Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
“Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 20-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2886-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 401-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-fevral,
343-B-3-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari U. MUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-fevral,
6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 18-fevraldagi 343-V-3 va 6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Nomi va 1-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) nomidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 1-bandda:
uchinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilaridagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirma ikkinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi, 11-bandning beshinchi xatboshisidagi, 21-bandning birinchi xatboshisidagi, 34-banddagi, 36-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi, 43-bandning birinchi xatboshisidagi, 47, 77, 79-bandlaridagi, 92-bandning birinchi xatboshisidagi va 97-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 3-bandda:
oʻninchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn beshinchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshi “faoliyatini moliyalashtirishga” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
e) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 6-bandda:
beshinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 20-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishning” va “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar tegishli ravishda “, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning” va “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
i) quyidagi mazmundagi 231-bandi bilan toʻldirilsin:
“231. Taʼsischilari Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtish jarayonida masofadan bank hisobvaragʻini ochish uchun ariza bilan murojaat qilganda, mazkur Qoidalarning 23-bandi ikkinchi xatboshida keltirilgan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar Davlat xizmatlari markazlari (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi va tijorat banklari koʻrilgan chora-tadbirlar natijasiga ishonishlari mumkin. Bunda tijorat banklari:
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali kechiktirmasdan olish imkoniyatiga ega boʻlishiga;
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga amal qilinishiga ishonch hosil qilishlari kerak.
Tijorat banklari mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablardan biri bajarilmagan taqdirda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilganda, tijorat banklari mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish toʻgʻrisidagi qarorni oʻz tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi. Bunda bank hisobvaragʻi shartnoma ofertasida mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi koʻrsatilishi lozim.”;
k) 33-bandning uchinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) 37-bandning uchinchi xatboshisidagi “legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga” degan soʻzlar “legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
m) 45-bandning toʻrtinchi xatboshisi “mavjud boʻlgan” degan soʻzlardan keyin “hamda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
n) 49-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“faol terroristik harakatlar olib borilayotgan hududlarda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali pul mablagʻlarini joʻnatilishi va olinishi (mamlakatlar va hududlar roʻyxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim qilinadi);”;
o) 54-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“54. Tijorat banklari tavakkalchilik darajasini oʻrganish, tahlil qilish, aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, hujjatlashtirish va uni kamaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi kerak.
Tijorat banklari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish yuzasidan ehtimol tutilgan tavakkalchiliklarni oʻrganishni, tahlil qilishni va aniqlashni oʻz faoliyatida tizimli ravishda, yiliga kamida bir marta amalga oshirishi, oʻrganish natijalarini hujjatlar bilan qayd etishi shart.
Tijorat banki tavakkalchiliklar turi va darajasidan kelib chiqqan holda tavakkalchilikning umumiy darajasini, uning talab qilingan pasaytirish darajasini aniqlashi va tegishli chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishi kerak.
Aniqlangan tavakkalchiliklar nazorat qilishning kengaytirilgan yoki soddalashtirilgan choralarini qoʻllash hamda resurslarni samarali taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish imkonini berishi kerak.
Tavakkalchilik darajasi mijozning amalga oshiradigan faoliyat va operatsiyalari turlarini, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini, tavakkalchilik (mijozlarning turlari va faoliyati, bank mahsulotlari va xizmatlari, ularni taqdim etish kanallari, geografik hududlar boʻyicha va boshqa) omillarini inobatga olgan holda maʼlumotlarni, shu jumladan, mijoz tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida, masʼul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
Mijozlar va operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklarni oʻrganish, tahlil qilish, aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi tijorat bankining ichki qoidalari bilan belgilanadi.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilishi kerak.”;
p) 60-bandning birinchi xatboshisidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
r) 62-bandning beshinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan soʻzlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
s) 94-banddagi “legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni” degan soʻzlar “legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishilgan.
Davlat xizmatlari agentligi direktori X. TURAXUJAYEV
2019-yil 18-fevral
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2886-3/2654-son)