OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-dekabrda 3003-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qarori (roʻyxat raqami 3003, 2018-yil 1-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 18-son, 372-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
39/20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/20-son
qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(inkassatsiya xizmatining kechki tashrifidan soʻng kassaga kirim qilingan naqd pullar oʻrnatilgan limitga kiritilmaydi)” degan soʻzlar “(bank kassasiga kirim qilish uchun topshirilgandan soʻng kassaga kirim qilingan naqd pullar oʻrnatilgan limitga kiritilmaydi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 28-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3003-1/2391-son)