Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi Nizomni hamda Patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ilmiy-texnik va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini, tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Patent bojlari va toʻlovlari stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining hisob raqamlariga tushadigan patent bojlari va toʻlovlari mablagʻlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan mablagʻlarning:
90 foizi — Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisob raqamiga;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
2 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tegishli hisob raqamiga;
8 foizi — Agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish (mablagʻlarning kamida 50 foizi) sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashishda, shuningdek xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari hisob raqamiga;
b) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan mablagʻlarning:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga;
80 foizi — Agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda hamda sanoat va intellektual mulkning boshqa turlarini huquqiy muhofaza qilish (mablagʻlarning kamida 50 foizi) sohasida xalqaro tashkilotlarda qatnashishda, shuningdek xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi bir oy muddatda oʻzining normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qaror 2006-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-aprel,
65-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
20-apreldagi 65-son qaroriga
1-ILOVA
Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisida
nizom
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
1. Mazkur Nizom:
patent bojlarini (keyingi oʻrinlarda boj deb yuritiladi) toʻlash tartibini, shuningdek ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joylar nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun toʻlovlardan ozod qilish yoki ularni qaytarish asoslarini;
toʻlovlarni undirish tartibini, shuningdek EHM yoki maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlardan foydalanishga mulkiy huquqni berganlik uchun shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun toʻlovlardan ozod qilish yoki ularni qaytarish asoslarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
2. Boj yoki toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) hisob raqamlariga tegishli summalarni oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi hamda toʻlov hujjati bilan tasdiqlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
3. Boj yoki toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatda talabnoma yoki patent, guvohnomaning roʻyxatdan oʻtkazish raqami, boj yoki toʻlov toʻlangan xatti-harakat nomi hamda soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR) boʻlishi lozim. Agar talabnomaga roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilmagan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan hujjatda boj yoki toʻlov toʻlangan xatti-harakatning nomi bilan birgalikda ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalari, shuningdek, birinchi muallifning familiyasi yoki talabnoma beruvchining nomi boʻlishi kerak. Agentlik koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hujjatni qabul qilishni rad etishga haqlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)
4. Toʻlangan boj yoki toʻlovning miqdori belgilangan boj yoki toʻlov miqdoriga muvofiqligi boj yoki toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanada aniqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
5. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlar huquqiy muhofaza qilinishi bilan bogʻliq bojning yoki toʻlovning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan xatti-harakat sodir etilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
6. Agar davlat ekspertizasi oʻtkazilganligi uchun talabnomaga doir boj yoki ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlari guruhlariga talabnoma berilganligi va ekspertiza oʻtkazilganligi uchun bojning belgilangan miqdoridan kam miqdorda boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza ariza beruvchi tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud boʻlmaganda, ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi tavsifida formulada birinchi boʻlib koʻrsatilgan va ular uchun boj toʻlangan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan oʻtkaziladi.
Agar talabnoma boj talabnoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining ariza beruvchi tomonidan tanlangan va ular uchun boj toʻlangan klasslariga nisbatan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻtkaziladi.
(6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)
Ariza beruvchi Agentlik tomonidan yetishmayotgan boj qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida zarur summani toʻlash huquqiga ega.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
7. Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida muhofaza hujjati roʻyxatdan oʻtkazilganligi, eʼlon qilinganligi va berilganligi uchun belgilangan miqdorda boj yoki toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda ushbu tartibotlar amalga oshirilmaydi. Boj yoki toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatib oʻtilgan uch oy muddat tamom boʻlgan kundan boshlab uch oy mobaynida taqdim etilishi mumkin. Ushbu holatda boj yoki toʻlovlar miqdori 50% ga koʻpayadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
8. Toʻlangan talabnoma boji va toʻlovlari qaytarilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1020-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1020/0464-son)
9. Toʻlangan boshqa bojlar yoki toʻlovlar ariza beruvchining — bojni yoki toʻlovlarni toʻlagan shaxsning iltimosiga koʻra bojlar yoki toʻlovlar belgilangan miqdordan ortiq miqdorda toʻlangan yoki uning uchun boj yoki toʻlovlar toʻlangan xatti-harakat sodir etilmagan taqdirda qaytarilishi mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
10. Bojning yoki toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summasi iltimos qiluvchi shaxsning iltimosiga koʻra iltimos berilgan sanada ularni toʻlash mumkin boʻlgan boshqa bojlar yoki toʻlovlar toʻlanishi hisobiga oʻtkazilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
11. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar patent bojlarini yoki toʻlovlarini milliy valyutada toʻlaydilar. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bojni yoki toʻlovni, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlov kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyuta “soʻm”da toʻlaydilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
12. Bojlarni yoki toʻlovlarni qaytarishga doir bank xizmatlari uchun boj yoki toʻlovlar toʻlagan shaxs hisobidan haq toʻlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
13. Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, EHM va maʼlumotlar bazalari uchun dasturlarning yagona mualliflari boʻlgan hamda oʻz nomiga muhofaza hujjati soʻrayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek I guruh nogironlari Patent bojlari stavkalarining 1.1 — 1.4, 2.1 — 2.4, 3.1 — 3.2, 5.1 — 5.2, 7.1 — 7.2-bandlarida nazarda tutilgan bojlarni yoki toʻlovlarni toʻlashdan tegishli ravishda ozod qilinadilar.
Ushbu bandda nazarda tutilgan bojni yoki toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilish ariza beruvchining iltimosnomasiga koʻra beriladi va quyidagi hujjatlarning nusxalari bunga asos hisoblanadi:
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxsning guvohnomasi;
urush yillari front ortida ishlaganlik (yoki xizmat qilganlik) uchun berilgan guvohnoma;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi.
Litsenziya shartnomasi, muhofaza hujjatini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzishda boj yoki toʻlovlar miqdorini kamaytirish nazarda tutilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
20-apreldagi 65-son qaroriga
2-ILOVA
Patent bojlari va toʻlovlari
Stavkalari
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 285-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 520-modda)

Boj yoki toʻlovlar kodi

Boj yoki toʻlovlarning vazifasi

Stavkalar

Boj yoki toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish muddatlari

milliy valyutada (belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent)

xorijiy valyutada (AQSh dollari)

1.‎ ‎‎Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari

1.1.‎

1.1. Talabnoma berilganligi uchun toʻlanadigan boj

1.1.1.‎

Patent berishga, rasmiy ekspertiza oʻtkazishga va maʼlumotlarni eʼlon qilishga talabnoma berish:‎

Buyurtmanoma berish bilan bir vaqtda‎‏‏

— bitta ixtiroga ‎

1‎‎

420‎‎

— ixtirolar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir ixtiroga‎

0,5‎

210‎

— 35 sahifadan ortiq boʻlgan tavsifning keyingi har bir sahifasi uchun qoʻshimcha ravishda ‎‎

0,01‎

0,4‎‎

1.1. ‎‎2

‎‎Patent berishga, rasmiy ekspertiza oʻtkazishga talabnoma berish:‎

— bitta foydali modelga‎‎

1‎‎

420‎

— foydali modellar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir foydali modelga‎‎

0,5

210

1.1.3.‎

Patent berishga, rasmiy ekspertiza oʻtkazishga talabnoma berish:‎

— sanoat namunasining bitta variantiga‎‎

1‎

420‎

variantlarga, qoʻshimcha ravishda ikkitadan oʻntagacha boʻlgan har bir variant uchun‎

0,5

210

— variantlarga, qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan har bir variant uchun‎

1

420

1.2. �

Ekspertiza oʻtkazilganligi uchun toʻlanadigan boj ‎‎ ‎

1.2.1.‎‎

Quyidagilarga nisbatan ekspertiza oʻtkazish:‎‎

2‎

840‎

‎‏‎‏Rasmiy ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida‎‏
‎‏

— bitta foydali modelga‎‎

— foydali modellar guruhiga, bittadan ortiq boʻlgan har bir foydali modelga‎‎

2‎

840‎

— oʻntadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎‎

0,2‎

84‎

— qoʻshimcha ravishda yigirmatadan ortiq formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎‎

0,1‎

42‎

1.2.2.‎

Quyidagilarga nisbatan ilmiy-texnik ekspertiza oʻtkazish:‎

a) bitta ixtiroga‎

3‎

1260‎



Ilmiy-texnik ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎

— ixtirolar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir ixtiroga‎

3‎

1260‎

— qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎

0,2‎

84‎

— qoʻshimcha ravishda yigirmatadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎

0,1‎

42‎

b) — bitta sanoat namunasiga‎

3‎

1260‎


Rasmiy ekspertiza oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi qaror yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida ‎

— qoʻshimcha ravishda ikkitadan oʻntagacha sanoat namunasining har bir variantiga‎

1‎

420‎

— qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan sanoat namunasining har bir variantiga‎

2‎

840‎

v) ixtiro uchun berilgan talabnomada xalqaro qidirish organlarining biri tomonidan tayyorlangan xalqaro qidirish toʻgʻrisida hisobot mavjud boʻlgan taqdirda, Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boj miqdori quyidagilarni tashkil etadi:‎

— bitta ixtiroga‎

2,5‎

1000‎




Ilmiy-texnik ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎

— ixtirolar guruhiga, qoʻshimcha ravishda bittadan ortiq boʻlgan har bir navbatdagi ixtiroga‎

2‎

840‎

— qoʻshimcha ravishda oʻntadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎

0,2‎

84‎

— qoʻshimcha ravishda yigirmatadan ortiq boʻlgan formulaning har bir bogʻliq boʻlgan bandiga‎

0,1‎

42‎

1.3. ‎

‎‎Patentlarni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish

1.3.1.‎

Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasini roʻyxatdan oʻtkazish‎

0,6‎

250‎

Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida

1.3.2.‎

Eʼlon qilish:‎

a) rasmiy byulletenda roʻyxatdan oʻtkazilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎

0,2‎

84‎

b) ixtiroga, foydali modelga tavsif:‎

— 35 varaqqacha boʻlgan hajmda, shu jumladan formula, chizmalar, referat va boshqa materiallar‎

0,6‎

250‎

— qoʻshimcha ravishda 35 varaqdan ortiq boʻlgan har bir navbatdagi varaq uchun‎

0,01‎

8,4‎

1.3.3.‎

Patentlarni berish‎

0,6‎

250‎

1.4. ‎

‎‎Patentlarning amal qilishini saqlaganlik uchun toʻlanadigan boj

1.4.1.‎

Foydali modelga patentning a�al qilishining har bir yili uchun talabnoma berilgan sanadan boshlab har yili saqlash:‎

‎‏Birinchi yil uchun — patent roʻyxatdan oʻtkazilganligi, eʼlon qilinganligi va berilganligi uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda, keyingi yillar uchun — joriy yilda patentning amal qilish muddati tamom boʻlishiga qadar oxirgi uch oy mobaynida

a) 5 yil doirasida‎

1‎

420‎

b) 6—8 yil doirasida‎

1‎

420‎

1.4.2.‎

Talabnoma berilgan sanadan boshlab ixtiroga patentning amal qilishini saqlash:‎

Uch yil uchun – patent berilganligi uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillar uchun – joriy yilning oxirgi uch oyi mobaynida

uchinchi yil uchun‎

0,2‎

84‎

— toʻrtinchi
‎— oltinchi yillar uchun‎

0,4‎

168‎

— yettinchi ‎
‎— oʻninchi yillar uchun

0,5

210

— oʻn birinchi
‎‎— oʻn toʻrtinchi yillar uchun‎

0,7‎

294‎

— oʻn beshinchi
‎‎— oʻn oltinchi yillar uchun ‎

0,9‎‎

378‎

–– oʻn yettinchi
‎‎–– yigirmanchi yillar uchun‎‎

1‎

420‎

Ixtiroga patentning amal qilishini har yili talabnoma berilgan sanadan boshlab uzaytirish: ‎‎

— yigirma birinchi
‎‎–– yigirma beshinchi yillar uchun‎‎

3‎

1260‎

1.4..3. ‎

Amal qilishining talabnoma berilgan sanadan boshlab sanoat namunasiga patentning amal qilishini har yili saqlash:

Uch yil uchun — patent berilganligi uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillar uchun — patent amal qiladigan muddat oʻtgungacha oxirgi uch oy mobaynida

‎uchinchi—yettinchi yillar uchun

1‎

420‎

sakkizinchi—oʻninchi yillar uchun

1,5‎

630‎

oʻn birinchi—oʻn beshinchi yillar uchun (uzaytirilgan har bir yil uchun)

2‎

840‎

1.4.4.‎

Qoʻshimcha boj:‎

a) patentning amal qilish muddati oʻtgandan keyin 6 oylik muddat berganlik uchun‎‎

belgilangan boj miqdorining 50 foizi‎‎

Uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎‎

b) ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga patentning amal qilish muddatini tiklaganlik uchun‎‎

patentning amal qilishini saqlab turganlik uchun belgilangan boj miqdorining 100 foizi (patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida ariza berilgan sana toʻgʻri keladigan yil uchun) ‎‎

Patentning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎‎

1.5. ‎

Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga huquqlar‎‎ berish ‎toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish

1.5.1.‎

Quyidagilardan iborat boʻlgan litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish:‎

Ariza berish bilan bir vaqtda‎

— ixtiroga, sanoat namunasiga, foydali modelga bitta patent‎

2‎

840‎

— ixtiroga, sanoat namunasiga, foydali modelga bir nechta patent, litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan har bir muhofaza hujjati uchun qoʻshimcha ravishda‎

1‎

420‎

1.5.2.‎

Quyidagilarga boʻlgan huquqni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish:‎

— ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga patent‎

3‎

1260‎

— ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga bir nechta patent, huquqini boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan har bir muhofaza hujjati uchun qoʻshimcha ravishda‎

2‎

840‎

1.5.3.‎

Ixtirodan, foydali modeldan, sanoat namunasidan foydalanishga huquqni istalgan shaxsga berish toʻgʻrisidagi ariza haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish (ochiq litsenziya)‎

0,2‎

84‎

‎‎1.6. ‎

Oʻzgartirishlar kiritish

1.6.1.‎

Arizachining tashabbusiga koʻra ixtiro, foydali model, sanoat namunasi yuzasidan talabnomaga, shu jumladan ixtiro, foydali model formulasiga, davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha sanoat namunasining muhim belgilari roʻyxatiga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish‎

0,5‎

210‎

Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎

1.6.2.‎

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi roʻyxatdan oʻtkazilgungacha arizachini oʻzgartirish‎

0,5‎

210‎

Oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎

1.6.3.‎

Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga talabnomani ajratish, dastlabki talabnomadan ajratilgan har bir buyurtmanoma uchun (birgalik buzilgan taqdirda)‎

2‎

840‎

Ajratilgan buyurtmanomani berish bilan bir vaqtda

1.6.4.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga va patentni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish‎

0,5‎

210‎

Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎

1.6.5.‎

Ixtiroga talabnomani foydali modelga talabnomaga oʻzgartirish‎

0,3‎

125‎

Buyurtmanomalarni oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎‏

1.6.6.‎

Foydali modelga talabnomani ixtiroga buyurtmanomaga oʻzgartirish‎

0,5‎

210‎

1.7. ‎

Hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish va tiklash ‎‎

1.7.1.‎

Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunalariga talabnomalar boʻyicha ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan muddatini uzaytirish, uzaytirilgan har bir oy uchun:‎

Belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎‏
‎‏

— belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha doirasida‎

0,2‎

84‎

— 6 oydan 12 oygacha‎

1‎

420‎

1.7.2.‎

Muddatini uzaytirish:‎

a) ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga talabnomalar sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasida belgilangan muddatdan kechikib berilganda konvension ustuvorlikni soʻrash muddatini, lekin koʻpi bilan 2 oyga ‎‎

0,5‎‎

210‎

Ariza berish bilan bir vaqtda‎‎‏

b) ixtiroga ilmiy-texnik ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berish muddatini, lekin koʻpi bilan 2 oyga ‎

0,5‎‎

210‎

1.7.3.‎

Quyidagi muddatlar doirasida berilgan iltimosnoma boʻyicha, ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga talabnomalar yuzasidan ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan, arizachi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash:‎

Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎‏
‎‏

— belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 6 oygacha‎

1,4‎

600‎

— 6 oydan 12 oygacha‎

3‎

1260‎

2.‎ ‎‎Seleksiya yutuqlari

2.1.‎

Talabnoma bojlari‎

Seleksiya yutuqlariga patent berish yuzasidan talabnomalar berish va rasman ekspertiza oʻtkazish‎

1‎

420‎

Talabnoma berish bilan bir vaqtda‎

2.2. ‎

‎‎Patentga munosiblik yuzasidan ekspertiza oʻtkazish uchun bojlar

2.2.1.‎

Seleksiya yutugʻining yangilik ekanligi yuzasidan ekspertiza oʻtkazish‎

1‎

420

Koʻrib chiqishga talabnoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida‎

2.2.2.‎

Seleksiya yutugʻining farqlanishi, oʻxshashligi va barqarorligi yuzasidan sinovlar oʻtkazish‎

4‎

1260‎

Talabnoma sinov rejasiga kiritilgani toʻgʻrisida bildirishnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida‎

2.3. ‎

‎‎Patentlarni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish

2.3.1.‎

Seleksiya yutugʻini roʻyxatdan oʻtkazish‎

0,6‎

250‎

‎‏Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida‏

2.3.2.‎

Eʼlon qilish:‎

a) rasmiy axborotnomada:‎

— seleksiya yutugʻi yuzasidan talabnoma qabul qilingani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎

0,2‎

84‎

— roʻyxatdan oʻtkazilgan seleksiya yutuqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎

0,2‎

84‎

b) seleksiya yutugʻiga tavsiflar:‎

—referat va boshqa materiallar bilan birga 35 listgacha hajmda:‎

0,6‎

250‎

— 35 listdan ortiq keyingi har bir list uchun‎

0,01‎

8,4‎

2.3.3.‎

Patentlar berish‎

0,6‎

250‎

2.4. ‎

Seleksiya yutuqlariga patentning amal qilishini saqlash uchun �ojlar

2.4.1.‎

Seleksiya yutugʻiga patentni roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻz kuchida saqlash, amal qilishining har bir yili uchun:

Birinchi yil uchun — patentni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish uchun boj toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda. Keyingi yillarda joriy yilda patentning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch oy mobaynida

birinchi — uchinchi yillar uchun

0,2

84

toʻrtinchi — oltinchi yillar uchun

0,4

168

yettinchi — oʻninchi yillar uchun

0,5

210

oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi yillar uchun

0,7

294

oʻn beshinchi — oʻn oltinchi yillar uchun

0,9

378

oʻn yettinchi — yigirmanchi yillar uchun

1

420

yigirma birinchi — oʻttizinchi yillar uchun (uzaytirish)

1,2

504

2.4.2.‎

Patentning amal qilish muddati tugagandan keyin 6 oy muddat berganlik uchun qoʻshimcha boj‎

belgilangan boj
‎miqdorining 50 foizi‎‎

Muddatni uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎

2.4.3.‎ ‎

Seleksiya yutugʻi patentining amal qilishini tiklaganlik uchun ‎ ‎

patentning amal qilishini saqlab ‎ turganlik uchun belgilangan boj ‎miqdorining 100 foizi (patentning ‎amal qilishini tiklash toʻgʻrisida ‎iltimosnoma berilgan ‎sana toʻgʻri keladigan yil uchun) ‎ ‎

Patentning amal qilishini ‎ tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma ‎ berish bilan bir vaqtda‎ ‎

2.5. ‎

‎‎Seleksiya yutuqlariga huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish

2.5.1‎

Quyidagilardan iborat litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish:‎

‎‏Huquqni berish toʻgʻrisidagi ariza bilan bir vaqtda
‎‏

— seleksiya yutugʻiga bitta patent‎

2‎

840‎

— seleksiya yutugʻiga bir nechta patent, litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan har qaysi patent uchun qoʻshimcha ravishda‎

0,5‎

420‎

2.5.2.‎

Quyidagilar:

seleksiya yutugʻiga patentni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish ‎

3‎

1260‎

seleksiya yutugʻiga bir nechta patentlarni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish, boshqaga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan har bir patent uchun qoʻshimcha ravishda ‎

2‎

840‎

2.5.3.‎

Seleksiya yutugʻidan foydalanishga huquqni istalgan shaxsga berish toʻgʻrisidagi arizaga doir maʼlumotlarni eʼlon qilish (ochiq litsenziya)‎

0,2‎

84‎

Ariza berish bilan bir vaqtda‎

2.6. ‎

‎‎Oʻzgartirishlar kiritish

2.6.1.‎

Davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha seleksiya yutugʻiga talabnomaga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish‎

0,5‎

210‎

Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎

2.6.2.‎

Seleksiya yutugʻi roʻyxatdan oʻtkazilgungacha arizachini oʻzgartirish‎

0,5‎

210‎

Oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎

2.6.3.‎

Seleksiya yutugʻiga talabnomani ajratish, dastlabki talabnomadan ajratilgan har bir talabnoma uchun (birgalik buzilgan taqdirda)‎

2‎

840‎

Talabnomani ajratish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎

2.6.4.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga va patentni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish‎

0,5‎

210‎

Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎

2.7. ‎

Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash‎‎

quyidagi muddatlarga berilgan iltimosnoma boʻyicha arizachi tomonidan oʻtkazib yuborilgan qonunda belgilangan muddatni tiklash:‎

Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎‏
‎‏
‎‏

— belgilangan muddat tugagan sanadan boshlab 2 oygacha‎

0,6‎

250‎

— 3 oydan 4 oygacha‎

1‎

420‎

— 6 oygacha‎

1,2‎

500‎

2.8.‎

‎‎Hujjatlar taqdim etish muddatini uzaytirish

Hujjatlarni taqdim etishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatini bir oyga (bir oydan oshmagan muddatga) uzaytirish: ‎

0,2‎

84

Belgilangan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma berish bilan bir vaqtda ‎‎

3.‎Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovarlar kelib chiqish joyining nomi ‎‎

3.1. ‎

‎‎Talabnoma bojlari

3.1.1.‎

Tovar belgisini, xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga va talabnomadagi koʻrsatkichlarni davlat ekspertizasidan oʻtkazishga talabnomalar berish:‎

Talabnoma berish bilan bir vaqtda‎

— MKTU bitta klassi uchun‎

1,5‎

600‎

— bittadan ortiq har bir MKTU klassi uchun‎

0,5‎

200‎

— jamoa belgisining MKTU bitta klassi uchun‎

1,5‎

600‎

— bittadan ortiq jamoa belgisining MKTU har bir klassi uchun‎

0,5‎

200‎

3.1.2.‎

Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga va undan foydalanish huquqini berishga, tovarning roʻyxatdan oʻtkazib boʻlingan kelib chiqqan joyidan foydalanish huquqini berishga va davlat ekspertizasi oʻtkazishga talabnomalar berish‎

1,5‎

600‎

3.2. ‎

‎‎‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnoma berish

3.2.1.‎

Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish‎
‎Oʻzbekiston Respublikasida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatidagi tovar belgisini kiritish.

0,6‎

250‎

Ekspertiza qarori yoki Apellatsiya keng�shining Oʻzbekiston Respublikasi hududida hammaga maʼlum tovar belgilari roʻyxatini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida‎‏

3.2.2.‎

Tovar belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qilish‎, hammaga maʼlum tovar belgilariga tegishli maʼlumotlar.

0,2‎

84‎

3.2.3.‎

Guvohnoma berish‎

0,6‎

250‎

3.3. ‎

‎‎Guvohnomalarning amal qilishini saqlash uchun bojlar

3.3.1.‎

Tovar belgisiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun:‎

Birinchi yil uchun — roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnoma berish uchun boj toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda.

— MKTU bitta klassi uchun‎

2‎

600‎

— bittadan ortiq har bir klass uchun‎

0,5‎

60‎

3.3.2.‎

Jamoa belgisiga guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun:‎

‎‏Keyingi yillar uchun — guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch oy mobaynida‏

— MKTU bitta klassi uchun‎

3‎

1200‎

— bittadan ortiq har bir klass uchun‎

0,5‎

120

3.3.3.‎

Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun‎

1,5‎

600‎

3.3.4.‎

Guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin 6 oylik muddat berish uchun qoʻshimcha boj‎

‎‎belgilangan boj miqdorining
‎ 50 foizi

Muddatni uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎

3.4. ‎

‎‎Tovar belgilariga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish

3.4.1.‎

Quyidagilardan iborat boʻlgan litsenziya shartnomasini roʻyxatdan oʻtkazish:‎

‎‏Huquq berish toʻgʻrisidagi ariza bilan bir vaqtda
‎‏

— bitta tovar belgisi‎

2‎

840‎

— bir nechta tovar belgilari;
‎litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan har bir tovar belgisi uchun qoʻshimcha ravishda‎

1‎

420‎

3.4.2.‎

Quyidagilarni berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish:‎

— bitta tovar belgisini‎

3‎

1260‎

— bir nechta tovar belgilarini;
‎berish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan har bir tovar belgisi uchun qoʻshimcha ravishda‎

1,5‎

630‎

3.5. ‎

‎‎Oʻzgartirishlar kiritish

3.5.1.‎

Davlat ekspertizasi qarori chiqqungacha arizachining tashabbusiga koʻra tovar belgisiga talabnomaga va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga talabnomaga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish‎

0,5‎

210‎

Oʻ�gartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎‏
‎‏

3.5.2.‎

Tovar belgisiga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisida oʻzgartirishlar kiritish‎

1‎

420‎

3.5.3.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomasiga va huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish‎

0,5‎

210‎

3.5.4.‎

Tovar belgisiga talabnomalarni ajratish (dastlabki talabnomadan ajratilgan har bir talabnoma uchun) yoki tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishni ajratish (yangidan paydo boʻlgan har bir roʻyxatdan oʻtkazish uchun)‎

1,4‎

600‎

Ajratish toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎

3.5.5.‎

Talabnoma berilgan sanadan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish sanasigacha boʻlgan davrda berilgan tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan talabnomaga huquqni boshqaga berish munosabati bilan arizachini oʻzgartirish‎

1,5‎

630‎

Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda‎

3.6. ‎

‎‎Ekspertiza soʻrovi boʻyicha hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish va tiklash

3.6.1.‎

Tovar belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomiga talabnomalar boʻyicha ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan muddatini uzaytirish, uzaytirishning har bir oyi uchun‎

0,2‎

84‎

Uzaytirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda‎

3.6.2.‎

Tovar belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomiga talabnomalar boʻyicha ekspertiza soʻroviga javob berishning qonunda belgilangan, arizachi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash‎

1‎

240‎

Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎

‎‎5. Integral mikrosxemalar topologiyalari

5.1. ‎

Talabnoma bojlari

Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazishga va davlat ekspertizasi oʻtkazishga talabnomalar berish‎

1‎

420‎

Talabnomalar berish bilan bir vaqtda‎

5.2. ‎

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnomalar berish

5.2.1.‎

Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish‎

0,6‎

250‎

‎‏‎‏Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida

5.2.2.‎

Roʻyxatdan oʻtkazilgan integral mikrosxemalar topologiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy axborotnomada eʼlon qilish‎

0,2‎

84‎

5.2.3.‎

Guvohnomalar berish‎

0,6‎

250‎

5.3. ‎

‎‎Integral mikrosxemalar topologiyasiga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish

Integral mikrosxemalar topologiyasiga huquqlar berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish‎

2‎

840‎

Huquq berish toʻgʻrisida ariza bilan bir vaqtda‎

5.4. ‎

‎‎Oʻzgartirishlar kiritish

Davlat ekspertizasi qarori chiqarilgungacha integral mikrosxemalar topologiyasi yuzasidan talabnomaga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish‎

0,5‎

210‎

Oʻzgartirishlardan iborat materiallar bilan bir vaqtda

‎‎6. Apellatsiyalarni va arizalarni apellatsiya kengashi tomonidan koʻrib chiqish

6.1. ‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining qarorlari yuzasidan arizalar

6.1.1.‎

Talabnomalarning rasman ekspertizasi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan ‎ apellatsiyalar

0,6‎

250‎

Apellatsiya berish bilan bir vaqtda‎

6.1.2.‎

Quyidagilar boʻyicha qabul qilingan qarorlar yuzasidan apellatsiyalar:‎

a) foydali modelga talabnomalar ekspertizasi‎

1‎

420‎

b) yangi seleksiya yutugʻi ekspertizasi‎

1‎

420‎

v) ixtiro, sanoat namunasiga talabnomalar mohiyati boʻyicha ekspertiza‎

1,4‎

590‎

g) seleksiya yutugʻining farqlanishi, bir xilligi va barqarorligi yuzasidan sinab koʻrish‎

1,4‎

590‎

d) koʻrsatilgan belgi, shu jumladan xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish predmeti hisoblangan belgi ekspertizasi‎

1,4‎

590‎

6.2. ‎

‎‎Huquqiy muhofaza qilishga qarshi apellatsiya

Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga patent yoki integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma berishga qarshi apellatsiyalar‎

2‎

840‎

Apellatsiya berish bilan bir vaqtda‎

6.3. ‎

‎‎Muhofaza hujjatining amal qilishiga qarshi apellatsiyalar


‎Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlariga patentlarning haqiqiyligiga qarshi apellatsiyalar

‎Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning haqiqiyligiga qarshi apellatsiyalar
‎‎Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi, tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi, tovarlarning kelib chiqish joyi nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi ‎ apellatsiyalar
‎Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilishiga qarshi apellatsiyalar‎

3‎

1260‎

Apellatsiya berish bilan bir vaqtda‎

6.4. ‎

‎‎Tovarning kelib chiqish joyi nomini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi apellatsiyalar

Tovarning kelib chiqish joyi nomini roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish toʻgʻrisidagi ‎apellatsiyalar

2‎

840‎

Apellatsiya berish bilan bir vaqtda‎

6.5. ‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasida barchaga maʼlum boʻlgan tovar belgisini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizalar

Oʻzbekiston Respublikasida barchaga maʼlum boʻlgan tovar belgisini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ‎ arizalar

4‎

1680‎

Ariza berish bilan bir vaqtda‎

6.6. ‎

Soʻralayotgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish‎‎

Soʻralayotgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish, uzaytirishning har bir oyi uchun‎

0,2‎

84‎

Iltimosnoma berish bilan bir vaqtda‎

7. EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlar ‎‎

7.1.‎

‎‎Talabnomaga doir toʻlovlar

EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish uchun talabnomalar berish ‎

0,5‎

210‎

Talabnomalar berish bilan bir vaqtda ‎

7.2.‎

Guvohnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va berish

7.2.1.‎

EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlarni roʻyxatdan oʻtkazish ‎

0,2‎

84‎

Ekspertiza qarori joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida ‎

7.2.2.‎

Rasmiy byulletenda EHM va maʼlumotlar bazasi uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan dasturlarni eʼlon qilish ‎

0,1‎

42‎

7.2.3.‎

Guvohnomalarni berish ‎

0,2‎

84‎

7.3.‎

‎EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturlarga huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish

7.3.1.‎

EHM va maʼlumotlar bazasi �chun dasturga barcha mulkiy huquqlarni toʻliq boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish ‎

1‎

420‎

Huquqni berish toʻgʻrisidagi arizani berish bilan bir vaqtda ‎

7.3.2.‎

EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturga mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish ‎

0,5‎

210‎

7.4.‎

Oʻzgartirishlar kiritish ‎‎

Davlat ekspertizasi qarori qabul qilingunga qadar EHM va maʼlumotlar bazasi uchun dasturga talabnomalarga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish ‎

0,2‎

84

Tarkibida oʻzgartirishlar mavjud boʻlgan materiallar bilan bir vaqtda ‎‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
20-apreldagi 65-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari toʻgʻrisidagi nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2002-yil 14-oktabrdagi 357-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 59-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda) 2-bandi, shuningdek qarorga 3-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilova 19-bandining ikkinchi xatboshi.