati;
sinov sharoitlari parametrlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablarida belgilangan koʻrsatkichlardan ogʻishi;
xodimlarning xavfsizligini va atrof-muhitga zararli taʼsir mavjud emasligini taʼminlash;
davriy metrologik attestatsiya paytida tekshirilishi kerak boʻlgan uskunalar tavsiflarining roʻyxati, shuningdek, ularni qoʻllash usullari, vositalari va davriyligi.
Davriy attestatsiya sinov uskunalaridan foydalanish jarayonida, uning tavsiflarining sinov uslubiyotlarining hujjatlari va ekspluatatsiya hujjatlari talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hajmda amalga oshiriladi.
7. Sinov vositalarini inspeksion va ekspert attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida manfaatdor shaxslar yoki ularning vakillari bevosita ishtirok etishlari mumkin.
Sinov vositalarini ekspert attestatsiyadan oʻtkazish tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoki sudning qaroriga (ajrimiga) asosan oʻtkazilishi mumkin.
8. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish ishlari uchun haq tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Inspeksion va ekspert attestatsiyadan oʻtkazish uchun haq shartnoma asosida manfaatdor tomon tomonidan toʻlanadi.
9. Sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
10. Sinov vositalarini birlamchi yoki davriy metrologik attestatsiyadan oʻtkazishning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy boʻlganda bajariladi.
2-bob. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish
11. Ariza beruvchi ijrochiga sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish uchun quyidagilar koʻrsatilgan arizani yuboradi:
ariza beruvchini toʻliq nomi manzili va rekvizitlari;
sinov vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakat;
sinov vositalarining nomi, belgilanishi hamda uning inventar yoki zavod raqami;
baholanishi kerak boʻlgan tavsiflar.
12. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
sinov vositasi;
sinov vositalarining ekspluatatsiya va texnik hujjatlari.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 553-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)
13. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish:
statsionar laboratoriyalarda;
koʻchma (mobil) laboratoriyalarda;
bevosita sinov vositalari joylashgan joylarda, ijrochining mutaxassislarini xizmat safariga yuborish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Ijrochining mutaxassislarini xizmat safariga yuborish, koʻchma (mobil) laboratoriyalardan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi.
14. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazishda metrologik attestatsiya uchun moʻljallangan joy sharoitlari sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan oʻtkazish uslubiyoti va dasturida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Sinov vositalarini ulardan foydalanish joyida metrologik attestatsiyadan oʻtkazish ariza beruvchining arizasiga koʻra oʻtkaziladi. Bu holda ariza beruvchi ijrochining namunaviy oʻlchash vositalari va yordamchi qurilmalari metrologik attestatsiyadan oʻtkazish joyiga yetkazilishi va qayta olib kelinishini taʼminlaydi.
15. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan boʻlsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
16. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilinayotgan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin.
17. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani va unga ilova qilingan hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqadi, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda, ariza beruvchi bilan tegishli shartnoma tuzadi, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa, ijrochi uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga metrologik attestatsiyadan oʻtkazishni rad etish sabablari koʻrsatilgan xat yuboradi.
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish uchun shartnomalar elektron shaklda ham tuzilishi mumkin.
18. Sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan oʻtkazish birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyotiga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sinov vositalarining birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi davlat metrologiya xizmati organlarida uch ish kuni mobaynida ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.
Sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi ekspertizasi natijalari ijobiy boʻlganda ijrochi ekspert xulosani rasmiylashtiradi.
Sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi ekspertizasi natijalari salbiy boʻlganda, ijrochi bir ish kuni davomida nomuvofiqlik sabablarini koʻrsatgan holda ekspert xulosasini rasmiylashtiradi va uni ariza beruvchiga taqdim etadi.
Ariza beruvchi ekspert xulosasida koʻrsatilgan eʼtirozlar asosida nomuvofiqlikni bartaraf qiladi. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilgandan keyin, sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti asosida sinov vositasi uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda birlamchi metrologik attestatsiyadan oʻtkaziladi. Hujjatlarni qayta ekspertiza qilish uchun toʻlov undirilmaydi. Nomuvofiqliklarni bartaraf qilish boʻyicha belgilangan muddatdan keyin topshirilgan hujjatlar yangidan topshirilgan hisoblanadi.
Ekspertiza oʻtkazish vaqtida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati oʻttiz ish kunidan oshmasligi kerak.
20. Ariza beruvchi sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasini ishlab chiqishni davlat metrologiya xizmati organlariga va (yoki) shu turdagi ishlarni bajarish boʻyicha texnik vakolatli shaxslarga topshirishi mumkin.
Ijrochi tomonidan ishlab chiqilgan sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihasi ekspertizadan oʻtkazilmaydi, biroq ariza beruvchi bilan kelishiladi.
Sinov vositalari birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti, sinov vositalariga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
21. Sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan oʻtkazish dasturi va uslubiyotining amal qilish muddati chegaralanmagan va agar u aniqlik va qayta tiklanuvchanlik boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilayotgan sinov vositasiga qoʻyiladigan talablarga javob bersa, undan ariza beruvchi (kelishuv boʻyicha) yoki metrologiya xizmati tomonidan kelgusida bir turdagi sinov vositasini attestatsiyadan oʻtkazish uchun qoʻllanishi mumkin.
22. Zarurat boʻlganda, metrologik attestatsiyaning zarur tarzda oʻtkazilishini taʼminlash uchun ariza beruvchi yordamchi uskunalarni taqdim etadi.
23. Sinov vositalari tarkibiga kiradigan oʻlchash vositalari metrologik tekshiruvdan oʻtish paytiga foydalanishga yaroqliligini tasdiqlovchi amaldagi hujjatlarga ega boʻlishi kerak.
24. Ijrochi sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiyadan oʻtkazish dasturi va uslubiyotiga muvofiq besh ish kunidan oshmaydigan muddatda sinov vositasining xossalarini tekshiradi, sinov natijalari esa ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha metrologik attestatsiya bayonnomasi va 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
25. Metrologik attestatsiya natijalari ijobiy boʻlganda ijrochi ushbu Qoidalarga 4-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha ikki ish kuni mobaynida sinov vositalarining metrologik attestatsiyasi sertifikatini rasmiylashtiradi.
Metrologik attestatsiya natijalari salbiy boʻlganda ijrochi ushbu Qoidalarga 5-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha ikki ish kuni mobaynida sinov vositalarining yaroqsizligi toʻgʻrisida xabarnoma beradi.
26. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish davomiyligi oʻn ish kunidan oshmasligi kerak, metrologik attestatsiyadan oʻtkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq koʻrsatilgan muddatdan oshadigan oʻlchash vositalari bundan mustasno.
27. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 1-ILOVA
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish uchun ariza va zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ijrochiga ariza va hujjatlarni beradi.
Zarur boʻlgan hollarda
2-bosqich
Ijrochi
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi:
metrologikattestatsiyadan oʻtkazish uchun texnik imkoniyatlar mavjud boʻlganda ariza beruvchi bilan tegishli shartnoma tuzadi;
metrologik attestatsiyadan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ariza beruvchiga metrologik attestatsiyadanoʻtkazishni rad etish sabablarini koʻrsatgan holda xat yuboradi.
Bir ish kuni mobaynida
Uch ish kuni mobaynida
3-bosqich
Ijrochi
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi:
sinov vositalarini birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyoti loyihalari ekspertizasi natijalari ijobiy boʻlganda ekspert xulosani rasmiylashtiradi.
sinov vositalarining birlamchi va davriy metrologik attestatsiyasi dasturi va uslubiyoti loyihalari ekspertizasi natijalari salbiy boʻlganda, nomuvofiqlik sabablarini koʻrsatgan holda ekspert xulosani rasmiylashtiradi.
Uch ish kuni mobaynida
4-bosqich
Ariza beruvchi
Ekspertiza natijalari salbiy boʻlganda — nomuvofiqliklarni bartaraf etadi va sinov vositalarining birlamchi va davriy metrologik attestatsiyasi dasturi va uslubiyotining qayta ishlangan loyihalarini takroriy ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
Uch ish kuni mobaynida
5-bosqich
Ijrochi
Birlamchi va davriy metrologik attestatsiya dasturi va uslubiyotiga muvofiq sinov vositasining xossalarini tekshiradi va natijalarni attestatsiya bayonnomasida rasmiylashtiradi:
attestatsiya natijalari ijobiy boʻlganda sinov vositalarining metrologik attestatsiyasi sertifikatini rasmiylashtiradi;
metrologik attestatsiya natijalari salbiy boʻlganda sinov vositalarining yaroqsizligi toʻgʻrisida xabarnoma beradi.
Besh ish kuni mobaynida
Ikki ish kuni mobaynida
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 2-ILOVA
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 3-ILOVA
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 4-ILOVA
Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq oʻlchash vositalarini kalibrlashni tashkil etish va oʻtkazish tartibiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
ariza beruvchi — oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazishdan manfaatdor boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
ijrochi — belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan metrologiya xizmatlari;
oʻlchash vositalarini kalibrlash — maʼlum sharoitlarda, oʻlchash vositasi yordamida olingan kattalik qiymati va etalon bilan qayta tiklanadigan tegishli kattalik qiymati oʻrtasidagi nisbatni aniqlash orqali oʻlchash vositalarining metrologik tavsiflarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan operatsiyalar majmui.
3. Kalibrlash maʼlum sharoitlarda kalibrlanadigan oʻlchash vositalari yordamida olingan kattalik qiymatlari hamda namunaviy oʻlchash vositalari va etalonlar bilan qayta tiklanadigan tegishli qiymatlar oʻrtasidagi nisbatni aniqlaydigan operatsiyalar majmuini amalga oshirish orqali oʻlchash vositalarining metrologik tavsiflarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
4. Oʻlchash vositalarini kalibrlashda xalqaro birliklar tizimining birliklarigacha bevosita yoki bilvosita metrologik kuzatiluvchanlikka ega boʻlgan namunaviy oʻlchash vositalari (etalonlar) va yordamchi kalibrlash vositalari qoʻllaniladi.
5. Oʻlchash vositalarini kalibrlash davriyligi kalibrlash usullari va tartib-taomillarida belgilanadi, bunda belgilangan muddat tegishli oʻlchash vositalarining qiyoslashlararo interval muddatidan oshmasligi kerak.
6. Kalibrlash jarayonida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda chop etilgan yoxud nufuzli texnik tashkilot yoki tegishli ilmiy maqola yoki jurnallarda bayon etilgan yoki oʻlchash vositasini ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan usullar (keyingi oʻrinlarda kalibrlash usuli deb ataladi) qoʻllanilishi tavsiya etiladi. Laboratoriya tomonidan sifat tizimi menejmenti hujjati shaklida ishlab chiqilgan yoki modifikatsiyalangan usullar qoʻllanilishi mumkin.
Kalibrlashni qanday amalga oshirish haqida yetarlicha va aniq axborotga ega boʻlgan kalibrlash usullari, agar bu usullar kalibrlash laboratoriyasining xodimlari tomonidan ishda qoʻllanishi mumkin boʻladigan tarzda yozilgan boʻlsa, usulda harakatlar ketma-ketligining hujjatlashtirilishi yoki qoʻshimcha aniqlashtirilishi zarur boʻlganda — toʻldirilmasligi yoki ichki tartib-taomillar shaklida qayta yozilmasligi kerak.
7. Oʻlchash vositalarini kalibrlash, kalibrlash tartib-taomiliga muvofiq menejment tizimlarining hujjatlashtirilgan axboroti (keyingi oʻrinlarda kalibrlash tartib-taomili deb ataladi) shaklida oʻtkaziladi.
Kalibrlash laboratoriyalari kalibrlash usulidagi harakatlar ketma-ketligining hujjatlashtirilishi yoki qoʻshimcha aniqlashtirilish uchun kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlaridan kelib chiqib kalibrlash tartib-taomilini ishlab chiqadi.
8. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan oʻlchash vositalarini kalibrlash natijalaridan oʻlchash vositalarini qiyoslashda foydalanish mumkin.
9. Oʻlchash vositalarini kalibrlashni kalibrlash laboratoriyasining akkreditatsiyaning maʼlum sohasida vakolatli boʻlgan xodimlari oʻtkazadi.
10. Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish ishlari uchun haq tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
11. Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
12. Oʻlchash vositalarini kalibrlashning har bir keyingi bosqichi avvalgi bosqich natijalari ijobiy boʻlganda oʻtkaziladi.
2-bob. Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish tartibi
13. Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ariza beruvchining oʻlchash vositalarini kalibrlash toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish;
buyurtmachining talablariga muvofiq kalibrlashni oʻtkazishning texnik imkoniyatlarini aniqlash va maʼlum metrologik tavsiflarni taʼminlash uchun namunaviy oʻlchash vositalari (etalonlar) va yordamchi kalibrlash vositalarini tanlash;
oʻlchash natijalariga noaniqlik darajasini baholash bilan ishlov berish;
kalibrlash natijalarini rasmiylashtirish;
ariza beruvchiga oʻlchash vositasi va kalibrlash natijalari boʻyicha hujjatlarni topshirish.
14. Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
oʻlchash vositasi;
oʻlchash vositasining metrologik tavsiflari belgilangan ekspluatatsiya hujjatlari;
kalibrlash jarayonida aniqlanishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalarining metrologik tavsiflari roʻyxati, va zarur boʻlganda, kalibrlash sharoitlariga va bu tavsiflarni aniqlash usullariga qoʻyiladigan talablar.
15. Oʻlchash vositalarini kalibrlash:
statsionar kalibrlash laboratoriyalarida;
koʻchma (mobil) kalibrlash laboratoriyalarida;
bevosita oʻlchash vositalari joylashgan joylarda, mutaxassislarni xizmat safariga yuborish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Mutaxassislarni xizmat safariga yuborish, koʻchma (mobil) kalibrlash laboratoriyalaridan foydalanish, ishni tashkil etish tartibi shartnoma asosida belgilanadi.
16. Zarur boʻlganda ariza beruvchining arizasiga asosan oʻlchash vositalarini kalibrlash ularni tayyorlash, ulgurji saqlash (import boʻyicha olib kiriladigan oʻlchash vositalari uchun), oʻlchash vositalarini taʼmirlash yoki foydalanish joylarida amalga oshirilishi mumkin. Bunda ariza beruvchi:
oʻlchash vositalarini kalibrlash foydalanish joyida oʻtkazilgan taqdirda — kalibrlashni oʻtkazishni amalga oshiradigan ijrochiga tegishli boʻlgan kalibrlash va yordamchi vositalarning kalibrlash oʻtkazish joyiga va qaytadan oʻz joyiga yetkazilishini taʼminlaydi;
kalibrlashni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan xonalarni va yordamchi xodimlarni ajratadi;
sifatli kalibrlash ishlarini oʻtkazish uchun barcha sharoitlarni taʼminlaydi;
oʻlchash vositalarini kalibrlash foydalanish joyida oʻtkazilgan taqdirda — kalibrlashni amalga oshiradigan ijrochiga tegishli boʻlgan kalibrlash va yordamchi vositalarning saqlanishini taʼminlaydi;
koʻchma (mobil) kalibrlash laboratoriyasidan foydalanilganda — uning muhandislik kommunikatsiyalariga ulanishini taʼminlaydi, u turadigan joyni taqdim etadi, shuningdek, uning saqlanishini taʼminlaydi.
17. Ijrochi bir ish kuni mobaynida arizani koʻrib chiqadi va ariza beruvchi bilan oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi yoki kalibrlashni oʻtkazish imkoni boʻlmagan taqdirda ariza beruvchiga kalibrlashni oʻtkazishni rad etishning asoslangan sabablari koʻrsatilgan xat yuboradi.
Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish uchun shartnomalar elektron shaklda ham tuzilish mumkin.
18. Oʻlchash vositalarini kalibrlash ijrochi tomonidan oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazishga tuzilgan shartnomaga asosan toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida oʻtkaziladi.
Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish davomiyligi oʻn ish kunidan oshmasligi kerak, kalibrlashdan oʻtkazish vaqtining normasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq koʻrsatilgan muddatdan oshadigan oʻlchash vositalari bundan mustasno.
19. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bayon etilgan boʻlishi kerak. Agar hujjatlar boshqa tillarda bayon etilgan boʻlsa, u holda ularga asl nusxasiga mos tarjimasi ilova qilinadi, uning ishonchliligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
20. Ariza beruvchidan ushbu Qoidalarning 14-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi oʻz ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha ravishda boshqa hujjatlarni ham taqdim etishi mumkin.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, elektron shaklda yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilishi mumkin.
21. Kalibrlashni oʻtkazish vaqtida bajaruvchi oʻlchash vositalari tashqi omillar taʼsiridan shikastlanishi uchun javob beradi.
22. Ijrochi faqat kalibrlash oʻtkazish vaqtida natijalarning aniqligini kafolatlaydi. Oʻlchash vositalari ariza beruvchiga topshirilgan paytdan boshlab ijrochi oʻlchash vositalari metrologik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga muvofiqligi uchun javob bermaydi.
23. Oʻlchash vositasining qoʻllanishi mumkinligi haqida qaror qabul qilinishi ariza beruvchiga yuklatiladi. Kalibrlash oʻtkazishga imkon bermaydigan sabablar yuzaga kelganda ijrochi tomonidan ariza beruvchiga kalibrlash oʻtkazish imkoni yoʻqligining sabablari koʻrsatilgan dalolatnoma taqdim etiladi.
3-bob. Kalibrlash natijalarini rasmiylashtirish
24. Oʻlchash vositalarini kalibrlash jarayonida oʻtkaziladigan oʻlchash natijalari, ularga ishlov berish va noaniqligini baholash, kalibrlashdan oʻtkazish tartib-taomilida belgilangan shakl boʻyicha kalibrlash oʻtkazish bayonnomalarida va sertifikatlarida qayd etiladi.
25. Oʻlchash vositasini kalibrlash sertifikati mazmuniga qoʻyiladigan talablar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan.
26. Kalibrlash sertifikatida yoki bayonnomasida xatolar aniqlanganda sertifikatlarni va bayonnomalarni belgilangan tartibda toʻliq qayta rasmiylashtirish ishlari bajariladi.
27. Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish ishlarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish qoidalariga ILOVA
Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
1.Oʻlchash vositalarini kalibrlashdanoʻtkazish uchun ariza va zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ijrochiga ariza va hujjatlarni beradi.
Zarur boʻlgan hollarda
2-bosqich
Ijrochi
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar koʻrib chiqadi:
oʻlchash vositalarini kalibrlashdanoʻtkazish uchun texnik imkoniyatlar mavjud boʻlganda ariza beruvchi bilan tegishli shartnoma tuzadi;
oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish mumkin emasligi sabablari toʻgʻrisida ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi.
Bir ish kuni mobaynida
3-bosqich
Ariza beruvchi
Ijrochiga oʻlchash vositalariniva foydalanish hujjatlarini taqdim etadi.
Shartnomada belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Ijrochi
Buyurtmachining talablariga muvofiq kalibrlashni oʻtkazishning texnik imkoniyatlarini aniqlash va maʼlum metrologik tavsiflarni taʼminlash uchun namunaviy oʻlchash vositalari (etalonlar) va yordamchi kalibrlash vositalarini tanlaydi.
Oʻn ish kuni mobaynida
Oʻlchash vositasining ishlashi foydalanish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
Oʻlchashlarni bajaradi.
5-bosqich
Ijrochi
Oʻlchash vositalarini kalibrlash jarayonida oʻtkaziladigan oʻlchash natijalari, ularga ishlov berish va noaniqligini baholash, kalibrlashdan oʻtkazish tartib-taomilida belgilangan shakl boʻyicha kalibrlash oʻtkazish bayonnomalarida va sertifikatlarida qayd etiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2020-y., 09/20/528/1240-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son; 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)