1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablag‘ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
1. Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasini 1-ilovaga muvofiq belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
3. Boshqaruv xodimlari soni 4 nafardan va 5-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmaga ega bo‘lgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda Direksiyalar deb ataladi) davlat unitar korxonalari tashkil etilsin.
Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlariga (keyigi o‘rinlarda ma’muriy kengash) Direksiyalarning tasdiqlangan tuzilmasiga va xodimlari soniga investitsiyalar hajmi va erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirilgan investitsiya loyihalari soniga bog‘liqlik asosida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
4. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlari ushbu qarorga 6 — 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari direksiyalari O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha 2017 — 2018-yillar davrida Direksiyalarni ta’minlash uchun, keyingi yillarda ularning o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tishi sharti bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratsin.
7. Quyidagilar:
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Samarqand viloyati, Urgut tumani, Urgut shahri, Navoiy shohko‘chasi, 104-uy manziliga;
“G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Mustaqillik maydoni, 2-uy manziliga;
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Turon ko‘chasi, 1-uy manziliga;
Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 23-uy manziliga joylashtirilsin;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari Direksiyalarni ko‘rsatib o‘tilgan manzillarda bepul foydalanish huquqi bilan xizmat xonalari bilan ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va G‘.I. Ibragimov, Bosh vazirning o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov, Bosh vazirning o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev ushbu qaror talablariga muvofiq “Urgut”, “G‘ijduvon”, Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari faoliyati tashkil etilishining samaradorligi yuzasidan amaliy nazoratni ta’minlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 10-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 11-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va G‘.I. Ibragimov, Bosh vazirning o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov, Bosh vazirning o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-aprel,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 1-ILOVA
“Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalariga kiruvchi
1. Samarqand viloyatining Urgut tumani “Mergancha” va “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 144,0 gektar yer maydonlari:
a) “Mergancha” massividagi (“Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi punktlaridan tashqari) yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — 500 kV yuqori kuchlanishli Janubi-g‘arbiy magistral elektr ta’minoti tarmog‘i;
sharqiy tomondan — 4R-246 “Samarqand — Urgut” avtomobil yo‘li;
g‘arbiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yo‘li;
janubiy tomondan — 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yo‘li;
b) “Mergancha” massividagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — 220 kV yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i;
sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yo‘li;
g‘arbiy tomondan — “Akramov Zuvay Fattoyevich” fermer xo‘jaligi yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Mergancha” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi punktlari;
v) “Mergancha” massividagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yo‘li;
janubi-sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yo‘lining Kamangaron ko‘chasi bilan tutashgan joyidan 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yo‘li bilan tutashgan joyigacha;
sharqiy tomondan — “Kamangaron — Urgut” avtomobil yo‘li;
g) “Mergancha” massividagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Akramobod zamini bahori” fermer xo‘jaligi yer maydonlari;
sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yo‘li;
g‘arbiy tomondan — “Kamangaroncha uzumzorlari” fermer xo‘jaligi yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Begzod Quruqsoy” fermer xo‘jaligi yer maydonlari.
2. Samarqand viloyatining Urgut tumani “Sariqtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 228,42 gektar yer maydonlar quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Sariqtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi punktlari va “Abdumalik Samiyev Lazizxon”, “Nasim Nodir Nasriddin Zamini Nur”, “Aziza Marhabo Mirishkor zamini” va “Bog‘i eram Sariqtepa dalasi” fermer xo‘jaliklari yer maydonlari;
sharqiy tomondan — “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi punktlari va “Abdusami G‘ofur Shomurodzoda” fermer xo‘jaligi yer maydonlari;
g‘arbiy tomondan — “Yuqori Sanchiqul” mahalla fuqarolar yig‘iniga olib boruvchi avtomobil yo‘li hududi, “Murtozov Yusufboy” va “Boymurod oltin dalasi” fermer xo‘jaliklari yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Sariqtepa” va “Beshbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholi punktlari va “Abduqodir Mahmud dalasi”, “Oftob Hasanova uzumzori”, “Abdurahmon Fozila nur bog‘i”, “Abror Asror chaman bog‘lari”, “Hamidova Matluba dalasi” va “Ulug‘bek Lazizbek nurli dalasi” fermer xo‘jaliklari yer maydonlari.
3. Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani “Do‘stlik” massividagi 59,88 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Darg‘om” kanali yer maydoni himoya hududi;
sharqiy tomondan — “Samarqandkimyo” AJ superfosfat zavodi chegarasi;
janubiy tomondan — “AFSONA BEST” fermer xo‘jaligi yer maydoni;
g‘arbiy tomondan — sanoat zonasini qurish uchun ajratilgan yer maydoni.
4. Samarqand viloyati Nurobod tumani “Sazag‘on” massivi 137,26 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
a) shimoliy tomondan — “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi yer maydonlari hududi;
sharqiy tomondan — Tepako‘l soyi hududi;
janubiy tomondan — “A-378” Samarqand-Qarshi avtomobil yo‘li;
g‘arbiy tomondan — “Xudayatov Botir” fermer xo‘jaligi va Nurobod tumani hokimligi zaxira yer maydonlari;
b) shimoliy tomondan — “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi yer maydonlari hududi;
sharqiy tomondan — “Plant OFF Samarqand” MCHJ hududi;
janubiy tomondan — “A-378” Samarqand-Qarshi avtomobil yo‘li;
g‘arbiy tomondan — Tepako‘l soyi hududi;
v) shimoliy tomondan — “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi yer maydonlari hududi;
sharqiy tomondan — “Plant OFF Samarqand” MCHJ hududi;
janubiy tomondan — “Sho‘rtan-Sirdaryo” magistral gaz tarmoqlari muhofaza hududi;
g‘arbiy tomondan — Tepako‘l soyi hududi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PQ-243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 07/25/243/0693-son)
5. Samarqand viloyatining Samarqand shahri “Xishrav-2” massivi hududidagi 102,0 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Darg‘om” kanali hududi;
sharqiy tomondan — Samarqand viloyati Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining malaka oshirish markazi hududi;
janubiy tomondan — davlat zaxira yerining jarlikkacha bo‘lgan hududi;
g‘arbiy tomondan — Mudofaa vazirligining harbiy bazasiga tutash hududi.
6. “Urgut” EIZning Samarqand shahri “Xishrav-2” massivi yer maydonlariga Samarqand shahri hokimligi zaxira yer maydonlari hisobidagi 275,2 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Eski anhor kanali hududi;
sharqiy tomondan — Samarqand viloyati “Maroqand Obod” DUKning chiqindilarni qayta ishlash hududi;
janubiy tomondan — Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va Pastdarg‘om tumani hududi;
g‘arbiy tomondan — Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism hududi.
7. Urgut tumani “O‘ramas” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 50,0 gektar yer maydoni quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Samad oqil”, “Mamadaminov Fazli” fermer xo‘jaliklari hududi;
sharqiy tomondan — “Agro pilla” MCHJ va aholi punkti hududi;
janubiy tomondan — “G‘ozi bobo” fermer xo‘jaligi hududi;
g‘arbiy tomondan — “Izma ziyo izza” fermer xo‘jaligi hududi.
(1-bob O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 07/23/378/0902-son)
1. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi G‘ijduvon shahri.
2. Kogon tumani “Beklar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Kogon shahridagi aholi punkti, Kogon tumanidagi Zirabot to‘liq shirkati yerlari, “Edgar Real Plyus” fermer xo‘jaligiga qarashli yerlar;
sharqiy tomondan — Kogon shahri temir yo‘llari bilan Buxoro-Qarshi temir yo‘l tarmog‘i;
janubiy tomondan — Kogon tumanidagi “Yusuf ota” fermer xo‘jaligiga qarashli, 39004-son harbiy qism va “Qosimbobo” fermer xo‘jaligiga qarashli yerlar;
g‘arbiy tomondan — Kogon tumanidagi zaxira yerlari va va kollektor (zaxkash).
3. Kogon shahri yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Kogon shahridagi aholi punklari ;
sharqiy tomondan — Kogon shahardagi ichki yo‘l orqali aholi punkti;
janubiy tomondan — Kogon tumani zaxirasidagi yerlar;
g‘arbiy tomondan — Kogon shahridagi aholi punklari.
Jami: 267,5 gektar.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 671-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 09/19/671/3553-son)
III. “Qo‘qon” EIZga kiruvchi hududlar ro‘yxati:
1. Uchko‘prik tumani “Qaqir” massivi yer maydonlarini ichiga oluvchi A sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Toshkent–Andijon” temir yo‘li;
janubiy tomondan — 4r-44b “A-373 Qo‘qon-Jizzax avtomobil yo‘lini 4r-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi yo‘l” xamda “Qo‘qonspirt”AJ tindirgichi;
sharqiy tomondan — 4r-44b “A-373 Qo‘qon-Jizzax avtomobil yo‘lini 4r-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi yo‘l”;
g‘arbiy tomondan — “Zuxriddin Sar zamini” fermer xo‘jaligi yer maydoni.
2. Qo‘qon shahri massivini ichiga oluvchi B sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Qo‘qon halqa avtomobil yo‘li Shohruxobod ko‘chasi bo‘ylab;
janubiy tomondan — aholi punktlari;
sharqiy tomondan — aholi punktlari;
g‘arbiy tomondan — “Qo‘qon-Yaypan” avtomobil yo‘li (Davronbek ko‘chasi).
3. Uchko‘prik tumani “Qaqir” massivi yer maydonlarini o‘z ichiga oluvchi V sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan::
sharqiy tomondan — 4K-887 “Uchko‘prik-Qaqir stansiyasi-Tojik” avtomobil yo‘li;
g‘arbiy tomondan — 4K-925b “Qo‘qon-asfalt-beton zavodiga kirish” avtomobil yo‘li;
shimoliy tomondan — 4R-446 “A-373 Qo‘qon-Jizzax avtomobil yo‘lini 4r-112 Farg‘ona halqa avtomobil yo‘li bilan bog‘lovchi yo‘l”;
janubiy tomondan — “Tojik” gaz bo‘luv stansiyasi hududi va ichki xo‘jalik yo‘li.
4. Beshariq tumani “Sobirtepa” massivi yer maydonlarini ichiga oluvchi sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Andarxon” bojxona posti binosi va inshootlari;
janubiy tomondan — “Asomiddinov Roziq xoji” bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi yer maydoni;
sharqiy tomondan — “Sobirtepa” massivi qishloq xo‘jaligi dala yo‘li;
g‘arbiy tomondan — “Asomiddinov Roziq xoji” bog‘dorchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaligi yer maydoni.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
IV. “Hazorasp” EIZga kiruvchi hududlar ro‘yxati:
1. 1-blok. Hazorasp tumani, Pitnak qishlog‘i, “Mirzo Ulug‘bek” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Pitnak-Urganch” temir yo‘lining 1 km uzunlikdagi qismi;
sharqiy tomondan — “Toshsoqqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi ichki xo‘jalik drenaji;
janubi-g‘arbiy tomondan — Xorazm melioratsiya ekspeditsiyasi “Pitnak arna” kanali;
g‘arbiy tomondan — “Hazorasp lochin servis” DUK yer maydoni;
2. 2-blok. Hazorasp tumani, Pitnak qishlog‘i, “Yu.Sherjon” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Jeneral Motors O‘zbekiston” AJ Xorazm filiali yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Hazorasp-Pitnak” avtomobil yo‘li;
g‘arbiy tomondan — Pitnak shahri “Obod” mahallasi;
shimoliy tomondan — Pitnak shahri “Obod” mahallasida qurilgan namunaviy uy-joylar.
3. Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi yer uchastkalari:
a) Pitnak shahri “Muhabbat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Muhabbat” mahalla fuqarolar yig‘ini yer maydoni;
janubiy tomondan — “Pitnak — Urganch” temir yo‘l uchastkasi;
g‘arbiy tomondan — “Muhabbat” mahalla fuqarolar yig‘inining aholi yashash punkti;
shimoliy tomondan — “Chap magistral kanal” kanali;
b) “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inining aholi yashash punkti;
sharqiy tomondan — “Xorazm” ko‘chasidagi xo‘jaliklararo avtomobil yo‘li;
janubiy tomondan — “Hazorasp-Pitnak” avtomobil yo‘li;
g‘arbiy tomondan — qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “Sadulla Iskandarov” fermer xo‘jaligi;
v) “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yer maydoni quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Pitnak xizmatlar va axborot texnologiyalari kolleji hududi;
sharqiy tomondan — “Mustaqillik” ko‘chasidagi xo‘jaliklararo avtomobil yo‘li;
janubiy tomondan — “Fayz baraka” MCHJning qandolatchilik sexi hududi;
g‘arbiy tomondan — “Ruza Nafis” xususiy korxonasi supermarketi hududi;
4. Hazorasp tumani “Bog‘dor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — Xorazm viloyati mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hududi;
janubiy tomondan — avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish “Sultonova Zulfiya” XK hududi;
g‘arbiy tomondan — “Bog‘dor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi punkti;
shimoliy tomondan — “Bog‘dor” mahalla fuqarolari yig‘ini aholi punkti.
5. Hazorasp tumanidagi “Amudaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — 1200 mm diametrli “Buxoro-Ural” gaz quvurining himoya zonasi;
janubiy tomondan — “Amudaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini yer uchastkasi;
g‘arbiy tomondan — “Doniyerbek Elyorbek Shaxriyor” fermer xo‘jaligi yer uchastkasi;
shimoliy tomondan — “Amudaryo” mahalla fuqarolari yig‘ini yer uchastkasi.
6. Urganch tumanidagi Gaybu qishlog‘i “Tandirchi” mahalla fuqarolar yig‘ini yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy-g‘arbiy tomondan — avtomobilnoy dorogoy 4K 931 “Urganch shahri Chatkupir k.-Shovot shahri” avtomobil yo‘li;
sharqiy tomondan — 4R 162 “Urganch shahri xalqa yo‘li”ning 5-kilometridagi yo‘l o‘tkazgich bilan;
janubiy tomondan — “Urganch-Shovot” temir yo‘li uchastkasi bilan;
g‘arbiy tomondan — “Urganch oil” MCHJ avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyasi hududi bilan.
7. Urganch tumani Chatkupir qishlog‘i hududidagi sanoat zonasidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Xidoyat” mahalla fuqarolari yig‘ini yer uchastkasi;
sharqiy tomondan — “Dilmurod mebel servis” XK mebel ishlab chiqarish sexi hududi;
janubiy tomondan — “Zafar kristall” MCHJ neft zaxirasi ombori hududi;
g‘arbiy tomondan — “Xorazm don mahsulotlari” AJ hududi.
8. Bog‘ot tumani Beshariq qishlog‘idagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Madamin Masharip” fermer xo‘jaligi yer uchastkasi;
sharqiy tomondan — Bog‘ot tumani “Gulshan” mahalla yig‘inidagi namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilgan turar joy imoratlari bilan;
janubiy tomondan — “Madamin Masharip” fermer xo‘jaligi yer uchastkasi;
g‘arbiy tomondan — kollektor.
9. Xiva tumani Zaungur posyolkasidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Urganchtransgaz” shu’ba korxonasi o‘quv kombinati;
sharqiy tomondan — Xiva “Xorazm ko‘mir yetkazuvchi” unitar korxonasi hududi;
janubiy tomondan — “Xivaneftgazqurilish” unitar korxonasi hududi;
g‘arbiy tomondan — Xorazm viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi yer uchastkasi.
(3 — 9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-avgustdagi 623-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 856-modda)
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-379-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 07/23/379/0903-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 3-ILOVA
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Erkin iqtisodiy zonalarida (keyinchalik EIZ deb ataladi) soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 3-bandiga muvofiq EIZ ishtirokchilari:
yer solig‘i, foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari umumta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari);
respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiya hajmiga bog‘liq ravishda 3 yildan 10 yil muddatgacha beriladi, shu jumladan ekvivalentda:
300 ming AQSH dollaridan 3 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritilganda — 3 yil muddatga;
3 mln AQSH dollaridan 5 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritilganda — 5 yil muddatga;
5 mln AQSH dollaridan 10 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritilganda — 7 yil muddatga;
10 mln AQSH dollari va undan ortiq investitsiya kiritilganda — 10 yil muddatga, keyingi 5 yil mobaynida foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi stavkalari amaldagi stavkalardan 50 foiz past miqdorda qo‘llanilgan holda beriladi.
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish” to‘g‘risida” 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-son Farmonining 6-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 5-bandi qoidalari “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ ishtirokchilariga tatbiq etiladi.
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorining 7-bandi bilan soliqlar haqidagi qonunlar o‘zgarganda erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada amal qilgan norma va qoidalarni qo‘llashga haqli ekanligi, aksiz solig‘i olinadigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi hujjatlarning normalari va qoidalari bundan mustasno ekanligi belgilangan.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 5-dekabrdagi PF-5273-son Farmonining 3-bandi bilan “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasiga va turistik-rekreatsion zona ishtirokchilari sifatida ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilik qoidalari, shu jumladan erkin iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
(4-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
5. Ushbu Nizomning 2 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlar faqat EIZ ishtirokchisining investor (investorlar) va erkin iqtisodiy zona Direksiyasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) o‘rtasida tuzilgan Erkin iqtisodiy zona hududida investitsiyalash to‘g‘risidagi shartnomada (keyingi o‘rinlarda Investitsiyalash uchun bitim deb ataladi) nazarda tutilgan faoliyat turiga tatbiq qilinadi.
6. Bojxona va soliq imtiyozlarini qo‘llash muddati EIZ ishtirokchisiga beriladigan EIZ ishtirokchisi guvohnomasi berilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Bunda foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati EIZ hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyekti EIZ ishtirokchisi maqomidan mahrum bo‘lganda, u EIZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilingan oydan keyingi oyning 1-kunidan EIZ ishtirokchilariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanmaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
7. EIZ ishtirokchisi tomonidan oldin berilgan imtiyozlar muddatidan uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqi qo‘llaniladigan hajmga yetuvchi investitsiyalar miqdori oshirilgan taqdirda, imtiyozlarni qo‘llash muddati uzoqroq muddatga uzaytiriladi.
Bunda, agar investitsiyalar hajmi oldin berilgan imtiyozlar muddati tugaganidan keyin ko‘paytirilsa, bojxona imtiyozlari uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqini beruvchi miqdordagi investitsiya kiritilgan kundan, soliq imtiyozlari esa — uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqi yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-kunidan e’tiboran qo‘llaniladi.
Imtiyozlarni qo‘llash muddati imtiyozlar qo‘llash boshlangan kundan e’tiboran hisoblanadi.
8. Direksiya tegishli davlat soliq va bojxona organlarining so‘roviga muvofiq EIZ ishtirokchilari tomonidan Investitsiyalash to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan investitsiyalar miqdori haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.
9. Davlat statistika organlari davlat soliq va bojxona organlariga EIZ ishtirokchilari tomonidan elektron shaklda taqdim qilingan investitsiya miqdori ko‘rsatkichlari bilan birgalikda tegishli davlat statistik hisobotlaridan foydalanish imkonini beradi.
10. EIZ ishtirokchilarining soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobotida aks ettirish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tartibga solinadi.
11. Direksiya xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga xabardor qilish tartibida:
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt EIZ ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir kun mobaynida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) bayonnomasining nusxasini;
EIZ ishtirokchisining guvohnomasi nusxasini;
b) EIZ hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab bir kun mobaynida qabul qilish komissiyasi dalolatnomasi nusxasini yuboradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
12. Davlat soliq xizmati organlari EIZ ishtirokchilarining alohida hisobini yuritadi va tashkilotlar tomonidan davriy hisobotlar topshirilganda ular tomonidan olingan soliq imtiyozlarini hisobga oladi hamda har chorakda Ma’muriy kengashning ishchi organiga yig‘ma ma’lumotlarni taqdim etadi.
13. EIZ hududlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
EIZ ishtirokchisi tomonidan Investitsiya qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilmagan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, Investitsiyalash to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan ishlab chiqarish faoliyati uchun alohida buxgalteriya hisoboti tatbiq etiladi.
14. Soliq majburiyatlariga ega bo‘lgan soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq EIZ ishtirokchilari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadi.
3-bob. O‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar uchun bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi
15. Direksiya xo‘jalik yurituvchi subyekt EIZ ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran bir kun mobaynida xabar tariqasida xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joy bo‘yicha davlat bojxona organlariga:
Ma’muriy kengash protokol qarorining nusxasini;
EIZ ishtirokchisi guvohnomasining nusxasini yuboradi.
16. O‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llashda EIZ ishtirokchisi davlat bojxona xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan va EIZ Direksiyasi bilan kelishilgan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar ro‘yxati;
EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan hamda bosh buxgalter va texnolog bilan kelishilgan ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar sarfi normasi.
17. Davlat bojxona xizmati organlari EIZ ishtirokchilarining alohida hisobini yuritadi va har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar davlat soliq xizmati organlariga chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar hamda EIZ ishtirokchilariga berilgan bojxona imtiyozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.
18. EIZ ishtirokchilari har yili 25-yanvarga qadar davlat soliq va bojxona xizmati organlariga o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning ishlatilganligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha taqdim qiladilar.
19. Ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan holda olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar, ular olib kelingan kundan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki bepul berilgan taqdirda, bojxona to‘lovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq to‘liq miqdorda undiriladi.
4-bob. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida chetdan olib kelinadigan qurilish materiallariga bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi
20. Loyihalarni amalga oshirish doirasida chetdan olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari ro‘yxati EIZ ishtirokchisi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari va qurilish materiallarini yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida shakllantiriladi.
21. Hukumat qarori loyihasini tayyorlash, kelishish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish EIZ ishtirokchisi faoliyat olib borayotgan tegishli tarmoqqa mutasaddilik qiluvchi tashkilot, tegishli viloyat hokimligi yoki EIZ Direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
22. Chetdan olib kelinayotgan qurilish materiallari respublikada ishlab chiqarilgan, biroq belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan davlat standartlari va texnik shartlarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, Hukumat qarori loyihasiga O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish materiallarining texnik va fizik xususiyatlarini hisobga oluvchi xulosasi ilova qilinadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
(5-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. EIZ ishtirokchisi:
taqdim qilingan ma’lumotlar va materiallarning to‘g‘riligi;
chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi buyumlardan maqsadli foydalanishi;
O‘zbekiston Respublikasining soliq va bojxona qonunchiligi buzilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
27. EIZ ishtirokchisi tomonidan imtiyozlar beriladigan muddatga mos keluvchi hajmdagi investitsiya kiritilmagan taqdirda, imtiyozlar berilganligi sababli ozod etilgan summa qonunda belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
28. Soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanishining to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq va bojxona xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
O‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun (EIZ ishtirokchisi nomi) chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning RO‘YXATI
T/r
Mahsulotning nomi
Mahsulotning TIF TN kodi (2012-yil versiyasi)
O‘lchov birligi
Tovarning miqdori
eksport uchun
ichki bozor uchun
EIZ ishtirokchisi rahbarining F.I.O. _____________________________________ (imzo) 20___ yil “___” ____________ EIZ Direksiyasi direktori F.I.O. _______________________________ (imzo, muhr) 20___ yil “___” _____________
EIZ ishtirokchisining ishlab chiqarish uchun mas’ul xodimi F.I.O. _____________________________________ (imzo) 20___ yil “___” _______________
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
O‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xom ashyo va butlovchi buyumlarning ishlatilganligi to‘g‘risida DEKLARATSIYA 20__ yil “____” ___________________
1. EIZ ishtirokchisining nomi: __________________________________________________________________ 2. EIZ ishtirokchisi joylashgan joy (pochta manzili): __________________________________________________________ 3. EIZ ishtirokchisi guvohnomasining raqami va olingan sanasi: ______________________ 4. Chetdan olib kelinadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning nomi va miqdori: ____________________________________________________________________________________________ Erkin iqtisodiy zonalar hududlarida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni bajarish yuzasidan 20__ yil “___” __________dagi ___-son kontrakt bo‘yicha olingan ruxsatnoma asosida _____________________ _______________________________________________________________________________ olinganligini 20___ yil “___” ___________dagi holatiga ko‘ra ____________________________________________________ foydalanilganligini bayon qilaman. Olib kelingan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning qoldig‘i: _________________________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ Olib kelingan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar quyidagi tarzda foydalanildi:___________________ ____________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
Rahbar ________________
__________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Bosh buxgalter _______________
__________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Texnolog _____________
__________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 5-ILOVA
* Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar soni ko‘payishiga va investitsiyalar hajmining oshishiga qarab Direksiya tomonidan tasdiqlangan tuzilmaga va xodimlar soniga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
(5-ilovaning izohi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 6-ILOVA
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki bo‘lgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u o‘ziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirig‘i bilan — u tomonidan mas’ul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — “Urgut” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Urgut” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Urgut”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Urgut”;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — “Directorate of free economic zone “Urgut”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Urgut”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Samarqand viloyati, Urgut tumani, Urgut shahri, Navoiy shoh ko‘chasi, 104-uy.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya o‘z nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, a’zo) bo‘lishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari
10. “Urgut” maxsus industrial zonasi (keyingi o‘rinlarda “Urgut” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Urgut” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini, “Urgut” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Urgut” EIZ hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi o‘rinlarda “Urgut” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (ko‘rsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Urgut” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Urgut” EIZ hududida “Urgut” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Urgut” Samarqand viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Urgut” EIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar, “Urgut” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki bo‘lgan faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Ma’muriy kengashga taqdim etish;
“Urgut” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Urgut” EIZ bosh rejasi va Ma’muriy kengash qarori bilan ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Urgut” EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Urgut” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ko‘maklashish;
“Urgut” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish;
Ma’muriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha uning majlislarida ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Urgut” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
13. Direksiya Muassisga va Ma’muriy kengashga hisobot beradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida da’vo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
15. Ma’muriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
“Urgut” EIZ mustaqil budjeti va “Urgut” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish “Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
16. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiyaning “Urgut” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
17. Ma’muriy kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Ma’muriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Ma’muriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Urgut” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi hamda ularni o‘zgartiradi va amal qilishini to‘xtatadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
22. Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlarga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yo‘qotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Urgut” EIZning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Urgut” EIZning mustaqil budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Urgut” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan o‘ziga berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11 –– 15-moddalari.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Ma’muriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek o‘zgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki bo‘lgan va “Urgut” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Ma’muriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
O‘zbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar to‘langandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga ko‘ra foydalaniladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
35. Muassis o‘z qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xo‘jalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 7-ILOVA
“G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki bo‘lgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u o‘ziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirig‘i bilan — u tomonidan mas’ul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “G‘ijduvon” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Gijduvan”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Gijduvan”;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — “Directorate of free economic zone “Gijduvan”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Gijduvan”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Mustaqillik maydoni, 2-uy.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya o‘z nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, a’zo) bo‘lishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari
10. “G‘ijduvon” maxsus industrial zonasi (keyingi o‘rinlarda “G‘ijduvon” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “G‘ijduvon” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini, “G‘ijduvon” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan tezkor boshqarish, shuningdek “G‘ijduvon” EIZ hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi o‘rinlarda “G‘ijduvon” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (ko‘rsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“G‘ijduvon” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“G‘ijduvon” EIZ hududida “G‘ijduvon” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “G‘ijduvon” Buxoro viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “G‘ijduvon” EIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar, “G‘ijduvon” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki bo‘lgan faoliyat ko‘rsatmayotgan turgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Ma’muriy kengashga taqdim etish;
“G‘ijduvon” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “G‘ijduvon” EIZ bosh rejasi va Ma’muriy kengash qarori bilan ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“G‘ijduvon” EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“G‘ijduvon” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ko‘maklashish;
“G‘ijduvon” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish;
Ma’muriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha uning majlislarida ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“G‘ijduvon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
13. Direksiya Muassisga va Ma’muriy kengashga hisobot beradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida da’vo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
15. Ma’muriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
“G‘ijduvon” EIZ mustaqil budjeti va “G‘ijduvon” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
16. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiyaning “G‘ijduvon” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
17. Ma’muriy kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Ma’muriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Ma’muriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“G‘ijduvon” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni o‘zgartiradi va amal qilishini to‘xtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
22. Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlarga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yo‘qotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “G‘ijduvon” EIZning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “G‘ijduvon” EIZning mustaqil budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “G‘ijduvon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan o‘ziga berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Ma’muriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek o‘zgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki bo‘lgan va “G‘ijduvon” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Ma’muriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
O‘zbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar to‘langandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga ko‘ra foydalaniladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
35. Muassis o‘z qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xo‘jalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 8-ILOVA
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki bo‘lgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u o‘ziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirig‘i bilan — u tomonidan mas’ul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — “Qo'qon” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Qo'qon” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Kokand”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Kokand”;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — “Directorate of free economic zone “Kokand”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Kokand”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Turon ko‘chasi, 1-uy.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya o‘z nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, a’zo) bo‘lishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari
10. “Qo‘qon” maxsus industrial zonasi (keyingi o‘rinlarda “Qo‘qon” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Qo‘qon” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini, “Qo‘qon” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Qo‘qon” EIZ hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi o‘rinlarda “Qo‘qon” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (ko‘rsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Qo‘qon” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Qo‘qon” EIZ hududida “Qo‘qon” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Qo‘qon” Farg‘ona viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Qo‘qon” EIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar, “Qo‘qon” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki bo‘lgan faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Ma’muriy kengashga taqdim etish;
“Qo‘qon” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Qo‘qon” EIZ bosh rejasi va Ma’muriy kengash qarori bilan ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Qo‘qon” EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Qo‘qon” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ko‘maklashish;
“Qo‘qon” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish;
Ma’muriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha uning majlislarida ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Qo‘qon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
13. Direksiya Muassisga va Ma’muriy kengashga hisobot beradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida da’vo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
15. Ma’muriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
“Qo‘qon” EIZ mustaqil budjeti va “Qo‘qon” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
16. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiyaning “Qo‘qon” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
17. Ma’muriy kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Ma’muriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Qo‘qon” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni o‘zgartiradi va amal qilishini to‘xtatadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
22. Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlarga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yo‘qotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Qo‘qon” EIZning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Qo‘qon” EIZning mustaqil budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Qo‘qon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan o‘ziga berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Ma’muriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek o‘zgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki bo‘lgan va “Qo‘qon” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Ma’muriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
O‘zbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar to‘langandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga ko‘ra foydalaniladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
35. Muassis o‘z qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xo‘jalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 9-ILOVA
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun o‘ziga berilgan davlat mulki bo‘lgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u o‘ziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirig‘i bilan — u tomonidan mas’ul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — “Nazorasp” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Nazorasp” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Xazarasp”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Xazarasp”;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — “Directorate of free economic zone “Nazarasp”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Nazarasp”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, E.Gayazov ko‘chasi, 32-uy.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya o‘z nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, a’zo) bo‘lishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari
10. “Hazorasp” maxsus industrial zonasi (keyingi o‘rinlarda “Hazorasp” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Hazorasp” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini, “Hazorasp” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yo‘li bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Hazorasp” EIZ hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi o‘rinlarda “Hazorasp” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (ko‘rsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Hazorasp” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Hazorasp” EIZ hududida “Hazorasp” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Hazorasp” Xorazm viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Ma’muriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Hazorasp” EIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar, “Hazorasp” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki bo‘lgan faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Ma’muriy kengashga taqdim etish;
“Hazorasp” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Hazorasp” EIZ bosh rejasi va Ma’muriy kengash qarori bilan ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Hazorasp” EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Hazorasp” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ko‘maklashish;
“Hazorasp” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish;
Ma’muriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha uning majlislarida ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Hazorasp” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
13. Direksiya Muassisga va Ma’muriy kengashga hisobot beradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida da’vo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
15. Ma’muriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
“Hazorasp” EIZ mustaqil budjeti va “Hazorasp” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
16. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiyaning “Hazorasp” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini ma’qullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
17. Ma’muriy kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Ma’muriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Ma’muriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Hazorasp” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni o‘zgartiradi va amal qilishini to‘xtatadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va ko‘rsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
22. Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlarga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yo‘qotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Hazorasp” EIZning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Hazorasp” EIZning mustaqil budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Hazorasp” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan o‘ziga berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Ma’muriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek o‘zgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki bo‘lgan va “Hazorasp” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Ma’muriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
(32-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
O‘zbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
34. Direksiyada qoladigan sof foyda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar to‘langandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga ko‘ra foydalaniladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
35. Muassis o‘z qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xo‘jalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Ma’muriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 10-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan “Angren” erkin iqtisodiy zona direksiyasi” davlat unitar korxonasi Ustavining 11-bandiga quyidagi mazmundagi 41 va 42 bandlar qo‘shilsin:
“41) “Angren” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish;
42) Ma’muriy kengash qarorlari va “Angren” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi bo‘yicha ma’qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 15-maydagi 130-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y.. 5-son, 30-modda):
v) 1 va 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Angren” yoki “Jizzax” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga 11-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 27-yanvardagi 21-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y.. 1-son, 5-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u yerda bo‘lishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 9-apreldagi 104-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 27-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin-industrial iqtisodiy zonasi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 9-apreldagi 105-son qarorining 1-bandi, shuningdek qarorga 2 va 3-ilovalar (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 28-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 17-noyabrdagi 307-son qaroriga 2-ilovaning 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 90-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 29-maydagi 146-son qarorining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 35-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son Farmoni)” 2012-yil 31-iyuldagi 232-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 59-modda) ilovaning 8-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tanlab olish va “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 3-oktabrdagi 282-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 72-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 15-son, 252-modda, 33-son, 856-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son, 21.05.2018-y., 09/18/365/1235-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 08.08.2018-y., 09/18/628/1634-son; 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 14.08.2019-y., 09/19/671/3553-son; 14.03.2021-y., 09/21/133/0204-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 29.11.2023-y., 07/23/378/0902-son; 29.11.2023-y., 07/23/379/0903-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son; 05.08.2025-y., 07/25/243/0693-son)