|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.02.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2005 YILGI DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2004-yil 2-dekabrdagi 701-II-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq 2005-yil uchun:
yuridik shaxslardan daromad (foyda) soligʻi stavkalari 5-ilovaga* muvofiq;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi daromaddan soliq stavkalari 6-ilovaga* muvofiq;
soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq stavkalari 7-ilovaga* muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
mikrofirmalar, kichik korxonalar va alohida tashkilotlar uchun yagona soliq toʻlovi 7-1-ilovaga* muvofiq;
(3-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-avgustdagi 198-son qaroriga muvofiq kiritilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 253-modda)
lotereyalar, totalizatorlar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun yalpi tushumdan yagona soliq stavkalari 8-ilovaga* muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarga toʻlanadigan dividendlar va foizlar tarzida olinadigan daromadlardan soliq stavkalari 9-ilovaga* muvofiq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha belgilab qoʻyilgan soliqlar stavkalari 10 va 11-ilovalarga* muvofiq;
roʻyxat boʻyicha respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan tovarlardan aksiz soligʻi stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga* muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga* muvofiq;
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga* muvofiq;
yuridik shaxslardan olinadigan mulk soligʻi stavkalari 15-ilovaga* muvofiq;
jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi stavkalari 16-ilovaga* muvofiq;
yagona yer soligʻi stavkalari 17-ilovaga* muvofiq;
yagona yer soligʻini qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda toʻlashga oʻtgan toʻlovchilar uchun yagona yer soligʻi stavkalari 18-ilovaga* muvofiq;
yagona yer soligʻi toʻlashga oʻtmagan toʻlovchilar uchun yer soligʻi stavkalari 19-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 20-ilovaga* muvofiq;
mehnatga haq toʻlash fondidan yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari 21-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 5—21-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
4. 2005-yil 1-yanvardan boshlab Surxondaryo viloyati qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun, eksperimentni davom ettirish doirasida, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish tatbiq etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2005-yil 1-aprelgacha Surxondaryo viloyati barcha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligi yerlari normativ qiymatini qayta baholash, shuningdek Samarqand va Toshkent viloyatlari qishloq xoʻjaligi yerlari normativ qiymatini, ushbu viloyatlarda oʻtkazilayotgan eksperiment natijalarini tahlil qilish asosida aniqlangan yerlar bahosiga taʼsir qiluvchi qoʻshimcha omillarni hisobga olgan holda, aniqlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
2005-yil 1-maygacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish uchun koʻrsatib oʻtilgan viloyatlarning barcha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xoʻjaligi yerlari normativ qiymatining aniqlashtirilgan bahosi natijalariga koʻra, zarurat boʻlganda, yagona yer soligʻining belgilangan stavkasiga tuzatishlar kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. 2005-yil 1-yanvardan boshlab barcha korxonalar va tashkilotlar uchun, shu jumladan soliqqa tortishning alohida tartibi qoʻllanayotgan korxonalar uchun maktab taʼlimini rivojlantirishga 22-ilovada* koʻrsatilgan koʻrsatkichlarning 1 foizi miqdorida majburiy ajratmalar joriy etilsin.
* 22-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Belgilab qoʻyilsinki, maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalar 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish davri uchun joriy etiladi hamda davlat soliqlari va yigʻimlariga tenglashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Maktab taʼlimini rivojlantirishga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. 2005-yilda:
barcha soliq solinadigan aylanmalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish (tovar aylanmasi) hajmidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkasi (qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chiqarib tashlangan holda) 0,7 foiz miqdorida;
fuqarolarning ish haqidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar stavkalari 23 va 24-ilovalarga* muvofiq miqdorda saqlab qolinsin.
* 23-24-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
2005-yil 1-yanvardan boshlab suv, issiqlik va gaz taʼminoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar uchun “nol stavkasi” qoʻllanadi;
kommunal xoʻjaligi tizimining issiqlik, suv va gaz taʼminoti korxonalari uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga toʻlovlarni hisoblab chiqarishda issiqlik energiyasi, suv va tabiiy gaz xarid qiymatining korxona faoliyati spetsifikasiga muvofiq boʻlgan hajmlari soliq solish obyektiga kiritilmaydi.
10. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
ekologiya soligʻi;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirishdan oladigan daromadlaridan olinadigan belgilangan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulotlar va spirt, pivo, oʻsimlik yogʻi, kir sovunga aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar toʻliq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori 4-bandining amal qilishi 2008-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
12. Belgilansinki, 2005-yil 1-yanvardan boshlab 25-ilovaga* muvofiq faoliyat turlari faqat yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
* 25-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari 2005-yil 1-aprelgacha ushbu qarorga 25-ilovada koʻrsatilgan faoliyat turlarini yuridik shaxs boʻlgan holda amalga oshirish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
2005-yil 1-yanvargacha belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2005-yil yanvar—mart oylarida faoliyat turlarini amalga oshiradilar hamda ular uchun 2004-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan stavkalar boʻyicha ushbu qarorga 25-ilovada koʻrsatilgan faoliyat turlaridan olingan daromaddan belgilangan soliq toʻlaydilar.
16. Joylarda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari shoxobchalari va kontingentini maqbullashtirish hamda budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi oʻzlariga idoraviy boʻysunishda boʻlgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini bir oy muddatda tegishli mahalliy hokimiyat organlari taʼminotiga bersinlar.
17. 2005-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilayotgan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining 30-ilovaga* muvofiq tabaqalashtirilgan miqdorlari belgilansin.
*30-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2005-yil 1-yanvardan boshlab oliy oʻquv yurtlarining daromadlar va xarajatlar smetalarini talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushayotgan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Nol stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy tafovutini xoʻjalik yurituvchi subyektlarga toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha salbiy tafovutning soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzi boʻlmagan korxonalarga ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga qoplanishi nazarda tutilsin.
20. Davlat budjeti ijrosining gʻazna tizimiga oʻtish chora-tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Samarqand viloyatida, shu jumladan respublika budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim budjet tashkilotlari ishtirokida, tajriba loyihasini 2005-yildan boshlab amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Samarqand viloyati hokimligi tajriba loyihasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining gʻazna ijrosini bosqichma-bosqich joriy etishga koʻmaklashish tavsiya qilinsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 32-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
25. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-dekabr,
610-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga
31-ILOVA
2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga
31-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadigan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl xoʻjaligini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 28-sentabrdagi 412-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 26-dekabrdagi 539-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Parranda goʻshti va tuxum yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 13-sentabrdagi 419-son qarorining 12-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika mintaqalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish dasturiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 23-noyabrdagi 459-son qarorining 5-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son qaroriga 28-ilova.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-son qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga 19—21-ilovalar.
2005-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qarori 5-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining valyuta mablagʻlarini sarflash tranzit magistral yoʻllarni taʼmirlash va saqlash, chet elda ishlab chiqarilgan yoʻl texnikasi, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar sotib olishga, shuningdek “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasining malakali kadrlarini chet elda yoki xorijiy mutaxassislarni respublikaga taklif etgan holda tayyorlash uchun “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
2.2.6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.2.6. Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar; kanallarni ijaraga berish; koʻchma, yoʻldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet uchun haq toʻlash.”;
quyidagi mazmundagi 2.2.16-band bilan toʻldirilsin:
“2.2.16. Xizmatlar qiymatini toʻlash hamda professional boshqaruvchi kompaniyalar, davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari boʻyicha xarajatlar”.
a) 1.15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.15. Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: kanallarni ijaraga berish; koʻchma, yoʻldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari uchun haq toʻlash, mahalliy tarmoqlar va Internet bundan mustasno, shuningdek faqat bank xizmatlari koʻrsatishda foydalaniladigan telekommunikatsiyalar xizmati uchun haq toʻlash (koʻchma va peyjing aloqadan tashqari).”;
b) quyidagi mazmundagi 1.21-2-band bilan toʻldirilsin:
“1.21-2. Xizmatlar qiymatini toʻlash hamda professional boshqaruvchi kompaniyalar, davlatning ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilarning mukofotlari boʻyicha xarajatlar”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) 4-bandidagi “2005-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2008-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish toʻgʻrisida” 2001-yil 30-maydagi 240-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi, 3-bandning uchinchi xatboshidagi “10” raqami “7” raqami bilan almashtirilsin;
b) Yagona soliq hisoblangan miqdorining 10 foizini Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
4-banddagi “90 raqami “93” raqami bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 8-modda)
9. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
12-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar yuridik shaxslar asosiy faoliyatdan tashqari ulgurji savdoni amalga oshirgan taqdirda, ular faoliyatning mazkur turi boʻyicha alohida hisob-kitob yuritishlari va savdo korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashlari, shuningdek belgilangan tartibda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat beruvchi guvohnomaga ega boʻlishlari kerak”;
21-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar yuridik shaxslar asosiy faoliyatdan tashqari chakana savdoni amalga oshirgan taqdirda:
ular faoliyatning mazkur turi boʻyicha alohida hisob-kitob yuritishlari, chakana savdoni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat beruvchi guvohnomaga ega boʻlishlari va savdo korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlashlari kerak”;
oʻz mahsulotlarini yuridik shaxs balansidagi firma doʻkonlari orqali sotganda, mazkur yuridik shaxslar soliq toʻlovchilarning mazkur toifasi uchun nazarda tutilgan soliqlar, yigʻimlar va majburiy toʻlovlarni toʻlaydilar”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlarini sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasining belgilangan cheklangan ustamasidan ortiq boʻlgan, mahalliy budjetga oʻtkazilishi kerak boʻlgan chakana narx bilan sotib olish narxi oʻrtasidagi tafovut yalpi daromadga soliqni hisoblab chiqishda soliq solish obyektiga kiritilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(11 va 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-dekabrdagi 250-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 42-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 63-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 52-son, 523-modda; 2005-y., 10-11-son, 72-modda, 32-33-son, 253-modda, 40-son, 304-modda, 52-son, 386-modda; 2006-y., 48-50-son, 486-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; 2011-y., 1-2-son, 8-modda, 7-8-son, 63-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)