1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq, shuningdek Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
birinchi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tanlash, tayyorlash, moslashtirish tadbirlarini oʻtkazish va xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish hamda nazorat qilish orqali ularga xorijda mehnat faoliyatini olib borishga doir huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
ikkinchi, tashqi mehnat migratsiyasini kompleks tahlil qilish, shu asosda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga ishga joylashishda koʻmaklashish;
uchinchi, mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini tartibga solish va ularning mehnat huquqlarini taʼminlash masalalari yuzasidan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish;
toʻrtinchi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va ularning faoliyatini nazorat qilish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
beshinchi, yuridik shaxslarga va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni belgilangan tartibda berish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida mehnat qilayotgan xorijiy fuqarolar hisobini yuritish.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasb malakasini tasdiqlash faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlashtartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash hamda himoya qilish jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi tarkibi 6-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash hamda himoya qilish jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Agentlikning asosiy vazifalarini va faoliyati yoʻnalishlarini hisobga olgan holda, uning tashkiliy tuzilmasini va markaziy apparati tuzilmasini ikki hafta muddatda tasdiqlasin;
respublika tashqarisida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Agentlikning maʼlumotlar bazasida ixtiyoriy ravishda masofadan roʻyxatdan oʻtkazish mexanizmini bir oy muddatda joriy etsin.
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xorijga uyushgan holda tanlash boʻyicha ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini bojxona va pasport nazoratidan Agentlikning talabnomalariga asosan uyushqoqlik bilan oʻtkazish hamda joʻnatishni taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri D.A. Koʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasining bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 2-ILOVA
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining malaka, bilim va koʻnikmalarga egaligini baholash tartibini belgilaydi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishni tashkil etish boʻyicha xalqaro shartnomalarni amalga oshirish doirasida.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash — talabgor malakasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradigan xorijiy davlatlarda qabul qilingan kasbiy standart qoidalari yoki malaka talablariga muvofiqligini shu jumladan, chet tilini bilish darajasini tasdiqlash jarayoni;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
talabgor — oʻz malakasi, bilimi va koʻnikmalarini ushbu Nizomda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun bilimni baholash markaziga, shu jumladan ish beruvchining yoʻllanmasi boʻyicha murojaat qilgan xodim yoki muayyan turdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun daʼvo qilayotgan jismoniy shaxs;
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash vositalari — kasb boʻyicha imtihon oʻtkazishda bilimni baholash markazlari tomonidan foydalaniladigan vazifalar, baholash mezonlari majmui;
bilimlilik toʻgʻrisida sertifikat — malaka, bilim va koʻnikmalarga ijobiy baho berilganini hamda ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish boʻyicha kasbiy standartlar yoki malaka talabida nazarda tutilgan tegishli malaka darajasi berilganini tasdiqlovchi hujjat shuningdek, chet tilini bilish darajasini aniqlash;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
professional standart — muayyan turdagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun xodimga zarur boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradigan xorijiy davlatlarda tasdiqlangan malaka, bilim va koʻnikmalar tavsifi;
bilimni baholash markazi — ushbu Nizomga hamda kasbiy va malaka standartlari talablariga muvofiq malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash boʻyicha faoliyat olib boradigan va ushbu Nizomda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxs;
akkreditatsiya — xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy bilimga egaligini, shu jumladan kasb koʻnikmalari va chet tillarni bilish darajasini tasdiqlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga daʼvo qiluvchi yuridik shaxsga bilimni baholash markazi maqomini berish tartib-taomili;
ariza beruvchi — akkreditatsiyadan oʻtishga yoki akkreditatsiya muddatini uzaytirishga daʼvo qilayotgan yuridik shaxs;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi (boʻlinmalari);
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestri — ishchi kasblari va mutaxassislar toifalari boʻyicha tasdiqlangan kasbiy malaka, bilim va koʻnikmalarga ega jismoniy shaxslar toʻgʻrisida muntazam yangilab boriladigan axborot resursi, maʼlumotlar bazasi;
Bilimni baholash markazlari reyestri — xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakalarini, shu jumladan kasbiy koʻnikmalarini va chet tillarini bilish darajasini tasdiqlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun akkreditatsiyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisida muntazam yangilab boriladigan axborot resursi, maʼlumotlar bazasi (keyingi oʻrinlarda bilimni baholash markazlari deb ataladi).
2-bob. Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash tizimi
3. Quyidagilar baholash tizimi ishtirokchilari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda normativ-huquqiy tartibga solish funksiyalarini amalga oshiruvchi vakolatli organ sifatida;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi;
bilimni baholash markazlari;
ish beruvchilar;
talabgorlar.
4. Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash boʻyicha xizmatlar bilimni baholash markazlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan xorijiy davlatlarda tasdiqlangan ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish boʻyicha kasbiy standartlar va malaka talablari asosida koʻrsatiladi.
5. Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash yakunlari boʻyicha talabgorga bilimga egaligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi va u talabgorni Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kiritish uchun asos hisoblanadi.
6. Bilimni baholash markazlari oʻzlari tomonidan beriladigan bilimga egalik toʻgʻrisidagi sertifikatlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan xorijiy davlatlarda tan olinishi uchun malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash vakolatiga ega organlar yoki tegishli xorijiy davlatlarning ish beruvchilari bilan hamkorlik bitimlari tuzadi.
3-bob. Ariza beruvchini akkreditatsiyadan oʻtkazish
7. Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Akkreditatsiyadan oʻtkazish yoki akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar Kasbiy malakalar va bilimlar boʻyicha kengash taqdimnomasiga binoan vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi, uning tarkibi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Kasbiy malakalar va bilimlar boʻyicha kengashning qarori bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Kasbiy malakalar va bilimlar boʻyicha kengashning qarorini soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan rasmiylashtirish mumkin.
Kasbiy malakalar va bilimlar boʻyicha kengashning majlislariga Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tegishli ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Kasbiy malakalar va bilimlar boʻyicha kengashning qarorlari tavsiya xususiyatiga ega.
8. Akkreditatsiyaga daʼvo qiluvchi ariza beruvchi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etishi;
shtatida (oʻrindoshlik boʻyicha yoʻl qoʻyiladi) oliy maʼlumotli va ariza beruvchi malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashga daʼvo qilayotgan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha oliy taʼlim muassasasini bitirgandan keyin kamida 3 yillik amaliy ish stajiga (shu jumladan oʻrindoshlik boʻyicha) ega boʻlgan kamida bir nafar xodimning boʻlishi;
tasarrufida xoʻjalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi yoki boshqa qonuniy asosda malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash uchun baholash vositalariga, shuningdek, malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish uchun moʻljallangan moddiy-texnik bazaga ega boʻlishi;
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashda olingan axborotning maxfiyligini taʼminlashi;
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash boʻyicha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishi;
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashda mustaqillik, oshkoralik va xolislikni taʼminlashi;
malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash toʻgʻrisida ishonchli axborot taqdim etishi kerak.
9. Akkreditatsiyaga daʼvo qiluvchi ariza beruvchi umumiy foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet tarmogʻidan foydalangan holda, ishchi organga bevosita yoki pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda elektron imzo qoʻyilgan quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shtatida va/yoki fuqarolik huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida ariza beruvchi malaka, bilim va koʻnikmalarni baholashga daʼvo qilayotgan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassisning (mutaxassislarning) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
tasarrufida xoʻjalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi yoki boshqa qonuniy asosda malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash uchun baholash vositalari, shuningdek, malaka imtihoni tashkil etish va oʻtkazish uchun moʻljallangan moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Bilimni baholash markazida kasb malakasini va chet tilini bilish darajasini (TOEFL, IELTS va hokazolar) baholash uchun tegishli akkreditatsiya mavjud boʻlsa, qoʻshimcha akkreditatsiya talab etilmaydi.
10. Ariza beruvchidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
12. Akkreditatsiya olish uchun ariza ishchi organ tomonidan ushbu ariza va akkreditatsiya olish uchun taqdim etiladigan zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ishchi organ xulosa tayyorlaydi. Xulosa vakolatli organga beriladi.
13. Akkreditatsiya olish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun ishchi organ tomonidan toʻlov kuni Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
14. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida ishchi organ ariza beruvchilarning malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash boʻyicha rejalashtirilayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mazkur Nizomda belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini joyning oʻziga borib oʻrganishi mumkin.
15. Vakolatli organ ishchi organning xulosasini olgan kundan boshlab besh kun mobaynida akkreditatsiyadan oʻtkazish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
16. Ishchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun davomida ariza beruvchini qabul qilingan qarordan xabardor qilishi shart.
17. Akkreditatsiya cheklanmagan muddatga beriladi.
18. Akkreditatsiya namunaviy blankda rasmiylashtiriladi. Uning shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Blanklar zarur himoya darajasiga ega, qatʼiy hisobot beradigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasi va raqamiga ega.
Blanklarni olish, hisobga olish va saqlash ishchi organ zimmasiga yuklanadi.
19. Vakolatli organ:
yuridik shaxs tomonidan tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilsa;
yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar boʻlsa;
yuridik shaxs ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar va shartlarga mos kelmasa, yuridik shaxsni akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etishga haqli.
Boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sabablari boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma asoslangan boʻlishi kerak va ariza beruvchiga rad etish sabablari va yuridik shaxs koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
21. Yuridik shaxsga akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
22. Hujjatlar yuridik shaxsning arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan sanadan boshlab besh ish kuni ichida vakolatli organ tomonidan takroran koʻrib chiqiladi. Yuridik shaxsning arizasini takroran koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
23. Yuridik shaxsning arizasini takroran koʻrib chiqishda akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada avval koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
24. Akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish uchun berilgan muddat nihoyasiga yetgach, yuridik shaxsning akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasi yangi taqdim etilgan hisoblanadi.
25. Ariza beruvchi vakolatli organ qaroridan norozi boʻlgan, akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, ishchi organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
4-bob. Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash
26. Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash ish beruvchilarga malaka razryadini va mutaxassislarga malaka toifasini berish, shuningdek, chet tilini bilish darajasini baholash boʻyicha malaka imtihoni (keyingi oʻrinlarda malaka imtihoni deb ataladi) shaklida oʻtkaziladi;
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Bunda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari malakani baholashda ixtiyoriy asosda ishtirok etadi.
27. Malaka imtihoni bilimni baholash markazi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
28. Malaka imtihoni boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslar mablagʻlari hisobiga talabgorning tashabbusi bilan yoki ish beruvchi mablagʻlari hisobidan ish beruvchining yoʻllanmasi boʻyicha oʻtkaziladi.
29. Malaka imtihonidan oʻtish uchun bilimni baholash markaziga talabgor tomonidan bevosita yoki pochta aloqasi orqali yoki umumiy foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridan, shu jumladan Internet tarmogʻidan foydalangan holda elektron shaklda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
malaka imtihonida ishtirok etish toʻgʻrisida ariza;
(29-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Mazkur hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Ushbu bandda nazarda tutilmagan qoʻshimcha hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
pasportning yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxasi;
tegishli ruxsat toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
30. Malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymati bilimni baholash markazlari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat bozoridagi bandlik bilan bogʻliq vaziyatdan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni tashkil etish boʻyicha xalqaro shartnomalarni bajarish zaruratidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilashga haqli.
Bunda chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatini toʻlashdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
31. Malaka imtihonini topshirishni rad etish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
32. Malaka imtihonidan oʻtish yakunlariga koʻra, talabgorga uch kun muddatda bilimni baholash markazi tomonidan bilimga egalik toʻgʻrisida sertifikat beriladi, malaka imtihonidan oʻtishda qoniqarsiz baho olgan taqdirda esa malaka imtihonidan oʻtganlik toʻgʻrisida tavsiyalarni oʻz ichiga olgan xulosa beriladi.
33. Bilimga egalik toʻgʻrisida berilgan sertifikatlar haqidagi maʼlumotlar Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga vakolatli organ tomonidan kiritiladi.
34. Bilimni baholash markazi tomonidan malaka imtihonidan oʻtish yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlardan norozi boʻlgan talabgor yoki ish beruvchi ular malaka imtihonidan oʻtish natijalari toʻgʻrisida xabardor qilingan sanadan boshlab oʻn kalendar kun davomida vakolatli organga yoki Kasbiy malakalar va bilimlar boʻyicha kengashga yozma shikoyat berishga haqli.
Malaka imtihonini oʻtkazish natijalari va bilimga egalik toʻgʻrisidagi sertifikatni berish bilan bogʻliq shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
5-bob. Sifatga hamda oʻrnatilgan talablar va shartlarga rioya etilishini nazorat qilish
35. Vakolatli organ bilimni baholash markazi tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini ishchi organ orqali nazorat qiladi.
36. Bilimni baholash markazlari har oy ishchi organga vakolatli organ tomonidan belgilanadigan shakllar boʻyicha oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
37. Vakolatli organ bilimni baholash markazlarining sifatga va shartlarga rioya etishini nazorat qilishda oʻz vakolati doirasida:
baholash sifatiga va shartlarga oid talablarga rioya etilishini tekshirish, shu jumladan, malakasi haqida sertifikat olgan va Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kiritilgan shaxslar bilimlari darajasini saralab tekshirish, bu jarayonga, zaruratga koʻra, milliy va xorijiy ekspertlarni pulli asosda jalb qilish. Bunda malakani baholovchi muayyan markazda malakasi haqida sertifikat olgan hamda Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kiritilgan shaxslarning koʻpi bilan 3 foizi (biroq kamida besh nafar shaxs) saralab tekshiriladi;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
tekshiruvlar oʻtkazishda yuzaga keladigan masalalarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan tushgan shikoyatlarga doir zarur axborotni bilimni baholash markazlaridan soʻrash va olish;
tekshiruvlar natijalari asosida dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish, ularda bilimni baholash markazlari tomonidan oʻrnatilgan talablar va shartlar buzilgan aniq holatlarni koʻrsatish;
aniqlangan qonunbuzarliklarni bilimni baholash markazlari tomonidan bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, bunday qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlgan muddatlarni belgilash;
qonun hujjatlari buzilgan holatlar boʻyicha qarorlar qabul qilish va sudga murojaat qilish huquqiga ega.
38. Akkreditatsiya bilimni baholash markazi tomonidan oʻrnatilgan talablar va shartlar buzilganligi aniqlangan, shuningdek aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida vakolatli organning koʻrsatmalari ular tomonidan bajarilmagan hollarda toʻxtatilishi mumkin.
Vakolatli organ akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay bu haqda bilimni baholash markazini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
39. Vakolatli organ bilimni baholash markazi uchun akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish muddatini belgilaydi.
40. Bilimni baholash markazi tomonidan akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatishga olib kelgan holatlar bartaraf etilsa, vakolatli organ mazkur holatlarni bartaraf etish toʻgʻrisida yozma tasdiqnoma olgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda akkreditatsiyaning amal qilishini davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
41. Bilimni baholash markazlari akkreditatsiyaning amal qilishi toʻxtatilgan davrda faoliyat olib borishi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-sonli “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
42. Akkreditatsiyaning amal qilishi vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda tugatiladi:
bilimni baholash markazi akkreditatsiyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilsa;
bilimni baholash markazining tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi natijasida oʻz faoliyatini toʻxtatganda, shuningdek, yangi tashkil qilingan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada qayta tashkil etiladigan yuridik shaxslar bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlganda ular qoʻshilgan taqdirda, markaz qayta tashkil etilgan holat bundan mustasno;
litsenziatning tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi oqibatida oʻz faoliyatini tugatganda, shuningdek, qayta tashkil etiladigan yuridik shaxslar yangi tashkil qilingan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanada bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlganda qoʻshilgan taqdirda;
bilimni baholash markazi tomonidan ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar va shartlar muntazam yoki bir marta qoʻpol tarzda buzilganda;
vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatda akkreditatsiya amal qilishining toʻxtatilishiga olib kelgan holatlar bilimni baholash markazi tomonidan bartaraf etilmaganda;
agar oʻtkazilgan saralash tekshiruvi yakunlari boʻyicha malakani baholovchi muayyan markazda malakasi haqida sertifikat olgan hamda Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kiritilgan shaxslarning 50 foizidan ortigʻining bilim darajasi kasbiy standartining belgilangan qoidalariga yoki malaka talablariga, shu jumladan, chet tilini bilish darajasiga qoʻyilgan talablarga mos kelmasa;
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi vakolatli organ qarorining noqonuniyligi aniqlanganda.
Vakolatli organ akkreditatsiyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay bilimni baholash markazini bu haqda asoslangan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
bilimni baholash markazi akkreditatsiyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan;
soxta hujjatlardan foydalangan holda akkreditatsiya olinganligi aniqlangan hollarda bekor qilinadi.
Ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda akkreditatsiya sudning qarori bilan, boshqa hollarda esa vakolatli organning qarori bilan bekor qilinadi.
44. Vakolatli organ akkreditatsiyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin uch kun ichida bu haqda bilimni baholash markazini yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Akkreditatsiya bekor qilinganda toʻlangan yigʻimlar qaytarilmaydi.
45. Vakolatli organning akkreditatsiya, uni toʻxtatish, davom ettirish, tugatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlari vakolatli organning rasmiy internet saytida yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida chop etilishi lozim.
6-bob. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestri
46. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestri vakolatli organ tomonidan yuritilib, vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
47. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestrining elektron platformasi, shuningdek, malakani baholash markazlari faoliyatining dasturiy taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tomonidan Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishlab chiqiladi va qoʻllab-quvvatlanadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
48. Bilimni baholash markazining talabgorga malaka imtihonidan oʻtkazish yakunlari boʻyicha berilgan bilimga egalik toʻgʻrisidagi sertifikati Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga kiritish uchun asos hisoblanadi.
Bilimni baholash markazlari tomonidan tegishli axborotni Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga avtomatik kiritish mexanizmini joriy etishga yoʻl qoʻyiladi.
49. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
tartib raqami;
identifikatsiya raqami (avtomatik hosil boʻladigan noyob raqam);
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
talabgorning pasport maʼlumotlari;
malaka, bilim va koʻnikmalar baholangan kasb (mutaxassislik);
malaka, bilim va koʻnikmalar baholangan kasb (mutaxassislik) kodi;
tegishli kasb (malaka) boʻyicha malaka, bilim va koʻnikmalarni baholash;
chet tillarini bilish darajasini baholash — agar bilsa;
xorijiy davlatning qonun hujjatlari bazaviy asoslarini bilish darajasini baholash — agar bilsa;
xorijiy davlat madaniy-etnik asoslarini bilish darajasini baholash — agar bilsa;
bilimni baholash markazi nomi va joylashgan joy (pochta manzili);
telefon raqami (faks);
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
akkreditatsiya berilgan sana va akkreditatsiya raqami.
Vakolatli organ Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestriga joylashtirish uchun talab qilingan axborot turlarini kengaytirishi mumkin.
50. Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestridagi axborot vakolatli organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
51. Bilimni baholash markazlarining akkreditatsiyasini toʻxtatish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilingan taqdirda, vakolatli organ tegishli bilimni baholash markazi tomonidan bilimga egalik toʻgʻrisida berilgan akkreditatsiya muddati toʻxtatilgan, tugatilgan yoki bekor qilingan sertifikatga ega talabgor(lar)ning malakasi, bilimi va koʻnikmalarini baholash natijalarini Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestridan chiqarib tashlashga haqli.
Bunda vakolatli organ bilimni baholash markazi tomonidan talabgorlar malakasi, bilimi va koʻnikmalariga berilgan baho sifatini, shu jumladan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga uchinchi tomonni jalb qilgan holda tekshirishga va shundan soʻng Malakasi tasdiqlangan shaxslar milliy reyestrida shaxsni tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
7-bob. Vakolatli organ qarorlari yuzasidan shikoyat qilish
52. Yuridik shaxslar vakolatli organning qarorlari, shuningdek, vakolatli organ va ishchi organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
53. Vakolatli organning akkreditatsiyani toʻxtatish, tugatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlari boʻyicha sudga shikoyat qilish mumkin. Sud akkreditatsiyani bekor qilish asosli emas deb eʼtirof etsa, ishchi organ bilimni baholash markazi oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javob beradi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Ushbu Nizomga muvofiq undiriladigan yigʻimlar vakolatli organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
55. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish
SXEMASI
Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini, shu jumladan kasbiy koʻnikmalarini va chet tillarni bilish darajasini tasdiqlash faoliyat bilan shugʻullanish huquqini olishga akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun
Berilgan sana: 20 ___ y. “____” _______________________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-sonli qaroriga 3-ILOVA
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ish izlovchi shaxs (talabgor) — mos keladigan ish joyini tanlash va xorijda ishga joylashishga koʻmaklashish xizmatlaridan foydalanish uchun yuboruvchi tashkilotga murojaat qilgan jismoniy shaxs, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
yuboruvchi tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi), shuningdek, uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs;
litsenziya — yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash va xorijga ishga joylashtirish uchun yuborish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
tanlash — xorijiy ish beruvchilar va (yoki) ularning xorijiy ishchilarni ishga joylashtirish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi vakolatli xorijiy tashkilotlarining buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishni taʼminlash maqsadida yuboruvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
xorijiy ish beruvchi — ishga joylashtiriladigan davlatning qonun hujjatlarida mehnat migrantlarni yollash huquqi berilgan xorijiy davlatning jismoniy yoki yuridik shaxsi;
ishga joylashtiriladigan davlat — mehnat migranti mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy davlat;
xodimlar yagona maʼlumotlar bazasi — Agentlikning maxsus veb-saytida roʻyxatga olishning elektron tizimi boʻlib, uning yordamida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Agentlik, yuboruvchi tashkilotlar hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish markazlari (keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashish markazlari deb ataladi) talabgorning zarur maʼlumotlarini kiritishi mumkin;
mehnat migrantlari — xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari va diplomatik missiyalarida ishlovchi shaxslar bundan mustasno;
Ish beruvchilar reyestri — Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini ushbu Nizomga muvofiq uyushgan holda tanlash va xorijda ishga joylashtirishda ishtirok etuvchi xorijiy ish beruvchilar roʻyxati.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga uyushgan tartibda joʻnab ketish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-sonli “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
4. Fuqarolarni xorijda ishlash uchun uyushgan holda tanlash yuboruvchi tashkilotlar tomonidan ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomaning matni uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxsning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha chet ellik ish beruvchi va (yoki) chet ellik sherik bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzmasdan, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishi taqiqlanadi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Yuboruvchi tashkilot xorijda ishga joylashish uchun qonun hujjatlari shartlari va talablari toʻgʻrisida aholi oʻrtasida tizimli tushuntirish ishlarini olib boradi.
5. Agentlikka tanlash faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab etilmaydi.
6. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Nizomda nazarda tutilganidan boshqa qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
2-bob. Xodimlar yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish
7. Xodimlar yagona maʼlumotlar bazasi talabgor toʻgʻrisida quyidagi axborotni oʻz ichiga oladi: F.I.O., pasport maʼlumotlari, tugʻilgan sanasi va yili, yashash joyi, telefon raqamlari, maʼlumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, boshqa koʻnikmalari, fotosuratlari.
8. Quyidagilar maʼlumotlar bazasiga kiritiladigan axborot manbalari hisoblanadi:
talabgor tomonidan mustaqil tarzda kiritilgan axborot;
talabgorning roziligi bilan yuboruvchi tashkilot tomonidan kiritilgan axborot;
Talabgorning roziligi bilan bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan kiritilgan axborot.
9. Yagona maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtkazilgan har bir talabgorga roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsiy raqam beriladi.
91. Talabgor xodimlar yagona maʼlumotlar bazasiga kiritilishidan oldin unga uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs tomonidan yozma shaklda bildirishnoma beriladi.
Bildirishnomada uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq undirilmasligi, shuningdek, shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, murojaat qilish uchun xususiy bandlik agentligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining pochta manzillari hamda aloqa bogʻlash uchun telefon raqamlari koʻrsatiladi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
10. Talabgorning tegishli talabiga koʻra, shaxsiy maʼlumotlar haqidagi axborot uchinchi shaxslar uchun yopiq boʻlishi kerak.
11. Talabgorlarning murojaatlari asosida yuboruvchi tashkilot ularning maʼlumotlar bazasini mustaqil ravishda shakllantirish huquqiga ega.
12. Bandlikka koʻmaklashish markazlari talabgorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish uchun yagona maʼlumotlar bazasidan foydalanishi mumkin.
13. Xodimlar yagona maʼlumotlar bazasida taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javobgarlik talabgorga yuklatiladi.
3-bob. Xorijda ish beruvchilarni izlash
14. Oʻzbekiston Respublikasining talabgorlarini xorijda ishga ish beruvchilar reyestriga kiritilgan ish beruvchilar bilan birgalikda joylashtirish tavsiya etiladi.
15. Xorijiy ish beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Agentlikdan;
Agentlik ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuborilgan talabnoma asosida bir ish kuni davomida yuboruvchi tashkilotlardan va Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari boʻyicha attashesidan olingan axborot asosida Ish beruvchilar reyestriga kiritiladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
16. Ish beruvchilar reyestri Agentlik tomonidan yuritiladi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hamda Agentlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
17. Ish beruvchilar reyestri maʼlumotlari ochiq hisoblanib va ulardan barcha yuboruvchi tashkilotlar bemalol foydalanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Agentlik saytida eʼlon qilinadi.
18. Ish beruvchilar reyestriga kiritilmagan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida ham, ishga joylashtiriladigan davlatlarda ham avval mehnat toʻgʻrisidagi va boshqa qonun hujjatlarini buzgan xorijiy ish beruvchilar uchun talabgorlarni xorijda ishga joylashtirish uchun tanlash tavsiya etilmaydi.
19. Agentlik xolis, ochiq va ishonchli axborotni shakllantirish maqsadida yuboruvchi tashkilot, Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari boʻyicha attashesi doimiy asosda:
mehnat migrantlarini boshqa mamlakatlarda ishga joylashtirish imkoniyatlari toʻgʻrisida axborot toʻplaydi;
boʻlajak ish beruvchilar bilan suhbatlar oʻtkazadi;
xorijiy ish beruvchining oldiga borib, mehnat shartnomasi shartlarini, mehnat migranti mehnat qilish va yashash shart-sharoitlarini batafsil tekshiradi;
Ish beruvchilar reyestrini va boʻsh ish oʻrinlari haqidagi axborotni tegishli veb-saytlarga joylashtiradi.
20. Xorijiy ish beruvchi tomonidan qoidabuzarliklar toʻgʻrisida axborot olingan hollarda Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari boʻyicha attashesi bilan birgalikda fuqarolar ishga joylashtirilgan joylarga borib oʻrganadi va oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi.
21. Oʻrganish yakunlari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma qoidabuzarlik mavjudligi tasdiqlangan taqdirda, Agentlik xorijiy ishonchsiz ish beruvchini Ish beruvchilar reyestridan chiqarish boʻyicha shoshilinch choralar koʻradi.
22. Ish beruvchilar reyestridan chiqarilgan tashkilotlarda avval ishga joylashgan va mehnat faoliyatini davom ettirishni xohlovchi mehnat migrantlariga nisbatan talabgor va yuboruvchi tashkilot oʻrtasidagi barcha kelishilgan shartlar toʻliq bajarilgunga qadar saqlab qolinadi.
23. Xorijiy ish beruvchining aybi bilan ishsiz qolgan mehnat migrantlariga nisbatan ularni takroran ishga joylashtirish yoki vataniga qaytarish choralari koʻriladi.
4-bob. Talabgorlar tanlab olinishini tashkil etish va amalga oshirish
24. Yuboruvchi tashkilot talabgorlarni ularning maʼlumotlar bazasi, oʻz marketing ishlanmalari asosida xorijiy ish beruvchi bilan oldindan kelishuv boʻyicha tanlaydi.
Uyushgan holda tanlash tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini tegishli litsenziya asosida xorijiy davlatga ishga yuborish faoliyatini olib boruvchi yuridik shaxs shartnoma asosida talabgorga ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida taqdim etiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
25. Uyushgan holda mehnat migratsiyasi yoʻli bilan xorijga chiqib ketayotgan talabgorlar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻqitiladi, xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan talabgorlar bundan mustasno.
Yuboruvchi tashkilot talabgordan uning malakasini va chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni soʻrash huquqiga ega.
Agar talabgorning malakasini tasdiqlovchi hujjati boʻlmasa, u davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻqitiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
26. Agentlik talabgorning chet tilini bilishini va kasbga yaroqliligini ushbu turdagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatni olmay turib tekshirishi mumkin.
27. Xorijiy ish beruvchi tomonidan bildirilgan malaka va til bilish darajasi boʻyicha talablarga javob bermaydigan, shuningdek chet elga chiqishi cheklangan talabgorlarni uyushgan holda olish mumkin emas.
5-bob. Talabgorlarni ketishdan oldin moslashtirish
28. Yuboruvchi tashkilot xorijiy ish beruvchi bilan kelishuvlarga erishgach, ishga joylashtiriladigan davlatga talabgorlarni yuborish uchun guruh tuzadi.
29. Guruh tuzish yakunlari boʻyicha yuboruvchi tashkilot xorijda ishga joylashtirish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida talabgor bilan shartnoma tuzadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Yuboruvchi tashkilot tomonidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” axborot tizimida real vaqt rejimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
30. Talabgordan koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq undirish taqiqlanadi (ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari bundan mustasno).
Talabgorni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
31. Yuboruvchi tashkilot yuborilayotgan mamlakatlarning oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqib, mehnat migrantlarining raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha ularning oʻquv-tayyorgarlik, moslashtirish tadbirlaridan dastlabki tarzda oʻtkazilishini taʼminlaydi, shu jumladan:
talabgorni xorijiy ish beruvchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi loyihasi, yashash va mehnat sharoitlari bilan tanishtirishi, uning roziligini olishi;
talabgorni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishi, shu jumladan sil, ruhiy, tanosil kasalliklari bor yoki yoʻqligi va giyohvand moddalar isteʼmol qilish yoki isteʼmol qilmasligini tekshirishi;
zarurat boʻlsa, chiqish vizasini olish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda talabgorga koʻmaklashishi;
ishga joylashtiriladigan davlat tilini, anʼanalari va qonun hujjatlarini oʻrgatish, xavfsizlik texnikasi, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, tanosil kasalliklari va OIV-infeksiyasi tarqalishining profilaktikasi boʻyicha qisqa muddatli kurslar oʻtkazishi;
talabgorlar hayoti va sogʻligʻini sugʻurta qilish jarayonini tashkil etishi shart.
32. Talabgorda atrofdagilarga xavf uygʻotadigan kasalliklar va vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar aniqlansa, talabgor toʻliq sogʻayib ketguniga qadar ketishdan oldin moslashtirishdan chetlatiladi.
6-bob. Talabgorlarni joʻnatish
33. Talabgorlar uchun qulay shart-sharoitlar va qulayliklar yaratish maqsadida yuboruvchi tashkilot temir yoʻl, avia va avtotransportga yoʻl chiptalarini bron qiladi va xarid qiladi.
34. Talabgorlarni respublikadan tashqarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga xavfsiz kuzatib qoʻyish, yoʻlda yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida talabgorlar tegishli litsenziyaga ega yoʻlovchilar orqali yuboriladi.
35. Talabgorlar ishga joylashtiriladigan davlatga xorijiy ish beruvchi bilan kelishgan holda yuboruvchi tashkilotning xodimi hamrohligida guruh boʻlib joʻnatiladi.
36. Belgilangan joyga kelgach, yuboruvchi tashkilot talabgorlar ishga joylashtirilgunga qadar ularni zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlash choralarini koʻradi (patent, kirish yoʻriqnomasi, yashash, tibbiy koʻrikdan oʻtish va hokazo.)
37. Oʻtkazilgan tadbirlar yakunlari boʻyicha ushbu Nizomning 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha talabgorni ishga joylashtirish toʻgʻrisida hujjat tuziladi. Unga shuningdek talabgor va xorijiy ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnomalarining nusxalari ilova qilinadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi hujjatning ikkinchi nusxasi mehnat shartnomalari nusxalari ilova qilingan holda, yuboruvchi tashkilot tomonidan Agentlikka elektron shaklda taqdim etiladi va elektron imzo bilan tasdiqlanadi.
38. Xorijiy ish beruvchi talab qilingan ijtimoiy va maishiy shart-sharoitlarni, mehnatga haq toʻlash shartlarini taʼminlamasa yoki ish beruvchi mehnat migrantini ishga joylashtirishni rad etishiga sabab boʻlgan boshqa masalalar yuzaga kelsa, yuboruvchi tashkilot talabgorni boshqa xorijiy ish beruvchida ishga joylashtirish boʻyicha shoshilinch choralar koʻradi.
39. Talabgorni avval kelishilgan talablarga muvofiq ishga joylashtirish imkoni boʻlmasa, yuboruvchi tashkilot uning oʻz vataniga qaytarilishini taʼminlashi shart.
Yuboruvchi tashkilot tomonidan mazkur majburiyat bajarilmagan taqdirda, Agentlik talabgorni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasida yuboruvchi tashkilotning zaxiralangan mablagʻlar hisobiga oʻz vataniga qaytarish yuzasidan shoshilinch chora-tadbirlar koʻradi.
7-bob. Mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi
40. Ishga joylashtiriladigan davlatda mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish:
Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari boʻyicha attashesi;
Agentlikning xorijiy vakolatxonalari;
Agentlikning davlat va nodavlat xorijiy hamkorlari;
yuboruvchi tashkilotlar;
nodavlat notijorat tashkilotlari;
boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
41. Agentlik mehnat migrantlarini vijdonsiz ish beruvchidan himoya qilishda va mehnat migrantlari tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishda quyidagi barcha jihatlar monitoringini olib borish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining bosh vakolatli organi hisoblanadi:
vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida mehnat migrantlarini jalb qilish uchun oʻz mamlakatining vakolatli organlarida rasman roʻyxatga olingan yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan xorijiy ish beruvchilar bilan bitimlar tuzish;
talabgorlarni tanlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun yuboruvchi tashkilotlar tomonidan tuziladigan shartnomalarning va mehnat migrantlari tomonidan xorijiy ish beruvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining qonun hujjatlariga hamda xalqaro huquq va boshqa qonun hujjatlari normalariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida nazorat qilish;
ishga joylashtiriladigan davlatda xodimlarning tegishli toifasi uchun belgilangan ish haqidan kam boʻlmagan darajada mehnat migrantlarini ish haqi bilan taʼminlash normalariga rioya etish;
ishga joylashtiriladigan mamlakatda belgilangan munosib yashash va ishlash shart-sharoitlarini taʼminlash normalariga rioya qilish.
42. Zarurat boʻlsa, Agentlik va uning xorijdagi vakolatxonalari mehnat migrantlari manfaatdor boʻlgan turli masalalar yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazadi, tibbiy xizmatlardan foydalanishda koʻmaklashadi, mehnat migrantlarining huquqlari ish beruvchi tomonidan buzilishining oldini oladi.
43. Mehnat migrantlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilish tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
44. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijiy vakolatxonalarining, Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari mehnat masalalari boʻyicha attashesining, yuboruvchi tashkilotlarning xorijiy ish beruvchini Xorijda ishga joylashtirish uchun ish beruvchilar reyestriga kiritish BUYURTMANOMASI
Agentlik xorijiy vakolatxonalari, mehnat masalalari boʻyicha attashesining, yuboruvchi tashkilotning nomi)
Ishga joylashtiriladigan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq mehnat migrantlarini ishga joylashtirish huquqini olgan va tekshirilgan xorijiy ish beruvchini xorijda ishga joylashtirish uchun Ish beruvchilar reyestirga kiritish uchun u toʻgʻrisida quyidagi axborotni taqdim etadi:
Tashkilot nomi
Faoliyat turi
Joylashgan joyi (pochta manzili)
Telefon
E-mail
Veb sayt
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana va raqami
Ustav kapitali
Telefon
E-mail
Litsenziya raqami
Ishga joylashgan mamlakat va shahar
Boshqa muhim axborot
Bogʻlanish mumkin boʻlgan shaxs, FIO, lavozimi, telefon raqami
Tashkilot raqami, FIO, lavozimi, telefon raqami
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirish toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
201__ yil “___” ______________
_____________ shahri
Ushbu dalolatnoma Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida Ustav va ___________-son litsenziya asosida faoliyat koʻrsatuvchi __________________________________________________________ hamda _____________________________________
(yuboruvchi tashkilot)
(xorijiy ish beruvchi)
oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini _________________________________________________________
(ishga joylashtiradigan mamlakat)
hududida ishga joylashtirish uchun uyushgan holda tanlash tizimi doirasida imzolangan 20___ yil “____” _____ dagi ______-son shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi tarkibdagi fuqarolari kelgani toʻgʻrisida tuzildi:
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
Pasport seriyasi va raqami
Faoliyat turi
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatining tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) respublika milliy manfaatlarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va ularni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish sohasida xalqaro huquq normalari va qoidalariga asoslangan faoliyatni amalga oshiradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agentlikning taʼsischisi hisoblanadi.
4. Agentlik davlat tasarrufida boʻlgan va unga operativ boshqaruvga berilgan mulk negizida tashkil qilingan davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga ega, oʻz nomidan huquqlarga ega boʻlishi, majburiyatlarni qabul qilishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Agentlik oʻziga operativ boshqarish huquqi asosida tegishli boʻlgan mulkka, shuningdek, oʻz faoliyatini amalga oshirish chogʻida xarid qilinadigan (olinadigan) va Agentlik tasarrufida boʻlgan boshqa mulkka qonun hujjatlarida hamda ushbu Nizomda belgilangan tartibda egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
5. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari va qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, hayʼat qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
6. Agentlik va uning vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar, blanklarga ega. Agentlik oʻz emblemasiga ega.
Agentlik Toshkent shahri, Qamariniso koʻchasi, 1-uyda joylashgan.
Agentlikning elektron pochta manzili: info@migration.uz.
7. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi;
qisqartmasi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi;
b) ingliz tilida:
toʻliq — The Agency of External Labour Migration under the Ministry of Employment and Labour Relations of the Republic of Uzbekistan;
qisqartmasi — The Agency of External Labor Migration;
v) rus tilida:
toʻliq — Agentstvo po vneshney trudovoy migratsii pri Ministerstve zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan;
qisqartmasi — Agentstvo po vneshney trudovoy migratsii;
8. Agentlik oʻz faoliyatini xoʻjalik hisobi asosida amalga oshiradi.
9. Agentlik respublika hududlarida oʻz filiallarini va xorijda vakolatxonalarini belgilangan tartibda tashkil etadi.
2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash, tayyorlash, moslashtirish tadbirlarini oʻtkazish va xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish va nazorat qilish orqali ularga xorijda mehnat faoliyati bilan shugʻullanishga doir huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
tashqi mehnat migratsiyasini kompleks tahlil qilish, shu asosda normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirishda koʻmaklashish;
mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va ularning mehnat huquqlarini taʼminlash jarayonlarini tartibga solish masalalari boʻyicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati uchun tasdiqnomalarni belgilangan tartibda berish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida mehnat qilayotgan xorijiy fuqarolarning hisobini yuritish.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
11. Agentlik oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnatish maqsadida xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini oʻrganadi, xorijiy ish beruvchilarni topadi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash toʻgʻrisida xorijiy ish beruvchilar va xususiy agentliklar bilan shartnomalar tuzadi hamda ularning amalga oshishini taʼminlaydi;
oʻz vakolati doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib boradi, xalqaro, davlatlararo va idoralararo shartnomalar, bitimlar va bayonnomalar loyihalarini tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va boshqa hujjatlardan kelib chiqadigan tegishli qarorlar va majburiyatlarning xorijiy hamkorlar va ish beruvchilar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi;
xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni ishga joylashadigan davlatning qonun hujjatlari asoslari, anʼanalari va u yerda oʻzini tutish normalaridan xabardor qiladi;
xorijga ishga yuborish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy ish beruvchilar va rekruting tashkilotlar bilan shartnomalar asosida tanlab oladi, ularni ketishdan oldin tayyorlaydi va joʻnatadi;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yagona maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar reyestrini yuritadi;
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ketishdan oldin moslashtiradi, kasbga tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi, ularga chet tillarni, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarishda mehnatni himoya qilish qoidalarini oʻrgatadi;
xorijiy ish beruvchilar talablarini hisobga olgan holda, ishga joylashtirish uchun xorijga yuborilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini vakolatli tibbiyot muassasalarini jalb qilgan holda kompleks tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika hududidan transportda ketayotganda ularning xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrishda ishtirok etadi, avia va temir yoʻl transportida imtiyozli yoʻl chiptalarini sotish boʻyicha Agentlik huzurida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan kassalar ishini muvofiqlashtiradi;
(11-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni beradi hamda ularning muddatini uzaytiradi;
(11-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchidan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga ish beruvchilar rioya etishini nazorat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaga ega xorijiy fuqarolar tomonidan respublika hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishini huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda nazorat qiladi;
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish markazlari, oʻqitish, qayta oʻqitish va malaka oshirish markazlari, til oʻrgatish markazlari faoliyatini, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etadi va boshqaradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari orqali xorijda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat faoliyati monitoringini olib boradi;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalari bilan hamkorlikda huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, moddiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi;
mehnat migrantlarini qayta integratsiyalashtirish boʻyicha dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi, xorijda vaqtincha mehnat faoliyati nihoyasiga yetgach, vataniga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida keyinchalik ishga joylashtirish uchun ularning roʻyxatlarini aholini ishga joylashtirishga koʻmaklashuvchi hududiy organlarga taqdim etadi.
Agentlikning hududiy filiallariga mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha metodik yordam koʻrsatadi, xorijiy mehnat bozori hamda salohiyatli ish beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumot beradi, xodimlarini ragʻbatlantiradi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga koʻmaklashadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qaroriga asosan oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
3-bob. Agentlik huquqlari va javobgarligi
12. Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijda ishlash uchun kadrlarni tanlab olish, ularning chet tillarni bilishini va kasbga loyiqligini tekshirish, shuningdek, ishga joylashadigan mamlakatning asosiy qonunlarini tushuntirish;
xorijiy hamkorlar bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijga ishga yuboriladigan nomzodlar haqida axborot olish uchun vakolatli organlarga murojaat qilish;
xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni) hisobga olgan holda, dastlabki saralashdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan ularni xorijda ishga joylashtirishda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzish;
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur yuridik shaxslardan zaruratga qarab olish;
xorijiy ishchi kuchini yollovchi yoki bunga koʻmaklashuvchi xorijiy tashkilotlar bilan oʻz vakolati doirasida bevosita oʻzaro hamkorlik qilish;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan ayrim funksiyalarni bajarish uchun oʻqituvchilarni, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari mutaxassislarini, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni zarur boʻlganda shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha jalb qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet tillarga oʻqitish va kasbga tayyorlash yakunlari boʻyicha ularga ilovaga muvofiq sertifikatlar berish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirishda koʻmaklashish va chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini samarali tartibga solish sohasidagi yuridik shaxslar faoliyati monitoringini olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda boʻsh pul mablagʻlarini banklar va boshqa tashkilotlarning depozit hisob raqamlariga joylashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda, xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ketishdan oldin tayyorlash, chet tiliga oʻqitish va imtihonga tayyorlashga ixtisoslashgan hududiy filiallarni, markazlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning xorijiy vakolatxonalarini tashkil etish va tugatish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga oʻzgartirishlar kiritish.
13. Agentlik oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Agentlik mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
14. Agentlik mol-mulkini asosiy jamgʻarmalar va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati mustaqil balansda aks ettirilgan boshqa qimmatliklar tashkil etadi.
15. Agentlik mol-mulki unga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq operativ boshqarish huquqi asosida tegishlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Agentlik mol-mulkini tasarruf etish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-bobi.
16. Agentlik xoʻjalik hisob-kitobi asosida quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga temir yoʻl chiptalarini, aviachiptalarni xarid qilishda va boshqa transport-logistika masalalarini hal qilishda koʻmaklashish;
xorijda ishga joylashish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish;
xususiy va yuridik shaxslar talabnomalari boʻyicha ish jarayoniga jalb etilmagan Agentlik transport vositalarini jalb qilish orqali transport xizmatlarini koʻrsatish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini va chet el fuqarolarini mehmonxonalarga joylashtirish boʻyicha shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish.
17. Daromad Agentlik moliya-xoʻjalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi koʻrsatkichi hisoblanadi.
18. Quyidagilar Agentlik moliya resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
xoʻjalik faoliyatidan tushgan foyda (daromad);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan tarifga koʻra yuridik shaxslarga, chet el fuqarolariga Oʻzbekiston hududida vaqtincha mehnat faoliyati huquqini beruvchi tasdiqnomalar berish (uzaytirish) uchun olingan mablagʻlar;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
xususiy kontraktlar boʻyicha xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga koʻrsatiladigan xizmatlar haqini undirishdan olinadigan daromad;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan tariflar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirish, ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish, ularga chet tillarini, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini oʻrgatish boʻyicha Agentlik tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan olingan mablagʻlar;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Agentlik ixtiyorida qoladigan sof foydadan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaroriga muvofiq, shu jumladan Mehnat organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirish orqali foydalaniladi.
19. Agentlik pul mablagʻlarini saqlash va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmagan barcha turdagi hisob-kitob va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat banklarida hisob raqam, valyuta va boshqa hisob raqamlarni ochish huquqiga ega.
20. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
21. Xoʻjalik faoliyatidan tushgan valyuta tushumi qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi, Agentlikning valyuta hisob raqamiga oʻtkaziladi va undan Agentlik rahbariyatining topshirigʻiga koʻra foydalaniladi.
22. Agentlik oʻz faoliyatining operativ va buxgalteriya hisobini, shuningdek, statistika hisobotini yuritadi.
5-bob. Agentlikka rahbarlik qilish
23. Agentlikka Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. Agentlik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimidan ozod etiladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
Agentlik boshligʻi:
umumiy rahbarlik qiladi, Agentlikning joriy faoliyatini tashkil etadi va oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi;
davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Agentlik nomidan ish yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning shtatlar jadvalini, uni saqlash uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
yuridik shaxslarga va chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish boʻyicha vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni qonun hujjatlariga muvofiq beradi (uzaytiradi);
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 30-bobi.
yuridik shaxslarga va (yoki) chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berishni (uzaytirishni) taʼminlaydi;
(23-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning hududiy filiallari, xorijga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin moslashtirish va oʻqitish markazlari rahbarlarini, boʻlinmalar rahbarlarini va xodimlarni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
(23-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
Agentlikka yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Agentlik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan uch nafar oʻrinbosarga, jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega. Agentlik boshligʻining oʻrinbosarlari bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimidan ozod etiladi.
(23-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
6-bob. Yakunlovchi qoida
24. Agentlik qonunda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyuldagi PQ-3839-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 18-martdagi 206-son qarorida nazarda tutilgan holatlar va qoidalarga tatbiq etilmaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamiga, ramziga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan shtamplari, blanklari va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhriga va boshqa rekvizitlarga ega.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
Jamgʻarma joylashgan joy: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Lutfiy koʻchasi, 47-uy.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30 iyuldagi PQ-5205-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 07/21/5205/0736-son)
3. Jamgʻarma xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni huquqiy, ijtimoiy himoya qiladi va ularga moddiy yordam koʻrsatadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan begʻaraz moliyaviy yordam;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan tuzilgan litsenziya bitimi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga yuboruvchi tashkilotlarning bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablagʻlarini zaxiralash, bunda zaxiralangan summa sarflab yuborilgan taqdirda mablagʻlarni toʻldirish, shuningdek, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqi uchun litsenziyaning amal qilishi tugatilgan va bekor qilingan taqdirda, mablagʻlarni qaytarish sharti belgilab qoʻyiladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 764-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son)
Jamgʻarmaning tijorat banklari depozitlaridagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslar, xayriya jamgʻarmalari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining ixtiyoriy xayriya mablagʻlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma hisob raqamlariga tushadi, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning tartib-taomillarida yoki xorijiy grantlarni taqdim etish shartlarida boshqa tartib belgilangan hollar bundan mustasno.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi xarajatlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz, mablagʻlarsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish hamda ularga moddiy yordam koʻrsatish;
mehnat migratsiyasida boʻlgan vaqtda jarohat olishi, baxtsiz hodisaga uchrashi, ogʻir kasallikka chalinishi tufayli tibbiy yordam talab etilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat migranti mablagʻlari yoki tibbiy sugʻurta hisobidan koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar qiymatini toʻlash imkoni boʻlmaganda tibbiy xizmat koʻrsatish;
mehnat migratsiyasida boʻlgan vaqtda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek, xorijda mehnat faoliyati vaqtida mayib boʻlgan yoki ogʻir jarohat olgan fuqarolarni olib kelish;
avval uyushgan holda tanlash doirasida xorijga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzishi natijasida chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, keyinchalik toʻlangan mablagʻlarni mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan sharoitlar bilan taʼminlanmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ketish oldidan moslashtirish, kasbga tayyorlash, ularga chet tillarni oʻqitish va chet tillarni bilishini imtihon qilish, ularning kasbiy malakasini tasdiqlash markazlarini respublika hududlarida tashkil etish va jihozlash;
“Labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish, xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya toʻlash;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5205-sonli qaroriga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 07/21/5205/0736-son)
fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalariga doir axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish;
xorijda Agentlik vakolatxonalari tashkil etish, jihozlash va saqlab turish;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ish bilan taʼminlanishining ular ishga joylashgan joylarga borish orqali monitoringini yuritish;
Agentlik xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
7. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan xarajatlar uchun Jamgʻarma mablagʻlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasining Mablagʻlar sarfini tashkil etish sxemasiga muvofiq ushbu Nizomga ilovaga binoan tasdiqlangan yoʻnalishlarga asosan foydalaniladi.
Ushbu Nizom 6-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshlarida koʻrsatilgan xarajatlarni tez va shoshilinch moliyalashtirish zarurati yuzaga kelsa, Agentlik vakolatxonasi va Agentlik xarajatlarni belgilangan limit doirasida mustaqil moliyalashtirish vakolatiga ega. Shoshilinch xarajatlarni moliyalashtirish uchun Agentlik vakolatxonasiga Agentlikning har bir vakolatxonasi uchun belgilanadigan umumiy limit doirasida korporativ bank kartasi ochiladi.
Agentlik vakolatxonasi Jamgʻarma mablagʻlaridan ushbu Nizomning 6-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda foydalanishda Agentlik hamda Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi bilan kelishgan holda, boradigan mamlakatning qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni, Agentlik vakolatxonalarini, shu jumladan marosim xizmatlarini koʻrsatuvchi agentliklar, transport va logistika kompaniyalari, tibbiyot muassasalari, sugʻurta kompaniyalari, yuridik xizmat koʻrsatadigan tashkilotlar, huquqni himoya qilish tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarni Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlari boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun shartnoma asosida jalb qilish huquqiga ega.
Agentlik tasdiqlangan hujjatlar asosida ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan xarajatlarni qoplash maqsadida Jamgʻarma mablagʻlarini olish uchun talabnoma rasmiylashtiradi va uni Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga yuboradi.
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi Agentlikning taqdim etilgan talabnomalari boʻyicha xarajatlarni maqsadli transhlar bilan moliyalashtiradi.
8. Jamgʻarma mablagʻlaridan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yuborgan tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda Yuboruvchi tashkilot deb ataladi) aybi bilan yuzaga kelgan va ushbu Nizomning 6-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan xarajatlar uchun foydalanilsa, Jamgʻarmaning foydalanilgan mablagʻlari Yuboruvchi tashkilotlarning Jamgʻarmada zaxiralangan mablagʻlari hisobidan qoplanishi lozim.
Jamgʻarma xarajatlarini Yuboruvchi tashkilotlarning zaxiralangan mablagʻlari hisobidan qoplash toʻgʻrisidagi qaror Ijro etuvchi direksiya taqdimnomasiga binoan Jamgʻarma Kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Yuboruvchi tashkilot zaxiralangan summadan foydalanilgan mablagʻlarni bir hafta muddatda qoplashi shart.
9. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasini saqlash, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq toʻlash, asosiy vositalar, inventar xarid qilishga sarflanadigan xarajatlar, xonalarni, aloqa vositalari va axborot-kommunikatsiya uskunalarini saqlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xoʻjalik xarajatlari va boshqa xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
10. Kelgusi yil uchun xarajatlarning oyma-oy boʻlib chiqilgan prognoz smetasi Jamgʻarma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
11. Joriy yilda Jamgʻarmaning foydalanilmagan mablagʻlari qoldiqlari keyingi moliya yiliga oʻtadi va keyingi yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
4-bob. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish va mablagʻlarini boshqarish
12. Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma Kengashi deb ataladi) Jamgʻarma oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
Jamgʻarma Kengashi:
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari balansining prognoz parametrlarini har yili koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Jamgʻarma faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmlarining foiz nisbatini belgilaydi;
Jamgʻarma mablagʻlarining daromadlar va xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi, zarur hollarda tasdiqlangan smetalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi, daromadlarni shakllantirish va mablagʻlarning maqsadli taqsimlanishini taʼminlash yuzasidan Jamgʻarma faoliyatini nazorat qiladi;
Jamgʻarma faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni muntazam ravishda eshitadi va tasdiqlaydi;
Jamgʻarma faoliyatini takomillashtirish va monitoringi samaradorligini oshirish, Jamgʻarma mablagʻlarini moliyalashtirishni tashkil etish va maqbullashtirish mexanizmlarini yaxshilash toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi;
Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Jamgʻarma Kengashining qarorlari ochiq ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
13. Jamgʻarma mablagʻlari Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan boshqariladi.
14. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiya:
Jamgʻarma Kengashiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbariyatiga tasdiqlash uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari boʻyicha oyma-oy hisobot kiritadi;
yuboruvchi tashkilotlarning sugʻurta depoziti shaklidagi pul mablagʻlarini qabul qiladi hamda ular boʻyicha hisob va hisobot yuritadi;
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan vazifalar moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
aholini va yuboruvchi tashkilotlarni tashqi mehnat migratsiyasi masalalari yuzasidan axborot bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarida fuqarolar ishtirokini hisobga olish boʻyicha axborot-kompyuter tizimlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga, shuningdek, Jamgʻarma Kengashi qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
15. Ijro etuvchi direksiya oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun:
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish;
yuboruvchi tashkilot aybi bilan mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlari buzilgan hollarda yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etish uchun yuboruvchi tashkilotning Jamgʻarmada zaxiralangan sugʻurta depoziti mablagʻlaridan akseptsiz foydalanish va bu haqida akseptsiz foydalanishdan keyin bir ish kunidan kechikmasdan yuboruvchi tashkilotni xabardor qiladi;
zarurat boʻlsa, shakllantirilgan ustav kapitali va zaxira mablagʻlarini Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni (maʼlumotnomalarni) yuboruvchi tashkilotlardan soʻrash va olish;
Jamgʻarma faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy xulosalarni ishlab chiqish huquqiga ega.
16. Ijro etuvchi direksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.
17. Ijro etuvchi direktor:
Jamgʻarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ijro etuvchi direksiya xodimlarini ishga qabul qiladi va ular bilan mehnat shartnomalarini bekor qiladi, ularning lavozim majburiyatlari va vakolatlarini taqsimlaydi;
vakolatlari doirasida yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Jamgʻarma pul mablagʻlari va moddiy qimmatliklarining buxgalteriya hisobi yuritilishini, moliyaviy va statistika hisoboti belgilangan tartibda tuzilishini va taqdim etilishini tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni va vakolatlarni amalga oshiradi.
18. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarma Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hisobot beradi.
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga olish, ular boʻyicha hisobot tuzish va ulardan foydalanishni nazorat qilish
19. Mablagʻlarni shakllantirish va ularning Jamgʻarmaga tushishini prognoz qilish boʻyicha hisobni yuritish va hisobot tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
20. Ijro etuvchi direksiya Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni (elektron va qogʻoz shaklida), Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakllar boʻyicha xarajatlar smetasi parametrlarini bajarish koʻrsatkichlarini Jamgʻarma Kengashiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechikmay har oyda taqdim etadi.
21. Jamgʻarmaga mablagʻlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi Ijro etuvchi direksiya tomonidan nazorat qilinadi.
22. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish Jamgʻarma Kengashiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklanadi.
23. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Ijro etuvchi direksiyaga yuklanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Jamgʻarma faoliyati doirasida, shu jumladan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
25. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi.
26. Jamgʻarma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlarining tasdiqlangan yoʻnalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga duchor boʻlgan va kamsitilgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda qolgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablagʻsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, ularga moddiy yordam berish.
1. Huquqiy va ijtimoiy himoya, moddiy yordam soʻrab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik) boshligʻi nomiga ariza.
2. Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar yoʻqolgan hollar bundan mustasno).
3. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organ maʼlumotnomasi).
4. Murojaat qilgan shaxs xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga duchor boʻlgani va kamsitilgani, mehnat va boshqa huquqlari buzilgani, murakkab moliyaviy ahvolda qolgani va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablagʻsiz qolgani toʻgʻrisida ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlari, vakolatli xalqaro tashkilotlar tasdiqnomasi (agar mavjud boʻlsa).
1. Murojaat qilganlarni himoya qilish maqsadida advokatning, yuridik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlariga haq toʻlash.
3 ming AQSH dollarigacha
2. Xostellar va sutkalik mehmonxonalar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash (mablagʻsiz va yashash joyisiz qolgan fuqarolar uchun).
0,3 ming AQSH dollarigacha
3. Murojaat qilgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish masalalari boʻyicha ishga joylashtiriladigan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatlar yuborish.
–
4. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun avia (ekonomklass) va temir yoʻl (platskart vagonlar) chiptalari haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
5. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini taklif qilish.
–
6. Bir martalik moddiy yordam toʻlash.
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida
2.
Mehnat migratsiyasida boʻlgan davrida jarohat olgan, baxtsiz hodisaga duch kelgan, oʻtkir yoki ogʻir kasalga chalingan fuqarolarga, agar ular mehnat migranti mablagʻlari yoki tibbiy sugʻurta hisobiga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar haqini toʻlay olmasa, tibbiy xizmat koʻrsatish.
1. Mablagʻlar yoki tibbiy sugʻurta polisi yoʻqligi sabablarini koʻrsatgan holda Agentlik boshligʻi nomiga ariza (shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatilgan hollar mustasno).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish muddati 7 va undan ortiq kunni tashkil etsa, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organ maʼlumotnomasi).
4. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sogʻliqni saqlash organlari tomonidan berilgan tibbiy yordam olish zaruratini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (hujjat).
1. Ishga joylashtirilgan mamlakatning sogʻliqni saqlash muassasalariga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar haqini toʻliq yoki qisman toʻlash, shu jumladan mehnat migratsiyasiga yuborilayotgan/undan qaytayotgan shaxslar yoʻl-transport hodisalariga uchragan boʻlsa, ularga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish.
1,5 ming AQSH dollarigacha
2. Sugʻurta polisi hisobiga xarajatlar toʻlanmaganligi sababi toʻgʻrisida xorijiy ish beruvchiga va sugʻurta kompaniyasiga soʻrov yuborish.
–
3. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun, shu jumladan ogʻir kasalga chalingan odamlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari tashilishini hisobga olgan holda transport kompaniyalari (zaruratga qarab, tez tibbiy yordamning koʻchma brigadalari) haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari, tibbiy muassasalar narxlariga muvofiq
4. Tibbiyot xodimi kuzatuvi ostida fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarishda tibbiyot xodimining xizmat safari haqini toʻlash.
Transport, yashash va sutkalik xarajatlarni belgilangan normalarga muvofiq
3.
Mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jasadlarini, shuningdek, mehnat faoliyati vaqtida mayib boʻlgan yoki ogʻir jarohatlar olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini olib kelish.
1. Agentlik boshligʻi nomiga ariza (fuqarolar vafot etgan boʻlsa — yaqin qarindoshlar yoki boshqa shaxslar murojaati, bunda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi).
2. Vafot etgan fuqaro pasportining nusxasi.
3. Agar mehnat migranti ishga joylashtirilgan mamlakat hududida vafot etgan boʻlsa, ushbu mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan oʻlimni tasdiqlovchi maʼlumotnoma.
4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma yoki xorijiy davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat yoki mehnat shartnomasi yoxud mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organ maʼlumotnomasi).
5. Ogʻir jarohatlar olganligi va mayib boʻlganligi toʻgʻrisida tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasi (koʻchirmalar, xulosalar, kasallik tarixi).
1. Vafot etgan shaxs jasadini olib ketish uchun uni urf-odatlarga koʻra tayyorlash xizmatlari va boshqa xizmatlar haqini toʻlash.
1 ming AQSH dollarigacha
2. Vafot etgan shaxsning jasadini Oʻzbekiston Respublikasiga tashish boʻyicha transport kompaniyalari xizmatlari haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
3. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun, shu jumladan ogʻir kasalga chalingan odamlar tashilishini hisobga olgan holda transport kompaniyalari haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
4.
Avval xorijga uyushgan holda olish doirasida ishlashga yuborilgan va ishga joylashtirilgan mamlakat qonun hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, toʻlangan mablagʻlarni keyinchalik mazkur fuqarolar hisobidan qoplash, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan shartlar bajarilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish.
1. Agentlik boshligʻi nomiga ariza.
2. Ariza beruvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.
3. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma, mehnat shartnomasi yoki mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organ maʼlumotnomasi).
4. Ishga joylashtirilgan mamlakat sudi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining deportatsiyani (chiqarib yuborishni) tasdiqlashi (qaror, xulosa, maʼlumotnoma va boshqalar).
5. Xorijiy ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan shartlar buzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (Agentlik, Oʻzbekiston rekruting tashkilotlari, ishga joylashtirilgan mamlakatning mehnat sohasidagi nazorat boʻyicha vakolatli organlari xulosalari).
1. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgunga qadar mehmonxonalar va sutkalik mehmonxonalar xizmatlari haqini toʻlash (mablagʻsiz va yashash joyisiz qolgan fuqarolar uchun).
1 ming AQSH dollarigacha
2. Fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha ishga joylashtirilgan mamlakatning vakolatli organlariga murojaatlar yuborish (xorijiy ish beruvchi ishga joylashtirish shartlarini buzganda).
–
3. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun avia (ekonomklass) va temir yoʻl (platskart vagonlar) chiptalari haqini toʻlash.
Transport kompaniyalari narxlariga muvofiq
4. Xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlarini taklif qilish (deportatsiya va chiqarib yuborish holatlari bundan mustasno).
–
5. Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgach, ularni qaytarishga sarflangan mablagʻlarni qoplash toʻgʻrisida shartnoma tuzish.
–
5.
Ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, oʻqitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish, jihozlash va taʼminlash, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash.
1. Agentlikning markaz tashkil etish zarurati toʻgʻrisidagi iltimosi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ketishdan oldin moslashtirish, kasbga tayyorlash, oʻqitish va chet tillarni bilishini sinash markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash.
3. Qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash (zarur boʻlsa) va jihozlash boʻyicha xarajatlar smetasi, shuningdek, asbob-uskunalar yetkazib berish uchun kontraktlar (loyihalashtiruvchilar, pudratchilar va yetkazib beruvchi belgilangan tartibda saralangandan keyin).
1. Qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash boʻyicha loyihalashtiruvchilar va pudratchilarni, shuningdek, asbob-uskunalar yetkazib beruvchilarni tanlash.
2. Moliyalashtirish:
tasdiqlangan rejalarga muvofiq zarur boʻlsa, parallel loyihalashtirish va qurish shartlari asosida qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash ishlari;
tasdiqlangan shartnomalarga muvofiq asbob-uskunalar yetkazib berish.
Tasdiqlangan smetalar va tuzilgan kontraktlarga muvofiq
6.
“Labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish, xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya toʻlash.
1. Xorijiy tillar yoki kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish.
Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida
2. Xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini xarid qilishga kompensatsiya toʻlash***.
Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida
7.
Rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash tartibida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga mazkur mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarini qoplab berish.
Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorigacha
8.
Xorijda fuqarolarni uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalari boʻyicha axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish
1. Agentlikning axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.
2. Axborot-maʼrifiy mahsulotlar tayyorlash va joylashtirish uchun shartnomalar (roliklar, maqolalar, eʼlonlar, flayerlar, risolalar, bukletlar, bannerlar va boshqalar).
1. Reklama-maʼrifiy mahsulotlar tayyorlovchilarni tanlash.
2. Tuzilgan shartnomalarga muvofiq axborot-maʼrifiy mahsulotlar tayyorlash va joylashtirishni moliyalashtirish.
10 ming AQSH dollarigacha
9.
Xorijda Agentlik vakolatxonalarini tashkil etish, jihozlash va saqlab turish
1. Agentlikning xorijdagi vakolatxonalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyrugʻi.
3. Vakolatxona tashkil etishga sarflanadigan xarajatlar smetasi.
4. Vakolatxonaning shtat jadvali.
1. Agentlikning vakolatxona tashkil etish, jihozlash va saqlab turish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vakolatxona tashkil etish toʻgʻrisida TIV bilan kelishilgan qarorlari.
3. Moliyalashtirish:
vakolatxona binolari va xonalarini kapital hamda joriy taʼmirlash (zarur boʻlsa);
vakolatxona xodimlari uchun avtotransport vositalarini xarid qilish;
mebel va idora texnikasi bilan jihozlash, tuzilgan ijara shartnomalariga muvofiq vakolatxona binolari va xonalari hamda xodimlarning uy-joyi uchun ijara haqi toʻlash.
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
10.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashtirilayotgan joylarni borib koʻrish orqali monitoring oʻtkazish.
1. Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashtirilayotgan joylarni borib koʻrish orqali monitoring oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlikning monitoring oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi.
3. Safarga yuborish uchun reja-vazifa va xarajatlar smetasi.
Xarajatlarni 5 sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlashni moliyalashtirish.
Transport, yashash va sutkalik xarajatlarni belgilangan normalarga muvofiq
11.
Agentlik xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish.
1. Agentlikning xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va (yoki) Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi.
2. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik boshligʻining Agentlik xodimlarini uzoq muddatli xizmat safariga yuborish va Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi.
3. Xizmat safarga yuborish uchun reja-vazifa, xarajatlar smetasi.
1. Oʻzbekistondan uzoq muddatli xizmat safariga yuboriladigan Agentlik xodimlarining ish haqi, sugʻurta, xizmat safari, ijara (ofis va turar joy uchun), asosiy vositalar va jihozlar uchun xarajatlarini moliyalashtirish.
2. Agentlikning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslarga ish haqi toʻlash uchun xarajatlarni moliyalashtirish.
Tasdiqlangan smetalarga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarorlari bilan ushbu sxemaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
**Limitlar oshirilishi mumkin:
1,5 baravar — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan kelishilgan holda;
2 baravar — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda.
*** Xorijga ketish uchun yoʻl transport chiptasini mahalliy tashuvchilardan xarid qilish tavsiya qilinadi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining
TARKIBI
1.
Sh.D. Kudbiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Kengash raisi
2.
E.M. Muxitdinov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
B.Z. Asadov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
4.
R.R. Ibragimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi, Kengash raisi oʻrinbosari
5.
A.R. Karimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari
6.
Sh.Z. Davronov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi direktorining oʻrinbosari
7.
A.R. Islamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari
8.
Sh.G. Rasulov
—
“Mikrokreditbank” ATB raisining oʻrinbosari
9.
C.C. Xolxujayev
—
“Oʻzagrosugʻurta” AJ sugʻurta kompaniyasi raisining oʻrinbosari
10.
lavozimi boʻyicha
—
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori, Kengash masʼul kotibi
Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 6 nafar
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-noyabrdagi 505-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 11-son, 117-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 8-son, 71-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 17-noyabrdagi 307-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-yil, 47-son, 489-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 48-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 11-son, 79-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarori)” 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-yil, 3-son, 24-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PF-5052-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori)” 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 37-son, 990-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2018-y., 09/18/725/1874-son; 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 04.06.2020-y., 10/20/3238/0712-son; 03.12.2020-y., 09/20/764/1591-son; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 07/21/5205/0736-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 07/22/149/0186-son)