

<!DOCTYPE html>

<html lang="ru-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/ru/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4711311" id="onLBC-4711311">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18923"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.10.00.00 Maʼmuriy adliya / 16.10.02.00 Maʼmuriy ish yuritish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4711311" id="onLS-4711311">[<b>TSZ:</b><div id="LS3800"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4714683" id="-4714683">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4714685" id="-4714685">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4714687" id="-4714687">Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4714689" id="-4714689"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6759152" id="edi-6759152"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-4714691">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6759152" id="-6759152"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6759164" id="-6759164">Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi <a href="/ru/acts/-3527353">kodeksi</a> qabul qilinishi, shuningdek, sudlar tomonidan maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/ru/acts/-5534923#-5536944">22-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6759171" id="-6759171">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-6686402?ONDATE=20.11.2023 00#-6687297">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4714693" id="-4714693"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6759174" id="edi-6759174"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-6759173">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6759174" id="-6759174"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6759176" id="-6759176">1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/ru/acts/-6445145#-6445640">55-moddasi</a> va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) <a href="/ru/acts/-3527353#-3528630">4-moddasiga</a> muvofiq, manfaatdor shaxs, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, prokuror, shuningdek, boshqa shaxslar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga vakolatli ayrim fuqarolar va davlat organlari maʼmuriy organ qarorini haqiqiy emas va uning mansabdor shaxsi harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) bilan, basharti bu qaror, harakat (harakatsizlik) tufayli uning:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6759177" id="-6759177">(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-6686402?ONDATE=20.11.2023 00#-6687298">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714695" id="-4714695">huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilgan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714696" id="-4714696">huquqlari, erkinliklarini amalga oshirish va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda toʻsqinlik yaratilgan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714699" id="-4714699">zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklatilgan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714700" id="-4714700">u yoki bu sohadagi faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa toʻsqinlik yaratilgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6759254" id="edi-6759254"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-4714702">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6759254" id="-6759254"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6759255" id="-6759255">2. Maʼmuriy organlar deganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-sonli <a href="/ru/acts/-6324756">Farmoni </a>bilan tasdiqlangan respublika davlat boshqaruvi organlari (vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar) va ularning hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, maʼmuriy-boshqaruv vakolati berilgan boshqa organlar, tashkilotlar va maxsus tashkil etilgan komissiyalar tushuniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6759261" id="-6759261">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-6686402?ONDATE=20.11.2023 00#-6687299">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714704" id="-4714704">3. Maʼmuriy organlar mansabdor shaxslari deganda, hokimiyat vakili vazifasini bajaradigan yoxud mazkur organlarda maʼmuriy-boshqaruv (tashkiliy-farmoyish berish) vazifasini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714706" id="-4714706">4. Manfaatdor shaxs deganda, maʼmuriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsi harakati (harakatsizligi) qaratilgan fuqaro yoki yuridik shaxs yoxud bunday qaror, harakat (harakatsizlik) huquq va qonuniy manfaatlariga daxl etgan boshqa shaxs tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714709" id="-4714709">5. Qaror deganda, maʼmuriy organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yakka yoki kollegial tarzda qabul qilingan va muayyan huquqiy oqibat tugʻdiruvchi hujjat tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714710" id="-4714710">Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qarorlar belgilangan shaklda (masalan, joylardagi ijro hokimiyati organlari qarorlari) yoki erkin tarzda (masalan, fuqaroning murojaatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi yozma xabar) qabul qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714712" id="-4714712">6. Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining harakatlari deganda, qaror shaklida ifodalanmagan boʻlsa ham, biroq manfaatdor shaxslar huquqlari va erkinliklarini buzilishiga olib kelgan yoki ularning huquqlari va erkinliklari amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilgan yuridik ahamiyatga ega farmoyishlar tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714713" id="-4714713">Harakatsizlik deganda, maʼmuriy organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar (lavozim yoʻriqnomalari, nizomlar, reglamentlar, buyruqlar) bilan yuklatilgan majburiyatni bajarmaslik tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714714" id="-4714714">7. Sudlarga tushuntirilsinki, qonun hujjatlariga koʻra tekshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mutlaq vakolatiga kiradigan davlat organlari qarorlari, shuningdek, qonun hujjatlarida ustidan sudga shikoyat berishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3531038">23-bobida</a> belgilangan tartibda koʻrib chiqilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714715" id="-4714715">Xususan, maʼmuriy organlar mansabdor shaxslarining jinoyat ishi yoxud maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritish bilan bogʻliq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan, tegishlicha, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual <a href="/ru/acts/-111460">kodeksi</a> va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi <a href="/ru/acts/-97664">kodeksida</a> belgilangan tartibda shikoyat qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714716" id="-4714716">Shu bilan birga, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalari mansabdor shaxslarining ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash haqidagi qarorlari va harakatlari MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3531038">23-bobida</a> nazarda tutilgan tartibda nizolashilishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/ru/acts/-111460#-257074">542-moddasida</a> nazarda tutilgan tartibda hal qilinadigan masalalar bundan mustasno.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6759266" id="edi-6759266"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-4714717">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6759266" id="-6759266"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6759268" id="-6759268">8. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy organlarning quyidagilar bilan bogʻliq qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar ham MSIYUtKning <a href="/ru/acts/-3527353#-3531038">23-bobida</a> nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6759269" id="-6759269">bino, inshoot va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga topshirish, foydalanish va buzishga kelishish va ruxsat berish (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-5970701">qarori</a>);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6759270" id="-6759270">jamoat birlashmalari, shu jumladan, siyosiy partiyalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek, davlat organining belgilangan muddatda bunday roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlashi (“Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining <a href="/ru/acts/-111825#-457120">uchinchi qismi</a>, “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining <a href="/ru/acts/-54191#-54347">uchinchi qismi</a>, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 23-moddasining <a href="/ru/acts/-5491534#-5494442">ikkinchi qismi</a>, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/ru/acts/-11360">26-moddasi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6759273" id="-6759273">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-6686402?ONDATE=20.11.2023 00#-6687301">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6759275" id="edi-6759275"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-4714722">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6759275" id="-6759275"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6759277" id="-6759277">9. Davlat ijrochisining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan MSIYUtKning 23-bobida nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6759278" id="-6759278">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-6686402?ONDATE=20.11.2023 00#-6687305">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7345922" id="edi-7345922"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=20.11.2023 00#-7345920">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7345922" id="-7345922"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7345930" id="-7345930">Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, davlat ijrochilarining ijro hujjatini Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi <a href="/ru/acts/-26477">Qonuni </a>va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda ijro etmaslikda ifodalangan harakatsizligi ustidan nizolashishga doir ishlar ham maʼmuriy sudga taalluqlidir.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7345931" id="-7345931">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/ru/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7309698">qaroriga </a>asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7345932" id="edi-7345932"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=20.11.2023 00#-6759279">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7345932" id="-7345932"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7345933" id="-7345933">10. Sudlarga tushuntirilsinki, harbiy boshqaruv organlari va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi), shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar chaqiruv komissiyalarining qarorlari ustidan shikoyatlar harbiy sudlar tomonidan koʻriladi (“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/ru/acts/-5534923#-5537756">45-moddasi</a>, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20<sup>2</sup>-moddasining <a href="/ru/acts/-78717#-5667844">sakkizinchi qismi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7345934" id="-7345934">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/ru/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7309700">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714725" id="-4714725">11. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, maʼmuriy organning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan alohida boʻlinmasi yoki mansabdor shaxsga nisbatan talab qoʻyilganda, sud MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3529055">42-moddasi</a> qoidalariga rioya qilgan holda, ish boʻyicha javobgar sifatida tegishli organni jalb etish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714726" id="-4714726">Sudga maxsus komissiyaning qarori ustidan shikoyat qilinganida, ish boʻyicha javobgar sifatida maxsus komissiyaning ishchi organi boʻlgan davlat organi jalb etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714727" id="-4714727">Agar ish hal qilingunga qadar maʼmuriy organ qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan boʻlsa, sud uning huquqiy vorisini yoki arizachining buzilgan huquqlari va erkinliklarini tiklash vakolatiga ega boʻlgan organni ishda ishtirok etishga jalb qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714728" id="-4714728">Agar ish koʻrib chiqilayotgan vaqtga kelib qarori yoki harakatlari (harakatsizligi) shikoyat qilinayotgan shaxs mansabdor shaxs boʻlmay qolgan boʻlsa, sud ushbu mansabni egallab turgan shaxsni yoxud arizachining buzilgan huquqlar va erkinliklarini tiklash vakolatiga ega tegishli organni ishda ishtirok etish uchun jalb etish masalasini hal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714729" id="-4714729">12. Arizachi ariza (shikoyat) bilan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli. Yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga dastlab murojaat qilmaslik, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714730" id="-4714730">Shu bilan birga, shuni nazarda tutish lozimki, qonun hujjatlarida ayrim qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan majburiy ravishda sudgacha nizolashish tartibi nazarda tutilishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4714731" id="-4714731"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5423922" id="edi-5423922"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-5423919">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5423922" id="-5423922"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5423927" id="-5423927">13. Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) qarori, harakati (harakatsizligi) nizolashilayotgan organ joylashgan yoxud mansabdor shaxs ishlaydigan joydagi tumanlararo maʼmuriy sudiga beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5423934" id="-5423934">(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-aprelrdagi 19-sonli <a href="/ru/acts/-5420184?ONDATE=20.04.2021 00#-5420413">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714733" id="-4714733">Turli joylarda boʻlgan bir nechta javobgarga nisbatan talab qoʻyilganda, ariza (shikoyat) arizachining tanlovi boʻyicha javobgarlardan biri joylashgan joydagi sudga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714734" id="-4714734">Agar maʼmuriy organ joylashgan joy uning vakolati amalga oshiriladigan hududga toʻgʻri kelmasa, ariza oʻsha organ oʻz majburiyatlarini bajarayotgan joyda faoliyat koʻrsatayotgan sudga beriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6759308" id="edi-6759308"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=20.04.2021 00#-5423938">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6759308" id="-6759308"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6759309" id="-6759309">Yirik investor boʻlmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo maʼmuriy sudga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga taqdim etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6759311" id="-6759311">Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq arizalari (shikoyatlari), shuningdek, tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan arizalar  tumanlararo maʼmuriy sudga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6759321" id="-6759321">(13-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-6686402?ONDATE=20.11.2023 00#-6687310">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714735" id="-4714735">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi birinchi instansiya sudi sifatida qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4714737" id="-4714737"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7345936" id="edi-7345936"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-7345935">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7345936" id="-7345936"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7345937" id="-7345937">14. Qarorni haqiqiy emas deb topish, harakatni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3530186">128</a>, <a href="/ru/acts/-3527353#-3531118">187-moddalariga</a> muvofiq rasmiylashtirilishi hamda qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajati toʻlangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7345939" id="-7345939">(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/ru/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7309701">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714739" id="-4714739">Ariza (shikoyat) shakli va mazmuniga nisbatan MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3531118">187-moddasida</a> belgilangan talablarni inobatga olib, unda jumladan, quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718036" id="-4718036">qanday qaror, harakat (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718038" id="-4718038">maʼmuriy organning nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718039" id="-4718039">mansabdor shaxsning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718041" id="-4718041">qarorning rekvizitlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718042" id="-4718042">arizachining aniq qanday huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718043" id="-4718043">arizachining fikriga koʻra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) qaysi qonun hujjatiga zid ekanligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718044" id="-4718044">shunga oʻxshash shikoyat buysunuv tartibida yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga berilgan-berilmaganligi va agar berilgan boʻlsa, qanday javob olinganligi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718033" id="-4718033">15. Arizaga (shikoyatga) MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3530204">130-moddasida</a> koʻrsatilgan hujjatlar, shuningdek, nizolashilayotgan qaror nusxasi ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718045" id="-4718045">Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, MSIYUtK 134-moddasining <a href="/ru/acts/-3527353#-3530249">birinchi qismiga</a> muvofiq, arizaga qarorni ilova qilmaslik arizani qaytarishga asos boʻlmaydi. Sud nizolashilayotgan qarorni arizachining iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan maʼmuriy organdan talab qilib olishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718031" id="-4718031">16. MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3529483">92-moddasiga</a> koʻra, sud arizachining yoki manfaati borasida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud boʻlsa va bunday choralarni koʻrmay turib, ularni himoya qilish mumkin boʻlmagan yoxud qiyin boʻlgan hollarda dastlabki himoya choralarini koʻrishga haqli.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7535222" id="edi-7535222"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-4718046">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7535222" id="-7535222"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7535225" id="-7535225">Agar nizolashilgan qaror ijrosining majburiy toʻxtatib turilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa (masalan, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining <a href="/ru/acts/-28144#-2391440">uchinchi qismi</a>, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 40-moddasining <a href="/ru/acts/-6518381#-6520356">uchinchi qismi</a>), sudya arizachi sudga murojaat qilganligi munosabati bilan nizolashilayotgan qarorning bajarilishi maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxs tomonidan toʻxtatilgan- toʻxtatilmaganligini tekshirishi shart. Agar bu amalga oshirilmagan boʻlsa, sud sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar mazkur qarorning harakatini toʻxtatib turish haqida ajrim chiqarishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7535811" id="-7535811">(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/ru/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521942">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4718047" id="-4718047">Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy organ mansabdor shaxsining favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholi hayoti va sogʻligʻiga real xavf soladigan boshqa holatlarning oldini olish bilan bogʻliq qarorlari, harakatlarini toʻxtatib turishga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4718030" id="-4718030"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7345943" id="edi-7345943"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-7345942">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7345943" id="-7345943"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7345945" id="-7345945">17. MSIYUtK 67-moddasining <a href="/ru/acts/-3527353#-6451968">uchinchi qismiga</a> muvofiq, mazkur toifaga oid ishlar boʻyicha nizolashilayotgan qarorning, harakatning (harakatsizlikning) qonuniyligini isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan yoki nizolashilayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organ yoki mansabdor shaxs zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7345946" id="-7345946">(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/ru/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7309702">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714741" id="-4714741">Ishni toʻgʻri hal qilish maqsadida, sud oʻz tashabbusi bilan dalillarni talab qilib olishga haqli. Sudning hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabini bajarmaganligi uchun tegishli organ mansabdor shaxsi sud tomonidan jarimaga tortilishi mumkin (MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3530153">122-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714742" id="-4714742">18. Shuni nazarda tutish lozimki, maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda, sud Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik <a href="/ru/acts/-111189">kodeksining</a> daʼvo muddati toʻgʻrisidagi normalarini qoʻllashga haqli emas va faqat <a href="/ru/acts/-3527353">MSIYUtK</a> hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarda nazarda tutilgan muddatlargagina asoslanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714744" id="-4714744">19. Arizaning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni oʻtkazib berilishi uni qaytarish uchun asos boʻlmaydi. Bunday hollarda ariza ish yuritishga qabul qilinib, mazmunan koʻrib chiqilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714745" id="-4714745">Sud har bir ish boʻyicha arizachi tomonidan qonun bilan belgilangan sudga murojaat qilish muddatlariga rioya qilinganligini aniqlashi, mazkur muddatlar buzilganda esa, manfaatdor shaxs ushbu holatga eʼtibor qaratganligidan qatʼi nazar ularning oʻtkazib yuborilishi sabablarini muhokama qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714746" id="-4714746">Sudga murojaat qilish muddati arizachiga quyidagilar maʼlum boʻlgan kunning ertasidan boshlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714747" id="-4714747">uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714750" id="-4714750">uning huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishga toʻsiqlar vujudga keltirilganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714752" id="-4714752">uning zimmasiga biror-bir majburiyat yuklanganligi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714754" id="-4714754">Sudga murojaat qilish muddatiga rioya qilinishi masalasi ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega holat ekanligi sababli, uni tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalar, MSIYUtK 156-moddasi birinchi qismining <a href="/ru/acts/-3527353#-3530732">2-bandiga</a> koʻra, sudning hal qiluv qarorida asoslantirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714756" id="-4714756">Agar sudga murojaat qilish muddati oʻtkazib yuborilgan yoki oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash sud tomonidan rad etilgan boʻlsa, arizani qanoatlantirish rad qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714758" id="-4714758">20. Ishni mazmunan koʻrib chiqishda, sud ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlarni, xususan, quyidagilarni sinchkovlik bilan tekshirishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714760" id="-4714760">maʼmuriy organ, mansabdor shaxs qaror qabul qilish yoki harakatni amalga oshirish vakolatiga ega yoki ega emasligini. Qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatga koʻra, qaror qabul qilish yoki qabul qilmaslik, harakatni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxs ixtiyoriga berilgan holda, sud bunday qaror qabul qilish yoki qabul qilmaslik, harakatni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik maqsadga muvofiqligini baholashga haqli emas (masalan, muayyan shaxsni mukofotlash toʻgʻrisida hujjat qabul qilmaganlikda ifodalangan harakatsizlik ustidan shikoyat qilinganda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714762" id="-4714762">maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxs tomonidan qaror qabul qilish, harakatni amalga oshirish tartibiga rioya etilgan-etilmaganligini, basharti normativ-huquqiy hujjatlarda bunday talablar (shakl, muddatlar, asoslar, tartib-tamoyil va h.k.) belgilangan boʻlsa. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, qaror qabul qilish, harakatni amalga oshirish tartibiga rioya qilmaslik, faqat, basharti bu holat uning qonuniyligiga taʼsir qilgan holdagina, arizani (shikoyatni) qanoatlantirish uchun asos boʻlishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714763" id="-4714763">nizolashilayotgan qaror, sodir etilgan harakat (harakatsizlik) mazmuni mazkur huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelish-kelmasligini.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714765" id="-4714765">Qabul qilingan qarorlar, sodir etilgan harakatlarning (harakatsizlikning) noqonuniyligi haqida dalolat beruvchi yuqorida koʻrsatilgan holatlarning hech boʻlmaganda bittasining mavjudligi arizani (shikoyatni) qanoatlantirishga asos boʻlishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4714767" id="-4714767"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6759324" id="edi-6759324"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-6759323">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6759324" id="-6759324"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6759327" id="-6759327">21. MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3531150">189-moddasiga</a> muvofiq, sud nizolashilayotgan qaror, harakat (harakatsizlik) qonunchilikka zid ekanligini va arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, maʼmuriy organ, uning mansabdor shaxsi qarorini toʻliq yoki muayyan qismini haqiqiy emas, harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6759331" id="-6759331">(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli <a href="/ru/acts/-6686402?ONDATE=20.11.2023 00#-6687311">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714771" id="-4714771">Arizani (shikoyatni) qanoatlantirish haqida qaror qabul qilishda, sud arz qilingan talablar doirasidan chetga chiqishga xaqli emas. Masalan, yozma murojaatni mansabdor shaxs tomonidan belgilangan muddatda koʻrilmaganligida ifodalangan harakatsizlik ustidan shikoyat qilinganda, sud mazkur mansabdor shaxsning harakatsizligini qonunga xilof deb topishi va qanday qaror qabul qilinishi kerakligi haqidagi masalani oldindan hal etmasdan, unga sud tomonidan belgilangan muddatda arizachining murojaatini koʻrib chiqish majburiyatini yuklashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714774" id="-4714774">22. Ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilishda, sud MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3531150">189-moddasida</a> mavjud xususiyatlarni inobatga olgan holda MSIYUtK <a href="/ru/acts/-3527353#-3530698">19-bobida</a> nazarda tutilgan umumiy qoidalarga amal qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714775" id="-4714775">23. Ariza (shikoyat) qanoatlantirilganda, hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714777" id="-4714777">nizolashilayotgan qarorni qabul qilgan yoki harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning (mansabdor shaxsning) nomi, qarorning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714778" id="-4714778">qaror toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganligi va zarur hollarda, arizachining huquqlari va erkinliklarini toʻliq hajmda tiklash yoki ularni amalga oshirishdagi toʻsqinliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714781" id="-4714781">harakat (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilganligi va maʼmuriy organ yoki mansabdor shaxsga arizachiga nisbatan aniq harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714783" id="-4714783">Hal qiluv qarorida sud ishning xususiyati va amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlarni inobatga olgan holda arizachining huquqlari va erkinliklari buzilishini toʻliq hajmda bartaraf etish uchun tegishli muddat belgilashi lozim (MSIYUtK 189-moddasining <a href="/ru/acts/-3527353#-3531170">beshinchi qismi</a>).</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7535813" id="edi-7535813"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-4714786">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7535813" id="-7535813">(24-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/ru/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521945">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4714787" id="-4714787"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7535815" id="edi-7535815"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-7535814">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7535815" id="-7535815"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7535818" id="-7535818">25. Sudlarga tushuntirilsinki, MSIYUtK 276-moddasining <a href="/ru/acts/-3527353#-3532867">ikkinchi qismiga</a> muvofiq sud qarorining javobgar zimmasiga arizachining huquqlari va erkinliklarini tiklash yoki ularni amalga oshirishdagi toʻsqinliklarni bartaraf etishga oid majburiyat yuklangan qismining ijrosi maʼmuriy organga ijro muddati koʻrsatilgan holda yuboriladigan sudning hal qiluv qarori (qarori) asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7535819" id="-7535819">(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/ru/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521946">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714790" id="-4714790">Pul mablagʻlarini, shu jumladan, sud xarajatlarini undirish haqidagi hal qiluv qarorining majburiy ijrosi yuzasidan ijro varaqasi beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714791" id="-4714791">Sudlar hal qiluv qarorining oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi va uning ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmaganda, axborot talab qilib olishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7345948" id="edi-7345948"><a href="/ru/acts/-4711311?ONDATE=24.12.2019 00#-7345947">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7345948" id="-7345948"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7345970" id="-7345970">Sud hujjati unda koʻrsatilgan muddatda ijro etilmagan taqdirda, tegishli organ mansabdor shaxsiga birinchi instansiya sudi tomonidan sud jarimasi solinadi va sud hujjatini ijro etish uchun bir oydan oshmaydigan takroriy muddat beriladi. Sud hujjatining takroran ijro etilmasligi dastlabki solingan jarimaning oʻn baravari miqdorida jarima solishga asos boʻladi (MSIYUtKning <a href="/ru/acts/-3527353#-3530153">122-moddasi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7345976" id="-7345976">(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/ru/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7309703">qaroriga </a>asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714794" id="-4714794">26. Agar ishni koʻrishda maʼmuriy organlar yoki mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlansa, sud bunga nisbatan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4714797" id="-4714797">27. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan keltirilgan shikoyatlarni sudlarda koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 18-sonli <a href="/ru/acts/-1442041">qarori</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4714798" id="-4714798">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4714803" id="-4714803">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4714804" id="-4714804">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4714805" id="-4714805">2019-yil 24-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4714806" id="-4714806">24-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
