1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda huquq ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirishga, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarni qabul qilish jarayonlarining murakkabligi, shaffofligi taʼminlanmaganligi hamda ushbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmaganligi joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida va samarali hal qilishga toʻsqinlik qilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli qarorlar qabul qilish jarayonining shaffofligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — hokimliklar), Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi) hokimliklar tomonidan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni rasman kuchga kirgan vaqtdan eʼtiboran (1993-yil 18-sentabrdan) 2020-yil 1-martga qadar qabul qilingan jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish toʻgʻrisidagi oʻz kuchida boʻlgan qarorlarni 2020-yil 1-sentabrgacha toʻliq xatlovdan oʻtkazib, tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishini taʼminlasinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” tizimini (keyingi oʻrinlarda — “E-qaror” elektron tizimi) 2021-yil 1-yanvarga qadar sinov tariqasida ishga tushirilishini;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilish jarayonini boshqarish va nazorat qilish, shu jumladan, zarurat tugʻilganda manfaatdor idoralar tomonidan loyihalarga elektron koʻrinishdagi viza qoʻyilishini;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari loyihalarini koʻrib chiqish va kelishish boʻyicha idoralararo elektron hamkorlikni, shuningdek, ularni ishlab chiqish jarayoni monitoring qilinishini taʼminlasin.
3. Yagona elektron tizimdan foydalanishda quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
“E-qaror” elektron tizimiga egalik qilish hamda uning sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
“E-qaror” elektron tizimining funksional imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻrish, tizimdan foydalanish jarayonida texnik yordam koʻrsatish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda “E-qaror” elektron tizimining axborot xavfsizligini taʼminlash;
(3-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tizimdan foydalanuvchilardan tushgan takliflarni hisobga olgan holda “E-qaror” elektron tizimini muntazam takomillashtirish va modernizatsiya qilish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
qarorlarni faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilish jarayonining doimiy monitoringini olib borish;
“E-qaror” elektron tizimining ishlash tartibi va mexanizmini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining “E-qaror” elektron tizimidan samarali foydalanishlarini taʼminlash, shuningdek, undan foydalanish masalasiga metodik rahbarlik qilish;
v) davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
qarorlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonlari “E-qaror” elektron tizimi orqali toʻliq amalga oshirilishi boʻyicha tezkor tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qarorlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, maxsus raqamlash va avtomatik tarzda eʼlon qilish jarayonida “E-qaror” elektron tizimidan majburiy foydalanish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarga qatʼiy rioya qilish;
(3-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
“E-qaror” elektron tizimini ishlash tartibi va mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
4. “E-qaror” elektron tizimini yaratish va joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2021-y., 09/21/390/0588-son)
“E-qaror” elektron tizimining uzluksiz faoliyat koʻrsatishi, texnik xizmat koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga moliyalashtiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
2021-yil yanvar — may oylarida Qashqadaryo viloyatida “E-qaror” elektron tizimini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment oʻtkaziladi;
2021-yil 1-iyuldan boshlab huquqiy eksperiment natijalari asosida “E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda eksperiment natijalaridan kelib chiqib, zaruratga koʻra, 2021-yil 15-iyunga qadar Vazirlar Mahkamasiga “E-qaror” elektron tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-aprel,
218-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga 1-ILOVA
“E-qaror” elektron tizimini yaratish va joriy etish boʻyicha
1. “E-qaror” elektron tizimining texnik topshirigʻini ishlab chiqish.
2. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish boʻyicha belgilangan tartibda tanlov eʼlon qilish.
3. “E-qaror” elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish boʻyicha gʻolib tashkilot bilan shartnoma tuzilishini taʼminlash.
4. “E-qaror” elektron tizimini ishlab chiqish.
2020-yil 1-iyun
2020-yil 15-iyun
2020-yil iyul-avgust
2020-yil dekabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)
2.
“E-qaror” elektron tizimini Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarida joriy etish
1. Quyidagilarni oʻrganish uchun Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish:
ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash;
mazkur davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari va masʼul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi;
“E-qaror” elektron tizimda ishlash boʻyicha masʼul xodimlarni biriktirish.
2. Xatlov yakunlariga koʻra Qashqadaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul taʼminlash.
3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini taʼminlash.
2021-yil yanvar
2021-yil yanvar
2021-yil yanvar
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z. Mirzayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev)
3.
Qashqadaryo viloyati tuman (shahar) hokimliklarida “E-qaror” elektron tizimida ishlashning mohiyati va tartibini tushuntirish.
1. Masʼul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar oʻtkazuvchi mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.
2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash.
3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish.
2021-yil yanvar
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev)
4.
Qashqadaryo viloyati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qarorlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish boʻyicha eksperiment oʻtkazish.
1. Qarorlar “E-qaror” elektron tizimi orqali faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, ularga takrorlanmaydigan maxsus raqam berish va avtomatik tarzda eʼlon qilinishini taʼminlash.
2. Eksperiment natijalari yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash.
2021-yil yanvar — may
Zaruratga koʻra
Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z. Mirzayev),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)
5.
“E-qaror” elektron tizimini respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish.
1. Quyidagilarni oʻrganish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazish:
ularni “E-qaror” elektron tizimga ulash;
mazkur tashkilotlarning rahbarlari va masʼul ijrochilarida elektron raqamli imzolarning mavjudligi;
“E-qaror” elektron tizimda ishlash boʻyicha masʼul xodimlarni biriktirish.
2. Xatlov yakunlariga koʻra mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat organlari va tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan elektron raqamli imzo bilan bepul taʼminlash.
3. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, masʼul ijrochilar (tashkilot rahbari tomonidan aniqlanadi) “E-qaror” elektron tizimiga ulanishini taʼminlash.
2021-yil iyul
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev)
6.
“E-qaror” elektron tizimida ishlash tartibini tushuntirish.
1. Masʼul shaxslar kontingenti bilan belgilagan holda seminarlar oʻtkazish rejasini tasdiqlash hamda seminar oʻtkazuvchi mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.
2. Seminar ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar tayyorlash.
3. Seminarlarni reja-jadval asosida samarali tashkil qilish.
2021-yil iyun
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaz�rligi (Sh. Sadikov),
Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev)
7.
“E-qaror” elektron tizimining sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.
1. “E-qaror” elektron tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni doimiy ravishda oʻtkazib borish.
2. “E-qaror” elektron tizimini muntazam takomillashtirib borish va modernizatsiya qilish.
Tizim ishga tushirilganidan soʻng doimiy ravishda
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2021-y., 09/21/390/0588-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/218/0429-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 23.06.2021-y., 09/21/390/0588-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)