O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ULGURJI VA BIRJA SAVDOSINI TASHKIL ETISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
“Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va birja savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 27-apreldagi PF-2836-son Farmoniga muvofiq hamda respublikada ulgurji va birja savdosini tashkil etishni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, moddiy-texnika resurslari narxlarining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-martdagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 10-11-son, 100-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-martdagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 10-11-son, 100-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-martdagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 10-11-son, 100-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-martdagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 10-11-son, 100-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
2001-yil 1-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda tugatilayotgan “O‘zulgurjibirjasavdo”uyushmasi tizimiga kirgan tashkilotlarning xususiylashtirilishi va tashkil etilishi natijalarini puxta o‘rganib chiqsin. Qonunchilik buzilishlari aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilsin, aybdor shaxslar esa javobgarlikka tortilsin;
“O‘zulgurjisavdo” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamg‘armasini tugatilayotgan “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasining mol-mulki va 1-ilovada ko‘rsatilgan tashkilotlar aksiyalarining davlatga tegishli paketlari qiymati hisobiga bir oy muddatda shakllantirsin;
aksiyalarning davlat mulkiga tegishli paketini kompaniyaning shakllantirilgan ustav jamg‘armasining 25 foizidan ortiq bo‘lmagan, mehnat jamoasi ulushi — 10 foizgacha miqdorda saqlab qolinishini nazarda tutuvchi “O‘zulgurjisavdo” kompaniyasi aksiyalari emissiyasi prospektini ikki oy muddatda ro‘yxatdan o‘tkazsin;
3-ilovaga* muvofiq hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamg‘armalari tarkibini ularning ustav jamg‘armasining ko‘pi bilan 25 foizi davlat mulki, 10 foizgachasi mehnat jamoasi ulushi bo‘lishini ta’minlagan holda uch oy muddatda o‘zgartirsin. Hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga ishonchli boshqaruvchilarni tanlov asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tayinlasin.
* 3-ilova berilmaydi.
6. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy tovar-xom ashyo birjalari aksiyadorlarining O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasiga uning filiallari huquqi bilan, ulardan savdo maydonchalari sifatida foydalangan va birja savdolarining yagona elektron tizimini joriy etgan holda qo‘shilishi to‘g‘risidagi;
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining uning huzurida metall buyumlar, yog‘och-taxta va qurilish materiallari sotish bo‘yicha ixtisoslashgan savdo maydonlari tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
7. O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
2002-yil 1-yanvargacha hududiy tovar-xom ashyo birjalarini O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasiga qo‘shib yuborish va birja savdolarining yagona elektron tizimini joriy etish bo‘yicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
“import shartnomalari bo‘yicha tovar-xom ashyo birjalari yoki yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalarida norezident-sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar faqat birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bog‘liq xizmatlar (vositachilik yig‘imlari, brokerlik haqlari, tashish xarajatlari va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar) to‘lovlari uchun ishlatilishi mumkin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan norezidentlar tomonidan olingan mablag‘lardan birja brokerlari O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish (sotish) uchun norezidentlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida foydalanishi mumkin;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida bo‘lgan mablag‘lardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
birja brokerlari mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olingan mablag‘lar hisobiga mijoz-norezident nomidan xorijiy valyutani sotib olishga (sotishga) tijorat banklariga buyurtmanomalar berish, norezidentlar — yuridik shaxslar esa — O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotishdan olingan mablag‘lar hisobiga xorijiy valyutani sotib olish (sotish) huquqiga egadir.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 323-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son)
O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, shu jumladan uning filiallari, istisno tariqasida, mul solig‘i to‘lashdan besh yil muddatga ozod qilinadi, bo‘shab qolayotgan mablag‘lar uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, elektron birja savdolarining yagona tizimini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 912-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son)
10. Birja savdolari orqali sotiladigan mahsulotlar narxlarining sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida birja savdosi qatnashchilari tomonidan vositachilik ajratmalarining birjalar belgilaydigan miqdorlari belgilangan tartibda moliya organlarida kelishib olinishi belgilab qo‘yilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati, transport va aloqa kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
metall buyumlar, yog‘och-taxta materiallari, boshqa qurilish materiallari, shu jumladan chet eldan keltiriladigan, turli tovarlar muomalada bo‘ladigan birja bozori shakllantirilishini;
birja savdolariga respublika korxonalarida va xorijiy moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilarda ehtiyoj katta bo‘lgan mahsulotlar keng jalb etilishini ta’minlasinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tovar-xom ashyo birjalari hamda “O‘zko‘rgazmasavdo” ochiq aksiyadorlik jamiyatining yarmarka savdolari orqali faqat erkin almashtiriladigan valyutaga eksportga sotiladigan tovarlar ro‘yxati yuzasidan takliflar kiritsinlar.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi – “O‘zulgurjibirjasavdo”ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 14-martdagi 136-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hukumatning 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Alimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 1-may,
198-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-martdagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 10-11-son, 100-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-martdagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 10-11-son, 100-modda)
O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining tashkiliy tuzilmasi
*Metall buyumlar, yog‘och-taxta va qurilish materiallari sotish bo‘yicha ixtisoslashgan savdo maydonchalari tashkil etish uchun “O‘zqurilishmaterialsavdo” va “O‘zelektrpriborsavdo” OAJlari O‘zRTXBga qo‘shib yuboriladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAXKAMASINING AYRIM QARORLARIGA KIRITILAYOTGAN O‘ZGARTIRISHLAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Birja va yarmarka savdolarida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish, sotib olish va ularni olib chiqib ketish tartibidagi:
13-band “birja” so‘zidan keyin “yoki uning filiali” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ko‘rsatib o‘tilgan Tartib quyidagi mazmundagi 16-17-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“16. Birjaning barcha qatnashchilari, shu jumladan hududiy savdo maydonlaridan foydalanuvchi brokerlar uchun real vaqt rejimida tashkil etilgan birja savdosi natijalari bo‘yicha tuzilgan eksport kontrakti:
tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalari birja savdolarida tuziladigan kontraktlar bo‘yicha identifikatsiya tartib raqamlari berish tartibiga muvofiq birja tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
birja yoki uning filiali tomonidan rasmiylashtiriladi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Eksport kontraktida:
o‘tkazilgan birja savdosi sanasi:
birja savdosi protokolining tartib raqami ko‘rsatilishi shart.
hujjatlarda ko‘rsatilgan, 5-bandda sanab o‘tilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ularni imzolagan mansabdor shaxslar javob beradilar.
Eksport kontraktlari (jumladan, birja filiallari tomonidan rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan kontraktlar)ning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun birja javob beradi.
17. Birja va yarmarka savdolarida tuzilgan eksport kontraktlari norezidentlari tomonidan milliy valyutada haq to‘lash faqat respublikaning vakolatli banklarida ochilgan xorijiy banklarning “Loro” korrespondentlik hisob raqamlari orqali yoki birjalarning hisob-kitob-kliring palatalaridagi importchilarning hisob raqamlaridan amalga oshirilishi mumkin”.
Ko‘rsatilgan Tartibning 16—20-bandlari tegishli ravishda 18—22-bandlar deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 223-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 1999-y., 5-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjalari savdolarida import kontraktlari tuzish tartibida:
2-bandning birinchi xatboshiga “chopar bilan yoki faksimil aloqa orqali (o‘z xohishiga ko‘ra)” so‘zlari qo‘shilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Birjaning barcha qatnashchilari, shu jumladan hududiy savdo maydonlaridan foydalanuvchi brokerlar uchun real vaqt rejimida tashkil etilgan birja savdosi natijalari bo‘yicha tuzilgan import kontrakti:
tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalari birja savdolarida tuziladigan kontraktlar bo‘yicha identifikatsiya tartib raqamlari berish tartibiga muvofiq birja tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
birja yoki uning filiali tomonidan rasmiylashtiriladi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Import kontraktida:
real vaqt rejimida o‘tkazilgan birja savdosining sanasi;
birja savdosi protokolining tartib raqami ko‘rsatilishi shart.
hujjatlarda ko‘rsatilgan, 2-bandda sanab o‘tilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ularni imzolagan mansabdor shaxslar javob beradilar.
Import kontraktlari (shu jumladan birja filiallari tomonidan rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan kontraktlar)ning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun birja javob beradi”.
7-bandda “birja” so‘zidan keyin “yoki uning filiali”so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 8-9-son, 67-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 9-son, 45-modda; 2004-y., 22-23-son, 260-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2011-y., 10-11-son, 100-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/912/0254-son; 09/18/102/0685-son, 04.05.2018-y., 09/18/323/1159-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)