Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son hamda “2018-yilning yanvar-avgustida 2017-yil paxta hosilidan paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berishning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-yanvardagi PQ-3483-son qarorlari ijrosini taʼminlash, paxta tolasini sotish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-yanvardagi PQ-3479-son qaroriga muvofiq paxta tolasini sotishning quyidagi tartibi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
paxta tolasi uni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʻlgan mahalliy toʻqimachilik korxonalariga — birja savdolari orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
“Davlat belgisi” DICHB, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston koʻrlar jamiyati korxonalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti muassasalariga — texnologik ehtiyoj va mavjud ishlab chiqarish quvvatlari doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotiladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasi eksportga xorijiy valyutada norezidentlarga birja savdolari orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar boʻyicha sotiladi;
“Oʻzpaxtasanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini saqlash hamda eksportga va respublika tashkilotlariga yetkazib berish faqat paxta terminallari orqali amalga oshiriladi;
xorijiy xaridorlar hamda respublika tashkilotlari tomonidan paxta tolasini sifati va ogʻirligi boʻyicha yakuniy qabul qilib olish paxta terminallarida amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin;
Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
ushbu qaror kuchga kirgungacha “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan paxta tolasini eksportga va respublika tashkilotlariga sotish boʻyicha tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) ular tuzilgan vaqtda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga va kontraktlar (shartnomalar) majburiyatlariga muvofiq bajarilishi shart;
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom kuchga kirgungacha paxta tolasi uni qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʻlgan mahalliy toʻqimachilik korxonalariga “Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladi.
5. Paxta tolasini birja savdolarida milliy valyutaga sotish mahalliy toʻqimachilik korxonalari tomonidan yuz foiz oldindan toʻlov asosida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Tijorat banklariga birja savdolarida paxta tolasi sotib olishni moliyalashtirish uchun toʻqimachilik korxonalariga revolver asosida qayta tiklanadigan kredit liniyalari ochish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mahalliy toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasi birja savdolarida quyidagilar asosida milliy valyutada sotiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
2017-yilgi hosil uchun — narxining 15 foizini oldindan toʻlash va yakuniy hisob-kitobni 90 kun mobaynida amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
2018 — 2020-yillardagi hosil uchun — narxining 35 foizini oldindan toʻlash va yakuniy hisob-kitobni 90 kun mobaynida amalga oshirish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ–4453-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 07/19/4453/3756-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda majburiyatning bajarilishi neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, shu jumladan bank kafolati, zakalat hamda qonun hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan taʼminlanishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 351-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/351/3009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, paxta tolasini sotishda va hisob-kitoblarda ushbu qarorda belgilangan talablarga hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
7. “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ paxta tozalash sanoati korxonalarida, paxta terminallarida, shuningdek, paxta tolasini temir yoʻl orqali tashishda yongʻin xavfsizligi holati yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari N.S. Otajonov va Z.T. Mirzayev, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlarini yetarli hajmdagi sifatli xom ashyo bilan taʼminlash maqsadida paxta xom ashyosini yetishtirish, shu jumladan, uni yigʻib-terib olish va tozalash jarayonida paxta tozalash korxonalari va yogʻ-moy korxonalarining manfaatdorligini yanada oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 341-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-fevral,
106-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga
1-ILOVA
Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom paxta tolasini sotish hamda hisob-kitob qilish tartibi va mexanizmini belgilaydi.
“Oʻzpaxtasanoat” AJ va paxta tozalash korxonalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yetkazib beruvchilar — “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiradigan paxta tozalash korxonalari;
EXW — “Franko zavod” — ex works — mahsulot shartnomada koʻrsatilgan yetkazib beruvchining omboridan “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan olib ketiladi;
CFR — Uzoq Sharq — cost and freight — mahsulot shartnomada koʻrsatilgan xaridorning portigacha yetkazib beriladi, bunda asosiy tashishdagi sugʻurta, tushirish va qayta ortish xizmatlari haqi xaridor tomonidan toʻlanadi;
“A” indeksi — xalqaro paxta birjasining oʻrtacha qiymatida aniqlanadigan, bir funt ogʻirligiga sent qiymatida belgilanadigan paxta tolasining narxi;
“Cotton Outlook” byulleteni — Xalqaro paxta uyushmasining nashri, bunda xalqaro treyderlar (sotuvchilar), yakuniy xaridorlar va paxta tolasi ishlab chiqaruvchilardan oʻtkaziladigan soʻrovnomaga asosan eksport qiluvchi turli mamlakatlar paxta tolasining kunlik narxi belgilanadi;
Oʻzbekiston komponenti — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan paxta tolasining kotirovkasi nomi;
s/f — 1 funt (453,59 grammga teng boʻlgan ogʻirlik oʻlchovi) ogʻirlikdagi paxta tolasining sent qiymatidagi narxi belgisi;
3. Yetkazib beruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi ular oʻrtasida tuzilgan vositachilik shartnomasiga muvofiq uni paxta terminallariga (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) yetkazgan holda “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Paxta tolasini yetkazib berish va ishlab chiqarish toʻgʻrisida tasdiqlangan topshiriqqa muvofiq “Davlat belgisi” DICHB, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va Oʻzbekiston koʻrlar jamiyati korxonalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti muassasalariga paxta tolasi, sotish bilan bogʻliq xarajatlarni va vositachilik haqini hisobga olgan holda, ulgurji preyskurant narxi boʻyicha milliy valyutada “Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar (shartnomalar) boʻyicha sotiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
5. “Oʻzpaxtasanoat” AJ uchun paxta tolasini sotish boʻyicha umumiy belgilangan soliqlarni toʻlovchi komissioner toʻlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash tartibi qoʻllaniladi.
6. Yetkazib beruvchilar va “Oʻzpaxtasanoat” AJ oʻrtasidagi paxta tolasini sotish boʻyicha oʻzaro munosabatlar ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari va ikki tomonlama vositachilik shartnomalari bilan tartibga solinadi.
2-bob. Paxta tolasiga narx belgilash tartibi
7. Vositachilik shartnomasi shartlariga muvofiq “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan yetkazib beruvchilarga haq toʻlash jahon bozoridagi konyunkturadan qatʼi nazar EXW — “Franko zavod” shartlarida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan preyskurant ulgurji narx boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
“Oʻzpaxtasanoat” AJning vositachilik haqi sotiladigan paxta tolasi qiymatidan 1 foizni (QQS hisobga olinmasdan) tashkil qiladi.
8. “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan eksportga sotiladigan paxta tolasiga narxlar “Cotton Outlook” byulletenida eʼlon qilinadigan “A” indeksi va uning Oʻzbekiston komponenti kotirovkalarining oʻrtacha miqdoridan, Oʻzbekiston komponenti eʼlon qilinmaganda esa — “A” indeks + 3,0 s/f kotirovkasidan kelib chiqib, CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida “Birinchi” navli, “Oʻrta” klassli, 4 tipli, 36 kodli (bazis narx) paxta tolasining 1 tonnasi uchun belgilanadi. Mazkur narxlardan kelib chiqib ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq boshqa navlar, klasslar, kodlarning narxlari aniqlanadi. Narxlarni belgilash tartibi, toʻlash va yetkazib berish shartlari paxta tolasining eksport kontraktlari (shartnomalari)da belgilanadi.
9. Paxta tolasini sotish boʻyicha “Oʻzpaxtasanoat” AJning xarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
sugʻurtalash (tashishda va saqlashda) boʻyicha xarajatlar, yetkazib beruvchi omboridan tashish, tushirish, terminalda paxta tolasini saqlash, uni xaridorga yuklab joʻnatish, CFR — Uzoq sharq portlari shartlarida yetkazish (jumladan fitosanitariya sertifikati berish va respublika hududida harbiy qoʻriqlash va transport-ekspeditorlik xizmatlari boʻyicha toʻlovlar), fumigatsiya xizmatlari, CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida yetkazib berishda — portlar tomonidan belgilangan, portlarda normativ muddatlarda saqlash xizmati;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflar boʻyicha paxta tolasini sertifikatlash va oʻlchash boʻyicha xarajatlar;
paxta tolasini deklaratsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
bank xarajatlari (kafolatlar, mablagʻlarni oʻtkazganlik uchun bank komissiyalari, joʻnatish hujjatlarini tekshirish va boshqa xarajatlar, shu jumladan, bank kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) va uning moliyaviy agentining, yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish uchun olinadigan qarz mablagʻlari xarajatlari;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 350-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son)
“Oʻzpaxtasanoat” AJning vositachilik haqi.
Paxta tolasini sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chegirish har bir nav, klass, tur va kod aniqlangandan soʻng amalga oshiriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda har yili 1-avgustga qadar paxta tolasini eksportga va respublika tashkilotlariga sotish boʻyicha “Oʻzpaxtasanoat” AJ xarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Bunda haqiqatda yetkazilgan zararga bogʻliq holda tasdiqlangan cheklangan miqdorlar doirasida xarajatlarning alohida moddalarini oshirib, boshqa xarajat moddalarini qisqartirishga yoʻl qoʻyiladi.
11. “Cotton Outlook” byulletenida eʼlon qilinadigan paxta tolasiga jahon narxlari (“A” indeksi va uning Oʻzbekiston komponenti kotirovkalarining oʻrtacha miqdori CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida) amalda boʻlgan davrda tasdiqlangan preyskurant ulgurji narxlar past boʻlganda paxta tolasini yetkazish va ishlab chiqarish toʻgʻrisida tasdiqlangan topshiriqda nazarda tutilgan parametrlardan oshmaydigan hajmlarda amalga oshiriladi.
12. Paxta tolasi uchun jahon narxlarining amalda boʻlish davrlarida:
Oldingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlardan past darajada boʻlganda, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda, respublika tashkilotlari uchun paxta tolasini sotishda paxta tozalash zavodlari amalda yuklab joʻnatish kunida birjada haqiqatda yuzaga kelgan narxlardan kelib chiqib, qoʻshilgan qiymat soligʻini quyidagi formula boʻyicha hisoblaydi: 15/115 ga koʻpaytirilgan haqiqiy sotish narxi (qoʻshilgan qiymat soligʻi = haqiqiy sotish narxi x 15/115);
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1032-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1032/4260-son)
tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlardan yuqori boʻlgan davrda respublika tashkilotlariga sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olingan holda preyskurant ulgurji narxdan kelib chiqib qoʻshilgan qiymat soligʻi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
121. 2019-yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qatʼi nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda quyidagi formula boʻyicha hisoblaydi: 15/115 ga koʻpaytirilgan haqiqiy sotish narxi (qoʻshilgan qiymat soligʻi = haqiqiy sotish narxi × 15/115).
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1032-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1032/4260-son)
3-bob. Paxta tolasini yuklab joʻnatish va hisob-kitob qilish tartibi
13. Paxta tolasi terminallarga EXW — “Franko zavod” shartlarda yetkaziladi.
Terminallar “Oʻzpaxtasanoat” AJning joʻnatish yoʻriqnomalaridan qatʼi nazar, paxta tolasini tashish, masʼul saqlashga toʻsiqsiz qabul qilish, mahsulot qabul qilingandan u eksportga yoki respublika tashkilotlariga qadar yetkazilgungacha majburiy sugʻurtalashni amalga oshiradilar.
Paxta tolasini terminalgacha tashish va sugʻurtalash boʻyicha xarajatlar paxta tolasini sotishdan olingan mablagʻlar hisobidan “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Paxta tolasi sifati va massasi akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish organining muvofiqlik sertifikatida (inspeksiya dalolatnomasida) koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmaganda, mazkur masala boʻyicha kelishmovchiliklar uning vakilini jalb qilgan holda hal etiladi. Tolaning sifati va massasi boʻyicha kelishmovchiliklar tasdiqlanganda, bu bilan bogʻliq barcha qoʻshimcha xarajatlar akkreditatsiyalangan sertifikatlashtirish organining hisobiga kiritiladi, yetkazib beruvchi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari hamda xaridor oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar dalolatnomalar koʻrib chiqilganidan keyin 5 kun muddatda mazkur partiyaning haqiqatdagi sifati va massasi asosida amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
15. Muayyan yil hosili boʻyicha oʻzaro solishtirma dalolatnomalari tegishli yil paxta tolasini yuklab joʻnatish tugagandan soʻng 30 kun mobaynida tuziladi.
Hosil boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar tuzilgan shartnomalarga muvofiq muddat mobaynida amalga oshiriladi.
Muayyan yil hosili boʻyicha paxta tolasini sotish yakunlari boʻyicha jahon va ichki narxlar oʻrtasidagi salbiy farq hosil boʻlgan taqdirda “Oʻzpaxtasanoat” AJ keyingi yil 31-oktabrga qadar oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun salbiy farq summasining yakuniy hisob-kitobini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Qoplanadigan salbiy farq summasini hisoblashda mazkur Nizomning 9-bandini hisobga olib cheklangan xarajatlardan oshgan qism va mazkur Nizomda nazarda tutilmagan xarajatlar hisobdan chiqariladi.
16. “Oʻzpaxtasanoat” AJ yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paxta tolasini sotish kontraktlari boʻyicha tushgan mablagʻlar, qarz mablagʻlari, shuningdek, salbiy farqni qoplashga ajratilgan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.
17. “Oʻzpaxtasanoat” AJ paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha tasdiqlangan topshiriq parametrlariga muvofiq paxta tolasini sotishni amalga oshiradi.
Paxta tolasining jahon narxlari:
tasdiqlangan preyskurant ulgurji narxlaridan past boʻlgan davrda — sotish boʻyicha xarajatlar va vositachilik haqlarini hisobga olgan holda “Oʻzpaxtasanoat” AJda hosil boʻlgan salbiy tafovut summasi — tugallangan kontraktlar boʻyicha hisob-kitoblar asosida belgilangan tartibda Jamgʻarma tomonidan qoplanadi;
tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlaridan yuqori boʻlgan davrda — har chorakda hisoblab chiqiladigan sotish boʻyicha xarajatlar va vositachilik haqlarini hisobga olgan holda, shuningdek, tegishli yil hosili boʻyicha paxta tolasini sotish yakunlariga koʻra “Oʻzpaxtasanoat” AJda hosil boʻlgan ijobiy tafovut summasi — Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Paxta tolasini sotish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
“Oʻzpaxtasanoat” AJ va paxta tozalash korxonalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish
SXEMASI
Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Paxta tolasining navlari, klasslari, tiplari, narxlari va kodlarini aniqlashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar

Navlar va klasslar boʻyicha paxta tolasi narxini qayta hisoblash

KOEFFITSIYENTLARI

(baza — “Birinchi” nav, “Oʻrta” klass)

I nav
(Birinchi)

Oliy

1,050

II nav
(Ikkinchi)

Oliy

1,020

Yaxshi

1,040

Yaxshi

0,990

Oʻrta

1,000

Oʻrta

0,955

Oddiy

0,965

Oddiy

0,920

Iflos

0,925

Iflos

0,880

III nav
(Uchinchi)

Oliy

0,990

IV nav
(Toʻrtinchi)

Oliy

0,950

Yaxshi

0,965

Yaxshi

0,850

Oʻrta

0,930

Oʻrta

0,800

Oddiy

0,885

Oddiy

0,750

Iflos

0,840

Iflos

0,700

V nav
(Beshinchi)

Oliy

0,750

Yaxshi

0,650

Oʻrta

0,550

Oddiy

0,500

Iflos

0,450

Tur va kodlar boʻyicha paxta tolasi narxlarini qayta hisoblash

KOEFFITSIYENTLARI

Uzun tolali

Tola turi

1a

1b

1

2

3

Uzunligi (dyuym)

1,11/32

1,5/16

1,9/32

1,1/4

1,7/32

1,3/16

Kodi

43

42

41

40

39

38

Koeffitsiyent

1,6080

1,4699

1,4008

1,2331

1,1147

Oʻrta tolali

Tola turi

1a

1b

1

2

3

Uzunligi (dyuym)

1,11/32

1,5/16

1,9/32

1,1/4

1,7/32

1,3/16

Kod

43

42

41

40

39

38

Koeffitsiyent

1,0956

1,0765

1,0574

1,0383

1,0191


Tola turi

4

5

6

Uzunligi (dyuym)

1.5/32

1.1/8

1.3/32

1.1/16

1.1/32

Kod

37

36

35

34

33

Koeffitsiyent

1,0000

0,9865

0,9737

0,9618

Uzun tolali navdagi paxta tolasini eksportga sotish uni sotish vaqtidagi jahon bozori narxlar konyunkturasiga muvofiq belgilanadigan narxlar boʻyicha “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ulgurji-preyskurant va sotish narxi oʻrtasida shakllangan farqdan (salbiy yoki ijobiy) mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan tartibga muvofiq foydalaniladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom paxta tolasini birja savdolarida mahalliy isteʼmolchilarga sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
sotuvchi — paxta tolasini ishlab chiqaruvchi, shuningdek, chet eldan import hisobidan sotish uchun olib keluvchi va birja savdolari orqali sotuvchi tashkilotlar;
xaridor — qayta ishlash quvvatlariga ega boʻlgan respublika toʻqimachilik korxonalari, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, oʻz mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar;
birja bitimi — birja savdolarining natijasi boʻyicha tuzilgan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan birja tovari oldi-sotdi shartnomasi;
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
diler — birja bitimlarini oʻz nomidan va hisobidan tuzuvchi yuridik shaxs, birja aʼzosi;
broker — mijozning (sotuvchi yoki xaridorning) topshirigʻiga asosan va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi yuridik shaxs, birja aʼzosi;
treyder — birja aʼzosi nomidan birja savdolarida ishtirok etuvchi va birja bitimlarini tuzish huquqiga ega birja aʼzosi xodimi;
birja savdolarining elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — BSET) — birja aʼzolariga aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini oʻz ichiga olgan axborot tizimi;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKKP) — kliring elektron tizimi orqali birja bitimlari (keyingi oʻrinlarda — bitim) boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga oladigan summa.
3. Birja savdolarida paxta tolasi uni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek, paxta tolasini ichki bozorda sotish uchun chet eldan import hisobiga olib keladigan tashkilotlar (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yoki norezidentlari) tomonidan sotiladi.
4. Qayta ishlash quvvatlariga ega boʻlgan respublika korxonalari birja savdolarida paxta tolasi xaridorlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatlari hisobga olingan holda, oʻz mahsulotini qayta ishlashda paxta tolasidan foydalanish zarurligi munosabati bilan yuridik shaxs tashkil etgan boshqa tashkilotlar ham xaridor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisida birjaga tuman (shahar) hokimliklarining tavsiyalarini taqdim etgan xaridorlar savdolarga qoʻyiladi.
Tavsiyalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oʻrganish yoʻli bilan murojaat qilingan paytdan boshlab majburiy tartibda oʻn kun mobaynida beriladi va bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Tavsiyalarni olgandan soʻng korxonaning ishlab chiqarish quvvati oʻzgargan taqdirda, tuman (shahar) hokimliklariga besh ish kuni ichida xabar berilishi shart.
Tavsiyalarni berish muddati tamom boʻlgandan keyin ular olingunga qadar xaridorning tuman (shahar) hokimligiga murojaat qabul qilingan sana haqida belgi qoʻyilgan murojaati va hokimlikka yuborilgan yozma bildirishnoma arizada qayd etilgan ishlab chiqarish quvvatlari doirasida savdolarda ishtirok etish uchun asos hisoblanadi.
Bunda tavsiyalar oʻz vaqtida berilmaganligi yoki noxolisona berilganligi oqibatlari uchun tegishli hokimlik javob beradi.
5. Paxta tolasi birja savdolarida ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha sotiladi.
6. Xaridorlar tomonidan birja savdolarida sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlari uchun foydalaniladi.
2-bob. Paxta tolasi hajmlarini shakllantirish, birja savdolariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish tartibi
7. Paxta tolasini sotuvchi tashkilotlar oʻz ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga oʻzlari mustaqil ravishda qoʻyadi.
8. Paxta tolasining birja savdolari namunaviy birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, unda paxta tolasining joylashuvi, lot miqdori, navi, tipi, klassi majburiy tarzda aks ettiriladi.
9. Birja savdolari amaldagi qonunchilik hujjatlariga, birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Birja savdolari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari qoidalari birja, birja aʼzolari, sotuvchi va xaridorlar uchun majburiy hisoblanadi.
10. Sotuvchi va xaridorlar birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq diler sifatida yoki broker nomidan treyderlar orqali mustaqil ishtirok etadilar.
11. Toʻlangan avans summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha sotuvchi va xaridorlarni savdolarga qoʻyish va ulardan chetlatish, birja savdolari gʻoliblarini aniqlash va birja bitimlarini roʻyxatdan oʻtkazish BSET tomonidan amalga oshiriladi.
Paxta tolasini sotuvga qoʻyish, shu jumladan, ushbu mahsulotga kichik hajmlarda ehtiyoji boʻlgan korxonalarga ham sotib olish imkoniyatini yaratish kerak.
Bunda lotlar 1 tonnadan boʻlishi kerak.
3-bob. Mahsulotning boshlangʻich narxlarini hamda birja savdolari qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab joʻnatish mexanizmini belgilash
12. Bazaviy sifatli (“Birinchi” nav, “Oʻrta” klassli, 4 tip) paxta tolasi uchun boshlangʻich narx har kuni sotuvchi tomonidan Nyu-York tovar birjasining birjada navbatdagi savdolardan oldingi kundagi eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan oshmaydigan narxda belgilanadi.
Boshqa navlar, klasslar, tiplar va kodlar uchun boshlangʻich narx Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qoʻllangan holda aniqlanadi.
Bunda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi har birja savdolari oʻtkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar birja savdolaridan oldingi kundagi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi miqdoridan kelib chiqqan holda, paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
13. Sotuvchi va xaridor HKKPdagi oʻzlarining shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida quyidagi zakalat pullarini kiritadilar:
sotuvchi — savdolarga qoʻyiladigan mahsulot qiymatining 1 foizi miqdorida;
xaridor — birja bitimining moʻljallanayotgan summasining 1 foizi miqdorida.
14. Xaridorlar:
birjada avans bilan taʼminlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzish;
paxta tolasini tekshirish va mahsulotni xarid qilish boʻyicha bitim shartlariga muvofiq miqdorda va sifatda tanlash;
tovarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolanguniga qadar (birja bitimida kelishilgan uni yetkazib berish shartlarini bajarish) paxta tolasi saqlanadigan joylarda uni tekshirish (tanlash) dalolatnomasini tuzishni talab qilish huquqiga ega.
15. Birja savdolari qoidalariga muvofiq oldi-sotdi shartnomasi birja tomonidan birja bitimini elektron roʻyxatga olish kunida uni bajarish uchun birja aʼzolariga taqdim etiladi.
16. Xaridor besh ish kuni mobaynida birjaning ikkilamchi talab qilib olguncha depozit hisobraqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazishi shart.
17. HKKP oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablagʻlar tushgandan keyin bir ish kunida ushbu Nizom talablariga muvofiq sotuvchining shaxsiy kabinetiga toʻlangan bitimlar toʻgʻrisidagi reyestrni yuborishi shart.
18. Sotuvchi HKKPdan sotib oluvchi tomonidan oldindan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib berishning birja bitimida kelishilgan shartlarida yetkazib beradi.
Sotuvchi tovarni yetkazib berish boʻyicha birja bitimida kelishilgan shartlarni bajargandan soʻng sotuvchi va xaridor roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha mahsulotni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadilar.
19. Xaridorga mahsulotni topshirish-qabul qilish (yuklab joʻnatish) birja bitimlarida nazarda tutilgan hajm va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan mablagʻlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar sotuvchi bankida — sotuvchi tomonidan, xaridor bankida — xaridor tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Birja savdosini tashkil etish, shartnoma majburiyatlarini bajarish va HKKP xizmat koʻrsatish jarayonida paydo boʻladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
21. Ushbu Nizomdan kelib chiqib, sotuvchilar yoki xaridorlar tomonidan ularga yuklatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, aybdor tomondan ikkinchi taraf foydasiga jarima sifatida zakalat pullari ushlab qolinadi. Bunda sotuvchi tomonidan xaridor foydasiga undiriladigan jarima miqdori shartnomaning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
22. Mazkur Nizom talablari buzilishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Paxta tolasini birja savdolarida sotish
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

Xaridor murojaatiga asosan paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisida tavsiya beradi.

Oʻn kun mobaynida

2-bosqich

Xaridor

Paxta tolasini qayta ishlash quvvati mavjudligi toʻgʻrisidagi tavsiyani birjaga taqdim etadi.

Zaruriyatga koʻra

3-bosqich

Sotuvchi, xaridor, birja

Sotuvchi (xaridor) bilan birja oʻrtasida mustaqil shartnoma tuzadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

4-bosqich

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

Paxta tolasining 1 tonnasi uchun milliy valyutada hisoblangan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni rasmiy veb-saytga joylashtiradi.

Har birja savdolari oʻtkaziladigan kunda soat 9-15 ga qadar

5-bosqich

Sotuvchi

Oʻz ehtiyojidan ortgan paxta tolasini birja savdolariga mustaqil ravishda qoʻyadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

6-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga avans sifatida zakalat pullarini kiritadi.

Birja savdolarida ishtirok etishdan avval

7-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Birjada avans bilan taʼminlangan hajmlardagi mahsulotni sotib olishga bitimlar tuzadi.

Birja savdolari vaqtida

8-bosqich

Xaridor

Birjaning depozit hisob-raqamiga tuzilgan birja bitimiga muvofiq moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlar oʻtkazadi.

Besh ish kuni mobaynida

9-bosqich

Birja

Hisob-kitob-kliring palatasi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq zarur mablagʻlar tushgandan keyin sotuvchining shaxsiy kabinetiga toʻlangan bitimlar toʻgʻrisidagi reyestrni yuboradi.

Bir ish kuni

10-bosqich

Sotuvchi

Hisob-kitob-kliring palatasidan sotib oluvchi tomonidan oldindan toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgandan keyin mahsulotni xaridorga yetkazib beradi.

Birja bitimi shartlari asosida

11-bosqich

Sotuvchi, xaridor

Sotuvchi va xaridor roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha mahsulotni topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.

Birja bitimi shartlari bajarilgandan soʻng

(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 556-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga
3-ILOVA
Paxta tolasini sertifikatlash va ogʻirligini tortib koʻrish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom paxta tolasini respublikaning paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalariga (keyingi oʻrinlarda xaridorlar deb ataladi) yetkazib berishda akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlash idoralari (keyingi oʻrinlarda bajaruvchi deb ataladi) tomonidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari va boshqa korxonalar (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi) buyurtmanomalariga muvofiq paxta tozalash korxonalarida paxta tolasi sifatini toylari boʻyicha baholash, uni sertifikatlash hamda paxta tozalash korxonalarida (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchi deb ataladi) uning ogʻirligini tortib koʻrish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Paxta tolasi majburiy tartibda sertifikatlashtiriladi, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari doirasida oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1032-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1032/4260-son)
3. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
SITC (NVI — Nigh Volume Instrument) — paxta tolasini uzunligi, uzunligi boʻyicha birxildaligi, pishiqligi, uzilish boʻyicha uzunligi, mikroneyr, rangi va ifloslanganligi koʻrsatkichlarini oʻlchaydigan Standardized Instruments for Testing of Cotton boʻyicha paxta tolasi sinovlarining standartlashtirilgan oʻlchov tizimi nomining qisqacha ifodalanishi;
klasser usuli — belgilangan tartibda tasdiqlangan tashqi koʻrinishi namunalarini taqqoslash yoʻli bilan navi va klassi boʻyicha paxta tolasini organoleptik baholash, qoʻlda shtapel qoʻyish yoʻli bilan shtapel uzunligini aniqlash;
tashqi koʻrinishi namunalari — belgilangan tartibda tasdiqlangan paxta tolasining rangi, dogʻlar mavjudligi, tarkibi va muayyan nav va klassdagi paxta tolasi uchun xos boʻlgan ifloslanganligi boʻyicha sifat tavsiflarining yigʻindisidan iborat boʻlgan namunalar.
4. Oʻz DSt 604 “Paxta tolasi. Texnik shartlar” (keyingi oʻrinlarda Oʻz DSt 604 deb ataladi) muvofiqlik talablariga sertifikatlash boʻyicha xizmatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bajaruvchi uning tomonidan akkreditatsiya sohasida koʻrsatilganga muvofiq amalga oshiradi.
5. Bajaruvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
paxta tozalash zavodlarida uning pressdan chiqishida har qaysi paxta tolasi toyidan sinab koʻrish uchun namunalar olish;
tanlab olingan namunalarni identifikatsiyalash;
namunalarni sinab koʻrish uchun mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish;
namunani sinab koʻrish;
paxta terminallariga (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib beriladigan paxta tolasi partiyasining sifati (tipi, navi) boʻyicha birxildaligi yuzasidan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, sertifikatni paxta tolasini yetkazib beruvchiga berish;
sifati (tipi, navi) boʻyicha bir xil paxta tolasi partiyasiga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va uni buyurtmachiga berish;
yetkazib beruvchi bilan birgalikda paxta tolasi partiyasidagi toyning ogʻirligini tortib koʻrish va toyning ogʻirligi yuzasidan dalolatnomani rasmiylashtirish;
terminallarda paxta tolasi toyining sifati va ogʻirligi yuzasidan xaridor, yetkazib beruvchi va buyurtmachi vakillari bilan kelishmovchiliklarni hal etish.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Paxta tolasini sertifikatlash va toyning ogʻirligini tortib koʻrish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovni buyurtmachi bajaruvchi bilan ikki tomonlama shartnomalar asosida paxta tolasi hajmini (partiyasini) bajarilgan ishlar dalolatnomalari va bajaruvchi tomonidan berilgan hisob-kitob asosida muvofiqlik sertifikatini (inspeksiya dalolatnomasini) va toylar ogʻirligini tortib koʻrish dalolatnomasini berish fakti boʻyicha amalga oshiradi.
Paxta tolasini sertifikatlashtirish va paxta tolasi toylarining ogʻirligini tortib koʻrish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
2-bob. Toydagi paxta tolasini sinab koʻrish uchun tanlab olish, ularni identifikatsiya qilish va mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish
7. Paxta tolasini paxta tozalash korxonasida presslash jarayonida toyning qavariq tomonida press plitasiga oʻrnatilgan maxsus pichoq bilan kertiklar hosil qilinadi.
8. Toyning kertiklar hosil qilingan qismidan sinab koʻrish uchun namuna olish bajaruvchining vakili tomonidan amalga oshiriladi.
9. Sinab koʻrish uchun namuna olish Oʼz DSt 614 “Paxta tolasi. Namuna olish usullari”ga (keyingi oʻrinlarda Oʼz DSt 614 deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi. Har qaysi namunaga toy tartib raqamining shtrixli kodi bilan birkadan qirqib olinadigan kupon qoʻyiladi, u mintaqa kodi, paxta tozalash korxonasining kodi, paxta korxonasidagi toyning izchil tartib raqamidan iborat boʻladi.
Olingan namunalarni bajaruvchining vakili polietilen paketga joylaydi yoxud qogʻozga yoki plyonkaga oʻraydi, soʻngra bajaruvchining mintaqa laboratoriyasiga tashish uchun oʻralgan namunalarni tartib bilan va zich qilib joylaydi.
Qop namunalarning tashish jarayonida bir-biri bilan aralashib ketmasligi uchun zich holda joylangan boʻlishi kerak.
Qopga yorliq qoʻyiladi, unda paxta tozalash korxonasining tartib raqami, undan paxta tolasi ishlab chiqarilgan sanoat va seleksiya navi va paxta xom ashyosi klassi, paxta tolasi partiyasining tartib raqami (izchil raqamlash tizimiga oʻtgunga qadar), namunalar olingan toyning tartib raqamlari, namuna olingan sana, bajaruvchining imzosi qoʻyilgan holda uning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Paxta tolasi ishlab chiqarilgan paxta xom ashyosi partiyasining tartib raqami, sanoat va seleksiya navi va paxta xom ashyosi klassi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bajaruvchiga yetkazib beruvchi taqdim etadi.
Ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha bajaruvchi vakillari tomonidan rasmiylashtirilgan paxta tolasi namunasini olish dalolatnomasi bajaruvchining vakillari tomonidan imzolanadi.
10. Shtrixli kod qoʻyilgan birkalarni bajaruvchi yoki yetkazib beruvchi tayyorlaydi. Izchil shtrix kodlar aks etgan birkalar Oʼz DSt 841 “Paxta tolasi, paxta linti, paxta tozalash zavodlarining tarkibida oʻlik paxta va kalta momiq mavjud boʻlgan chiqindilari. Joylash, markirovkalash, tashish va saqlash”ga (keyingi oʻrinlarda Oʼz DSt 841 deb ataladi) muvofiq kipga mahkamlanadi.
11. Olingan namunani sinovlar uchun mintaqaviy laboratoriyalarga yetkazib berishni bajaruvchi amalga oshiradi. Namunalar joylangan qoplarni mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib bergungacha ularni yetkazib beruvchi belgilangan tartibda paxta tozalash korxonasida saqlaydi.
12. Paxta tolasi namunalari sinovlardan keyin bajaruvchining laboratoriyalarida paxta tolasining partiyasi xaridor tomonidan uzil-kesil qabul qilib olingan va yuklab joʻnatilgan vaqtgacha bajaruvchining laboratoriyalarida saqlanadi, lekin bu muddat muvofiqlik sertifikati amal qiladigan muddatdan koʻp boʻlmasligi kerak. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagach namuna olish takroran amalga oshiriladi. Xaridor tomonidan paxta tolasi partiyasini uzil-kesil qabul qilish va uni yuklab joʻnatishdan keyin paxta tolasi namunalari bajaruvchi tomonidan yetkazib beruvchiga qaytariladi.
3-bob. Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi toyining ogʻirligini tortib koʻrish
13. Paxta tolasining har bir toyi ogʻirligini tortib koʻrish paxta tozalash korxonasining presslash sexida yetkazib beruvchining tarozilarida bajaruvchi va yetkazib beruvchining vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Toylar boʻyicha tortib koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha paxta tolasi toylarining ogʻirligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi, u bajaruvchi va yetkazib beruvchining haqiqiy muhri bilan tasdiqlanadi. Uning bir nusxasi buyurtmachining vakiliga beriladi, yetkazib beruvchi toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasi asosida schyot-sertifikatni rasmiylashtiradi. Toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasining amal qilish muddati muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagach tamom boʻladi.
14. Oʻz DSt 841ga muvofiq yetkazib beruvchining presslash sexida foydalaniladigan tarozilari tortib koʻrishda yoʻl qoʻyiladigan koʻpi bilan ±0,5 kg. nuqsonli boʻlishi kerak (sinash shkalasining boʻlinish birligi — koʻpi bilan 0,2 kg). Tortib koʻrish natijasi verguldan keyin birinchi belgigacha boʻlgan aniqlik bilan yozib qoʻyilishi kerak.
15. Terminalda tola partiyasini nazorat boʻyicha tortib koʻrishda toyning oʻrtacha massasi ±1,0 kg. dan ortiq miqdorda farq qilmasa, toy boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasida koʻrsatilgan toyning oʻrtacha massasidan toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasi maʼlumotlari toʻgʻri deb hisoblanadi. Bunda bajaruvchi va yetkazib beruvchining toylar boʻyicha tortib koʻrish natijalari oʻzgartirilmaydi.
16. Terminalda bajaruvchi va yetkazib beruvchining toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan toyning oʻrtacha massasi boʻyicha ±1,0 kg. dan ortiqligi aniqlangan taqdirda buyurtmachi bu haqda maʼlum qiladi, shundan soʻng bajaruvchi va yetkazib beruvchining vakillari xaridor yoki buyurtmachi vakili bilan birgalikda qayta tortib koʻrish uchun ikki kun muddatda yetib kelishi kerak. Yetkazib beruvchi qayta tortib koʻrish dalolatnomalari asosida schyot-sertifikatga oʻzgartirishlar kiritadi.
Massa boʻyicha tafovut tasdiqlangan taqdirda bajaruvchi oʻz hisobidan takroriy tortib koʻrishni amalga oshiradi. Yetkazib beruvchi va buyurtmachi bajaruvchining paxta tolasining 100 foiz bahsli hajmini takroriy tortib koʻrish asosida tuzilgan dalolatnomalari asosida haqiqiy massani hisobga olgan holda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Massa boʻyicha tafovutlar tasdiqlanmagan taqdirda toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomalarining maʼlumotlari oʻzgarishsiz qoladi, qoʻshimcha xarajatlar esa buyurtmachi hisobiga kiritiladi, keyinchalik xaridorning xarajatlariga oʻtkaziladi.
17. Bajaruvchining vakili 100 foiz qayta tortib koʻrishni oʻtkazish uchun ikki kun muddatda terminalga kelmagan taqdirda, bajaruvchi ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq javobgar boʻladi, xaridor tomonidan jalb etilgan betaraf nazorat qiluvchi tashkilotning paxta tolasi toyi massasi boʻyicha maʼlumotlari esa yetkazib beruvchi va buyurtmachi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar uchun yakuniy hisoblanadi.
18. Bajaruvchi paxta tozalash korxonasida va terminalda paxta tolasi toyning sifati va massasini tanlab nazorat qilish hamda natijalar qoniqarsiz boʻlgan taqdirda sinovlar protokolining dastlabki hujjatlarini yoki bajaruvchi va yetkazib beruvchi tomonidan tuzilgan toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasini bekor qilish huquqiga ega.
4-bob. Paxta tolasini sinash
Oldingi tahrirga qarang.
19. Paxta tolasi har bir toʻdasi namligining massaviy ulushini aniqlash uchun bajaruvchining vakili tomonidan paxta tolasini presslashdan oldin olingan namunalarni O`z DSt 634 “Paxta tolasi. Namlikning massoviy ulushini aniqlash usullari”ga koʻra bajaruvchining paxta tozalash korxonalarida joylashgan sinov laboratoriyasida ushbu Nizomning 3-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasining har bir toyidan olingan namunalarni sinab koʻrishni mutaxassislar Oʻz DSt 604 ga muvofiq NVI usuli va klasser usuli bilan bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasida amalga oshiradilar. Sinashlar natijasida paxta tolasining yuqori oʻrtacha uzunligi (tipi), navi va klassi, mikroneyr koʻrsatkichi, solishtirma uzilishi kuchi va uzunligi boʻyicha birxillik indeksi, shuningdek, paxta tolasi namunalaridagi sifat nuqsonlari (chigit, lint, yogʻ, hid va shu kabilar) va boshqa aralashmalar mavjudligi aniqlanadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son)
“Birinchi” (I) va “Ikkinchi” (II) oʻrta tolali navlar paxta tolasi uchun mikroneyr koʻrsatkichi, solishtirma uzilish kuchi va uzunligi boʻyicha birxillik indeksi sinab koʻrilgan partiyadagi barcha toylarning oʻrtacha koʻrsatkichlar maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
SITC (NVI) usuli va klasser usuli boʻyicha barcha maʼlumotlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi va bajaruvchining maʼlumotlari milliy bazasida saqlanadi.
Laboratoriyada paxta tolasining navi va klassini baholashning klasser usulida yetkazib beruvchining vakillari ishtirok etishi mumkin.
20. Paxta tolasi sifatini toylar boʻyicha sinov natijalari ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha sinovlar dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Sinovlar dalolatnomasida, shuningdek, paxta tolasining Oʻz DSt 604 talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi. Sinovlar dalolatnomasida nomuvofiqlik boʻlgan taqdirda ushbu Nizomga 5-ilova* boʻyicha paxta tolasi sifati nuqsonlari kodlari koʻrsatiladi.
Bajaruvchi buyurtmachining buyurtmanomasi boʻyicha unga SITC NVI tizimi boʻyicha sinalgan tola partiyasi natijalarining elektron koʻchirmasini berish mumkin.
Sinovlar dalolatnomasini NVI, klasser tizimida sifat nazorati boʻyicha boʻlim boshligʻi imzolaydi va bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasi boshligʻi tasdiqlaydi.
Sinovlar dalolatnomasining bir nusxasini bajaruvchi yetkazib beruvchining vakiliga beradi.
5-bob. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish
21. Sinovlar dalolatnomasida koʻrsatilgan toylar boʻyicha sinovlar natijalari asosida, paxta tozalash korxonasida yetkazib beruvchi yoxud terminalda yetkazib beruvchi yoki buyurtmachi paxta tolasi partiyasining uchta klassigacha qatnashishga qoʻyilgan sanoat va seleksiya navi tipi boʻyicha bir xil tolalarni komplektlaydi, komplektlangan partiyaning brutto massasini va konditsion massasini aniqlaydi.
Mintaqaviy laboratoriya komplektlangan partiya uchun ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha paxta tolasi sinovlari protokolini rasmiylashtiradi. Sinovlar protokolini bajaruvchining vakillari imzolaydilar.
Bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyadagi vakolatli vakili (sertifikatlash boʻyicha mutaxassis) sinovlar protokoli asosida paxta tolasining sinalgan partiyasiga uchta dublikat nusxasi bilan birga muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradi, uni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi va mintaqaviy laboratoriya muhri (xizmat koʻrsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi. Dublikatning asl nusxasi va bir nusxasi yetkazib beruvchining vakiliga beriladi. Dublikat nusxalarining bittasi buyurtmachiga yuboriladi, bittasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Muvofiqlik sertifikati davlat tilida, rus yoxud ingliz tillarida toʻldiriladi.
Sertifikat roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Sertifikatning amal qilish muddati Oʻz DSt 841 boʻyicha paxta tolasini tashish va saqlash shartlariga rioya qilingan taqdirda 6 oyni tashkil etadi.
Muvofiqlik sertifikatining ushbu amal qilish muddati oʻtgach bajaruvchi sertifikatlash tartibini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
22. Muvofiqlik sertifikati har bir komplektlangan paxta tolasi partiyasiga alohida beriladi. Bunda paxta tolasi partiyasining sifati va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha muvofiqlik sertifikatiga ilovada keltiriladi. Buyurtmachi bilan kelishuv boʻyicha muvofiqlik sertifikati bir necha partiya uchun berilishi mumkin.
23. Paxta tolasi terminalga yuklab joʻnatilayotganda yetkazib beruvchi yuklab joʻnatish hujjatlari orasiga muvofiqlik sertifikatining asl nusxasini va unga ilovani joylashi shart.
Izchil tartibda raqamlash tizimiga oʻtilganda paxta tolasi toyini terminallarga muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) yetkazib berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
24. Paxta tolasining bir nechta klassi (koʻpi bilan uchta) mavjud boʻlgan partiyasiga muvofiqlik sertifikatlari nusxalari har qaysi klass uchun alohida berilishi mumkin.
25. Muvofiqlik sertifikati quyidagi holatlarda berilmaydi:
paxta tolasi namunalarida chigit, lint, paxtani qayta ishlash chiqitlari, yogʻli tola, ortiqcha nam tola, chirindi hidi yoki tolaning navi va klassini baholash klasser usuli boʻyicha oʻtkazilayotgan paxta tolasi rasmiy namunalarida mavjud boʻlmagan boshqa aralashmalar bor boʻlganda;
paxta tolasi tegishli sanoat navining cheklangan “Iflos” klassidagidan ortiqcha iflos boʻlgan taqdirda;
tola yoki uning tashqi koʻrinishi paxta tolasining etalon namunasiga muvofiq boʻlmagan rangda boʻlganda;
oʻrtacha va uzun tolali paxta tolasi aralash boʻlganda;
tola partiyasida turli sanoat navlaridagi mansub toylar mavjud boʻlganda;
toy zarur darajada markirovka qilinmaganda, joylashtirilmaganda, iflos boʻlganda, toy sirtiga suv tekkanda, shuningdek, ushbu paxta tolasi partiyasi uchun hujjatlar mavjud boʻlmaganda.
26. Paxta tolasining O'z DSt 604 talablariga javob bermasligi, ushbu Nizomning 25-bandida sanab oʻtilgan belgilar boʻyicha muvofiqlik sertifikati berilishi mumkin boʻlmaganda bajaruvchi ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha nomuvofiqlik haqidagi bildirishnomani ikki nusxada rasmiylashtiradi.
Bildirishnomani bajaruvchining vakillari imzolaydi, mintaqaviy laboratoriya muhri (xizmat koʻrsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi.
Bildirishnomaning bir nusxasi paxta tozalash korxonasi vakiliga beriladi, ikkinchi nusxasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Paxta tolasi namunalarida kalta momiq va paxtani qayta ishlash aralashgan chiqitlari mavjud boʻlganda mahsulot sertifikatlanmaydi, inspeksiya dalolatnomasi rasmiylashtirilmaydi va bu haqda buyurtmachiga asoslangan xabarnoma beriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
27. O'z DSt 604 talablariga javob bermaydigan har bir paxta tolasi partiyasi sinovlari natijalari yuzasidan ushbu Nizomga 9-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha paxta tolasining inspeksiya dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Uni bajaruvchining vakillari imzolaydilar, mintaqaviy laboratoriya boshligʻi tasdiqlaydi, unga bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasi haqiqiy muhri (xizmat koʻrsatish belgisi) qoʻyiladi.
* 1 — 9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Tashqi koʻrinishi (rangi va ifloslanganligi) boʻyicha tasdiqlangan standart namunalarga muvofiq boʻlmagan paxta tolasi partiyasiga inspeksiya dalolatnomasini rasmiylashtirishda ushbu partiyaning navi va klassi uni qabul qilib olishda xaridor bilan kelishgan holda bajaruvchi va yetkazib beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Inspeksiya dalolatnomasi muvofiqlik sertifikati oʻrniga paxta tolasi sifati toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadi.
Oʻz DSt 604 talablariga muvofiq boʻlmagan tola uchun berilgan inspeksiya dalolatnomalari bajaruvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
28. Oʻtkazilgan tekshirishlar natijalariga koʻra xaridor tomonidan terminalda sifati va miqdori boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomasi imzolanadi. Xaridorlar tomonidan imzolangan sifati va miqdori boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomalari nusxalari buyurtmachilar tomonidan har kuni bajaruvchi va yetkazib beruvchining mintaqaviy laboratoriyasiga beriladi.
29. Buyurtmachi, yetkazib beruvchi yoki xaridor paxta tolasini sertifikatlash va tortib koʻrish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda ularning apellyatsiyalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
6-bob. Bajaruvchining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
30. Bajaruvchi oʻzi sinab koʻrgan paxta tolasi toʻdasi hajmining navi, klassi, uzunligi va mikroneyrini, namlikning massa nisbati, solishtirma uzilish kuchi va uzunlik boʻyicha birxillik indeksini (toy ichidagi brakdan tashqari) aniqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishda shartnomaviy majburiyatlarini zarur darajada bajarilishi uchun quyidagilar boʻyicha mulkiy javob beradi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Oldingi tahrirga qarang.
paxta tolasini saqlash, yetkazib berish, terminaldan paxta tozalash zavodiga qaytarish;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
reklamatsiyalarni, daʼvolarni qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy sudda koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi.
31. Xaridorning terminallarda toyning oʻrtacha massasining haqiqiy tafovuti ±1,0 kg. dan ortiqligi yuzasidan eʼtirozlari tasdiqlangan taqdirda, bajaruvchi buyurtmachiga uning toyni qaytadan tortib koʻrish boʻyicha xizmatlari va ularning normativdan ortiqcha saqlangani uchun, toy massasidagi tafovut qiymatidan tashqari xarajatlarini toʻlaydi, shuningdek, aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar koʻradi.
Agar bajaruvchi Oʻzbekiston Respublikasi terminallarida qaytadan tortib koʻrishda:
tortib koʻrishdagi xatolik yoʻl qoʻyiladigan ±0,5 kg. miqdoridagi normadan ortiqcha boʻlgan tarozilardan foydalanilganligini yoki toy massasi, verguldan keyingi dastlabki oʻninchi belgini hisobga olmasdan, kilogrammlardagi butun miqdorgacha yaxlitlab yozilganligini;
tarozilar vakolatli organlarning tekshirish toʻgʻrisidagi guvohnomalariga ega boʻlmaganligini;
toylar Oʻz DSt 841 standarti buzilgan holda tarozida tortilganligi, tashilganligi va saqlanganligini isbotlab bergan taqdirda toy massasi boʻyicha eʼtirozlar qondirilmaydi.
32. Xaridorning sertifikatlash va tortib koʻrishlar natijalari yuzasidan eʼtirozlari tasdiqlanmagan taqdirda, eʼtirozlarni koʻrib chiqish boʻyicha barcha xarajatlarni buyurtmachi toʻlaydi, keyinchalik ular xaridorlarning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
33. Xarajatlarni toʻlash boʻyicha buyurtmachi va bajaruvchi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Buyurtmachining javobgarligi
34. Buyurtmachi paxta tolasini terminallardan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) terminalda toylar boʻyicha tortib koʻrib dalolatnomasisiz hamda sifati va massasi boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomasisiz yuklab joʻnatishga haqli emas.
35. Buyurtmachi xaridorlar bilan oʻzi tuzadigan kontraktlarda faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi terminallarda paxta tolasining Oʻzbekiston Respublikasi hududida xaridorning vakillari tomonidan qabul qilib olingan paxta tolasi partiyalari boʻyicha, toy ichidagi brakdan tashqari, sifat va massasi yuzasidan eʼtiroz bildirishga haqli emasligi sharti bilan sifati va massasi boʻyicha qabul qilib olinishini nazarda tutadi.
36. Paxta tolasining toy ichidagi braki boʻyicha biron-bir bahsli masalani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida koʻrib chiqish zarurati paydo boʻlgan taqdirda, buyurtmachi yetkazib beruvchining mutaxassislariga viza olishda koʻmaklashishi kerak.
37. Buyurtmachi bajaruvchiga terminallarda doimiy vakolatxona uchun bino berishi kerak. Paxta tolasini eksport qilish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida va darhol hal etish maqsadida buyurtmachi terminallarda bajaruvchining vakillariga terminallarga tushadigan, xaridorlar qabul qilib oladigan, terminallardan yuklab joʻnatiladigan paxta tolasi partiyalari haqida axborot taqdim etishi kerak.
38. Buyurtmachi toy massasini bajaruvchi va yetkazib beruvchi tortib koʻrgandan keyin toy massasini qayta tekshirish uchun buyurtmachi tomonidan jalb etiladigan inspeksiya kompaniyalaridan ular qoʻllaydigan tarozilardagi nuqsonlar va vakolatli organlar tomonidan tarozilarning tekshirilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni talab qilishiga haqli.
8-bob. Yetkazib beruvchining javobgarligi
39. Yetkazib beruvchi:
paxta tolasi toyini tortib koʻrish uchun presslash sexida, shuningdek, Oʻz DSt 841 standarti talablariga muvofiq boʻlgan paxta tolasi toyini nazorat tartibida tortib koʻrish uchun paxta tozalash zavodining tayyor mahsulotlarini saqlash maydonchalarida tarozilar oʻrnatilishini;
tarozilarning toʻgʻri ishlashini nazorat qilish uchun standart tarozi toshlari bilan;
terminallarga tipi va navi boʻyicha bir xil, boshqa aralashmalarsiz, noxush hidsiz, ortiqcha namsiz va shu kabi vagon normasi paxta tolasi yetkazib berilishini taʼminlashga doir barcha chora-tadbirlar koʻrilishini;
pichoqli qurilmalar bilan namunalar qirqilgan joylarda toylar idishlari qayta tiklanishini;
paxta tozalash zavodlari presslaridagi pichoq qurilmalarining maqbul holatda boʻlishini va ularning oʻz vaqtida almashtirib turilishini;
paxta tolasi namunalarini saqlash va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun bajaruvchini paxta tozalash zavodida joy bilan;
Oʻz DSt 841 standartiga muvofiq boʻlgan paxta tolasi idishga joylashtirilishini, toylar markirovka qilinishini, tashilishi va saqlanishini taʼminlashi kerak.
40. Yetkazib beruvchi paxta tolasini terminallarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) va toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasisiz yuklab joʻnatishga haqli emas.
Izchil raqamlash tizimiga oʻtilganda paxta tolasi toylarini terminallarga muvofiqlik sertifikatisiz (inspeksiya dalolatnomasisiz) yetkazib berishga yoʻl qoʻyiladi.
41. Toylar ichida brak aniqlangan taqdirda yetkazib beruvchi ushbu hajmlarni sotish va qaytarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar boʻyicha mulkiy javobgar boʻladi.
42. Toyning oʻrtacha massasidagi tafovutning ±1,0 kg. dan ortiqchaligi yuzasidan xaridorning buyurtmachiga eʼtirozlari tasdiqlangan taqdirda, yetkazib beruvchi va buyurtmachi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar paxta tolasi partiyasining haqiqiy massasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2018-yil 1-apreldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
RUYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 30-avgustdagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 82-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga 1-ilovaning 31-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-yanvardagi 34-son qaroriga 1-ilovaning 37-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/106/0696-son, 14.05.2018-y., 09/18/350/1206-son, 16.08.2018-y., 09/18/664/1766-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 13.11.2018-y., 09/18/923/2180-son; 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son; 25.04.2019-y., 09/19/351/3009-son; 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son, 17.09.2019-y., 07/19/4453/3756-son; 26.12.2019-y., 09/19/1032/4260-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son, 30.09.2022-y., 09/22/556/0879-son; 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)