1-ILOVA
|
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Moliyaviy manba |
Masʼullar | |
|
1. |
Adiblardan birining ilmiy-ijodiy faoliyatini oʻrganuvchi tadqiqotchilar, adabiyot va sanʼat yoʻnalishidagi faol talabalar faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan beriladigan muayyan adiblar nomidagi koʻkrak nishonini joriy qilib, bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlashni yoʻlga qoʻyish. |
1. Namunaviy nizom asosida har bir oliy taʼlim muassasasida koʻkrak nishoni va uni berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. |
2021-yil |
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika Oliy taʼlim kengashi, |
|
2. Adabiyot va sanʼat yoʻnalishidagi tadqiqotchilar hamda faol talabalarni muayyan adiblar nomidagi koʻkrak nishoni bilan taqdirlab borish. |
har oʻquv yili yakunida | ||||
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoni 9-bandiga muvofiq eng ilgʻor ilmiy xodim, oʻqituvchi, oʻquvchi vatalabalarni moddiy hamda maʼnaviy ragʻbatlantirib borish maqsadida har bir oliy taʼlim muassasasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan talabalar uchun rektor tomonidan bir semestr davomida beriladigan muayyan adiblar nomidagi maxsus stipendiyani joriy qilish. |
1. Namunaviy nizom asosida har bir oliy taʼlim muassasasida muayyan adiblar nomidagi maxsus stipendiyani joriy qilish va uni berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. |
2021-yil |
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika Oliy taʼlim kengashi, |
|
2. Ushbu yoʻnalishdagi faol talabalarni maxsus stipendiya bilan taqdirlab borish. |
har oʻquv yili yakunida | ||||
|
3. |
Milliy badiiy adabiyotga doir oʻquv manbalari, mumtoz va zamonaviy asarlarning elektron nusxalari, yozuvchi va shoirlarning mahorat saboqlarini oʻzida jamlagan, Adiblar xiyobonida haykali oʻrnatilgan har bir ijodkorning hayoti va boy merosini keng targʻib qilishga moʻljallangan oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi “Adiblar xiyoboni” internet portalini yaratish. |
1. “Adiblar xiyoboni” internet portalining konsepsiyasi va texnik topshiriqlarini ishlab chiqish. |
2020-yil |
Adiblar xiyoboniga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi |
|
2. Oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi “Adiblar xiyoboni” internet portalini yaratish. |
2020-yil sentabr | ||||
|
3. “Adiblar xiyoboni” internet portalini adiblar bilan bogʻliq boʻlgan axborot va maʼlumotlar bilan boyitib, yangilab borish. |
doimiy | ||||
|
4. |
Adiblar xiyobonida 5 ta muhim tashabbusga bagʻishlangan “Adabiyot haftaligi” doirasida “Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!” shiori ostida respublika talabalar festivalini, uning doirasida kitob yarmarkasi va festivalini tashkil etish. |
1. Festival konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
2020-yil |
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish fondi |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Respublika Oliy taʼlim kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
2. Festivalni talabalar oʻrtasida keng targʻib qilib, uning quyi bosqichlarini oʻtkazish. |
har yili | ||||
|
3. Festivalning respublika bosqichini oʻtkazish. |
har yili | ||||
|
4. Kitob yarmarkasi va festivali, “Adabiyot va badiiy ijod” mavzusida fotokoʻrgazma, liboslar koʻrgazmasi, amaliy ijod namunalari koʻrgazmasi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari koʻrgazmasi va boshqa turli koʻrgazmalar tashkil etish. |
festival doirasida | ||||
|
5. |
Adiblar xiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli adiblarning nomi bilan ataladigan joylardagi koʻcha, mahalla yoki boshqa ijtimoiy obyektlarda yashayotgan, faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirokida “Adibimiz — faxrimiz” shiori ostidayoshlar festivali va kitob yarmarkasini tashkil etish. |
1. Festivalning konsepsiyasi, namunaviy dasturini ishlab chiqish |
2021-yil |
Ijrochilar hamda homiylar mablagʻlari |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
2. Festivalni talabalar oʻrtasida keng targʻib qilib, uning quyi bosqichlarini oʻtkazish. |
har yili | ||||
|
3. Festivalning respublika bosqichini oʻtkazish. |
har yili | ||||
|
4. Kitob yarmarkasi va festivalini oʻtkazish. |
festival doirasida | ||||
|
6. |
Oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida Adiblar xiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodiga bagʻishlangan esselar, insholar tanlovlari, viktorinalar hamda ularning asarlari asosida sahnalashtirilgan drama asarlari koʻrigini oʻtkazish hamda gʻoliblarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
1. Talabalari oʻrtasida Adiblar xiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodiga bagʻishlangan esselar, insholar tanlovlari, viktorinalar, ularning asarlari asosida sahnalashtirilgan drama asarlari tanlovini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil |
Ijrochilar hamda homiylar mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, tizimida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar, |
|
2. Ushbu tanlovlarni talabalar oʻrtasida keng targʻib qilib, uning quyi bosqichlarini oʻtkazish. |
har yili | ||||
|
3. Tanlovlarning respublika bosqichini oʻtkazish. |
2021-yil | ||||
|
7. |
Adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlab yangi chop etilgan badiiy adabiyotning taqdimotini tashkil etib borish. |
1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha dastur ishlab chiqish. |
2020-yil sentabr |
- |
Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari |
|
2. Tadbirlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil | ||||
|
3. Tadbirlarni oʻtkazib borish hamda faol yoshlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish. |
har yili | ||||
|
8. |
“Yashnagay to abad ilmu fan, ijod” mavzusida Adiblar xiyobonida haykallari oʻrnatilgan adiblarga bagʻishlangan publitsistik va ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etib borish. |
1. Adiblar xiyobonidagi adiblarga bagʻishlangan publitsistik, ilmiy maqolalar tanlovi nizomi, reja, dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil noyabr-dekabr |
Ijrochilar |
Yoshlar ishlari agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari |
|
2. Tanlovning Toshkent shahar va Respublika bosqichlarini Adiblar xiyobonida tashkil etib borish. |
har yili | ||||
|
9. |
“Adiblar bilan tanishuv” deb nomlangan adiblar hayoti va ijodi haqidagi badiiy, hujjatli filmlarning ilk namoyishini Adiblar xiyobonida tashkil etish. |
1. Adiblar hayoti va ijodi haqidagi badiiy va hujjatli filmlarning ilk namoyishini Adiblar xiyobonida tashkil etish tartibi va rejasini tasdiqlash. |
2020-yil |
Ijrochilar hamda homiylar mablagʻlari |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari |
|
2. Badiiy va hujjatli filmlar namoyishini Adiblar xiyobonida tashkil etish. |
har yili | ||||
|
10. |
“Shuhrating porlasin toki bor jahon” shiori ostida taʼlim muassasalaridagi adabiyot, maʼnaviyat, odob-axloq va tarbiya bilan bogʻliq boʻlgan mahorat darslarni tashkil etish. |
1. Oʻtkaziladigan tadbirlar |
2020-yil sentabr |
- |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻtkaziladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil oktabr | ||||
|
3. Adiblar xiyobonida oʻtkaziladigan adabiyot, maʼnaviyat va tarbiya bilan bogʻliq boʻlgan mahorat darslarini OAVda yoritib borish. |
doimiy | ||||
|
4. Adiblarning asarlari asosida k?t??xonlik tanlovlarini tashkil etish. |
har yili | ||||
|
11. |
Adiblar haqida xotiralar jamlangan kitob tayyorlash |
1. Adiblar haqida xotiralar jamlangan nashrlarni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh shakllantirish. |
2020-yil sentabr |
Ijrochilar |
Biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi |
|
2. Adiblar haqida xotiralar jamlangan mavjud nashrlarni oʻrganish. |
2021-yil | ||||
|
3. Jamlangan nashrlarni tayyorlash va chop qilish. |
2021-yil | ||||
|
12. |
Ijtimoiy tarmoqlarda har bir adib hayoti va ijodiga bagʻishlangan maxsus sahifalar yaratish, ularni mazmunli kontent bilan toʻldirish. |
1. Ijtimoiy tarmoqlarda har bir adib hayoti va ijodiga bagʻishlangan maxsus sahifalar yaratish. |
2020-yil |
- |
Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari |
|
2. Sahifalarni mazmunli kontent bilan toʻldirish boʻyicha masʼullarni belgilash. |
2020-yil | ||||
|
3. Maxsus sahifalarni mazmunli kontent bilan toʻldirib borish va mualliflarni ragʻbatlantirish. |
2020 — 2022-yillar | ||||
|
4. Har bir adib hayoti va ijodiga oid multimedia dasturlari, videoroliklar tayyorlash va tarqatish. |
|||||
|
5. “Vatanparvar shoir” mavzusida radio va onlayn viktorina oʻtkazish hamda maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. |
2020 — 2022-yillar | ||||
|
13. |
Nofilologik oliy taʼlim muassasalari uchun “Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi” fan dasturiga “Oʻzbek adabiyoti”, “Navoiyshunoslik” mavzularini kiritish va tegishli oʻquv adabiyotlarini yaratish. |
1. Nofilologik oliy taʼlim muassasalari uchun fan dasturiga tegishli mavzularni kiritish. 2. Nofilologik oliy taʼlim muassasalari uchun “Oʻzbek adabiyoti”, “Navoiyshunoslik” fanlari boʻyicha oʻquv qoʻllanma yaratish. |
2020/2021 oʻquv yilidan |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oliy taʼlim muassasalari | |
|
14. |
Atoqli shoir Berdaq hayoti vaijodini oʻrganish hamda targʻib qilish boʻyicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti misolida tashkil etish hamda ijobiy natijalari hisobga olingan holda, bu tajribani boshqa oliy oʻquv yurtlarida joriy etish. |
1. Toshkent pediatriya tibbiyot institutida atoqli shoir Berdaq hayoti va ijodini oʻrganish hamda targʻib qilish boʻyicha oʻqituvchi va talabalardan tashkil topgan ijodiy guruh tuzish. |
2020-yil sentabr |
Ijrochilar hamda homiylar mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti |
|
2. Toshkent pediatriya tibbiyot institutida, Berdaq yashab ijod qilgan hu??d?? ?tkaziladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash. |
2020-yil | ||||
|
3. Berdaq ijodiga bagʻishlangan turkum madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish hamda ijodiy guruhning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga borishi, Berdaq hayoti va ijodini targʻib qilishni tashkil etish. |
2020/2021 oʻquv yilidan muntazam | ||||
|
4. Oʻtkaziladigan tadbirlarni OAVda yoritib borish. |
tadbirlar davomida | ||||
|
5. Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ijobiy tajribasini adiblar biriktirilgan boshqa oliy oʻquv yurtlarida ommalashtirish. |
2021/2022 oʻquv yilidan | ||||
|
15. |
Adiblar yashab ijod qilgan hudud va qadamjolarga ilmiy-maʼrifiy ekspeditsiyalar tashkil etish hamda ular bilan bogʻliq mavzularda konferensiyalar oʻtkazib borish. |
1. Konferensiyalarni tashkil etish boʻyicha Ishchi guruh tashkil etish. |
2020-yil sentabr |
Ijrochilar |
Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, tizimida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari |
|
2. Konferensiyalarni Vazirlar Mahkamasining yillik konferensiyalar rejasiga kiritish. |
har yili | ||||
|
3. Adiblar tugʻilib oʻsgan, ijod qilgan maskanlarga ekskursiyalarini tashkil etish. |
reja asosida, konferensiya davomida | ||||
|
4. Konferensiyalarda professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarning faol ishtirokini taʼminlash hamda maqolalar toʻplamlarini chop etish. |
konferensiya davrida | ||||
|
5. Konferensiya materiallari asosida xulosaviy takliflar tayyorlash. |
konferensiyadan soʻng | ||||
|
16. |
Adiblar xiyobonida haykali oʻrnatilgan yozuvchi va shoirlarning uy muzeylari, ularning nomlarida tashkil etilgan ijod maktablarini oliy taʼlim muassasalari tomonidan otaliqqa olish, ularning eng ilgʻor ilmiy xodim, oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy hamda maʼnaviy ragʻbatlantirib borish. |
1. Otaliqqa olingan maktablar bilan hamkorlikda ishlash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash. |
2020-yil |
Ijrochilar hamda homiylar mablagʻlari |
Biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika Oliy taʼlim kengashi |
|
2. Yozuvchi va shoirlarning nomlarida tashkil etilgan ijod maktablarida “yoʻl xaritasi” asosida tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash. |
“Yoʻl xaritasi” asosida | ||||
|
17. |
Talabalar qalbida adabiyotga, ona tilimizga mehr, hurmat va eʼtibor hissini yuksaltirish maqsadida oliy oʻquv yurti havaskorlik jamoalari tomonidan ularga biriktirilgan atoqli adiblarning hayoti, faoliyati va asarlari asosida spektakllar sahnalashtirish |
1. Atoqli adiblarning hayoti, faoliyati va asarlari asosida spektakllar sahnalashtirish uchun ssenariylar tuzish. |
2021-yil |
Ijrochilar hamda homiylar mablagʻlari |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, |
|
2. Ssenariylar asosida spektakllar sahnalashtirish. |
2021-yil | ||||
|
3. Spektakllar namoyishini tashkil etish. |
2020/2021 oʻquv yili davomida | ||||
|
18. |
Oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarida Adiblar xiyobonining ahamiyati va oʻzbek adabiyoti namoyandalariga bagʻishlangan maxsus kurs tashkil etish. |
1. Oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarida Adiblar xiyobonining ahamiyati, oʻzbek adabiyoti namoyandalariga bagʻishlangan maxsus kurs tashkil etish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish. |
2020-yil |
– |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Respublika Oliy taʼlim kengashi |
|
2. Taʼlim muassasalari uchun maxsus kurs dasturini tayyorlash. |
2020-yil | ||||
|
3. Taʼlim muassasalarida asosiy fanlarga qoʻshimcha ravishda oʻtiladigan, 6 soatdan iborat maxsus kurs joriy qilish. |
2020-yil dekabr | ||||
|
4. Biriktirilgan adibning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish boʻyicha oʻquv-maʼrifiy tadbir tashkil etish va telekanallarda efirga berib borish. |
2020/2021 oʻquv yili davomida | ||||
|
19. |
Adiblar xiyoboni haqida hujjatli film hamda u yerda haykali oʻrnatilgan yozuvchi va shoirlar haqida alohida reja boʻyicha badiiy |
1. Adiblar xiyoboni, yozuvchi va shoirlar haqidagi filmlarni yaratish boʻyicha ijodiy guruhlar tuzish. |
2020-yil |
Ijrochilar |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari |
|
2. Filmlarning ssenariylarini ishlab chiqish va badiiy kengash koʻrigidan oʻtkazish. |
2020-yil | ||||
|
3. Filmlarni yaratish boʻyicha reja va loyiha tayyorlash. |
2020-yil | ||||
|
4. Filmlarni festivallar, OAV, internet sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilish. |
2021-yil davomida | ||||
|
20. |
Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodini oliy taʼlim muassasalarida oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston davlat sanʼat |
1. Muhammad Yusufning hayoti |
2020-yil sentabr-oktabr |
Ijrochilar hamda homiylar mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti |
|
3. Shoir hayoti va ijodi haqidagi oʻquv-maʼrifiy tadbirlarni OAVda yoritib borish. |
tadbirlar davomida | ||||
|
4. Mazkur ijobiy tajribani adiblar biriktirilgan boshqa oliy taʼlim muassasalarida ommalashtirish. |
2021/2022 oʻquv yilidan | ||||
|
21. |
Taʼlim muassasalarida muayyan adiblar tarixi va ijodiga bagʻishlangan ekspozitsiyani tashkil qilish. |
1. Muayyan adiblar tarixi vaijodiga bagʻishlangan ekspozitsiya xonasini tayyorlash boʻyicha namunaviy konsepsiyani ishlab chiqish. |
2020-yil |
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Adiblar xiyobonidagi tadbirlarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari |
|
2. Doimiy ekspozitsiya xonasini zarur materiallar bilan jihozlash |
2020-yil | ||||
|
3. Ekspozitsiya xonasining 3D maketini yaratish va xonada koʻchma mashgʻulotlar tashkil etib borish. |
2020-2021 oʻquv yilini ikkinchi yarmidan | ||||
|
22. |
Milliy gvardiya harbiy-texnik institutida eng namunali harbiy tayyorgarlikka ega, yuksak maʼnaviyatli oʻqituvchilar va talabalarni munosib taqdirlash maqsadida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi koʻkrak nishoni, maxsus stipendiya taʼsis etish hamda bu tajribani boshqa oliy oʻquv yurtlarida ham joriy etish. |
1. Tasdiqlangan namunaviy nizom asosida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi koʻkrak nishoni, maxsus stipendiya nizomini ishlab chiqish |
2021-yil |
Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Milliy gvardiya, |
|
2. Tanlov komissiyasini tuzish, tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash va uni amalga oshirish. |
2020-yil | ||||
|
3. Institut oʻqituvchi va talabalari orasidan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi koʻkrak nishoni, maxsus stipendiyaga munosiblarni aniqlash. |
2020-yil | ||||
|
4. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi koʻkrak nishoni, maxsus stipendiya gʻoliblarini taqdirlash. |
2020-yil | ||||
|
5. Boshqa oliy oʻquv yurtlariga joriy etish. |
2021/2022 oʻquv yilidan |
2-ILOVA
Alisher Navoiy haykaliga | — | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti | |
2. | Zahiriddin Muhammad Bobur haykaliga | — | Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti |
3. | Furqat haykaliga | — | Toshkent arxitektura-qurilish instituti |
4. | Muhammad Rizo Ogahiy haykaliga | — | Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti |
5. | Muqimiy haykaliga | — | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
6. | Berdaq haykaliga | — | Toshkent pediatriya tibbiyot instituti |
7. | Mahmudxoʻja Behbudiy haykaliga | — | Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi |
8. | Abdulla Avloniy haykaliga | — | Toshkent davlat pedagogika universiteti |
9. | Abdulhamid Choʻlpon haykaliga | — | Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi |
10. | Abdulla Qodiriy haykaliga | — | Toshkent davlat texnika universiteti |
11. | Gʻafur Gʻulom haykaliga | — | Toshkent davlat yuridik universiteti |
12. | Hamid Olimjon haykaliga | — | Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
13. | Zulfiya haykaliga | — | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
14. | Oybek haykaliga | — | Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti |
15. | Maqsud Shayxzoda haykaliga | — | Toshkent davlat transport universiteti |
16. | Abdulla Qahhor haykaliga | — | Toshkent moliya instituti |
17. | Said Ahmad va Saida Zunnunova haykaliga | — | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
18. | Toʻlepbergen Kaipbergenov haykaliga | — | Toshkent davlat agrar universiteti |
19. | Ibroyim Yusupov haykaliga | — | Toshkent kimyo-texnologiya instituti |
20. | Erkin Vohidov haykaliga | — | Oʻzbekiston Milliy universiteti |
21. | Ozod Sharafiddinov haykaliga | — | Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti |
22. | Abdulla Oripov haykaliga | — | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti |
23. | Aleksandr Faynberg haykaliga | — | Toshkent davlat jahon tillari universiteti |
24. | Muhammad Yusuf haykaliga | — | Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti |
3-ILOVA