Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish xarajatlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomni hamda patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 26-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Intellektual mulk agentligi bosh direktori A.N. Fayzullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-dekabr,
1020-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomni hamda patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Boj yoki toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatda talabnoma yoki patent, guvohnomaning roʻyxatdan oʻtkazish raqami, boj yoki toʻlov toʻlangan xatti-harakat nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR) boʻlishi lozim. Agar talabnomaga roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilmagan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan hujjatda boj yoki toʻlov toʻlangan xatti-harakatning nomi bilan birgalikda ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalari, shuningdek, birinchi muallifning familiyasi yoki talabnoma beruvchining nomi boʻlishi kerak. Agentlik koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir”;
b) 6 va 8-bandlardagi “buyurtmanoma” soʻzi tegishli kelishikda “talabnoma” soʻzi bilan almashtirilsin.
a) 1.1, 1.1.1, 1.1.2, 1.1.3, 1.2.2, 1.4.1, 1.4.2, 1.4.3, 1.6.1, 1.6.3, 1.6.5, 1.6.6, 1.7.1, 1.7.2, 1.7.3, 2.1, 2.2.1, 2.2.2, 2.3.2, 2.6.1, 2.6.3, 3.1, 3.1.1, 3.1.2, 3.5.1, 3.5.4, 3.5.5, 3.6.1, 3.6.2, 5.1, 5.4, 6.1.1, 6.1.2, 7.1 va 7.4 — bandlardagi “buyurtmanoma” soʻzi tegishli kelishikda “talabnoma” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 1.3.3-bandning “Stavkalar” ustunidagi “3” raqami “0,6” raqami bilan almashtirilsin;
v) 1.4.1-bandning “b” kichik bandi “Stavkalar” ustunidagi “5” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin;
g) 2.4 — kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2.4.3-band bilan toʻldirilsin:

“‎

2.4.3.‎

Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklaganlik uchun ‎

patentning amal qilishini saqlab
‎ turganlik uchun belgilangan boj
‎miqdorining 100 foizi (patentning
‎amal qilishini tiklash toʻgʻrisida
‎iltimosnoma berilgan
‎sana toʻgʻri keladigan yil uchun) ‎

Patentning amal qilishini
‎ tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma
‎ berish bilan bir vaqtda‎

”‎
d) 6-boʻlimning 6.1-6.4-kichik boʻlimlarida “arizalar” va “ariza” soʻzlari tegishli ravishda “apellatsiyalar” va “apellatsiya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)