1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.07 Ayrim turdagi tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitobning xususiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.09 Alohida yuridik shaxslarning hisob-kitob xususiyatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang);
5.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat;
2.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-sonli ““Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi..
Paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlash, paxta tolasini eksport qilish boʻyicha yagona kompleks — “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tashkil etilganligini, shuningdek paxta tolasi va paxta mahsulotlari uchun hisob-kitoblarning jahon amaliyotida umumiy qabul qilingan shakllari joriy etilganligini hisobga olgan holda paxta tolasini sotish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Oʻzpaxtaeksport” AJ paxta tolasini eksportga erkin ayirboshlanadigan valyutada va paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga milliy valyutada sotishni har yili tasdiqlanadigan paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berish balansining parametrlariga muvofiq toʻgʻridan toʻgʻri kontraktlar boʻyicha hamda Oʻzbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi orqali amalga oshiradi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
paxta tolasini saqlash va eksportga, shuningdek respublika korxonalariga yetkazib berish faqat paxta terminallari orqali amalga oshiriladi;
xorijiy xaridorlar hamda respublika korxonalari tomonidan paxta tolasini sifati va ogʻirligi boʻyicha yakuniy qabul qilib olish paxta terminallarida amalga oshiriladi.
2. Quyidagilar:
“Oʻzpaxtaeksport” AJ tomonidan paxta tolasini sotish va “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (OʻzRTXB) orqali birja savdolarida respublika korxonalariga va eksportga sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Paxta tolasini sertifikatlash va tarozida tortish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi paxta tolasini sotishda va hisob-kitoblarda ushbu qarorda belgilangan tamoyillarga, mexanizmga va talablarga qatʼiy rioya qilsinlar.
Belgilansinki, ushbu qaror kuchga kirgungacha paxta tolasini eksportga va respublika korxonalariga sotish boʻyicha tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) ular tuzilgan vaqtda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq bajarilishi kerak.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
ushbu qaror qoidalari va talablarining manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan qatʼiy bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
paxta tolasini sotish va hisob-kitoblarning belgilangan tartibi buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarni qonunda belgilangan, jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortsin.
4. “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtaeksport” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ paxta tozalash sanoati korxonalarida, paxta terminallarida, shuningdek paxta tolasini temir yoʻl orqali tashishda yongʻin xavfsizligi holati yuzasidan qatʼiy nazoratni taʼminlasinlar.
5. “Oʻzpaxtaeksport” AJ paxta terminallarining yangilangan roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-avgust,
286-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-avgustdagi 286-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzpaxtaeksport” AJ tomonidan paxta tolasini sotish va “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oʻzpaxtaeksport” AJ (keyingi oʻrinlarda xaridor deb ataladi) tomonidan 2015-yil hosilidan boshlab paxta tolasini sotish va “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchilar deb ataladi) bilan hisob-kitob qilish tartibi va mexanizmini belgilaydi.
“Oʻzpaxtaeksport” AJ va “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2. Paxta tozalash zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi yetkazib beruvchilar tomonidan xaridorga uni tuzilgan shartnomalarga muvofiq paxta terminallariga (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib bergan holda sotiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
3. “Oʻzpaxtaeksport” AJ va “Oʻzpaxtasanoat” AJning paxta tolasini sotadigan hududiy filiallari uchun, umumiy belgilangan soliqlarning komissionyerlari — toʻlovchilari sifatida, Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlarni hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash tartibi qoʻllaniladi.
4. Paxta tolasining yetkazib beruvchilari va xaridor oʻrtasida paxta tolasini sotish boʻyicha oʻzaro munosabatlar ushbu Nizom, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda ikki tomonlama shartnomalar bilan tartibga solinadi.
II bob. Paxta tolasini sotish yuzasidan bosh bitimlar va shartnomalar tuzish
5. Kalendar yil boshida yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida, yetkazib beruvchilar va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga binoan joriy yilda kutiladigan paxta xomashyosi hosilidan olinadigan paxta tolasini xarid qilish yuzasidan bosh bitimlar tuziladi.
6. Bosh bitimda quyidagilar belgilanadi:
jahon bozorida koʻp talab qilinadigan tegishli sanoat navlari va tiplaridagi paxta tolasini ishlab chiqarish uchun paxta xomashyosining aniq seleksiya navlari;
paxta xomashyosi ishlab chiqarishning prognoz hajmlaridan va gʻoʻza navlarini joylashtirishdan kelib chiqqan holda, keyinchalik paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga (keyingi oʻrinlarda respublika korxonalari deb ataladi) eksport qilish va sotish uchun terminallarga yetkazib beriladigan paxta tolasining hisoblab chiqilgan hajmlari;
joriy yilning sentyabr — dekabr va kelgusi yilning yanvar — avgust davrlarida xaridor tomonidan sotib olinadigan paxta tolasi hajmlari boʻyicha shartnomalar tuzishning taxminiy muddatlari.
7. Bosh bitimga muvofiq:
amaldagi gʻoʻza maydonlarini va kutilayotgan hosilni aprobatsiya qilish natijalari boʻyicha kelgusida joriy yilning sentyabr — dekabr davrida eksport qilish va respublika korxonalariga sotish uchun paxta tolasini terminallarga yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi;
paxta xomashyosini joriy yilda yigʻib-terib olish va amalda tayyorlash natijalari boʻyicha keyinchalik kelgusi yilning yanvar — avgust davrida eksport qilish va respublika korxonalariga sotish uchun paxta tolasini terminallarga yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi.
8. Bosh bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalarda yetkazib beriladigan tolaning hajmlari, sortlari, tiplari, klasslari va boshqa sifat koʻrsatkichlari boʻyicha barcha asosiy parametrlar, tashish shartlari va yuklab joʻnatish muddatlari, oʻzaro hisob-kitoblar tartibi, fors-major holatlari, tuzilgan shartnomalarni bajarish shartlari boʻyicha mulkiy va boshqa javobgarlik, bahsli masalalarni koʻrib chiqish tartibi belgilanadi.
III bob. Paxta tolasiga narxlarni belgilash tartibi
9. Etkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasidagi paxta tolasi yuzasidan oʻzaro hisob-kitoblar belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
10. Kelgusida eksportga va respublika korxonalariga sotish uchun yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib beriladigan paxta tolasi uchun narxlar, netto massasiga qayta hisoblangan (ulgurji narxlar preyskurantida keltirilgan formula boʻyicha) ulgurji narxlar preyskurantidan hamda yetkazib beruvchilarning (sugʻurta qilish, yetkazib berish, tushirish va paxta tolasini terminallarda saqlash, shu jumladan yetkazib beruvchilarning vositachilik haqi boʻyicha xarajatlardan) kelib chiqqan holda, CIP — paxta terminali shartlari boʻyicha aniqlanadi.
Bunda “Kotton Outluk” byulletenida eʼlon qilinadigan paxta tolasi uchun jahon narxlari amalda boʻladigan davrlarda (“A” indeksi kotirovkalarining va uning CFR — Uzoq Sharq portlaridagi shartlarida Oʻzbekiston komponentining oʻrtacha miqdori), paxta tolasini sotishning tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlaridan past boʻlgan davrlarida paxta tolasini sotish ishlab chiqarish va yetkazib berish balansi doirasida amalga oshiriladi.
Paxta tolasi uchun tasdiqlangan ulgurji preyskurant narxlardan past darajada boʻlgan jahon narxlarining amalda boʻlish davrlarida, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda, respublika korxonalari uchun paxta tolasini sotishda paxta tozalash zavodlari, amalda yuklab joʻnatish kunida haqiqatda vujudga kelgan jahon narxlaridan kelib chiqib, quyidagi: jahon narxi, chegirishni hisobga olgan holda 20/120 ga koʻpaytirilgan formula boʻyicha 15 foiz miqdoridagi chegirishni hisobga olgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblaydilar.
11. Xaridor tomonidan eksportga sotiladigan paxta tolasi uchun narxlar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada, “A” indeksi kotirovkalarining oʻrtacha miqdoridan va uning “Kotton Outluk” byulletenida eʼlon qilinadigan, CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida “Birinchi” navli, “Oʻrta” klassli, 4 tipli, 36 kodli (bazis narx) paxta tolasining 1 tonnasi uchun belgilanadi. Ushbu narxdan kelib chiqqan holda, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda paxta tolasining boshqa sortlari, klasslari, tiplari va kodlari uchun narxlar aniqlanadi. Narxlarni belgilash tartibi, toʻlash va yetkazib berish shartlari paxta tolasini eksport qilish kontraktlarida belgilanadi.
Bunda xaridorning paxta tolasini eksportga sotish boʻyicha xarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida terminallarda paxta tolasini saqlash, yuklab joʻnatish va sugʻurta qilish (shu jumladan fitosanitariya sertifikati berganlik va respublika hududlari boʻyicha harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda vositachilik transport ekspeditorlari uchun toʻlov) CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarini bajarish uchun moʻljallangan, normativ muddatlar, belgilangan portlar doirasida portlarda tolani fumigatsiya qilish va saqlash xarajatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining (keyingi oʻrinlarda “Sifat” markazi deb ataladi) paxta tolasini sertifikatlash va tarozida tortish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishilgan tariflarga binoan xarajatlari;
paxta tolasini deklaratsiya qilish va bojxonada rasmiylashtirish boʻyicha xarajatlar;
bank xarajatlari (kafolatlar, mablagʻlar oʻtkazilganligi uchun bankining vositachilik haqi, yuklab joʻnatish hujjatlarini tekshirish uchun va boshqa xarajatlar, shu jumladan banklar kreditlari boʻyicha foizlar toʻloviga xarajatlar), shuningdek yetkazib beruvchilardan xarid qilinadigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilishga jalb etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi qarz mablagʻlariga xarajatlar;
xaridorning shartnomaviy narxning 1,0 foiz miqdoridagi vositachilik haqi.
Paxta tolasi eksporti boʻyicha xarajatlarni chegirish har qaysi nav, klass, tip va kod narxi aniqlangandan keyin amalga oshiriladi.
12. Xaridor tomonidan respublika korxonalariga sotiladigan paxta tolasi narxlari milliy valyutada aniqlanadi, bunda “A” indeksi kotirovkalarining va uning Oʻzbekiston komponentining oʻrtacha miqdoridan kelib chiqqan holda, “Kotton Outluk” byulletenida eʼlon qilinadigan CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida, paxta tolasining “Birinchi” sorti, “Oʻrta” klassi, 4-tipi, 36-kodi (bazis narx)ning paxta tolasining 1 tonnasi uchun, 15 foiz miqdoridagi chegirishni va xaridorning shartnomaviy narxning 1,0 foizi miqdoridagi vositachilik haqini hisobga olgan holda belgilanadi. Ushbu narxdan kelib chiqib paxta tolasining boshqa sortlari, klasslari, tiplari va kodlari narxlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda aniqlanadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Bunda xaridorning paxta tolasini respublika korxonalariga sotish boʻyicha, xaridorga vujudga kelgan ijobiy tafovut hisobiga qoplanadigan xarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
“Sifat” markazining sertifikatlash va tarozida tortib koʻrish boʻyicha xarajatlari;
banklarning koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha xarajatlari;
terminallarning, shu jumladan terminallarda paxta tolasini sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlari.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan birgalikda har yili 1-avgustgacha xaridorning paxta tolasini eksportga va respublika korxonalariga sotish boʻyicha xarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqiladi hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Eksport boʻyicha ayrim xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga olingan tejamlar summasi xarajatlarning boshqa moddalari boʻyicha ortiqcha xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
14. Paxta tolasiga narxlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi standartlarining barcha majburiy talablariga muvofiq tarzda belgilanadi.
15. Oʻrtacha tolali paxta tolasi uchun “mikroneyer” koʻrsatkichi miqdorlari yuqori boʻlganda yoki belgilangan normalardan (3,5 dan 4,9 gacha) past boʻlganda paxta tolasiga ulgurji narxlar preyskurantida koʻrsatilgan shkalaga muvofiq I-II navlar paxta tolasining shartnomaviy narxidan chegirish qoʻllanadi.
16. “A” indeksi va uning “Kotton Outluk” byulletenida eʼlon qilinadigan Oʻzbekiston komponenti kotirovkalarining har kunlik miqdori xaridor tomonidan yetkazib beruvchilarga maʼlum qilinadi.
IV bob. Eksportga sotishda paxta tolasini yuklab joʻnatish va uning uchun hisob-kitob qilish tartibi
17. Xaridor va yetkazib beruvchilar paxta tolasini yetkazib berish yuzasidan shartnomalarda yetkazib berish shartlarini hamda qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi oldindan toʻlovni amalga oshirgan holdagi hisob-kitoblar shaklini belgilaydilar.
Bunda xaridor yetkazib beruvchilar bilan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda, amalda yuklab joʻnatilgan kundan boshlab yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun taqdim etilgan schyot-fakturalar oʻrniga oʻzaro uzil-kesil hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oshiradi.
18. Paxta tozalash zavodlari paxta xomashyosining qayta ishlanishiga koʻra paxta tolasini xaridordan olingan bildirishnomalarga va yetkazib beruvchilarning topshiriqnomalariga muvofiq terminallarga paxta tolasini yetkazib berishni amalga oshiradilar.
Terminallar, xaridorning bildirishnomalari mavjudligidan qatʼiy nazar, paxta tozalash zavodlari ishlab chiqargan va yuklab joʻnatish hujjatlariga ega boʻlgan paxta tolasining hammasini masʼuliyatli saqlashga qarshiliksiz qabul qilishni taʼminlaydilar.
Xaridor, xorijiy xaridorlar va respublika korxonalari oʻrtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq terminallar paxta tolasini xaridorning yuklab joʻnatish yoʻriqnomalariga muvofiq yuklab joʻnatishni amalga oshiradilar.
19. Paxta tozalash zavodlari tomonidan xaridorning bildirishnomalarisiz yoki bildirishnomalarida koʻrsatilgan sifat koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlmagan paxta tolasi partiyasi terminal tomonidan masʼuliyatli saqlash toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirgan holda masʼuliyatli saqlashga qabul qilinadi.
Xaridor tomonidan yangi bildirishnomalar yozilgan taqdirda yetkazib beruvchilar paxta tolasi yetkazib berishni paxta tozalash zavodlaridan yetkazib beriladigan yoki terminallarda masʼuliyatli saqlashda boʻlgan paxta tolasi hajmlaridan ushbu bildirishnomalar hisobiga amalga oshirishlari mumkin. Muayyan partiyani masʼuliyatli saqlashdan yozilgan bildirishnomalarga muvofiq xaridor mulkiga qabul qilib olishda yetkazib beruvchi va terminal oʻrtasida qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, unda qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish sanasi mazkur partiyani xaridor manziliga yuklab joʻnatish sanasi hisoblanadi.
Masʼuliyatli saqlashda turgan paxta tolasini “Oʻzpaxtasanoat” AJ hududiy filiallarining yozma roziligisiz paxta terminallari tomonidan qayta rasmiylashtirishga va yuklab joʻnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib beruvchilar paxta tolasini amalda yuklab joʻnatish sanasidan boshlab 2 kalendar kundan kechikmay terminallarga paxta tolasi terminalga yuklab joʻnatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (qabul qilish dalolatnomasi), transport yuk xati, paxta tozalash zavodlarining schyot-sertifikatlari va “Sifat” markazining muvofiqlik sertifikatlari (tekshirish dalolatnomalarini) amalda yuklab joʻnatilgan kundan boshlab qonunchilikda belgilangan muddatlarda xaridor tomonidan ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq tartibda belgilangan narx boʻyicha milliy valyutada toʻlash uchun taqdim etadilar.
Xorijiy xaridorlarga sotishda — paxta tolasi hajmlarini xaridor mulkiga qabul qilinganligini tasdiqlovchi paxta zavodi va terminalning vakillari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sana paxta tolasining amalda yuklab joʻnatilgan sanasi hisoblanadi.
Paxta tolasining sifati va massasi “Sifat” markazi muvofiqlik sertifikati (tekshirish dalolatnomasi) boʻyicha koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu masala boʻyicha kelishmovchiliklar uning vakilini jalb etgan holda hal etiladi. Sifat va massa boʻyicha kelishmovchiliklarni tasdiqlashda ular bilan bogʻliq boʻlgan barcha qoʻshimcha xarajatlar “Sifat” markazi hisobiga tegishli boʻladi, yetkazib beruvchi va xaridor oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar esa ushbu paxta tolasi partiyasining amaldagi sifati va massasi asosida, dalolatnomalar koʻrib chiqilgandan keyin 5 kun muddatda amalga oshiriladi.
20. Har oyning 5-kunigacha, yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida keyinchalik qayta hisob-kitob qilish huquqi bilan, yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etilgan schyotlar asosida oraliq taqqoslash dalolatnomalari tuziladi. Taqqoslash amalda yuklab joʻnatish va oʻtgan oy toʻlovi summasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Bunda paxta tolasining hajmi, sifati va narxi bilan bogʻliq bahsli masalalar boʻyicha tomonlarning erishilgan ahdlashuvi hisobga olinadi.
21. Muayyan yil hosili boʻyicha tegishli yil paxta tolasini yuklab joʻnatish tugagandan keyin 30 kun mobaynida oʻzaro taqqoslash dalolatnomalari tuziladi.
Hosil boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar paxta tolasi xaridorga amalda yuklab joʻnatilgan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladi.
Xaridor muayyan yil hosilining paxta tolasini sotish yakunlari boʻyicha hamda tushgan mablagʻlarni hisobga olgan holda, kelgusida keyingi yilning 31-oktabrigacha boʻlgan muddatda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun jahon narxlari va ichki narxlar oʻrtasidagi salbiy tafovut summasining yakuniy hisobini chiqaradi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Qoplanishi zarur boʻlgan salbiy tafovut summasini hisoblashda, ushbu Nizomning 12-bandini va ushbu Nizomda nazarda tutilmagan xarajatlarni hisobga olgan holda, xaridorning cheklangan xarajatlarining ortiqcha summasi chegirib tashlanadi.
22. Xaridor yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paxta tolasini sotish yuzasidan kontraktlar boʻyicha tushgan mablagʻlar, qarz mablagʻlari, shuningdek salbiy tafovutni qoplash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiradi.
23. Xaridor paxta tolasini sotishni paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berish balansining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq amalga oshiradi.
Bunda paxta tolasi uchun jahon narxlarining amalda boʻlish davrlarida:
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori boʻlgan mablagʻlar, yetkazib beruvchilarning xarajatlarini, har chorakda hisoblab chiqilgan, xaridorda vujudga kelgan ijobiy tafovut summasi, uning xarajatlarini chegirgan holda, tegishli yil hosili paxta tolasini sotish yakunlari boʻyicha esa — ijobiy tafovutning yakuniy summasi toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitoblar jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Ijobiy tafovut summasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni bajarish, shu jumladan paxta tolasiga tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan past boʻlgan jahon narxlari amalda boʻlgan davrlardagi salbiy tafovutni qoplash uchun foydalaniladi;
LexUZ sharhi
23-bandning uchinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan past boʻlgan narxlar, yetkazib beruvchilarning xarajatlarini, xaridorda uning paxta tolasini sotish boʻyicha xarajatlarini hisobga olgan holda hosil boʻlgan salbiy tafovut summasini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tomonidan belgilanadigan tartibda, tugallangan kontraktlar boʻyicha xaridor taqdim etadigan hisob-kitoblar asosida qoplanadi.
V bob. Paxta tolasini respublika korxonalariga sotish tartibi
24. Paxta tolasini respublika korxonalariga sotish xaridor orqali, ularning buyurtmanomalariga muvofiq hajmlarda amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
25. Respublika korxonalari har yili 1-iyulgacha xaridorga paxta tolasi xarid qilish yuzasidan buyurtmanoma taqdim etadilar, unda joriy yilning sentyabr — dekabrida va keyingi yilning yanvar — avgustida paxta tolasi xarid qilish uchun — 1-dekabrgacha paxta tolasi hajmini, navlarini, tiplarini va boshqa sifat koʻrsatkichlarini koʻrsatgan holda taqdim etadilar.
Xaridor yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan bosh bitimda respublika korxonalari buyurtmanomalarini toʻliq hajmda hisobga oladi va ularni paxta tolasini ishlab chiqarish va undan foydalanishni prognozlashda yigʻish va hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
26. Bosh bitimga muvofiq hamda paxta tolasini ishlab chiqarish va undan foydalanishning prognoz qilinayotgan hajmini hisobga olgan holda, xaridor paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan sentyabr — dekabr va yanvar — avgust davrlari uchun respublika korxonalari bilan alohida-alohida kontraktlar tuzadi.
27. Sotib olinayotgan paxta tolasi uchun respublika korxonalari kamida 15 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshiradilar, yakuniy hisob-kitoblarni ular bilan tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda paxta tolasi amalda yuklab joʻnatilgan kundan boshlab 90 kun mobaynida bajariladi. Paxta tolasining qolgan qiymati uchun bank kafolati taqdim etiladi yoki akkreditiv ochiladi. Hisob-kitoblarning ana shunday muddati xaridor va yetkazib beruvchilar oʻrtasida terminallarga yetkazib berilgan va respublika korxonalariga sotiladigan paxta tolasi uchun ham belgilanadi.
28. Etkazib beruvchilar bilan yakuniy hisob-kitoblarni xaridor, sotilgan paxta tolasi uchun respublika korxonalari bilan oʻzaro hisob-kitoblarning holatidan qatʼiy nazar, shartnomalarga muvofiq amalga oshiradilar. Paxta tolasini xaridor tomonidan terminaldan yuklab joʻnatilgan sana — respublika korxonalariga sotishda amalda yuklab joʻnatilgan sana hisoblanadi.
29. Paxta tolasini terminallardan yuklab joʻnatish xaridor tomonidan yuklab joʻnatish yoʻriqnomalari boʻyicha, xaridor va respublika korxonasi oʻrtasida imzolangan kontraktlarga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda paxta tolasi uchun hisob-kitoblar, amalda yuklab joʻnatilgan kunda hosil boʻlgan jahon narxlaridan kelib chiqqan holda, ushbu Nizomning 11-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Paxta tolasiga jahon narxlarining amalda boʻlish davrlarida:
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori boʻlgan mablagʻlar, yetkazib beruvchilarning xarajatlarini, har chorakda hisoblab chiqilgan, xaridorda vujudga kelgan ijobiy tafovut summasi, uning xarajatlarini chegirgan holda, tegishli yil hosili paxta tolasini sotish yakunlari boʻyicha esa — ijobiy tafovutning yakuniy summasi toʻliq miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun hisob-kitoblar jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Ijobiy tafovut summasidan ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq foydalaniladi;
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan past narxlar, yetkazib beruvchilarning xarajatlarini, xaridorda uning paxta tolasini sotish boʻyicha xarajatlarini hisobga olgan holda, salbiy tafovut summasi, paxta tolasini sotish boʻyicha chiqimlarni hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tomonidan belgilanadigan tartibda, tugallangan kontraktlar boʻyicha xaridor taqdim etadigan hisob-kitoblar asosida qoplanadi.
30. Respublika korxonasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi partiyasi uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganda, ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan muddatlarga rioya qilmaganda ushbu korxonaga bundan keyin paxta tolasini yuklab joʻnatish qarzlar toʻliq toʻlanmagungacha toʻxtatib turiladi.
31. Respublika korxonalari tomonidan xaridordan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qaytadan sotilmaydi.
VI bob. “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari tomonidan paxta tolasini sotishdan olingan mablagʻlardan foydalanish
32. Xaridordan paxta tolasi uchun yetkazib beruvchilarga tushgan mablagʻlardan quyidagilar uchun foydalaniladi:
ushbu Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan tartibda amalda yuklab joʻnatish vaqtida amalda boʻlgan preyskurantdagi ulgurji narxlar boʻyicha paxta tozalash zavodlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, davlat maqsadli jamgʻarmalaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasidan qarzlarni toʻlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan vositachilik haqlari miqdorida oʻz xarajatlarini qoplash;
paxta tolasini terminallarga yetkazib berish, uni tushirib olish va terminallar tomonidan qabul qilib olish, yetkazib beruvchilar va xaridorning vakillari (terminallar) oʻrtasida qabul qilish-topshirish hujjatlarini rasmiylashtirgungacha saqlash va sugʻurta qilish xarajatlarini qoplash.
33. Paxta tolasining preyskurantdagi ulgurji narxlar boʻyicha qiymati quyidagilarga taqsimlanadi:
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga paxta xomashyosi qiymatini toʻlash uchun ajratilgan kreditni qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi hisob raqamlariga yetkazib beruvchilar oʻtkazadigan mablagʻlar;
paxta tozalash zavodlari xarajatlarini qoplash uchun paxta tozalash zavodlari hisob raqamlariga oʻtkaziladigan mablagʻlar.
VII bob. Yakunlovchi qoida
34. Tomonlarning ushbu Nizomdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish yuzasidan javobgarligi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
“Oʻzpaxtaeksport” AJ tomonidan paxta tolasini sotish va “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Oʻzpaxtaeksport” AJ va “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblarni oʻtkazish
SXEMASI
“Oʻzpaxtaeksport” AJ tomonidan paxta tolasini sotish va “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Paxta tolasi narxlarini sortlari va klasslari boʻyicha qayta hisoblash
KOEFFITSIYENTLARI
(baza — “Birinchi” sort, “Oʻrta” klassli)
I sort (Birinchi)
Oliy
1,050
II sort (Ikkinchi)
Oliy
1,020
Yaxshi
1,040
Yaxshi
0,990
Oʻrta
1,000
Oʻrta
0,955
Oddiy
0,965
Oddiy
0,920
Iflos
0,925
Iflos
0,880
III sort (Uchinchi)
Oliy Yaxshi
0,990
0,965
IV sort (Toʻrtinchi)
Oliy Yaxshi
0,950 0,850
Oʻrta
0,930
Oʻrta
0,800
Oddiy
0,885
Oddiy
0,750
Iflos
0,840
Iflos
0,700
V sort (Beshinchi)
Oliy Yaxshi
0,750 0,650
Oʻrta
0,550
Oddiy
Iflos
0,500
0,450
Paxta tolasi narxlarini tiplari va kodlari boʻyicha qayta hisoblash
KOEFFITSIYENTLARI
Uzun tolali
Tola tipi
1a
1b
1
2
3
Uzunligi (dyuym)
1,11/32
1,5/16
1,9/32
1,1/4
1,7/32
1,3/16
Kodi
43
42
41
40
39
38
Koeffitsiyenti
1,6080
1,4699
1,4008
1,2331
1,1147
Oʻrta tolali
Tola tipi
1a
1b
1
2
3
Uzunligi (dyuym)
1,11/32
1,5/16
1,9/32
1,1/4
1,7/32
1,3/16
Kodi
43
42
41
40
39
38
Koeffitsiyenti
1,0956
1,0765
1,0574
1,0383
1,0191
Tola tipi
4
5
6
Uzunligi (dyuym)
1.5/32
1.1/8
1.3/32
1.1/16
1.1/32
Kodi
37
36
35
34
33
Koeffitsiyenti
1,0000
0,9865
0,9737
0,9618
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-avgustdagi 286-son qaroriga 2-ILOVA
Paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali birja savdolarida respublika korxonalariga va eksportga sotish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom paxta tolasini respublikaning paxta tolasini qayta ishlab chiqarish korxonalariga (keyingi oʻrinlarda respublika korxonalari deb ataladi) birja savdolarida, shuningdek Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (keyingi oʻrinlarda OʻzRTXB deb ataladi) savdo maydonlari orqali eksportga sotish tartibini va tartibga solish mexanizmini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
2. Paxta tolasini sotish OʻzRTXBda aniq vaqt rejimida elektron birja savdolari tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
OʻzRTXB tomonidan oʻtkaziladigan birja savdolariga teng shartlar bilan respublika korxonalari, shuningdek eksportga sotishda — xorijiy xaridorlar qoʻyiladi.
3. Paxta tolasini respublika korxonalariga sotish milliy valyutada, xorijiy xaridorlarga sotish esa erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi. OʻzRTXBning birja savdolarida savdo maydonlari orqali respublika korxonalariga, xorijiy xaridorlarga “Oʻzpaxtaeksport” AJ va “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari tomonidan sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitoblar ushbu nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
4. OʻzRTXBda respublika korxonalari tomonidan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi.
II bob. Atamalar va tushunchalar
5. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
mahsulot — “Oʻzpaxtaeksport” AJ mulkida boʻlgan va paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berishning tasdiqlangan koʻrsatkichlariga muvofiq birja savdolarida sotiladigan paxta tolasi;
birja savdolarining elektron tizimi — OʻzRTXBning dasturiy-texnik kompleksi, u aniq vaqt rejimida umumrespublika birja savdolarini oʻtkazishni taʼminlaydi;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda HKKP deb ataladi) — OʻzRTXBning tarkibiy boʻlinmasi, u kliring va birja bitimlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazishni taʼminlaydi;
sotuvchi — “Oʻzpaxtaeksport” AJ;
xaridor — paxta tolasini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan va paxta tolasidan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqaradigan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, shuningdek xorijiy xaridorlar;
zakalat — OʻzRTXBda amalga oshiriladigan bitimlarni bajarish kafolatlarini taʼminlash uchun HKKPga xaridorlar va sotuvchi tomonidan bitimlarni kafolatli taʼminlash uchun kiritiladigan mablagʻlar;
kotirovka — bir haftadagi birja savdolari natijalari boʻyicha belgilanadigan va OʻzRTXB rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadigan oʻrtacha belgilangan narx;
terminallar — mahsulotni qabul qilish, saqlash va yuklab joʻnatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan paxta terminallari.
III bob. Paxta tolasi hajmlarini shakllantirish, birja savdolarini tayyorlash va oʻtkazish tartibi
6. Sotuvchi, yilning tegishli davri uchun paxta tolasini ishlab chiqarish va undan foydalanish boʻyicha yilning tegishli davri uchun tasdiqlangan balansdan kelib chiqqan holda har oyda, har bir kelgusi oy boshlanishidan 10 kun oldin OʻzRTXBni xaridorlarga birja savdolarida sotish uchun moʻljallangan mahsulot miqdori toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Xabarnomalarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining muvofiqlik sertifikati (tekshirish dalolatnomasi) bilan tasdiqlangan paxta tolasining loti, tipi, navi va klassi koʻrsatiladi.
7. Xaridor birja savdolariga qoʻyish uchun nazarda tutilgan miqdorlarga muvofiq xaridorlarga mahsulotlarni yetkazib berishni uzluksiz taʼminlash uchun zarur boʻlgan miqdorlarda mahsulotning mavjudligi toʻgʻrisida OʻzRTXBga maʼlumotnoma taqdim etadi.
8. OʻzRTXB birja savdolarida mustaqil ravishda ishtirok etishni xohlovchi sotuvchiga brokerlik joyi beradi.
9. Birja savdolariga sotuvchining yozma xabarnomasi asosida, ilgari sotib olingan paxta tolasi uchun birjadan tashqari bitimlar boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzi boʻlgan xaridorlar qoʻyilmaydi.
10. Birja savdolari oʻtkazilishi, birja sessiyalarining davom etishi, qoʻyiladigan mahsulotlar miqdori toʻgʻrisidagi axborot OʻzRTXB tomonidan xaridorlarga OʻzRTXB aʼzolari orqali yetkaziladi va rasmiy veb-saytda eʼlon qilinadi.
11. OʻzRTXB birja barcha aʼzolarining, ularning hududiy joylashishidan qatʼi nazar, ayni bir vaqtda ishtirok etishi imkoniyatini taʼminlashi shart.
12. Soliqlarni oʻtkazish, toʻlangan kafolat summasiga muvofiq har bir savdo boʻyicha qatnashchilarni savdolarga qoʻyish va ulardan chetlatish, elektron birja savdolarida gʻoliblarni aniqlash va bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish elektron birja savdolari tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
13. Bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish kunida OʻzRTXB sotuvchi brokeriga bitimlar reyestridan koʻchirmani, shuningdek sotuvchi brokeriga va xaridor brokeriga birja savdolarining elektron tizimi tomonidan shakllantirilgan birja bitimining namunaviy shaklini uni rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
14. Savdolarda sotilmagan mahsulot miqdori sotuvchi bilan kelishilgan holda keyingi savdolarga oʻtkaziladi.
15. OʻzRTXB tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun quyidagi miqdorda toʻlov belgilanadi:
respublika korxonalariga sotishda xaridorga va sotuvchiga — har qaysi tomondan bitim summasining koʻpi bilan 0,05 foizi miqdorida;
eksportga sotishda xaridorga — bitim summasining 0,1 foizi miqdorida, sotuvchiga — bitim summasining 0,05 foizi miqdorida.
16. Xaridor tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda sotuvchi mahsulotni savdoga takroran qoʻyishi shart.
17. Tuzilgan birja bitimlari boʻyicha mahsulotni sotish xaridor tomonidan 100% miqdorida oldindan haq toʻlash shartlarida amalga oshiriladi. Oldindan toʻlangan haqning toʻliq summasi bitim yopilgungacha HKKP tomonidan blokirovka qilinadi.
IV bob. Mahsulotning boshlangʻich narxlarini hamda birja savdolari qatnashchilari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab joʻnatish mexanizmini belgilash
18. Boshlangʻich narx paxta tolasi sotuvchisi tomonidan, “A” indeksining va uning Oʻzbekiston komponenti “Kotton-Outluk”da eʼlon qilinadigan oʻrtacha miqdoridan kelib chiqqan holda, CFR — Uzoq Sharq portlari shartlarida OʻzRTXBdagi navbatdagi savdolardan oldingi kunda, respublika korxonalari uchun — 15 foiz miqdoridagi chegirish bilan, eksportga sotishda esa — paxta tolasi eksporti boʻyicha cheklangan xarajatlarda nazarda tutilgan mablagʻlar summasida respublika tashqarisida oʻrtacha (temir yoʻl va suv) transporti xarajatlarini chegirgan holda belgilanadi.
Mahsulotning boshlangʻich narxi eksport uchun erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada, respublika korxonalariga uchun esa milliy valyutada belgilanadi va u netto massasiga qayta hisoblaganda preyskurantdagi ulgurji narxdan (preyskurantdagi ulgurji narxlarda keltirilgan formula boʻyicha) hamda paxta tolasini terminallarga yetkazib berish, u yerda tushirish, sugʻurta qilish va saqlash xarajatlaridan, shu jumladan yetkazib beruvchilarning vositachilik haqi boʻyicha xarajatlardan kam boʻlmasligi kerak.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
19. Birja savdolarida tuzilgan bitimlarni bajarishning moliyaviy kafolatlarini taʼminlash maqsadida birja savdolarida tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar OʻzRTXBning HKKP orqali amalga oshiriladi.
20. OʻzRTXBning HKKP birja savdolari qatnashchilarini ularga xizmatlar koʻrsatish, mijozlarning shaxsiy hisob raqamlaridagi mablagʻlar qoldiqlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilishi shart.
Sotuvchi va mahsulotning xaridorlaridan har biri uchun OʻzRTXBning HKKP tomonidan shaxsiy hisob raqamlari ochiladi.
OʻzRTXBning HKKP shaxsiy hisob raqamlarining holati, hisob raqamlaridagi mablagʻning qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkora qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
21. Sotuvchi va xaridor OʻzRTXBning HKKPdagi oʻzining hisob raqamlariga tomonlarning oʻz majburiyatlarini bajarishining kafolati sifatida tegishli ravishda, savdolarga qoʻyiladigan va xarid qilinishi moʻljallanayotgan mahsulot qiymatining 2,0 foizi miqdorida zakolatlarni majburiy tartibda qoʻyishadi.
22. Xaridorlar OʻzRTXBda, OʻzRTXBning HKKPda deponentga qoʻyilgan zakolatlarni hisobga olgan holda, moʻljallanayotgan toʻlov mablagʻlari hajmida bitimlar tuzishga haqlidir.
23. OʻzRTXBning HKKPdagi shaxsiy hisob raqamlaridagi sotuvchi va xaridorlar mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
a) birja bitimlari boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
b) savdo sessiyalarida qatnashish uchun zakolat sifatida;
v) mijoz topshirigʻi boʻyicha — uning vakolatli bankidagi kliring qatnashchisining hisob raqamiga qaytarish uchun;
g) deponent qilingan mablagʻlar hisobiga OʻzRTXB tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun.
24. Xaridor birja bitimi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn bank kuni mobaynida OʻzRTXBning HKKPdagi oʻz shaxsiy hisob raqamiga roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun qoʻshimcha mablagʻlar oʻtkazishi shart.
25. Xaridordan uning hisob raqamiga pul mablagʻlari tushgandan keyingi kundan boshlab bir bank kunidan kech boʻlmagan muddatda OʻzRTXBning HKKP sotuvchi brokeriga toʻlangan bitimlar reyestrini yuboradi.
Agar xaridor oʻn bank kuni mobaynida mablagʻlarni roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimiga muvofiq toʻliq hajmda mablagʻlar oʻtkazilishini taʼminlamaganda OʻzRTXBning HKKP koʻrsatilgan muddat oʻtgach shaxsiy kabinet orqali sotuvchiga va OʻzRTXBning tegishli boʻlinmasiga bitimni bekor qilish toʻgʻrisida zudlik bilan xabar qiladi va xaridorning shaxsiy hisob raqamidan sotuvchining vakolatli bankdagi hisob raqamiga shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun jarima sifatida mablagʻlarni, OʻzRTXBning vositachilik haqini chegirgan holda, xaridor tomonidan toʻlangan zakalat miqdorida oʻtkazadi.
Bitim boʻyicha bekor qilingan mahsulot hajmi sotuvchi tomonidan savdolarga takroran qoʻyiladi.
26. OʻzRTXBning HKKP tomonidan sotuvchiga taqdim etilgan xaridorning shaxsiy hisob raqamiga mablagʻlar tushganligi toʻgʻrisida toʻlangan bitimlar reyestrini taqdim etish, tegishli dalolatnomani rasmiylashtirgan holda sotuvchi tomonidan xaridorga mahsulotni terminalda berish uchun asos hisoblanadi.
Sotuvchi tomonidan mahsulotni berish-qabul qilish xaridorning oʻz majburiyatlarini bajarganligi HKKP tomonidan tasdiqlanmasdan amalga oshirilgan taqdirda OʻzRTXB xaridor tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun javob bermaydi.
27. Sotuvchi mahsulot qiymati toʻlangandan keyin mahsulotni xaridorga paxta terminalining FCA shartlarida yetkazib beradi.
Mahsulot terminalda berilgandan keyin sotuvchi va xaridor roʻyxatdan oʻtkazilgan birja bitimi boʻyicha mahsulotni berish-qabul qilish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadilar.
Sotuvchi tomonidan mahsulotni berish-qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomaning xaridor tomonidan imzolangan va uning muhri qoʻyilgan dalolatnomaning bitta asl nusxasining taqdim etilishi xaridorning shaxsiy hisob raqamidan mablagʻlarni HKKP tomonidan vakolatli bankdagi sotuvchining hisob raqamiga oʻtkazish va bitimni yopish uchun asos hisoblanadi. HKKP tomonidan mablagʻlarni oʻtkazish koʻrsatib oʻtilgan dalolatnoma olingan vaqtdan boshlab ikki bank kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
28. Xaridorga mahsulotni berish-qabul qilish (yuklab joʻnatish) sotuvchining naryadlari boʻyicha terminallardan birja bitimlarida nazarda tutilgan miqdor va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Mahsulotni yuklab joʻnatish yuzasidan naryad OʻzRTXBning HKKP tomonidan ushbu Nizomning 27-bandiga muvofiq shaxsiy hisob raqamidan koʻchirma taqdim etilgandan keyin beriladi.
Mahsulotni sertifikatlash, terminalning mahsulotni saqlash, yuklab joʻnatish va berish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangungacha amalga oshirilgan boshqa xizmatlari bilan bogʻliq xarajatlar xaridor tomonidan toʻlanadi.
Terminalning saqlash, transport agentiga yuklash boʻyicha koʻmaklashish, yuklab joʻnatish va berish-qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangandan keyin amalga oshiriladigan boshqa ishlar bilan bogʻliq xarajatlari xaridor tomonidan toʻlanadi.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan pul mablagʻlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar sotuvchi bankida — sotuvchi tomonidan, xaridor bankida — xaridor tomonidan amalga oshiriladi.
Sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmaganda, toʻliq yetkazib berilmaganda yoki yetkazib berish muddatlari buzilganda OʻzRTXBning HKKP uning hisob raqamidan xaridorning vakolatli bankdagi hisob raqamiga zakalat summasini oʻtkazadi, undan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun jarima sifatida OʻzRTXBning vositachilik haqi chegirib qolinadi.
29. Birja savdolarida mahsulotni sotishdan tushgan tushum, shuningdek sotuvchi tasarrufiga tushgan erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi jarima summasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga belgilangan muddatlarda 100 foiz sotiladi, tushgan mablagʻlarning soʻmdagi ekvivalentidan belgilangan tartibda foydalaniladi.
30. Tomonlarning xaridor va sotuvchi oʻrtasida tuzilgan birja bitimlari boʻyicha majburiyatlarining bajarilmaganligi uchun javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
31. OʻzRTXB aʼzolari, birja savdolari qatnashchilari va ularning mijozlari oʻrtasida birja savdosi qoidalarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha paydo boʻladigan bahslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
V bob. Axborot taʼminoti va ushbu Nizomga rioya etish yuzasidan monitoring
32. Oʻtkazilgan birja savdolari natijalari boʻyicha OʻzRTXB unda sotilgan mahsulotlarning birja kotirovkalarini aniqlaydi. OʻzRTXB har haftada ularni OʻzRTXBning rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
33. Hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay OʻzRTXB, sotuvchi va terminallar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
OʻzRTXB — birja savdolariga mahsulotlarni qoʻyish va sotish miqdorlari toʻgʻrisida;
sotuvchi — birja savdolarida sotib olingan mahsulotlarni berish-qabul qilish dalolatnomalari boʻyicha xaridorlarga berilgan amaldagi miqdorlari toʻgʻrisida;
terminallar — birja savdolarida sotib olingan mahsulotlarni xaridorlarga yuklab joʻnatishning amaldagi miqdorlari toʻgʻrisida.
Paxta tolasini birja savdolarida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (OʻzRTXB) orqali respublika korxonalariga va eksportga sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
“Oʻzpaxtaeksport” AJ va “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari tomonidan birja savdolarida respublika korxonalariga, xorijiy xaridorlarga OʻzRTXBning savdo maydonlari orqali sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish
sxemasi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-avgustdagi 286-son qaroriga 3-ILOVA
Paxta tolasini sertifikatlash va ogʻirligini tortib koʻrish toʻgʻrisida
NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom paxta tolasini eksportga va respublikaning paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalariga (keyingi oʻrinlarda respublika korxonalari deb ataladi) yetkazib berishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan buyurtmachining talabnomalariga muvofiq paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi sifatini toylari boʻyicha baholash, uni sertifikatlash hamda paxta tozalash zavodlarida uning ogʻirligini tortib koʻrish tartibini belgilaydi.
2. Paxta tolasi majburiy tartibda sertifikatlashtiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi atamalar va tushunchalardan foydalaniladi:
buyurtmachi — “Oʻzpaxtaeksport” AJ;
xaridor — xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari;
yetkazib beruvchi — “Oʻzpaxtasanoat” AJning hududiy filiallari — Oʻzbekiston Respublikasining paxta tozalash zavodlari;
bajaruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi oʻrinlarda “Sifat” markazi deb ataladi);
NVI — ish unumi yuqori boʻlgan, paxta tolasini uzunligi, uzunligi boʻyicha birxildaligi, pishiqligi, uzilish boʻyicha uzunligi (mikroneyr), rangi va ifloslanganligi koʻrsatkichlarini oʻlchaydigan Nigh Volume Instrument boʻyicha paxta tolasi sinovlarining oʻlchov tizimi nomining qisqacha ifodasi;
klasser metodi — belgilangan tartibda tasdiqlangan, tashqi koʻrinishi namunalari bilan taqqoslash yoʻli bilan navi va klassi boʻyicha paxta tolasini organoleptik baholash, qoʻlda shtapel qoʻyish yoʻli bilan shtapel uzunligini aniqlash;
tashqi koʻrinishi namunalari — belgilangan tartibda tasdiqlangan, paxta tolasining rangi, dogʻlar mavjudligi, tarkibi va muayyan nav va klassdagi paxta tolasi uchun xos boʻlgan ifloslanganligi boʻyicha sifat tavsiflarining yigʻindisidan iborat boʻlgan namunalar.
4. Oʻz DSt 604 “Paxta tolasi. Texnik shartlar” (keyingi oʻrinlarda Oʻz DSt 604 deb ataladi) muvofiqlik talablariga sertifikatlash boʻyicha xizmatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bajaruvchi uning tomonidan akkreditatsiya sohasida koʻrsatilganga muvofiq amalga oshiradi.
5. Bajaruvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
paxta tozalash zavodlarida uning pressdan chiqishida har qaysi paxta tolasi toyidan sinab koʻrish uchun namunalar olish;
tanlab olingan namunalarni identifikatsiyalash;
namunalarni sinab koʻrish uchun mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish;
namunani sinab koʻrib;
paxta terminallariga (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib beriladigan paxta tolasi partiyasining sifati (tipi, navi) boʻyicha birxildaligi yuzasidan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, sertifikatni paxta tolasini yetkazib beruvchiga berish;
yetkazib beruvchi bilan birgalikda paxta tolasi partiyasidagi toyning ogʻirligini tortib koʻrish va toyning ogʻirligi yuzasidan dalolatnomani rasmiylashtirish;
terminallarda paxta tolasi toyining sifati va ogʻirligi yuzasidan xaridor, yetkazib beruvchi va buyurtmachi vakillari bilan kelishmovchiliklarni hal etish.
6. Paxta tolasini sertifikatlash va toyning ogʻirligini tortib koʻrish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovni buyurtmachi muvofiqlik sertifikatini (tekshirish dalolatnomasini) va toylar ogʻirligini tortib koʻrish dalolatnomasini berish fakti boʻyicha bajaruvchi bilan ikki tomonlama shartnomalar asosida, paxta tolasi partiyalarini buyurtmachi mulkiga rasmiylashtirilishiga koʻra, bajarilgan ishlar dalolatnomalari va bajaruvchi tomonidan berilgan schyotlar asosida amalga oshiradi.
Paxta tolasini sertifikatlash boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
Paxta tolasi toyining ogʻirligini tortib koʻrish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi.
II bob. Toydagi paxta tolasini sinab koʻrish uchun tanlab olish, ularni identifikatsiya qilish va mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib berish
7. Paxta tolasini presslash jarayonida toyning qavariq tomonida press plitasiga oʻrnatilgan maxsus pichoq bilan kertiklar hosil qilinadi.
8. Toyning kertiklar hosil qilingan qismidan sinab koʻrish uchun namuna olish bajaruvchining vakili tomonidan amalga oshiriladi.
9. Sinab koʻrish uchun namuna olish Oʼz DSt 614 (keyingi oʻrinlarda Oʼz DSt 614 deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi. Har qaysi namunaga toy tartib raqamining shtrixli kodi bilan birkadan qirqib olinadigan kupon qoʻyiladi, u mintaqa kodi, paxta tozalash zavodining kodi, paxta zavodidagi toyning oraliq tartib raqamidan iborat boʻladi.
Olingan namunalarni bajaruvchining vakili polietilen paketga joylaydi yoxud qogʻozga yoki plyonkaga oʻraydi, soʻngra bajaruvchining mintaqa laboratoriyasiga tashish uchun oʻralgan namunalarni tartib bilan va zich qilib joylaydi.
Qop namunalarning tashish jarayonida bir-biri bilan aralashib ketmasligi uchun zich holda joylangan boʻlishi kerak.
Qopga yorliq qoʻyiladi, unda paxta tozalash zavodining tartib raqami, undan paxta tolasi ishlab chiqarilgan, sanoat va seleksiya navi va paxta xomashyosi klassi, paxta tolasi partiyasining tartib raqami, namunalar olingan toyning tartib raqamlari, namuna olingan sana, bajaruvchi vakilining imzosi qoʻyilgan holdagi familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
Paxta tolasi ishlab chiqarilgan paxta xomashyosi partiyasining tartib raqami, sanoat va seleksiya navi paxta xomashyosi klassi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bajaruvchiga yetkazib beruvchi taqdim etadi.
Ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha bajaruvchi vakillari tomonidan rasmiylashtirilgan paxta tolasi namunasini olish dalolatnomasi bajaruvchining vakili tomonidan imzolanadi.
10. Shtrixli kod qoʻyilgan birkalarni bajaruvchi tayyorlaydi. Birkalar sinab koʻrish uchun namuna olingan joyga qoʻyiladi.
11. Olingan namunani sinovlar uchun mintaqaviy laboratoriyalarga yetkazib berishni bajaruvchi amalga oshiradi. Namunalar joylangan qoplarni mintaqaviy laboratoriyaga yetkazib bergungacha ular belgilangan tartibda paxta tozalash zavodida saqlanishi kerak.
12. Paxta tolasi namunalari sinovlardan keyin bajaruvchining laboratoriyalarida paxta tolasining partiyasi xaridor tomonidan yakuniy qabul qilib olingan va yuklab joʻnatilgan vaqtgacha bajaruvchining laboratoriyalarida saqlanadi, lekin bu muddat muvofiqlik sertifikati amal qiladigan muddatdan koʻp boʻlmasligi kerak. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagach namuna olish takroran amalga oshiriladi. Xaridor tomonidan paxta tolasi partiyasini yakuniy qabul qilish va uni yuklab joʻnatishdan keyin paxta tolasi namunalari bajaruvchi tomonidan yetkazib beruvchiga qaytariladi.
III bob. Paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi toyining ogʻirligini tortib koʻrish
13. Paxta tolasining har bir toyi ogʻirligini tortib koʻrish paxta tozalash zavodining presslash sexida yetkazib beruvchining tarozilarida bajaruvchi va yetkazib beruvchining vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Toylar boʻyicha tortib koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovadagi* shaklga muvofiq boʻyicha paxta tolasining toylar boʻyicha ogʻirligi toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiriladi, u bajaruvchi va yetkazib beruvchining haqiqiy muhri bilan tasdiqlanadi. Uning bir nusxasi buyurtmachining vakiliga beriladi, yetkazib beruvchi toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasi asosida schyot-sertifikatni rasmiylashtiradi. Toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasining amal qilish muddati muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagach tamom boʻladi.
14. Oʻz DSt 841 “Paxta tolasi, paxta linti, paxta tozalash zavodlarining tarkibida oʻlik paxta va momiq mavjud boʻlgan chiqitlari. Joylash, markirovkalash, tashish va saqlash”ga (keyingi oʻrinlarda Oʻz DSt 841 deb ataladi) muvofiq yetkazib beruvchining presslash sexida foydalaniladigan tarozilari tortib koʻrishda yoʻl qoʻyiladigan koʻpi bilan ±0,5 kg nuqsonli boʻlish kerak (sinash shkalasining — koʻpi bilan 0,2 kg). Tortib koʻrish natijasi verguldan keyin birinchi belgigacha boʻlgan aniqlik bilan yozib qoʻyilishi kerak.
15. Terminalda tola partiyasini nazorat boʻyicha tortib koʻrishda toyning oʻrtacha massasi ±1,0 kg dan ortiq miqdor yuzasidan toy boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasida koʻrsatilgan toyning oʻrtacha massasidan toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasi maʼlumotlari toʻgʻri deb hisoblanadi. Bunda bajaruvchi va yetkazib beruvchining toylar boʻyicha tortib koʻrish natijalari oʻzgartirilmaydi.
16. Bajaruvchi va yetkazib beruvchining toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan toyning oʻrtacha massasi boʻyicha ±1,0 kg dan ortiqligi aniqlangan taqdirda buyurtmachi bu haqda maʼlum qiladi, shundan soʻng bajaruvchi va yetkazib beruvchining vakillari xaridor yoki buyurtmachi vakili bilan birgalikda qayta tortib koʻrish uchun uch kun muddatda yetib kelishi kerak. Etkazib beruvchi qayta tortib koʻrish dalolatnomalari asosida schyot-sertifikatga oʻzgartirishlar kiritadi.
Massa boʻyicha tafovut tasdiqlangan taqdirda bajaruvchi oʻz hisobidan takroriy tortib koʻrishni amalga oshiradi. Etkazib beruvchi va buyurtmachi bajaruvchining paxta tolasining 100 foiz baholi hajmini takroriy tortib koʻrish asosida tuzilgan dalolatnomalari asosida haqiqiy massani hisobga olgan holda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Massa boʻyicha tafovutlar tasdiqlanmagan taqdirda toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomalarining maʼlumotlari oʻzgarishsiz qoladi, qoʻshimcha xarajatlar esa buyurtmachi hisobiga kiritiladi, keyinchalik xaridorning xarajatlariga oʻtkaziladi.
17. Bajaruvchining vakili 100 foiz qayta tortib koʻrishni oʻtkazish uchun uch kun muddatda terminalga kelmagan taqdirda bajaruvchi ushbu Nizomning 6-bobiga muvofiq javobgar boʻladi, xaridor tomonidan jalb etilgan neytral nazorat qiluvchi tashkilotning paxta tolasi toyi massasi boʻyicha maʼlumotlari esa yetkazib beruvchi va buyurtmachi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar uchun yakuniy hisoblanadi.
18. Bajaruvchi paxta tozalash zavodida va terminalda paxta tolasi toyning sifati va massasini tanlab nazorat qilish hamda natijalar qoniqarsiz boʻlgan taqdirda sinovlar protokolining dastlabki hujjatlarini yoki bajaruvchi va yetkazib beruvchi tomonidan tuzilgan toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomani bekor qilish huquqiga ega.
IV bob. Paxta tolasini sinash
19. Paxta tolasining har bir toyidan olingan namunalarni sinab koʻrishni bajaruvchining mutaxassislari Oʻz DSt 604 ga muvofiq NVI metodi va klasser metodi bilan amalga oshiradilar. Sinashlar natijasida paxta tolasining uzunligi (tipi), sorti va klassi, “mikroneyr” koʻrsatkichi, shuningdek paxta tolasi namunalaridagi sifat nuqsonlari (chigit, lint, yogʻ, hid va shu kabilar) va chet aralashmalar mavjudligi aniqlanadi.
NVI metodi va klasser metodi boʻyicha barcha maʼlumotlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi va “Sifat” markazi maʼlumotlari milliy bazasida saqlanadi.
Laboratoriyada paxta tolasining navi va klassini baholashning klasser metodida yetkazib beruvchining vakillari ishtirok etishi mumkin.
20. Paxta tolasi sifatini toylar boʻyicha sinov natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha sinashlar dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Sinovlar dalolatnomasida, shuningdek paxta tolasining Oʻz DSt 604 talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi. Sinovlar dalolatnomasida nomuvofiqlik boʻlgan taqdirda ushbu Nizomga 4-ilova* boʻyicha paxta tolasi sifati nuqsonlari kodlari koʻrsatiladi.
Bajaruvchi buyurtmachining buyurtmanomasi boʻyicha unga NVI tizimi boʻyicha sinalgan tola partiyasi natijalarining elektron koʻchirmasini berish mumkin.
Sinovlar dalolatnomasini NVI, klasser tizimida sifat nazorati boʻyicha boʻlim boshligʻi imzolaydi.
Bajaruvchi dalolatnomasining bir nusxasini yetkazib beruvchi vakiliga beradi. metodi
V bob. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish
21. Sinovlar dalolatnomasida keltirilgan toylar boʻyicha sinovlar natijalari asosida, yetkazib beruvchi paxta tolasi partiyasining uchta klassigacha qatnashishga qoʻyilgan sanoat va seleksiya navi tipi boʻyicha bir xil tolalarni komplektlaydi, komplektlangan partiyaning brutto massasini va konditsion massasini aniqlaydi.
Mintaqaviy laboratoriya komplektlangan partiya uchun ushbu Nizomga 5-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha paxta tolasi sinovlari protokolini rasmiylashtiradi. Sinovlar protokolini bajaruvchining vakillari imzolaydilar.
Bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasidagi vakolatli vakili sinovlar protokoli asosida paxta tolasining sinalgan partiyasiga uchta dublikat nusxasi bilan birga muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradi, uni roʻyxatdan oʻtkazadi va mintaqaviy laboratoriya muhri (xizmat koʻrsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi. Dublikat nusxalarining bittasi buyurtmachiga yuboriladi, bittasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Muvofiqlik sertifikati davlat, rus yoxud ingliz tillarida toʻldiriladi.
Sertifikat roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Sertifikatning amal qilish muddati Oʻz DSt 841 boʻyicha paxta tolasini tashish va saqlash shartlariga rioya qilingan taqdirda 6 oy etib belgilanadi.
Muvofiqlik sertifikatining ushbu amal qilish muddati oʻtgach bajaruvchi sertifikatlash tartibini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
22. Muvofiqlik sertifikati har bir paxta tolasi partiyasiga alohida beriladi. Bunda paxta tolasi partiyasining sifati va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha muvofiqlik sertifikatiga ilovada keltiriladi. Buyurtmachi bilan kelishuv boʻyicha muvofiqlik sertifikati bir necha partiya uchun berilishi mumkin.
23. Paxta tolasi terminalga yuklab joʻnatilayotganda yetkazib beruvchi yuklab joʻnatish hujjatlari orasiga muvofiqlik sertifikatining asl nusxasini va unga ilovani joylashi shart.
24. Paxta tolasining bir nechta klassi (koʻpi bilan uchta) mavjud boʻlgan partiyasiga muvofiqlik sertifikatlari nusxalari har qaysi klass uchun alohida berilishi mumkin.
25. Muvofiqlik sertifikati quyidagi holatlarda berilmaydi:
paxta tolasi namunalarida chigit, lint, paxtani qayta ishlash chiqitlari, yogʻli tola, ortiqcha nam tola, chirindi hidi yoki tolaning navi va klassini baholash klasser metodi boʻyicha oʻtkazilayotgan paxta tolasi rasmiy namunalarida mavjud boʻlmagan boshqa aralashmalar bor boʻlganda;
paxta tolasi tegishli sanoat navining cheklangan “Iflos” klassidagidan ortiqcha iflos boʻlgan taqdirda;
tola yoki uning tashqi koʻrinishi paxta tolasining etalon namunasiga muvofiq boʻlmagan rangda boʻlganda;
oʻrtacha va uzun tolali paxta tolasi aralash boʻlganda;
tola partiyasida turli sanoat navlaridagi mansub toylar mavjud boʻlganda;
toy zarur darajada markirovka, upakovka qilinmaganda, iflos boʻlganda, toy sirtiga suv tekkanda, shuningdek ushbu paxta tolasi partiyasi uchun hujjatlar mavjud boʻlmaganda.
26. Paxta tolasining O'z DSt 604 talablariga javob bermasligi, ushbu Nizomning 25-bandida sanab oʻtilgan belgilar boʻyicha muvofiqlik sertifikati berilishi mumkin boʻlmaganda bajaruvchi ushbu Nizomning 7-ilovasiga* muvofiq shakl boʻyicha nomuvofiqlik haqidagi bildirishnomani ikki nusxada rasmiylashtiradi.
Bildirishnomani bajaruvchining vakili imzolaydi, mintaqaviy laboratoriya muhri (xizmat koʻrsatish belgisi) bilan tasdiqlaydi.
Bildirishnomaning bir nusxasi paxta tozalash zavodi vakiliga beriladi, ikkinchi nusxasi mintaqaviy laboratoriyada qoladi.
Mintaqaviy laboratoriya Oʻz DSt 604 talablariga javob bermaydigan paxta tolasi mavjudligi boʻyicha axborotlarni tizimlashtiradi va umumlashtiradi hamda maʼlumotlarni Toshkent shahridagi bajaruvchining va “Oʻzpaxtasanoat” AJning Sertifikatlash boshqarmasiga beradi.
27. O'z DSt 604 talablariga javob bermaydigan har qaysi paxta tolasi partiyasi sinovlari natijalari yuzasidan ushbu Nizomning 8-ilovasidagi* shakl boʻyicha paxta tolasi tekshiruvlarining dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Uni bajaruvchining vakillari imzolaydilar, mintaqaviy laboratoriya boshligʻi tasdiqlaydi, unga bajaruvchining mintaqaviy laboratoriyasi muhri (xizmat koʻrsatish belgisi) qoʻyiladi.
Tashqi koʻrinishi (rangi va ifloslanganligi) boʻyicha tasdiqlangan standart namunalarga muvofiq boʻlmagan paxta tolasi partiyasiga tekshiruv dalolatnomasini rasmiylashtirishda ushbu partiyaning sorti va klassi bajaruvchi va yetkazib beruvchi tomonidan, uni qabul qilib olishda xaridor bilan kelishgan holda aniqlanadi.
Inspeksiya dalolatnomasi, muvofiqlik sertifikati oʻrniga, paxta tolasi sifati toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadi.
Oʻz DSt 604 talablariga muvofiq boʻlmagan tola uchun berilgan dalolatnomalar bajaruvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
28. Oʻtkazilgan tekshirishlar natijalariga koʻra xaridor tomonidan terminalda sifati va miqdori boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomasi imzolanadi. Sifati va miqdori boʻyicha qabul qilib olishning xaridorlar tomonidan imzolangan dalolatnoma nusxalari buyurtmachilar tomonidan har kuni bajaruvchi va yetkazib beruvchining mintaqaviy laboratoriyasiga beriladi.
29. Buyurtmachi, yetkazib beruvchi yoki xaridor paxta tolasini sertifikatlash va tortib koʻrish natijalaridan norozi boʻlishgan taqdirda ularning appelatsiyalari amaldagi qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi.
VI bob. Bajaruvchining javobgarligi
30. Bajaruvchi paxta tolasining oʻzi sinab koʻrgan hajmi boʻyicha uning sorti, klassi, uzunligi va “mikroneyr”ini aniqlash yuzasidan xizmatlar koʻrsatishda shartnomaviy majburiyatlarning zarur darajada bajarilishi uchun mulkiy javobgar boʻladi, quyidagilar:
toylar ichidagi brak, paxta tolasini saqlash, yetkazib berish, terminaldan paxta zavodiga qaytarish;
reklamatsiyalarni, daʼvolarni iqtisodiy sudda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
31. Xaridorlarning terminallarda toyning oʻrtacha massasining haqiqiy tafovuti ±1,0 kg dan ortiqligi yuzasidan eʼtirozlari tasdiqlangan taqdirda bajaruvchi buyurtmachiga uning toyni qaytadan tortib koʻrish boʻyicha xizmatlari va ularning normativdan ortiqcha saqlangani uchun, toy massasidagi tafovut qiymatidan tashqari xarajatlarini toʻlaydi, shuningdek aybdor shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq zarur choralar koʻradi.
Bajaruvchi quyidagilarni isbotlab bergan taqdirda toy massasi boʻyicha eʼtirozlar qondirilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi terminallarida qaytadan tortib koʻrishda tortib koʻrishdagi xatolik yoʻl qoʻyiladigan ±0,5 kg miqdoridagi normadan ortiqcha boʻlgan tarozilardan foydalanilganda yoki toy massasi, verguldan keyingi dastlabki oʻninchi belgini hisobga olmasdan, kilogrammlardagi butun miqdorgacha yaxlitlab yozilganda;
tarozilar vakolatli organlarning tekshirish toʻgʻrisidagi guvohnomalariga ega boʻlmaganda;
toylar Oʻz DSt 841 standarti buzilgan holda tortib koʻrilganda, tashilganda va saqlanganda.
32. Xaridorning sertifikatlash va tortib koʻrishlar natijalari yuzasidan eʼtirozlari tasdiqlanmagan taqdirda eʼtirozlarni koʻrib chiqish boʻyicha barcha xarajatlarni buyurtmachi toʻlaydi, keyinchalik ular xaridorlarning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
33. Xarajatlarni toʻlash boʻyicha buyurtmachi va bajaruvchi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
VII bob. Buyurtmachining javobgarligi
34. Buyurtmachi paxta tolasini terminallardan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatisiz (tekshirish dalolatnomasisiz) terminalda toylar boʻyicha tortib koʻrib dalolatnomasisiz hamda sifati va massasi boʻyicha qabul qilib olish dalolatnomasisiz yuklab joʻnatishga haqli emas.
35. Buyurtmachi xaridorlar bilan oʻzi tuzadigan kontraktlarda faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi terminallarda paxta tolasining Oʻzbekiston Respublikasi hududida xaridorning vakillar tomonidan qabul qilib olingan paxta tolasi partiyalari boʻyicha, toy ichidagi brakdan tashqari, sifat va massasi yuzasidan eʼtiroz bildirishga haqli emasligi sharti bilan sifati va massasi boʻyicha qabul qilib olinishini nazarda tutadi.
36. Paxta tolasining toy ichidagi braki boʻyicha biron-bir baholi masalani respublika hududidan tashqarida koʻrib chiqish zarurati paydo boʻlgan taqdirda buyurtmachi yetkazib beruvchining mutaxassislariga viza olishda koʻmaklashishi kerak.
37. Buyurtmachi bajaruvchiga terminallarda doimiy vakolatxona uchun bino berishi kerak. Paxta tolasini eksport qilish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida va darhol hal etish maqsadida buyurtmachi terminallarda bajaruvchining vakillariga terminallarga tushadigan, xaridorlar qabul qilib oladigan, terminallardan yuklab joʻnatiladigan paxta tolasi partiyalari haqida axborot taqdim etishi kerak.
38. Buyurtmachi toy massasini bajaruvchi va yetkazib beruvchi tortib koʻrishgandan keyin toy massasini qayta tekshirish uchun buyurtmachi tomonidan jalb etiladigan tekshiruvchi kompaniyalardan ular qoʻllaydigan tarozilardagi nuqsonlar va vakolatli organlar tomonidan tarozilarning tekshirilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni talab qilishi zarur.
VIII bob. Etkazib beruvchining javobgarligi
39. Etkazib beruvchi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
paxta tolasi toyni tortib koʻrish uchun presslash sexida, shuningdek Oʻz DSt 841 standarti talablariga muvofiq boʻlgan paxta tolasi toyni nazorat tartibida tortib koʻrish uchun paxta tozalash zavodining tayyor mahsulotlarini saqlash maydonchalarida tarozilar oʻrnatish;
tarozilarning toʻgʻri ishlashini nazorat qilish uchun standart tarozi toshlari bilan taʼminlash;
terminallarga tipi va navi boʻyicha bir xil, chet aralashmalarsiz, noxush hidsiz, ortiqcha namsiz va shu kabi paxta tolasi yetkazib berilishini taʼminlashga doir barcha chora-tadbirlarni koʻrish;
pichoqli qurilmalar bilan namunalar qirqilgan joylarda toylar idishlarini qayta tiklash;
paxta tozalash zavodlari presslaridagi pichoq qurilmalarining maqbul holatda boʻlishini va ularning oʻz vaqtida almashtirib turilishini taʼminlash;
paxta zavodidagi paxta tolasi namunalarini saqlash va zarur hujjatlar rasmiylashtirish ishlarini bajaruvchini joylar bilan taʼminlash;
Oʻz DSt 841 standartiga muvofiq boʻlgan paxta tolasini idishga joylash, toylarni markirovka qilish, tashish va saqlash.
40. Etkazib beruvchi paxta tolasini terminallarga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatisiz (tekshirish dalolatnomasisiz) va toylar boʻyicha tortib koʻrish dalolatnomasisiz yuklab joʻnatishga haqli emas.
41. Toylar ichida brak aniqlangan taqdirda yetkazib beruvchi ushbu hajmlarni sotish va qaytarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar boʻyicha mulkiy javobgar boʻladi.
42. Toyning oʻrtacha massasidagi tafovutning ±1,0 kg dan ortiqchaligi yuzasidan xaridorning buyurtmachiga eʼtirozlari tasdiqlangan taqdirda yetkazib beruvchi va buyurtmachi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar paxta tolasi partiyasining haqiqiy massasi boʻyicha amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 36-son, 413-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)