1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sogʻliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoniga muvofiq respublikaning yetakchi tibbiyot klinikalari negizida eksperiment tariqasida urologiya, jarrohlik, koʻz mikroxirurgiyasi va kardiologiya boʻyicha toʻrtta Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tashkil etilgan, ular zamonaviy, yuqori texnologiyali tashxis qoʻyish va davolash tibbiyot anjomlaridan foydalangan holda aholiga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatishga daʼvat etilgan.
Aholiga pulli asosda yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish tartibi va tariflari, bemorlarning imtiyozli toifasini bepul davolash, markazlarning oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻzini oʻzi qoplash prinsiplariga bosqichma-bosqich oʻtishi tartibi belgilangan.
Xalqaro tajribani hisobga olgan holda bemorlarga tashxis qoʻyish sifati va ularni davolash standartlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, tashxis qoʻyish va aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishning zamonaviy usullari joriy etilmoqda, koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati birmuncha oshdi, tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdori oʻrtacha 1,4 baravar koʻpaydi.
Shu bilan birga, eksperimentni amalga oshirish boʻyicha ishlarning amaldagi ahvoli sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning qoʻyilgan maqsadlariga javob bermaydi. Markazlarni moliyalashtirishning yangi shart-sharoitlariga toʻla koʻlamda oʻtish va aholiga yuqori malakali tibbiy xizmatlar koʻrsatish taʼminlanmagan.
Eksperimentning muhim vazifalaridan biri — berilgan imtiyozlar va mijozlarga pulli xizmat koʻrsatishga oʻtish natijasida boʻshab qolgan mablagʻlarni jamlash va ularni, birinchi navbatda, klinikalarni eng zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan jihozlashga hamda vrachlar va tibbiyot xodimlari mehnatini ularning bemorlarni davolashga qoʻshgan shaxsiy hissasiga muvofiq ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish hal etilmayapti.
Markazlar faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi qoidalar qoʻpol ravishda buzilmoqda. Ambulatoriya-poliklinika yordami koʻrsatishning orderli tizimi joriy etilmagan, tibbiy xizmatlar koʻrsatishga klinika bilan bemorlar oʻrtasida shartnomalarning majburiy tuzilishiga doir talablar bajarilmayapti. Koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarga tariflarni tasdiqlash masalasi hanuzgacha ishlab chiqilmagan.
Aholiga ham pulli asosda koʻrsatilgan xizmatlar, ham imtiyozli toifaga koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisobga olish va hisobot ishlari zarur darajada olib borilmayapti. Koʻp hollarda bu borada subyektiv yondashuvlar namoyon boʻlmoqda, budjet kvotasi miqdori oshirib yuborilmoqda.
Natijada, Markazlarning oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplariga oʻtishiga qaramay, xuddi ilgarigidek budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va soliq imtiyozlari berilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlar moliyalashtirishning asosiy manbai boʻlib qolmoqda.
Eksperimentni tugallash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sogʻliqni saqlashda tibbiy xizmatning sifatini yaxshilashga, tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish va ular mehnatiga haq toʻlashni oshirish uchun tibbiyot markazlarining oʻz daromadlarini koʻpaytirishga hamda Markazlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sogʻliqni saqlash vaziri F. Nazirovga, Moliya vaziri M. Nurmurodovga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmonida qoʻyilgan sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning ikkinchi bosqichi vazifalarini toʻliq hajmda bajarish yuzasidan ular tomonidan zarur chora-tadbirlar koʻrilmaganligi va eksperiment davomida Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini puxta muvofiqlashtirish taʼminlanmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi hamda markazlar faoliyatini tashkil etish, ularning oʻzini oʻzi moliyalashtirish va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoni va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar, qoidalar va normalarning soʻzsiz bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi (A.A. Azizxoʻjayev) sogʻliqni saqlashni isloh qilishning ikkinchi bosqichi amalga oshirilishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida Markazlarning rahbarlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining hisobotlarini yilning har choragida koʻrib chiqsin va natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
2. Belgilansinki, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
respublika aholisining barcha toifalariga tashxis qoʻyish va davolash sifatining tasdiqlangan standartlariga majburiy rioya qilgan holda belgilangan tariflarga muvofiq pulli asosda tibbiy yordamning barcha turlarini koʻrsatadilar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-son Farmoniga 2-ilovada belgilangan shaxslarning faqat imtiyozli toifasiga respublika sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan orderlar asosida mavjud oʻrin fondining, uning aylanishining va poliklinikalarning bemorlarni qabul qilish quvvatining 20 foizigacha miqdorda davlat budjeti mablagʻlari hisobiga istisno tariqasida bepul, yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadilar;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga faqat pulli asosda tibbiy yordam koʻrsatadilar;
pulli asosda va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga koʻrsatilgan tibbiy yordam uchun daromadlar va xarajatlar boʻyicha alohida buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritishga majburdirlar.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
3. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga tashxis qoʻyish va davolash sifatining tasdiqlangan standartlariga muvofiq koʻrsatiladigan pulli tibbiy xizmatlarning barcha turlariga tariflarni mustaqil ravishda tasdiqlash huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan birgalikda pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarga tariflarni shakllantirishning umumiy qoidalari va metodikasini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlarining ular tomonidan Markazlarning oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtishining kelishilgan jadvali qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bayonoti maʼlumot uchun qabul qilinsin, unga koʻra 2005-yildan boshlab Respublika koʻz mikroxirurgiyasi markazi, 2006-yildan — Kardiologiya markazi, 2008-yildan boshlab esa — Urologiya markazi va Akademik V. Vohidov nomidagi jarrohlik markazi ushbu prinsipga oʻtadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Markazlarning jadvalda moʻljallangan muddatlarda oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtishga erishishini hisobga olgan holda, ularning joriy moliyaviy taʼminotiga budjet mablagʻlari ajratishni har yili kamaytirib borishni nazarda tutsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish Qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash Tartibi 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joylashtirish toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
kasalliklarning ogʻirligi darajasini hisobga olgan holda tashxis qoʻyish va davolash sifati mezonlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari uchun ularni ishlab chiqish va rioya etilishini nazorat qilishning yagona metodikasini tasdiqlasin;
xorijiy yetakchi klinikalar negizida yuqori texnologiyali davolash metodlarini oʻzlashtirish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan normativlar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining zamonaviy tashxis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari, tibbiyot anjomlari bilan 5-ilovaga* muvofiq jadvalga binoan qoʻshimcha jihozlanishini taʼminlasin.
* 5-ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti 2004-yil mobaynida xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan markazlarni zamonaviy yuqori texnologiyali davolash-tashxis qoʻyish asbob-uskunalari bilan jihozlashga koʻmaklashish uchun imtiyozli kreditlarni jalb qilish masalasini ishlab chiqsinlar.
8. Tijorat banklariga va lizing kompaniyalariga Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlar berish tavsiya etilsin.
Tijorat banklari va lizing kompaniyalari 2004-yil 1-iyundan 2012-yil 31-dekabrgacha Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga lizingga berish maqsadida xarid qilib olib kelinayotgan tibbiyot asbob-uskunalari va asboblari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
9. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari 2004-yil 1-iyundan 2012-yil 31-dekabrgacha oʻz ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari, shu jumladan protez va sarflanadigan materiallar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi va boshqa bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin, boʻshaydigan mablagʻlar Markazlarni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli yoʻnaltirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 17-martdagi 140-son qarorining 5-bandi, qarorga 6, 7 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 8-iyun,
264-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish
qoidalari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb ataladi) tomonidan aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi va shartlarini belgilaydi.
1. Ushbu Qoidalar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF–3923-son Farmoniga muvofiq tashkil qilingan Markazlarga tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
2. Markazlar tomonidan aholiga tibbiy yordam tashxis qoʻyish va davolashning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan, yuksak jahon talablariga javob beradigan standartlariga muvofiq, pulli asosda koʻrsatiladi.
3. Markazlar mijozlarni qabul qiladi va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni zamonaviy tashxis qoʻyish va davolash asbob-anjomlaridan foydalangan holda davolaydi.
4. Markazlar quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatadi:
aholini maslahat berish uchun qabul qilish;
laboratoriya-tashxis xizmatlari koʻrsatish;
ambulatoriyada yordam koʻrsatish;
statsionarda yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
reabilitatsiya yordami koʻrsatish.
Tibbiy yordamning yuqorida qayd etilgan turlarini koʻrsatish vaqtida qoʻshimcha tibbiy servis xizmatlari ham koʻrsatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
5. Markazlar ixtisoslashuviga va malakali kadrlar, moddiy-texnika bazasi, zamonaviy, yuqori texnologiyali tashxis qoʻyish hamda davolash anjomlari bilan taʼminlanganlik darajasiga koʻra tibbiy xizmatlarning aniq roʻyxatini, qiymatini va koʻrsatilish shart-sharoitlarini belgilangan tartibda mustaqil ravishda belgilaydilar.
II. Mijozlarni qabul qilish va bemorlarni davolash tartibi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
6. Aholi Markazlarning maslahat poliklinikalari tomonidan qabul qilinadi, ularning roʻyxatga olish boʻlimlari fuqarolarni bepul, tushunarli va ishonchli axborotlar bilan taʼminlashi shart, axborotlarda shifoxonaning joylashgan joyi, ish tartibi, tibbiy xizmatlarning qiymati koʻrsatilgan roʻyxati, ushbu xizmatlarni koʻrsatish va ulardan foydalanish shartlari, shuningdek mutaxassis shifokorlarning malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
7. Mijozlarni qabul qilishni roʻyxatdan oʻtkazish Markazlarning maslahat poliklinikalari roʻyxatga olish boʻlimlarida amalga oshiriladi, bu yerda har bir mijozga pasporti maʼlumotlari asosida ambulatoriya kartasi ochiladi.
8. Tibbiy roʻyxatga oluvchilar birinchi marta kelgan shaxslarni va ambulatoriya sharoitida toʻliq davolanishga kelgan mijozlarni alohida-alohida roʻyxatdan oʻtkazishi kerak.
9. Markazlarga ambulatoriya sharoitida toʻliq davolanishga kelgan shaxslar tibbiy roʻyxatga oluvchi tomonidan mijozning ambulatoriya kartasidagi yozuvlarga muvofiq bevosita davolovchi mutaxassis shifokorga yuboriladi.
10. Markazlarga birinchi marta kelgan shaxslar belgilangan preyskurant boʻyicha tibbiy roʻyxatga oluvchi tomonidan yozib berilgan schyot-fakturani toʻlagandan keyin maslahat olish uchun mutaxassis shifokorga yuboriladi.
Schyot-fakturani toʻlash bank muassasasida yoki Markazlarda, nazorat-kassa apparatlari qoʻllangan va qatʼiy hisobot hujjatlari hisoblanadigan blankalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Mijoz bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasi nusxasini yoki chekni (naqd pul bilan toʻlangan taqdirda) roʻyxatga olish boʻlimiga topshiradi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
11. Maslahat berish vaqtida mutaxassis shifokor mijozni dastlabki tashxisdan oʻtishga yuboradi, tashxis natijalariga koʻra kasallikni va ambulatoriya yoki statsionar sharoitida davolash kursini belgilaydi, zarurat boʻlganda esa, mijozga tasdiqlangan tashxis qoʻyish va davolash standartlariga muvofiq qoʻshimcha tashxis tartibotini belgilaydi.
12. Ambulatoriyada yoki statsionarda davolash kursini amalga oshirishga qaror qilingandan keyin maslahat beruvchi mutaxassis shifokor mijozning ambulatoriya kartasini va tashxis tekshiruvlari natijalarini roʻyxatga olish boʻlimi orqali tegishli ravishda ambulatoriyada davolash uchun Markaz poliklinikasiga yoki Markazning statsionar boʻlimiga beradi.
13. Markaz poliklinikasining yoki statsionar boʻlimining davolovchi mutaxassis shifokori maslahat bergan shifokordan olingan maʼlumotlar asosida davolash kursini belgilaydi, uni mijozning ambulatoriya kartasiga batafsil yozadi va pulli tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan shartnomani rasmiylashtirish uchun roʻyxatga olish boʻlimiga beradi.
14. Pulli tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan shartnoma ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ikki yoxud uch nusxada tuziladi, ularni mijoz, uning homiysi (u mavjud boʻlganda) va Markaz direktori yoki mazkur funksiyalar mehnat vazifalariga muvofiq zimmasiga yuklangan vakolatli shaxs imzolaydi, shartnomalar bir nusxadan mijozga va uning homiysiga (u mavjud boʻlganda), shuningdek Markazning hujjatlar yigʻma jildlarida saqlash uchun beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Bu holda, faqat yuridik shaxs — ish beruvchi yoki bemorni davolash qiymatini muruvvat tariqasida toʻlagan boshqa tashkilot homiy boʻlishi mumkin. Budjet tashkilotlari oʻz xodimlarining davolanish qiymatini budjet mablagʻlari hisobiga toʻlashi taqiqlanadi.
15. Mijozga ambulatoriyada yoki statsionarda tibbiy yordam tashxis qoʻyish va davolash sifatining tasdiqlangan standartlariga muvofiq koʻrsatiladi.
16. Tashxis qoʻyish va davolash sifatining tasdiqlangan standartlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha davolash va tashxis tartibotlari:
mijozda qoʻshimcha kasalliklar topilganda, ularning tashxis qoʻyish va davolash xarajatlari kelishuvga koʻra hamda mijoz yoxud uning homiysi hisobiga qoplanganda;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Markaz tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida yoki Markaz mutaxassislarining notoʻgʻri tashxisi va xatti-harakatlari tufayli paydo boʻlgan, davolash xarajatlari Markazning oʻz mablagʻlari hisobiga qoplanadigan asoratlar kelib chiqqanda amalga oshiriladi.
17. Mijoz yoki uning homiysi mijozda qoʻshimcha kasalliklar aniqlanganligi tufayli koʻrsatilishi zarur boʻlgan qoʻshimcha tibbiy yordam hajmi uchun toʻlovni rad etgan taqdirda, mijoz tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga muvofiq nazarda tutilgan va qiymati toʻlangan tibbiy yordamni toʻliq hajmda olgandan keyin, Markaz tomonidan mijozni shifoxonadan chiqarish yoki uni yashash joyidagi sogʻliqni saqlash muassasasiga oʻtkazish masalasi qoʻyiladi.
III. Tibbiy yordam qiymatini toʻlash tartibi
18. Markazlar tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy yordam uchun oldindan toʻliq toʻlash shartlarida, tashxis va davolash sifatining tasdiqlangan tariflari va standartlaridan kelib chiqqan holda, ham naqd mablagʻlar bilan Markaz kassasiga, ham pul mablagʻlarini Markazning budjetdan tashqari depozit hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan haq toʻlanadi.
19. Aholidan naqd mablagʻlarni qabul qilib olish boʻyicha kassa operatsiyalari Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Xorijiy fuqarolar koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun haqni belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflardan oshirilgan miqdorda raqobatbardosh bozor narxlaridan kelib chiqib milliy valyuta — “soʻm”da toʻlaydilar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Xorijiy fuqarolar uchun tariflarning oshirilgan miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Markazlar tomonidan belgilanadi.
Bunda, xorijiy fuqarolarni davolash muassasasiga jalb qilishda vositachilik xizmatlarini amalga oshirgan yuridik shaxslarni ragʻbatlantirish shartnomaga muvofiq oshirilgan tariflar boʻyicha xorijiy mijozlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 168-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/168/2667-son)
“IT-visa”ga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar, shuningdek, ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha tibbiy xizmatlar uchun haq toʻlash huquqiga ega.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
IV. Mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatga olish tartibi
21. Tibbiy roʻyxatga oluvchi mijozlarning ambulatoriya kartalarini alfavit tartibida (familiyalar boʻyicha), mijozlarning tugʻilgan yili boʻyicha ajratgan holda saqlashi kerak.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar]
22. Tibbiy roʻyxatga oluvchi tomonidan mijozlardan (ularning homiylaridan) qabul qilib olingan toʻlov hujjatlari nusxalari ish kuni davomida Markazning bosh buxgalteriga topshiriladi. Markazning bosh buxgalteri tibbiy roʻyxatga oluvchiga belgilangan tartibda roʻyxatga olish boʻlimida saqlanishi kerak boʻlgan qabul qilib olingan toʻlov hujjatlari kvitansiyalari nusxasini beradi, shuningdek har haftada tibbiy roʻyxatga oluvchi, nazorat-kassa apparati maʼlumotlari bilan naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha Markazning budjetdan tashqari maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlarni taqqoslaydi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
23. Markaz koʻrsatilgan pulli tibbiy xizmatlar natijalarining statistik va buxgalteriya hisobini yuritishi shart, u talab qilinadigan hisobotni tuzadi va uni amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
V. Isteʼmolchining huquqlari va Markazning javobgarligi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.02.00 Maishiy xizmat koʻrsatish sohasini boshqarish va nazorat. Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish]
24. Mijozlarning sifatli tibbiy yordam olish huquqlari “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan himoya qilinadi.
25. Tibbiy yordam koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnomaga koʻra xizmatlarni bajarish muddatlari va sifati boʻyicha majburiyatlar Markaz tomonidan bajarilmagan taqdirda mijoz oʻz tanloviga koʻra:
xizmatlar koʻrsatishning yangi muddatini belgilashni talab qilishga;
xizmatlarning boshqa mutaxassislar tomonidan bajarilishini talab qilishga;
shartnomani bekor qilishga va koʻrilgan zararlarning qoplanishini talab qilishga haqlidir.
26. Mijozlar bilan Markaz oʻrtasida paydo boʻladigan eʼtirozlar va nizolar tomonlarning kelishuviga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
27. Tashxis qoʻyish va davolash sifatining tasdiqlangan standartlariga Markaz tomonidan amal qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan davriy hisobotlarni tahlil qilish va joylarda rejali tekshirishlar oʻtkazish yoʻli bilan nazorat qilinadi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.15.00 Sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
28. Markaz direktori va xodimlari oʻzlarining aybi bilan mijozlar hayoti salomatligiga yetkazilgan ziyon uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq intizomiy, fuqarolik-huquqiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi.
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish Qoidalariga ILOVA
Pulli tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida SHARTNOMA
Toshkent shahri
_____ y. “_____”____________________
Respublika ixtisoslashtirilgan ___________________________________________ markazi nomidan
Markaz ustavi asosida ish koʻruvchi, keyinchalik “Bajaruvchi” deb yuritiluvchi, Markaz direktori _______ ______________________________ bir tomondan, ___________________________ da yashovchi, keyinchalik
(F.I.O.)
keyinchalik “Mijoz” deb yuritiluvchi fuqaro ____________________________________________________
(F.I.O., pasport seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi)
ikkinchi tomondan, __________________________________________________________________________
(mazkur Shartnoma boʻyicha haq toʻlovchi yuridik shaxsning nomi)
__________________________ nomidan ______________________________________ asosida ish koʻruvchi
(Ustav, Nizom, ishonchnoma)
keyinchalik “Homiy” deb yuritiluvchi __________________________________________________________
(F.I.O., lavozimi)
uchinchi tomondan mazkur Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.
I. SHARTNOMA MAVZUSI
1.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha Bajaruvchi Mijozga quyida koʻrsatilgan hajmda va muddatda tibbiy xizmatlar koʻrsatadi, Mijoz/Homiy (zarur boʻlmagani chizilsin) esa mazkur Shartnoma barcha tomonlar tomonidan imzolangan paytdan boshlab ___ kun mobaynida ushbu xizmatlarga belgilangan tariflar boʻyicha oldindan haq toʻlash shartlarida Bajaruvchining kassasiga yoxud Bajaruvchining _______________dagi ____-son depozit hisob raqamiga haq toʻlaydi.
Tibbiy xizmatlar roʻyxati
Tibbiy xodimning nomi va ilmiy darajasi
Birliklar soni
Birlik qiymati
Umumiy qiymati
Xizmatlarni bajarish muddatlari
1.
2.
Jami:
X
X
1.2. Xizmatlar Bajaruvchi va Mijoz tomonidan xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin koʻrsatilgan deb hisoblanadi.
II . TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. Bajaruvchi quyidagilarga majbur:
a) mazkur Shartnomaning 1.1-bandida koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni mazkur Shartnomada belgilangan hajmlar va muddatlar doirasida tibbiyot amaliyoti, texnologiya va kasb etikasining yuksak darajasida koʻrsatish;
b) schyot-faktura bilan rasmiylashtirilgan amaldagi xarajatlar natijalari boʻyicha foydalanilmay qolgan mablagʻlarni Mijozga/Homiyga (zarur boʻlmagani chizilsin) qaytarish;
v) Mijozga amalda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar, foydalanilgan dori-darmonlar va ovqat uchun schyot-fakturani Mijozga/Homiyga berish;
g) xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini oʻz vaqtida tuzish va imzolash;
d) Mijoz sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi vrach sirini oshkor qilmaslik;
e) zaruriyat boʻlganda yoki Mijozning talabiga koʻra Mijoz/Homiy tomonidan qoʻshimcha haq toʻlanmasdan vrachlar konsiliumini chaqirish;
j) agar xizmatlarni koʻrsatish jarayonida Bajaruvchi mazkur Shartnoma shartlaridan xizmatlar sifatini yomonlashtiruvchi chekinishlarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, aniqlangan barcha nuqsonlarni Mijozning talabiga koʻra ___kun mobaynida tekin tuzatish;
z) Bajaruvchining yoki Bajaruvchi xodimlarining aybi bilan Mijozning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni, shuningdek bunday ziyon yetkazilishi natijasida kelib chiqqan zararlarni toʻliq hajmda qoplash;
i) Mijoz va Homiyning huquqlariga rioya qilish.
2.2. Bajaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
a) Mijozdan Bajaruvchining ichki tartib-qoidalariga, davolash rejimiga, Bajaruvchining tibbiy xodimlari koʻrsatmalari va tayinlashlariga rioya qilishni talab etish;
b) mazkur Shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatini toʻlash shartlariga rioya etilmagan taqdirda mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilish;
v) Mijozning aybi bilan Bajaruvchining mol-mulki va xodimlariga yetkazilgan ziyon va zararlar toʻliq hajmda qoplanishini talab qilish va Mijozdan olish.
2.3. Mijoz quyidagilarga majbur:
a) Bajaruvchining ichki tartib-qoidalariga, davolash rejimiga, Bajaruvchining tibbiy xodimlari koʻrsatmalari va tayinlashlariga rioya qilish;
b) mazkur Shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan shartlarda xizmatlarning toʻliq qiymatini Bajaruvchiga oʻz vaqtida toʻlash (agar bu mazkur Shartnoma boʻyicha Homiyning majburiyati hisoblanmasa);
v) xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini oʻz vaqtida imzolash;
g) oʻzining aybi bilan Bajaruvchining mol-mulki va xodimlariga yetkazilgan ziyon va zararlarni toʻliq hajmda qoplash.
2.4. Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
a) mazkur Shartnomaning 1.1-bandida koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni mazkur Shartnomada belgilangan hajmlar va muddatlar doirasida tibbiyot amaliyoti, texnologiya va kasb etikasining yuqori darajasida olish;
b) tibbiy yordam koʻrsatishning tasdiqlangan tartib-qoidalari, tashxis qoʻyish va davolash standartlari, tariflar bilan tanishish;
v) schyot-faktura bilan rasmiylashtirilgan amaldagi xarajatlar natijalari boʻyicha foydalanilmay qolgan mablagʻlar qaytarilishini talab qilish va olish;
g) oʻziga amalda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun schyot-fakturani, shuningdek xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalarining bir nusxasini olish;
d) xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi mazmuniga rozi boʻlmagan taqdirda, ushbu dalolatnomani mavjud mulohazalarni yozma ravishda koʻrsatgan holda imzolash;
e) oʻz sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi vrach sirini oshkor qilmaslik;
j) qoʻshimcha haq toʻlamasdan vrachlar konsiliumini chaqirishni talab qilish;
z) agar xizmatlar koʻrsatish jarayonida Bajaruvchi mazkur Shartnoma shartlaridan xizmatlar sifatini yomonlashtiruvchi chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, Bajaruvchidan barcha aniqlangan nuqsonlarni ___kun mobaynida tekin tuzatishni talab qilish;
i) Bajaruvchining yoki Bajaruvchi xodimlarining aybi bilan Mijozning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon, shuningdek bunday ziyon yetkazilishi natijasida kelib chiqqan barcha zararlar toʻliq hajmda qoplanishini talab qilish va Bajaruvchidan olish;
k) Bajaruvchini ___kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilish.
2.5. Homiy mazkur Shartnomaning 1.1-bandi shartlariga muvofiq xizmatlarning toʻliq qiymatini Bajaruvchiga oʻz vaqtida toʻlashi shart.
2.6. Homiy quyidagi huquqlarga ega:
a) Mijozga amalda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun schyot-fakturani, shuningdek xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalarining bir nusxasini olish;
b) tibbiy yordam koʻrsatishning tasdiqlangan tartib-qoidalari, tashxis qoʻyish va davolash standartlari, tariflar bilan tanishish;
v) agar Bajaruvchi tomonidan qoʻshimcha tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar tayinlangan taqdirda, Homiyning mablagʻlari hisobiga boshqa tibbiyot muassasalari tomonidan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilish;
g) schyot-fakturalar va xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilgan amaldagi xarajatlar natijalari boʻyicha foydalanilmay qolgan mablagʻlar qaytarilishini talab qilish va olish;
d) mazkur Shartnoma shartlari Bajaruvchining yoki Bajaruvchi xodimlarining aybi bilan buzilgan taqdirda, ___kun oldin Bajaruvchini yozma ravishda ogohlantirib, shartnomani bir tomonlama bekor qilish va toʻlangan mablagʻlar qaytarilishini Bajaruvchidan talab qilish.
3.1. Mazkur Shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoxud zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar bir-birining oldida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
(3.1 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3.2. Xizmatlar koʻrsatishning Shartnomada belgilangan muddatlari buzilganligi uchun “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda va miqdorda Mijozga muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun jarima toʻlanadi.
3.3. Tomonlarning kelishuviga koʻra muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun toʻlanadigan jarima Bajaruvchi tomonidan Mijozga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilishi hisobiga bajarilishi mumkin.
3.4. Muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun jarima toʻlanishi tomonlarni mazkur Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishidan yoki ushbu majburiyatlarning ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
3.5. Tomonlarning har biri, agar bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida yoki mazkur Shartnomada nazarda tutilgan oʻz majburiyatlari boshqa tomon tomonidan bajarilmasligi yoki nohalol bajarilishi sababli yuz berganligini isbot qilsa, mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
IV. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
4.1. Bajaruvchi tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatilishi yoki Bajaruvchi xodimlarining notoʻgʻri tashxisi va xulosalari tufayli salbiy oqibatlar paydo boʻlgan taqdirda, Bajaruvchi Mijoz uchun qoʻshimcha tashxis qoʻyish va davolash yordami, dori-darmonlar va ovqat qiymatini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydi.
4.2. Mijozda qoʻshimcha kasalliklar aniqlangan taqdirda, Mijozga qoʻshimcha tashxis qoʻyish va davolash yordami koʻrsatish, dori-darmonlar va ovqat qiymati mazkur Shartnomaga qoʻshimcha bitim asosida Mijoz/Homiy tomonidan toʻlanadi.
4.3. Mazkur Shartnomada tartibga solinmagan masalalar boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga amal qiladilar.
(4.3 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkoni boricha tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
5.2. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlmagan taqdirda, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda koʻrib chiqilishi kerak.
(5.2 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. YAKUNIY QOIDALAR
6.1. Mazkur Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda tuzilgan boʻlsa va tomonlarning bunga vakil qilingan vakillari tomonidan imzolangan boʻlsa, haqiqiy va mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
6.2. Mazkur Shartnoma uni barcha tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi.
6.3. Mazkur Shartnoma har bir tomon uchun bir nusxadan ikki/uch nusxada tuzildi. Barcha nusxalar oʻxshash va bir xil yuridik kuchga egadir.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroriga 2-ILOVA
Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash
tartibi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlari (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb ataladi) tomonidan tibbiy yordam koʻrsatish, order berish, joylashtirish hamda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga davlat budjeti hisobiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar qiymatini toʻlash masalalarini tartibga soladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Markazlarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga 2-ilovada keltirilgan, zamonaviy, yuqori texnologiyali tashxis va davolash asbob-anjomlari qoʻllanilgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF–3923-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan markazlarga va ushbu Markazlar toʻgʻrisidagi nizomlarda koʻrsatilgan imtiyozli toifadagi shaxslarga tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yilning har choragida mavjud oʻrinlar fondining, uning aylanishining va poliklinikalarning bemorlarni qabul qilish quvvatining quyidagi miqdorida imtiyozli bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatishga kvotalar belgilanadi:
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari uchun — 20 foizigacha;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.06 Ona va bola salomatligini muhofaza qilish]
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 20 foizigacha;
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 30 foizigacha;
Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — katta yoshdagilar boʻlimlari boʻyicha — 20 foizigacha va bolalar boʻlimlari boʻyicha — 100 foizigacha;
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun — 100 foizigacha.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Kvotalarni mintaqalar boʻyicha taqsimlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarining buyurtmanomalarini koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga keyingi chorakning 5-kunidan kechikmay orderlardan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
4. Imtiyozli toifaga bepul davolanish uchun orderlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, sogʻliqni saqlash viloyat boshqarmalari huzuridagi vrach-tanlash komissiyasining xulosasi asosida beriladi.
Tegishli vrach-tanlash komissiyalarining tarkibi quyidagi mutaxassislardan tuziladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida — davolash bosh boshqarmasining boshligʻi (rais) ixtisos boʻyicha vazirlikning bosh mutaxassisi va vazirlikning davolash boshqarmasi bosh mutaxassisi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida — vazir oʻrinbosari (rais), ixtisos boʻyicha vazirlikning bosh mutaxassisi va vazirlikning davolash boshqarmasi bosh mutaxassisi;
Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasida va sogʻliqni saqlash viloyat boshqarmalarida — boshliqlarning birinchi oʻrinbosarlari (raislar), ixtisos boʻyicha boshqarmalarning bosh mutaxassislari va ixtisos boʻyicha davolash muassasalarining bosh vrachlari.
5. Sogʻliqni saqlash organlari bemorlarning imtiyozli toifasiga yoʻllanmalar (orderlar)ni asosan respublikaning boshqa tibbiyot muassasalarida koʻrsatilishi mumkin boʻlmagan ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) tibbiy yordam olish uchun beradilar.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
6. Vrach-tanlash komissiyasi faqat quyidagi tibbiy hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda bemorlarning imtiyozli toifasini bepul davolashga orderlar berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi:
tibbiy yordam berishning birlamchi muassasasining yoʻllanmasi asosida viloyat (respublika, shahar) davolash-profilaktika muassasasi tomonidan berilgan mazkur bemorning Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazida davolanishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa;
bemorning ahvoli toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa (bemorning F.I.O., tashxis, bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda olingan laboratoriya va instrumental tekshirish natijalari);
imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat (pensiya daftarchasi, nogironligi boʻlgan shaxs guvohnomasi).
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
7. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning nusxalari kasallik turi boʻyicha ixtisoslashtirilgan markazda bepul davolanishga order ajratish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun vrach-tanlash komissiyasiga taqdim etiladi. Hujjatlarning asl nusxalari keyinchalik Markazga taqdim etish uchun bemorda qoladi.
8. Vrach-tanlash komissiyasi order berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda order blankasi vrach-tanlash komissiyasi tarkibiga kiradigan masʼul shaxs tomonidan toʻldiriladi, vrach-tanlash komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar muhr bilan tasdiqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
9. Markazlarda tibbiy yordam olish uchun order qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, uning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
III. Bemorlarning imtiyozli toifasini shifoxonaga joylashtirish va tibbiy yordam koʻrsatish tartibi
10. Shaxslarning imtiyozli toifasini qabul qilish sogʻliqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan yoʻllanmalar (orderlar) asosida Markazlarning maslahat beruvchi poliklinikalari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
Yoʻllanmalar (orderlar)dan tashqari imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar shuningdek kasallik tarixidan koʻchirmani (ambulatoriya kartasi) hamda ularning shaxsini va imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar belgilangan namunadagi kasallik tarixini ochish uchun asos hisoblanadi.
11. Imtiyozli toifaga kiradigan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi tashxis qoʻyish va davolash sifatining tasdiqlangan standartlariga rioya qilingan holda Respublika markazlari tomonidan aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish qoidalariga muvofiq keladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
12. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni statsionar davolash uchun Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida alohida palatalar ajratiladi. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni pulli asosda tibbiy xizmatlardan foydalanuvchi shaxslar bilan birgalikda shifoxonaga yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy yordam Markaz bilan mijoz oʻrtasida tuziladigan mazkur tartibga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha shartnoma asosida budjet mablagʻlari hisobiga koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
14. Shoshilinch yordam koʻrsatilishiga muhtoj bemorlar Markaz Direktorining bildirishnomasi bilan, u boʻlmaganda, Markazning masʼul navbatchi vrachining bildirishnomasi bilan qabul qilinadi. Shoshilinch tibbiy yordam Markazlar tomonidan Shoshilinch tibbiy yordam markazlarida bemorlarni davolashning belgilangan cheklangan muddatlariga muvofiq koʻrsatiladi va keyinchalik shifoxonada yotqizish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
15. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot Markazlariga bepul davolanishga yoʻllanmasiz (ordersiz) murojaat qilgan shaxslarga tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda koʻrsatiladi.
IV. Budjet mablagʻlarining rejadagi miqdorini aniqlash tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
16. Davlat budjeti mablagʻlarini olish uchun Markaz tomonidan navbatdagi moliya yili uchun budjet mablagʻlari olishga buyurtmanoma tuziladi, u quyidagilardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi:
imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlar poliklinikalarning mavjud oʻrinlar fondi, uning aylanishi va bemorlarni qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonunchilikda belgilangan tegishli hajmda boʻlishi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
tashxis qoʻyish va davolash sifatining belgilangan tartibda tasdiqlangan standartlari, Markaz tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy yordamga belgilangan tariflar, shu jumladan tibbiy yordamning ayrim murakkab, yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) turlariga belgilangan imtiyozli tariflar — bunday tibbiy yordam turlari roʻyxati va ularning koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarini qoplash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi;
imtiyozli toifaga kiruvchi bir nafar bemorni ham ambulatoriyada, ham statsionar sharoitda davolash xizmatlarining toʻlovlari;
(16-bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
barcha turdagi soliqlar va bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) hisoblash va davlat budjetiga toʻlamaslik natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hajmining prognoz hisob-kitoblari, shuningdek boʻshaydigan mazkur mablagʻlarni Markazni rivojlantirish va zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlashga yoʻnaltirish.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
17. Navbatdagi yil uchun budjet buyurtmanomasi Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga joriy yilning 1-iyunidan kechikmay taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi respublika budjetidan taʼminlanadigan sogʻliqni saqlash muassasalarining budjet buyurtmanomalarini koʻrib chiqqandan va umumlashtirgandan keyin navbatdagi yil uchun Markazlar boʻyicha yigʻma budjet buyurtmanomasini, Markazlar boʻyicha mablagʻlarni alohida paragraf bilan ajratgan holda, joriy yilning 1-iyulidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi navbatdagi moliya yili uchun davlat budjeti parametrlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin bir hafta muddatda, Markazlar uchun budjet mablagʻlari hajmini har bir Markaz boʻyicha taqsimlagan holda alohida satr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yetkazadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi budjet mablagʻlari hajmlarini, Markazlarning imtiyozli toifadagi bemorlarga (poliklinikalarning mavjud oʻrin fondi va qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonunchilikda belgilangan hajmda) koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarini qoplashga hamda aholiga imtiyozli tariflar boʻyicha tibbiy xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini qoplashga maqsadli mablagʻlarni alohida satr bilan ajratgan holda Markazlarga yetkazadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Markaz ajratilgan budjet mablagʻlari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:
kelgusi yil uchun biznes-rejani hamda daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda Yagona tarif setkasi (Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif setkasi) boʻyicha bazaviy lavozim maoshlaridan va miqdori cheklanmaydigan ustama haqdan kelib chiqqan holda lavozim maoshlarini belgilaydi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
V. Markaz tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni qoplashga budjet mablagʻlari ajratish tartibi
(V boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
20. Davlat budjeti mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Markazlarga har oyda, quyidagi satrlar boʻyicha taqsimlagan holda:
imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga poliklinikalarning mavjud oʻrni va qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonunchilikda belgilangan hajmda bepul asosda, yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz xizmatlarini qoplashga;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
tibbiy yordamning ayrim murakkab, yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) turlariga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan imtiyozli tariflar boʻyicha aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha Markaz xizmatlarini qoplashga ajratiladi.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Bunda Markaz xizmatlari tarkibiga amalga oshirilgan xarajatlar bilan birgalikda, Markazning sof foydasi va qonunchilikda belgilangan soliqlar va majburiy toʻlovlar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Markaz tomonidan tasdiqlangan standartlar va tariflarga rioya qilmasdan asossiz ravishda soʻralayotgan deb hisoblangan summani ushlab qolishi mumkin.
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
Budjet mablagʻlari Markazga xizmat koʻrsatuvchi bank muassasasidagi maxsus budjet hisob raqamiga oʻtkaziladi.
21. Davolangan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar va imtiyozli tariflar boʻyicha davolangan aholining haqiqiy soni uchun Markaz va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda ambulatoriyada va statsionarda koʻrsatilgan tibbiy yordam qiymati tashxis va davolash sifatining tasdiqlangan standartlaridan, amaldagi tariflardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
22. Tashxis qoʻyish va davolash sifatining tasdiqlangan standartlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha davolash va tashxis qoʻyish tartibotlari, agar ularni amalga oshirish zaruriyati mijozda qoʻshimcha kasalliklar topilishi tufayli paydo boʻlsa, davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi. Bunda mijozning qiymati davlat budjeti mablagʻlari hisobiga toʻlanadigan davolanishda boʻlishining cheklangan muddati tashxis va davolash sifatining belgilangan standartlarida belgilangan muddatdan 3 kundan oshmasligi kerak.
Qoʻshimcha davolash va tashxis qoʻyish ishlari Markaz tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordam asorati yoki Markaz xodimlarining notoʻgʻri tashxisi va xatti-harakati sababli koʻrsatilgan taqdirda qoʻshimcha xarajatlar Markazning oʻz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
23. Moliya yili oxirida budjet mablagʻlarining foydalanilmay qolgan summasi budjetga olib qoʻyilmaydi va Markaz ixtiyorida qoladi, ulardan kelgusi moliya yilida:
imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga poliklinikalarning mavjud oʻrin fondi va qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonunchilikda belgilangan hajmda bepul asosda, yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tibbiy yordamning ayrim murakkab, yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) turlari tariflarini arzonlashtirish;
Markazni rivojlantirish va jihozlash uchun foydalanish mumkin.
VI. Hisob va hisobot
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
24. Markazlar imtiyozli toifaga kiruvchi kasallarga qilingan xarajatlarning (shu jumladan imtiyozli tariflar boʻyicha xizmatlarning yuqori texnologiyali murakkab turlariga xarajatlarning) tahliliy hisob-kitobini olib borishlari shart, uning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
25. Markaz har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga va Moliya vazirligiga bajarilgan tibbiy xizmatlar hajmi toʻgʻrisida, bemorlarni pulli va imtiyozli toifalar boʻyicha ajratgan holda hisobot taqdim etadi.
Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash tartibiga ILOVA
Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorga davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida SHARTNOMA
Toshkent shahri
_____ y. “_____”____________________
Respublika ixtisoslashtirilgan ___________________________________________ markazi nomidan
Markaz ustavi asosida ish koʻruvchi, keyinchalik “Bajaruvchi” deb yuritiluvchi, Markaz direktori _______ ______________________________ bir tomondan, ___________________________ da yashovchi, keyinchalik
(F.I.O.)
“Mijoz” deb yuritiluvchi fuqaro ______________________________________________________________
(F.I.O., pasport seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi)
ikkinchi tomondan, mazkur Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
I. SHARTNOMA MAVZUSI
1.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha Bajaruvchi Mijozga quyida koʻrsatilgan hajmda va muddatda tibbiy xizmatlar koʻrsatadi, ushbu tibbiy xizmatlar uchun Bajaruvchiga davlat budjeti mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.
Tibbiy xizmatlar roʻyxati
Tibbiy xodimning nomi va ilmiy darajasi
Birliklar soni
Birlik qiymati
Umumiy qiymati
Xizmatlarni bajarish muddatlari
1.
2.
Jami:
X
X
1.2. Xizmatlar Bajaruvchi va Mijoz tomonidan xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin koʻrsatilgan deb hisoblanadi.
II . TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. Bajaruvchi quyidagilarga majbur:
a) mazkur Shartnomaning 1.1-bandida koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni mazkur Shartnomada belgilangan hajmlar va muddatlar doirasida tibbiyot amaliyoti, texnologiya va kasb etikasining yuksak darajasida koʻrsatish;
b) xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini oʻz vaqtida tuzish imzolash;
v) Mijoz sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi vrach sirini oshkor qilmaslik;
g) zaruriyat boʻlganda yoki Mijozning talabiga koʻra vrachlar konsiliumini chaqirish;
d) agar xizmatlarni koʻrsatish jarayonida Bajaruvchi mazkur Shartnoma shartlaridan xizmatlar sifatini yomonlashtiruvchi chekinishlarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, aniqlangan barcha nuqsonlarni Mijozning talabiga koʻra ___kun mobaynida tekin tuzatish;
e) Bajaruvchining yoki Bajaruvchi xodimlarining aybi bilan Mijozning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni, shuningdek bunday ziyon yetkazilishi natijasida kelib chiqqan zararlarni toʻliq hajmda qoplash;
j) Mijoz huquqlariga rioya qilish.
2.2. Bajaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
a) Mijozdan Bajaruvchining ichki tartib-qoidalariga, davolash rejimiga, Bajaruvchining tibbiy xodimlari koʻrsatmalari va tayinlashlariga rioya qilishni talab etish;
b) Mijozning aybi bilan Bajaruvchining mol-mulki va xodimlariga yetkazilgan ziyon va zararlar toʻliq hajmda qoplanishini talab qilish va Mijozdan olish.
2.3. Mijoz quyidagilarga majbur:
a) Bajaruvchining ichki tartib-qoidalariga, davolash rejimiga, Bajaruvchining tibbiy xodimlari koʻrsatmalari va tayinlashlariga rioya qilish;
b) xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini oʻz vaqtida imzolash;
v) oʻzining aybi bilan Bajaruvchining mol-mulki va xodimlariga yetkazilgan ziyon va zararlarni toʻliq hajmda qoplash.
2.4. Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
a) mazkur Shartnomaning 1.1-bandida koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni mazkur Shartnomada belgilangan hajmlar va muddatlar doirasida tibbiyot amaliyoti, texnologiya va kasb etikasining yuqori darajasida olish;
b) tibbiy yordam koʻrsatishning tasdiqlangan tartib-qoidalari, tashxis qoʻyish va davolash standartlari, tariflar bilan tanishish;
v) xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi mazmuniga rozi boʻlmagan taqdirda, ushbu dalolatnomani mavjud mulohazalarni yozma ravishda koʻrsatgan holda imzolash;
g) oʻz sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi vrach sirini oshkor qilmaslik;
d) vrachlar konsiliumini chaqirishni talab qilish;
e) agar xizmatlar koʻrsatish jarayonida Bajaruvchi mazkur Shartnoma shartlaridan xizmatlar sifatini yomonlashtiruvchi chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, Bajaruvchidan barcha aniqlangan nuqsonlarni ___kun mobaynida tekin tuzatishni talab qilish;
j) Bajaruvchining yoki Bajaruvchi xodimlarining aybi bilan Mijozning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyon, shuningdek bunday ziyon yetkazilishi natijasida kelib chiqqan barcha zararlar toʻliq hajmda qoplanishini talab qilish va Bajaruvchidan olish;
z) Bajaruvchini ___kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilish.
3.1. Mazkur Shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoxud zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar bir-birining oldida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
(3.1 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3.2. Xizmatlar koʻrsatishning Shartnomada belgilangan muddatlari buzilganligi uchun “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda va miqdorda Mijozga muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun jarima toʻlanadi.
3.3. Tomonlarning kelishuviga koʻra muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun toʻlanadigan jarima Bajaruvchi tomonidan Mijozga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilishi hisobiga bajarilishi mumkin.
3.4. Muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun jarima toʻlanishi tomonlarni mazkur Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishidan yoki ushbu majburiyatlarning ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
3.5. Tomonlarning har biri, agar bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida yoki mazkur Shartnomada nazarda tutilgan oʻz majburiyatlari boshqa tomon tomonidan bajarilmasligi yoki nohalol bajarilishi sababli yuz berganligini isbot qilsa, mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
IV. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
4.1. Mijoz uchun qoʻshimcha tashxis qoʻyish va davolash yordami koʻrsatish, agar sanab oʻtilganlar Bajaruvchi tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatilishi tufayli paydo boʻlgan asoratlar yoki Bajaruvchi xodimlarning notoʻgʻri tashxis qoʻyishi va hatti-harakatlari munosabati bilan talab yetilsa, qiymatini Bajaruvchi oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydi.
4.2. Mijozda uchun qoʻshimcha tashxis qoʻyish va davolash yordami koʻrsatish qiymati ,agar yuqorida sanab oʻtilganlar Mijozda qoʻshimcha kasalliklar aniqlanishi munosabati bilan talab yetilsa,mazkur Shartnomaga qoʻshimcha bitim asosida Markazga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida budjet mablagʻlari hisobiga toʻlanadi.
4.3. Mazkur Shartnomada tartibga solinmagan masalalar boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga amal qiladilar.
(4.3 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
V. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkoni boricha tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
5.2. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlmagan taqdirda, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sudda koʻrib chiqilishi kerak.
(5.2 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. YAKUNIY QOIDALAR
6.1. Mazkur Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda tuzilgan boʻlsa va tomonlarning bunga vakil qilingan vakillari tomonidan imzolangan boʻlsa, haqiqiy va mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
6.2. Mazkur Shartnoma uni barcha tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi.
6.3. Mazkur Shartnoma har bir tomon uchun bir nusxadan ikki nusxada tuzildi. Barcha nusxalar oʻxshash va bir xil yuridik kuchga egadir.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroriga 3-ILOVA
Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga yotqizish toʻgʻrisida
NIZOM
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb ataladi) joylashtirish masalalarini tartibga soladi.
Ushbu Nizom faqat yuqorida koʻrsatilgan Farmonga muvofiq tashkil qilingan Markazlarga tatbiq etiladi.
I. Ogʻir bemorlarni qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
1. Tez tibbiy yordam orqali yoki mustaqil ravishda Markazning qabulxonasiga ogʻir ahvolda kelgan bemorlar shifokor tomonidan, tungi vaqtlarda esa masʼul navbatchi shifokor tomonidan tekshiruvdan oʻtkaziladi. Zarur hollarda tashxis qoʻyish tekshiruvlari oʻtkaziladi va zarur tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Aniq tashxis qoʻyish uchun tegishli mutaxassislar chaqirilishi mumkin va konsilium oʻtkaziladi.
2. Ogʻir ahvolda kelgan bemor toʻgʻrisida Markaz direktoriga, uning oʻz joyida boʻlmagan paytlarida esa — Markaz boʻyicha masʼul navbatchi shifokorga xabar beriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
3. Agar ogʻir ahvolda kelgan bemorlarning ahvoli mazkur Nizomga ilovada keltirilgan holatlar roʻyxati boʻyicha ixtisoslashgan boʻlsa, ular Markazga yotqizilishi mumkin.
Agar bemorning ahvoli ilovada koʻrsatilgan tez yordam koʻrsatish holatlari roʻyxatiga tegishli boʻlmasa, u holda bemor belgilangan tartibda tegishli davolash muassasalariga joʻnatiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]
Roʻyxatdan oʻtkazish daftariga bemorning familiyasi, ismi va otasining ismi, kelib tushgan vaqti, uni Markazga transportda olib kelinishi, yotqizilishi rad etilganligining sababi yoziladi va unda Markaz boʻyicha masʼul navbatchi shifokorning imzosi boʻladi. Bundan tashqari, bemorga belgilangan tartibda xulosa beriladi.
4. Qabulxona shifokori tomonidan bemorda yuqumli kasallik aniqlanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Alohida yuqumli va parazitar kasalliklarni hisobga olish boʻyicha Yoʻriqnomasiga muvofiq choralar koʻriladi.
II. Ogʻir bemorlarni davolashga kvotalarni belgilash va xizmatlarni qoplash tartibi
(II boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
5. Markazlarga shoshilinch tarzda kelgan bemorlarning cheklangan yoʻl qoʻyiladigan soni nisbati poliklinikalarning qabul qilish quvvati va oʻrin fondidan kelib chiqqan holda belgilanadi:
Urologiya markazi boʻyicha — 2 foiz;
Koʻz mikroxirurgiyasi markazi boʻyicha — 3 foiz;
Kardiologiya markazi boʻyicha — 5 foiz;
Akademik V. Vohidov nomidagi jarrohlik markazi boʻyicha — 8 foiz.
Akusherlik va ginekologiya markazi boʻyicha — 10 foiz;
Terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi boʻyicha — 2 foiz.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Markazga belgilangan kvotalardan ortiq yotqizilgan ogʻir bemorlarga qilingan xarajatlar Markazlarning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
6. Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga Markaz tomonidan bemorlarni shoshilinch tibbiy yordam markazlarida davolashning belgilangan cheklangan muddatlariga muvofiq hamda keyinchalik yotqizilishini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida rasmiylashtirgan holda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatiladi.
7. Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish xizmatlari Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, shifoxonaga joylashtirish va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash Tartibiga muvofiq davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
8. Imtiyozli toifaga kirmaydigan bemorlar shoshilinch tartibda yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) operatsiya qilinganda davolash qiymati belgilangan tartibda toʻlanadi.
III. Nazorat va hisobot
9. Markazlar ogʻir ahvolda kelgan bemorlarning va ularni davolash bilan bogʻliq xarajatlarning hisobini alohida yuritadilar.
10. Markazning shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni joylashtirishga oid faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi nazorat qiladi.
Shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga yotqizish toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga shoshilinch yotqizilishi talab qilinadigan bemorlarning holatlari roʻyxati
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
I. Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi
1. Toʻliq AV blokada sindromi
2. Yurak tamponlash sindromi
3. Tugʻma yurak illati bor bemorlarning nafas qisish-sianli xurujlari
4. Yurak illati boʻlganda shishish holatlari va oʻpkaning shishishi
5. Zudlik bilan rekonstruktiv aralashuv talab etiladigan magistral tomirlarning travmatik shikastlanishi va anevrizmlari
6. Oʻtkir miokard infarkti, yurak va magistral tomirlarning gʻayritabiiy tanachasi, magistral tomirlarning trombozlari
2. Nafas yetishmovchiligi aks etgan (II-III darajasi) ogʻir kuchayish davridagi oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OʻSOK).
3. Oʻtkir pnevmoniya ogʻir kechish asoratlari bilan.
4. Yurak ishemik kasalligi: miokardning ogʻir infarkti, ogʻir koronar sindromi.
5. Gipertonik kriz.
6. Yurak faoliyati ritmining gemodinamik sezilarli va hayot uchun xavfli buzilishlari.
7. Ogʻir chap meʼda yetishmovchiligi (yurak astmasi, oʻpka shishi).
(V, VI va VII boʻlimlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-iyundagi 264-son qaroriga 4-ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb ataladi) daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalarini hamda ularning faoliyatini moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi yuqorida koʻrsatilgan Farmonga muvofiq tashkil qilingan Markazlarga tatbiq etiladi.
I. Markaz daromadlarini shakllantirish manbalari
1. Quyidagilar Markazlar daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Markazlarning oʻz daromadlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari;
Markazlar ixtiyoriga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul va boshqa mablagʻlarning begʻaraz berilishi;
bank va moliyaviy muassasalarning, boshqa yuridik shaxslarning kreditlari;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid boʻlmagan tartibda jalb qilingan boshqa daromadlar.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Markazlarning oʻz daromadlari:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
tasdiqlangan tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga muvofiq pulli asosda aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
Markazlarning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining soha mutaxassislarini pulli asosda tayyorlash;
tibbiy dori-darmonlar, fizik eritmalar va qon dori-darmonlari ishlab chiqarish hamda sotish;
Markazlarning foydalanilmayotgan mol-mulkini qonunchilikda belgilangan tartibda ijaraga berish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 34-bobi (“Mulk ijarasi”).
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatilganligi uchun Markazlarning xizmatlarini qoplashga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilangan imtiyozli tariflar boʻyicha aholiga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) tibbiy xizmat turlari koʻrsatilganligi uchun xizmatlarni qoplashga;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Markazlarni Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi hamda har yil tasdiqlanadigan investitsiya dasturlari doirasida zamonaviy, yuqori texnologiyali tashxis qoʻyish tibbiyot asbob-anjomlari va texnikasi bilan toʻliq jihozlashga;
Markazlarni mukammal rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ilmiy grantlar tarzida ajratiladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
4. Davlat budjetidan mablagʻlar Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi va kardiologiya markazlari 2007-yilda, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi 2008-yilda hamda Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi 2011-yilda oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga erishgan holda mablagʻlarni bosqichma-bosqich qisqartirishni hisobga olib ajratiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyundagi 164-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 285-modda)
5. Moliya muassasalarining kredit mablagʻlarini Markazning mol-mulkini garovga qoʻygan holda jalb etish kredit loyihasining texnik iqtisodiy asoslashlari faqat Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi bilan kelishgandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
6. Markazlar davlat budjetiga barcha turdagi soliqlar va oʻz ehtiyojlari uchun keltiriladigan tibbiy uskunalar va anjomlar, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilishi munosabati bilan shakllanadigan daromadlarining hisobini, keyinchalik ularni har chorakda bankdagi alohida hisob raqamida jamlagan holda alohida yuritadilar.
II. Markazning oʻz daromadlaridan foydalanish tartibi
7. Markazlarning mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan manbalardan jalb qilingan oʻz daromadlari Markazlarning xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklaridagi budjetdan tashqari depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi hamda:
Markazlarning joriy taʼminotiga;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
Markazlarni rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni eng zamonaviy tashxis qoʻyish va davolash uskunalari, tibbiy anjomlar bilan jihozlash tadbirlariga;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
Markazlar shifokorlari va tibbiy xodimlarining bemorlarni davolashga qoʻshgan hissalariga muvofiq ular mehnatini moddiy ragʻbatlantirishga, shuningdek ijtimoiy rivojlantirishga;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Markazlar mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
pulli asosda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar, tovarlar va ishlarni bajarish va sotish boʻyicha jami xarajatlarni qoplashga;
mavjud kreditorlik qarzlarni toʻlashga;
Markazlar faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlarga foydalaniladi.
8. Markazlarning toʻlov muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari mavjud boʻlgan taqdirda, Markazlarning oʻz daromadlari (tovarlar, ishlar va xizmatlarni bajarish va sotish boʻyicha jami xarajatlar oʻrnini toʻldirgandan keyin) mavjud qarzlarni toʻlashga sarflanadi.
9. Agar kreditorlik qarzlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarning belgilangan rejadagi soni uchun tasdiqlangan budjet ajratmalari limitidan koʻproq sarflar bilan tibbiy xizmat koʻrsatish sababli yuzaga kelgan taqdirda, budjetdan tashqari mablagʻlar (tovarlar, ishlar va xizmatlarni bajarish va sotish boʻyicha xarajatlar oʻrnini toʻldirgandan keyin) kreditorlik qarzlarni toʻlashga davlat budjeti mablagʻlaridan qoplamagan holda yoʻnaltiriladi.
10. Yuridik va jismoniy shaxslardan Markaz tomonidan olingan pul va boshqa shakldagi begʻaraz yordam mablagʻlari ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
11. Davlat budjetiga barcha turdagi soliqlar va oʻz ehtiyojlari uchun keltiriladigan tibbiy uskunalar va asboblar, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilishi munosabati bilan shakllanadigan daromadlari:
Markazlarni davolash va tashxis qoʻyish uskunalari, tibbiy asboblar bilan jihozlanish normativlari asosida toʻliq jihozlash;
Markazlarning tibbiy xodimlarini, shu jumladan chet ellarda, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun sarflanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
12. Banklar kreditlari Markaz tomonidan faqat investitsiya maqsadlari uchun Markazning daromadlari hisobiga 7 yildan koʻp boʻlmagan muddatda ularni qaytarish sharti bilan jalb qilinishi mumkin.
III. Markazlarni budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish tartibi
13. Markazlarni Davlat budjeti mablagʻlaridan moliyalashtirish maqsadida, Markazlar tomonidan keyingi moliyaviy yil uchun budjet ajratmalarini olish uchun quyidagilardan kelib chiqqan holda, belgilangan tartibda buyurtmanomalar tuziladi:
maslahat poliklinikalarining mavjud oʻrinlari, ularning aylanib turishi va qabul qilish quvvatining har bir Markaz uchun qonunchilikda belgilangan hajmlarda bepul asosda, yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarning belgilangan rejadagi soni;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan imtiyozli tariflar boʻyicha tibbiy yordamning murakkab, yuqori texnologiyali (qimmat turadigan) turlari koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarning belgilangan rejadagi soni;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
bitta bemorni statsionar va alohida ambulatoriya sharoitida, bepul asosda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni ham, davolashning imtiyozli tariflari boʻyicha davolangan shaxslarni ham davolashga hisoblangan oʻrtacha xizmatlar stavkasi;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Markazni davolash va tashxis qoʻyish uskunalari, tibbiy asboblar bilan jihozlanish normativlariga muvofiq toʻliq jihozlash uchun investitsiya xarajatlarining texnik-iqtisodiy asoslashlari;
Markazlarni mukammal rekonstruksiya qilish va taʼmirlashni amalga oshirish uchun texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Markazlar tomonidan budjet buyurtmanomalari joriy yilning 1-iyunidan kechikmasdan taqdim etiladi, Vazirlik respublika budjetidan moliyalashtiriladigan sogʻliqni saqlash muassasalarining budjet buyurtmanomalari koʻrib chiqilgan va umumlashtirilgandan keyin, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Markazlar boʻyicha xarajatlarni alohida paragraf bilan ajratgan holda, joriy yilning 1-iyulidan kechikmasdan yigʻma budjet buyurtmanomalarini taqdim etadi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi navbatdagi moliyaviy yil uchun davlat budjeti parametrlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga budjet ajratmalari hajmini, Markazlar uchun alohida satrda har bir Markazga taqsimlangan holda yetkazadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
16. Markazlarning navbatdagi moliyaviy yil uchun xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
17. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga davlat budjeti mablagʻlari Markazlarni moliyalashtirish uchun har oyda yillik budjet summasining 1/12 miqdorida, boshqa xizmatlar tarkibida (xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklaridagi maxsus budjet hisob raqamlariga oʻtkazgan holda) xizmat moddalari boʻyicha boʻlmasdan:
imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha xizmatlarni qoplashga;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan imtiyozli tariflar boʻyicha imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan (qimmat turadigan) tibbiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha Markazlarning xizmatlarini qoplashga ajratiladi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Budjet ajratmalarining ushbu turlari, oʻz xizmatlarini oʻzi qoplashga va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga oʻtayotganda ularning daromadlariga keyinchalik kiritgan holda, Markazlarning xoʻjalik faoliyatidan tushgan oʻz mablagʻlari deb hisobga olinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati]
18. Markazlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sogʻliqni saqlash vazirligining ilmiy-texnika dasturlari doirasida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirishga budjet mablagʻlari olish huquqiga egadir.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
19. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi hamda Markazlarni mukammal rekonstruksiya qilish va taʼmirlashni amalga oshirishga, shuningdek zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va texnikalar bilan jihozlashga har yilgi investitsiya dasturlari doirasida Markazlarga budjet ajratmalari ajratilishi mumkin.
20. Hisobot yili oxiridagi foydalanilmagan budjet mablagʻlari summasi keyingi moliyaviy yilga oʻtadi va ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
pulli asosda va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan koʻrsatilgan tibbiy yordam uchun daromadlar va xarajatlar boʻyicha alohida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadilar;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligiga zarur smeta-moliya hujjatlarini taqdim etadilar;
hujjatlarning saqlanishi va ularning kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradilar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
22. Markazlar bitta bemorni statsionar va alohida ambulatoriya sharoitida davolash, bepul asosda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni ham, pulli asosda davolangan shaxslarni ham davolashga, shuningdek davolashning imtiyozli tariflari boʻyicha yuqori texnologiyali, ixtisoslashtirilgan (qimmat turadigan) tibbiy yordam koʻrsatish turlari boʻyicha xarajatlarning alohida hisobini yuritadilar.
23. Markazlarning daromadlarini shakllantirish va ularni maqsadli sarflashning belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 22-23-son, 265-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2009-y., 25-son, 285-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/168/2667-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)