Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3028-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-son qarori (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2018-y., 10/18/3028/1418-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-iyun,
13/11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-son qaroriga
ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 15-banddagi “Bank binosida joylashmagan amaliyot (operatsion) kassalardagi naqd pullar” degan soʻzlar “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 52-bandning birinchi xatboshisidan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
3. 109-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“109. Mijozning inkassatsiya sumkasiga (qopiga) naqd pul tushumlari bilan birgalikda tijorat banklarining hisob-kitob cheklari ham solingan boʻlsa, nazoratchi har bir hisob-kitob chekining toʻgʻri rasmiylashtirilganligini (imzolar mavjudligini, soʻz va raqam bilan yozilgan summalarning oʻzaro mos kelishini, ularni toʻlov uchun qabul qilingan xoʻjalik yurituvchi subyektning masʼul xodimining imzosi mavjudligini) tekshirgan holda kassirlardan qabul qilib olishi kerak.”.
oʻn toʻrtinchi xatboshida “koʻk yoʻlli boʻlishi shart.” degan soʻzlar “koʻk yoʻlli;” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“100 000 soʻmlik banknotlar uchun — eni 15 mm boʻlgan ikkita toʻq jigarrang yoʻlli boʻlishi shart.”.
oʻn beshinchi xatboshi oʻn oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. 131-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“131. Pul dastalarini polietilen paketlarga joylashtirilish orqali banknotlar bogʻlami shakllantirilganda, har bir polietilen paketga 10 ta pul dastasi solinib, paketning ochiq tomonini payvandlab, yopishtirish uchun pul bogʻlamlarini shakllantirish uskunasiga joylanadi. Bunda, pul bogʻlamlarini shakllantirish uskunasi qopqogʻiga oʻrnatilgan klishedagi bank rekvizitlari polietilen paketning ochiq tarafiga avtomatik tarzda bosiladi. Agar, banknotlar bogʻlamini shakllantirishda foydalaniladigan polietilen paket, ikkita polietilen boʻlaklarini payvandlash orqali ishlab chiqarilgan boʻlsa, bunday hollarda pul bogʻlamlarini shakllantirish uskunasi qopqogʻiga oʻrnatilgan kassir klishesidagi bank rekvizitlari polietilen paketning ikkala tomoniga ham bosilishi lozim. Har bir kassir oʻzi sanagan pullarning bogʻlamini shakllantirishda, oʻziga biriktirilgan klishedan foydalanishi shart.”.
6. 132-bandning birinchi xatboshisidagi “va 50 000” degan soʻzlar “, 50 000 va 100000” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 150-bandning ikkinchi xatboshisidagi “muhri bilan tasdiqlangan” degan soʻzlar “muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 9-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9-bob. Bank tomonidan chakana amaliyotlar va bank binosidan tashqarida joylashgan boshqa kassalarni tashkil etish tartibi”.
9. 154-banddagi “mijozlarga” degan soʻz “jismoniy shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 171-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“171. Bank tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt murojaatiga asosan tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, xoʻjalik yurituvchi subyektning huzurida belgilangan tartibda bank kassalari tashkil etilishi mumkin. Bunda, ushbu tashkil etilgan kassalarda qanday kassa xizmatlarini koʻrsatilishi, bank va xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻrtasida imzolangan shartnomaga asosan belgilab olinadi. Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan bitta kassa orqali ham jismoniy shaxslarga ham xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini koʻrsatish taqiqlanadi.
Shuningdek, bankka tegishli mini-bank binosida ham barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan hamda xavfsizlik choralari toʻliq taʼminlangan boʻlsa, belgilangan tartibda kassalar tashkil etilishi hamda chakana amaliyot kassasi orqali jismoniy shaxslarga va mini-bank aylanma kassasi orqali mini-bank mijozlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlari koʻrsatilishi mumkin.”.
11. 193-banddan “toʻrtburchak muhr bosiladi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
12. 242-bandning birinchi xatboshidagi “surishtiruv organlari” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Yoʻriqnomaning 8a-ilovasidan “M.Oʻ.(topshiruvchining muhri)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
14. Yoʻriqnomaning 9-ilovasidan “Naqd pul chekini taqdim etgan mijozning muhri uchun joy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
15. Yoʻriqnomaning 12-ilovasidagi “Jami bir kunda” va “soʻmlik qimmatliklar chiqim qilindi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Kassa mudiriga” va “soʻmlik qimmatliklar topshirildi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. Yoʻriqnomaning 25-ilovasidagi “va 50000” degan soʻzlar “, 50000 va 100000” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)