Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2022
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2093-11]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3389, 28.09.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/5-son qarori (ro‘yxat raqami 2093, 2010-yil 13-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 116-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-avgust,
18/7-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/7-son qaroriga
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 3-banddagi “belgilansin” degan so‘z “belgilanadi” degan so‘z bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi “muassislari” degan so‘zdan keyin “yoki ishtirokchilari (aksiyadorlari)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“boshqa nobank kredit tashkilotlari, bundan xorijiy mikrokredit tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan mikrokredit tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishi (aksiyalariga egalik qilishi) hollari mustasno;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lgan shaxslar (mikrokredit tashkiloti ustav fondining 10 foizi va undan ko‘p qismiga egalik qilganda).”.
3. 13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Litsenziya olish uchun mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng bir oydan kechiktirmasdan Markaziy bankka yoki uning tegishli hududiy bosh boshqarmasiga quyida keltirilgan zarur bo‘lgan hujjatlarni bevosita, pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etadi:”.
4. 14, 21-bandlarning sakkizinchi xatboshisidagi va 38-bandning beshinchi xatboshisidagi “hududiy boshqarmasining” degan so‘zlar “hududiy bosh boshqarmasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Agar mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar Markaziy bankning tegishli hududiy bosh boshqarmasiga taqdim etilgan bo‘lsa, hududiy bosh boshqarma uch kun muddat ichida hujjatlar to‘plamini mazkur Nizom talablariga muvofiq to‘liqligini o‘rganib chiqadi, shundan keyin ushbu hujjatlar to‘plamini mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan xulosa bilan birga Markaziy bankka yuboradi.”.
6. 22-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “hududiy boshqarmasiga” degan so‘zlar “hududiy bosh boshqarmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi “qatnashsa” degan so‘zdan keyin “yoki uning ustav fondida ishtirok etsa (aksiyadori bo‘lsa)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
“v” kichik bandi “muassis bo‘lishiga” degan so‘zlardan keyin “yoki uning ustav fondida ishtirok etishiga (aksiyadori bo‘lishiga)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
8. 27-band “qatnashsa” degan so‘zdan keyin “yoki uning ustav fondida ishtirok etsa (aksiyadori bo‘lsa)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
9. 32-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Mikrokredit tashkilotining chakana xizmatlar markazi shaklidagi filiali uning chakana xizmatlarni, shu jumladan naqdsiz shaklda mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatadigan hamda tashkilot joylashgan erdan tashqarida tashkil etiladigan bo‘linmasidir.”.
10. 33-band “nomlanishi “filial” so‘zi” degan so‘zlardan keyin “, chakana xizmatlar markazi shaklidagi filial nomlanishi esa “chakana xizmatlar markazi” so‘zlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
11. 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Mikrokredit tashkilotining filiali Markaziy bankning oldindan roziligi olingandan so‘ng, chakana xizmatlar markazi shaklidagi filiali esa u ochilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilish sharti bilan qonun hujjatlariga muvofiq mikrokredit tashkilotining boshqaruv organi qaroriga binoan tashkil etiladi yoki tugatiladi.”.
12. Quyidagi mazmundagi 401-band bilan to‘ldirilsin:
“401. Mikrokredit tashkiloti chakana xizmatlar markazi shaklidagi filialini ochganda u ochilgan kundan boshlab o‘n kun muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
chakana xizmatlar markazi ochilganligi to‘g‘risida xabarnoma;
chakana xizmatlar markazini tashkil etish to‘g‘risidagi mikrokredit tashkiloti boshqaruvi oliy organining qarori.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/2093-11/3673-son)