Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining toʻsqinliksiz amalga oshirilishini taʼminlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini taʼminlash imkonini beradi. Xususan:
birinchidan, nazorat qiluvchi organlar va insofli tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ishonchli hamkorlikni oʻrnatishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qabul qilinganligi amaldagi tekshiruvlar tizimini, davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni undirish tartibini tubdan qayta koʻrib chiqishni talab etadi;
ikkinchidan, qonun hujjatlarida zamon talablariga javob bermaydigan ayrim huquqiy mexanizmlarning mavjudligi sababli soliqlar, boshqa majburiy toʻlovlar, penyalar va moliyaviy jarimalar boʻyicha qarzdorliklar sunʼiy yoʻl bilan yigʻilib bormoqda;
uchinchidan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan davlat organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari amal qilmoqda;
toʻrtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarning tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks tartibga solish hamda ularning qonuniyligi monitoringini olib borishning yagona yaxlit tizimi mavjud emasligi nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini taʼminlash va oʻtkaziladigan tekshiruvlarning asosliligini xolis baholash imkonini bermayapti;
beshinchidan, oʻtkaziladigan tekshiruvlarning ochiqligi, oshkoraligi va xolisligini taʼminlovchi nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan mustaqil jamoatchilik nazorati tizimi joriy etilmagan;
oltinchidan, koʻchmas mulk obyektlarini buzib, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning amaldagi mexanizmidagi kamchiliklar ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlarining davlatga boʻlgan ishonchiga putur yetkazmoqda, shuningdek, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda.
Biznesni rivojlantirishdagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirish, mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining mazkur Farmon kuchga kirgan vaqtda mavjud boʻlgan qatʼiy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) boʻyicha quyidagilarga hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish haqidagi taklifi maʼqullansin:
2018-yil 1-aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarga va 2018-yil 1-apreldan moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi uchun bir yillik qatʼiy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslarga.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan qarzdorliklarni hisobdan chiqarish, mazkur bandning tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslar 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hollarda amalga oshirilishi belgilansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda ushbu bandda koʻrsatilgan shaxslarning tadbirkorlik va moliya-xoʻjalik faoliyatini tiklashda, shuningdek, ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda faol yordam bersin, bajarilgan ishlar natijalari toʻgʻrisidagi oylik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi boʻyicha belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik miqdordagi qatʼiy belgilangan soliqni bir yoʻla undirish tartibi bekor qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga hisoblangan undirish umidsiz boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar, mazkur qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) boʻyicha qarzdorlikni xatlovdan oʻtkazsin, keyinchalik koʻrsatilgan qarzdorliklarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini koʻrsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi boʻlgan va ikki oy davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini toʻxtatish tartibi;
moliya-xoʻjalik faoliyatni amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish, shuningdek, faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlar va muassislari uzoq muddat bedarak boʻlgan tashkilotlarning umidsiz qarzdorligini hisobdan chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. 2018-yil 1-sentabrdan:
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan rejali tekshiruvlar;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilinsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-sentabrdan:
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish tegishli tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinishi shart;
Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinmagan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun davomida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Farmonning 5-bandida koʻrsatilgan talablar tezkor-qidiruv tadbirlari, shuningdek, jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida hamda budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan maqsadli foydalanishini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladigan taftishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(51-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)
auditorlik tekshirishlarini oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlar ana shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi;
hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo shoxobchalari qayerda joylashganidan va xizmatlar koʻrsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qatʼiy nazar, ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmagan holda, tadbirkorlik subyekti roʻyxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Nazorat qiluvchi organlardan boshqa tashkilotlarga oʻtkazilayotgan ayrim nazorat funksiyalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-sentabrdan amalga kiritilsin.
7. Nazorat qiluvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda oʻz faoliyatiga “xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi nazorat qiluvchi organlarga “xavfni tahlil etish” tizimini oʻz faoliyatiga joriy etishda koʻmaklashsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimining boshlangʻich versiyasini ishlab chiqsin hamda 2019-yil 1-yanvardan uning quyidagilarga imkon beruvchi toʻliq versiyasini ishga tushirsin:
a) vakolatli organga:
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlarni oʻtkazish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asosliligini oʻrganish va tekshiruvlarni oʻtkazishga noyob kod bilan ruxsat berish;
nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tekshiruvlar oʻtkazish tartibiga rioya etilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
b) nazorat qiluvchi organlarga oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalarini kiritish;
v) tadbirkorlik subyektlariga oʻz soʻrovlariga koʻra oʻtkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni qisqa xabar (SMS) koʻrinishida hamda real vaqt rejimida Internet tarmogʻi orqali olish.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ushbu Farmon qoidalarini inobatga olgan holda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini oʻrnatilgan tartibda kiritsin;
bir oy muddatda “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgunga qadar amal qiladigan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni hamda Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlasin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-sonli “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5087-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subyektlari — Palata aʼzolarining faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar monitoringini amalga oshirishi hamda tekshiruvlarda ishtirok etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarga tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda yakunlari yuzasidan har chorakda vakolatli organga axborot taqdim qilish tavsiya etilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Markaziy bankining 2018-yil 1-sentabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqini berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi deb yuritiladi) va Adliya vazirligining 2018-yil 1-oktabrdan koʻchmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlarga) boʻlgan huquqni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirishni bekor qilish, tegishli yozuvni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestriga elektron shaklda kiritish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
15. 2018-yil 1-oktabrdan shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulkka boʻlgan egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar toʻgʻrisidagi, shu jumladan, ushbu huquqlarning vujudga kelishi, oʻtishi, cheklanishi va bekor qilinishi, shuningdek, ular bilan tuzilgan bitimlar haqidagi axborot mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, notariuslar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy tuzilmalari, shuningdek, boshqa vakolatli organlar tomonidan “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy organlariga tegishli xatti-harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda taqdim etiladi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy organlari ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborotga asosan koʻchmas mulkka boʻlgan tegishli huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilganda, davlat va boshqa tashkilotlar soʻrov yuborganda “Davergeodezkadastr” qoʻmitasining hududiy organlari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestridan tegishli huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi elektron va (yoki) qogʻoz shakldagi koʻchirmani taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu bandning talablaridan kelib chiqqan holda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va ular bilan tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini qayta koʻrib chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi mexanizmini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil qilish;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning aniq manbalarini belgilash, ularda mahalliy budjetlarning daromad qismi mablagʻlari jalb qilinishini nazarda tutish;
Oldingi tahrirga qarang.
jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishini Jamgʻarma bilan majburiy tarzda kelishish tartibini joriy etish.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning aniq manbalarini nazarda tutgan holda, Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi hukumat qarorini qabul qilsin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
161. Vazirliklar, idoralarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qattiq ogohlantirib qoʻyilsinki, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlari ruxsatsiz tekshirilganligi va ularning xoʻjalik faoliyatiga noqonuniy aralashilganligi uchun yetkazilgan iqtisodiy zararning oʻrni qoplangan holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
17. 2018-yil 1-sentabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-iyul,
PF-5490-son
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 1-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga
3-ILOVA
3-ILOVA
Nazorat qiluvchi organlardan boshqa tashkilotlarga oʻtkazilayotgan ayrim nazorat funksiyalari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat funksiyalari | Nazorat qiluvchi organ | Nazorat funksiyalari vakolatiga oʻtkazilayotgan fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar | Nazorat qiluvchi organda saqlanib qolinayotgan nazorat mexanizmi | |
2. | Poligrafiya sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi | Profilaktika ishlari |
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoniga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 8-iyundagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-2008-son Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 3-avgustdagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-2678-son Farmoni.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3665-son Farmonining 1-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilari, 3, 4 va 6-bandlari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli Farmoniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3694-son Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi PF-4522-son Farmoni.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-son Farmonining 2-bandi ikkinchi — toʻrtinchi va yettinchi xatboshilari.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-sonli qarori) PF-5027-son Farmoni ilovasining 1, 2, 4 — 8-bandlari.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5102-son Farmoni.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2777-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-3454-son qarori 11-ilovasi izohining 3-bandi.
4-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 02.11.2018-y., 06/18/5566/2153-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 16.03.2019-y., 06/19/5690/2772-son; 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 31.10.2019-y., 06/19/5863/3979-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 28.11.2019-y., 06/19/5884/4081-son; 28.11.2019-y., 06/19/5884/4081-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son; 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 04.08.2022-y., 06/22/182/0710-son; 26.05.2023-y., 06/23/77/0298-son; 14.06.2023-y., 06/23/94/0362-son; 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son; 03.08.2023-y., 06/23/125/0553-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son; 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son; 24.10.2024-y., 06/24/162/0847-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)