Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 119-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 8-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-sentabr,
756-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Qarorning muqaddimasiga “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga” soʻzlaridan keyin “shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi deb ataladi) Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) qabul qiladi, komissiya tarkibi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi”;
b) 6-banddagi “5 yil muddatga” soʻzlari “muddatsiz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 10-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi va Komissiya tomonidan tasdiqlanadi” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi”;
e) 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “oʻttiz” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin;
j) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan barcha kerakli hujjatlar bilan birga arizani olgan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Qabul qilingan qaror protokolini Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) imzolaydi.
Zarur hollarda, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi joylarga borib, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini oʻrganish huquqiga egadir.
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin yigirma kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan hollarda, belgilangan muddat tugagandan soʻng litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasini yozma ravishda xabardor qilgan holda geodeziya (kartografiya) faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega. Bunday holatlarda “Yergeodezkadastr davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan soʻng besh ish kunida litsenziya berishga majbur”;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
i) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari namunalari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda uning buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
Litsenziyalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi”;
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar qayta koʻrib chiqiladi.
Bunda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziya talabgorining qayta taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birga arizasi qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kunidan oshmagan muddatda ekspert xulosasini tayyorlaydi va uning asosida Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
l) 28-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada litsenziyalanadigan bir xil faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan litsenziatlar — yuridik shaxslar qoʻshilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi”;
m) 31-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
n) 32-bandining birinchi xatboshidagi “amal qilish muddati oʻtmagan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi— yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
p) 42-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
r) Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash
SXEMASI
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)