1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.06.00 Chet el valyutasini sotib olish va sotish. Konvertatsiya. Valyuta almashtirish shohobchalari]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Qarori
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3029]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/9-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/9-son qaroriga ILOVA
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avtomatlashtirilgan bank shoxobchasi — xalqaro toʻlov kartalaridagi mablagʻlarni naqd milliy yoki chet el valyutasida echib olish, naqd chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlash va boshqa chakana toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi uskuna yoki uskunalardan iborat majmua;
bank kartasi — tijorat banki tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, toʻlov vositasi sifatida ishlatiladigan va oʻz saqlovchisiga bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari doirasida operatsiyalarni, jumladan hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (toʻlovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablagʻlarini yoki bank kreditini olish imkonini beruvchi toʻlov kartasi;
bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish dasturi — chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirilishi va xalqaro toʻlov kartalaridan pul mablagʻlarining muddatli omonatlarga oʻtkazilishini va boshqa chakana toʻlovlarni amalga oshirishni taʼminlovchi rezident jismoniy shaxslarning masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi maxsus dastur (bundan buyon matnda maxsus dastur deb yuritiladi);
valyuta ayirboshlash shoxobchasi — rezident va norezident jismoniy shaxslarning (bundan buyon matnda jismoniy shaxslar deb yuritiladi) naqd yoki xalqaro toʻlov kartalaridagi chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlash, xalqaro toʻlov kartalardagi mablagʻlarni naqd shaklda echib berish va jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish operatsiyalarini, shuningdek ushbu Nizomda belgilangan boshqa bank xizmatlarini koʻrsatuvchi turgʻun shoxobcha;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
kunlik hujjatlar — operatsion kun davomida rasmiylashtirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalari hisobini yuritish hujjatlari;
qimmatliklar — milliy va chet el valyutalari;
operatsion kun — jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun tijorat banki tomonidan belgilangan vaqt;
xalqaro toʻlov kartasi — xalqaro toʻlov tizimlari bilan kelishuvga asosan emissiya qilingan chet el valyutasidagi xalqaro toʻlov kartasi;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat — jismoniy shaxsning pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy guvohnoma (bilet);
yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkor (bundan buyon matnda YTT deb yuritiladi).
2. Rezident jismoniy shaxslarga valyuta ayirboshlash operatsiyalari valyuta ayirboshlash shoxobchalari, chakana amaliyotlar kassalari, avtomatlashtirilgan bank shoxobchalari, bankomatlar, maxsus dastur hamda tijorat banklarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari orqali mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Norezident jismoniy shaxslarga valyuta ayirboshlash operatsiyalari valyuta ayirboshlash shoxobchalari, chakana amaliyotlar kassalari, avtomatlashtirilgan bank shoxobchalari hamda bankomatlar orqali mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. Tijorat banklari oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida, bank binosida (axborotlar burchagida) hamda valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan namunaviy maʼlumotlarni joylashtirishi zarur.
4. Chet el valyutasini sotib olish va sotish kurslari tijorat banklari tomonidan chet el valyutasiga boʻlgan talab va taklifni hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
Operatsion kun davomida tijorat banki tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish kursi oʻzgartirilishi mumkin.
5. Chet el valyutasini ayirboshlash operatsiyalari bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdoriga teng boʻlgan yoki undan oshgan hollarda, jismoniy shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (YTTdan qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi) talab etiladi (chet el valyutalarini sotish operatsiyasi bundan mustasno) va ushbu hujjat nusxalari operatsiyalarni amalga oshirgan xodimlar tomonidan bank kunlik hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
2-bob. Tijorat banklari tomonidan naqdsiz shaklda chet el valyutasini sotish operatsiyasini amalga oshirish
(2-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
6. Tijorat banklari tomonidan naqdsiz shaklda chet el valyutasini sotish operatsiyasini amalga oshirish bank rahbarining buyrugʻiga asosan bankning tegishli tarkibiy boʻlinmasiga (bundan buyon matnda tarkibiy boʻlinma deb yuritiladi) yuklatiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
Tarkibiy boʻlinma tomonidan chet el valyutasini rezident jismoniy shaxslarga, shu jumladan YTTga sotish xalqaro toʻlov kartalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
7. Tarkibiy boʻlinmada toʻlov terminallari, hisoblash texnikasi, tegishli dasturiy taʼminotga ega boʻlgan Banklararo yagona elektron tizimga (bundan buyon matnda elektron tizim deb yuritiladi) ulangan kompyuter texnikasi, telefon aloqasi, yonmaydigan temir seyf, yongʻin xavfsizligi signalizatsiyasi va videokuzatuv kameralari boʻlishi lozim.
8. Bank rahbarining tegishli buyrugʻisiz tarkibiy boʻlinma xodimlari tomonidan oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni boshqa shaxslarga topshirish taqiqlanadi.
9. Xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha qabul qilingan milliy valyutani chet el valyutasiga yoki xalqaro toʻlov kartalari orqali toʻlovlar amalga oshirilganda chet el valyutasini milliy valyutaga avtomatik tarzda ayirboshlash operatsiyalari tarkibiy boʻlinma tomonidan amalga oshiriladi.
10. Rezident jismoniy shaxs chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat bankining tarkibiy boʻlinma mutaxassisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini, YTT esa qoʻshimcha ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasini taqdim etadi hamda tarkibiy boʻlinma mutaxassisi hujjatlardan nusxa oladi va aslini qaytarib beradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
11. Tarkibiy boʻlinma tomonidan rezident jismoniy shaxsga chet el valyutasi bankning chakana amaliyotlar kassasiga topshirilgan naqd milliy valyuta yoki bank kartasidagi yoxud depozit hisobvaragʻidagi milliy valyuta miqdori doirasida sotish operatsiyasi amalga oshiriladi.
YTT chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablagʻlarini oʻzining tegishli hisobvaragʻidan oʻtkazadi.
12. Chet el valyutasi uchun toʻlov rezident jismoniy shaxs yoki YTT tomonidan milliy valyutada tijorat bankining operatsiya bajariladigan kundagi sotish kursida amalga oshiriladi va tegishli tasdiqlovchi hujjatning (chek va boshqa) asl nusxasi mijozga beriladi, nusxasi esa kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
13. Rezident jismoniy shaxs yoki YTTning tegishli maʼlumotlari tarkibiy boʻlinma mutaxassislari tomonidan elektron tizimga kiritiladi. Bunda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq 09017-son shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Maʼlumotnoma tarkibiy boʻlinma mutaxassisi va rezident jismoniy shaxs tomonidan imzolanib, unga mutaxassisning shaxsiy va tarkibiy boʻlinma shtamplari bosiladi.
Tarkibiy boʻlinma tomonidan 09017-son shakldagi maʼlumotnoma asosida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi 09008-son reyestr yuritiladi. 09017-son shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi rezident jismoniy shaxsga yoki YTTga beriladi, ikkinchi nusxasi rezident jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi (YTTning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi) 09008-son reyestr bilan birga kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
14. Chet el valyutasi 09017-son shakldagi maʼlumotnoma va pul mablagʻlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati asosida rezident jismoniy shaxsning yoki YTTning xalqaro toʻlov kartasi hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
15. Rezident jismoniy shaxsning yoki YTTning xalqaro toʻlov kartasi mavjud boʻlmaganda, bank va rezident jismoniy shaxs yoki YTT oʻrtasida chet el valyutasida bank hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisida ikki tomonlama shartnoma tuziladi hamda bank tomonidan shartnomaga asosan uning nomiga chet el valyutasida bank hisobvaragʻi ochiladi.
Shartnomaning bir nusxasi rezident jismoniy shaxs yoki YTT beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi. Shartnoma davlat tilida tuziladi, zarur hollarda, rus yoki qoraqalpoq tilida ham tuzilishi mumkin.
16. Jismoniy shaxslar xalqaro toʻlov kartalaridagi mablagʻlarni chakana amaliyotlar kassalari, valyuta ayirboshlash shoxobchasidagi toʻlov terminallari, avtomatlashtirilgan bank shoxobchasi yoki bankomatlar orqali naqd shaklda echib olishlari mumkin. Bunda jismoniy shaxsga naqd mablagʻlar bilan birga tegishli toʻlov hujjatlari beriladi.
3-bob. Tijorat banklari tomonidan naqdsiz shaklda chet el valyutasini sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish
(3-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
17. Rezident jismoniy shaxs yoki YTTning oʻziga tegishli boʻlgan xalqaro toʻlov kartalaridagi chet el valyutasini tarkibiy boʻlinma orqali milliy valyutaga ayirboshlashlari mumkin. Bunda tarkibiy boʻlinmaning mutaxassisi tomonidan xalqaro toʻlov kartasining haqiqatda ushbu jismoniy shaxsga yoki YTTga tegishliligi ekanligi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tekshiriladi.
18. Tarkibiy boʻlinma rezident jismoniy shaxsning yoki YTTning xalqaro toʻlov kartasidagi chet el valyutasini operatsiya amalga oshiriladigan kundagi chet el valyutasini sotib olish kursiga muvofiq bajaradi. Bunda rezident jismoniy shaxs yoki YTTning xalqaro toʻlov kartasidagi chet el valyutasi doirasida, mablagʻlar toʻliq yoki qisman milliy valyutaga ayirboshlanishi mumkin.
Tijorat banki rezident jismoniy shaxsdan yoki YTTdan chet el valyutasi sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini rezident jismoniy shaxsga yoki YTTga beradi va nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
19. Chet el valyutasi tarkibiy boʻlinmaning mutaxassisi tomonidan tegishli maʼlumotlarni elektron tizimga kiritish orqali xarid qilinadi. Bunda mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq 09020-son shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Maʼlumotnoma tarkibiy boʻlinma mutaxassisi va rezident jismoniy shaxs yoki YTT tomonidan imzolanib, unga tarkibiy boʻlinma mutaxassisning shaxsiy va tarkibiy boʻlinma shtamplari bosiladi.
Maʼlumotnomaning bir nusxasi rezident jismoniy shaxsga yoki YTTga, ikkinchi nusxasi mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi 09021-son reyestrga ilova qilinib, kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
20. Tarkibiy boʻlinma mutaxassisi tomonidan rezident jismoniy shaxsning shaxsni tasdiqlovchi hujjati nusxasi, YTTning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi nusxasi, toʻlov hujjatlari tijorat bankining tegishli boʻlinmasiga taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan rezident jismoniy shaxsning xohishiga koʻra naqd shaklda yoki bank plastik kartasiga yoxud depozit hisobvaragʻiga, YTTning hisobvaragʻiga milliy valyuta oʻtkazib beriladi.
4-bob. Maxsus dasturdan foydalangan holda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish
21. Rezident jismoniy shaxslar tijorat bankining maxsus dasturdan foydalangan holda chet el valyutasini sotib olish, sotish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Bunda rezident jismoniy shaxslar maxsus dasturni kompyuter qurilmasiga (shu jumladan, planshet, mobil telefon va boshqa qurilmalar) yuklab oladi hamda undan foydalanish shartlari bilan bogʻliq afertani akseptlaydi.
22. Tijorat bankining maxsus dasturdan foydalangan holda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishlari uchun rezident jismoniy shaxs nomiga bank kartasi va xalqaro toʻlov kartasi ochilgan boʻlishi lozim. Bunda muayyan tijorat bankining maxsus dasturdan foydalanilganda, xuddi shu tijorat bankining xalqaro toʻlov kartasi foydalanuvchisining nomiga ochilgan boʻlishi lozim.
23. Tijorat bankining avtomatlashtirilgan bank shoxobchasi hamda maxsus dastur orqali amalga oshirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalari toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlarni tarkibiy boʻlinma mutaxassisi tomonidan kunlik shakllantirib boradi.
5-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini roʻyxatga olish
24. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tijorat bank rahbarining buyrugʻiga asosan ochiladi. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini ochish toʻgʻrisidagi buyruqda valyuta ayirboshlash shoxobchasining joylashgan joyi (pochta manzili), xodimlarining shtat birligi, shoxobcha faoliyatiga rahbarlik qiluvchi va uni nazorat qiluvchi mansabdor shaxslar koʻrsatilishi kerak.
25. Tijorat banki valyuta ayirboshlash shoxobchasini roʻyxatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli Bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda Bosh boshqarma deb yuritiladi) valyuta ayirboshlash shoxobchasini ochish toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirmani ilova qilib, yozma ravishda murojaat qiladi. Bosh boshqarma tomonidan 2 ish kuni ichida valyuta ayirboshlash shoxobchasi roʻyxatga olinib, tijorat bankiga mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma yuboriladi.
Tijorat bankining chakana amaliyotlar kassalarida valyuta ayirboshlash operatsiyalari mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26. Roʻyxatga olingan valyuta ayirboshlash shoxobchasi Bosh boshqarma tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi valyuta ayirboshlash shoxobchasini roʻyxatga olish jurnaliga qayd etiladi.
27. Guvohnoma yoʻqolgan taqdirda tijorat banki Bosh boshqarmaga guvohnomaning yoʻqolish sabablari koʻrsatilgan dalolatnomani ilova qilgan holda yozma ravishda murojaat qilishi shart.
28. Guvohnoma yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda tegishli tijorat bankining yozma arizasiga asosan Markaziy bankning Bosh boshqarmasi tomonidan 2 ish kunidan oshmagan muddatda uning dublikati beriladi. Dublikatiga dastlabki guvohnomaning nomeri va berilgan sanasi, shuningdek yuqori oʻng tomoniga “Dublikat” soʻzi va uning berilgan sanasi yozib qoʻyiladi.
29. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan yoki qayta ochilgan taqdirda, tijorat banki tomonidan Markaziy bankning tegishli Bosh boshqarmasiga uning sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda maʼlum qilinadi. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish va berish, ariza va tegishli hujjatlar bilan birga Markaziy bankning tegishli Bosh boshqarmasiga kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
30. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi guvohnomani va uning dublikatini berganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
6-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasiga qoʻyiladigan talablar va uning ishini tashkil qilish
31. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining ish tartibi u faoliyat yuritayotgan tashkilot ish vaqti bilan kelishilishi lozim.
32. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin:
jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini naqd milliy valyutaga sotib olish;
jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish;
(32-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
jismoniy shaxslarning xalqaro toʻlov kartalaridagi chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlab berish;
jismoniy shaxslarning xalqaro toʻlov kartalaridan naqd pul mablagʻlarni mijozning xohishiga koʻra milliy yoki chet el valyutasida echib berish;
jismoniy shaxslarning muomalaga yaroqsiz chet el valyutasini inkassoga qabul qilish;
haqiqiyligi shubha tugʻdirgan chet el valyutalarini jismoniy shaxslardan ekspertizaga qabul qilish;
jismoniy shaxslarning chet el valyutasini oʻsha chet el valyutasiga maydalab yoki yirik pul miqdorida berish;
jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotasini shu turdagi shikastlanmagan banknotaga almashtirib berish;
jismoniy shaxslarga bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirib berish (bundan buyon matnda konversiya operatsiyalari deb yuritiladi);
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida qonun hujjatlarda belgilangan bojxona toʻlovlarini va yigʻimlarini qabul qilishi.
Valyuta ayirboshlash operatsiyalari boʻyicha undiriladigan vositachilik haqi miqdori tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi, chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalari bundan mustasno.
33. Valyuta ayirboshlash operatsiyalari ikki nafar xodim — nazoratchi va kassir ishtirokida amalga oshiriladi.
Valyuta ayirboshlash shoxobchasida ish hajmidan kelib chiqib zaruriyat boʻlganda bank rahbarining buyrugʻiga asosan xodimlar soni koʻpaytirilishi yoki bitta (bir vaqtning oʻzida nazoratchi va kassir vazifasini bajaruvchi sifatida) xodimgacha kamaytirilishi mumkin. Bunda xodimlar sonini bittagacha qisqartirishga faqat bank va bank xizmatlari ofisida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari hamda chakana amaliyot kassalarida ruxsat etiladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-2, 06.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 1/19/3029-2/3529-son)
34. Tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchasi yonmaydigan temir shkaf (seyf), telefon aloqasi, qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi signalizatsiyasi, video kuzatuv kameralari (bunda videoyozuv materiallari maxsus arxivda kamida bir oy saqlanadi), valyutaning haqiqiyligini aniqlaydigan detektor yoki tester, toʻlov terminallari, tegishli dasturiy taʼminotga ega kompyuter va hisoblash texnikasi, shuningdek zarur normativ-huquqiy hujjatlar va maʼlumot materiallari bilan taʼminlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
35. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida unga biriktirilgan nazoratchi va kassirning mazkur valyuta ayirboshlash shoxobchasida valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishi toʻgʻrisidagi tegishli buyruqdan koʻchirma boʻlishi kerak.
36. Nazoratchi yoki kassir oʻziga biriktirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchasida amalga oshiriladigan operatsiyalarni bank rahbarining tegishli buyrugʻisiz boshqa xodimlarga ishonib topshirishi va valyuta ayirboshlash shoxobchasiga begona shaxslarni kiritishi taqiqlanadi.
37. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida qimmatliklar bilan ishlash, taʼminlash Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Valyuta ayirboshlash shoxobchasining har bir xodimiga familiyasi koʻrsatilgan shtamp, nazoratchiga esa, qoʻshimcha ravishda, tijorat bankining nomi, valyuta ayirboshlash shoxobchasining roʻyxatga olingan raqami va shoxobchaning manzili yozilgan shtamp biriktirib qoʻyiladi.
Ishdan tashqari vaqtda valyuta ayirboshlash shoxobchasida qimmatliklar va shtamplarni saqlash taqiqlanadi.
38. Ishga qabul qilingan xodimlar tijorat banki tomonidan moddiy javobgarlik toʻgʻrisida tegishli qonun hujjatlarining normalari, shuningdek qimmatliklarni saqlash, qabul qilish, berish, ular bilan ishlash, qayta sanash va tashishga doir qoidalar, valyuta ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazish va ularning hisobini yuritish tartibi bilan tanishtirilishi shart.
7-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlarining vazifalari
39. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining nazoratchisi:
qimmatliklar solingan xaltachalarni qabul qiladi, ularni ochishda ishtirok etadi hamda undagi qimmatliklar kam yoki ortiq chiqqan hollarda, ikki nusxada dalolatnoma tuzadi, ushbu dalolatnomani kassir bilan birga imzolaydi va uning bir nusxasini bankka yuboradi;
ayirboshlash uchun taqdim etilgan milliy va chet el valyutasi ekvivalentini hamda vositachilik haqini hisoblaydi;
amalga oshirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini tegishli reyestrga qayd etadi;
maʼlumotnomalarni toʻldiradi hamda imzolaydi;
amalga oshirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalari boʻyicha hujjatlarni ish kuni oxirida imzolaydi;
ish kuni oxirida qolgan qimmatliklarni dastalari boʻyicha sanab chiqadi va bu qimmatliklarning dastalari boʻyicha xaltalarga toʻliq solinishini nazorat qiladi;
amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida hisobot tuzadi va uni tegishli reyestrlar va maʼlumotnomalar nusxalari asosida tekshirib chiqib, imzolaydi;
qimmatliklarning amaldagi qoldiqlarini amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobot bilan solishtiradi va qimmatliklar ortiq yoki kam chiqqan hollarda, ikki nusxada dalolatnoma tuzadi va uni kassir bilan birga imzolaydi. Uning bir nusxasi bankka yuboradi va ikkinchi nusxasi valyuta ayirboshlash shoxobchasining kunlik hujjatlariga tikib qoʻyiladi;
shubhali operatsiyalar haqida zudlik bilan tijorat bankining Ichki nazorat xizmatiga yozma ravishda xabar beradi.
40. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining kassiri:
qimmatliklarni olish uchun buyurtmanomalarni tuzib tijorat bankiga taqdim etadi;
inkassatorlar olib kelgan qimmatliklar solingan xaltalarni qabul qilib oladi hamda xaltalarni nazoratchi ishtirokida ochadi yoki tijorat banki kassasidan qimmatliklarni qabul qilib, bank binosida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchasiga olib keladi;
almashtirish uchun taqdim etilgan banknotlarning haqiqiyligi va muomalaga yaroqliligini tekshiradi;
reyestrlar va maʼlumotnomalarni, shuningdek nazoratchi tomonidan tuzilgan dalolatnomalarni imzolaydi;
ish kuni oxirida qolgan qimmatliklarni sanaydi, ularni saralab dastalaydi va nazoratchi kuzatuvida qimmatliklarni xaltalarga joylaydi.
41. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga quyidagi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi:
milliy valyutani chet el valyutasiga sirtdan almashtirish;
tegishli maʼlumotnoma bermasdan, valyuta ayirboshlash operatsiyalarini koʻrsatish;
valyuta ayirboshlash operatsiyasini bajarmay turib, tegishli maʼlumotnomalar berish;
valyuta ayirboshlash shoxobchasida chet el valyutasidagi va bazaviy hisoblash miqdorining yarmidan ortiq miqdorda milliy valyutadagi shaxsiy jamgʻarmalarning boʻlishi.
(41-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
Chet el valyutasini sotish operatsiyasi haqidagi maʼlumotlar valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimi tomonidan elektron tizimga kiritilishi lozim.
Valyuta ayirboshlash shoxobchasida yetarli miqdorda naqd milliy va chet el valyutasi mavjud boʻla turib jismoniy shaxslarga valyuta ayirboshlash operatsiyasini bajarishni rad etishga, shuningdek muomalada boʻlgan pul birliklarini nominali va emissiya qilingan yiliga qarab qabul qilish boʻyicha cheklovlar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
42. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslardan chet el valyutasi cheklanmagan miqdorda sotib olinadi.
43. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron tizimga kiritilishi lozim.
44. Taqdim etilgan chet el valyutasining haqiqiyligi va muomalaga yaroqliligi texnik vositalar yordamida tekshirilgandan soʻng valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshiriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-2, 06.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 1/19/3029-2/3529-son)
45. Chet el valyutasini jismoniy shaxslardan sotib olishda mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq 09002-son shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Ushbu maʼlumotnomaning ikkala nusxasi ham valyuta ayirboshlash nazoratchisi, kassiri va jismoniy shaxs tomonidan imzolanib, ularga valyuta ayirboshlash shoxobchasi shtampi hamda nazoratchi va kassirning shaxsiy shtampi bosiladi.
09002-son shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3029-1, 11.12.2018-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3029-1/2311-son)
09002-son shakldagi maʼlumotnoma rezident jismoniy shaxslardan chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydi, biroq sarflanmay qolgan milliy valyutani chet el valyutasiga qayta almashtirib berish huquqini bermaydi.
Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida jismoniy shaxslarning xalqaro toʻlov kartalaridagi mablagʻlarini naqd shaklda echib berish yoki sotib olish ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati taqdim qilinganda amalga oshiriladi.
46. Xalqaro toʻlov kartasidagi chet el valyutasi va naqd chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlash operatsiyalari mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi 09003-son reyestrda rasmiylashtiriladi.
47. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslarning xalqaro toʻlov kartalaridagi chet el valyutasi naqd milliy valyutaga ayirboshlanganda ularga valyuta sotib olinganligini tasdiqlovchi 09002-son shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi va terminal chekining asl nusxasi beriladi. Maʼlumotnomaning va terminal chekining nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
471. Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSh dollarigacha (shu jumladan, ekvivalenti 100 AQSh dollariga teng miqdorda) naqd chet el valyutasini sotish operatsiyasi ulardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab etilmagan holda shoxobchaga topshirgan naqd yoki shaxsiy bank kartasidan echib olingan milliy valyuta miqdori doirasida amalga oshiriladi.
(471-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
48. Norezident jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotish valyuta ayirboshlash shoxobchasining 09002-son shakldagi maʼlumotnoma yoki terminal (bankomat) cheki yoxud respublika hududida milliy valyuta mablagʻlarining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
Bunda operatsiya summasi taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan summa miqdoridan oshmasligi kerak.
09002-son shakldagi maʼlumotnoma norezident jismoniy shaxslardan sarflanmay qolgan milliy valyutani chet el valyutasiga qayta almashtirish uchun asos boʻladi. Bunda ayirboshlash operatsiyasi 09002-son shakldagi maʼlumotnoma va norezident jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati taqdim qilinganda bajariladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi maʼlumotnoma bilan birga kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
49. Chet el valyutasi:
rezident jismoniy shaxslarga sotilganda, mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq 09007-son shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09007-son shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi rezident jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi (ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdordagi chet el valyutasi sotilganda) va boshqa hujjatlar bilan birga;
norezident jismoniy shaxslarga sotilganda, mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq 09007-son shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09007-son shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi norezident jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi, tegishliligi boʻyicha terminal (bankomat) cheki yoxud respublika hududida milliy valyuta mablagʻlarining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi va boshqa hujjatlar bilan birga mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi 09010-son reyestrga ilova qilinadi va hisobot tuzish uchun asos hisoblanadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
50. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan haqiqiyligiga shubha tugʻilgan naqd chet el valyutasini ekspertizaga qabul qilish jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda unga naqd chet el valyutasining ekspertizaga qabul qilinganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq 09005-son shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09005-son shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan birga kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-2, 06.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 1/19/3029-2/3529-son)
Ekspertizaga qabul qilishda valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlari ekspertiza natijalari boʻyicha haqiqiy emas deb topilgan naqd chet el valyutalari egalariga qaytarib berilmasligi toʻgʻrisida jismoniy shaxslarni ogohlantirishi lozim.
51. Ekspertizaga qabul qilingan naqd chet el valyutasining haqiqiyligini aniqlash uchun tijorat banklari tomonidan ekspert komissiyasi tuziladi. Ekspertiza natijalari boʻyicha komissiya tomonidan dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomada valyuta turi, nominali, chiqarilgan yili, seriyasi va raqami, emitent bank va ekspertizaga qabul qilingan chet el valyutasining oʻziga xos boshqa xususiyatlari koʻrsatiladi. Ekspertiza davomida chet el valyutasining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, tijorat banklari tomonidan haqiqiyligiga shubha tugʻilgan naqd chet el valyutalari boshqa tijorat banklari yoki chet el banklariga ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborilishi mumkin.
Ekspertiza natijasida naqd chet el valyutasi haqiqiy deb topilsa, chet el valyutasi tijorat banki tomonidan 09005-son shakldagi maʼlumotnoma asosida jismoniy shaxsning chet el valyutasi yoki milliy valyutadagi hisobvaragʻiga oʻtkazilishi yoki uning xohishiga koʻra naqd shaklda qaytarib beriladi.
52. Ekspert komissiyasi tomonidan haqiqiy emas deb topilgan naqd chet el valyutalari egalariga qaytarib berilmaydi va ekspertiza dalolatnomasiga ilova qilingan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Valyuta egasiga uning talabi bilan ekspertiza dalolatnomasining nusxasi berilishi mumkin.
53. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida chet el valyutasini oʻsha chet el valyutasiga maydalab yoki yirik pul miqdoriga almashtirib berish operatsiyalari amalga oshirilishida mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq 09013-son shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi 09011-son reyestrga kiritiladi. Ushbu maʼlumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
54. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida konversiya operatsiyalari amalga oshirilishi mumkin. Bunda mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi 09014-son reyestrda rasmiylashtiriladi. Konversiya operatsiyasi amalga oshirilganda mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq 09015-son shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Ushbu maʼlumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
9-bob. Shikastlangan va muomalaga yaroqsiz banknotalar bilan bogʻliq valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish
55. Emitent-davlat tomonidan banknotaga nisbatan oʻrnatilgan talablarga javob beradigan asosiy belgilarga (emitent bank nomi, seriya va tartib raqami, valyuta nominalining raqamlar va soʻz bilan koʻrsatilishi, old va orqa tomonining asosiy tasviri (surati, portreti), qalbakilashtirilishidan himoya qiluvchi elementlari (suv belgisi, magnitli belgilar, qogʻozga kiritilgan rangli tolalar, jumladan ultrabinafsha nurlarda koʻrinadigan tolalar, konfyetti (rangli qogʻoz tangachalar), himoya iplari, mikromatn, nur sochuvchi rasmlar va boshqalar) ega boʻlgan banknota qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-1, 11.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3029-1/2311-son)
56. Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy toʻlov vositasi hisoblanadi:
banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan boʻlsa (siyqalanish banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan holatlar bundan mustasno);
(56-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-2, 06.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 1/19/3029-2/3529-son)
banknota enining (boʻyining) toʻrtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega boʻlsa;
yopishtirib qoʻyilgan burchaklari yoki qismlari (1 sm2 dan oshmagan) boʻlsa hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli boʻlsa;
mayda dogʻlar, yozuvlar, shtamp izi boʻlganda (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan ortiq boʻlsa, banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar bundan mustasno) hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan boʻlsa;
(56-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-2, 06.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 1/19/3029-2/3529-son)
banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va iktadan ortiq teshiklar boʻlsa, bunda teshiklar banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan boʻlishi kerak.
(56-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-2, 06.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 1/19/3029-2/3529-son)
57. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalari bilan bogʻliq valyuta ayirboshlash operatsiyalarni amalga oshirganda, bunday operatsiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar 09011-son reyestrga kiritiladi.
Bunday operatsiyalar amalga oshirilganda mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi 09012-son maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalarini milliy valyutaga ayirboshlash yoki shu turdagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, maydalash, yiriklash hamda konversiya operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek ularni keyinchalik boshqa operatsiyalar boʻyicha mijozlarga berish taqiqlanadi va bunday turdagi operatsiyalar amalga oshirilganda vositachilik haqlari undirilishi mumkin.
58. Mazkur Nizomning 56-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan ortiq boʻlgan va quyidagi shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan banknotalar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:
(58-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 20-iyuldagi 16/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-2, 06.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 1/19/3029-2/3529-son)
boʻlaklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan boʻlsa;
dastlabki rangi oʻzgargan yoki rangi oʻchgan boʻlsa;
yongan yoki kuygan holatda boʻlsa;
qonuniy toʻlov vositasi ekanligini koʻrsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, boʻyoq yoki siyoh toʻkilgan boʻlsa;
banknotada kimyoviy reaktivlar taʼsiri boʻlsa;
muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) oʻzgartirilganda, nominali oʻzgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar boʻlsa;
banknotlar aniq bosma xatoga ega boʻlgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yoʻqligi yoki notoʻgʻri joylashganligi), tasvirlari toʻliq bosilmagan yoki surkalib ketgan boʻlsa;
banknota geometrik oʻlchamining 3 mm ga teng yoki undan ortiqqa oʻzgargan boʻlsa;
banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan boʻlsa;
oʻzining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yoʻqotib, yumshoq holga kelgan banknotlar.
Tegishli xorijiy davlatning emitent banki tomonidan eʼlon qilingan sanadan keyin muomiladan chiqarilgan hamda banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar mavjud boʻlgan banknotalar toʻlovga yaroqsiz deb eʼtirof etiladi.
59. Muomalaga yaroqsiz banknotalar valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan inkassoga emitent bankka joʻnatish uchun qabul qilinadi va bunday operatsiyalar 09011-son reyestrga rasmiylashtiriladi.
Valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan jismoniy shaxslarning muomalaga yaroqsiz banknotalarini inkkassoga qabul qilishni rad etish man etiladi.
60. Banknotalarni inkassoga qabul qilish jismoniy shaxslardan ularning arizasi (arizada oʻzining yashash manzilini aniq koʻrsatishi shart) bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etgan holda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarning muomalaga yaroqsiz banknotalari inkassoga qabul qilinganda shoxobcha xodimlari ularga emitent-bank tomonidan ushbu valyutalarni ayirboshlab berishni rad etishi mumkinligi va bunda undirilgan vositachilik haqi mijozga qaytarilmasligi toʻgʻrisida ogohlantirishi lozim.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning muomalaga yaroqsiz banknotalari bilan bogʻliq valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilganda vositachilik haqlari undirilishi mumkin.
61. Banknota inkassoga qabul qilinganda, jismoniy shaxsga ikki nusxada toʻldiriladigan mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq 09004-son shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi beriladi, ikkinchi nusxasi hisobot tuzish uchun asos hisoblanadi va kunlik hujjatlarga jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan birga tikib qoʻyiladi.
62. Emitent bank inkassoga qabul qilgan banknotani almashtirib berganda tijorat banki uni jismoniy shaxsning chet el valyutasi yoki milliy valyutadagi hisobvaragʻiga oʻtkazilishi yoki uning xohishiga koʻra naqd shaklda berilishi mumkin.
63. Emitent bank inkassoga qabul qilingan banknotani almashtirishni rad etganda, tijorat banki emitent bankning inkassoga qabul qilingan banknotani toʻlashni rad etganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini ilova qilgan holda inkassoga taqdim qilgan jismoniy shaxsning arizasida koʻrsatilgan manzil boʻyicha unga yozma xabar yuboradi.
64. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi oʻzi qabul qilgan banknotani haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.
Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun qabul qilingan banknota haqiqiy emas deb topilganda ular boʻyicha valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi va banknota egasiga qaytarib berilmaydi. Bunday turdagi banknota boʻyicha uch nusxada dalolatnoma tuzilgan holda, bir nusxasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, ikkinchi nusxasi mijozga beriladi va uchinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikiladi.
(64-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-1, 11.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3029-1/2311-son)
10-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida operatsion kunni yakunlash
65. Operatsion kun yakunida maʼlumotnomalar va reyestrlarning tegishli nusxalari asosida amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha mazkur Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shakldagi 09016-son hisobot tayyorlanadi.
66. Amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobot, qimmatliklar va reyestrlar shu kunning oʻzida inkassatsiya xizmatidan foydalangan holda tijorat bankiga olib borilishi shart, valyuta ayirboshlash shoxobchasi tijorat banki binosida joylashgan hollar bundan mustasno.
Kun oxirida valyuta ayirboshlash shoxobchasida qimmatliklar qoldirilishi taqiqlanadi. Bunda bank binosidan tashqarida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalaridagi qimmatliklar Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) talablari asosida inkassatsiya xizmati orqali tijorat bankiga topshiriladi.
67. Tijorat banki buxgalteriyasining masʼul xodimlari taqdim qilingan hujjatlar boʻyicha tuzilgan hisobotning toʻgʻriligini, qimmatliklarning toʻla-toʻkis topshirilganligini va ulardan toʻgʻri foydalanilganligini tekshiradi, valyuta ayirboshlash shoxobchasining hisobotiga kiritilgan operatsiyalarni bank balansida aks ettirish, shuningdek mazkur valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimi hisobidagi boʻnaklar summalari yuzasidan hisob-kitob qilish uchun ordyerlar tuzadi.
Barcha hujjatlar va tuzilgan ordyerlar tijorat bankining valyuta ayirboshlash operatsiyalariga masʼul boʻlgan boʻlim boshligʻi yoki bosh buxgalteri tomonidan tekshirilib, kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
68. Operatsion kun davomida yoki kun oxirida ortiqcha pullar yoki kamomad aniqlangan taqdirda, bu toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, unga kassir va nazoratchi imzo chekadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi hisobot bilan birga bank rahbariga yuboriladi.
Yoʻqotilgan qimmatliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aybdor shaxslardan undiriladi, ortiqcha mablagʻlar tijorat banki daromadiga kirim qilinadi.
69. Bayram va dam olish kunlari hamda navbat bilan kecha-kunduz ishlaydigan valyuta ayirboshlash shoxobchalarida valyuta ayirboshlash operatsiyalari mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
11-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini yopish
70. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi quyidagi hollarda yopiladi:
tijorat bankining ixtiyoriga koʻra;
tijorat banki valyuta operatsiyalarini amalga oshirishni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarni buzgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan choralar va sanksiyalar qoʻllanilganda.
71. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini yopish toʻgʻrisida tijorat banki rahbari tomonidan buyruq chiqariladi va buyruq nusxasi u chiqarilgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida guvohnomaning asl nusxasi bilan birga Markaziy bankning tegishli Bosh boshqarmaga kuzatuv xatiga ilova qilingan holda yuboriladi. Bosh boshqarma tomonidan tijorat banki rahbarining valyuta ayirboshlash shoxobchasini yopish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan, valyuta ayirboshlash shoxobchasini roʻyxatga olish jurnaliga tegishli yozuv kiritiladi.
12-bob. Tarkibiy boʻlinma va valyuta ayirboshlash shoxobchasida hamda avtomatlashtirilgan bank shoxobchasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirilishini nazorat qilish
72. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq faoliyat yuritishi tijorat banki tomonidan har oyda kamida bir marta tekshirib turilishi shart.
73. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tarkibiy boʻlinmalar va valyuta ayirboshlash shoxobchasi faoliyatida valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishlar oʻtkazishi mumkin.
13-bob. Yakuniy qoida
74. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tijorat bankining rasmiy veb-saytida, bank binosida (axborotlar burchagida) hamda valyuta ayirboshlash shoxobchasida boʻlishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning namunaviy
ROʻYXATI
chet el valyutasini sotib olish va sotishning qisqacha tartibi;
chet el valyutasini sotish va sotib olish kurslari;
bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish dasturini yuklab olish va undan foydalanish tartibi;
valyuta ayirboshlash operatsiyalari uchun undiriladigan vositachilik haqi miqdori;
valyuta ayirboshlash xizmatlarini amalga oshiruvchi tijorat bankining valyuta ayirboshlash shoxobchalari, chakana amaliyotlar kassalari, avtomatlashtirilgan bank shoxobchalari joylashgan manzillari;
valyuta ayirboshlash xizmatlarini amalga oshiruvchi tijorat bankining valyuta ayirboshlash shoxobchalari, chakana amaliyotlar kassalari ish vaqti;
valyuta ayirboshlash shoxobchasida amalga oshiriladigan operatsiya turlari;
pul belgilarining haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligini aniqlash qoidalari;
valyuta ayirboshlash shoxobchasining roʻyxatga olinganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
tijorat bankining hamda Markaziy bank tegishli Bosh boshqarmasining ishonch telefon raqamlari toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
______________________________________________naqd pulda / bank plastik kartasidan / (milliy valyutaning summasi raqam va soʻz bilan) hisobraqamidan toʻlandi*
___________________________________________halqaro toʻlov kartasiga oʻtkazib beriladi (chet el valyutasining summasi raqam va soʻz bilan)
Masʼul xodimning shtampi va imzosi______________________
Mijozning imzosi ______________________
*Izoh: tegishliligi boʻyicha tagiga chiziladi.
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
____________________________________________
(tarkibiy boʻlimning shtampi)
09008-son reyestr
Chet el valyutasini xalqaro toʻlov kartasiga oʻtkazib berish operatsiyalarini hisobga olish REESTRI
20____ yil “
________
(kun)
______________________
(oy)
F.I.O.
Mijozning shaxsini tasdiqlovchi
hujjat boʻyicha maʼlumotlar
Sotilgan chet el
valyutasining
Kurs
Mijozdan
qabul
qilingan
milliy
valyuta
summasi
Operatsiya
vaqti
Maʼlumotno raqami
hujjat
turi va
seriyasi
raqami
qachon va kim tomonidan berilgan
turar
joyi
nomi
summasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
_____________________________________________________________________________ qabul qilindi.
(milliy valyutaning summasi raqam va soʻz bilan)
__________________________________________________________________________________ beriladi.
(chet el valyutasining summasi raqam va soʻz bilan)
Kassirning shtampi va imzosi _______________________
Nazoratchining shtampi va imzosi ________________
Mijozning imzosi
Izoh: chet el valyutasining ekvivalenti 100 AQSh dollaridan koʻp boʻlganda toʻldiriladi.
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-3, 17.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/3029-3/3933-son)
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
(valyutaning nomi, summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)
Chet el valyutasining nomi
Qabul qilingan chet el valyutasining nominali va soni
Mayda yoki yirik miqdorda
ayirboshlab berilgan chet el
valyutasining nominali va soni
______________________________________________________________________________________________________________________miqdorida vositachilik haqi olindi.
(summa raqam va soʻz bilan)
____________________________
(jismoniy shaxs imzosi)
_______________________________
(nazoratchining shtampi va imzosi)
________________________________
(kassirning shtampi va imzosi)
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
_____________________________________________
(valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi)
09011-son reyestr
Shikastlangan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlash, shu turdagi shikastlanmagan chet el valyutasiga almashtirish, maydalash va yiriklash hamda muomalaga yaroqsiz chet el valyutasini inkassoga qabul qilish operatsiyalarini hisobga olish
REESTRI
Chet el valyutasining
nomi
U�dirilgan
vositachilik
haqi
09004-shakl
maʼlumotnoma raqami va sanasi
09012-shakl
maʼlumotnoma
raqami va sanasi
09013-shakl
maʼlumotnoma
raqami va sanasi
1
2
3
4
5
Nazoratchi:
_______________________________________________
(F.I.O.)
_____________________
(imzo)
Kassir:
_______________________________________________
(F.I.O.)
_____________________
(imzo)
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
______________________________________________
(valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi)
09014-son shakl
Konversiya qilingan (almashtirilgan) naqd
chet el valyutasini hisobga olish
REESTRI
20______ yil
“__________”
(kun)
______________________
(oy)
F.I.O.
Chet el valyutasi
Konversiya qilingan
(almashtirilgan)
kurs
09015-son
maʼlumotnoma
raqami
qabul
qilindi
berildi
Nomi
summasi
nomi
summasi
Nazoratchi:
_____________________________________
(F.I.O.)
______________
(imzo)
Kassir:
_____________________________________
(F.I.O.)
______________
(imzo)
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 10-noyabrdagi 35/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3029-1, 11.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3029-1/2311-son)
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 18-ILOVA
Bank tomonidan muomalaga yaroqsiz chet el valyutasini inkassoga qabul qilish shartlari bilan tanishdim va inkassoga qabul qilingan chet el valyutasi boʻyicha _____ foiz miqdorida vositachilik haqi toʻlashga roziman.
Inkassoga qabul qilingan chet el valyutasi emitent bank tomonidan muomalaga yaroqli oʻsha turdagi chet el valyutasiga ayirboshlab berilmasa va ularni muomaladan chiqarsa ________________________________ ga nisbatan hech qanday eʼtiroz bildirmayman.
Shoxobcha xodimlari
_______________
________________________________
(imzolari)
(xodimlarning shtamplari)
Mijoz
_______________
________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 19-ILOVA