Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoni va “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4028-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoni va “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4028-son qaroriga muvofiq, shuningdek qishloq joylarda yashovchi aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-sentabr,
784-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-banddagi “qishloq aholisiga” soʻzlari “aholiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
arzon uy-joy — 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
qarz oluvchi — qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
boshlangʻich badal — qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablagʻlari yoki yuridik shaxs — qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari shaklidagi mablagʻlar”;
oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
omonat qoʻyilma — qurilayotgan arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida boshlangʻich badalni jamlash uchun ochiladigan maqsadli omonat qoʻyilma;
qurilish-uy-joy omonat qoʻyilmasi — bir yildan ortiq muddatli maqsadli jamgʻarma omonat qoʻyilmasi, u arzon uy-joy qurilishi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshlangʻich badalni toʻlash uchun ochiladi, shuningdek ushbu qoʻyilmani ochgan jismoniy shaxslarga, omonatga qoʻyuvchi tomonidan arzon uy-joylar qurishda uy-joy smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida jamgʻarilgan taqdirda, arzon uy-joy qurish uchun imtiyozli ipoteka krediti olishga ustunlik huquqini beradi”;
oʻn toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
yozma tavsiya — 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturida ishtirok etmoqchi boʻlgan ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj mavjudligi toʻgʻrisida tuman hokimligi huzuridagi komissiyaning yozma tavsiyasi”;
v) 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ipoteka kreditlari ikki yildan iborat (2020-yil 1-yanvardan boshlab bir yillik) imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi”;
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi”;
d) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. 2020-yil 1-yanvargacha ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida yillik 7 foiz miqdoridagi belgilangan foiz stavkasida va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.
2020-yil 1-yanvardan boshlab ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.
Foizlar qarz oluvchi tomonidan uning olgan ipoteka krediti toʻliq toʻlangungacha kredit boʻyicha qarzlarning amaldagi qoldigʻiga hisoblab boriladi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“arzon uy-joy smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida boshlangʻich badal uchun mablagʻga ega boʻlgan shaxslarga”;
j) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Beriladigan ipoteka kreditining miqdori qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) toʻlov layoqatini baholashdan va qurilayotgan arzon uy-joyning smeta qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va u arzon uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas”;
3-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) yozma tavsiya”;
5-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga pul mablagʻlari qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma. Bankdagi omonat qoʻyilma hisob raqamidagi pul mablagʻlarining umumiy summasi qurilayotgan arzon uy-joy smeta qiymatining 10 foizidan kam boʻlishi mumkin emas”;
i) 19-bandning 1-kichik bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
k) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
arzon uy joy — 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
qarz oluvchi — qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
boshlangʻich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablagʻlari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari shaklidagi mablagʻlar”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4.1-bandning birinchi xatboshisidan “Taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin”;
4.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi:
birinchi 5 yil davomida yillik 7 foiz stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi”;
Izoh. 4.2-bandning uchinchi xatboshisi 2020-yil 1-yanvardan boshlab tuzilgan Ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomalarga tadbiq etiladi”;
6.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.1. Kredit ikki (2020-yil 1-yanvardan boshlab tuzilgan shartnomalar uchun — bir) yildan iborat boʻlgan imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddat bilan beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi”;
m) Nizomning barcha matnlari boʻyicha “uy-joy yoki arzon uy-joy” soʻzlari tegishli ravishda “arzon uy-joy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
ikkinchi xatboshidan “qishloq joylarda yashaydigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
arzon uy-joy — 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
boshlangʻich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablagʻlari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari shaklidagi mablagʻlar”;
b) 15-banddagi “2016-yil 24-noyabrdagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturida ariza beruvchi — quruvchining” soʻzlari “2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish Dasturida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Arzon uy-joy qurish uchun yakka tartibdagi quruvchi tomonidan ipoteka krediti olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi”;
g) 29-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qurilishi tugallanmagan obyekt boʻyicha tanlov savdolari gʻolibi bilan tuzilgan shartnomani moliyalashtirish uchun maqsadli mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda injiniring kompaniyasi oʻz mablagʻlari hisobiga, oʻz mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda esa alohida shartnoma asosida bankning mablagʻlarini jalb etish hisobiga moliyalashtirishga haqlidir”;
1.1-bandda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat bankining” soʻzlari “________________ning (bank nomi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4.2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin 5 (besh) bank kuni mobaynida Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan uning nomiga ochilgan Bankdagi majburiy ulushli hisob raqamiga qurilayotgan uy-joyining boshlangʻich qiymatining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi boshlangʻich badal toʻlanmasligi”;
1.1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
yakka tartibdagi quruvchi — tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmani belgilangan tartibda rasmiylashtiradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi”;
4.1-bandda:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“(a) ________________ soʻm — Obyekt boshlangʻich narxining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdoridagi boshlangʻich badal”;
“b” kichik bandidagi “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat bankining” soʻzlari “_________________ning (bank nomi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4.3-bandda:
“a” kichik bandidagi “___ foizidan (uy-joyning namunaviy loyihasiga koʻra 15 yoki 25 foizi koʻrsatiladi)” soʻzlari “10 foizigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandidagi “va bank” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6.3-bandning ikkinchi xatboshidagi “navbatdagi” soʻzi “boshqa” soʻzi bilan almashtirilsin;
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“_______________________(bankning nomi) nomidan Nizom va 20__ yil “___” ________ dagi ____-son bosh ishonchnoma asosida harakat qiladigan _______________________ filiali boshqaruvchisi __________________, keyingi oʻrinlarda “Bank” deb ataladi, bir tomondan va 20__ yil “___” _____________da berilgan pasporti seriyasi _________, _______ raqamli, keyingi oʻrinlarda “Qarz oluvchi” deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi _________________________, ikkinchi tomondan, hamda 20__ yil “___” _____________da berilgan pasporti seriyasi ______, _______ raqamli, keyingi oʻrinlarda “Birgalikda qarz oluvchi” deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ___________________, uchinchi tomondan, keyingi oʻrinda “Tomonlar” deb ataladilar, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar”;
2.1-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
qarz oluvchi — qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
boshlangʻich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablagʻlari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari shaklidagi mablagʻlar”;
3.1-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4.1-bandning birinchi xatboshisidan “Taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun quyidagi foiz stavkasi belgilanadi:
dastlabki 5 yil mobaynida — yillik 7 foiz miqdorida va qolgan davrda — ushbu shartnoma tuzilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, aynan yillik ____ foiz miqdorida;
2020-yil 1-yanvardan tuzilgan shartnomalar uchun — birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida”;
6.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6.1. Kredit ikki (2020-yil 1-yanvardan tuzilgan shartnomalar uchun — bir) yillik imtiyozli davr bilan 20 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi”;
6.2-banddan “ushbu shartnomaning 6.3-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilingan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7.3-banddan “Kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda toʻlash jadvali toʻlanmagan summalar hisobga olingan holda oʻzgartiriladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8.1-bandda:
8.1.2-kichik banddan “uy-joyni qurish jadvallariga amal qilinishi hamda kreditdan maqsadli foydalanilishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8.1.4-kichik band chiqarib tashlansin;
2.1-bandda:
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
arzon uy-joy — 0,02 ga oʻlchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va toʻrt qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar”;
oltinchi xatboshidan “qishloq joyda yashaydigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
boshlangʻich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablagʻlari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari shaklidagi mablagʻlar”;
6.1-banddagi “uch” soʻzi “ikki (2020-yil 1-yanvardan tuzilgan shartnomalar uchun — bir)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8.1.2-kichik banddan “uy-joyni qurish jadvallariga amal qilinishi hamda kreditdan maqsadli foydalanilishi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8.1.4-kichik band chiqarib tashlansin;
i) Nizomning barcha matnlari boʻyicha “yakka tartibda imorat quruvchi” soʻzlari tegishli ravishda “yakka tartibdagi quruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2015-yilning 10-iyuldagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
toʻrtinchi xatboshidan “qishloq joylarda yashovchi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
boshlangʻich badal — qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) oʻz mablagʻlari yoki yuridik shaxs — qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari shaklidagi mablagʻlar”;
b) 21 va 23-bandlardagi “2012-yil 13-fevraldagi 37-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini” soʻzlari “2017-yil 26-apreldagi 243-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 25-bandning ikkinchi xatboshisidan “2015-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra amal qiluvchi eng kam oylik ish haqining 1000 baravari miqdoridan ortiq boʻlmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 394-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning beshinchi va oʻninchi xatboshilaridan “qishloq joylarda doimiy yashovchi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 25-banddan “g” kichik band chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovadan 5-pozitsiya chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 26-banddan “g” kichik band chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovadan 5-pozitsiya chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-sentabrdagi 730-son qarori 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki:
hukmlar bekor qilinganda yoki oʻzgartirilganda, shuningdek, ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan koʻchmas mulk obyektlarini bir qismi yoki butunicha xatlovdan oʻtkazish (roʻyxatdan chiqarish) bekor qilinganda, ularni naturada qaytarish yoxud ularning qiymatini qoplab berish toʻgʻrisidagi sud qarori qabul qilingan taqdirda, Toshkent shahar hokimligi mazkur obyektlarning belgilangan tartibda qaytarilishini yoki ularning qiymati Toshkent shahar hokimligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab berilishini taʼminlaydi;
mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulk obyektlari talabgorlarga sotilishi yoki belgilangan tartibda berilishi mumkin, bunda sotishdan tushgan mablagʻlar, istisno tariqasida, toʻliq Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Davlat va jamiyat extiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)